Научная статья на тему 'PAXTA TOLASINI ARRALI TOLA AJRATGICH ARRASI TISHLARIDAN YECHIB OLISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LI BILAN TOLANI TOZALASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH HAMDA ASOSLASH'

PAXTA TOLASINI ARRALI TOLA AJRATGICH ARRASI TISHLARIDAN YECHIB OLISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LI BILAN TOLANI TOZALASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH HAMDA ASOSLASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
25
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
paxta / chigit / ishchi kamera / havo soplosi / havo tezligi / havo oqimi. / хлопок / семена / рабочая камера / воздушное сопло / скорость воздуха / расход воздуха.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Yo‘ldashev Xasanboy Sulaymon O‘g‘li, Sarimsakov Olimjon Sharifjanovich, Ergashev Sharibboy To‘lanovich, Sharipov Xayrullo No‘monjanovich

Bu ilmiy maqolada paxta tozalash korxonalarida uchraydigan muammolardan biri tolani yechib olishda uchraydigan tola shikastlanishi hisoblanadi. Paxta tolasi to‘qimachilik sanoatida muhim xomashyo turi hisoblanib, to‘qimachilik fabrikalari ham o‘z extiyojidan kelib chiqib tola yigirishga yaroqli tolalarni saralab olish uchun o‘z talablariga ega. Ushbu talablarga mos tolani chigitdan ajratib olish va arra tishidan yechib olishda uchraydigan muammolarni bartaraf etishda ilmiy tajribalar olib borildi. Ushbu ilmiy yechimlar mazkur maqolada bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Increasing the efficiency of fiber cleaning by improving the process of removing cotton fiber from the teeth of the saw fiber separator

В данной статье рассматривается проблема возникающа в хлопкоочистительных машинах, а именно повреждение волокна при снетым волокно с пильного полотна.

Текст научной работы на тему «PAXTA TOLASINI ARRALI TOLA AJRATGICH ARRASI TISHLARIDAN YECHIB OLISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LI BILAN TOLANI TOZALASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH HAMDA ASOSLASH»

TEXNOLOGIYA

UDC 677.021.15/.18

PAXTA TOLASINI ARRALI TOLA AJRATGICH ARRASI TISHLARIDAN YECHIB OLISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LI BILAN TOLANI TOZALASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH HAMDA ASOSLASH

Yo'ldashev Xasanboy Sulaymon O'g'li Namangan to'qimachilik sanoati institut, Tayanch doktorant, khasanboy-yuldashev@mail. ru

Sarimsakov Olimjon Sharifjjanovich Namangan to'qimachilik sanoati institut, t.f.d. Professor, [email protected]

Ergashev Sharibboy To'lanovich Namangan muhandislik qurilish institut, t.f.n., Professor

Sharipov Xayrullo No'monjanovich Namangan to'qimachilik sanoati institut, dotsent, sharipov_xayrullo60 @gmail. co m

Annotatsiya. Bu ilmiy maqolada paxta tozalash korxonalarida uchraydigan muammolardan biri tolani yechib olishda uchraydigan tola shikastlanishi hisoblanadi. Paxta tolasi to'qimachilik sanoatida muhim xomashyo turi hisoblanib, to'qimachilik fabrikalari ham o'z extiyojidan kelib chiqib tola yigirishga yaroqli tolalarni saralab olish uchun o'z talablariga ega. Ushbu talablarga mos tolani chigitdan ajratib olish va arra tishidan yechib olishda uchraydigan muammolarni bartaraf etishda ilmiy tajribalar olib borildi. Ushbu ilmiy yechimlar mazkur maqolada bayon etilgan.

Аннотация. В данной статье рассматривается проблема возникающа в хлопкоочистительных машинах, а именно повреждение волокна при снетым волокно с пильного полотна.

Annotation. This article discusses a problem that occurs in cotton gins, namely fiber damage when fiber is removed from the saw blade.

Kalit so'zlar: paxta, chigit, ishchi kamera, havo soplosi, havo tezligi, havo oqimi.

Ключевые слова: хлопок, семена, рабочая камера, воздушное сопло, скорость воздуха, расход воздуха.

Key words: cotton, seeds, working chamber, air nozzle, air speed, air flow.

Kirish. Paxta tozalash zavodlarida asosiy jarayonlaridan biri paxta tolasini chigitdan ajratib olish jarayonida chigitdan ajratilgan tolani arra tish profillaridan yechib olishda uchraydigan muammolarni o'rganilgan. Ushbu muammolarni soha olimlari ham o'z ilmiy yo'nalishlaridan kelib chiqib tajribalar olib borib taklif va yechimlarini ko'rsatishgan. Sababi turli profilga ega bo'lgan arra disklari zavodda mexanika yordamida ochilish natijasida sezilarli turli xil o'lchamdagi profilga ega bo'lgan tish hosil qilinadi. Yangi arra diskiga ochilyotgan arra tishi ustanokdagi ba'zi bir texnik ko'rsatkichlar talablariga mos emasligi hisobiga va operatorni diqqatini chalg'ichi tish profilini turli o'lchamga ega bo'lishiga sabab bo'ladi yoki turli materiallardan tayyorlangan arra diski ham ushbu sabab hisoblanadi. Bu muammo yanigiligi uchun hali o'z yechimini optimal varyantda topilmagan. hozirda sohada ko'p olimlar bu arra profilidagi tishlarida o'z ilmiy ishlarini olib bormoqdalar. Bu mavzuning ahamyatligi shundaki hozirgacha kam olimlar bu ilmiy ish ustida ish olib borganlar. Olib borilgan ilmiy ishlar ham amaliyotga kam xolatlarda tadbiq etilgan (Sarimsakov O. SH., 2021). SHu bois bu ish ahamyatligi jixatidan muhim hisoblanib paxta tozalash zavodlari tomonidan taklif etilyotgan va yechimini kutayotgan ish hisoblanadi. Paxta tozalash zavodlaridagi ko'plab muammolar

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

institutimiz qoshidagi olimlar tominidan xal qilinib amaliyotga tadbiq etib kelinmoqda (Sarimsakov, et al., 2022).

Arrali jinlarda jinlash jarayonlarini adabiyotlar orqali o'rganish shuni ko'rsatdiki, jinlash samaradorligini orttirish xomashyo valigi zichligining ortishiga olib keladi, bu esa o'z navbatida mahsulotning sifatini yomonlashtiradi. Bundan ko'rinadiki, xomashyo valigining zichligi arrali disk tishlariga, arra tishlari esa chigitga ta'sir etadi, natijada, tola va chigitning shikastlanishi ortadi (Axmedxodjaev, et al., 2022). Bunda zichlanish massasi bevosita jinlash zonasida ikki martaga ortadi, bu esa jinlash jarayonida nuqsonlarning ortishiga sabab bo'ladi (1-jadval.).

1-jadval

Xomashyo valigi holati Zichligi, kg/m Mexanik shikastlangan tolalar, %

Dastlabki 72,8 2,0

Xomashyo valigidan o'tganidan so'ng:

Zich 94,2 25,5

O'rtacha 82,4 18,5

Bo'sh 70,7 9,0

Jinlash zonasida tolaning shikastlanishinig ortishi xomashyo valigining zichligini ortishi bilan bog'liq.

Tishning uchida tezlik yo'nalishida kuchni o'lchanganda uning qiymati ko'rsatdiki, xomashyo valigining zichligi ortishi bilan kuchning qiymati mos holda xomashyo valigining eng kichik zichlikda 25 N, xomashyo valigining o'rtacha zichligida 42 N va xomashyo valigining yuqori zichlikda 67 N ni tashkil etdi (Sharipov, et al., 2022).

Material va metodlar. Mazkur tadqiqot Xasanboy Yo'ldashev, Olimjon Sarimsakov va SHaribboy Ergashevlar tomonidan 2022 yilni bahoridan boshlanib, 2023 yilni yozida o'z yakuniga yetkazildi. Tadqiqotlar Namangan viloyati Pop tumani paxta tozalash zavodida va CHust tumani paxta tozlash zavodida amalga oshirildi. ushbu tadqiqot ishidan olingan natijalar va xulosalar ushbu maqolada bayon etilmoqda. Tadqiqot ishi uchun ikkita zavod tanlandi sababi ayni shu zavodlardan muammolarni o'rganish taklifi tushgan. Bu ikki zavodni paxta qabul qilish xajmi ham yuqori hisoblanadi (Sulaymonov, et al., 2022). Bu zavodlarda turli materaillardan yasalgan arra disklari ishlatilmoqda shu sabab ularni o'rganish va mavjud muammolar ustida yechim topish maqsad qilib olingan. Bu albatta katta yuklanishlar (yakka tolaning nisbiy mustahkamligiga nisbatan) va arra tishi va kolosnik yuzasi sifatining yomonlashishi tola sifatini jiddiy shikastlanishiga va ba'zi hollarda yuzaning yemirilishiga olib kelishi mumkin (Yo'ldashev, et al., 2023).

Ayrim tadqiqotchilar hisoblashadiki, uzilgan tola ko'rinishidagi nuqsonlarning hosil bo'lishiga asosiy sabab arra yuzasi tekisligi bilan kolosnik ko'ndalang kesimi oralig'idagi masofani yetarlicha bo'lmasligida, ya'ni arra diski bilan kolosniklar orasidagi tirqish (zazor) markazlashtirilmaganligi sababli yuz beradi.

Biroq, arra tishi bilan kolosniklar oralig'iga tortilgan tolalar soniga mos kelmasligi mumkin, chunki tirqishga bir vaqtni o'zida bir necha tish bilan tortilgan tolalar bo'lishi mumkin. SHuni hisobga olgan holda arra tishi qalinligini ratsional qiymatini tanlash tolaga kuchning ta'sirini sezilarli darajada kamaytirish bilan birga uning shikastlanishini kamaytiradi (Sarimsakov, et al., 2017).

Tadqiqot natijalari. Tadqiqot ishining natijasida, arra tishi profilini takomillashtirish bilan birgalikda tish arrasi ishchi yuzasining sifatini paxta tola si sifatiga bog'liq tishning yon yuzalari tozaligi 6-7 klass orlig'ida o'rnatildi. Namlangan tolasimon materialning eng yaxshi ko'rsatgichi xrom yoki polimer bilan qoplashgan yuzalarda kuzatildi.

Sinov vaqtida aniqlandiki, jin arrasi ishchi yuzasi yon tomonlarining moslashish intensivligi kolosnik bilan arra orasidagi tirqish (zazor) o'lchamiga bog'liq. Tirqish o'z

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

navbatida arraning o'zi bo'ylab titrab aylanishiga, o'rnatish noaniqligiga, arra valining titrashiga va boshqa sabablariga bog'liq.

Bunda, agar ishqalanish arra tishining yon yoqlarida faqat tolasimon massa bilan b o'lib o'tadigan bo'lsa, u holda yemirilish uzoq vaqt oralig'ida bo'lib o'tadi. Biroq, tish yon yoqlari bilan arrali diskni markazlashtirilmaganligi uchun kolosnikka tegadigan bo'lsa, tez yemirilish sodir bo'ladi (Yuldashev, et al., 2021).

Jin arrasi va kolosnik ish zonalari oralig'idagi tirqishni ularning yemirilishi natijasida ortishi jin qurilmasini instruktsiyada belgilangan ishlash rejimini ta'minlay olmaydi.

Yangi zamonaviy paxta tozalash mashinasini yaratish va amaldagisini takomillashtirish nazariy va amaliy sinovlarsiz amalga oshirib bo'lmaydi. Bir qator muammolar mavjudki, ularni bu bosqichda faqat nazariy yo'l bilan yechib bo'lmaydi. SHuning uchun zamonaviy usullar yordamida tajriba-sinov ishlarini o'tkazish muhim rol o'ynaydi (Yuldashev, et al., 2021).

Tadqiqot natijalari tahlili. Jinning asosiy ishchi organi hisoblanadigan jin arrasini tajriba-tadqiqot ishlarini bir-birini nazorat qiladigan ikkita asosiy yo'nalishda o'tkazildi.

Birinchi yo'nalish tadqiqot ishlariga asosan jin arrasining nazariy tasavvurlarga (nazariy tavsiyalarga) asosan o'rganildi. Bunda jinlashning nazariy savollari, asosan jinlash arrasining geometriyasi ko'rib chiqildi. Nazariy tasavvurlar asosida xulosa qilindi va jin arrasining geometrik parametrlarini nazariy ahamiyatini aniqlaydigan yangi formula olindi.

Tadqiqot ishining ikkinchi yo'nalishiga asosan sinov ishlari amalda ishlab chiqarish sharoitida qo'llanilayotgan mashinalarda o'rganildi.

Sinov ishlari ob'ekti sifatida turlicha shakl va parametrga ega bo'lgan jin arralari bo'ldi (1-rasm). Sinovlar 5 bosqichda o'tkazildi.

1-rasm. Turlicha tish uchi qalinliklariga ("e") ega bo'lgan tishi parametrlari sxemasi

Birinchi bosqich tadqiqot ishlarida tadqiqot ob'ekti turlicha tish uchi qalinliklariga ("e") ega bo'lgan 5 ta bosqichdagi: 0,1-0,3; 0,4-0,5; 0,6-0,7; 0,8-0,9 va 0,95 ±0,05 mm jin arralari olindi.

Jin arrasining qolgan parametrlari standart asosida olindi.

Ikkinchi bosqich tadqiqot ishlarida tadqiqot ob'ekti turlicha tish balandliklariga ega bo'lgan 5 ta variantdagi ikkita yo'nalishdagi arra disklari olindi.

Birinchi yo'nalish bo'yicha turlicha balandliklar tishning o'tmaslasish burchagini o'zgarishi hisobiga erishildi, tish osti yumoloqlash radiusi esa 0,4 mm ga teng bo'ldi, ikkinchi yo'nalish bo'yicha esa turlicha tishning balandligi tish osti yumoloqlash radiusining o'zgarishi hisobiga erishildi (barcha variantlarda o'tmaslashish burchagi 20° atrofida bo'ldi).

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

Ikkita yo'nalishning barcha variantlarida tish uchi qalinligi 0,8±0,1 mm, tish qadami -3,57 mm va disk diametri 312 mm, tishning qalinligi 0,95 ±0,05 mm bo'ldi.

SHunday qilib, tishlar birinchi yo'nalish bo'yicha 1; 1,5±0,2; 2,5; 3,5; 4,5, ikkinchi yo'nalish bo'yicha 1,5; 2,0±0,1; 2,5; 3,5; 4,5 tish balandligiga ega bo'ldi. Sinov ishlarining birinchi bosqichida tishning maqbul (optimal) tish uchi 0,8±0,1 mm qalinligi, ikinchi bosqichda esa ikkala yo'nalishda maqbul (optimal) tish balandligi 1,5±0,2 va 2,0±0,1 aniqlandi.

Sinov ishlarining uchunchi bosqichida GOST 1413 - 48 bo'yicha ikkala yo'nalishdagi maqbul (optimal) balandlikdagi va maqbul (optimal) qalinlikdagi arra disklarida o'tkazildi.

To'rtinchi bosqich bo'yicha tadqiqot ob'ekti sifatida olingan natijalar bo'yicha standartdan tanlab olingan arra disklar va amalda qo'llanilayotgan arra disklari olindi.

Beshinchi bosqichda tadqiqot ob'ekti sifatida tanlab olingan variantlar bo'yicha arra disklarining tishlari va standart bo'yicha tish konstruktsiyalari olindi.

Bu bosqich asosiy hisoblanib, nazorat sinovlari korxonaning barcha jin mashinalarida o'tkazildi.

SHunday qilib, o'tkazilgan besh bosqichli sinov natijalari asosida jin arrasining maqbul (optimal) parametrlari aniqlandi: tishning balandligi 2,0±0,1 mm, tishning qalinligi 0,8±0,1 mm va tish osti yumoloqlash radiusi 0,6-0,8 mm. Qolgan parametrlari standart bo'yicha tayyorlandi.

Xulosalar. Jin arrasi tishi profilining paxta tolasini ilashtirib olish qobiliyati tadqiq qilinganda amaldag parametrlarda tishlar orasidagi maydonning atigi 4% ga yaqin qismigina tola ilib olishda ishtirok etishi, qolgan maydon bo'sh qolishi aniqlandi. Arra tishlari bilan paxta chigitining zarbali ta'sirlashuvi jarayoni o'rganildi va zarba kuchining arra tishi va chigit qobig'i bikrlik ko'rsatkichlariga bog'lanish qonuniyati aniqlandi.

Arra tishlari bilan paxta chigitining zarbali ta'sirlashuvi jarayonida chigitning orqa tomonidagi tolalarni tishlarga ilashtirishni ta'minlash maqsadida chigitni o'z og'irlik markazi atrofida aylantirish zarurligi asoslandi va buning uchun arra tishi balandligini kamaytirishga asoslangan texnikaviy yechim ishlab chiqildi

ADABIYOTLAR

1. Шарипов, К., Ахметходжаев, К., и Мардонов, Б. (2019). Теоретические исследования движения одной опоры вдоль колосниковых решеток с конечным профилем джина. Проблемы механики, 4, 55-58.

2. To'xtaev SHerzod, & Sarimsaqov Olimjon (2021). PAXTA G'ARAMINI MEXANIK BUZISH VA HAVO TRANSPORTIGA UZATISHDAGI NOTEKISLIKNI O'RGANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (4), 477-482.

3. Нажмитдинов С. и Абдулхафизов Б. (2023). ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ ВАРИАНТОВ ПРОФИЛЕЙ КОЛОСНИКОВЫХ РЕШЕТОК НА ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНОЙ УСТАНОВКЕ МОДУЛЯ КРУПНОГО СОРА. НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ , 6 (3), 99-105.

4. Нажмитдинов, Ш. А., Шарипов Х. Н. (2023). Совершенствование процесса отделения хлопкового сырья от несущего воздуха ресурсосберегающим способом. Республиканская научно-практическая конференция «XXI АСРДА ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ, РАЗВИТИЯ НАУКИ И ПЕДАГОГА ДОЛЗАРБ МУАММОЛАР» , 1 (10), 110-117.

5. Najmitdinov, SH. A., & SHaripov, X. N. (2023). Jin mashinasi ishchi kamerasining konstruksiyasi va boshqa detallarining tola ajralish jarayoniga ta'sir omillarini tadqiq qilish. " XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR" nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 1(10), 104-109.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

6. Нажмитдинов, Ш. А., Тохтаев Ш. С. (2023). Анализ технологии очистки хлопкового сырья от мелких примесей. Журнал универсальных научных исследований , 1 (5), 122-128.

7. Sarimsakov , I Muhsinov "Theoretical Study of the Movement of a Piece of Cotton on the Surface of the Grid in the Process of Separating Large Impurities from Raw Cotton" International Journal of Innovative Research in Sciences and Engineering Studies (IJIRSES) www.ijirses.com ISSN: 2583-1658 | Volume: 2 Issue: 3 | 2022

8. Isaev, S., Inamova, M., & Muxsinov, I. (2023). Paxta Chigitini Laboratoriya Sharoitida Analizlar Taxlili. Talqin va tadqiqotlar, 1(21).

9. Jurayev Yuldashhon Yunusxon ugli, Yuldashev Khasanboy Sulayman ugli, Tuhktaev Sherzod Solijanovich. (2022). INVESTIGATION OF FIBER LOSS IN IMPURITIES FROM THE SS-15A SEPARATOR. EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH, 2(11), 425-431. https://doi.org/10.5281/zenodo.7193675

10. Sarimsaqov, O. S., Inamova, M. D., & Ortiqova, K. I. (2023). URUGLIK CHIGIT TOLASINI ARRA TISHLARIDAN YECHIB OLISH JARAYONLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH: URUGLIK CHIGIT TOLASINI ARRA TISHLARIDAN YECHIB OLISH JARAYONLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH.

11. Sarimsaqov, O., Obilov, B., Isayev, S., Muhsinov, I., Muhiddinov, S., & Inamova, M. (2023, June). Theoretical study of the process of contaminants from raw cotton moving on the surface of the grate. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2789, No. 1). AIP Publishing.

12. Yo'ldashev Xasanboy Sulaymon O'g'li, Inamova Maftuna Dedamirza Qizi, Mahmudova Yulduzxon Qutbiddin qizi, & Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich. (2023). Arra tishlaridan paxta tolasini echib olish jarayoni parametrlarini asoslash. JOURNAL OF UNIVERSAL SCIENCE RESEARCH, 1(11), 665-671. https://doi.org/10.5281/zenodo.10250904

13. Olimjon Sarimsakov, Khasanboy Yuldashev, Sherzod Tuxtaev, Bekzod Urinboyev, Utkirbek Xoshimov; Methodology for performing aerodynamic measurements in cleaning seed cotton. AIP Conf. Proc. 23 June 2023; 2789 (1): 040128. https://doi.org/10.1063/5.0145700

14. Yo'ldashev Xasanboy Sulaymon O'g'li, Inamova Maftuna Dedamirza Qizi, Mahmudova Yulduzxon Qutbiddin qizi, & Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich. (2023). Arra tishlaridan paxta tolasini echib olish jarayoni parametrlarini asoslash. JOURNAL OF UNIVERSAL SCIENCE RESEARCH, 1(11), 665-671. https://doi.org/10.5281/zenodo.10250904

15. Retrieved from https://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/2940

16. Yo'ldashev Xasanboy Sulaymon o'g'li. Qurbanov Dilmurod Maripjanovich . Mahmudova Gulshanoy Odiljon Qizi. (2021). INVESTIGATION OF FOREIGN LINT CLEANING SYSTEM TECHNOLOGIES. PEDAGOGLAR yuridik, tibbiy, ijtimoiy, ilmiy jurnal, 11(1), 151-161. https://doi.org/10.5281/zenodo.5813657

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.