Научная статья на тему 'YANGI TARKIBLI KOLOSNIK KONSTRUKSIYASINING SINOV NATIJALAR TAHLILI'

YANGI TARKIBLI KOLOSNIK KONSTRUKSIYASINING SINOV NATIJALAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konstruksiya / tarkibli kolosnik / porloq 4 / jin mashinasi / chigit / tola / mexanik shikastlanish / tukdorlik / namlik / ifloslik / urug‘chilik / xomashyo valigi. / конструкция / содержание колосника / яркий 4 / джин-машина / семена / волокна / механические повреждения / ворсистость / влага / грязь / семенная продукция / сырье.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich, Ergashev Sharibboy To‘lanovich, Shokirov Xasanboy Tuychiboy O‘g‘li

Ushbu tadqiqot ishida jin mashinasining ishchi qismlaridan biri kolosnikning DL-10 jin mashinasiga, amaldagi va taklif etilayotgan tarkibli kolosniklar o‘rnatilgandan so‘ng olingan natijalar tahlili keltirilgan. Arrali tola ajratkich mashinasida paxta tolasini chigitidan ajratib berish jarayonida xomashyo valigi hosil bo‘lishi bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi. Shulardan eng asosiylari xomashyo valigini aylanish tezligi, toladorligi, zichligi, tolasidan ajragan chigitlar miqdori va boshqalardir. Bundan tashqari xomashyo valigida hosil bo‘lgan bosim ta’sirida ishchi kamera devorlari bilan hosil qilgan ishqalanish kuchini ham inobatga olish kerak bo‘ladi. Mana shu omillar tola ajratkich mashinasining ish unumdorligi va olinadigan tola sifatiga ta’siri bor. Ma’lumki, jinlash jarayonida 25% tola va tolasidan ajralgan chigitlar xomashyo valigida ko‘p turib qolishi sababli mexanik shikastlanadi[2]. Tadqiqotning asosiy maqsadi takilif etilayotgan tarkibli kolosnik va amaldagi kolosniklarni ishchi kameraga o‘rnatish orqali yangi konstruksiyadan ijobiy natijaga erishishdir, ya’ni sinov natijalarini tahlil qilish hisoblanadi. Xususan, paxta tolasini chigitdan ajratish jarayonidagi tola va chigit shikastlanishini oldini olish, ishchi kameradan chigit chiqish samaradorligini oshirish va shu bilan birga jinlash jarayonida energiya sarfini kamaytirish yo‘llarini o‘rganish, tola ajratgichning ishchi organlarini yangi konstruksiyasini ishlab chiqish va uni ishini o‘rganish, texnologik o‘lchamlarini aniqlash hamda ishlab chiqarishga taklif etishdan iboratdir. Qolaversa, tarkibli kolosnik konstruksiyasini mavjud korxonaga joriy qilish orqali DL-10 jin mashinasining ish samaradorligini oshirish va yangi texnologiyalar bilan to‘ldirish orqali rivojlantirishdan va sifatli tola va chigit olishdan iboratdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Analysis of the test results of the new composite column construction

В данной научной работе представлен анализ результатов, полученных после установки рабочих систем джин-машины ДЛ-10, после установки существующего и рекомендованного нового содержания джин-машины. В процессе отделения хлопкового волокна от семян в волокноразделительной машине формирование сырья зависит от нескольких факторов. Важнейшими из них являются скорость вращения сырья, волокна, плотность, количество семян, отделившихся от волокна, и т. д. Кроме того, необходимо учитывать силу трения, создаваемую стенками рабочей камеры за счет давления, создаваемого в сырье. Эти факторы влияют на производительность сепаратора волокон и качество получаемого волокна. Известно, что в процессе джинирования 25% волокна и отделенных от волокна семян подвергаются механическим повреждениям из-за того, что они длительное время остаются в куче сырья[2]. Основная цель исследований – предотвратить повреждение волокон и семян в процессе отделения хлопкового волокна от семян, повысить эффективность выхода семян из рабочей камеры и одновременно изучить пути снижения энергозатрат. Процесс хлопкоочистки, разработка новой конструкции рабочих органов волокнистого сепаратора и совершенствование его работы состоит из определения, изучения технологических размеров и предложения в производстве. Кроме того, внедрение новой конструкции позволит повысить эффективность работы джин-машины ДЛ-10 элитного хозяйства и получить высококачественное волокно и семена за счет наполнения ее новыми технологиями.

Текст научной работы на тему «YANGI TARKIBLI KOLOSNIK KONSTRUKSIYASINING SINOV NATIJALAR TAHLILI»

TEXNOLOGIYA

UDK 677.21.021

YANGI TARKIBLI KOLOSNIK KONSTRUKSIYASINING SINOV NATIJALAR

TAHLILI

Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich Namangan to'qimachilik sanoati instituti, professor

Ergashev Sharibboy To'lanovich Namangan muhandislik-qurilish instituti, professor

Shokirov Xasanboy Tuychiboy o'g'li Namangan muhandislik-qurilish instituti, tayanch doktorant, hasanboyshokirov75@gmail. co m

Annotatsiya. Ushbu tadqiqot ishida jin mashinasining ishchi qismlaridan biri kolosnikning DL-10 jin mashinasiga, amaldagi va taklif etilayotgan tarkibli kolosniklar o'rnatilgandan so'ng olingan natijalar tahlili keltirilgan. Arrali tola ajratkich mashinasida paxta tolasini chigitidan ajratib berish jarayonida xomashyo valigi hosil b o'lishi bir qancha omillarga bog'liq bo'ladi. Shulardan eng asosiylari xomashyo valigini aylanish tezligi, toladorligi, zichligi, tolasidan ajragan chigitlar miqdori va boshqalardir. Bundan tashqari xomashyo valigida hosil bo'lgan bosim ta'sirida ishchi kamera devorlari bilan hosil qilgan ishqalanish kuchini ham inobatga olish kerak bo'ladi. Mana shu omillar tola ajratkich mashinasining ish unumdorligi va olinadigan tola sifatiga ta'siri bor. Ma'lumki, jinlash jarayonida 25% tola va tolasidan ajralgan chigitlar xomashyo valigida ko'p turib qolishi sababli mexanik shikastlanadi[2].

Tadqiqotning asosiy maqsadi takilif etilayotgan tarkibli kolosnik va amaldagi kolosniklarni ishchi kameraga o'rnatish orqali yangi konstruksiyadan ijobiy natijaga erishishdir, ya'ni sinov natijalarini tahlil qilish hisoblanadi. Xususan, paxta tolasini chigitdan ajratish jarayonidagi tola va chigit shikastlanishini oldini olish, ishchi kameradan chigit chiqish samaradorligini oshirish va shu bilan birga jinlash jarayonida energiya sarfini kamaytirish yo'llarini o'rganish, tola ajratgichning ishchi organlarini yangi konstruksiyasini ishlab chiqish va uni ishini o'rganish, texnologik o'lchamlarini aniqlash hamda ishlab chiqarishga taklif etishdan iboratdir.

Qolaversa, tarkibli kolosnik konstruksiyasini mavjud korxonaga joriy qilish orqali DL-10 jin mashinasining ish samaradorligini oshirish va yangi texnologiyalar bilan to'ldirish orqali rivojlantirishdan va sifatli tola va chigit olishdan iboratdir.

Аннотация. В данной научной работе представлен анализ результатов, полученных после установки рабочих систем джин-машины ДЛ-10, после установки существующего и рекомендованного нового содержания джин-машины. В процессе отделения хлопкового волокна от семян в волокноразделительной машине формирование сырья зависит от нескольких факторов. Важнейшими из них являются скорость вращения сырья, волокна, плотность, количество семян, отделившихся от волокна, и т. д. Кроме того, необходимо учитывать силу трения, создаваемую стенками рабочей камеры за счет давления, создаваемого в сырье. Эти факторы влияют на производительность сепаратора волокон и качество получаемого волокна. Известно, что в процессе джинирования 25% волокна и отделенных от волокна семян подвергаются механическим повреждениям из-за того, что они длительное время остаются в куче сырья[2].

Основная цель исследований - предотвратить повреждение волокон и семян в процессе отделения хлопкового волокна от семян, повысить эффективность выхода семян из рабочей камеры и одновременно изучить пути снижения энергозатрат. Процесс хлопкоочистки, разработка новой конструкции рабочих органов волокнистого сепаратора

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

и совершенствование его работы состоит из определения, изучения технологических размеров и предложения в производстве.

Кроме того, внедрение новой конструкции позволит повысить эффективность работы джин-машины ДЛ-10 элитного хозяйства и получить высококачественное волокно и семена за счет наполнения ее новыми технологиями..

Abstract. This research paper presents an analysis of the results obtained after installing the working parts of the gin machine, the DL-10 gin machine, after installing the existing and recommended new content of the gin machine. In the process of separating the cotton fiber from the seed in the fiber separating machine, the formation of raw materials depends on several factors. The most important of them are the speed of rotation of the raw material, fiber, density, the amount of seeds separated from the fiber, etc. In addition, it is necessary to take into account the force of friction created by the walls of the working chamber due to the pressure created in the raw material. These factors have an effect on the performance of the fiber separator and the quality of the obtained fiber. It is known that in the process of ginning, 25% of fiber and seeds separated from fiber are mechanically damaged due to the fact that they remain in the raw material pile for a long time[2].

The main goal of the research is to prevent fiber and seed damage in the process of separating cotton fiber from the seed, to increase the efficiency of the seed exit from the working chamber and at the same time to study ways to reduce energy consumption during the ginning process, to develop a new construction of the working organs of the fiber separator and to improve its operation. consists of studying, determining technological dimensions and offering for production

Moreover, introducing a new design is to improve the working efficiency of the DL-10 gin machine of the elite farm and to obtain high-quality fiber and seed by filling it with new technologies.

Kalit so'zlar: konstruksiya, tarkibli kolosnik, porloq 4, jin mashinasi, chigit, tola, mexanik shikastlanish,tukdorlik, namlik, ifloslik, urug'chilik, xomashyo valigi.

Ключевые слова: конструкция, содержание колосника, яркий 4, джин-машина, семена, волокна, механические повреждения, ворсистость, влага, грязь, семенная продукция, сырье.

Key words: construction, content colosnik, bright 4, gin machine, seed, fiber, mechanical damage, hairiness, moisture, dirt, seed production, raw material.

KIRISH. Dunyoda paxtaga dastlabki ishlov berish texnologiyasi, jumladan, paxta tolasini chigitdan ajratish jarayoni, texnika va texnologiyasini takomillashtirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu yo'nalishda, jumladan, paxtani jinlash jarayoni samaradorligini oshirishning ilmiy asoslari ishlab chiqilmoqda, ilmiy hajmdor, shuningdek zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etishni jadallashtirish orqali mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirishga e'tibor kuchaytirilmoqda.

Respublikamizda paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash asosida yuqori q o'shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish, mamlakat paxta tozalash sanoati tuzilmasini takomillashtirish, texnik va texnologik qayta qurish asosida paxta mahsulotlari tannarxini kamaytirish va sifat ko'rsatkichlarini yaxshilash orqali uning raqobatbardoshligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida, jumladan, «...milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash hamda to'qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko'paytirish» bo'yicha vazifalar belgilab berildi[1].

Ushbu vazifalarni bajarishda paxta xomashyosi tolasini chigitidan ajratish jarayoni

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

nazariy va amaliy tahlillari asosida tola ajratkich mashinasi ishchi kamerasini takomillashtirish va uning hisobiga jinlash jarayoni samaradorligini oshirish, jumladan arra tishlariga paxta tolasi ilashishini yaxshilash hamda xomashyo valigi tezligini muvofiqlashtirish hisobiga jinlash jarayonining ish unumini oshirish va energiya sarfini kamaytirish muhim masalalardan hisoblanadi.

TADQIQOT METODI Taklif etilayotgan tarkibli kolosnik 2-qismdan iborat bo'lib, uning 1-qismining materiali 32HK-BH markali, ya'ni ishchi qismi zanglamaydigan po'latdan, 2-asos qismi kvadrat profildan tayyorlanadi. Ishchi qismning zanglamaydigan po'latdan tayyorlanishi paxta va kolosnik yuzasi o'rtasidagi ishqalanish koeffitsientini keskin pasaytirish imkonini beradi. Natijada toladan ajralgan chigit kolosnik yuzasida turib qolishi bartaraf bo'ladi va uning tepaga, xomashyo valigiga qo'shilishi oldi olinadi va u ishchi kameradan tezroq chiqib ketadi.

Qolaversa, ishchi kameradagi xomashyo valigi aylanma harakat qilib, kolosnik yuzasi bilan ham ta'sirlashadi. Tarkibli kolosnik bu jarayonda xomashyo valigiga amaldagi kolosnikka nisbatan kamroq ishqalanish kuchi bilan qarshilik ko'rsatadi. Natijada xomashyo valigi tezlashadi va tola ajratkich ish unumi oshadi. Tarkibli kolosnikning afzalligi yaxshi tozalangan chigitlarni o'z vaqtida chiqarib yuborish imkoniyatini yaratib, ularning shikastlanishini oldini oladi va tola tarkibidagi iflosliklar miqdorini kamaytirishga sabab bo'ladi. Bundan tashqari chigitlarni o'z vaqtida chiqib ketishi natijasida tola ajratish jarayoni unumdorligi ham oshadi.

1-rasm. Tola ajratkich mashinasi uchun tarkibli kolosnik konstruksiyasi

Tarkibli kolosnik konstruksiyasi tayyorlangandan so'ng, amaldagi SCh 15-32 markali cho'yan kolosniklar bilan solishtirish usuli orqali tajriba sinovlari o'tkazilgan. Tajriba uchun porloq 4 selleksion, I sanoat navi olingan. Amaliy tadqiqot ishlari noyabr va dekabr oylarida o'tkazilgan. Bilamizki, tajriba o'tkazish ham havo haroratiga bog'liq jarayon hisoblanadi. Jinlash jarayonini boshlashdan oldin paxtani namligi va iflosligi aniqlab olingan. Amaldagi va tarkibli kolosniklarning eksperimental tadqiqot ishlari "Namangan urug'chilikni rivojlantirish markazi" DM, viloyat boshqarmasiga qarashli "Chust elita urug'chilik xo'jaligi" MChJ korxonasida o'tkazilgan va joriy qilingan. Yangi konstruksiyani joriy qilishdan asosiy maqsad, korxonaning DL-10 jin mashinasining ish samaradorligini oshirish va yangi texnologiyalar bilan t o'ldirish orqali rivojlantirishdan iboratdir.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

1 - korpus, 2 -Ishchi kamera, 3 - arrali slindr, 4 - rostlagich, 5 - chigit yig'uvchi, 6 - tarkibli

kolosniklar

2-rasm. DL-10 jin mashinasining tarkibli kolosnik o'rnatilgan ko'rinishi

Tajriba o'tkazish uchun tayyorlangan 10 arrali tola ajratkich qurilma ishlaganda, paxta yuqoridan solinadi. Ishchi kamera 2 ga paxta tushadi, xomashyo valigi hosil bo'ladi, arrali silindr 3 orqali paxta titilib jinlash jarayoni boshlanadi, tola bilan chigit yaxshiroq jinlanishi uchun rostlagich 4 orqali jarayon rostlanadi so'ng ajralgan tola tarkibli kolosnik 6 tirqishlaridan va ajralgan chigit esa tarkibli kolosnik ishchi yuzasidan chigit yi g'uvchiga 5 tushadi. [4, 62] TADQIQOT NATIJALARI. Ikkita bir xil DL-10 jin mashinalariga amaldagi va tarkibli kolosniklar o'rnatilgan, tajriba o'tkazish jarayoniga porloq 4 I navi 2 sinfda, ikkita bir xil bo'lgan tola ajratkichga paxtani ishlov berish uchun 8 kgdan olingan. Tajriba jarayoni o'tkazilishdan oldin paxtaning namligi va ifloslik darajasini ko'rib chiqamiz va u quyidagicha:

Paxta namligi. Paxta namligi aniqlash uchun 40 gr paxta olingan va VXC qurilmasiga 5 daqiqaga qo'yiladi. Natijada uning og'irligi m=35,38 gr tashkil etgan.[4, 40-44]

bunda, mal — olingan paxta vazni, gr;

mch — VXC qurilmasidan chiqqan paxta vazni, gr; w- paxta namligi, %;

0,6 - quritish apparatiga natija tuzatish koeffisienti. Ifodadan quyidagicha qiymat chiqadi:

Demak paxta namligi 12,45% ni tashkil etganini aniqlangan.

Paxta iflosligi. Paxta iflosligi LKM qurilmasida aniqlanadi. Buning uchun 300 gr paxta olinadi, yaxshilab aralashtirib tarkibidagi qasoqlarini maydalab bir xil ustiga taqsimlab chiqamiz.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

Olingan paxtani to'rt qismga bo'lib, diagonal ko'rinishda aralashtiramiz. Ushbu aralashmadan 300 gr og'irlikni o'lchab olamiz va 3 daqiqa LKM qurilmasiga qo'yiladi. Belgilangan vaqtdan so'ng paxta tarkibidagi ifloslikni ajratib massasini aniqlaymiz. Porloq 4 I navi bo'yicha olingan paxta iflosligi m = 18,61 gr ni tashkil etgan. So'ng ifloslik darajasini aniqlaganmiz. Ifloslik darajasi paxta namligiga bog'liq bo'ladi.[4, 50-58]

Ya'ni Ki = 1,12 ifloslik 7 % dan past va ko'p bo'lsa ishlatiladi; K2 = 0,98 paxta namligi 12 % dan past bo'lsa,

K2 = 1,0 paxta namligi 12 % dan ko'p bo'lsa ushbu qiymatlar olinadi:

bundan shuni tushinish mumkinki, K1 bir xil olinadi. Ushbu ma'lumotlardan ifloslik darajasini aniqlaniladi:

bunda, mch - ajratilgan iflos aralashma massasi, gr;

mu - paxtani sinash namunasining iflos aralashma bilan tortilgan massa, gr; K1 - tozalangan namunada qolgan ifloslikni hisobga oluvchi tuzatish koeffisienti; K2 - iflos aralashmalardagi namlikni hisobga oluvchi tuzatish koeffisient. Paxtaning namligi W = 12,45 % bo'lgani uchun 12 % dan yuqori bo'ladi, K2 = 1,0 ga teng bo'lganda ifodamiz quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:

g _ IBililQlhUZqo

Demak, paxta iflosligi 6,95 % ekanligi aniqlandi.

Paxta bir xil vaqt rejimida amaldagi va yangi tarkibli kolosnikni ishchi kameraga o'rnatilgandan so'ng, jinlash jarayoni o'tkazilgan. Tajriba natijalari aniqlanib tahlil qilinganda bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Masalan, ijobiy natijalardan biri chigitning mexanik shikastlanish ko'rsatkichidir. Uning aniqlash jarayoni va usullarini batafsil ko'rib chiqsak maqsadga muvofiq bo'ladi.

Chigitning mexanik shikastlanishini

Chigitning mexanik shikastlanishini aniqlash uchun 50 gr ajratiladi. Uni sulfat kislotada (H2SO4) yaxshilab aralashtirib olinadi, toki chigit tuksizlangunga qadar maxsus yo g'och bilan aralashtirib yuboriladi. So'ng uni suvda yuviladi va bir muddat quritiladi. Qurigan chigitni yorituv chirog'i orqali kuzatib ajratiladi.

Nyar + Nsin = Num (3)

bunda, Nyar - yaroqli chigit soni, dona; Nsin _ singan chigit soni, dona; Num - umumiy chigitlar soni, dona.

Tarkibida necha foiz chigit shikastlanganligini aniqlash uchun quyidagi formula o'rinli bo'ladi:

Nsin/ Num* 100% (4)

Yuqoridagi (4) formuladan mavjud va taklif etilayotgan kolosniklar o'rnatilgandan keyingi natijalar solishtirilishi quyidagicha:

takif etilayotgan kolosnikda mavjud kolosnikda

Singan chigit soni 6 dona Singan chigit soni 8 dona

Yaroqli chigit soni 422 dona Yaroqli chigit soni 414 dona Demak, 422 + 6 = 428 dona Demak, 414 + 8 = 422 dona

Nsin/ Num* 100% = 6/428*100 = 1,4% Nsin/ Num* 100% = 8/422*100 = 1,8%

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

3-rasm. Chigitning mexanik shikastlanishini aniqlash jarayoni

Eslatma: ichi bo'shliq bo'lgan chigitni sanoq vaqtida hisobga olinmaydi, chunki urug'lik uchun yaroqsiz hisoblanadi.

Mavjud va taklif etilayotgan kolosniklarni ishlab chiqarish sinovi natijalari yakunlangandan so'ng natijalari shakllantirildi. Chust paxta tozalash korxonasining sinov laboratoriyasida barcha natijalar aniqlangan va aniqlangan xususiyatlar 1 -jadvalda keltirilgan.

1-jadval

№ Aniqlangan xususiyatlar birligi mavjud kolosnik Taklif etilayotgan kolosnik

1 Tajriba uchun olingan paxta kg 8 8

2 Paxta namligi % 12,45 12,45

3 Paxta iflosligi % 6,95 6,95

4 Paxtaga ishlov berish vaqti daqiqa 8,27 8,21

5 Ajralgan tola vazni kg 2,552 2,648

6 Ajralgan chigit vazni kg 4,495 4,460

7 Tola namligi % 10,59 10,53

8 Chigit namligi % 9,2 9,2

9 Texnik chigitning tukdorlik darajasi (200 dona chigit uchun) gr 0,18 0,15

10 Tolaning shtapel uzunligi mm 39 39

11 Yuqori o'rtacha uzunlik dyum 1,22 1,23

12 Chigitning mexanik shikastlanganligi % 1,8 1,4

13 Tola tarkibidagi ifloslik va nuqsonli aralashmalarning massaviy ulushi % 6,5 Iflos 6,1 Iflos

1-diagramma

Ajralgan cliigit vazni, kg i mavjud kolosnik natijasi I taklif etilayotgan kolosnik natijasi

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

2-diagramma

Yuqoridagi natijalar porloq 4 I/2 navida mavjud va tarkibli kolosniklarni DL-10 jin mashinasing ishchi kamerasiga o'rnatish orqali aniqlangan.[4, 73-80]

Taklif etilayotgan kolosnik natijalari mavjud kolosnik bilan solishtirib tadqiqot ishini amalga oshirilgan va chiqqan natija hisoblangan. Paxta tozalash korxonalarining mahsuloti chigit va tolalarning sifat ko'rsatkichlariga qo'yilgan talablarga asoslanib tajriba o'tkazilib natijalar olingan.

Ishlab chiqarish sinovi natijalariga ko'ra, taklif etilayotgan tarkibli kolosnikning birinchi muhim belgisi shundan iboratki, uning ishchi yuzasining qattiqligi past bo'lib, bu xususiyat ish jarayonida arra tishlariga ilingan paxtaning kolosnikka urulishidagi zarba kuchini kamaytiradi. Shuning uchun, yangi kolosnik o'rnatilgach chigitning mexanik shikastlanishi pasaygan.

Yuqoridagi jadval natijalariga asoslanib, tajriba natijalari taklif etilayotgan kolosnikda mavjud kolosnikdagiga nisbatan ijobiy ekanligi to'g'risida xulosa qilish mumkin. Olingan natijalar tavsiya etilayotgan tarkibli kolosnikning amaldagiga nisbatan afzalligini ko'rsatadi. Shunga ko'ra, yangi, tarkibli kolosnik ishlab chiqarishda keng joriy etishga tavsiya qilinadi.

MUHOKAMA

Amaldagi kolosnik ishchi yuzasining ishqalanish koeffsienti yuqoriligi ish samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, xususan, ishqalash kuchlari toladan ajralgan chigitning

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

kolosnik ishchi yuzasida turib qolishiga olib keladi. Natijada, chigitning pastga emas, xomashyo valigiga ilashib yuqoriga ko'tarilib, xomashyo valigiga qo'shilib ketish ehtimoli oshadi. Bunda, toladan tozalangan chigit po'stlog'i bilan arra tishlari zarbali ta'sirlashuvida ular po'stlog'i butunligi buzilishi, ya'ni chigitning mexanik shikastlanishi yuz beradi. Biroq, amaliy tadqiqot natijalarimizda shunga guvoh bo'ldikki, tarkibli kolosnikning ikkinchi muhim belgisi esa kolosnik ishchi yuzasining paxta bilan ishqalanish koeffitsienti pastligi bo'lib, bu xususiyat ish jarayonida toladan ajralgan chigitning harakatiga qarshilik ko'rsatuvchi ishqalanish kuchining pasayishiga sabab bo'ladi. Natijada, chigit og'irlik kuchi ta'sirida kolosnik ustida sirpanib, pastga qarab osonroq va tezroq harakatlanadi va ishchi kameradan tezroq chiqib ketadi. Shuning uchun, yangi kolosnik o'rnatilgach paxtani chiqarish vaqti kamaygan, ya'ni jin ish unumi ortgan. Qolaversa, chigit ishchi kameradan tezroq chiqib kesa, u qayta arra tishlariga urilmaydi. Bu holat chigit mexanik shikastlanishining kamayishiga, bu esa, o'z navbatida, tolada po'stloqli tola, deb nomlanuvchi nuqsonning kamayishiga olib keladi. Shuning uchun, yangi kolosnik o'rnatilgach tola tarkibidagi ifloslik va nuqsonli aralashmalarning massaviy ulushi kamaygan [5].

XULOSA

1. Jadvallardagi tajriba natijalariga qaralsa, porloq 4 I/2 navida chigitning mexanik shikastlanishi mavjud kolosnikda 1,8% ni, tavsiya etilayotgan tarkibli kolosnikda 1,4%.

2. Paxtani chiqarish vaqti porloq 4 I/2 navida ya'ni, mavjud (o'rtacha 8,27 sek)ga nisbatan tavsiya etilayotgan kolosniklarda (o'rtacha 8,21 sek) kamaygani, ya'ni ish unumi 0,96 kg/s dan 0,97 kg/s ga oshgani aniqlangan.

3. Ajralgan tola vazni, texnik chigitning tukdorlik darajasi, tola tarkibidagi ifloslik va nuqsonli aralashmalarning massaviy ulushi ko'rsatkichlarida ham ijobiy o'zgarish aniqlangan bo'lib, bu holat, yangi kolosnikning yuqori samarasidan dalolat beradi.

4. Yuqoridagi jadval natijalariga asoslanib, tajriba natijalari taklif etilayotgan kolosnikda mavjud kolosnikdagiga nisbatan ijobiy ekanligi to'g'risida xulosa qilish mumkin. Olingan natijalar tavsiya etilayotgan tarkibli kolosnikning amaldagiga nisbatan afzalligini ko'rsatadi. Shunga ko'ra, yangi, tarkibli kolosnik ishlab chiqarishda keng joriy etishga tavsiya qilinadi.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 noyabrdagi «Paxtachilik tarmog'ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3408-sonli Qarori.

2. Zikriyev E.Z. Paxtani dastlabki qayta ishlash. O'quv qo'llanma. - T.: Mexnat, 2002. -

290 b.

3. "O'zpaxtasanoat" uyushmasi "Paxtani qayta ishlashning muvofiqlashtirilgan texnologiyasi", (PDQI 41-2002; PDI-2007) T. "Mehnat". 2012. - 58 b.

4. A. Salimov. Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash. -Т.: «Fan va texnologiva», 2019, 216 bet.

5. Patent UZ № FAP 02331. Ergashev Sh.T., Sarimsakov O.Sh., Shokirov X.T., Sharifjanov A.O. 31.08.2023 y.

6. Элёрбек Шамсиддинов, & Хасанбой Шокиров (2022). ЖИН МАШИНАСИ ИШЧИ ВАЛИНИНГ ЭГИЛИШИ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (4), 102-110.

7. Safoev A.A., Narmatov E.A. Jin kolosniklarini ishlash muddatlarini oshirish usulini ishlab chiqish. Paxta tozalash, to'qimachilik va engil sanoat texnika va texnologiyalarning takomillashtirishda innovatsiyalarning roli. Ilmiy-amaliy anjuman. Namangan 2015 y. B 145148.

8. A'zamov M. Jinlash jarayonida mahsulot sifati yaxshilanadigan yangi tejamkor

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

texnologik jarayon ko'rsatgichlarini aniqlash. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish b o'yicha taqdimnoma. Toshkent. - 2018 y.

9. Umarov A.A. Tola sifatini yaxshilash maqsadida arrali jinni ta'minlash jarayonini takomillashtirish. Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya. Namangan. 2018 y.

10. Umarov A., Axmedxodjaev X.T., Yusupov O., Sharipov X. Arrali jinni qo'l bilan va avtomatik boshqarish. Innovatsion rivojlanish davrida intensiv yondashuv istiqbollari. Xalqaro anjuman. Namangan 2018 y 10-11 iyul. B 303-306.

11. Sarimsakov A.U. Tola ajratish jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida arrali jin ishchi kamerasini takomillashtirish. Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori dissertatsiya (PhD) Namangan. - 2018 y.

12. Tola ajratish jarayonini takomillashtirish: monografiya / X.T. Axmedxodjaev, M.A. Tojiboev, X.N. Sharipov - "Navro'z" nashriyoti, 2021 140 bet.

13. Sarimsakov A., Muradov R., Umarov A., Kurbanov D. Movement Differential Yequation of Seed Roller which Has Been Installed Stake Accelerator on the Roll Box of Gin Machine // Scientific Research Publishing, Yengineering, 2018, 10, 521-529.http://www.scirp.org/journal/eng

14. Shokirov Kh., Sarimsakov O. Investigation of the Movement of Cotton Seeds along the Groove Formed on the Surface of the Grate in the Working Chamber of the Saw Fiber Separator International Journal on Orange Technologies.Indonezia. https://journals.researchparks.ors/index.php/IJOT.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.