Научная статья на тему 'YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLARGA SODIQLIK RUHIDA TARBIYALASHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI.'

YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLARGA SODIQLIK RUHIDA TARBIYALASHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI. Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
5206
329
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Urf-odat / an’ana / Navro’z / qadriyat / ro’za / poklik / insonparvarlik / milliy / millat. / Customs / traditions / Navruz / values / fasting / purity / humanity / nationality / nation.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Yusufaliyev Orzumurod Odilovich, Amаnov G’Ofur Adilovich

Ushbu maqolada mualliflar yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga oid ba'zi dalillar va ularning nazariy asoslarini keltiradi. Yevropa madaniyatini emas, balki o'zimizning milliy madaniyatni targ'ib qilish uchun zarur bo'lgan omillar ko’rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC AND THEORETICAL FUNDAMENTALS OF EDUCATION OF YOUTH IN THE SPIRIT OF LOYALTY TO NATIONAL VALUES.

In this article, the author presents some facts and their theoretical foundations on educating our youth in the spirit of loyalty to our national values. The factors necessary to promote our own national culture, not European culture, are indicated

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLARGA SODIQLIK RUHIDA TARBIYALASHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI.»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLARGA SODIQLIK RUHIDA TARBIYALASHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI.

Yusufaliyev Orzumurod Odilovich Amanov G'ofur Adilovich Guliston davlar universiteti, Miliy g'oya, ma'naviyat asoslari va

huquq ta'limi kafedrasi E-mail:orzumurodyu85@mail. ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada mualliflar yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga oid ba'zi dalillar va ularning nazariy asoslarini keltiradi. Yevropa madaniyatini emas, balki o'zimizning milliy madaniyatni targ'ib qilish uchun zarur bo'lgan omillar ko 'rsatilgan.

Kalit so'zlar: Urf-odat, an'ana, Navro'z, qadriyat, ro'za, poklik, insonparvarlik, milliy, millat.

Abstract: In this article, the author presents some facts and their theoretical foundations on educating our youth in the spirit of loyalty to our national values. The factors necessary to promote our own national culture, not European culture, are indicated.

Keywords: Customs, traditions, Navruz, values, fasting, purity, humanity, nationality, nation.

Аннотация: В статье автор представляет некоторые факты и их теоретические основы по воспитанию нашей молодежи в духе верности нашим национальным ценностям. Указываются факторы, необходимые для продвижения нашей собственной национальной культуры, а не европейской.

Ключевые слова: обычаи, традиции, Навруз, ценности, пост, чистота, человечность, национальность, нация.

KIRISH

Sir emaski, har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat er osti va er usti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o'zining yuksak madaniyati va ma'naviyati bilan kuchlidir. Yoshlarni milliy urf-odat va an'analar ruhiyatida tarbiyalash- dolzarb vazifalardan biridir. Urf odat va an'analarsiz millat bo'lmaydi. Ular millatning muhim belgilarini tashkil qiladi. Urf -odat va an'analar millat bilan birga shakllanib va rivojlanib keladi. Shuning uchun ham, millat shakllanishining har bir tarixiy bosqichida yangi urf - odatlar va an'analar shakllanib, eskilari taraqqiyot extiyojlariga javob bermaydiganlari asta tarixga

aylanib boradi. Lekin, millatning zaminlari bilan bog'liq bo'lgan urf - odat va

1396

Scientific Journal Impact Factor

an'analar barcha tarixiy bosqichlari uchun ham muhim ma'naviy manbaa vazifasini bajarib keladi.

Shu ma'noda milliy urf - odat va an'analarni yoshlar ongiga singdirish har qanday millat uchun o'z taraqqiyotning maqsad va vazifasi bo'lib qolgan. Mustaqillik yillarida milliy urf - odat va an'analarni tiklash, zamon ehtiyojlari asosida boyitish va yangilarini shakllantirish borasida katta ishlar amalga oshirildi. Shuning bilan birga ularni yoshlar ongiga singdirish borasida ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, to'y va boshqa marosimlarni o'tkazish an'analari tiklandi, ota - onalar bilan farzand o'rtalarida avlod - ajdodlarimizdan meros bo'lib kelgan munosabatlarni : ota-onaning oiladagi roli, farzandning ular oldidagi burchlarini anglash kabi an'analarga e'tibor oshdi.

Ayniqsa, mustaqillik yillarida bir qator bayramlarning tiklanishi va yangilarining shakllanganligi alohida ahamiyatga molik bo'ldi. Jumladan, ro'za va Qurbon hayitlarini o'tkazish an'anasining, "Navro'z" bayramini nishonlash, va mustaqillik bayramini o'tkazishning an'anaga aylanishi millatimiz tarixida yangi davrni boshlab berdi. Ular bugungi kunda yoshlarimiz ma'naviyatining ajralmas boyligiga aylanadi.

Barkamol shaxsni tarbiyalashda milliy qadriyatlar va urf-odatlardan foydalanish bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayoni oldida turgan eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham mamlakatimizda qadim tarixdan bizga me'ros bo'lib kelayotgan bu betakror an'ana, qadriyat va marosimlar, milliy qadriyatlar va urf-odatlarni o'rganish hamma davrlarda ham olimlar oldida muhim vazifalarni bajarish zaruratini qo'ygan.

Bu borada yoshlarni milliyligimiz bilan tarbiyalab borish, yevropa madaniyatini keng tarqalib ketishini oldini olish mavzularida J.Hasanboyev, M.Turopova, O.Hasanboyeva, A.Mavrunov, U.Qoraboyev va boshqalarning ilmiy ishlari va maqolalarini eslatib o'tish maqsadga muvofiqdir.

Xullas, bu yo'nalishda sezilarli vazifalar amalga oshirildi. Ammo, hali bu borada qilinadigan ishlarning ko'lami ham kengayib bormoqda.

Birinchidan, millatimiz tarixi bilan bog'liq bo'lgan urf - odat va an'analarni tiklash, ularni yoshlarimiz ma'naviy boyliklariga aylantirish;

Ikkinchidan, millatimiz istiqboli, uning xususiyatlari oldida turgan vazifalarini xal qilishga xizmat qiladigan yangi urf - odatlar va an'analarini shakllantirish ;

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI

TAHLIL VA NATIJALAR

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Uchinchidan, milliy xususiyatlarimizga zid bo'lgan, tashqaridan yopirilib kelayotgan urf-odat va an'analardan yoshlarimizni asrash kabilardir.

Tashqaridan qaraganda ular oddiy jarayon sifatida sodir bo'layotganday ko'rinsada, aslida ularning yoshlar ongida "joylashib" olishi kelajakda tuzatib bo'lmaydigan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ayniqsa, bugun yoshlarimiz xorijliklarning kiyinishi, yurish turishi, muomala madaniyatlarini ko'r - ko'rona o'zlashtirib olayotganligi milliyligimizga salbiy ta'sir o'tkazishi mumkinligi xavotirli jarayon ekanligini alohida ta'kidlash lozim1.

Albatta, gap bugungi yoshlarimizning o'z ota - bobolari kabi kiyinishi yoki ulardan tashqariga chiqmasligi haqida borayotgani yo'q2. Hamma muammo yoshlar o'zgalarning kiyinishi, muomala qilish, yurish - turish odatlarini ko'r - ko'rona qabul qilmasligi lozim ekanligi haqida bormoqda.

Aslida yoshlarimizning o'z milliy kiyinishimizni zamon ruhiyati va ehtiyoji talabidan kelib chiqqan holda rivojlantirish va uni jahonda ommaviylashuviga o'z hissalarini qo'shishlari zarur. Biz jahondagi ko'pgina xalqlar ega bo'lmagan buyuk davlatchilik tariximiz, o'z ajdodlarimiz, urf- odatlarimiz va an'analarimizga, qadriyatlari bilan dunyoda alohida o'ringa ega bo'lgan xalqmiz.

Mustaqiligimiz sharofati bilan ularni qayta tiklayotgan bir sharoitda o'zgalarning urf-odat, an'ana va kiyinish madaniyatini qabul qilishga intilish, boy milliy ma'naviyatimizga salbiy ta'sir o'tkazmoqda.

Jumladan, kiyinish insonning ichki dunyosini, ruhiyatini o'zida aks ettiradi. To'g'ri, hamma chiroyli kiyinganlar ma'naviyati yuksalgan komil insonlar, - deb bo'lmaydi3. Ammo, did, farosat , hayo bilan kiyinish insonning ichki dunyosi bilan bog'liqligini ham inkor qilib bo'lmaydi. Yoshlarimizning milliy urf - odat va an'analarimizni egallashlarida turli vaqtli matbuot, radio va televideniening rolini ham alohida ta'kidlash lozim bo'ladi.

Maqsad bitta - xalq qadriyatlarini e'zozlash, poklikni asrash- avaylash, poraxo'rlik, davlat lavozimini suiiste'mol qilish, talon-taroj, ko'zbo'yamachilik kabi illatlardan xalos bo'lish, halol va kelajagi buyuk bir jamiyat yaratish.

Yoshlarda milliy qadriyatlarni shakllantirish va ularning ongida shu qadriyatlarga mas'ullik hissini uyg'otish maqsadida quyidagi takliflarni beramiz:

1 О,П,Умурзок,ов. Умуминсоний кадриятлар: миллий анъана ва урф-одатлар такомиллашмокда. // Узбекистонда ижтимоий фанлар, 1992 №2.

2 Э.Ю.Юсупов. Кадриятлар ва уларнинг жамият хаётидаги ахамияти. Т.: 1994 й. 86-87-б.

3 Назаров К. Аксиология (Калриятлар фалсафаси) Т; "Академия". 2011 й. 54-б.

1398

Oriental Renaissance: Innovative, R

educational, natural and social sciences О

Scientific Journal Impact Factor

1. "Milliy qadriyatlarning kelib chiqishi va uning o'rni".

2. "Ota-ona qadri".

3. "Ota-ona xizmatini qilish har bir farzandning burchi".

4. "Ota-onaning haqqini ado qil".

5. "Oila - j amiyatning tayanchi".

6. "Inson manfaatlari - ezgulik timsoli".

7. "Islom dinida ota-onani hurmatlashning talqin qilinishi"

8. "Hadis"da ta'lim-tarbiya".

9. "To'ylarimiz haqida o'ylarimiz".

10. "Kelin-kuyov axloqi".

11. "Yigitlik sha'ni, qizlik iffati"

12. "Qo ' shnilar munosabati, mahalla odobnomasi".

13. "Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi"

14. "Inson ma'naviy kamolotida vatanparvarlik, yuksak odob-axloq tarbiyasining ahamiyati".

15. "O'zbek xalq milliy an'analari va qadriyatlarining ma'naviy zaminlari"

16. "Ota-onaga hurmat, oilaga sadoqat va g'amxo'rlik - shaxs ma'naviyatining yuksak odobi"

17. "Vatanparvarlik va insonparvarlik - inson ma'naviy qiyofasining asosiy mezoni".

18. "Milliy o'z-o'zini anglash, milliy g'urur va millatga sadoqatlilik - yuksak burch" 4 kabi mavzularda davra suhbatlari, turli uchrashuvlar, ushbu milliy qadriyatlarga oid madaniy tadbirlar orqali yoshlarni milliylikka chorlash yanada mukammalroq bo'lishiga ishonamiz.

Nafaqat milliy qadriyatlar, balki an'anaviy qadriyatlarning ham ijtimoiy, ham yoshlar ongiga ijobiy ta'siri va foydasi bor albatta.

O'zbek xalk an'anaviy kadriyatlari, madaniyatlari xususan, xalk pedagogikasi, ogzaki ijod, uning tarkibidagi pandnomalar, ugitlar, nasixatlar, olkish-duolar xar kuni, xar dakika jonli jaraenlarda yashab, turmush tar-zimizni bezab, ayniksa farzandlarimizning tugri bulish, tugri yashash va axlok-odobi joyida bulishligini eslatib turuvchi, da'vat kiluvchi manbalardir5. Ularning xayotiyli-gi, ijtimoiy-tarbiyaviy xamda umumbashariy axamiyati xam ana shunda! Kiskasi, sharkona, xususan uzbekona kadriyatlarimizni xalk an'anaviy madaniyati avlod-ajdodlardan

4 Алломаларимиз миллий кадриятлар х,акида, Милли ва умуминсоний кадриятлар маколасидан. Тошкент окшоми, 38-сон.

5 Х.Алимов «Миллийлик ва ижтимоий рухият» Т. 1992 й. 74-б.

1399

Scientific Journal Impact Factor

suyak surib kelishdan tashkari betinim kaynab, oshib-toshib turuvchi, buloklari chankok kalblar chankogini kondiruvchi, jamiyatga kuch-kuvvat, kurk va ma'naviy bezak, tabiat-ga jon ato etuvchi musaffo chashmadir.

Xalqimizda oila, katta oila, mahalla-kuy, ya'ni jamoatchilik bilan yashash an'anasi, aytish mumkinki, hayotimizning mazmunini tashkil etadi. Mahalliy jamoatchilik deganimizda nafaqat mahalla, balki atrof tanish- bilishlar, ishxonadagi jamoa ham nazarda tutiladi albatta. Mahallada har bir oilaning obro'si shu oila a'zolarining mahalladagi, qolaversa, jamiyatdagi egallagan mavqei bilan ham o'lchanadi.

Har qanday zamonning o'ziga xos dardi, talab va ehtiyojlari bo'ladi. Mustaqillik jamiyat taqdiriga taalluqli juda ko'p jumboqlarni echish bilan birga milliy ma'naviyatimiz oldida turgan bir qator muammolarni ochib tashladi. Ayniqsa axloq-odob masalalari, inson deb atalmish tabiat gultojiga boshqacha nigoh bilan qarash uchun o'z millati an'analari va umumbashariy qadriyatlarni bilmog'i kerakligi tan olindi. Ba'zi odamlarni aldash mumkin bo'lsa ham butun bir millatni uzoq vaqt laqillatib bo'lmasligini tushunib etdik.

Qariyb 130 yil davom etgan mustamlakachilik siyosati bizni o'zligimizdan ayirishga harakat qildilar. Buyuk bobokalonlarimizga, xalqimizning asl farzandlari Qodiriy va Cho'lpon kabi ziyolilarimizga "boshqacha" nigoh bilan qarashdi. Lekin baribir maqsadlariga erisholmadilar. Haqiqat egilsa ham, hech qachon sinmasligi yana bir bor ayon bo'ldi.

Yaxshi hulq va barkamol axloqning shakllanishida "Vatan" deb atalmish muqaddas makon bilan uning jonli va jonsiz hilqati, quyoshi- yu havosi bilan ko'z ochgan buloqlari bilan hamnafas bo'lishi lozim. Agar bizning axloqiy fazilatlarimiz millat va uning ravnaqi uchun xizmat qilsagina boshqalarda havas tuyg'ularini uyg'otadi. Ana shundagina millat o'z o'tmishini, urf-odatlarini unutmaydi.

Dunyoda hech qachon o'qib tugatib bo'lmaydigan bir kitob, oxirigacha ijro etib bo'lmaydigan bir musiqa borki, u ham bo'lsa vatan va millat taqdiri hamda urf-odatlaridir.

Har bir inson o'z shaxsiy muammolari bilan birga zamon va millat qadriyatlariga quloq tutishi, xalq manfaatini shaxsiy manfaatidan ustun qo'ymog'i shart. Ijtimoiy harakat ilg'or va olijanob milliy fazilatlarga qanot bag'ishlasa, xalq ommasi ruhiyati va orzulari bilan yo'g'rilgan bo'lsa, millat va milliy o'ziga xosliklar gullab yashnaydi. Hech qachon shaxsiy g'araz va shuhratparastlik

Scientific Journal Impact Factor

ilinjida aytilgan so'zlar yurakka etib bormaydi. Qilingan ishlar milliy qadriyatlar ko'rkini oshirmaydi.

Odamlarning boshini qovushtiradigan, bir tan, bir jon bo'lib mehnat qilishga jalb etadigan "hashar" deb nomlangan udumlarimiz borki, u har qanday millat odamlarini hayratga soladi.

Milliy urf-odatlarimiz, ota-bola, qaynona-kelin, qon-qarindoshlik kabi ma'naviy ziynatlarimizni, o'zbek xalqining milliy fazilatlarini ulug'lovchi A.Qodiriyning "O'tgan kunlar" romani ko'z oldimizga keladi. O'zini o'zbek deb bilgan, madaniyatimizga, ma'naviyatimizga befarq bo'lmagan har bir inson kitobni hech bo'lmaganda bir marta o'qib chiqqan bo'lsa kerak deb o'ylayman.

Sevimli adibimiz zamon muammolari bilan bir qatorda haqiqiy o'zbek oilalariga xos bo'lgan jihatlarni mohirona aks ettirgan. Jumladan, Yusufbek hoji bilan O'zbek oyimning yolg'iz farzandini o'z bag'rida bo'lishini xohlashlari, ikki o't orasida qolgan Otabek qalb amriga qarshi borib, O'zbek oyimning "orzu-havas"iga rozi bo'lishi, yoki Kumushbibining o'z umr yo'ldoshini chimildiqda ilk bora ko'rganida "Siz o'shami?" deya hayo bilan so'ylashlari tahsinga loyiqdir.

Xulosa qilib shu narsani ta'kidlamoqchimanki, biz yoshlar internetdagi turli chorlovlarga ishonsak, chet elning jangari va axloqiy buzuq filmlari tamosha qilsak, asab va qonni junbushga keltiruvchi ajnabiy musiqalarini tinglasak o'zligimizdan yiroqlashib boraveramiz. Aksincha o'z bilimlarimizni doimiy ravishda mustaqil ta'lim hisobiga oshirib borsak, boy ma'naviy merosimiz, an'analarimiz, qadriyatlarimizni chuqur o'rgansak va albatta mutaxassis sifatida ularni keng targ'ib qilsakkina vatanimiz, millatimiz, xalqimiz oldidagi farzandlik burchimizni ado etgan bo'lamiz. Ilk tarbiya oiladan boshlanadi. Qush uyasida ko'rganini qiladi deyishadi. Qolaversa bir bolaga etti mahalla ota-ona deb bejizga aytilmagan. Bola yosh nihol hisoblanadi, qayoqqa egsa shu tomonga qarab o'saveradi.

Tadqiqotimizning natijalaridan kelib chiqqan holda yoshlarni milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash borasida quydagilarni taklif qilish mumkin:

1. Yuksak ma'naviyatili halqimiz tarixidagi milliylikning bugungi kun qilan solishtirma usuldagi darslarni, davra suhbatlarini, qisqa muddatli ko'rsatuvlarni ko'paytirib borish;

2. Yoshlarimizni tarixiy obidalarimizga sayohatlarini tashkil qilish hamda milliy kiym-kechaklarimiz, buyumlarimiz bilan doimiy tanishtirib borish;

3. Tariximizdagi milliy bayramlarimiz urf-odat, an'analarimiz to'g'risida

XULOSA VA TAKLIFLAR

Scientific Journal Impact Factor

yoshi ulug' insonlar bilan suhbat jarayonlarini tashkil etish.

FOYDALANILGAN ADABOYOTLAR: (REFERENCES)

1. Sh.M.Mirziyoyev, Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o'tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so'zlagan nutqlari o'rin olgan. - Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - 488 b.

2. Sh.M.Mirziyoyev, Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent : O'zbekiston, 2017. - 592 b.

3. Umurzoqov O.P. Umuminsoniy qadriyatlar: milliy an'ana va urf-odatlar takomillashmoqda. G'G' O'zbekistonda ijtimoiy fanlar, 1992 №2.

4. Mo'minova X. "Yosh avlodda milliy qadriyatlarni shakllantirish" Xalq ta'limi 2003 yil № 1.

5. Quronov M. Milliy tarbiya. Toshkent. Ma'naviyat. 2007. 238 b.

6. A.Allayarov, G'.Amanov. Yoshlar tarbiyasida innovatsion yondashuv (ilmiy ommabop nashr). Guliston 2020. - 114 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.