Научная статья на тему 'JAMOATCHILIK NAZORATI – DAVLAT BOSHQARUVINI DEMOKRATLASHTIRISHNING HUQUQIY ASOSI'

JAMOATCHILIK NAZORATI – DAVLAT BOSHQARUVINI DEMOKRATLASHTIRISHNING HUQUQIY ASOSI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
620
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat / fuqarolik jamiyati / huquq / tarix / jamoatchilik / Respublika / ijtimoiy munosabatlar. / state / civil society / law / history / public / Republic / social relations.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Babajanov, Sarvarbek Bekpulatovich

Maqolada jamoatchilik nazorati davlat boshqaruvini demokratlashtirishning huquqiy asosi sifatida tahlil etilib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PUBLIC CONTROL THE LEGAL BASIS FOR DEMOCRATIC PUBLIC GOVERNANCE

The article analyzes public control as a legal basis for democratization of public administration and develops proposals and recommendations.

Текст научной работы на тему «JAMOATCHILIK NAZORATI – DAVLAT BOSHQARUVINI DEMOKRATLASHTIRISHNING HUQUQIY ASOSI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

JAMOATCHILIK NAZORATI - DAVLAT BOSHQARUVINI DEMOKRATLASHTIRISHNING HUQUQIY ASOSI

Babajanov Sarvarbek Bekpulatovich

Urganch davlat universiteti tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada jamoatchШk nazorati davlat boshqaruvini demokratlashtirishning huquqiy asosi sifatida tahlil etШb, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

КаШ so 'г1аг: davlat, fuqarolik jamiyati, huquq, tarix, jamoatchШk, Respublika, ijtmoiy munosabatlar.

ОБЩЕСТВЕННЫЙ КОНТРОЛЬ - ПРАВОВАЯ ОСНОВА ДЕМОКРАТИЧЕСКОГО ОБЩЕСТВЕННОГО УПРАВЛЕНИЯ

Бабаджанов Сарварбек Бекпулатович

научный сотрудник Ургенчского государственного университета

АННОТАЦИЯ

В статье анализируется общественный контроль как правовая основа демократизации государственного управления и вырабатываются предложения и рекомендации.

Ключевые слова: государство, гражданское общество, право, история, общественность, Республика, общественные отношения.

The article analyzes public control as a legal basis for democratization ofpublic administration and develops proposals and recommendations.

Keywords: state, civil society, law, history, public, Republic, social relations.

Jamoatchilik nazorati uzoq tarixga ega bo'lsa ham, uni ilmiy tushuncha sifatida fanga ijtimoiy psixologiyaning asoschilaridan bo'lgan T.Tard olib kirdi. Uning talqinida mazkur tushuncha jinoyatchining xulq-atvorini me'yoriy qoidalar doirasiga qaytarish uchun qo'llaniladigan usullar majmuini ifodalagan. Keyinroq, bu

PUBLIC CONTROL - THE LEGAL BASIS FOR DEMOCRATIC PUBLIC GOVERNANCE

Babajanov Sarvarbek Bekpulatovich -

Researcher at Urgench State University

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tushunchaning mazmuni ancha kengaydi. Bunday kengayish amerikalik sotsiologlar E.Ross va R.Park tadqiqotlari tufayli yuz berdi. Ularning talqinida jamoatchilik nazorati individga uning xulq-atvorini ijtimoiy me'yorlarga mos keltirish maqsadida o'tkaziladigan ta'sirni anglatadi. Amerikalik sotsiolog T.Parsons tavsifida jamoatchilik nazorati sanksiyalar yordamida deviant xulq-atvorga ta'sir o'tkazish orqali uni me'yoriy holatga keltiradi va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi.

Bugungi kunda jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanib, Davlat boshqaruv tizimi, faoliyati, ustidan jamoatchilik nazoratini o'rnatish fuqarolik jamiyatining eng muhim belgilaridan biridir. Davlatning ochiqlik va oshkoralik siyosatini e'tibordan chetda qoldirish, ba'zi hollarda o'zlariga tegishli deb o'ylab o'z vakolatlaridan noto'g'ri foydalanish ayrim Davlat boshqaruv organi hodimlari faoliyatida afsuski kuzatilmoqda. Davlat aksariyat hollarda o'z hokimiyatini xalq bilan baham ko'rmaslikni ma'qul ko'radi. Bunday salbiy holatning uzluksiz davom etishi davlat institutining asl mohiyatiga putur yetkazadi va u bajaradigan ijtimoiy vazifalarning o'zgarishiga olib keladi. Oqibatda, hokimiyatni cheklash, ya'ni uni nazorat qilishga zarurat tug'iladi[1].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bizga ma'lumki Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o'zini o'zi boshqarish organlarining o'rni beqiyosdir. Yurtimizda qadimdan o'zini o'zi boshqarish organi bo'lgan , mahalla instituti ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib turadigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Mahallaning tuzilmasi va funksiyasi vaziyatga qarab o'zgarib turgan, ammo u o'zini o'zi boshqarish tamoyilini saqlab qolgan, o'z hududida istiqomat qiluvchi aholi o'rtasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirib turgan va nazoratchilik funksiyalarini ham bajargan. Mustaqillik tufayli mamlakatimizda mahalla instituti shakllanibgina qolmasdan huquqiy kafolati ham yaratilib O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasi bilan mustahkamlab qo'yildi "Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig'inlari o'zini o'zi boshqarish organlari bo'lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi"[2].

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan 1992 yil 12 sentyabrdagi "Respublika "Mahalla" xayriya jamg'armasini tashkil qilish to'g'risida"[3] gi Farmoni ahamiyatlidir. "Mahalla" xayriya jamoat Fondi nodavlat notijorat tashkilot bo'lib, uning asosiy maqsadi - fuqarolar yig'inlarini aniq

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yo'naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, o'zini o'zi boshqarish organlarining davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarini yanada kengaytirishga ko'maklashish, ma'rifiy, madaniy ishlarni keng yo'lga qo'yish, milliy va ma'naviy qadriyatlarni izchil targ'ib qilish, fuqarolar yig'inlari faoliyatini takomillashtirish orqali ijtimoiy va ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashga ko'maklashishdan iborat. Bugungi kunda mazkur Fond mamlakatning barcha hududlaridagi bo'lim va bo'linmalari bilan birga fuqarolar yig'inlari faoliyatini takomillashtirish, mahalla faollarining bilim va ko'nikmalarini oshirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Davlat dasturida mahalla institutining jamiyatdagi o'rnini kuchaytirish va maqomini oshirish, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining aholi, xususan, yoshlar bilan hamkorligi usullaridan biri bo'lgan ijtimoiy hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish, ularning o'sib kelayotgan avlod tarbiyasidagi ruhini oshirish, oilada qulay ma'naviy-axloqiy muhitni qo'llab-quvvatlash, mahallaning jazoni o'tash joylaridan ozod qilingan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi va ishga joylashishida ishtirok etishi, shuningdek, huquqbuzarlikka moyil bo'lgan kishilar bilan ishlash uchun jamoatchilik kengashlari tashkil etish zarurligiga alohida e'tibor qaratilgan.

G'arb olimlarining qarashlarida jamoatchilik nazorati aksariyat hollarda biror-bir sohada amalga oshiriladigan nazoratni anglatadi. Jumladan, amerikalik sotsiolog Travis Xirski (Travis Hirschi) jamoatchilik nazoratini, asosan, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash nuqtai nazaridan talqin qiladi. Unga ko'ra, ijtimoiy so'rovlar jamoatchilik nazoratini shakllantiradi va aksilijtimoiy xarakterga ega bo'lgan xatti-harakatlarni tartibga soladi[4]. Charlz Kuley (Charles Horton Cooley) ham mazkur fikrni davom ettirgan holda, jamiyatdagi illatlarni bartaraf etishda jamoatchilik nazorati muhim o'rin tutishi, mavjud huquqbuzarliklarning oldini olishda u samarali xizmat qilishini ta'kidlaydi. Bu hodisa jamiyatda o'ziga xos raqobat muhitini vujudga keltirishi bilan birga, o'ziga xos tarzda ijtimoiy vijdonni shakllantirishga ham xizmat qiladi[5].

Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda Davlatning roli juda muhim sanaladi, nazorat ob'ekti davlatning o'zi bo'lsa xam, davlat umummilliy manfaat nuqtai nazaridan jamoatchilik nazoratiga yo'l bermasa, uning samara berishi qiyin.

Bu borada keyingi yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan pragmatik, ochiq-oshkoralikka asoslangan yangi bosqichdagi islohotlar samarasi tufayli, jamiyatimizda

40

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

jamoatchilik nazoratining ham ta'sir doirasi sezilarli ravishda kuchaydi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va ularning rahbar-mutasaddilari xatti-harakatlariga nisbatan bildirilayotgan munosabat tufayli ko'plab kamchilik va muammolar, qonunbuzilish holatlariga chek qo'yilayotganini aloxida e'tiborga olish lozimdir.

Davlatimiz rahbari tomonidan Konstitutsiyamizning 27 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida ta'kidlagan: "Qonunlarimiz qanchalar xalqparvar va mukammal bo'lmasin, ularning mazmun-mohiyatini bilmasak, huquqiy ongimiz va madaniyatimiz yetarli bo'lmasa, huquqiy burch va mas'uliyat kundalik turmush tarzimizga aylanmasa, islohotlardan ko'zlagan maqsadlarimizga yetishimiz mavhum bo'lib qolaveradi", - degan so'zlar isbotini bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning ayrim hollarda davlat organlari xodimlarining ham qonunlarimizni mazmun moxiyatini anglamasdan qilayotgan xatti-harakatlarida yaqqol ko'rish mumkin. Jamoatchilik nazorati fuqarolarning, davlat organi hodimlarining nafaqat qonunlarni bilishga bo'lgan mas'uliyatini balki xuquqiy muomala madaniyatini oshirishga ham xizmat qiladi.

Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2018 yil 4 iyuldagi "Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qaroriga ko'ra, davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibi belgilab berildi.

"Vaholanki, Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarga muvofiq, qabul qilingan va 2018 yil 13 aprel kunidan boshlab kuchga kirgan "Jamoatchilik nazorati to'g'risida"gi Qonun ijrosini ta'minlashda davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarining faoliyati samarador bo'lishi dolzarb ahamiyatga ega.

Xususan, ushbu Qonunda davlat organlariga murojaatlar va so'rovlar; davlat organlarining ochiq hay'at majlislarida ishtirok etish; jamoatchilik muhokamasi; eshituvi; monitoringi; ekspertizasi; jamoatchilik fikrini o'rganish; fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa tashkilotlar va muassasalarning hisobotlarini eshitish kabi jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning sakkizta shakli belgilab qo'yilgan.

Biroq, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi tomonidan o'rganishlar yakunlari jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ushbu shakllaridan foydalanish va aniq natijalarga erishish ishlari qoniqarli emasligidan dalolat bermoqda. Ayniqsa, jamoatchilik eshituvi, jamoatchilik monitoringi, jamoatchilik ekspertizasi kabi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

normalar deyarli faoliyatga joriy etilmayapti. Shuningdek, mahalla fuqarolar yig'inlari tomonidan ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa tashkilotlar va muassasalarning hisobotlarini eshitish amaliyoti hanuzgacha yo'lga qo'yilmagan"[6].

Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda esa, tabiiyki, jamoatchilik nazorati institutidan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda esa, davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarining samarali faoliyat yuritishida jamoatchilik nazorati omili juda muhim ahamiyat kasb etadi. Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan imzolangan "Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" [7]gi Farmoni Davlat organlari rahbar-xodimlarining qonunlarga qat'iy amal qilib, o'z zimmalaridagi vazifa va majburiyatlarini mas'uliyat bilan ado etib bexato ish olib borishlarida samarador ahamiyatga ega bo'ldi.

Farmonda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash sohasini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring qilish, shu jumladan ularning normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan ma'lumotlarni Internet tarmog'iga joylashtirish (e'lon qilish) majburiyatlari hisobini yuritish;

davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan ommaviy axborot vositalari orqali samarali jamoatchilik nazoratini o'rnatish bo'yicha choralarning ishlab chiqilishi va joriy etilishiga ko'maklashish; va eng asosiysi bugungi kunda davlat orgvnlvri hodimlarining "davlat organlari faoliyati ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligi" madaniyatini singdirish hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar xalq oldida hisobdorligini ta'minlash muhimligi to'g'risida tushintirish ishlarini muntazam olib borish zarurligi belgilab qo'yilgan[8].

Davlat boshqaruv organlari va xizmatchilarining faoliyati jamoatchilik nazorati ostida ekanligini anglashi fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonining muhim belgilaridandir. Ya'ni, davlat organlari fuqarolarga o'z siyosati, harakatlarini tushuntirib berishi, xalq oldida muntazam ravishda hisobdor bo'lishi bugungi zamon talabidir.

Xulosa qiladigan bo'lsak, davlat boshqaruv hokimiyati va jamoatchilik nazorati vakillari bir-birini to'ldiruvchi kuchlardir. Davlat qonunlarini ijrosini ta'minlashda jamoatchilik nazoratining o'rni beqiyosdir. Fikrimizcha jamoatchilik nazoratidan ko'zlangan maqsad jarayonni yoritish emas balki natijaga erishishdir.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Davlat hokimiyati va jamoatchilik nazoratining birligi xalqning hokimiyatdan, hokimiyatning xalqdan begonalashuvining oldini olib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Jalilov A., Muhammadiev U., Jo'rayev Q. Fuqarolik jamiyati asoslari: o'quv qo'llanma/. - Toshkent, 2015, 129 b.

2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 105-modda 2018 https://constitution.uz/uz

3. Hirschi, T. Causes of delinquency. New Brunswick, N.J.: Transaction Publishers.

4. Dictionary.Reference.Com

5. https://strategy.uz/index.php?news=799 "Тараккиёт стратегияси" маркази ижрочи директори Элдор ТУЛЯКОВ марузасидан.

6. https://lex.uz Узбекистан Республикаси Президентининг фармони ПФ-6247, 16.06.2021 й

7. https://lex.uz Узбекистон Республикаси Президентининг фармони ПФ-6247, 16.06.2021 й

8. Qabulov, Q. P. (2017). NATIONAL INTERESTS AND PERSPECTIVES OF GLOBALIZATION. Theoretical & Applied Science, (1), 82-85.

9. Nodirbek Kodirov Mamasoliyevich. (2021). Current issues of formation of information culture in youth. https://doi.org/10.5281/zenodo.5770626

10. Kodirov, N. (2020). Problems of the globalization of information culture in the current time. In §tiin}a, educafie, cultura (Vol. 4, pp. 272-274).

2002.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.