Научная статья на тему 'INSON QADRI – JAMOATCHILIK NAZORATINI TA’MINLASHNING OMILI SIFATIDA'

INSON QADRI – JAMOATCHILIK NAZORATINI TA’MINLASHNING OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
156
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inson / shaxs / jamiyat. Davlat / omil / huquq / xalq / manfaat / muammo / munosabat / person / person / society. State / factor / law / people / interest / problem / attitude

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Babajanov, Sarvarbek Bekpulatovich

Maqolada inson qadri – jamoatchilik nazoratini ta’minlashning omili sifatida tahlil etilgan, jamoatchilik xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyati keng ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HUMAN DIGNITY AS A FACTOR OF PUBLIC CONTROL

The article analyzes human dignity as a factor in ensuring public control, the role of society in the development of the rule of law and civil society.

Текст научной работы на тему «INSON QADRI – JAMOATCHILIK NAZORATINI TA’MINLASHNING OMILI SIFATIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

INSON QADRI - JAMOATCHILIK NAZORATINI TA'MINLASHNING

OMILI SIFATIDA

Babajanov Sarvarbek Bekpulatovich

Urganch Davlat Universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada inson qadri - jamoatchilik nazoratini ta 'minlashning omili sifatida tahlil etilgan, jamoatchilik xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyati keng ochib berilgan.

Kalit so'zlar: inson, shaxs, jamiyat. Davlat, omil, huquq, xalq, manfaat, muammo, munosabat

HUMAN DIGNITY AS A FACTOR OF PUBLIC CONTROL

Babajanov Sarvarbek Bekpulatovich

Lecturer at Urgench State University

ABSTRACT

The article analyzes human dignity as a factor in ensuring public control, the role of society in the development of the rule of law and civil society.

Keywords: person, person, society. State, factor, law, people, interest, problem, attitude

ЧЕЛОВЕЧЕСКОЕ ДОСТОИНСТВО КАК ФАКТОР ОБЩЕСТВЕННОГО КОНТРОЛЯ

Бабаджанов Сарварбек Бекпулатович

Преподаватель Ургенчского государственного университета

АННОТАЦИЯ

В статье анализируется человеческое достоинство как фактор обеспечения общественного контроля, роль общества в развитии правового государства и гражданского общества.

Ключевые слова: человек, личность, общество. Государство, фактор, закон, люди, интерес, проблема, отношение

KIRISH

"Joylardagi haqiqiy ahvolni biz xalqimizdan yashirmaymiz va borini qand ay bo'lsa, shunday ko'rsatib boramiz. Albatta, bu ko'pchilikka yoqmayapti, ko'p rahbarlar buni hazm qila olmayapti. Lekin biz bu boradagi barcha holatni va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

boshlagan ishlarimizni xalqimiz bilan bamaslahat va jamoatchilik nazorati ostida amalga oshiramiz"[1].

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan pragmatik siyosat, ochiq-oshkora va shaffoflikka asoslangan ijtimoiy islohotlar samarasi natijasida - jamoatchilik nazoratining ta'sir doirasi sezilarli darajada oshmoqda. Xususan, xalq manfaatlarini ko'zlab qabul qilinayotgan qonunlar, farmonlar, qarorlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar eng avvalo, umumxalq muhokamasiga havola etilayotgani, jamoatchilik ekspertizasidan o'tkazilayotgani quvonarli holdir. Ayniqsa, aholi tomonidan bildirilayotgan tanqidiy munosabatlar natijasida ko'plab kamchilik va muammolar, qonunbuzilish holatlariga chek qo'yilayotganining o'zi ham jamoatchilik ishtirokini ko'rsatmoqda. Jamiyatimizda ishlab chiqilayotgan qonunlar va ularni ijro etuvchi mansabdor shaxslar faoliyati ustidan keng qamrovli jamoatchilik nazoratini ta'minlash orqali qanday natijalarga erishish mumkin?

Avvalo davlat va jamiyat o'rtasida o'zaro yaqin hamkorlik o'rnatish, davlat va xalq o'rtasida "muloqot maydoni"ni shakllantirishga imkon beradi. Bu jarayonni amalga oshirish o'z navbatida quyidagi omillarni e'tiborga olishni talab etadi:

- davlat, fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlarining tizimli muloqotini yo'lga qo'yish, ularning ijtimoiy manfaatlari kelishilishini ta'minlash, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtirokini faollashtirish;

- aholi fikrini tizimli o'rganib borish, dolzarb masalalarni muhokama qilish va ularning yechimi bo'yicha vakolatli organlarga takliflar kiritish, jamoatchilik fikrini o'rganuvchi, umumlashtirish va tahlil qilish asnosida taklif hamda tavsiyalar ishlab chiquvchi jamoatchilik institutlari faolligini oshirish;

- fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari bilan hamkorligi darajasi, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyati natijalarini monitoring qilib boruvchi real tizimni yaratish;

- «jamoatchilik eshituvi», «jamoatchilik ekspertizasi», «jamoatchilik monitoringi» kabi ta'sirchan zamonaviy nazorat shakllarini hayotga joriy etish, islohotlar va davlat dasturlarining joylarda, shuningdek, sohalarda amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik monitoringini samarali tashkillashtirish va hok. masalalarga alohida e'tibor berish maqsadga muvofiqdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga to'siq bo'lib kelayotgan omillarga quyidagilarni keltirib o'tish mumkin:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Birinchidan, aholining huquqiy bilim darajasini oshirish, har bir shaxsda yurt taqdiriga daxldorlik hissini ko'tarish, xalqda faol fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirish zaruratini yuzaga kelayotganligi.

Ikkinchidan, ayni vaqtda mamlakatimizda 9200 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari mavjud bo'lsa-da[2], ularning aksariyati jamiyat hayotida o'z o'rni va rolini topolmayotgani, ularning faoliyati sezilarli darajada oshmayotgani.

Uchinchidan, jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi mexanizmlarni kuchaytirishga qaratilgan ilg'or xorijiy va xalqaro tajribani o'rganish hamda amaliyotga joriy etish ishlarida "oqsoqlanish" illati hanuz mavjud bo'lib qolmoqda.

Bugun jahon tajribasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish mexanizmi bo'yicha ko'plab amaliyotlar sinovdan o'tkazilmoqda. Masalan, Janubiy Koreya Respublikasi va Yaponiyadajamoatchilik nazorati monitoringini o'tkazish zarur ma'lumotlarni to'plashdan boshlanadi. Keyingi bosqichda mazkur ma'lumotlar tahlil qilinib, aniq xulosalar bilan tegishli tavsiyalarni o'z ichiga olgan hisobot tayyorlanadi. Shundan so'ng bu hisobot loyihasi manfaatdor idoralar vakillari ishtirokida muhokama etilib, uning natijalari keng jamoatchilik e'tiboriga havola qilinadi. Shu o'rinda, Hindistonda jamoatchilik nazoratining mazkur mexanizmlaridan yetarlicha foydalanish natijasida hukumatning qashshoqlikka qarshi kurash dasturi samaradorligi 60 foizdan 97 foizgacha o'sgan. Shvesiya tajribasida jamoatchilik nazoratining ijtimoiy audit shakli mavjud bo'lib, 1995 yildagi "Ijtimoiy audit to'g'risida"gi qonun qabul qilinganidan so'ng, uning kuchi yanada rivojlanganligini ko'rish mumkin. Bunda ular asosiy e'tiborni aniq nazariy asoslarga tayanilgan ilmiy izlanishlarga qaratganligi natijasida ijtimoiy audit natijalari ochiqlashdi, xalq uchun munosabat bildirish imkoniyati yuzaga keldi[3], natijada xalq nazorati mexanizmi shakllandi.

Yuqorida keltirib o'tilgan ma'lumotlarga tayangan holda yondashuvni amalga oshiradigan bo'lsak, bu tizim harakatini jadallashtirish uchun:

Birinchidan, jamoatchilik nazoratining har bir shaklini amalga oshirish mexanizmlari va tartib-taomillarini aniq belgilab olish kerak bo'ladi.

Ikkinchidan, inson huquq va erkinliklariga taalluqli xalqaro va milliy huquqiy normalarning amalga oshirilishini nazorat qilish bo'yicha "jamoat inspektori", "jamoat kuzatuvchisi", "jamoat komissiyasi" institutlarini joriy etish talab etiladi.

Uchinchidan, inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlari samaradorligini baholash va ilmiy asoslangan, mukammal jamoatchilik monitoringi tizimini shakllantirish maqsadga muvofiqdir[4].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

G'arb olimlarining qarashlarida jamoatchilik nazorati aksariyat hollarda biror-bir sohada amalga oshiriladigan nazoratni anglatadi. Jumladan, amerikalik sotsiolog Travis Xirski (Travis Hirschi) jamoatchilik nazoratini, asosan, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash nuqtai nazaridan talqin qiladi. Unga ko'ra, ijtimoiy so'rovlar jamoatchilik nazoratini shakllantiradi va aksilijtimoiy xarakterga ega bo'lgan xatti-harakatlarni tartibga soladi[5]. Charlz Kuley (Charles Horton Cooley) ham mazkur fikrni davom ettirgan holda, jamiyatdagi illatlarni bartaraf etishda jamoatchilik nazorati muhim o'rin tutishi, mavjud huquqbuzarliklarning oldini olishda u samarali xizmat qilishini ta'kidlaydi. Bu hodisa jamiyatda o'ziga xos raqobat muhitini vujudga keltirishi bilan birga, o'ziga xos tarzda ijtimoiy vijdonni shakllantirishga ham xizmat qiladi[6]. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda Davlatning roli juda muhim sanaladi, nazorat ob'ekti davlatning o'zi bo'lsa xam, davlat umummilliy manfaat nuqtai nazaridan jamoatchilik nazoratiga yo'l bermasa, uning samara berishi qiyin.

Xulosa qiladigan bo'lsak jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda jarayonga emas, aksincha erishish ko'zda tutilgan natijaga qarab borish tizimi yo'lga qo'yilsagina ijobiy natijaga erishish mumkin. Aks holda, jamoatchilik nazoratiga nisbatan xalqda ishonchsizlik paydo bo'lishiga olib kelinadi. Zero davlat hokimiyati faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini ta'minlash - demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning asosiy mezoni bo'lishi kerakligi maqsad qilib olingan.

REFERENCES

1. ToraeB K., HcKaHgapoB 3. Hera "^aMoarnnnHK Ha3opara Tyrpncnga^rH KoHyHHH TaKOMHnnamTHpnm KepaK? // http : //hudud24 .uz/ne ga-j amoatchilik-nazorati-t

2. Hirschi, T. Causes of delinquency. New Brunswick, N.J.: Transaction Publishers. 2002.

3. Qabulov, Q. P. (2017). NATIONAL INTERESTS AND PERSPECTIVES OF GLOBALIZATION. Theoretical & Applied Science, (1), 82-85.

4. Nodirbek Kodirov Mamasoliyevich. (2021). Current issues of formation of information culture in youth. https://doi.org/10.5281/zenodo.5770626

5. Kodirov N. Problems of the globalization of information culture in the current time //§tiin|a, educate, culturâ. - 2020. - T. 4. - C. 272-274

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.