Научная статья на тему 'MILLIY TIKLANISHDAN – MILLIY YUKSALISH SARI'

MILLIY TIKLANISHDAN – MILLIY YUKSALISH SARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
9731
865
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
milliy tiklanish / qadriyatlar / globallashuv / fuqarolik pozitsiyasi / innovatsiya / taraqqiyot / ilm-fan / buyuk mutafakkirlar / renessans / milliy yuksalish. / national revival / values / globalization / civic position / innovation / development / science / great thinkers / renaissance / national uplift.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Asadbek Sayfullo O’g’li Zairov

Mazkur maqolada ko’xna tarix, boy merosga ega xalqmizning shonli o’tmishi yoritilib, ikki muhim uyg’onish davriga to’xtalib o’tilgan. Shuningdek turli istilochilar bosqini sabab boy berilgan salohiyatni mustaqillik tufayli qayta millat taraqqiyotiga yo’naltirilgan milliy tiklanish davridagi islohotlar qayd etilgan. Bundan tashqari jamiyat hayotida milliy yuksalish g’oyasi ruhidagi yangilanishlarning mazmun-mohiyati ifodalangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FROM NATIONAL REVIVAL TO NATIONAL RISE

This article highlights the ancient history, the glorious past of our people with a rich heritage, and two important periods of the Renaissance. It also notes the reforms of the period of national revival, which were aimed at the re-development of the nation due to independence, the potential lost due to the invasion of various invaders. In addition, the essence of the renewal in the spirit of the idea of national uplift in the life of society is expressed.

Текст научной работы на тему «MILLIY TIKLANISHDAN – MILLIY YUKSALISH SARI»

MILLIY TIKLANISHDAN - MILLIY YUKSALISH SARI

Asadbek Sayfullo o'g'li Zairov

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada ko'xna tarix, boy merosga ega xalqmizning shonli o'tmishi yoritilib, ikki muhim uyg'onish davriga to'xtalib o'tilgan. Shuningdek turli istilochilar bosqini sabab boy berilgan salohiyatni mustaqillik tufayli qayta millat taraqqiyotiga yo'naltirilgan milliy tiklanish davridagi islohotlar qayd etilgan. Bundan tashqari jamiyat hayotida milliy yuksalish g'oyasi ruhidagi yangilanishlarning mazmun-mohiyati ifodalangan.

Kalit so'zlar: milliy tiklanish, qadriyatlar, globallashuv, fuqarolik pozitsiyasi, innovatsiya, taraqqiyot, ilm-fan, buyuk mutafakkirlar, renessans, milliy yuksalish.

FROM NATIONAL REVIVAL - TO NATIONAL RISE

Asadbek Sayfullo ugli Zairov

National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

ABSTRACT

This article highlights the ancient history, the glorious past of our people with a rich heritage, and two important periods of the Renaissance. It also notes the reforms of the period of national revival, which were aimed at the re-development of the nation due to independence, the potential lost due to the invasion of various invaders. In addition, the essence of the renewal in the spirit of the idea of national uplift in the life of society is expressed.

Keywords: national revival, values, globalization, civic position, innovation, development, science, great thinkers, renaissance, national uplift.

Bugun dunyoda shiddat bilan kechayotgan global o'zgarishlar, jahon xalqlari va hayotiga daxldor bo'lib, turfa xil qarashlarni vujudga keltirmoqda.Insoniyat tamom-ila o'zgacha muhit, yangicha talab va xavf-xatarlar kuchaygan bir sharoitda yashashga to'g'ri kelmoqda. Bu kabi holatda uzoq vaqt davomida sinovdan o'tgan va hayotning turli qiyinchiliklarida toblangan har qaysi xalq va millat birligi, hamjihatligini yanada oshirib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Bir necha ming yillik tarixga ega bo'lgan yurtimizdagi boy moddiy va madaniy meroslarning mavjudligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanganligi, shuningdek nomlari bashariat svilizatsiyasi tarixiga

abadiy bitilgan olim-u fuzallolami yetishtirgan bu ko'xna zamin azal-azaldan insoniyat tamaddunining beshigi bo'lib kelgan.

Milodiy IX vaXII asrlarda birinchi renessans, XIV-XV asrlarda ikkinchi renessans kabi ikki muhim oltin davrlarni boshidan kechirgan xalqimiz, bir necha asrlar davomida o'z sohalarning yorqin namoyondalari bo'lmish mutafakkir-u allomalarimizning sayi-harakatlari evaziga jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga o'zining salmoqli hissalarini qo'shishgan. Hisob ilmining dahosi, algebra fanining asoschisi Muhammad al-Xorazimiy, buyuk mutaffakkir, Yevropada Alfraganus taxalluslari mashhur bo'lgan Ahmad al-Farg'oniy, tib ilmining sultoni, ulug' hakim Abu Ali Ibn Sino, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy, yulduzlar ilmidan osmon qadar yuksalgan Mirzo Ulug'bek, o'zbek adabiy tilining asoschisi, daho shoir Alisher Navoiy, shuningdek Imom Buxoriy, Imom at- Termiziy ,Imom Moturudiy, Abul Mo'iyn an-Nasafiy, Maxmud Zamaxshariy, Bahovuddin Naqshband singari ulug' ajdodlarimiz muqaddas islom dini ravnaqi yo'lida qilgan xizmatlari beqiyos sanaladi. Markaziy Osiyo mutafakkirlari tomonidan yaratilgan noyob, nodir asarlar va qimmatbaho fikr-mulohazalar jahon xalqlarining ma'naviy dunyosini boyitib, ularning ma'naviy kamolotiga xizmat qilib kelmoqda. Chindan ham yurtimizda yaratilgan asarlardan ko'chirilgan nusxalarning naqadar mo'tabar sanalishi va bebaho obida sifatida qadrlanishi bugungi kunda ham o'z ahamiyatini ko'rsatmoqda. Hayot yo'llari bir teks bo'lmagani kabi o'zbek xalqining tarixiy taraqqiyot davrida moddiy va ma'naviy madaniyati bir tekisda rivojlangan emas. Bunda biz uyg'onish, yuksalish bilan bir qatorda turli nohaqliklar va turg'inlik holatlarini ham kuzatishimiz mumkin.

Markaziy Osiyo xalqlari o'tgan ming yillar mobaynida xitoy, yunon, arab, mug'ul, rus istilochilari tomonidan zabt etilgan. Istilochilar xilma-xil bo'lsa ham ularning maqsadi o'xshash, ya'ni ko'xna madaniyat va ma'naviyatga ega bo'lgan tub aholini milliy qadriyatlardan begonalashtirish, o'zligini anglashga yo'l qo'ymaslik, tarixini soxtalashtirishdan iborat edi. Shu bois, bizning hududimizdagi biron bir ko'xna shahrimiz, katta - kichik daryomiz, baland - past tog'imiz yo'qki, u bir necha nom bilan atalmasin. Bu istilochilarning manfur siyosati, o'z xalqining tili va madaniyatini ustun qilib ko'rsatish, mahalliy xalqning tarixi va ma'naviyatini kamsitib, soxtalashtirib yoki inkor etish oqibati edi.

Xalqni o'z ma'naviyati va madaniyatidan judo qilib, xotirasiz manqurtlarga aylantirish, so'nggi qariyb bir yarim asr mobaynida chorizm va bolshevizm mustamlakachilarining ham bosh siyosati bo'lib kelganligi hammaga a'yon. Mazkur siyosat oqibatida biz tilimiz, madaniyatimiz, tariximizga bepisandlik bilan qaradik, o'tmishimizni zo'r berib qoralash va kamsitish yo'lini tutdik, bir necha ming yillik madaniy merosimizni, milliy tariximiz, milliy an'analar, urf odatlarimizni unuta boshladik, jahon xalqlari madaniyatining ajralmas qismi bo'lgan islom ta'limotini ko'r-

ko'rona inkor etdik. Dindorlar ma'naviy taxqirlandi, ularning huquqlari cheklab qo'yildi, bayramlar oyoqosti qilindi, tariximiz bir tomonlama va yuzaki o'rganildi.

Umuman olganda, jamiyat manfaatlari va istiqboliga mutlaqo zid keladigan bu kabi holatlarga barham berish orqali metin bardoshli xalqimiz iroda ko'rsatib, istiqlol deb atalmish ulug' nematga ega bo'ldi. XX asrning so'nggi choragida sobiq sovet davlatining qulashi natijasida ayrim mamlakatlar bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi ham 1991-yilda o'z mustaqilligini elon qilib, Xalqaro hamjamiyatning to'laqonli subyektiga aylandi. Har qanday millat, xalq o'z mustaqilligini qo'lga kiritishi bilan o'zing yashashini va kelajagini ta'minlovchi asoslarini yaratishi ham lozim. Bunday asoslar mustaqilikka erishgan mamlakatning iqtisodiyoti qay tarzda tashkil etilganligi, xalqning qanday huquq va erkinliklarga ega bo'lganligi, davlat hokimiyati qo'liga qanday vakolatlar berilganligi hamda xalqning qanday ma'naviy-madaniy imkoniyatlari borligiga,ularning g'oyaviy mazmuni qanday bunyodkor mafkuralar tizimiga asoslanganligi bilan belgilanadi. Bularning barchasi xalqlarning mustaqil hayot kechirish faoliyatlarining asoslari hisoblanadi.1

Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab, mustaqilligimizni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashkiliy-huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan qonun bilan tasdiqlangan davlat ramzlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda demokratik tamoyillarga hamohang ravishda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Shuningdek Birllashgan Millatlar Tashkiloti, YUNESKO, Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Islom Hamkorlik Tashkiloti singari bir qator nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga a'zo bo'lgan O'zbekiston xalqaro maydonda o'z o'rni va obro'-etiboriga ega bo'ldi. Shonli o'tmishda xalqimizning qoralangan tarixini qayta o'rganish va tadqiq etish, ulug' ajdodlarimiz yorqin xotirasini tiklash, ko'xna shaharlarimiz, boy moddiy va madaniy meroslarimizni o'rganishda yangicha munosabat paydo bo'ldi. Qadim tarxiga ega ko'xna shaharlarimizning yubileylari ham istiqlol yillarida keng nishonlandi. Jumladan: 1997-yil 19-oktabr Buxora, 20-oktabrda Xiva shahrining, 2002-yil 2-aprelda Termiz shahrining 2500 yilliklari, 25-avgustda Samarqand shahrining 2750 yilligi keng nishonlandi.

Mustaqillik tufayli ma'naviy hayotimizda uyg'onish yuz berdi. Xalqimizning milliy ongi, milliy g'ururi, milliy iftixori, ma'naviy dunyosi kundan kunga boyib bormoqda. Bu esa mustaqil davlatimizning ma'naviy asosini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda, lekin shuni alohida qayd etishimiz kerakki, milliy o'z o'zini anglash, o'zbekchilik — millatchilik degan ma'noni bildirmaydi. Milliy uyg'onish, milliy g'urur, milliy tuyg'uning tiklanishi — bu milliy rivojlanish bilan uzviy bog'liq bo'lgan tabiiy qonuniy j arayondir.

1 J.Y.Yaxshilikov, N.E.Muhammadiev, Milliy g'oya: O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.darslik.- Toshkent:2018.188-bet.

2 Orif Ayupov, Dunyo Siyosat Jamiyat, " Ziyo" -2019-191-193 b.

Milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimiz qayta tiklanib yanada rivojlangandagina jamiyatimizda o'tkazilayotgan islohotlar muvaffaqiyatli amalga osha oladi. Chunki ma'naviy barkamol, ma'rifatli, ruhan bardam, yangicha tafakkurlash qobiliyatiga ega insongina istiqlol va taraqqiyot yo'lini sharaf bilan o'ta oladi. Shunday ekan, xalqimizning madaniy merosi, yuksak ma'naviy qadriyatlarini chuqur va atroflicha o'rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har bir insonning ongiga singdirib, ayniqsa, yosh avlodni ma'naviy yetuk, fidoyi kishilar etib tarbiyalash hozirgi kunda eng ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

Ota-bobolarimizdan bizga qoldirilgan boy ma'naviy merosni avaylab asrab, uni zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan ijodiy boyitib, kelajak avlodning tafakkuri, dunyoqarashini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirib, ularning bunyodkorlik faolligini oshirish - mustaqillik poydevorini mustahkamlashning asosiy garovidir.

Hech bir xalq o'z o'zini anglamasdan milliy madaniyati, milliy qadriyatlarini avaylab, asrab saqlamasdan turib boshqa xalqlarning qadriyatlariga hurmat - izzat bilan qaray olmaydi. Shuning uchun milliy qadriyatlarning tiklanishi, umuminsoniy qadriyatlar sari rivojlanishning yakka-yu yagona yo'lidir.

Milliy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar bilan qancha ko'p uyg'unlashgan bo'lsa, ularning taraqqiy etishiga shu kadar keng imkoniyat ochiladi. Bu hayotiy haqiqatdir. Muxtasar qilib aytganda, milliy tiklanish millat taraqqiyoti tarixining birinchi bosqichida ma'lum bir obyektib va subyektiv sabablar oqibatida boy berilgan salohiyatni qayta millat taraqqiyotiga yo'naltirish bilan bog'liq jarayondir. Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarmizning samaradorligi, avvalo, xalq ma'naviyatining yuksalishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o'rganilishi va tadqiq etilishi, fan va ta'lim rivoji ,eng muhimi, jamiyat tafakkurining o'zgarishi va yuksalishi bilan bog'liqdir. Tafakkurning o'zgarishi va yuksalishi o'z navbatida milliy g'oyaning xalqmiz ongi va qalbidan qanchalik chuqur joy olayotganligi bilan o'z o'lchanadi. 4

Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, amalga oshirilgan ko'lami va miqyosi bo'yicha keng mazmundagi islohotlar ijobiy samara berib, milliy taraqqiyotimizda yangi sahifalarni ochmoqda. Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo'liga o'tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g'oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.

3 R.X. Ruziyeva , Milliy g'oya rivojida qadriyatlar tizimi, Toshkent-2020, 25,26-betlar.

4 I.Ergashev, O.Muhammadieva, S.Berdiqulova, M.Safarov, Milliy g'oya targ'ibot texnologiyalari,©"MASHHUR-PRESS" 2018, 67-bet.

Innovatsiya, bu - kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo'lsak, uni aynan innovatsion g'oyalar, innovatsion yondashuv asosid a boshlashimiz kerak. (2-tom, 55-bet)5

O'zbekiston - ulkan tabiiy zahiralar, iqtisodiy va insoniy salohiyatga boy mamlakat. Shuning uchun milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari borishda iqtisodiyotni, butun mamlakatni innovatsion asosda rivojlantirish muhim rol uynaydi.

Bugungi kunda dunyoda innovatsion g'oyasiz, ilm-fan yutuqlarisiz biror-bir soha rivojini tasavvur etib bo'lmaydi. O'zbekistonning eng katta boyligi - bu xalqning ulkan intellektual va ma'naviy salohiyatidir.O'rta asrlar oralig'ida yurtimiz xududidan yetishib chiqqan ulug' alloma va mutafakkirlar jahon ilm -faniga, butun insoniyat tamadduniga beqiyos hissa qo'shgan.

Xususan, IX-XII va XIV-XV asrlarda ikki qudratli ilmiy-madaniy yuksalishning manbai hisoblanib, jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatgan Sharq Uyg'onish davri -Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan.

Jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhiti mustahkamlanmoqda. Yangi O'zbekistonni barpo etish maqsadida keng ko'lamli islohotlar, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini, xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda.6

Shu bois ham, innovatsion taraqqiyot bilan xalqimizning an'anaviy milliy turmush tarzi o'rtasida o'ziga xos uyg'unlikni ta'minlash orqali O'zbekistonga xos milliy taraqqiyot modelini yaratish ustuvor vazifa hisoblanadi.Milliy yuksalish g'oyasi xalqimizning ulkan intellektual va ma'naviy salohiyatini ro'yobga chiqarib, O'zbekistonning yangi tarixida uchinchi renessans davrining boshlanishiga xizmat qiladi. Milliy yuksalish bu - millat taraqqiyotining tarixiy jarayoni bo'lib, bunda millat hayotida yangi davrning boshlanishi va rivojlanishi pirovardida yurt obodligi va xalq farovonligini ifodalashdir.

Dunyo xaritasidan o'rin egallagan har bir mamlakat siyosiy barqarorlik, iqtisodiy farovonlikka erishish uchun milliy manfaatlari, hayot tarzidan kelib chiqib o'z qarashlari va yo'nalishlarni belgilaydi. Bugungi tez taraqqiy etayotgan dunyoga moslashish jahon hamjamiyatida o'z o'rnini mustahkamlash, xalqaro imijini oshirish qaratilgan amaliy-konstruktiv ruhdagi islohotlarni amalga oshirayotgan O'zbekiston uchinchi renessans ostonasida milliy mentalitetimizga mos ravishda ham ijtimoiy-iqtisodiy ham ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni tizimga solib, xalqni bugunidan rozi qilishga qaratilgan yangilanishlar ro'y beryapti. Joriy yilning 19- yanvar kuni

5 "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari", Yoshlar nashriyot uyi Toshkent-2019, 55-bet.

6 https://lex.uz/ru/docs/-5169578

ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishida Prezidenti Shavkat Mirziyoyev quyidagilarni keltirib o'tdi: "Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi

n

va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat." Chindan ham aholi farvonligida iqtisodiy barqarorlik muhim o'rin egallasa, odamlarning ma'rifatli bo'lishi, o'zgarishlarni tahlil qila olishida ma'naviyatning o'rni bo'lakdir." Yangi O'zbekiston-yangicha dunyoqarash" xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini ochib beradi. Darhaqiqat barpo qilinayotgan osmono'par binolar, zamonaviy turar-joylar yangi O'zbekistonning yangi qiyofasini ko'rsatadi. Biroq yechimini kutayotgan muammolar, qilinishi kerak bo'lgan ishlar yetarlicha topiladi. Ayniqsa milliy yuksalish g'oyasini aholi, yoshlar qalbi va ongiga singdirishda daxldorlik tuyg'usini kuchaytirish kerak. Buning uchun oddiy odamlarni qiynaydigan byurokratik omillar, sansalardorlik holatlariga barham berish lozim. Jumladan sog'liqni saqlash, ta'lim, qurilish sohalaridagi korrupsion holatlar rivojlanishning har qanday ko'rinishga to'sqinlik qiladi. Zero aholi salomatligi va farovonligi va mamlakat kelajagi bilan bog'liq bo'lgan yuqoridagi sohalarda har qanday ko'rinishdagi adolatsizliklarga chidab bo'lmaydi. Albatta, amalga oshirilayotgan islohotlar o'z mevasini asta-sekinlik beradi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o'zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda "Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari" degan hayotbaxsh g'oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Bu borada olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma'naviy-ma'rifiy islohotlarning samaradorligiga to'siq bo'layotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.

Xususan, ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud emasligi, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma'naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu yo'nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo'lga qo'yilmagan. Hozirgi ijtimoiy makonda fuqarolik jamiyati institutlari faolligini oshirish, davlat tashkilotlarida ochiqlik, oshkoralik tamoyillarini joriy qilish, davlat va nodavlat tashkilotlari, hatto xususiy sektorlarni jalb qilish orqali ijtimoiy hamkorlikni sifat jihatdan yaxshilash zarur. Bu esa o'z navbatida milliy yuksalish sari bir yoqadan bosh ko'tarishga turtki beradi. Shuningdek ma'naviy-ma'rifiy sohadagi maummolarni tizimli

7 https://iiv.uz/uz/news/shavkat-mirziyoev-iamiyat-hayotining-tanasi-iqtisodiyot-bolsa-uning-ioni-va-ruhi-manaviyatdir

hal qilishda ilmiy asoslangan tadqiqotlarni amalga oshirish kerak. Jumladan: ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta'sirchan targ'ibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish;

ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir xorijiy tajribani o'rganish, shuningdek, bugungi mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash;

maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta, o'rta maxsus va oliy ta'lim tizimi, mahalla va boshqa tuzilmalar kesimida ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarning monitoringini olib borish, aniqlangan muammolarni hal etish bo'yicha ilmiy asoslangan tarbiya

Q

texnologiyalarni ishlab chiqish davr talabidir.

Yer planetasi atalmish ijtimoiy-siyosiy makonda g'arazli niyatdagi destruktiv kuchlar tomonidan ma'naviy tubanlikka eltuvchi yot g'oyalarning targ'ib qilinishi, uning oqibatida yuzaga keladigan xavf-xatarlarning oldini olish uchun sohadagi ishlarni jonlantirish kerek. Bu bora O'zbekiston Respubilkasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning quyidagi fikrlari o'rinlidir: "O'ylaymanki, madaniyat va ma'rifat, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash sohasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarur. Bu bugun bizning barchamiz uchun hayotiy muhim vazifadir. Yanada ogoh va sergak bo'lish, eng asosiy boyligimiz bo'lgan va biz haqli ravishda faxrlanadigan ko'p millatli xalqmizning birdamligi va jipsligini ko'z qorachig'idek asrash hamda yanada mustahkamlash O'zbekistonni o'z Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burchidir."9

Xulosa qilib aytganda, o'z oldiga ulug'vor maqsadlar qo'yib, innovatsion taraqqiyot yo'liga chiqqan O'zbekiston milliy taraqiyot manzili sari yangi bosqichga qadam qo'ydi. Bugungi kunda yurtimizdagi tub o'zgarishlar, faol konstruktiv yangilanishlar jamiyatimiz hayoti, odamlarning ongu tafakkuri o'zgarishiga xizmat qilmoqda. Zotan , murakkab va serqirra jarayon bo'lmish hayot suratlarning tezlashishi har bir kishidan mustaqil fikirlash, mustahkam irodali bo'lish hamda qat'iy faol fuqorolik pozitsiyasini egallashni talab qilmoqda. Milliy yuksalish har bir fuqaroning shaxsiy rivojlanishi, ularning turmush-tarzi yaxshilanishi bilan uzviy bog'liqlikdagi jarayondir.

REFERENCES

1. J.Y.Yaxshilikov, N.E.Muhammadiev, Milliy g'oya: O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Darslik.- Toshkent:2018,188-bet.

2. Orif Ayupov, Dunyo Siyosat Jamiyat, " Ziyo" -2019-191-193 b.

3. R.X. Ruziyeva , Milliy g'oya rivojida qadriyatlar tizimi, Toshkent-2020, 25,26-betlar.

8 https://lex.uz/docs/-5344692

9 Shavkat Miromonovich Mirziyoyev, Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz 1-jild,-Toshkent :"O'zbekiston" HMHy 2018.-298-299 b.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

4. I.Ergashev, O.Muhammadieva, S.Berdiqulova, M.Safarov, Milliy g'oya targ'ibot texnologiyalari,©"MASHHUR-PRESS" 2018, 67-bet.

5. "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari", Yoshlar nashriyot uyi Toshkent-2019, 1-tom 52-bet.

6.https://iiv.uz/uz/news/shavkat-mirziyoev-iamiyat-hayotining-tanasi-iqtisodiyot-bolsa-uning-joni-va-ruhi-manaviyatdir

7. https://lex.uz/ru/docs/-5169578

8. https://lex.uz/docs/-5344692

9. Shavkat Miromonovich Mirziyoyev, Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz 1-jild,-Toshkent :"O'zbekiston" HMHY 2018.-298-299 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.