Научная статья на тему 'JAMOATCHILIK NAZORATI DAVLAT FAROVONLIGINING MUHIM OMILI'

JAMOATCHILIK NAZORATI DAVLAT FAROVONLIGINING MUHIM OMILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
545
97
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamoatchilik nazorati / demokratiya / davlat farovonligi / korrupsiya / fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari / public control / democracy / state wellfare / corruption / citizens’ self-goverment bodies

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Botirov, D.O.

Mazkur maqolada davlat organlari faoliyati ochiqligini va shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik nazorati faoliyatini tahlil etishga va ularni huquqiy va amaliy jihatdan takomillashtirishga bag’ishlangan. Maqolada jamoatchilik nazorati tizimidagi islohotlarni takomillashtirish, bu orqali O‘zbekiston Respublikasida ayrim davlat organlari faoliyatidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etishga bo’yicha ilmiy asoslangan va amaliy ahamiyat kasb etuvchi takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PUBLIC CONTROL IS AN IMPORTANT FACTOR OF STATE PROSPERITY

This article is devoted to ensuring openness and transparency of the activities of state bodies, analyzing the activities of public control and improving them in legal and practical terms. In the article, proposals on improvement of reforms in the system of public control, elimination of errors and shortcomings in the activities of some state bodies in the Republic of Uzbekistan have been developed, which are scientifically based and of practical importance.

Текст научной работы на тему «JAMOATCHILIK NAZORATI DAVLAT FAROVONLIGINING MUHIM OMILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

JAMOATCHILIK NAZORATI DAVLAT FAROVONLIGINING MUHIM

OMILI

Botirov D.O.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti

Mazkur maqolada davlat organlari faoliyati ochiqligini va shaffofligini ta 'minlash, jamoatchilik nazorati faoliyatini tahlil etishga va ularni huquqiy va amaliy jihatdan takomillashtirishga bag'ishlangan. Maqolada jamoatchilik nazorati tizimidagi islohotlarni takomillashtirish, bu orqali O 'zbekiston Respublikasida ayrim davlat organlari faoliyatidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etishga bo 'yicha ilmiy asoslangan va amaliy ahamiyat kasb etuvchi takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: jamoatchilik nazorati, demokratiya, davlat farovonligi, korrupsiya, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari

This article is devoted to ensuring openness and transparency of the activities of state bodies, analyzing the activities of public control and improving them in legal and practical terms. In the article, proposals on improvement of reforms in the system of public control, elimination of errors and shortcomings in the activities of some state bodies in the Republic of Uzbekistan have been developed, which are scientifically based and of practical importance.

Keywords: public control, democracy, state wellfare corruption, citizens' self-goverment bodies

Данная статья посвящена вопросам обеспечения открытости и прозрачности деятельности государственных органов, анализу деятельности общественного контроля и совершенствованию ее в правовом и практическом плане. В статье разработаны предложения по совершенствованию реформ в системе общественного контроля, устранению ошибок и недостатков в деятельности некоторых государственных органов Республики Узбекистан, имеющие научное обоснование и имеющие практическое значение.

Ключевые слова: общественный контроль, демократия, государственное благосостояние, коррупция, органы самоуправления граждан.

Bugungi zamonaviy bosqichda ko'plab mamlakatlarda barqarorlik, geosiyosiy,

ijtimoiy,iqtisodiy va milliy-etnik muammolarning kuchayishi davlat va fuqarolik

513

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

jamiyati o'rtasida o'zaro samarali aloqalarni o'rnatishda, jamiyat reusrslari va davlat tuzilmalarini tinchlik-totuvlik va rivojlanish yo'lida birlashtirishga imkon beruvchi jamoatchilik nazorati instituti mexanizmlarini shakllantirishda siyosiy madaniy o'rni beqiyosdir. Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi1. Jamoatchilik nazorati bo'lmagan yoki jamoatchilik nazorati yetarli darajada kuchga ega bo'lmagan mamlakatda fuqarolik jamiyati shakllanishini ham tasavvur qilish qiyin. Davlatchilik paydo bo'lgandan buyon, jamoatchilik nazorati, uning ko'rinishlari, usullari davrlarga qarab o'zgarib, rivojlanib keldi. Jamoatchilik nazorati davlat boshqaruvida eng muhim jarayonlardan biri bo'lib, unda butun xalq davlat hokimiyati va boshqaruviga ma'lum miqdorda ishtirok etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi bilan bog'liq tarzda rivojlanib boradi. Fuqarolik jamiyati rivojlanib borgani sari jamoatchilik nazorati uchun kengroq imkoniyatlar va istiqbollar paydo bo'ladi. Ikkinchi tomondan, jamoatchilik nazoratining rivojlanishi fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishiga olib keladi. Rivojlangan va keng quloch yoygan jamoatchilik nazoratini fuqarolik jamiyatisiz tasavvur qilib bo'lmaganidek, fuqarolik jamiyatining rivojlanishini ham jamoatchilik nazoratisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev, ".... mavjud muammolarni aniqlash, ularni chuqur tahlil qilish, yechimlari bo'yicha taklif ishlab chiqish, ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta'minlashga ijtimoiy buyurtma asosida nodavlat notijorat tashkilotlarni keng jalb etiladi. Bu hamkorlik, eng avvalo, ta'lim, madaniyat, tibbiyot, ekologiya, qurulish, kadastr, transport, kommunal xo'jaligi, bandlik,ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish kabi muammoli sohalarda keng joriy etish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu ishlarni tashkil etish uchun kelgusi yilda budjetdan 60 mlrd so'm yo'naltiriladi"2,- deb ta'kidlaydi. Aynan shu sohalar jamiyat hayotidagi eng dolzarb, aholini tashvishga solayotgan muammolardan, masalan, davlatda keng tarqalgan korrupsiyaning chuqur tomir otib ketganligi, ishsizlikni oldini olish, ayniqsa, pandemiya sharoitida kam ta'minlangan va nogironlarga ijtimoiy-iqtisodiy yordamning o'z vaqtida ko'rsatilmagani, yolg'iz ayollarga moddiy yordamning tizimlashmaganligi, qishloqlarni obodonlashtirish dasturlarida, yo'l loyihalarida sifatsiz, yuzaki ish davom etayotganligi,davlat xizmatlari, fuqarolik sudi, bank xizmatlaridagi muammolar va hokazolarni hal qilish jamoatchilik nazorati o'ta

1 Usarova F.Jamoatchilik nazorati tizimida siyosiy madaniyat masalalari//Fuqarolik jamiyati - Civil society. -2021.-№1(61). -B.13.

2 Mirziyoyev Sh.M.ning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.http://www.gazeta.uz/oz/2020/01/24/president-speech/.

514

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

muhim. Buning uchun esa, ya'ni fuqarolarning yuridik huquqlarini himoya qilish, qabul qilinayotgan normativ- huquqiy hujjatlarda, qarorlarda jamoatchilik manfaatlari va fikrini shakllantirish muhimdir.

O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan huquqiy jarayonlarni chuqurlashtirish yo'llari belgilab berilgan, puxta o'ylangan va har tomonlama asoslangan demokratik islohotlarning amaliyotga joriy etilishi aholining siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishga, fuqarolik jamiyatining tarkibini tashkil qiluvchi demokratik institutlar- ko'ppartiyaviy tizim, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining faol ishtirokini ta'minlashga xizmat qilishi lozim. Ushbu instititutlarning faoliyat shakllari qatorida jamoatchilik nazorati alohida ahamiyatga ega3. Fuqarolik jamiyatining ajralmas belgilaridan biri bu jamoatchilik nazorati hisoblanib, fuqarolik jamiyati institutlari, keng jamoatchilik tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining qonunga muvofiq nuqtai nazaridan muntazam nazoratini anglatadi. Bunday nazorat, odatda, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ularning mansabdor shaxslarining faoliyatini tahlil qilish, bu boradagi jamoat fikrini o'rganish, shakllantirish va tegishlicha bayon qilish orqali namoyon bo'ladi. Jamoatchilik nazorati har xil sotsiologik guruhlarning manfaatlari balansini ta'minlash va bu manfaatlar doirasida yuz berishi mumkin bo'lgan ziddiyatlarni bartaraf etishning asosiy uslubidan iborat. Shuningdek, u kechiktirib bo'lmaydigan vazifalarni hal qilish uchun jamoat kuchlarini bog'lash va biriktirish uslubi hamda jamiyat rivojini ta'minlashga qaratilgan normalarning amalga oshirishning kafolati hisoblanadi.

Davlat boshqaruvini takomillashtirishning muhim shartlaridan biri bu davlat organlari orasida korrupsiyani oldini olish muhim hisoblanadi. Mamlakatimiz ham bu muammodan xalos bo'lmagan. Dunyodagi korrupsiya darajasini o'rganuvchi Transparency International xalqaro tashkiloti indeksida O'zbekiston oxirgi uch yilda 12 pog'onaga ko'tarilgan bo'lsa-da, hali bu illat barham topmagan. Yurtdoshlarimizning fikricha, sog'liqni saqlash, ta'lim, bank, bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar, kommunal xizmat sohalarida, shuningdek, fuqarolarni ishga qabul qilishda korrupsiya keng tarqalgan4.

Bugungi kunda jamiyat hayotidagi eng dolzarb muammolarni hal qilishni eng avvalo, jamoatchilik nazorati instituti faoliyatini yurtimizda takomillashtirishdan

3 Hosilova Sh.A.ning O'zbekiston Respublikasida davlat organlari ustidan jamoatchilik nazorati: nazariy - huquqiy masalalari.dis.. .avtoreferat. -T.,2021.-B.14.

4 Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlari takomillashtiriladi https://president.uz/oz/lists/view73 350

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

iboratdir. Buning uchun esa, fuqarolarning yuridik huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda qarorlarda jamoatchilik manfaatlarini va fikrini shakllantirish,inobatga olish uchun ham jamoatchilik nazoratining amaliy uslublarini takomillashtirish hamda mexanizmlari uchun sharoit yaratish muhimdir5. Ushbu fikrga qo'shimcha sifatida, davlat taraqqiyotini mustahkamlashda avvalo, jamiyatdagi har bir shaxsning qonunlar asosida kafolatlangan huquqlarini bilishi va ulardan foydalanishi,siyosiy madaniyatga asoslangan holda ijtimoiy faollik ko'rsatishi jamiyat ravnaqining belgilashda muhim omil sanaladi. Bundan ko'rinib turibdiki, davlatdagi har bir shaxs o'z huquq va burchlarini bajargan holda davlat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Buning uchun,eng birinchi, davlatimizda mavjud jamoatchilik nazorati subyektlari faoliyatini takomillashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Jumladan, yurtimizda faoliyat yuritayotgan o'z-o'zini boshqarish organi bo'lgan - mahalla faoliyatini optimallashtirish yaqqol misol bo'ladi. Avvalo, mahalla bu davlatning boshlang'ich tuzilmasi sifatida, fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini ta'minlash, qonunda belgilangan huquqlarini amalga oshirishni ta'minlashi lozim. Buning uchun esa har bir mahallada, har bir jamoada, ommaviy axborot vositalarida jamoatchilik nazorati xususida doimiy targ'ibot ishlarini olib borish maqsadga muvofiq bo'ladi6. Ya'ni boshqacha qilib aytganda, xorij tajribasini o'rgangan holda,fuqarolarga shaffof ma'lumotlarga ega bo'lib, qanchalik ko'p bilishsa, unga nisbatan faol munosabat bildira olish va shu holda jamoatchilik nazorati ham shakllanadi. Bundan tashqari,jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan jamoatchilik nazoratining mmohiyati, mazmuni va shakllari, uslublarini hamda u qay holda namoyon bo'lishi to'g'risida nazariy va amaliy tushunchalarni fuqarolarga yetkazish muhim sanaladi. Bu davlat fuqarosining siyosiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda mamlakatda 10502 ta nodavlat notijorat tashkilotlari, 10 mingdan ortiq fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, 1550 dan ortiq ommaviy axborot vositalari faoliyat yuritmoqda7. Lekin ularning o'rni va faolligi sezilmayapti. Chunki bu tashkilotlar manfaatlarini ifoda etuvchi, davlat bilan ko'prik vazifasini bajaruvchi yaxlit tizim yo'q. Ular vositasida jamiyat oldida turgan vazifalarni bajarishi uchun o'ziga xos mexanizm va vositalarini takomillashtirish

5 Usarova F.Jamoatchilik nazorati tizimida siyosiy madaniyat masalalari//Fuqarolik jamiyati - Civil society. -2021.-№1(61). -B.15.

6 Usarova F.Jamoatchilik nazorati tizimida siyosiy madaniyat masalalari//Fuqarolik jamiyati - Civil society. -2021.-№2 (61). -B.17.

7 URL: https: // www. stat. uz

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

zarurati vujudga kelmoqda. "Jamoatchilik eshituvi", "jamoatchilik monitoringi", "jamoatchilik ekspertizasi", "jamoatchilik tashabbusi" kabi ta'sirchan nazorat shakllarini hayotga tatbiq etish muhimdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev to'g'ri tanqid qilgani kabi, "...hozirgi kunga qadar davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning aniq huquqiy mexanizmlari yaratilmagan. Bu esa nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat organlari va uning mansabdor shaxslari faoliyatini xolisona baholashga halal bermoqda. Bundan kelib chiqib, jamiyat va davlat boshqaruvida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ta'sirchan amaliy mexanizmlarini joriy etish maqsadida "Jamoatchilik nazorati to'g'risida"gi qonunni qabul qilish zarur. Shu munosabat bilan barcha davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari tashkil etishni taklif qilaman. Bunday jamoatchilik kengashlari davlat organlari faoliyatini ochiq va shaffofligini ta'minlaydigan, ularni aholi bilan bevosita bog'laydigan ko'prik vazifasini bajarishi zarur".8 Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, jamoatchilik nazorati institutini tizimli tarzda isloh qilish va uning takomiliga erishish uchun ko'plab ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularda amaldagi mavjud muammolarning samarali yechimini ishlab chiqish va ularni amaliyotga qo'llash lozim. Chunki mamlakatimizda demokratiya barqaror bo'lishi, davlat boshqaruvida fuqarolarning erkin ishtirok etishi va ularning davlatni idora qilayotgan organlar faoliyatidan xabardor bo'lib turishida jamoatchilik nazorati instituti rolini oshirish zarur. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining vazifasiga mas'uliyat bilan yondashmasligi va amaldagi qonunchilikka nomuvofiq harakat qilishi, aholi murojaatlarini ko'rib chiqsada, muammolar amaliy yechimini topmasligi mamlakat taraqqiyotiga jiddiy to'siq bo'lmoqda. Shu sababdan jamoatchilik nazorati davlat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi asosiy institut hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, jamoatchilik nazoratining mavjudligi siyosiy hokimiyatning tom ma'noda xalq qo'lida bo'lishining ko'rsatkichi hisoblanadi. Birinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va ularning rahbar mutasaddilari xatti-harakatlariga nisbatan bildirilayotgan madaniy munosabat tufayli ko'plab kamchiliklar va muammolar, qonun buzilish holatlarini chek qo'yish imkonini beradi. Ikkinchidan, davlat organlari ustidan jamoatchilik nazoratining mavjudligi, ular orasida mavjud korrupsiya, urug'-aymoqchilik kabi illatlarni oldini olishga xizmat

8 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so'zi, 2017-yil 22-dekabr soni.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qiladi. Yuqorida keltirilgan fikr va mulohaza qilgan holda, jamoatchilik nazorati institutining shakllanishida turli uslub va vositalardan foydalanish mumkin.

O'zbekistonda jamoatchilik nazorati institutini yangi bosqichga olib chiqish uchun, avvalo, kechayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga nisbatan siyosiy madaniyat elementlari hisoblanuvchi shaxsiy mas'uliyat, tashabbuskorlik, yaratuvchanlik va daxldorlik ko'nikmalarini mustahkamlash farovonlik tamoyillaridan biri hisoblanadi. Bunday ko'nikmalarni albatta, ta'lim muassasalari orqali amaliy natijalarga erishish mumkin. Misol sifatida, ta'lim muassasalarida buyuk allomalarning jamoatchilik nazorati haqidagi g'oyalarni darslar davomida xabardor qilish, bu orqali harakatchan jamoatchilik nazoratchilarni tarbiyalash va ularni rag'batlantirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

REFERENCES

1. Белешев Н.А. Общественный контроль над деятельностью органов публичной власти как признак ее легитимности // Конституционное и муниципальное право. - 2021. - №3. —C.12-13.

2. Ибрагимов О.А. Клочихин В.А. Независимый мониторинг и общественное обсуждение закупок как основные формы общественного контроля государственных закупок // Юрист. —2021. — №2. —C.28-45.

3. Огнева Е.А. Общественный контроль в системе защиты прав и свобод человека и гражданина в Российской Федерации: конституционно-правовое исследование: Дисс. ... канд. юрид. наук. — М.: РАНХиГС, 2015.

4. Muxamedxodjayeva X.R. Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati: nazariy-huquqiy muammolar. Yurid.fanlar nomz. dis.avtoref. — T., 2011. -

5. A.Nazarov. Challenges to Uzbekistan's secure and stable political development in the context of globalization. Journal on International Social Science Vol.1, No.1, 2020. -P. 26-31.

B.16.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.