Научная статья на тему 'JAMOATCHILIK NAZORATINING HUQUQIY ASOSLARINI RIVOJLANISH BOSQICHLARI'

JAMOATCHILIK NAZORATINING HUQUQIY ASOSLARINI RIVOJLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
681
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamoatchilik nazorati / ommaviy axborot vositalari / davlat organlarining ochiqligi va oshkoraligi / ijtimoiy sherikchilik / public control / media / openness and transparency of government agencies / social partnership.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ibragimova, Zulfiya Mudarifovna

Ilmiy maqolada jamoatchilik nazoratini huquqiy asoslarini rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan, davlat organlari faoliyatida jamoatchilik ishtirokini ta’minlab borish muammolari o‘rganilgan. Milliy qonunchiligimiz uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STAGES OF DEVELOPMENT OF THE LEGAL FUNDAMENTALS OF PUBLIC CONTROL

The scientific article analyzes the stages of development of the legal framework of public control, the problems of ensuring public participation in the activities of government agencies. Proposals and recommendations have been developed for our national legislation.

Текст научной работы на тему «JAMOATCHILIK NAZORATINING HUQUQIY ASOSLARINI RIVOJLANISH BOSQICHLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

JAMOATCHILIK NAZORATINING HUQUQIY ASOSLARINI RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Ibragimova Zulfiya Mudarifovna

Toshkent shahar yuridik texnikumi o'qituvchisi.

ANNOTATSIYA

Ilmiy maqolada jamoatchilik nazoratini huquqiy asoslarini rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan, davlat organlari faoliyatida jamoatchilik ishtirokini ta'minlab borish muammolari o'rganilgan. Milliy qonunchiligimiz uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: jamoatchilik nazorati, ommaviy axborot vositalari, davlat organlarining ochiqligi va oshkoraligi, ijtimoiy sherikchilik.

АННОТАЦИЯ

В научной статье анализируются этапы развития нормативно-правовой базы общественного контроля, проблемы обеспечения участия общественности в деятельности государственных органов. Разработаны предложения и рекомендации для нашего национального законодательства.

Ключевые слова: общественный контроль, СМИ, открытость и прозрачность государственных органов, социальное партнерство.

ABSTRACT

The scientific article analyzes the stages of development of the legal framework of public control, the problems of ensuring public participation in the activities of government agencies. Proposals and recommendations have been developed for our national legislation.

Keywords: public control, media, openness and transparency of government agencies, social partnership.

KIRISH

Ta'kidlash joizki fuqarolik jamiyatlari bir kechada paydo bo'lmaydi, demokratik konstitutsiyani tuzish yoki bozor iqtisodiyoti asoslarini o'rnatish mumkin bo'lgan muddat ichida ham vujudga kelishi mumkin emas1. O'zbekiston o'z istiqlolining dastlabki kunlaridan o'zi uchun ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo etish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lini tanladi.

1 Дарендорф. Р. Современный социальный конфликт. Очерк политики свободы. / Пер. с нем. М., 2002. 64-бет

703

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boshlangan keng ko'lamli islohotlar mamlakatimiz taraqqiyotining strategik maqsadi - demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli fuqarolik jamiyati qurishga qaratilgan edi. Demokratik davlat hokimiyati favoliyatini tashkil etish faqatgina saylab qo'yilgan sub'ektlar orqaligini boshqarish emas balki, fuqarolik jamiyatlarini tashkil etish, davlat organlari faoliyatini jamoatchilik nazorati sub'ektlari faoliyati bilan o'zaro hamkorlik asosida tashkil etilishini ko'rish mumkin. Shu o'rinda keltirish lozimki demokratiyaning asosiy tamoyillaridan biri sifatida Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda, tabiiyki, jamoatchilik nazorati institutidan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Aslida jamoatchilik nazorati yurtimizda uzoq tarixiy ildizlarga ega. Bu institut bizda qadim-qadimdan oqsoqollar Kengashi ko'rinishida namoyon bo'lib kelgan. Bu Kengashlar mahallalardagi obodonlashtirish, aholi muammolarini hal etish, o'zini-o'zi himoya qilish, hamisha ogoh va hushyor bo'lish, farzandlar tarbiyasiga loqayd qaramaslik va boshqa jamoat ishlari bilan shug'ullanadigan jamoatchilik tuzilmasi hisoblangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jamoatchilik nazorati ijtimoiy adolatni qaror toptirish uchun shaxs, jamiyat va davlat aloqalarida muvozanat, tenglik, o'zaro mas'uliyat va javobgarlikka xizmat qiladi. Mazkur institut yurtimizda insonning huquq va erkinliklari nafaqat davlat tomonidan kafolatlangani, balki davlat organlari faoliyatida ustuvor ahamiyatga ega ekanligini ta'minlaydi va bunda jamoatchilik nazoratining mavjudligi siyosiy hokimiyatning tom ma'noda xalq qo'lida bo'lishining ko'rsatkichi hisoblanadi.

Xususan, Prezidentimiz bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolik jamiyati barpo etishda yuzaga kelgan vaziyatga baho berib dedi: "Bugungi kunda mamlakatimizda jamoatchiligimiz tom ma'noda uyg'ondi, endi turli lavozimdagi shaxslarning xatti-harakatlariga odamlarimiz bevosita baho berib, o'z fikrini erkin ifoda etishga o'rganayotganligini alohida ta'kidlagan2".

Konstitutsiyamizning 32-moddasiga 2014 yil 16 aprel kungi O'RQ-366-son qonuni bilan kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarga asosan fuqarolarning davlat boshqaruv ishlarida ishtirok etish huquqining Konstitutsiyaviy asosi yanada kengaydi. Unga asosan fuqarolar davlat boshqaruvida, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish orqali ishtirok etadi.

2 Mnp3HëeB ffl.M. Кoнстнтyцнн Ba ^OHyH ycTyBop^mu - xy^y^HH geMOKpaTHK gaB^aT Ba $yrçapo^HK ^aMUHTHHHHr энг MyxHM Me30HHgup. uza.uz/oz/politics/konstitutsiya-va-onunustuvorligi-u-u-iy-demokratik-davlat-v-07-12-2019

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning konstitutsiyaviy asoslarining mustahkamlanishi fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlanishini, uning huquqiy asoslari mustahkamlanishini ta'minlashga xizmat qilishi shubhasiz, albatta. Shu tariqa jamoatchilik nazorati instituti konstitutsiyaviy-huquqiy maqomga ega bo'lish barobarida o'z rivojining yangi sifat bosqichiga o'tishi ham boshlandi.

Shu bilan birga, qonuniylikni ta'minlash uni amalga oshiruvchilardan huquqiy bilimlarga ega bo'lishni ham taqozo etadi. Zero, Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, "Qonun ustuvorligini ta'minlashda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi"3. Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasi deb keltirish mumkin. Hamda, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida ham bu masalaga, jumladan, jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslarini mustahkamlash zarurligiga katta e'tibor qaratildi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida jamoatchilik nazorati haqida "Bugungi kunga qadar davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning aniq huquqiy mehanizmlari yaratish lozimligi ta'kidlandi.

Shu nuqtai nazardan olganda jamoatchilik nazoratiga oid turli qonun hujjatlarida mavjud ko'plab normalarni bir tizimga solinib, alohida qonun qabul qilish zarurligi davlatimiz rahbariyati, olimlar va jamoatchilik vakillari tomonidan aytilgan g'oya va takliflar 2018 yilda ro'yobga chiqdi, ya'ni loyihasi keng jamoatchilik tomonidan ancha va batafsil muhokama qilingan qonun loyihasi nihoyat qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasining "Jamoatchilik nazorati to'g'risida"gi O'RQ-474-son Qonuni 2018 yil 12 aprelda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning huquqiy asosi qabul qilinib, kuchga kirdi.

Mazkur qonun normasiga asosan, jamoatchilik nazorati to'g'risidagi qonunning maqsadi, jamoatchilik nazorati to'g'risidagi qonun hujjatlari, jamoatchilik nazorati sub'ektlari, ob'ekti, asosiy prinsiplari va shakllari belgilandi.

Xususan, jamoatchilik nazorati sub'ektlari sifatida O'zbekiston fuqarolarini, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini, NNT va OAVni belgilandi.

3 KpHyH yciyBop^Hra Ba hhcoh MaH^aaraapHHH TatMHH^am - ropT TapaKKHeTH Ba xam; $ap0B0HOTrHHHHr rapoBH. / Y36eKHCTOH Pecny6^HKacHHHHr can^aHraH npe3HgeHTH fflaBKaT Mup3HeeBHHHr Y36eKHCTOH Pecny6^HKacH Кoнcтнтyцннcн Ka6yn KH^HHraHHHHHr 24 HH^Hrara 6arHm^aHraH TaHTaHa^H MapocHMgarH Maipy3acu. 07.12.2016.

705

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shuningdek, jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va qonun hujjatlarida belgilangan hollarda jamoatchilik nazoratini o'tkazishning boshqa tashkiliy shakllari tomonidan amalga oshirilishi mumkinligi belgilandi.

Jamoatchilik nazoratining ob'ekti sifatida esa davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek davlat, tarmoq va mintaqaviy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olish bo'yicha, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini ta'minlash bo'yicha, o'z zimmasiga yuklatilgan ijtimoiy va jamoat manfaatlariga daxldor vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish bo'yicha, davlat xizmatlarini samarali va sifatli ko'rsatish bo'yicha, shu bilan birga ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitim, shartnoma, loyiha va dasturlarni bajarish bo'yicha faoliyati belgilandi.

Shuningdek, davlat organlariga murojaatlar va so'rovlar, davlat organlarining ochiq hay'at majlislarida ishtirok etish, jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik eshituvi, jamoatchilik monitoringi, jamoatchilik ekspertizasi, jamoatchilik fikrini o'rganish, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa tashkilotlar va muassasalarning hisobotlarini eshitish to'g'risidagi jamoatchilik nazorati shakllari belgilandi.

Shu bilan birga, jamoatchilik nazorati shakllarining tushunchasi hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari, jamoatchilik nazoratining natijalarini rasmiylashtirish tartibi, jamoatchilik nazorati sub'ektlarining va davlat organlarining huquq hamda majburiyatlari ochib berildi. Mazkur qonun normasini davlat organlari bilan jamoatchilik sub'ektlari bilan birgalikda faoliyatini amalga oshirish, davlat organining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta'minlash uchun davlat organini fuqarolar bilan bog'lab turadigan "ko'prik" rolini bajardi deb keltirish mumkin.

Davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni umumlashtirish va baholash tizimlari joriy etildi.

Hamda, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan davlat organining faoliyati haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, sotsiologik so'rovlar o'tkazish, jumladan ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o'tkazish tartiblari ishlab chiqildi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyul kungi "Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3837-son Qarori bilan mamlakatimizda mustaqil fuqarolik institutlarini rivojlantirish va mustahkamlash, ularning erkin faoliyati kafolatlarini ta'minlash, davlat organlarining fuqarolar bilan yaqin hamkorligini yo'lga qo'yish, ularning ochiq, shaffof va oshkora faoliyat ko'rsatishini ta'minlash, davlat organlari faoliyati ustidan ta'sirchan jamoatchilik nazoratini o'rnatish yuzasidan kompleks va izchil ishlar amalga oshirildi4. Davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashi to'g'risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi5.

Nizomga ko'ra, jamoatchilik nazorati sub'ektlari o'z faoliyatlarini amalga oshirish bo'yicha huquq va erkinliklari belgilandi. Bevosita jamoatchilik kengashlari qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini ta'minlash, davlat organi zimmasiga yuklangan hamda ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxl qiluvchi vazifalar va funksiyalarni bajarish, davlat xizmatlarini ko'rsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni ro'yobga chiqarish bo'yicha davlat organi va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tizimi belgilandi.

Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlar orqali davlat organlari va ular mansabdor shaxslari faoliyatini baholash, kelib tushgan murojaatlar tahlili natijasida nazorat qilish tizimi yaratildi. Shuningdek, fuqarolar bilan davlat va jamiyat o'rtasida samarali muloqot tizimi yo'lga qo'yildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi "Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik o'zgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qo'shimcha choratadbirlar to'g'risida"gi Qarorida ham aholini jamoat va davlat ishlarini boshqarishga faol jalb etish fuqarolarning huquqiy madaniyati va yuridik savodxonligini oshirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, tegishli sohalarda davlat

4 KpHyH xy^^araapu Mat^yMoraapu MH^HH 6a3acn, 05.07.2018 H., 07/18/3837/1454-COH; 30.05.2019 H., 06/19/5733/3216-COH

5 KoHyH xy^^araapu Mai^yMoraapu MH^HH 6a3acu, 05.07.2018 H., 07/18/3837/1454-COH; 30.05.2019 H., 06/19/5733/3216-COH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda samarali qarorlar qabul qilishning g'oyat muhim sharti hisoblanishi belgilandi6.

Mazkur qarorlarga asosan davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sherikligini amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari yaratildi.

Davlat organlari faoliyati ochiqligini ta'minlashning huquqiy asoslari shakllantirildi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko'rib chiqish tizimi tubdan isloh qilindi, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarining qonunchilik asoslari yaratildi, shuningdek, "Elektron hukumat" tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda va ro'yobga chiqarilmoqda.

Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o'rnatish fuqarolik jamiyatining eng muhim belgilaridan biridir. Ma'lumki, jamiyat manfaatlarini e'tibordan chetda qoldirish, ba'zi hollarda o'zlariga tegishli vakolatlarni suiiste'mol qilish davlat organlari faoliyatida kuzatiladigan holdir.

Aynan shu nuqtai nazardan davlatimiz rahbari o'z ma'ruzasida "Davlat idoralari faqat fuqarolarga emas, balki o'zlariga nisbatan tanqidiy fikrlarni ham adolat bilan, xolis ko'rib chiqishlari lozim"ligini uqtirdi. Bu borada jamoatchilik nazoratida xalq ishtirokini kuchaytirish maqsadida ma'ruzada "Shahar va qishloqlarimiz qiyofasini o'zgartirish, qurilish va obodonchilikka oid qarorlar, dastlab o'sha hududdagi aholi o'rtasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan o'tkazilishi shart" 7, ekanligiga alohida urg'u berildi. Xususan, mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat va jamiyat o'rtasida ta'sirchan hamda samarali muloqotni yo'lga qo'yish, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning mustahkam mexanizmlarini rivojlantirish, ular faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni ta'minlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoniga muvofiq ruxsat berilgan hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 26 dekabrdagi "Respublika oliy ta'lim kengashini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1037-sonli Qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamda O'zbekiston oliy ta'lim

6 KpHyH xy^^araapu Mat^yMoraapu mh^HH 6a3acn, 05.10.2019 H., 07/19/4473/3864-COH.

7 Mup3HëeB ffl.M. Кoнстнтyцнн Ba rçoHyH yciyBop^mu - xy^y^uô geMOKpaTHK gaBmr Ba $yrçapo^HK ^aMUHTHHHHr энг MyxuM Me30Hugup uza.uz/oz/politics/konstitutsiya-va-onunustuvorligi-u-u-iy-demokratik-davlat-v-07-12-2019

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

muassasalari rektorlari kengashi negizida nodavlat notijorat tashkilot shaklidagi Respublika oliy ta'lim kengashi negizida nodavlat notijorat tashkilot shaklidagi Respublika oliy ta'lim kengashi tashkil etildi8.

Davlat va jamiyat qurilishining barcha sohasini demokratlashtirishga, innovasion texnologiyalarni joriy etishga, inson salohiyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratishga, aholining farovonlik darajasini oshirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirish jarayonida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 fevral kungi "Sotsiologik tadqiqotlar o'tkazishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni bilan Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o'rganish markazi "Ijtimoiy fikr" respublika jamoatchilik fikrini o'rganish markazi etib qayta nomlanib, "Ijtimoiy fikr" markazining asosiy vazifalari belgilandi.9

Hamda yuqorida ta'kidlanganidek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar jamoatchilik palatalari tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va "Yuksalish" umummilliy harakatining "Mening fikrim" veb-portalini Jamoatchilik palatasi tasarrufiga o'tkazildi.

XULOSA

Xulosa qiladigan bo'lsak, mamlakatimizda jamoatchilik nazorati samarali tashkil etilishi yuzasidan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ko'rish mumkin. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlar orqali davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatini tizimli ravishda doimiy jamoatchilik tomonidan baholab tizimi joriy etish lozim. Shuningdek uchun Respublika Jamoatchilik palatasi va uning hududiy birliklarini mustaqil organ sifatida tashkil etish lozim. Shuningdek, davlat organlari xuzurida tashkil etilayotgan jamolatchilik kengashlarini muayyan davlat organlari xuzurida emas balki davlat organlari tizimidan mustaqil organ sifatida tashkil etishi lozim xisoblanadi. Shu bilan birga, jamoatchilik nazorati ob'ekti sifatida xo'jalik boshqaruvi organlari doirasini ham kiritish maqsadga muvofiq xisoblanadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Konstitutsiya va qonun ustuvorligi - huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir.

8 KpHyH xy^^araapu Mat^yMoraapu mh^HH 6a3acn, 09.10.2019 H., 06/19/5847/3887-COH.

9 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacH rçoHyH xy^^araapu Tyn^aMu", 2019 HHÏÏ 25 ^eBpa^b, 8-COH, 132-Mogga.

709

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

uza.uz/oz/politics/konstitutsiya-va-onunustuvorligi-u-u-iy-demokratik-davlat-v-07-12-2019

2. Mirziyoyev Sh.M. Konstitutsiya va qonun ustuvorligi - huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir uza.uz/oz/politics/konstitutsiya-va-onunustuvorligi-u-u-iy-demokratik-davlat-v-07-12-2019

3. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi. 07.12.2016.

4. Дарендорф. Р. Современный социальный конфликт. Очерк политики свободы. / Пер. с нем. М., 2002. 64-c.

5. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 05.07.2018 y., 07/18/3837/1454-son; 30.05.2019 y., 06/19/5733/3216-son

6. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 05.10.2019 y., 07/19/4473/3864-son.

7. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 09.10.2019 y., 06/19/5847/3887-son.

8. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami", 2019 yil 25 fevral, 8-son, 132-modda.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.