Научная статья на тему 'JINLASH JARAYONI TEXNOLOGIYASINI SAMARALI TA’SIRINI TADBIQ QILISH'

JINLASH JARAYONI TEXNOLOGIYASINI SAMARALI TA’SIRINI TADBIQ QILISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
5
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zichlik / paxta / tola / xomashyo / arra / tukdorlik. / Плотность / хлопок / волокно / сырье / опилки / ворсистость.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Muradov Rustam Muradovich, Komilov Shuxratjon Raximjon O’G’Li, Mamadaliyev Nodirbek Vali O’G’Li, Jo’Rayeva Gulhayo Ravshanbekovna

Ushbu maqolamizda paxta tozalash texnologik jarayonlarinida chigitlarni jinlash qurilmalarining asosiy ishchi oraganlarini takomillashtirish orqali samaradorlikni oshirish yo‘llari nazariy tadqiqotlar orqali yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Introduction of an effective process in cotton ginning technology

В данной статье путем теоретических исследований освещены методы повышения эффективности семяочистительных аппаратов в технологических процессах хлопкоочистки путем совершенствования основных рабочих органов.

Текст научной работы на тему «JINLASH JARAYONI TEXNOLOGIYASINI SAMARALI TA’SIRINI TADBIQ QILISH»

UDK 677.21.021

JINLASH JARAYONI TEXNOLOGIYASINI SAMARALI TA'SIRINI TADBIQ QILISH

Muradov Rustam Muradovich Namangan to'qimachilik sanoat instituti, professor, rmuradov1956@mail.ru

Komilov Shuxratjon Raximjon o'g'li Namangan to'qimachilik sanoat instituti,tayanch doktorant, komilov92@gmail.com

Mamadaliyev Nodirbek Vali o'g'li Namangan to 'qimachilik sanoat instituti, tayanch doktorant, juraeva89@list.ru

Jo'rayeva Gulhayo Ravshanbekovna Namangan to'qimachilik sanoat instituti, tayanch doktorant, juraeva89@list.ru

Annotatsiya.Ushbu maqolamizda paxta tozalash texnologik jarayonlarinida chigitlarni jinlash qurilmalarining asosiy ishchi oraganlarini takomillashtirish orqali samaradorlikni oshirish yo'llari nazariy tadqiqotlar orqali yoritilgan.

Аннотация.В данной статье путем теоретических исследований освещены методы повышения эффективности семяочистительных аппаратов в технологических процессах хлопкоочистки путем совершенствования основных рабочих органов.

Annotatsion.In this article, the methods of improving the efficiency of seed ginning devices in the technological processes of cotton ginning by improving the main working parts are highlighted through theoretical research.

Kalit so'zlar: Zichlik, paxta, tola, xomashyo, arra, tukdorlik.

Ключевые слова: Плотность, хлопок, волокно, сырье, опилки, ворсистость.

Key words: Density, cotton, fiber, raw material, sawdust, hairiness.

Paxta tozalash jihozlarini boshqarish masalasi birinchi navbatda ularda kechadigan texnologik jarayonlarini boshqarishni anglatadi.

Paxta tozalash texnologik jarayoni muayyan ketma-ketlikdagi texnologik jarayonlarni bir butun tizim sifatida bajaradigan, xomashyo va mahsulotlarning oqimlari vositasida bir-biri bilan bog'langan mashinalarning majmuasidan iborat.

Texnologik operatsiyalar materiallarni jihozdan jihozga tashish va yuklash, mexanik ta'sir vositasida ularning xususiyatlarini o'zgartirish, masalan tozalash, issiqlik va massa almashuv jarayonlari, masalan quritish yoki namlash, aerodinamik jarayonlar, xomashyo massasidan maqsadli mahsulotlar, masalan tola, chigit, lint va hokazolarni ajratib olishdan iborat bo'lishi mumkin.

Boshqaruv nuqtayi nazaridan texnologik jarayonlarga xomashyo va mahsulot holatining kiruvchi va chiquvchi o'zgaruvchilar (omillar) bilan belgilanadigan tarzda o'zgarish jarayoni sifatida qaraladi.

Texnologik jarayonlarni boshqarish masalalarini hal qilishda konstruksion va texnologik parametrlar bilan ish ko'rishga to'g'ri keladi.

Konstruksion parametrlarga texnologik mashina va jihozlarning tuzilishi bilan bog'liq parametrlar, masalan, ishchi organlar shakl va o'lcham xarakteristikalari, tezlik, quvvat va h.k. lar, texnologik parametrlarga esa ularda kechadigan jarayonlarning parametrlari, masalan xomashyo va mahsulotlar harakatlanishi, ularga bo'ladigan turli ta'sirlar, sifat, namlik va harorat ko'rsatkichlari va h.k. lar kiradi.

Paxta tozalash jarayonlarining qo'zg'altiruvchi ta'sirotlarga texnologik jarayonlarning boshqarilmaydigan o'zgarishlari (xomashyoni berilishi va mahsulotni chiqarishda tasodifiy yoki tasodifiy bo'lmagan o'zgarishlar, jihozlar sozlanishining buzilishi yoki ishlamay qolishi, xomashyo tarkibi, sifat ko'rsatkichlari kabi), shuningdek yuqori tartibli boshqa boshqarish tizimining operativ ko'rsatkichlari kabilar kiradi.

Paxta tozalash jarayonlarining boshqaruvchi ta'sirotlari eng asosiylariga xomashyo va mahsulotlarning kirish va chiqishdagi sarflari kiradi.

Tolali chigitlar mazkur sohada arraga ergashib harakatlanganda arraning tezligi xomashyo valigi tezligidan ko'p marta kattaligi sababli ularning ancha qismi xomashyo valigi tomonidan tormozlanadi. Bu holda tola tutami arra tishi bilan mustahkam bog'lanmagan bo'lsa tutam arra tishidan sirpanib chiqib ketadi va tolali chigit xomashyo valigi bilan harakatni davom ettiradi. Tola tutami arra tishi bilan mustahkam bog'langanda, agar tola tutamining mustahkamligi etarli va xomashyo valigi zichligi ortiqcha katta bo'lmaganida tolali chigitni kolosnikli panjaragacha tortib beradi va jinlash jarayoni sodir bo'ladi. Xomashyo valigi zichligi katta bo'lganida esa tola tutamining mustahkamligi tolali chigitni zich muhitda arra tezligi bilan tortishga etarli bo'lmagani uchun ular turli joylaridan uziladi. Natijada tola uzunligi qisqaradi, chigitda qoldiq uzun tolalar miqdori ortadi.

Tadqiqotlarda ko'rsatib o'tilishicha iste'mol quvvati (tolani ajratib olishni hisobga olmagan holda) paxta xomashyosining bo'laklariga sarflanadigan energiyaning ishchi kameraga paxta yetkazib beruvchi tomonidan uzatib turgan va jinlash zonasidagi arralarning ishqalanishi, paxta xomashyosining traektoriyasining o'zgarishi va qamrab olish zonasida xomashyo valigining xarakatlanish tezligiga sarflanadigan energiyalar yig'indisiga teng ekan.

M. Tillaev va boshqalar o'z tadqiqotlarida xomashyo valigining zichligini oshirish bilan tola mexanik shikastlanishining ham ortishini ko'rsatdi. O'zgartirilgan jin konstruksiyasida xomashyo valigining tezlatgichi qo'llanilganda jinning samaradorligi ortgan holda xomashyo valigining zichligi pasayadi. Natijada xomashyo valigining zichligi kamayishi tolaning shikastlanish darajasini 19-20 % kamaytirish imkonini beradi. SHuningdek, u o'z tadqiqotlarida xomashyo valigi zichligining oshishi bilan tolaning mexanik shikastlanishining ham oshishini asoslab bergan. Uning tadqiqotlarida xomashyo valigini aylantiruvchi tezlatgichning jinlash jarayonidagi quyidagi asosiy ko'rsatkichlarga ta'siri ko'rsatib o'tilgan: mashinaning ish unumi, chigitlarning ishchi kamerada turish vaqti, tarkibi, toladorligi, massasi, xomashyo valigining zichligi va uning ishchi kamerasi devorlariga bo'lgan bosimi.[1]

Arrali barabanga qarab yo'nalgan havo oqimi toladan ajragan chigitlarning ishchi kameradan chiqib ketishi tezladi.

Xom ashyo valigining toladorligi oshadi, bu esa o'z navbatida jin mashinasining unumdorligi oshishiga olib keladi. Mualliflar tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlarda bunday usul bilan jin mashinasining ish unumdorligini oshirish hamda xom ashyo valigining toladorligini, chigitning mexanik shikastlanishi va uning ishchi kamerada bo'lish vaqtida kamaytirishni atroflicha o'rganilgan.[2]

Bundan tashqari toladan ajragan chigitlarning ishchi kamerasidan o'z vaqtida chiqib ketishini ta'minlash orqali ularning shikastlanish oldini olish imkoni paydo bo'ladi. Bu esa o'z navbatida tolaning tarkibida har xil nuqsonlarning hosil bo'lishini kamaytiradi.

Arrali jinlarda asosiy ish organi sifatida arrali disklardan terilgan silindr xizmat qiladi. Bu jinlarda tolani chigitdan ajratish uchun arrali disklar bilan kolosnikli panjara birgalikda ishlaydi.

Jinning ishchi kamerasiga kelib tushgan chigitli paxtani chigit tarog'i yonida aylanayotgan arra tishlari bilan ilib olib kolosnikka olib keladi. Ishchi kamerada tishlarga ilashgan paxta bo'lakchalari boshqa paxta bo'lakchalariga ilashib, ularni ham tortadi va xom

ashyo valigini hosil qiladi. Bu valik arra aylanishiga qarshi tomonga aylanadi va u arra tishlarini paxta tolasi bilan uzluksiz ta'minlab turadi. Ushbu maqolada mualliflar tomonidan mana shu hosil bo'lgan xom ashyo valigi tarkibi va holatini o'rganish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi keltirilganJin mashinasi samaradorligini oshirish yo'llaridan biri, uning ishchi kamerasida toladan ajragan chigitlarni tezroq chiqarib yuborishdan iborat. Jin mashinasi yon tomoniga o'rnatilgan plastik oyna orqali kuzatishlari natijasiga ko'ra yuqoridagi fikr noto'g'ri ekanligi isbotlandi. Bunda jin mashinasini ishchi kamerada hosil bo'lgan xomashyo valigi fartuk yuzasi bo'yicha kolosnik panjara bo'ylab xarakatlanish natijasida hosil bo'lish ini kuzatildi [3].

Bu chigitlar arrali silindrga teskari tomonga aylanayotgan xom ashyo valigi ta'sirida asta -sekin jin mashinasi ishchi kamerasi o'rtasida to'plana boshlaydi va baraban shakldagi toladan

Bundan tashqari arrali silindrning yon tomoniga urilgan toladan ajragan chigitlar ham ishchi kameraning o'rtasiga qarab xarakatlanadi. Chigitlar to'plamining zichligi xomashyo valigining zichligidan oshib ketgach, uni yorib o'tib pastga tushib ketishi imkoniyati bo'ladi [9].

- va III-navli o'rta tolali paxtani ishlashda xomashyo valigi zichligining tola sifatiga ta'siri

I-navli paxta III-nav i paxta

Xomashyo valigining zichligi, kg/m3 Toladagi jinlash nuqsonlari miqdori, % Xomashyo valigining zichligi, kg/m3 Toladagi jinlash nuqsonlari miqdori, %

171,8 2,12 183,6 3,1

196,4 1,67 248,1 2,05

314,9 1,24 255,7 1,97

326,3 1,15 280,5 1,96

328,2 1,33 288,2 1,94

344,5 1,81 293,9 1,86

349,2 2,48 301,5 2,02

364,5 2,73 314,9 337,8 351,1 2,35 2,8 3,04

Unumdorlik oshishi bilan xomashyo valigi zichligi ham oshadi, bu esa jinlash nuqsonlarining ortishiga olib keladi. Ikki jinning ishi solishtirilganda ko'rinadiki, xomashyo valigi zichligining pasaytirilishi natijasida nuqsonlar yig'indisi va tolani ifloslanganligi asosan jinlash nuqsonlari hisobiga 0,5-0,6 % ga kamayadi. Tajriba natijalari bo'yicha mualliflarning xulosalariga ko'ra jinlash nuqsonlarini kamaytirish uchun xomashyo valigi zichligini kamaytirish kerak. SHu tadqiqot doirasidagi «Paxtasanoat ilmiy markazi» AJ yigirish laboratoriyasining olingan toladan yigirilgan ip sifati bo'yicha ma'lumotlari ham shu fikrni tasdiqlaydi. [4]

2-rasm. Xomashyo valigini harakatlantirish sxemasi

Shuning uchun, miqdorda chigit kolosnik orqali chiqib ketadi, xomashyo valigi ichida to'planadigan chigitlar miqdori ga teng. Ma'lumki, arralarni aylanish tezligi va chiziqli tezligi esa 12 m/s, arralar soni , Jinning ish unumdorligi chigitli paxta uchun 1 soatda 6000 kg deb olinsa, 1 minutda 100 kgni tashkil etadi. Ya'ni 730 aylanishda 100 kg paxta jinlanadi.

O'tkazilgan tajribalar natijasida tezlatgichlarning xomashyo valigi aylanish tezligiga, ishchi kameradan toladan ajralgan chigitlarning chiqishiga, xomashyo valigi zichligiga ko'rsatgan ta'siri o'rganildi. Dastlabki tajribalarda uchinchi variantda xomashyo valigi aylanishi tezligi kerakli darajada o'zgarmasligi aniqlandi. Shuning uchun keyingi tadqiqotlarda qoziqchali tezlatgichlar ta'siri o'rganildi[5].

Tezlatgichning aylanish tezligi 150-250 ayl/min va tezlatgich qoziqchalarning uzunligi turlicha bo'lganda jin mashinasining ish unumdorligi va mahsulot sifati har xil bo'lishi aniqlandi.

1-ishchi kamera, 2-ishchi kamerani yon tomoni, 3-qoziqchalar 3-rasm. Jin ishchi kamerasining yon tomoniga o'rnatilgan qoziqchalarning sxemasi

Xulosa. Jin ishchi kamerasi yon tomoniga o'rnatilgan tezlatgichlarning aylanish tezligi 150 ayl/min bo'lganda, ishchi kameraning old fartugining tirqishi orqali xomashyo valigini aylanish tezligini taxometr bilan o'lchash jarayonida 120 ayl/min oralig'da ekanligi aniqlandi. Jin ishchi kamerasi yon tomoniga o'rnatilgan tezlatgichlarning aylanish tezligi 200 ayl/min bo'lganda, ishchi kameraning old fartugining tirqishi orqali xomashyo valigini aylanish tezligini

taxometr bilan o'lchash jarayonida 160 ayl/min oralig'da ekanligi aniqlandi.[6]

ADABIYOTLAR

1. Akramjon, S., Rustam, M., Akmal, U. and Dilmurat, K. (2018) Movement Differential Equation of Seed Roller which Has Been Installed Stake Accelerator on the Roll Box of Gin Machine. Engineering, 10, 521-529. https://doi.org/10.4236/eng.2018.108038

2. Byler R. K. Seed Cotton Moisture Restoration in a Commercial Gin. September 2008, https://www.researchgate.net/publication/228530439.

3. A.U. Sarimsakov, D M. Kurbonov, Sh.Sh. Xalikov. (2019) The study of the crucible rotation of raw materials with a practical way // Ekonomikaisotsium.-2019.- №12(67).- URL: https://iupr.ru/domains data/files/67/Sarimsakov.pdf

4. Akmal, U., Khamit, A., Akramjon, S. and Muazzam, K.(2018) The Saw Gin Stand with Adjustable Movement of the Roll Box. Engineering,10, 486-494. https://doi.org/10.4236/eng.2018.108034

5. Umarov, A., Ortikova, K. and Sarimsakov, A. (2020) Analysis of Speeds of Cylinders of Saw Gins and Linters and Determination of Critical Frequencies for them. Engineering, 12, 715-722. https://doi.org/10.4236/eng.2020.1210050

6. A.Sarimsakov, R.Muradov, B.Mardonov. Modeling Of the Process of Interaction of the Saw Cylinder with the Raw Material In The Process Of Ginning // TEST Engineering and Managemant (Scopus) May-June 2020 ISSN: 0193-4120 Page No. 27386- 27391 http://testmagzine.biz/index.php/testmagzine/article/view/12709

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.