Научная статья на тему 'YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTONDA JAMIYAT ISLOHOTLAR TASHABBUSKORI'

YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTONDA JAMIYAT ISLOHOTLAR TASHABBUSKORI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1528
128
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi O‘zbekiston / fuqarolik jamiyati / tashabbuskorlik / dahldorlik / islohot / mahalla / iqtisodiyot / ma’naviyat / qonun / ilm-fan / taraqqqiyot. / New Uzbekistan / civil society / initiative / reform / community / economy / spirituality / law / science / development.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Asadbek Zairov, Oynisa Muhammadieva

Mazkur maqolada yangilanayotgan O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘zgarishlar va fuqarolarning qarashlari to‘g‘risida mulohazalar yuritilgan. Fuqarolardagi tashabbuskorlik va amalga oshirilayotgan islohotlarga dahldorlikni yanada oshirish bo‘yicha bir qator takliflar ilgari surilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIETY INITIATIVE OF REFORMS IN RENEWING UZBEKISTAN

This article discusses the changes in the development of Uzbekistan and the views of citizens. A number of proposals have been put forward to further increase the initiative of citizens and their involvement in the ongoing reforms.

Текст научной работы на тему «YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTONDA JAMIYAT ISLOHOTLAR TASHABBUSKORI»

YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTONDA JAMIYAT - ISLOHOTLAR

TASHABBUSKORI

Asadbek Zairov

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti III bosqich "Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" yo'nalishi talabasi

Ilmiy rahbar: f.f.n.dot. Oynisa Muhammadieva

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada yangilanayotgan O'zbekiston taraqqiyotidagi o'zgarishlar va fuqarolarning qarashlari to'g'risida mulohazalar yuritilgan. Fuqarolardagi tashabbuskorlik va amalga oshirilayotgan islohotlarga dahldorlikni yanada oshirish bo'yicha bir qator takliflar ilgari surilgan.

Kalit so'zlar:Yangi O'zbekiston, fuqarolik jamiyati, tashabbuskorlik, dahldorlik, islohot, mahalla, iqtisodiyot, ma'naviyat, qonun, ilm-fan, taraqqqiyot.

SOCIETY INITIATIVE OF REFORMS IN RENEWING UZBEKISTAN

ABSTRACT

This article discusses the changes in the development of Uzbekistan and the views of citizens. A number of proposals have been put forward to further increase the initiative of citizens and their involvement in the ongoing reforms.

Keywords: New Uzbekistan, civil society, initiative, reform, community, economy, spirituality, law, science, development.

So'nggi yillarda ro'y berayotgan global dunyodagi rang-barang o'zgarishlar insoniyat hayotida yangicha qarashlarni vujudga keltirmoqda. Ilm-fan rivoji va innovatsion texnalogiyalar sabab sayyoramiz misli ko'rilmagan o'zgarishlarga yuz tutmoqda. O'zgarishlar dastavval inson tafakkurida, so'ngra esa real voqelikda aks etishini inobatga olsak, kishi o'z aql-zakovati, imon-etiqodi va ijodiy mehnati bilan bevosita real jarayonlarga daxldor hisoblanadi. Inson tabiatiga xos yaratuvchanlik va bunyodkorlik asrlar silsilasida shakllanib, bugungi kunda o'zining yuqori pallasiga chiqib borayotganligini namoyon qilmoqda. Bu esa o'z navbatida inson qadrini ulug'laydigan, uning manfaatlariga xizmat qiladigan odamlarning haq- huquqi va erkinliklarini kafolatlaydigan kuchli fuqarolik jamiyatini barpo qilishni taqqozo etmoqda. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari kabi O'zbekiston ham rivojlanishning innovatsion yo'lidan bormoqda. Milliy taraqqiyottimizning yangi bosqichida jamiyat islohotlar tashabbuskori sifatida maydonga chiqmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga va O'zbekiston xalqiga 2020-yil 24-yanvarda yo'llagan murojaatnomasida quyiagi g'oyani ilgari surgandi: "Demokratik islohotlar yo'li - biz uchun yakka-yu yagona va eng to'g'ri yo'ldir. Bu borada biz, har kuni izlanishdamiz, xorijdagi ilg'or tajribalarni chuqur o'rganib, hayotimizni, ish uslubimizni yangilashga harakat qilmoqdamiz.

Biz yangi O'zbekistonni xalqimiz bilan birgalikda barpo etamiz, degan ulug'vor maqsadni o'z oldimizga qo'yganmiz.Bu borada "Jamiyat - islohotlar tashabbuskori" degan yangi g'oya kundalik faoliyatimizga tobora chuqur kirib bormoqda. Islohotlarning amaliy natijadorligini oshirishda, joylarda yangi tashabbuslarni ilgari surishda aholimizning yanada faolroq, yanada tashabbuskor bo'lishiga erishmog'imiz lozim.

Eng asosiysi, bu islohotlar natijasida xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishimiz kerak.Odamlarimiz yetarli daromad topishi uchun eng qulay biznes va investitsiya muhitini shakllantirib, yangi-yangi korxonalar va ish joylarini ko'paytirishimiz zarur. Bu g'oyat dolzarb ishlarni o'zimiz qilmasak, hech kim bizga chetdan kelib qilib bermaydi. Xalqimiz, shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo'l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o'qib-o'rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o'zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta hayotimiz va jamiyatimiz o'zgaradi"1.

Davlat rahbarini minbardan jamiyat islohatlar tashabbuskori deb fuqarolarni faolikka chorlashi tom ma'noda mamlakat hayoti va taraqqiyotida yangi davrni boshlab berishga zamin hozirladi. Endilikda masalaning amaliy jihatiga ham yetarlicha e'tibor qaratish va zarur sharoit yaratish bajarilishi lozim bo'lgan muhim vazifalardan biri sanlaladi. Yangicha va keng dunyoqarashga ega fuqarolar bilan yangi O'zbekiston barpo qilish yo'lida eng muhum ikki yo'nalish: birinchidan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish orqali "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish" g'oyasini jamiyat hayotiga to'laqonli tadbiq qilsh, shuningdek aholi, ayniqsa, yoshlarda har xil ko'rinishdagi mafkuraviy tahdidlar va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitet va axborotni tahlil qilish ko'nikmalarini shakillantirish dalzarb vazifalar sirasiga kiradi. Ikkinchidan aholi farovonligini oshirishda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, bunda eng avvalo joylarda ishlab chiqarish hajmini oshirish, qo'shimcha qiymat zanjirini yaratish, yuqori suratlarda faoliyat ko'rsatadigan yangi quvvatlarni ishga tushirish, boz yana xorijiy sarmoyalarni jalb etishda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va investitsion jozibadorlikni oshirish orqali iqtisodi rivojlangan yetakchi mamlakatlarga qo'shilishdir. Mazkur ikki yo'nalishlardagi ishlarni jonlantirish yuksak ma'naviyat va taraqqiyotni ta'minlashda muhim ro'l o'ynaydi. Prezidentimiz ta]kidlaganideek, "Agar jamiyat

1 https://xs.uz/uz/post/prezident-zhamiyat-islohotlar-tashabbuskori-degan-yangi-goya-kundalik-faoliyatimizga-tobora-chuqur-kirib-bormoqda

hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi -ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat."

Chindan ham, aholi farvonligida iqtisodiy barqarorlik muhim o'rin egallasa, odamlarning ma'rifatli bo'lishi, o'zgarishlarni tahlil qila olishida ma'naviyatning o'rni kattadir." Yangi O'zbekiston-yangicha dunyoqarash" xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini ochib beradi. Iqtisodiy globallashuv mahsuli bo'lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil dunyoqarashni rovojlantirish, o'zlikni saqlash va ma'naviyatlni yuksaltirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Binobarin globallashuv jarayonida iqtisodiy va ma'naviy omillarni o'zaro uyg'unligini ta'minlanish bir qator muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyatga egadir. Agar jamiyatda iqtisodiy omil ustuvor bo'lib, ma'naviy omil ikkinchi darajali bo'lsa quyidagi holat yuzaga keladi: -insonning ma'naviy-ruhiy dunyosini qashshoqlashadi; -jamiyatda ijtimoiy muhit muvozanati buziladi; -davlatning byurokratik roli oshadi;

-xalq ongida bir yoqlama fikrlar , qarashlar va tushunchalar shakllanadi; -istiqbolli rivojlanish shubha ostida qoladi va hokazo.

Shuningdek, agar jamiyatda ma'naviy omil ustuvor bo'lib, iqtisodiy omil ikkinchi darajada bo'lsa;

- insonning turmush farovonligi, kutilgan darajada bo'lmaydi;

- jamiyatda iqtisodiy-moddiy manfaatdorlik susayadi;

- davlatning qudratiga bo'lgan ishonch yo'qoladi;

- xalqning ertangi kunga bo'lgan ishonchi va orzusi bir yoqlama tus oladi;

- tadbirkorlik, tashabbuskorlik va optimistik rux yo'qolib boradi va hokazo kabi holatlar yuz berishi mumkin.

Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, jamiyat islohotlar tashabbuskori bo'lishida yuksak ma'naviy va moddiy farovon hayot uyg'unligini ta'minlash davlat organlari orqali emas, balki fuqarolarning o'z sayi-harakatlari bilan amalga oshishi lozim. Moddiy va ma'naviy hayotimizda amalga oshrilayotgan islohotlar raqamlarda emas, balki haqiqhiy hayotimizda, har bir inson taqdirida o'z aksini topishi kerak. Insoniyat tamadduniga o'zining salmoqli hissasini qo'shib kelgan bu millatning ulug' ajdodlari kabi bugungi avlodi ham Yangi O'zbekistonning Uchinchi Renoseansiga o'zining munosib hissasini qo'shib, baxtli yashashga haqli. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev "Yangi O'zbekiston" gazetasiga bergan intervyusida quyidagilarni ta'kidlab o'tdi: "Bugun odamlar uyg'onmoqda, jamiyat uyg'onmoqda. Ma'naviy uyg'oq jamiyat - bu, hech shubhasiz, qudratli kuchdir. Ayni paytda yana bir

2 https://iiv.uz/uz/news/shavkat-mirziyoev-iamiyat-hayotining-tanasi-iqtisodiyot-bolsa-uning-ioni-va-ruhi-manaviyatdir

3 Qarang: Milliy g'oya tarixi va nazariyasi. Sh.To'rayev, O.Muhammadieva.-T:"Sano-standart" nashriyoti, 2016, -B.99.

haqiqatni unutmasligimiz lozim: bugungi O'zbekiston - bu hali tom ma'nodagi, biz orzu qilayotgan, intilayotgan Yangi O'zbekiston emas. Hali bu marraga etish uchun oldimizda juda olis va mashaqqatli yo'l turibdi. Yo'limiz shu paytgacha oson bo'lgani yo'q, bundan keyin ham oson bo'lmaydi. Lekin biz dadil oldinga borishdan, kerak bo'lsa, kutilmagan, ammo pirovard natijasi samarali va xalqimiz manfaatlariga javob beradigan noan'anaviy qarorlar qabul qilishdan cho'chimasligimiz zarur"4.

Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlarini tahlil qiladigan bolsak, yangilanayotgan O'zbekistonda xalqni bugunidan rozi qilish, "Inson manfaatlari barcha narsadan ustun" tamoyili asosiy vazifa ekanligi ko'rinmoqda. Shuningdek, "Xalq davlat organlariga emas, balki "Davlat organlari xalqqa xizmat qilishlari kerak", degan konseptual tamoyil tobora hayotimizga chuqur kirib kelayotganligini ham alohida ta'kidlab o'tish joiz.

Ma'lumki huquqiy demokratik davlatda har bir insonning huquq va majburiyatlari qonun bilan belgilanadi. Bu esa, jamiyatda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini avvalo fuqarolarning faolligini oshirishga, ularni mas'uliyatli bo'lishi va islohotlarga nisbatan dahldorlik tuyg'usini kuchatirishga xizmat qilishini taqazo etadi. Zero, bugunning talabi bo'lgan yuksak mas'uliyat va optimistik ruhdagi kayfiyat fuqarolik jamiyati tartib- tamoyillarining qaror topishi bilan uzviy bog'liqlikdagi jarayondir .

Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi: birinchidan, jamiyat hayotining turli sohalarida faoliyat ko'rsatayotgan davlat va nodavlat tashkilotlari bilan bog'liq jarayonlarda ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini to'laqonli ta'minlash. Bu esa fuqarolarni davlat va nodavlat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilishiga xizmat qiladi. Zero ochiqlik bu ishonch namunasidir.

Ikkinchidan, yosh kitobxon ko'rik tanlovining hududiy va mahalliy bosqichlarini ham viloyat teleradio kanallarida namoyish qilishni yo'lga qoyish zarur . Bu o'z navbatida hududlar kesimida kitobxonlik saviyasi qay darajada ekanligini ko'rsatadi. Shu bilan birga, xalq ma'naviyatini yuksaltirish, ularda jaholatga qarshi m'arifat bilan kurashish ko'nikmalarini shakllantirishda, ularning buzg'unchi, yod g'oyalar va mafkuraviy tahdidlarga qarshi kitob mutolaasi orqali ma'nan qurollanishlarida muhim rol o'ynaydi. Bu borada ma'naviyat va ma'rifatga oid o'qilishi lozim bo'lgan eng sara adabiyotlar ro'yhatini tuzish va ularni ommaviy vositalar orqali e'lon qilib borish ham o'z samarasini beradi

Uchinchidan, qonun ustuvorligini ta'minlash va qonuniylikni mustahkamlash yo'lida yagona huquqni qo'llash amaliyotini tubdan takomillashtirish kerak. Buning uchun konstitutsiyaviy sud organining rolini sezilarli darajada oshirish maqsadga muvofiq bo'lardi . Normativ- huquqqiy hujjat qabul qilish vakolatiga ega idoralarning bir-biriga zid me'yoriy hujjatlarni qabul qilishini oldini olish, shuningdek qonunosti hujjatlarni to'laqonli Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini ta'minlashga

4 https://president.uz/oz/lists/view/4547

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

oid faoliyatni ommaviy axbarot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish maqsadga muvoffiq.

To'rtinchidan, iqtisodiyot va moliyaviy faoliyat bilan bogliq jarayonlarda korrupsion hatti- harakatlar va byurokratik omillarni oldini olish maqsadida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini ta'minlash bilan bir qatorda, aholini barcha qatlamlarini "halollik vaksinasi" bilan emlash zarur. Ushbu mexanizmni amalga oshirishda jamiyatimizning toza vijdon sohiblarini to'g'ri niyat, halol mehnati evaziga erishgan muvoffaqiyatini keng ommaga ibrat sifatida ko'rsatish muhim ahamiyatga aga. Chunki odamlar turli ko'rsatma va pand-nasihatlardan ko'ra real hayotiy misollarga ko'proq ishonadi. Albatta, yuqorida ilgari surilgan g'oyalar jamiyatimizda fuqarolarning tashabbuskorlik va tadbir bilan ish k'orishini, ayniqsa, kelajak egalari bo'lmish yoshlarni har taraflama qo'llab- quvatlashga dasturul amal bo'lib xizmat qiladi .

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev ta'kidlaganidek, "Bilimli avlod buyuk kelajakning, tadbirkor xalq farovon hayotning, do'stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir!"5. Bu kabi g'oyalar milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichida davlatimizning keng qamrovli va serqirra islohotlarni amalga oshirishi zamirida, avvalo, xalq manfaatlari ifodalaniladi. Zotan, xalq borki, davlat bor. Ayni shuning uchun ham davlat siyosiy institut sifatida mamlakatda fuqarolar qarashlari mushtarakligini, tinchlik va taraqqiyotni ta'minlashga qaratilgan faol konstruktiv siyosatni yuritadi. O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish islohotlar jarayonida jahondagi turli mamlakatlarda shu kabi jamiyat asoslarining yaratilishi tajribasini ushbu sohadagi islohotlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslarini shakllantirilishi, ularga doir nazariy ishlanmalarni o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki fuqarolik jamiyatining insoniyat uchun muhim bo'lgan bu ijobiy jihatlari, yangi tamoyillari va yashash muhiti o'tish davrini boshdan kechirayotga mamlakatlarga bugungi tez taraqqiy etayotgan dunyoga moslashish imkonini beradi .

Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g'oya sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g'oyasi G'arb tamadduni mahsuli sifatida amaliyotga tadbiq etilmoqda, deb hisoblamoqdalar. Aslida Sharq mamlakatalari mutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari shakllangan. Ijtimoiy taraqqiyotning ma'lum davrlarida Sharq mamlakatlari yetakchi mavqeini egallagan. Umuman, dunyo xalqlari katta-kichikligidan qat'iy nazar, fuqarolik jamiyati g'oyalarini rivojiga u yoki bu darajada o'zining hissalarini qo'shgan. Shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish to'g'risidagi g'oyalar, bilimlarni bir yoqlama bo'rttirish yoki kamsitish noto'g'ri yondashuvdir6. Chunki fuqarolik jamiyati o'z nomidan kelib chiqqan holda, fuqarolarning huquqlari

5Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari, ,O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning asarlari va ma'ruzalaridan olingan fikrlar, "Yoshlar nashriyot uyi" Toshkent-2019, -B.5.

6" Fuqarolik jamiyati" fanidan uslubiy qo'llanma, Obid Haydarov, Samarqand-2019, -B.15.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 213

va qonuniy manfaatlarini taminlashga barcha shart-sharoitlarni yaratadigan keng qamrovli tushunchadir .

Jamiyatda ezgu an'analarni qaror topdirish, inson qadrini uluglash va munosib turmush sharoitini yaratish demokratiyaning bugungi kundagi yuqori bosqichi, ya'ni fuqarolik jamiyatining yorqin korinishidir. Shu o'rinda fuqarolarni davlat siyosatiga xayrixoh bolishi, islohotlar tashabbuskori sifatida har bir inson mas'uliyatini va dahldorlik tuyg'usini yanada oshishi bevosita davlat organlari faoliyatida "Inson qadri uchun" tamoyilini amalga oshishida muhim omil boladi .

Bundan ko'zlangan maqsad mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini demokratik qadriyatlarini himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishdan iboratdir. Davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar o'rtasida ijrimoiy sheriklik munosabatlarini qaror toptirish, ularning hamkorligini kuchaytirish, amalga oshirilayotgan islohotlarda nodavlat notijorat tashkilotlarni tashabbuskorligi va faolligini taminlash fuqarolik jamiyati oldida turgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Davlat va nodavlat tashkilotlari o'rtasidagi hamkorlikda mahalla institutlarining faolligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Barchamizga ma'lumki, islohotlarimiz natijalari, bo'layotgan o'zgarishlar va aholining kayfiyati avvalo mahallada seziladi. Shu ma'noda "Mahalla _ jamiyatimizning yorug' yuzi va vijdoni

n

ko'zgusi", desak to'gri bo'ladi. Mahallaning mamlakatimiz ijtimoiy- siyosiy hayotidagi orni va roli nihoyatda ahamiyatlidir. Bejizga "Mahalla tarbiya ochog'i , hayot maktabi" deb yuritilmaydi. Zero, biror bir binoning ko'rkam va zamonaviy qiyofaga ega ekanligini namoyon qilishda, avvallo uning poydevori mustahkam bo'lishi talab etiladi . Shu ma'noda, islohotlar avvalo joylarda, ya'ni mahalladan boshlab o'z sozini aytishi va yangilanishlarning o'chog'i vazifasini bajarishi lozim.

Xulosa qilib aytganda, Yangi O'zbekistonning yangi taraqqiyotida yuksak cho'qqilarni zabt etish endilikda faqat davlat tushunchasi bilan emas, balki jamiyat, ya'ni fuqarolar sayi-harakatlari bilan amalga oshiriladi. Aslini olib qaraganda, davlat va jamiyat bir-birini to'ldiruvchi tushunchalardir. Shuning uchun ham har doim hamkorlikda faoilyat yuritish, ya'ni integratsion amaliyot zamonaviy taraqqiyotning eng muhim omili sifatida namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. https://xs.uz/uz/post/prezident-zhamiyat-islohotlar-tashabbuskori-degan-yangi-goya-kundalik-faoliyatimizga-tobora-chuqur-kirib-bormoqda

2. https://iiv.uz/uz/news/shavkat-mirziyoev-jamiyat-hayotining-tanasi-iqtisodiyot-bolsa-uning-j oni-va-ruhi-manaviyatdir

7 Shavkat Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston strategiyasi.-Toshkent. " O'zbekiston" , 2021. -B. 122.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 214

3. Milliy g'oya tarixi va nazariyasi/ Sh.To'raev, O.Muhammadieva.-T:"Sano-standart", 2016. -B. 99.

4. https://president.uz/oz/lists/view/4547

5. Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning asarlari va ma'ruzalaridan olingan fikrlar, "Yoshlar nashriyot uyi" Toshlekt-2019. -B.5.

6. " Fuqarolik jamiyati" fanidan uslubiy qo'llanma, Obid Haydarov, Samarqand-2019.-B. 15.

7. Shavkat Mirziyoev. Yangi O'zbekiston strategiyasi -Toshkent. " O'zbekiston", 2021. -B.122.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.