Научная статья на тему 'ISHLAB CHIQILGAN TOZALAGICHNING BARABANIDA QOZIQLARNI O‘RNATISH QADAMINI TOLALI CHIQINDINI TOZALASH SAMARADORLIGIGA TA’SIRINI O‘RGANISH NATIJALARI'

ISHLAB CHIQILGAN TOZALAGICHNING BARABANIDA QOZIQLARNI O‘RNATISH QADAMINI TOLALI CHIQINDINI TOZALASH SAMARADORLIGIGA TA’SIRINI O‘RGANISH NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
9
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tolali o‘lik / tozalash / qoziqli / qadam / samaradorlik / iflos aralashma / tarkibi / miqdor. / волокнистый улюк / очистка / колковый / шаг / эффективность / сорные примеси / состав / количество.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Nazirov Raxmatjon Rasulovich, Yugaev Shavkat Mansurovich

Ushbu maqolada ishlab chiqilgan tozalagich barabanidagi qoziqlarni o‘rnatish qadamini tolali o‘likni tozalash samaradorligiga ta’sirini o‘rganishlar natijasida olingan ma’lumotlar taxlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Results of studying the influence of installing the pile in the drum of the developed cleaner on the efficiency of fiber waste cleaning

В этой статье прогнозируются данные, полученные в результате изучения влияния пошаговой установки колков в разработанном барабане очистителя на эффективность очистки волокнистого улюка.

Текст научной работы на тему «ISHLAB CHIQILGAN TOZALAGICHNING BARABANIDA QOZIQLARNI O‘RNATISH QADAMINI TOLALI CHIQINDINI TOZALASH SAMARADORLIGIGA TA’SIRINI O‘RGANISH NATIJALARI»

TEXNOLOGIYA

UDK 677.21.021.

ISHLAB CHIQILGAN TOZALAGICHNING BARABANIDA QOZIQLARNI O'RNATISH QADAMINI TOLALI CHIQINDINI TOZALASH SAMARADORLIGIGA

TA'SIRINI O'RGANISH NATIJALARI

Nazirov Raxmatjon Rasulovich t.f.n. "Paxtasanoat ilmiy markazi" A.J

Yugaev Shavkat Mansurovich erkin izlanuvchi, Termiz muhandislik texnologiya instituti

Annotatsiya. Ushbu maqolada ishlab chiqilgan tozalagich barabanidagi qoziqlarni o'rnatish qadamini tolali o'likni tozalash samaradorligiga ta'sirini o'rganishlar natijasida olingan ma'lumotlar taxlil etilgan.

Аннотация. В этой статье прогнозируются данные, полученные в результате изучения влияния пошаговой установки колков в разработанном барабане очистителя на эффективность очистки волокнистого улюка.

Annotation. This article predicts the data obtained as a result of studying the effect of the step of installing pegs in the developed cleaner drum on the efficiency of cleaning fibrous uluk.

Kalit so'zlar: tolali o'lik, tozalash, qoziqli, qadam, samaradorlik, iflos aralashma, tarkibi, miqdor.

Ключевые слова: волокнистый улюк, очистка, колковый, шаг, эффективность, сорные примеси, состав, количество.

Keywords: fibrous ulyuk, purification, kolkovy, step, efficiency, weed impurities, composition, quantity.

Kirish. Iflosligi va namligi tavsiya etilgan me'yorlardan yuqori bo'lgan paxta xomashyosini jinlash jarayonida ishlab chiqarilgan paxta tolasida ham tarkibidagi o'lik va iflos aralashmalar standart tomonidan belgilangan me'yorlardan oshadi. Agar ishlab chiqarilgan tola mahsuloti bu shaklda kiplarga bosilsa, toladagi iflos aralashmalar, o'lik va boshqa nuqsonlar to'qimachilik fabrikalari uskunalarining ishlashini murakkablashtiradi.

Bundan tashqari, jinlangan paxta tolasida katta miqdordagi jgutiklar (buralgan tola) mavjud bo'lib tola mahsulotini tovar taqdimotini yomonlashtiradi. Tola tarkibidagi jgutiklar tolani bosgandan so'ng va uni to'qimachilik fabrikalarida qayta ishlash jarayonida kuyindi miqdorini oshirishi mumkin.

O'zbekistonda va chet ellarda olib borilgan uzoq muddatli tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, paxta tolasini jindan chiqarilgandan so'ng darhol iflosliklar va o'likdan tozalash eng samarali hisoblanadi. Bu vaqtda tola juda ham titilgan holatda bo'lib, uning alohida tutamlarining og'irligi atigi 15-20 mg ni tashkil etadi. Jinning arrasi pichoqlaridan olib tashlanganidan keyin tolaning xajmiy massasi 0,15-0,25 kg/m3 dan oshmaydi [1].

Ilgari paxta tozalash korxonalarida 86 ta arralik jinlar ishlagan, ularni tolasini diametri 100 mm bo'lgan arra soni (231 dona) bo'lgan, arra orasidagi tirqish 6 mm ga teng bo'lgan OVP va 3OVP rusumli tola tozalagichlari (bitta tsilindrli va uch tsilindrli) da tozalanar edi. Paxta jinlari kattaroq va samaraliroq DP-130 tipidagi jinlarga o'tgandan so'ng, ular uchun VP rusumli tolali tozalagich (uch tsilindrli) ishlab chiqildi. Konstruktsiya sxemasi o'zgarmas bo'lib qoldi, faqat DP-130 jiniga ko'ra arrali o'q uzaytirildi (arra soni 344) va uning diametri 142 mm ga yetkazildi.

Paxta jinlari kattaroq va samaraliroq DP-130 tipidagi jinlarga o'tgandan so'ng, ular uchun ishlab chiqilgan tolali tozalagichlar ishonchsiz ishlay boshladi (1-2 smenali ishdan so'ng, arra

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

tsilindrlari va kolosnikli panjaralar orasidagi bo'shliqlar buziladi va tabiiy ravishda ular qayta sozlanadi).

DP-130 rusumli jin uchun tolali tozalagichlar quyidagi kamchiliklarga ega: arra tsilindrining mustaxkamligining pasayishi mavjud; arra tsilindrining og'irligi 500 kg ga yetadi; arra tsilindrining juda yomon muvozanati mavjud [2].

So'nggi yillarda paxta tozalash sanoatida yig'ib olingan paxta xomashyosi assortimenti o'zgardi, buning natijasida tolali chiqindilar miqdori oshdi va ularning sifati o'zgardi. Tolali chiqindilarni tarkibini o'rganishlar natijasida aniqlandiki, tolali chiqindilar asosan ko'proq miqdorda paxtani jinlash va tolani tozalash jarayonlarida ajraladi.

Paxta tozalash korxonasining texnologik uskunalari tomonidan ajratilgan tolali chiqindilarning sifat tarkibini o'rganish shuni ko'rsatdiki [3], jin va tola tozalagichlardan keyin ularni miqdori 35% gacha erkin tolani o'z ichiga oladi, tolasini uzunligi asosiy tola mahsulotiniki bilan deyarli bir xil. SHuning uchun paxtani dastlabki ishlash bo'yicha mutaxassislar paxta tozalash korxonalarida chiqindilardan tolani regeneratsiya qilish (ajratib olish) uchun maqbulroq uskunalarni ishlab chiqishlari va joriy etishlari kerak, bu esa qimmatbaho xomashyo yo'qotilishini kamaytiradi.

Evropaning Rieter (SHveytsariya); Trutzschler (Germaniya); Marzoli (Italiya) kabi firmalari [4] tolali chiqindilarni va past navli paxtani qayta ishlash uchun uskunalar tizimlarini taklif qiladi. Ushbu tizimlarni tozalash ta'siri yuqori, chunki ular ignali, arrali ishchi organli va aerodinamik tozalagichlardan foydalanadilar. Ushbu tizimlarni tozalash effekti deyarli bir xil. Ushbu tizimlarning keng tarqalgan kamchiliklari shundaki, har qanday holatda ham mutlaq tozalashga erishilmaydi va ba'zi tolalar begona aralashmalar bilan birga olib tashlanadi va ikkilamchi chiqindilarga aylanadi.

Ushbu shartlar tufayli tolali chiqindilarni iflos begona aralashmalardan tozalash mashinasini paxta tozalash korxonalarida tolani tozalagichlaridan keyin o'rnatish maqsadga muvofiqdir.

Tadqiqot materiallari va uslubi. Tolali mahsulotlarni tozalash texnologiyasi va tolali o'likni tozalash mashinasi konstruktsiyasini tozalash samaradorligini oshirish maqsadida takomillashtirish uchun texnik yechim ishlab chiqildi. Texnik yechimga asos qilib OVM tipidagi tozalagichning konstruktsiyasi tanlab olindi [5].

Tadqiqotlarda jarayonlarni statik va dinamik modellashtirish, differentsial tenglamalarni analitik va sonli yechish, to'liq faktorli eksperiment yordamida regression modellar qurish, tajriba natijalarini qayta ishlash, kuzatish, o'lchash, solishtirish, baholash va optimal yechimlarni aniqlash uchun tasodifiy qidiruv usullaridan foydalanilgan.

Quyida OVM tipidagi tozalagichga tavsiya etilgan takomillashtirilgan barabanni sxemasi

1-rasm. Tolali o'lik tozalagichini takomillasligan shnekli-qoziqli barabanining sxemasi va

tayyorlangan variantini ko'rinishi Tahlil va natijalar. Ma'lumki, tola tozalagichlarni eng kam miqdordagi, o'rtacha

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

miqdordagi va eng ko'p (me'yor bo'yicha ruxsat etilgan) miqdordagi mumkin bo'lgan o'likli chiqindilari ajratilishiga rostlanishi mumkin. Ishlab chiqilgan tozalagich barabanidagi qoziqlarni o'rnatish qadamini tolali o'likni tarkibini o'zgarishi va tozalash samaradorligiga ta'sirini o'rganishlar natijasida olingan ma'lumotlar 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Mumkin bo'lgan eng kam miqdordagi o'likli chiqindilari ajratilishiga rostlanganida tola tozalagichdan ajralib chiqadigan tolali o'likni tozalashgacha va tozalashdan keyin

Barabanda qoziqlarni o'rnatish qadami, mm Tolali o'likni tozalashgacha bo'lgan tarkibi, gr/% Tolali o'likni tozalashdan keyingi tarkibi, gr/%

Singan chigit, mayda va yirik iflosliklar miqdori Tolali o' lik va toza tola miqdori, Singan chigit, mayda va yirik iflosliklar miqdori Tolali o' lik va toza tola miqdori

200 8,05/80,5 8,25/82,5 7,91/79,1 1,92/19,2 1,88/18,8 2,02/20,2 1,24/12,4 1,36/13,6 1,18/11,8 8,76/87,6 8,64/86,4 8,82/88,2

O'rtacha 8,07/80,7 1,94/19,4 1,26/12,6 8,74/87,4

250 8,05/80,5 8,25/82,5 7,91/79,1 1,92/19,2 1,88/18,8 2,02/20,2 1,52/15,2 1,48/14,8 1,42/14,2 8,48/84,8 8,52/85,2 8,58/85,8

O'rtacha 8,07/80,7 1,94/19,4 1,47/14,7 8,52/85,2

300 8,05/80,5 8,25/82,5 7,91/79,1 1,92/19,2 1,88/18,8 2,02/20,2 1,70/17,0 1,83/18,3 1,76/17,6 8,3/83 8,17/81,7 8,24/82,4

o'rtacha 8,07/80,7 1,94/19,4 1,76/17,6 8,24/82,4

Izoh: jadvaldagi ma'lumotlarning suratida keltirilgan miqdorlar grammlarda, mahrajida esa mos ravishda foizlarda ko'rsatilgan.

Yuqorida keltirilgan 1-jadvaldagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, ishlab chiqilgan tolali o'likni tozalagichi barabanidagi qoziqlarni o'rnatish qadamini tanlab olingan 200 mm ga teng qiymatidan oshib borishi bilan tozalangan tolali mahsulot tarkibidagi singan chigit, mayda va yirik iflosliklarni miqdori 12,6 % dan 17,6 % gacha ko'payib bormoqda. Aksincha, tozalangan tolali mahsulotdagi tolali o'lik va toza tola miqdori esa 87,4 % dan 82,4 % gacha kamayishi kuzatildi. Bunga sabab tolali o'lik tozalagichi barabanidagi qoziqlarni o'rnatilish qadamini oshgani sari tolali o'likni tozalash davomiyligi kamayib borishini ko'rsatishimiz mumkin.

Mana shu sabablarga ko'ra ishlab chiqilgan tolali o'likni tozalash samaradorligi ham barabandagi qoziqlarni o'rnatish qadamini oshgani sari kamayib ketishi aniqlandi. Masalan, ishlab chiqilgan tolali o'likni tozalagichi barabanidagi qoziqlarni o'rnatish qadami 200 mm ga teng bo'lganida tozalash samaradorligi 84,3 % ni tashkil etgan bo'lsa, qoziqlarni o'rnatish qadami 300 mm ga teng olinganida 78,2 % gacha kamaygani aniqlandi.

Xuddi shunga o'xshash natijalar mumkin bo'lgan eng ko'p miqdordagi o'likli chiqindilari ajratilishiga rostlanganida tola tozalagichdan ajralib chiqadigan tolali o'likni tozalashgacha va tozalashdan keyin tarkibini o'zgarishiga tozalagich barabanidagi qoziqlarni o'rnatish qadamini ta'sirini o'rganishlar vaqtida ham olindi (2-jadval).

2-jadvaldagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, ishlab chiqilgan tolali o'likni tozalagichi barabanidagi qoziqlarni o'rnatish qadamini tanlab olingan 200 mm ga teng qiymatidan oshib

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

borishi bilan tozalangan tolali mahsulot tarkibidagi singan chigit, mayda va yirik iflosliklarni miqdori 10,4 % dan 16,6 % gacha ko'payib bormoqda. Aksincha, tozalangan tolali mahsulotdagi tolali o'lik va toza tola miqdori esa 89,6 % dan 83,4 % gacha kamayishi kuzatildi. Bunga sabab tolali o'lik tozalagichi barabanidagi qoziqlarni o'rnatilish qadamini oshgani sari tolali o'likni tozalash davomiyligi kamayib borishini ko'rsatishimiz mumkin.

2-jadval

Mumkin bo'lgan eng ko'p miqdordagi o'likli chiqindilari ajratilishiga rostlanganida tola tozalagichdan ajralib chiqadigan tolali o'likni tozalashgacha va tozalashdan keyin

Barabanda ^ " " .............. n 4 Tolali o'likni tozalashgacha bo'lgan tarkibi, gr/% Tolali o'likni tozalashdan keyingi tarkibi, gr/%

qoziqlarni o'rnatish qadami, mm Singan chigit, mayda va yirik iflosliklar miqdori Tolali o'lik va toza tola miqdori, Singan chigit, mayda va yirik iflosliklar miqdori Tolali o'lik va toza tola miqdori

5,75/57,5 4,25/42,5 1,02/10,2 8,98/89,8

200 5,68/56,8 4,32/43,2 1,11/11,1 8,89/88,9

5,80/58,0 4,20/42,0 0,98/9,8 9,02/90,2

O'rtacha 5,74/57,4 4,26/42,6 1,04/10,4 8,96/89,6

5,75/57,5 4,25/42,5 1,32/11,8 8,68/86,8

250 5,68/56,8 4,32/43,2 1,34/12,4 8,66/86,6

5,80/58,0 4,20/42,0 1,36/12,2 8,64/86,4

O'rtacha 5,74/57,4 4,26/42,6 1,34/13,4 8,66/86,6

5,75/57,5 4,25/42,5 1,60/16,0 8,4/84

300 5,68/56,8 4,32/43,2 1,73/17,3 8,27/82,7

5,80/58,0 4,20/42,0 1,65/16,5 8,35/83,5

o'rtacha 5,74/57,4 4,26/42,6 1,66/16,6 8,34/83,4

Izoh: jadvaldagi ma'lumotlarning suratida keltirilgan miqdorlar grammlarda, mahrajida esa mos ravishda foizlarda ko'rsatilgan.

Lekin, tola tozalagichlaridan mumkin bo'lgan eng kam va eng ko'p miqdordagi tolali o'lik ajratiladigan xolatlarni taqqoslaganimizda, xar ikkala variantda ham tozalangan mahsulotdagi tolali o'lik va toza tola miqdorlari bir-biriga yaqin qiymatlarda, ya'ni eng kam bo'lgan variantda 87-82,4 % va eng ko'p bo'lgan variantda 89,6-83,4 % atrofida saqlanib qolganiga qaramay, tolali o'likni eng ko'p ajratilgan variantida tozalagichning tozalash samaradorligi 81,8 % dan 71,1 % gacha kamayib ketganligini ko'rishimiz mumkin.

Xulosa. O'tkazilgan tajriba natijalaridan aytishimiz mumkinki, ishlab chiqilgan tolali o'likni tozalagichi barabanidagi qoziqlarni o'rnatish qadamini tanlab olingan 200 mm ga teng qiymatidan o'rganilgan 300 mm ga teng bo'lgan qiymatgacha oshib borishi bilan tozalangan tolali mahsulot tarkibidagi singan chigit, mayda va yirik iflosliklarni miqdori ko'payib bormoqda. Aksincha, tozalangan tolali mahsulotdagi tolali o'lik va toza tola miqdorini esa kamayishi kuzatildi. Bunga sabab tolali o'lik tozalagichi barabanidagi qoziqlarni o'rnatilish qadamini oshgani sari tolali o'likni tozalash davomiyligi kamayib borishini ko'rsatishimiz mumkin. SHunday qilib, ishlab chiqilgan tolali o'likni tozalagichi barabanidagi qoziqlarni o'rnatish qadamini 200 mm ga teng bo'lgani maqsadga muvofik ekan.

ADABIYOTLAR

1. Сабиров К. Совершенствование технологии джинирования хлопка. //Проблемы текстиля. 2005. №4, 5-8 с.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

2. Сабиров К. Разработка рациональной технологии джинирования хлопка -сырца.//Межвузовский сборник научных трудов. г. Шахты, ЮРГУЭС, 2006. 45 с.

3. Котов Ю.С., Асанова Б.Б. Качественный состав волокнистых отходов, выделяемых технологическим оборудованием хлопкозавода. //Хлопковая промышленность // №6. Т., 1985.10-11 с.

4. https://applied-research.ru/ru/article/view?id=7070. Джанпаизова В.М., Мырхалыков Ж.У., Ташменов Р.С., Турганбаева А. А., Доскараева С.О. Исследование возможности выработки пневмомеханической пряжи с использованием в смеси отходов производства // Международный журнал прикладных и фундаментальных исследований. - 2015. - № 8-2. - С. 209-212;

5. Справочник по первичной обработке хлопка. Ташкент "Мехнат"-1994. Книга 1.

574 с.

6. . Nazirov R.R Yugaev Sh.M Tolali chiqindilar va ularni tozalash uskunalarini qisqacha analitik taxlili. "Экономика и социум" №9(112) 2023. www.iupr.ru

7. Nazirov R.R Yugaev Sh.M Tolali o'likni tozalash texnologik uskunasini ishlab chiqish bo'yicha tadqiqotlar yo'nalishi. research focus | volume 2 | issue 9 | 2023 issn: 2181-3833. ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3).

8. Yugaev Sh.M Tolali o'likni tozalash uchun samarali uskuna takomillashtirish. "transport tizimlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etish istiqbollari" mavzusidagi respublika miqyosida ilmiy-texnik anjuman. 1-qism .2023 yil 9-iyun,Termez. Materiallari to'plami 1-qism.157-159 б.

9. Boqijonovich, I. Q. (2022). Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich. Abdunazarov Elbek Elmurodovich, and Ortiqov Nozimjon Boqijon O'g'li." Anor tuplarini ko'madigan mashina uyumlagichining konstruktsiyasi" Mexanika i texnologiya, 3(8), 98-102.

10. Кучкоров, С. К., & Меликулов, Н. (2023). ШР Яхшибоев Сравнение антисимметричных колебаний упругой трехслойной пластины. Механика и технология, (10).

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.