Научная статья на тему 'INSON SНA’NI VA QADR QIMMATINI TAЪMINLASHDA INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASINING AHAMIYATI'

INSON SНA’NI VA QADR QIMMATINI TAЪMINLASHDA INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Право»

102
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSON SНA’NI VA QADR QIMMATINI TAЪMINLASHDA INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASINING AHAMIYATI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

INSON SHA'NI VA QADR QIMMATINI TAtMINLASHDA INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASINING AHAMIYATI

Dilmuradxakim Xamidovich Abdullayev, TDTrU tyutori Elnora Alisherovna Aulova, TDTrU talabasi Ismet Sobirjon o'g'li Vakilov, TDTrU talabasi

Inson huquqlari, bu har bir insonning millati, yashash joyi, jinsi, etik kelib chiqishi yoki boshqa xususiyatlaridan qat'iy nazar unga taalluqli bo'lgan huquqlar majmuidio'r. Barcha odamlar har qanday kamsitilishlarsiz, teng darajada inson huquqlariga egadir. Bu huquqlar bir-biri bilan o'zaro bog'liq va bir-biridan ajralmasdir.

Har qanday demokratik davlatning asosiy belgilaridan biri - inson huquq, erkinliklari va manfaatlari qay darajada yondashganligida hamda uning amalga oshishi uchun qanday shart-sharoitlar yaratilganligidadir. O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishishi bilan qo'shilgan ilk xalqaro hujjatlardan biri Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidir.

Aytib o'tish kerakki, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini ishlab chiqish oson kechmadi, loyihasi deyarli ikki yil muddat muhokama qilindi Inson huquqlari bo'yicha umumjahon deklaratsiyasining dastlabki shakli qabul qilinishiga qarshi davlatlarning da'volari juda o'ziga xos edi. Sobiq sotsialistik davlatlar bu Deklaratsiya insonning istagan paytda o'zi yashab turgan davlatni tark etib, muhojiratga jo'nash huquqiga ega bo'lishiga qarshi chiqqan bo'lishsa, hozir inson huquqlari bo'yicha namuna darajasiga erishgan Kanada irqiy tenglikka ko'nikolmay rozi bo'lmagan (ammo oxir-oqibat qabul qilgan). Ayrim arab mamlakatlari esa shaxsning erkin tarzda din tanlashi va nikoh erkinligini qabul qila olmagan.

Deklaratsiya 1948 yilning 10-dekabrida qabul qilindi. O'sha davrda BMT a'zolari bo'lgan 58 davlatdan 48tasi bu hujjatni yoqlab ovoz berishdi. Ta'kidlash joizki, bunga qadar ham inson huquqlarini aks ettiruvchi hujjatlar, qonunlar, paktlar turli davlatlar doirasida bo'lgan. Ammo mazkur deklaratsiyaning o'ziga xos jihati uning umumjahon ahamiyatiga ega ekani, tarqoq tushunchalarni birlashtirgani, barcha uchun umumiy jihatlarni jamlay olganida edi.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi Muqaddima va 30 ta moddadan iborat, unda belgilangan huquq va erkinliklarni to'rt guruhga ajratib tasniflash mumkin.

December 1

Birinchi guruhni elementar huquq va erkinliklar tashkil qiladi. Bular: yashash, erkinlik va daxlsizlik huquqi (3-modda); qullikdan erkin bo'lish huquqi (4-modda); qiynash yo shafqatsiz, g'ayriinsoniy muomala qilishning yoki jazolashning ta'qiqlanishi (5-modda); qonun oldida tenglik (7-modda); odil sudlovning protsessual kafolatlariga oid qator huquqlar (8-11 moddalar); uy-joy daxlsizligi, yozishmalarning sir saqlanishi (12-modda).

Ikkinchi guruhga fuqaroviy huquqlar kiradi: shaxsning huquq sohibi ekanligining tan olinishiga bo'lgan huquqi (6-modda); davlat hududida erkin harakatlanish va turar joyni erkin tanlash huquqi (13-modda); siyosiy boshpana so'rash huquqi (14-modda); fuqarolikni olish huquqi (15-modda); nikohga kirish va oila qurish huquqi (16-modda); mulkka ega bo'lish huquqi (17-modda).

Uchinchi guruhga siyosiy huquq va erkinliklar kiradi: fikrlash, vijdon va din erkinligi (18-modda); e'tiqod va uni bayon etish erkinligi (19-modda); tinch yig'ilishlar o'tkazish va uyushmalarga birlashish erkinligi (20-modda); mamlakatni boshqarishda ishtirok etish huquqi (21-modda) kiradi.

To'rtinchi guruhga iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar, ya'ni mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqi, teng mehnat uchun haq olish huquqi, kasaba uyushmalariga birlashish huquqi, dam olish huquqi, ilm olish huquqi (22-28-moddalar) kiradi. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 5 maydagi "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar dasturi to'g'risida"gi farmoni inson huquqlari va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta'minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa choralar tizimini yanada takomillashtirish, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qadriyatlari va printsiplariga davlat, jamiyat va fuqarolarning e'tiborini oshirishdan iboratdir.

Demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo'lini tanlagan O'zbekistonda inson huquqlari va manfaatlari jamiyat rivoji va davlat qurilishining, butun ichki va tashqi siyosatining eng ustuvor yo'nalishi etib belgilandi. Istiqlol yillari mamlakatimizda inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar tizimi shakllandi. Ayni vaqtda yurtimizda Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudman), Bola huquqlari bo'yicha vakili, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakili, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o'rganish markazi kabi inson

December 1

huquqlari bo'yicha milliy institutlar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligida inson huquqlari himoyasi bo'yicha maxsus tuzilgan bo'linmalar va boshqa bir qator tashkilotlar faoliyat ko'rsatmoqda.

O'tgan davr mobaynida O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari shakllandi, ular sirasiga quyidagilar kiradi:

-demokratiyaning va inson huquqlarining umume'tirof etilgan printsiplariga, o'zining xalqaro majburiyatlariga sadoqat;

-inson huquqlarini himoya qilishda milliy manfaatlar ustuvorligi;

-inson huquqlari sohasidagi xalqaro xamkorlikni milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda rivojlantirish;

-demokratik islohotlarni asta-sekin va bosqichma-bosqich amalga oshirish.

O'zbekiston davlati inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni ushbu printsiplarga tayangan holda jamiyat hayotiga, fuqarolarning va davlat xizmatchilarining ongiga singdirishda keng ko'lamli ishlarni muntazam olib bormoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 dekabrda "Inson huquqlari bo'yicha Milliy markazi faoliyatini takomilashtirish to'g'risida"gi qarorida, ushbu Milliy markaz inson huquqlari sohasidagi O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish bo'yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning o'zaro hamkorligini, milliy ma'ruzalar tayyorlanishini, inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishni ta'minlovchi davlat organi hisoblanib, o'z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz har yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga inson huquqlari sohasidagi O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi holati to'g'risida axborot taqdim etadi va davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ta'lim, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarning faoliyatiga inson huquqlari sohasidagi O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish masalalari bo'yicha ko'maklashadi.

Mamlakatimizda inson huquqlarini ta'minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar O'zbekistonning jahon miqyosidagi mavqeini oshirishga ham xizmat qilmoqda. Xususan, 2018 yilning noyabrb oyida Samarqand shahrida o'tkazilgan Inson huquqlari bo'yicha Osiyo

December 1

forumida taniqli siyosatchilar, ko'zga ko'ringan olim va ekspertlarning ishtirok etishi, 2020 yil 13 oktyabrb kuni BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida O'zbekiston milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi a'zoligiga 2021-2023 yillarga saylanishi bunga yaqqol misol bo'la oladi.

Bugungi kunda mamlakatimiz inson huquqlari bo'yicha 80 dan ziyod xalqaro hujjatlar, BMT tomonidan inson huquqlari bo'yicha qabul qilingan 10 ta xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilib, o'zining xalqaro majburiyatlarini muntazam ravishda bajarib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 19 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi ishtiroki va so'zlagan nutqi O'zbekistonning inson huquqlarini himoya qilish sohasida BMT bilan xamkorligining yangi sahifasini ochdi. Yurtboshimiz o'z nutqida mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha to'xtalib o'tdi. Jumladan, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan xamkorlikda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo'yicha ta'sirchan choralar ko'rilayotgani, odamlarning erkin harakat qilishini cheklaydigan xorijga chiqish vizalarini bekor qilinganligi, inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo'yicha milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan ochiq muloqot faollashib borayotgani, insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, shaxsni qamoqda saqlash bilan bog'liq ko'plab xolatlar qayta ko'rib chiqilganligi, ekstremizm g'oyalari ta'siriga tushib qolgan fuqarolar ijtimoiy reabilitatsiya qilinayotganligi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi barcha huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati parlament va fuqarolar tomonidan doimiy nazorat qilinayotganligi, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha Ombudsman instituti jori y etilganligi ta'kidlab o'tildi.

Bugungi kunda ekstremistik faoliyat va zo'rovonlik bilan bog'liq jinoyatlarning aksariyati yoshlar tomonidan sodir etilmoqda hamda jahon hamjamiyatini tashvishga solmoqda. "Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq, - deydi Prezidentimiz. - Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo'rovonlik g'oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir" O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan yoshlarga oid siyosatini shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat - BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konventsiyasini ishlab chiqishni taklif etdi.

2017 yilning may oyida BMT Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Xusayn boshchiladagi delegatsiya

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati

yurtimizga tashrif buyurib mamlakatimizning inson huquqlari bo'yicha zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarilishi bilan yaqindan tanishdi va 2017 yil 6 iyunda BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 35-sessiyasida Zayd Raad al-Xusayn "O'zbekiston rahbariyati inson huquqlari bo'yicha ishlarni to'g'ri yo'nalishda boshqarib bormoqda", deya alohida ta'kidlab o'tdi.

Muxtasar aytganda, mustaqillik yillarida Vatanimizda inson huquq va erkinliklari, insonning qonuniy manfaatlari davlat manfaatlaridan ustunligi mustahkamlandi. Yurtdoshlarimiz uchun munosib hayot sharoiti yaratish davlat va jamiyatning bosh maqsadiga aylandi. El-yurtimizda ijtimoiy adolat tamoyillari tobora ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

REFERENCES

1. Инсон хукуклари: Парламент аъзолари учун кулланма. - Тошкент: Baktria press, 2019.

2. Новый Узбекистан и права человека. Информация о состоянии соблюдения международных обязательств Республики Узбекистан в области прав человека. - Ташкент: Национальный центр Республики Узбекистан по правам человека,

3. Абдуллаев, Д. Х. (2020). Экологическое воспитание молодежи. Вестник науки и образования, (15-2 (93)), 53-55.

4. Абдуллаев, Д. Х. (2019). Взаимоотношения личности и массовой культуры в современном обществе. Достижения науки и образования, (7 (48)), 112-114.

5. Абдуллаев, Д. Х., Курбонбоева, А. У. К., & Меркурьева, А. Ю. (2022). КУЛЬТУРНО-ИСТОРИЧЕСКОЕ НАСЛЕДИЕ УЗБЕКИСТАНА ОСНОВА ТРЕТЬЕГО РЕНЕССАНСА. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 540-544.

2020.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.