Научная статья на тему 'PNEVMOTRANSPORT QUVURLARI YORDAMIDA INVERTOR QURULMASINI BOSHQARUVCHI MEXATRONIK TIZIMINI JORIY ETISH'

PNEVMOTRANSPORT QUVURLARI YORDAMIDA INVERTOR QURULMASINI BOSHQARUVCHI MEXATRONIK TIZIMINI JORIY ETISH Текст научной статьи по специальности «Механика и машиностроение»

CC BY
9
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
paxta xomashyosi / pnevmotransport uskunasi / havo tezligi / quvur / quvur ko‘ndalang kesimi / diametr / aerodinamik kuch. / cotton raw materials / pneumatic conveying equipment / air speed / pipe / pipe cross-section / diameter / aerodynamic force.

Аннотация научной статьи по механике и машиностроению, автор научной работы — Xolbayev Doniyor Jo‘raboevich

Maqolada paxta, chigit, lint, seperator siklonidan chiqqan tola chiqindisi, sikloniy puxni pnevmotransportda tashishda havo tezligi va aerodinamik kuchning quvur ko‘ndalang kesimi bo‘yicha o‘zgarishini tadqiq qilish natijalari o‘z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPLEMENTATION OF THE MECHATRONIC SYSTEM CONTROLLING THE INVERTER DEVICE USING PNEUMOTRANSPORT PIPES

The article reflects the results of a study of changes in air speed and aerodynamic force in the cross section of a pipe during the transportation of cotton, seeds, fluff, fibrous waste from a separator cyclone, cyclone fluff in pneumatic transport.

Текст научной работы на тему «PNEVMOTRANSPORT QUVURLARI YORDAMIDA INVERTOR QURULMASINI BOSHQARUVCHI MEXATRONIK TIZIMINI JORIY ETISH»

UDK: 677.21.07

PNEVMOTRANSPORT QUVURLARI YORDAMIDA INVERTOR QURULMASINI BOSHQARUVCHI MEXATRONIK TIZIMINI JORIY ETISH

Xolbayev Doniyor Jo'raboevich NamMQI, "Energetika" kafedrasi dots. PhD, xolbayev donivor@,mail.ru

Annotatsiya. Maqolada paxta, chigit, lint, seperator siklonidan chiqqan tola chiqindisi, sikloniy puxni pnevmotransportda tashishda havo tezligi va aerodinamik kuchning quvur ko'ndalang kesimi bo'yicha o'zgarishini tadqiq qilish natijalari o'z aksini topgan.

Аннотация. В статье отражены результаты исследования изменения скорости воздуха и аэродинамической силы в поперечном сечении трубы при транспортировке хлопка, семян, пуха, волокнистых отходов из циклона сепаратора, циклонного пуха в пневмотранспорте.

Abstract. The article reflects the results of a study of changes in air speed and aerodynamic force in the cross section of a pipe during the transportation of cotton, seeds, fluff, fibrous waste from a separator cyclone, cyclone fluff in pneumatic transport.

Kalit so'zlar: paxta xomashyosi, pnevmotransport uskunasi, havo tezligi, quvur, quvur ko'ndalang kesimi, diametr, aerodinamik kuch.

Ключевые слова: хлопковое сырье, пневмотранспортное оборудование, скорость воздуха, труба, сечение трубы, диаметр, аэродинамическая сила.

Key words: cotton raw materials, pneumatic conveying equipment, air speed, pipe, pipe cross-section, diameter, aerodynamic force.

Bugungi kunda jaxonda va mahalliy bozorlarida tabiiy mahsulotlar, shu jumladan, tabiiy toladan tayyorlangan matolar va kiyim-kechakka bo'lgan talab yildan yil oshib bormoqda. Bu eng avvalo, intensiv ravishda oshib borayotgan aholi soni bilan bog'liq. Mamlakat iqtisodiyotida paxta etishtirish va uni qayta ishlash muhim o'rin egallashini, unda olib borilayotgan islohotlar mamlakat kelajagiga daxldor ekanini his qilish mumkin.

Havo yordamida tashish jarayoni muayyan jism yoki materialni yo'naltirilgan havo bosimi yordamida bir joydan boshqa joyga maqsadli uzatish jarayonidir, bunda tashuvchi unsur rolini havo oqimi bajaradi.

Havoning tashuvchanlik xususiyati insonga qadimdan ma'lum bo'lgan. Uning tinch va harakatdagi holatlari mavjud bo'lib, uning tinch holati ham odatda muvaqqat bo'ladi. Tashqi muhitning har qanday o'zgarishi - temperaturaning, bosimning oshishi yoki pasayishi uni harakatga keltiradi. Bu harakatning darajasiga qarab uni turlicha nomlaganlar. Eng past tezlikda harakatlanayotgan havoni el, sabo, nasim, biroz tezlashganda elvizak, shabada, o'rtacha tezlikdagisini shamol, yana ham tezlashganda bo'ron, dovul, aylanib, buralib esganini quyun, deb ataydilar. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik va kichik biznesga juda katta imkoniyatlar yaratilmoqda, jumladan, qishloq xo'jali mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida paxta xomashiyolarini qayta ishlash jarayonida bir qancha ilmiy izlanishlar natijasida amalga oshirib kelinmoqda. Namangan viloyati, Namangan shahri, "VEN-KON AIR ENGINEERING" MCHJ korxonasida ilmiy tadqiqot ishimizni olib bordik. Paxta Andijon - 35 navi paxta, chigit, lint, seperator siklonidan chiqqan tola chiqindisi, sikloniy puxni havo yordamida tashish jarayoni tashqi atmosferadan alohidalangan yopiq sistema ichida boradi sinov tajribasi o'tkazildi. Bu jarayonni tasavvur qilish uchun eng sodda aerodinamik qurilma sxemasini qabul qilamiz va dastlab unda havo harakati qonuniyatlarini ko'rib chiqamiz. Ventillyator yoki nasos pnevmouskunaning o'rtasida joylashadi. Sistema sokin turganda, ya'ni Ventillyator

Qurilish va Ta'lim ilmiy jurnali 3-jild, 2-son https://iurnal.qurilishtalim.uz

ishlamaganda u tashqi atmosfera havosi bosimi ostida bo'ladi. Bunda, dinamik bosim nolga teng va quvurning ichidagi bosim tashqi atmosfera bosimiga teng bo'ladi:

Ventillyator ishga tushirilgach, u uskunaning birinchi yarmidan havoni so'riboladi va ikkinchi tomoniga haydab beradi. Natijada uskunaning bir tomonida vakuumli muhit (siyrak havo), ikkinchi tomonida esa zichlangan havo muhiti (ortiqcha bosim) bo'ladi._

1-rasmda Paxta navi Andijon - 35 paxtani o'lchov natijalar olinmoqda

2-rasmda Paxta navi Andijon - 35 seperator siklonidan chiqqan tola chiqindisi o'lchov natijalar olinmoqda

Ventillyator qila oladigan umumiy havo bosimi Pum quvurdagi statik Rst va dinamik Rd bosimlar yig'indisiga teng:

Pum = Rst +Rd , (1)

Ammo quvurdan chap tomondagi, ya'ni Ventillyatorgacha bo'lgan bosim manfiy - R (vakuum), Ventillyatordan keyingi, ya'ni o'ng tomondagi bosim esa musbat + R ishoraga ega. Bunda, statik bosim Rst so'ruvchi tomonda quvur devoridan uning markaziga, haydovchi (puflovchi) tomonda esa quvur markazidan uning devorlariga tomon tik yo'naladi. Shuningdek, eng katta bosim Ventillyatorning kirish va chiqish teshiklarida, ya'ni Ventillyatorning har 2 tomonida bo'ladi qarab pasayib boradi. Biz ilmiy tadqitot o'tkazish paytida quvurlarni turli xil uzunliklarda statik va dinamik bosim natijalarni oldik.

Biz ilmiy tadqiqot ishini bajarish paytida 1,1 kVt li dvigatelga 2,2 kVt li invertor qurulmasini chastotasini o'zgartirgich bilan boshqarish mexatronik tizimini taklif qilishda SCADA tizimidan foydalanish zarur. Uch xil ko'ndalang kesim yuzasi 140, 200 va 300 diametrga ega bo'lgan va quvurlarni qo'shish orqali masofasini uzaytirish orqali tok kuchi, kuchlanish, quvvat, chastota, statik bosim (P), dinamik bosim (P), tezlik m/s lardagi qiymatlar olindi.

Natijalarga e'tibor bersak, paxta, chigit, lint, seperator siklonidan chiqqan tola chiqindisi, sikloniy puxni pnevmotransportda tashishda statik bosim ham, to'liq bosim ham havo quvuri uzunligi bo'ylab pasayib borish xususiyatiga ega ekanini ko'rish mumkin. Shu bilan birga, kichik diametrli havo quvurida bosimning kamayishi nisbatan keskinroq. Masalan, 140 mm li havo quvurida statik va to'liq bosim 45 -50 m masofada nolga tenglashyapti. Shuningdek, 200 mm li quvurda statik bosim 300 mm li quvurdagi to'liq bosim qiymatlari o'zaro yaqin. Bu holat 200 mm li quvurda bosim kamayishi 300 mm li quvuriga yaqin va ularni o'zaro almashtirish katta bosim yo'qolishiga olib kelmasligini ko'rsatadi. QuriUsh^a^a'iimjimiyjurnaii^

1-grafik. Dinamik, statik va to'liq bosimning havo quvuri uzunligi bo'yicha taqsimlanishi.

Grafiklardagi umumiy tendensiya kichik diametrli havo quvurida aerodinamik qarshilikning nisbatan yuqori ekanligidir. Xaqiqatan ham ko'plab tadqiqotlarda havo quvuri diametrining kichrayishi uning aerodinamik qarshiligining oshishiga olib kelishi aniqlangan.

Grafiklarga e'tibor beradigan bo'lsak, havoning bir xil tezliklarida diametri katta bo'lgan quvurlarda nisbatan katta aerodinamik kuch hosil bo'ladi. Shuningdek, tezlik oshib borgan sari hosil bo'ladigan kuch kattaligi orasidagi farq keskinlashib boraveradi. Sanoatda 140, 200, 300 mm diametrga ega bo'lgan quvurlarga o'tilganining sababi ham shu bo'lsa kerak. Chunki, pnevmotransport uskunalari mamlakatimiz sanoatida ilk bor qo'llana boshlaganda pnevmotransport quvurining diametri 300 mm bo'lgan. Keyinchalik sanoatda mehnat unumdorligi va mos ravishda mashinalar ish unumi ortib borgan sari pnevmotransport uskunasi ish unumini ham oshirish zarurati yuzaga kelgan va sanoat material va energiya sarfi yuqori bo'lishiga qaramay, quvur diametrini oshirish yo'li bilan muammoni hal qilgan.

Ammo hozirgi energiya tanqisligi sharoitida bu yechim o'zini oqlamayapti va sanoat asta sekin kichik diametrdagi quvurlardan foydalanishga o'tib bormoqda va bizning avvalgi tadqiqotlarimiz bu tadbirni nazariy jihatdan asoslab berdi [1].

Paxta pnevmotransportida oqim parametrlarini boshqaruvchi mexatronik tizimning joriy qilinish va ishlab chiqilgan yangi qurilmasi elektr energiya samaradorligini oshirish bo'yicha olib borgan ilmiy tadqiqot ishining natijalari asosida yangi, paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalaridagi Ventillyator elektr dvigatellariga invertorli mexatronik tizim va dasturiy ta'minot o'rnatish orqali yangi, paxta pnevmotransporti quvuridagi havo oqimining statik bosimi va tezligini ratsional boshqaruvchi tizim yaratilgan. Ilmiy tadqiqot natijalarini olgandan so'ng ishlab chiqarishga joriy etish maqsadida Namangan viloyati, Pop tuman, "Pop paxta tozalash maskani ART SOFT TEX CLUSTER" MCHJ ga qarashli korxonasida g'aramlardagi paxtani ishlab chiqarish sexlariga tashib beruvchi statsionar pnevmotransport uskunasiga quvurdagi oqim parametrlarini ratsional boshqaruvchi invertorli mexatronik tizim o'rnatilgan. VS-12M Ventillyatoriga invertor qurilmasining o'rnatilishi paxtani pnevmotransportda tashishda dvigatelni ishga tushish payti (puskovoy moment)dagi aktiv va reaktiv quvvat energiyasi kamaytirish, avariya holatlarida motorni saqlash va kuyishining oldini olish imkonini beradi.

Shuningdek, tashish masofasiga mos ravishda quvurdagi havo bosimi va tezligini rostlash orqali tashilayotgan paxta komponentlarining sifat ko'rsatkichlari amaldagi uskunadagiga nisbatan

Quriiish^aTa^imJlmiyduznai^^^^^^^^^-iiM—son

162

yaxshilaru

liqlandi.

WWmm?

~ - ■ v# ¿ *

• -/ívVW Jc --Y- -

3-rasmda Paxta navi Andijon paxtani chigit o'lchov natijalar olinmoqda

4-rasmda Paxta navi Andijon — 35 paxtani chigitiniquvurda statik va dinvamik bosimni o'tkazish qobilyati tajriba natijalar olinmoqda

Ilmiy tadqiqot natijalarini "Pop paxta tozalash" maskani "ART SOFT TEX CLUSTER" MCHJ, korxonasidagi Ventillyator elektr dvigatellariga maxsus dasturiy ta'minotga ega bo'lgan invertorli mexatronik tizimni o'rnatish.

Tajribalar natijasiga ko'ra yangi qurilmada katta quvatli dvigatellari dvigatellarni ishga tushish payti (puskovoy moment)dagi aktiv va reaktiv quvvat energiyasi kamaytirish orqali elektr energiyasini tejash imkoniyati mavjudligi aniqlandi.

ADABIYOTLAR

1. Muradov R., Sarimsaqov O., Xusanov S. Vnutrizavodskaya pnevmotransportirovka xlopka-sbirsa: sostoyanie, problemw i perspektivbi. Jurnal «Mexanika muammolari», 2014, №2

2. «O'zpaxtasanoat» AB, "Paxtani dastlabki qayta ishlash" (Pervichnaya obrabotka xlopka),T.,«Mexnat», 2002g.

3. Sarimsakov O. Paxtani pnevmotransportga uzatish va havo yordamida tashish jarayonini takomillashtirish. Monografiya. «Navro'z» nashriyoti, Namangan, 2019 y.

4. Sarimsakov O. D.Turg'unov, A.Isakjanov. Paxta xomashyosini pnevmo-transportga uzatish jarayonini amaliy o'rganish// NamMTI ilmiy-texnika jurnali, №3-4, 2018, 37-41 bet

5. Doniyor Kholboev, A'zam Mamakhanov, Olimjon Sarimsakov; Preparation and testing of an experimental version of the device for controlling the parameters of the air fan parameters of the cotton pneumatic transport operating mode. AIP Conf. Proc. 23 June 2023; 2789 (1): 040137. https://doi.org/10.1063/5.0145815

6. A'zam A.Mamakhanov, Doniyor J.Kholbaev; Preliminary Study on the Hydroelectricity Efficiency Generated from the Water Flow through Reservoir Distribution Pipes in the Chartaq Reservoir. Jour of Adv Research in Dynamical & Control Systems, Vol. 12, 05-Special Issue, 2020. https://doi.org/10.5373/JARDCS/V12SP5/20201824

QurilishvaTO'lim^ilmiyjurnal^

3-jild, 2-son

https://jurnal.qurilishtalim.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.