Научная статья на тему 'MILLIY DAVLATCHILIKNI RIVOJLANTIRISHDA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYANING AHAMIYATI'

MILLIY DAVLATCHILIKNI RIVOJLANTIRISHDA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYANING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
162
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Davlat / siyosat / kommunikatsiya / administratsiya / huquq / jamiyat / qadriyatlar / kafolat / huquq / tafakkur / tamoyil. / State / politics / communication / management / law / society / values / guarantee / right / thinking / principle.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Saliyeva, Muhabbat

Maqolada Davlat boshqaruvida zamonaviy bosqichdagi ommaviy kommunikatsiya tizimi rivojlanib borayotgan bir davrda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʻnaviy jihatlarni keng targ‘ib etish, shu qadar jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan axborotlashuv darajasi, nihoyatda murakkab va serqirra jarayonga daxldor muammolarni o‘rganish tadqiq qilish va tegishli xulosalar chiqarishga bag‘ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANCE OF MASS COMMUNICATION IN THE DEVELOPMENT OF NATIONAL GOVERNMENT

The article is devoted to the study of problems associated with the development of the mass communication system of the modern stage of public administration, the widespread promotion of socio-political, economic and spiritual aspects, the level of serious importance, an extremely complex and complex process, and draw the appropriate conclusions.

Текст научной работы на тему «MILLIY DAVLATCHILIKNI RIVOJLANTIRISHDA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYANING AHAMIYATI»

MILLIY DAVLATCHILIKNI RIVOJLANTIRISHDA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYANING AHAMIYATI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-385-392

Filol.f.n. Muhabbat SALIYEVA

TDSHU dotsenti, Toshkent, O'zbekiston Tel. +998 97 714 24 90. muhabbat2962@mail.ru.

Annotatsiya. Maqolada Davlat boshqaruvida zamonaviy bosqichdagi ommaviy kommunikatsiya tizimi rivojlanib borayotgan bir davrda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy jihatlarni keng targ'ib etish, shu qadar jiddiy ahamiyatga ega bo'lgan axborotlashuv darajasi, nihoyatda murakkab va serqirra jarayonga daxldor muammolarni o 'rganish tadqiq qilish va tegishli xulosalar chiqarishga bag'ishlanadi.

Kalit so'zlar. Davlat, siyosat, kommunikatsiya, administratsiya, huquq, jamiyat, qadriyatlar, kafolat, huquq, tafakkur, tamoyil.

Аннотация. Статья посвящена исследованию проблем, связанных с развитием системы массовых коммуникаций современного этапа государственного управления, широкой пропагандой общественно-политических, экономических и духовных аспектов, уровнем серьезное значение, чрезвычайно сложный и сложный процесс, и сделать соответствующие выводы.

Ключевые слова. Государство, политика, общение, управление, право, общество, ценности, гарантия, право, мышление, принцип.

Abstract. The article is devoted to the study of problems associated with the development of the mass communication system of the modern stage of public administration, the widespread promotion of socio-political, economic and spiritual aspects, the level of serious importance, an extremely complex and complex process, and draw the appropriate conclusions.

Keywords. State, politics, communication, management, law, society, values, guarantee, right, thinking, principle.

Davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish tamoyillari, jamiyat boshqaruvida, zamonaviy dunyoqarashni shakllantirish masalalari huquqiy, ommaviy kommunikatsiyaning bir shakli sifatida rivojlanib boryapti. Bugungi davr talabiga xos davlat va jamiyat boshqaruvining zamonaviy vazifalari xalq forovonligi yo'lida, davlatning tinchligi, osoyishtaligi hamda obodligi, kishilarning yangi hayotga bo'lgan qiziqishlarining ortib borishining asosiy omili bo'lmoqda. Shu o'rinda davlat va jamiyat in'ikosi bo'lgan inson huquq va erkinliklarining oliy darajada qadrlanayotganligi,

qonunlarning yanada takomillashtirila-yotganligi zamirida inson kamoloti ulug'lanayotganligi aks etishini alohida ta'kidlash lozim. Binobarin, Prezident Sh.Mirziyoyev e'tirof etganidek: "Ayni paytda biz asosiy Qonunimiz talablarini to'liq amalga oshirish borasida hali oldimizda ulkan vazifalar turganini yaxshi bilamiz, Ya'ni xalqimiz hayot darajasi va sifatini yaxshilash, inson huquq va manfaatlarini amalda ta'minlash bo'yicha hali ko'p ish qilishimiz kerak. Eng avvalo, odamlarimiz islohotlar samarasini kelajakda emas, balki bugun o'z hayotida his etishlari zarur" [1. 7.]. O'zbekistonda demokratik davlat qurishning muhim shartlari shaxsning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilishdan iborat. Inson huquqlarining kafolatlari tizimini yaratishda fuqarolik jamiyati va davlat manfaatlari yo'lidagi siyosiy kuchlarning konsentratsiyalashuvining demokratiya sub'ektlari faoliyati, kelishuvi, sivilizatsiyasida plyuralizmni ta'minlashdan iboratdir. Insonning huquqiy maqomini hal qilish, jamiyatni rag'batlantirish - davlat qarorlarini ishlab chiqish zarur. Qarorlarni qabul qilishda, xalqni maqbul xizmat bilan ta'minlash, hamda jamoatchilik fikri va fuqarolar faoliyatining (qarorlar, buyruqlar, xatlar, bayonnomalar va boshqalar orqali), yozma kommunikatsiya shakllari davlat bilan xalq o'rtasidagi aloqalarning mustahkamligini kengroq ta'minlash imkoniyatlari yaratilganligi bu fikrimizning isbotidir.

Masalan, keyingi yillarda "Davlat boshqaruvi tizimida yangi zamonaviy g'oyalarni tatbiq etish maqsadida Prezident devoni, hukumat ijro etuvchi tuzilmasi qayta ko'rib chiqildi. 18 ta vazirlik, idoralarning vazifa va funksiyalari takomillashtirildi, hamda 24 ta davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar qayta tashkil etildi" [2.15]. Bugungi yangilanishlar davrida, davlat boshqaruvi tizimining tez fursatda rivojlanib borishi o'ziga xos xarakterga ega. Jamiyatni yangilash, demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish jarayonida qonun xujjatlarining ijrosi va mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishda huquqiy kommunikatsiya muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Davlat va jamiyat boshqaruvida, davlat va xalq muloqotlari masalasida huquqiy kommunikatsiya o'ziga xos xarakterga egadir. Ayniqsa, islohotlarning huquqiy asoslarini nafaqat tushunish, balki ularni xalq amaliyotiga tatbiq etishda ahamiyatlidir. Davr talabi bo'lgan rivojlanish, yuksalish, hamda dunyoning eng ilg'or mamlakatlari qatoridan joy olish darajasiga erishish

yo'lida O'zbekiston bugungi kunda ma'naviy-ma'rifiy, iqtisodiy, siyosiy jabhalarda shahdam qadamlar bilan oldinga intilmoqda. "Bugungi kungacha davlat xizmatlari ko'rsatilishini maqbullashtirish borasida elektron davlat xizmatlarining soni 33 taga yetkazildi, ulardan 75 ming fuqaro foydalanmoqda. Tadbirkorlar uchun 40 ta faoliyat turi bo'yicha 61 xil litsenziyalar olish uchun onlayn ariza yuborish imkoniyatlari yaratildi" [3.15] "Davlat tizimi faoliyati o'zining ochiqligi, xalq bilan doimo hamnafas tarzda siyosat yuritayotganligi, inson huquq va erkinliklari yuzasidan yangi qonunlarning paydo bo'lishi, tadbirkorlik uchun imtiyozlar yaratilganligi bilan xalqning ishonchiga sazovor bo'lmoqda.

Mamlakatda davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini izchillik bilan takomillashtirilib, modernizatsiya qilinmoqda. Shu orqali aholining hayot sifati, investitsiya iqlimi, ishchanlik muhitini yaxshilash va biznesni rivojlantirish imkoni oshirilmoqda" [4.15-16]. Demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma'naviy sohalarda o'zaro uyg'un aloqadorlik, jamiyat hayotini oliy darajadagi ijtimoiy tizim sari yetaklaydi. Qonun ustuvorligi, huquqiy me'yorlar, siyosiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita sifatida fuqarolik jamiyati barqarorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqarolar huquqiy madaniyatini shakllantirish darajasi aynan qonunlarning jamiyat hayotida tutgan o'rni va davlat idoralari tomonidan fuqarolar va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning huquq va manfaatlarini himoya qilinishiga uzviy bog'liqdir. Fuqarolarning o'z huquqlarini erkin amalga oshirishlari va burchlarini bajarishlari, eng avvalo, aholining ma'naviy-axloqiy kamoloti namoyon bo'lgan kuchli fuqarolik jamiyatidagi huquqiy kommunikatsiya tizimi sharoitidagina real voqelikka aylanadi. Bugungi davr talabi, davlat xizmatlarini taqdim etishning milliy shakli bo'lgan yangi tizimga o'tishga asoslangan holda ba'zi muammolarni bartaraf etish maqsadida 2017 yil 12 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholiga davlat xizmatlari ko'rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora - tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni va "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori [5. 16] qabul qilindi.

Ma'lumki, qabul qilinayotgan yangi qonunlar aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish uchun xizmat qiladi. Bunda ommaviy-huquqiy

kommunikatsiyaning samarali faoliyati, yangi qonunlarning mohiyatini anglash, inson manfaatlari ustuvorligini ta'minlash davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalardandir. Demokratiya - ommaviy-huquqiy kommunikatsiyaning siyosiy tizimdagi shakli bo'lib, u davlatchilik, siyosiy tuzilmalar, ijtimoiy-siyosiy hayot va jamiyatning barcha tarmog'ini qamrab oladi. U aholining savodxonligini oshirishga bo'lgan say-harakatlar, inson shaxsining huquqiy jihatdan kafolatlanganligi, siyosiy jamiyat, ya'ni huquqiy davlatning mavjudligini anglatadi. Keyingi ikki-uch yillik qisqa davr ichida zamonaviy yangilanishlarni o'zida mujassam etgan, demokratik jarayonlar, huquqiy kommunikatsiya tizimining yangi bir shakli sifatida - fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari faoliyatida samaradorlikni oshirish, hamda mahalla institutini aholiga yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirishda katta rivojlanish davri bo'ldi.

Mustaqil davlatning asosiy vazifalaridan biri o'z fuqarolarining demokratik huquq va erkinliklarini ta'minlash hamda uni qo'riqlashdir. Bu vazifa O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o'zining huquqiy ifodasini topgan. Ayni paytda, asosiy Qonunimizning X bobi inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlariga bag'ishlangan. Bosh Qomusimizning 43-moddasida: "Davlat fuqarolarining Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi" [6.16], deyilgan. Shu nuqtai nazardan, O'zbekiston Konstitutsiyasida fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklariga bag'ishlangan moddalar aniq va ravshan ishlab chiqilgan va birmuncha kengaytirilganligini ko'rish mumkin.

"O'zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo'lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim" (30-modda) kabi muhim huquqlar mustahkamlab qo'yilgani yaxshi. Konstitutsiyamizning 32-moddasiga muvofiq fuqarolarimiz jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita, hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadir. Bunday ishtirok etish o'zini o'zi boshqarish, referendumlar o'tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Mamlakatimizda

fuqarolar o'z ijtimoiy faolliklarini O'zbekiston Respublikasida qonunlariga muvofiq mitinglar, yig'inlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o'tkazilishini to'xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega (Konstitutsiya 33-modda). Bundan tashqari, fuqarolarimiz kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar (34-modda). Demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish tizimida boshqaruv huquqini yanada yuksaltirish, siyosiy tizimni takomillashtirish, xalqning ma'naviyati va huquqiy bilimlarini oshirish, davlat tomonidan ishlab chiqilayotgan qonunlarga fikr-mulohazalarini erkin bildirish kabi ta'limiy manbalar borki, xalq buni ongli ravishda anglay bilishi, tushunishi dolzarb masaladir. Ayni shu o'rinda OAVning ahamiyati katta. Jamiyatdagi har bir kishi huquqiy jarayonlarni tushunmas ekan, uning ongida insoniylikka zid bo'lgan g'oyalarga ergashish moyilligi kuchayadi. Oqibatda bu turli xil tutruqsiz safsatalarga ishonish ishtiyoqining paydo bo'lishiga olib keladi. Shuni nazarda tutgan holda, xalqimiz bir yoqadan bosh chiqarib faoliyat olib borishi uchun "O'zbekistonda mustaqil va kuchli davlat qurishdan asosiy maqsad inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir" [7]. Insonning aksariyat huquq va erkinliklari aynan fuqarolik jamiyati doirasida mujassamlanganligi, demokratik taraqqiy etgan mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlari qonun doirasida qo'llab-quvvatlanishi huquqiy kommunikatsiya tizimi tarmoqlarining uzviy ravishda davlat va xalq o'rtasidagi zanjirlarni mustahkamlashiga xizmat qilishi bu fikrimizning puxta asosi hisoblanadi. Davlat va jamiyat boshqaruvida qadim zamonlardan to bugungi kungacha insonlar o'rtasidagi ilk muloqotlardan biri hisoblangan ramzlar ommaviy kommunikatsiyaning asosiy shakllaridan biridir. Qadimda insonlar bir-birlarining kimligini ulardagi ramzlar orqali tanishganligi tarixiy asarlardagi manbalarda keltirilgan. Bugungi kunda bu ramzlar yangi shakl, tushunchalarda huquqiy davlatning ko'zgusi sifatida namoyon bo'lmoqda. Binobarin, akademik Akmal Saidov qayd etganidek: "Davlatning asosiy qonuni va qonunlar to'plami - Oliy iroda sub'ekti maqomini ustuvor me'yorlar sifatida ifodalaydigan oliy

yuridik hujjatlar instituti shaklidagi davlat ramzi" [8. 42]. Bugungi zamonaviy innovatsion texnologiyalarning samaradorligi huquqiy kommunikatsiya tizimining yaxshi yo'lga qo'yilganligi bilan o'ichanadi. Demokratiya, huquqiy davlatchilik va fuqarolik jamiyati parallel holda taraqqiy topadigan hamda bir-birini taqozo qilgan jarayondir. Insonning aksariyat huquq va erkinliklari, aynan, fuqarolik jamiyati doirasida mujassamlangan. Shuning uchun ham demokratik taraqqiyotdagi mamlakatlarda fuqarolik jamiyati institutlari qonun doirasida qo'llab-quvvatlanadi va himoya qilinadi. Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi muhim vazifa - bu qonunchilik hokimiyati bo'lmish parlamentning roli va ta'sirini kuchaytirib borishdan iborat deb hisoblanadi. Qonunlarga rioya qilish, ularni ijro etish va qonun normalari bilan tartibga solishga ehtiyoj tug'ilayotgan jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni aniqlash, amaldagi qonun xujjatlarini hayot talablari bilan muntazam uyg'unlashtirishda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan amalga oshiriladigan parlament nazorati muhim ahamiyat kasb etadi. Bosh qomusimizning har bir moddasi biz uchun dasturulamalga, hayotimiz qoidasiga aylanishi zarur [9. 30]. Huquqiy kommunikatsiya deganda, xalqning O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi tomonidan belganlangan huquqlariga asosan, so'z erkinligi, fikri, ovoz berish erkinligi, tanlov erkinligi, fuqarolarning o'zini himoya qilish maqsadida davlat qonunlari moddalarida belgilangan o'z huquqlaridan foydalanish erkinligi kabi tamoyillar borki, bular yozma va og'zaki kommunikatsiya (muloqot) shakllari sifatida ta'riflanadi. Kommunikatsiyaning yozma turlariga kitob va risolalar (tarixiy asl qo'lyozmalar, sharhlar va tarjimalar)ni ma'muriy xujjatlarni, hamda xatlarni misol keltirish mumkin. Og'zaki kommunikatsiya esa kengash, suhbat, maslahat, shakllarida amalga oshiriladi.

Davlat boshqaruvining har xil usullari va ular haqidagi ma'lumotlarni ommaga yetkazish zarurligi yuzasidan aytilgan fikrlar asarda bayon etilgan manbalarga hamohang tarzda rivojlanib boradi: masalan u shunday bayon etiladi, "Fozillar shaharining birinchi boshlig'i shu shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo'lib, u tabiatan o'n ikkita xislat-fazilatni o'zida birlashtirgan bo'lishi zarur. Fozillar shahri hokimi avvalo to'rt muchchasi sog'-so'lim bo'lib, o'ziga yuklangan fazilatlarni bajarishida biror a'zosidan nuqson halal bermasligi lozim, aksincha, u sog'-salomatligi

tufayli bu vazifalarni oson bajarishi lozim. Ikkinchidan, hokim tabiatan nozik farosatli bo'lib, suhbatdoshining so'zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg'ab olishi, shu sohada umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur. Uchinchidan, u anglagan, ko'rgan, eshitgan, idrok etgan narsalarini xotirasida to'la-to'kis saqlab qolishi, barcha tafsilotlarini unitmasligi zarur. To'rtinchidan, u zehni o'tkir, zukko bo'lib, har qanday narsaning bilinar-bilinmas alomatlarini va u alomatlari nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur. Beshinchidan, o'z fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida chiroyli so'zlar bilan ifodalay olishi zarur.

Oltinchidan, u (ustozlardan) ta'lim olishga, bilim ma'rifatga havasli bo'lishi, o'qish o'rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan qochmaydigan bo'lishi zarur. Yettinchidan, taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda, ochofat bo'lmasligi, aksincha, o'zini idora qila olish qobiliyatiga ega bo'lishi (qimor yoki boshqa) o'yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo'lishi zarur. Sakkizinchidan, u haq-haqiqatni, odil, xaqgo'y odamlarni sevadigan, yolg'onni va yolg'onchilarni yomon ko'radigan bo'lishi zarur. (U o'z qadrini biluvchi va nomus - oriyatli odam bo'lishi, pastkashliklardan yuqori turuvchi, tug'ma oliyhimmat bo'lishi, ulug', oliy ishlarga intilishi zarur. O'ninchidan, bu dunyo mollariga dinor va dirhamlarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvmaydigan) bo'lishi zarur. O'n birinchidan, tabiatan adolatparvar bo'lib, odil odamlarni sevadigan, istibdod va jabr-zulmni, mustabid va zolimlarni yomon ko'ruvchi, o'z odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, birinchi bo'lib adolatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va o'zi suygan go'zalliklarni boshqalarga ham ravo ko'ruvchi bo'lishi zarur. O'zi haq ish oldida o'jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga yo'l qo'ymasligi zarur. Mana shu barcha xislatlarning bir odamda jamlanishi amrimahol, zero bunday tug'ma fazilatlar sohibi bo'lgan odamlar juda kam uchraydi va ular nodir insonlardir. Mabodo fozillar shahrida barkamol inson topilib qolsa, unda yuqoridagi fazilatlardan oltitasi, yoki beshtasi kamol topganida xam, u aql va zakovatda benazirligi tufayli fozillar shahriga rahbarlik qila oladi" [13.41] - deyiladi asarda. Muallif sohibi qonunning xislatlarini sanar ekan, o'n ikkita xislatga ega bo'lishi zarurligini aytadi, yana o'zi bunga fikr

R

от

bildiradiki, talab qilinayotgan o'n ikkita fazilatning bir kishida jamlanishi amri mahol ekan. Haqiqatdan ham bu fikrlar bugungi kun uchun ham juda dolzarb masaladir.

Xulosa qilib aytganda, bugun mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, hamda yangilanishlarning tub mohiyatini anglab yetish, ularni yanada chuqurroq o'rganish, sohalarni mutaxassislar boshchiligida amaliyotda joriy etish masalalari qo'yilmoqda. Shuningdek, mamlakatni rivojlantirishda ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritilganligini, hamda shu bilan birgalikda harakatlar strategiyasini rivojlantirish maqsadida joriylanayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal sur'atlarda rivojlanishini ta'minlash uchun shart-sharoitlar va keng imkoniyatlar yaratish masalalari, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iborat ekanligi ta'kidlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mirziyoyev Sh. Konstitutsiya - erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. - T.: O'zbekiston, 2018.

2. Mirziyoyev Sh. Harakatlar strategiyasi. 2017-2021 yil sarhisobi. - T.: Adolat, 2018.

3. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2017.

4. Saidov A. X. Konstitutsiya va davlat ramzlari. - T.: Cho'lpon, NMIU, 2017. -42 b.

5. Aflotun. Qonunlar. Tarjimon Urfon Otajon. - T.: Yangi asr avlodi, 2008. - 161 b.

6. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shaxri O'zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashryoti, 2004. 2012. - 41 b.

7. Салиева, М. К. (2021). РОЛЬ МАССОВОЙ КОММУНИКАЦИИ ВО ВНЕШНЕЙ ПОЛИТИКЕ ГОСУДАРСТВА. Вестник науки и образования, (5-1 (108)), 37-48.

8. Салиева, М. К. (2020). ПРИНЦИПЫ ИНФОРМАЦИОННО-ПРАВОВОЙ СВЯЗИ И ШКОЛЫ ГОСУДАРСТВЕННОГО УПРАВЛЕНИЯ. European Journal of Humanities and Social Sciences, (4), 10-18.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.