UDK 677.052.48.3/5
JUN TOLALI CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH ORQALI TIKLANGAN TOLA OLISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH
Urozov, Mustafokul Kulturaevich.
Termiz muhandislik texnologiya instituti t.f.n., dotsent Е-mail: urazov. mustafo. 81 @mail. ru
Rustamova, Kamola To'ychi qizi Termiz muhandislik-tenologiya instituti mustaqil tadqiqotchisi.
Е-mail: rustamovak34@gmail. com
Anotatsiya. Jun tolasini qayta ishlash va undan mahsulot ishlab chiqarish korxonalar sonini kengaytirish hisobiga mahalliy dag'al va yarim dag'al jun tolalarini dastlabki ishlash texnologiyasini takomillashtirish asosida jun tolasidan to'qimachilik mahsulotlari uchun xomashyo bazasini kengaytirish.
Aнноmация. Расширение сырьевой базы текстильных изделий из шерстяного волокна за счет совершенствования технологии первичной переработки местных грубых и полугрубых шерстяных волокон за счет расширения количества предприятий по переработке шерстяных волокон и производству продукции.
Abstract: Expansion of the raw material base for textile products from wool fiber based on the improvement of the initial processing technology of local coarse and semi-coarse wool fibers due to the expansion of the number of wool fiber processing and product production enterprises.
Kalit so'zlar. To'qimachilik, chiqindi, paxta tolasi, jun tolasi, yigiruv, to'quvchilik, tikuvchilik, kimyoviy tolalar, ipak, kanob, xomashyo.
Kлючевые слова: Текстиль, отходы, хлопковое волокно, шерстяное волокно, прядение, ткачество, шитье, химические волокна, шелк, конопля, сырье.
Keywords: Textiles, waste, cotton fiber, wool fiber, spinning, weaving, sewing, chemical fibers, silk, hemp, raw materials.
Kirish Hozirgi davrda to'qimachilik sanoati korxonalari oldiga katta vazifalar qo'yilgan. Jumladan paxta tolalaridan jahon standartlari talablariga javob bera oladigan ip va gazlamalar ishlab chiqarishni oshirishga mo'ljallangan dastur va tadbirlar ishlanmoqda. O'zbekiston hukumati qo'llayotgan bir qator tadbirlarga muvofiq korxonalarning iqtisodiy boshqarishni yangi usulini joriy qilib, ularni samaradorligini oshirishga doir tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu tadbirlardan ko'zlangan maqsad yengil sanoat maxsulotlariga bo'lgan talablarni qondirish, ishlab chiqariladigan maxsulotlar sifatini yaxshilash va turlarini ko'paytirishdan iborat.
Respublikamizda to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va undan tayyor mahsulot olishga hamda xomashyo bazasini oshirish, chiqindi tolalarni qayta ishlash hamda tiklangan tola olish bo'yicha zamonaviy texnika texnologiyalarni qo'llashga ko'proq e'tibor berilmoqda.
Tiklangan tolalardan aralash ip olishda texnologik jarayonlarning samaradorligini oshiradigan va muayyan natijalarga erishishda chiqindilar saralanadi va toifalarga bo'linadi.
To'qimachilik qiyqimlari va laxtalaridan tiklash tola olish texnologiyasida asosan laxtak va qiyqimlarni titish uskunasiga qo'shimcha pichoqli valik o'rnatish asosida ish samaradorligiga erishish mumkinligi olimlar tomonidan aniqlangan. Qayta tiklangan tabiiy va kimyoviy tolalardan noto'qima materiallar olish bo'yicha texnik va texnologik yechimlari va ularning sifat
Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali 3-jild, 1-son https://jurnal.qurilishtalim.uz
116
ko'rsatkichlarini o'rganish bo'yicha zamonaviy usullar ishlab chiqilgan jumladan poyafzal uchun izolyatsion materiallar ishlab chiqarishda qayta tiklangan tolalardan foydalanishning innovatsion texnologiyalari yaratilgan.
Paxta tolasi narxining yuqoriligi va dunyo bozorida uning etishmasligi tayyor mahsulot tannarxini pasaytirish yo'llarini izlashni taqazo qilmoqda. Bunda xom ashyoni to'g'ri ishlatish yordam bermoqda, chunki ip tannarxining 70% xom ashyo ulushiga to'g'ri keladi.
Ma'lumki, xom ashyoni maksimal ishlatish uchun titish-tozalash va tarash mashinasini to'g'ri tartibga solish kerak. Materialni tozalash sifatini oshirish uchun eski tozalash mashinalari o'rniga yangi tozalash mashinalarini o'rnatish, alohida samarali tozalash agregatlarini qo'llash hamda ikkilamchi tozalash mashinalarini ishlatish kerak bo'ladi.
1-rasm. Chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash va paxtani tozalash funksional sxemasi
Tozalash mashinalarida bu tarkibiy massa ikki oqim: tolali material va chiqindilarga bo'linadi. Biroq ularni faqat nazariy jihatdan ajratish mumkin, amalda tolali qatlamga chiqindilar, chiqindilarga esa tolalar ham tushib qoladi. Qayta ishlovchi mashinalarda chiqindilar qayta ishlanganidan so'ng regeneratsiyalangan tola va ikkilamchi chiqindilar olinadi. Mashinaning takomillashgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan; perfobaraban sirtida tiklangan tolalardan tola qatlamini shakllantiruvchi havo oqimi ko'rsatkichlarini nazariy va tajribaviy tadqiq etib, ularning perfobaraban o'qi bo'ylab o'zgarish qonuniyatlari aniqlangan; qalinligi bo'yicha bir tekis tola qatlamini shakllantiruvchi havo parametrlari kattaliklarini aniqlash natijasida perfobarabanning takomillashgan konstruksiyasi yaratilgan; tikuvchilik qiyqimlari va laxtaklardan tiklangan tola hamda mahalliy poliefir tolasini qutblangan maydonda zaryadlab olinadigan aralash ip xossa ko'rsatkichlari yaxshilanishi aniqlangan.
Jun chiqindilari qo'ylarni qirqish va qirqishdan keyingi jarayonlarda hosil bo'ladi. Sof jun tabiiy materialdir, ya'ni u atrof-muhitga katta zarar yetkazmaydi. Biroq, bu qayta ishlanmagan xom ashyo uchun amal qiladi. Dunyo miqyosida tolali xom ashyolardan sintetik tolalar 58,3 % ni tashkil etadi. Sellyuloza 5,7 %, tabiiy tolalar 36 %, jumladan: paxta 32 %, jun tolasi 3,1 %, ipak 0,16 % va kanop, jut, zig'ir tolalari 0,54 % ni tashkil etishadi. Yigiruv, to'quvchilik va tikuvchilik bilan shug'ullanuvchi sanoat tarmoqlarida sof shakldagi jun amalda qo'llanilmaydi. Qayta ishlash jarayonida u oqartiriladi, bo'yaladi va tabiiy tolalarga sintetik iplar qo'shiladi. Bunday materiallar to'planib, poligonga tashlanganida xavf tug'diradi, chunki matoning parchalanishi paytida kimyoviy bo'yoqlar tuproq va er osti suvlariga kirib,
atrof-muhitni yomonlashtiradi. Junni qayta ishlash nafaqat ekologik toza, balki iqtisodiy jihatdan ham foydali yechim hisoblanadi, chunki yengil sanoatda faoliyat yurituvchi korxonalarda to'qimachilik chiqindilari alohida maydonda saqlanadi.
2-rasm. Jun tolalarining ko'rinishi.
Chiqindilarning atrofga ekologiyaga zarar yetkazish natijasida turli xil iflosliklar keltirib chiqaradi. Chiqindilarni qayta ishlaganimizda turli xil uzun va kalta tolalar ajraladi. Buning natijasida ishlab chiqarish korxonasiga foydasi yetarli darajada ko'payadi, chunki shu mahsulotni arzon narxda sotgandan ko'ra qayta ishlab chiqarishda daromat ko'payadi.
Qo'y junini maxsus texnologiya yordamida qayta ishlash chigallikdan xalos bo'lish hamda ikkilamchi xom ashyoni qulay narxda olish imkonini beradi. Chiqindilarni qayta ishlashdan so'ng, qayta ishlanadigan materiallar olinadi, ular ko'rpa-to'shaklar, yumshoq mebellar, kiyim-kechaklar uchun plomba sifatida, qurilishda pollar uchun yostiq izolatsiyasi, shuningdek, to'qilmagan materiallar ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Jun chiqindilari to'g'ridan-to'g'ri yigiruv, gazlama ishlab chiqarish, ushbu tabiiy materialdan kiyim tikish va trikotaj bilan shug'ullanuvchi korxonalarda yig'iladi.Qayta ishlash uchun mos bo'lgan bezaklar, tolalar, parchalar, ishlab chiqarish nuqsonlari ko'pincha yig'iladi:
Junni qayta ishlash xom ashyosiga qarab ikki turga bo'linadi - to'qimachilik chiqindilari va shlamlari, yigirish chiqindilari va qirqib olingan qo'y junlari. To'qimachilik va yigiruv chiqindilari birinchi navbatda saralanadi.
Bundan tashqari, qayta ishlangan jun qayta ishlanadigan material sifatida ishlatilishi mumkin. Masalan, izolyatsiya sifatida, mebel uchun tamponlama materiali, linoleum. To'qimagan materiallar toladan tozalangan jun chiqindilaridan ishlab chiqariladi, unda tolalar asosga turli yo'llar bilan biriktiriladi.
Qirqilgan qo'y junini qayta ishlash texnologiyasi birinchi navbatda tozalashga qaratilgan bo'lib, u bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bu bosqichlar quydagilardi: -yirik iflosliklarni va changni olib tashlash, -yuvish eritmasiga namlash, -bir necha marta yuvish, -yuvish.
Tozalash jarayonida keyinchalik qayta ishlanmaydigan bo'laklar va pihtilar olib tashlanadi. Murakkab ifloslantiruvchi moddalarni (ter, yog'li moddalar) to'liq tozalanadi va tozalashdan so'ng jun maxsus shkaflarda quritiladi. So'ngra keyin sanoat mashinalarida taraladi. Bunday jarayonlardan keyin tolalar yigiruvga tayyor deb hisoblanadi. Jun mahsulotlari asosan ko'proq qishki mavsumdagi kiyimlarda keng qo'llaniladi. Chunki bu kiyimlar issiqlikni ushlash xususiyati judam yuqori darajaga ega.
Jun tolasini qayta ishlash va undan mahsulot ishlab chiqarish korxonalarini kengaytirish hisobiga mahsulot bozorini quyidagi holatlarda kengaytirish mumkin:
mahalliy dag'al va yarim dag'al jun tolalarini dastlabki ishlash texnologiyasini takomillashtirish asosida jun tolasidan to'qimachilik mahsulotlari uchun xomashyo bazasini kengaytirish;
-kimyoviy tolali to'qimachilik mahsulotlariga jun tolasidan aralashtirgan holda ularning fizik-kimyoviy va iste'mol xossalarini yaxshilash asosida assortiment imkoniyatlarini kengaytirish;
-mahalliy jun tolalaridan noto'qima usulidagi issiqlik saqlash xususiyati oshirilgan texnik va issiqlik saqlovchi qatlam matolar ishlab chiqarishni kengaytirish;
-gilam assortimenti va gilam mahsulotlari assortimentini kengaytirish.
Jun tolalaridan iplar ishlab chiqarishda ular tarkibidagi chiqindi va nuqsonlar katta qiyinchiliklar tug'diradi. Jun tarkibida o'simlik qoldiqlari, organik chiqindilar hamda toladagi yog' va ter moddalari, mineral chiqindilar, qirqim davri (kalta tolalar, mayda turli tarkiblar) nuqsonlari uchraydi. Ularning miqdori qo'ylarning zotiga, jun turiga, boqish rejimiga, ozuqa tarkibiga, iqlim sharoitiga va boshqa faktorlarga bog'liq.
Tabiiy junni dastlabki qayta ishlashda mayda bo'lakchalar ko'rinishidagi to'kilgan tolalar, tozalash jihozlarida hosil bo'lgan tugunakcha va nuqsonlar, kalta tolalardan iborat chiqindilar ajralib chiqadi. Ularning tarkibida 6 % gacha chang va 4 % xor-xas bo'ladi.
Junni yigirish korxonalarida qayta ishlashda to'kilgan tolali chiqindilar, fil trlar momig'i, tarash jihozlaridagi tozalash chiqindilari va tarandilar, ip uzuqlari va suprindilar hosil bo'ladi. Bulardan tarandilardagi tolalar sifati va tarkibi bo'yicha dastlabki xom ashyoga yaqin xossalarga ega. Qolgan chiqindilar tarkibida ko'p miqdorda chang va xor-xas bo'lib, tolalari sezilarli darajada kalta bo'ladi.
Jun tolasidan yigirilgan iplardan gazlama to'qishda ip uzuqlari va qoldiqlari, laxtak, momiq va suprindilar hosil bo'ladi. Ularni titish jixozlarida qayta ishlangandan so'ng to'qimachilik mahsulotlari, jumladan ip yigirish va noto'qima matolar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin.
Mo'ynali mahsulotlar tayyorlashda terini oshlash, shilish, mo'ynani qirqib tekislash, to'kilgan tolalar, filtr momig'i, kesilgan tolalar va momiq kabi chiqindilar ajralib chiqadi. Ulardan namatlar tayyorlashda foydalaniladi.
Noyob tuzilishi tufayli jun nafas oladi, uning tolalari orasida havo aylanadigan maxsus havo
bo'shliqlari mavjud. Bu ortiqcha issiqlik va namlikni olib tashlashga yordam beradi, qulay mikroiqlim yaratadi. Saralash deganda, odatda, junni turli xil sifatli tolalarga ajratish jarayoni tushuniladi, sifati jun kesilgan odam tanasining qismiga bog'liq. Jun fizik xususiyatlariga ko'ra saralanadi: rangi, uzunligi, holati.
Eng sifatli jun qo'yning yelkasi va yon qismlaridan olinadi, undan keyin kiyim tikiladi. Soyadan kesilgan jun pastroq sifatga ega, undan gilam va aksessuarlar tayyorlanadi. Qishloq xo'jaligi mutaxassislarining ta'kidlashicha, yuqori sifatli jun yuqori mustahkamlikni kafolatlamaydi.
XULOSA
Olib borilgan tadqiqotlar to'qimachilik sanoati tolali chiqindilari va ikkilamchi to'qimachilik mahsulotlari sanoat uchun katta xom ashyo ba'zasi bo'lib xizmat qilishi mumkinligini ko'rsatdi. To'qimachilik korxonalarida tolali chiqindilardan mahsulot ishlab chiqarish talab darajasida yo'lga qo'yilmagan.
To'qimachilik korxonalarida tolali chiqindilarni dastlabki tozalash texnologiyasi takomillashtirishni talab etadi. Paxta tozalash korxonalarida hosil bo'ladigan tolali chiqindilarning tarkibidagi tolalarning texnologik xossalari to'la o'rganilmagan.
Ip gazlama sanoati chiqindilarining amalda o'rganilgan xossalari ularning texnologik ahamiyatini yuqori ekanligini ko'rsatdi. Hisoblash natijalari yigiriluvchanlik darajasi bo'yicha eng yuqori ko'rsatgich michka chiqindisiga, eng kami esa tozalanmagan savash oreshkasi va momig'iga to'g'ri keladi.
ADABIYOTLAR
1. D.Juraev, M.Urozov, N.Urakov, "Junni titish-tozalash uskunasini ta'minlash mexanizmini takomillashtirish orqali uning ish unumdorligini oshirish"// Namangan MQI jurnali // №2-son. 2023 y.
2. Jumaniyozov.K.J va boshqalar "To'qimachilik mahsulotlari va jihozlari", Toshkent, G'.G'ulom,2012.
3. Рустамова К.Т, Нигматова Ф.У Особенности создания ассортимента смешанных трикотажных полотен плателно-костюмного назначения ин волуме 4, иссуе 04. оф интернатионал буллетин оф апплиед сотен^с анд течнологй
4. Rustamova K.T To'qimachilik chiqindilarini qayta ishlash uskunalari "Paxta tozalash, to'qimachilik va yengil sanoat sohalarining texnologiyasini takomillashtirish"mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 2023-yil 20-21-oktabr.
7. Джураев, А. Д., Ураков, Н. А., Мирзаев, О. А., Алмардонов, О. М., & Усманов, Х. С. (2021). Анализ нагруженности питающего цилиндра в узле питания прядильных машин. Universum: технические науки, (12-3 (93)), 48-53.
8. Джураев, А. Д., Муродов, Т. Б., Матисмаилов, С. Л., Мирзаев, О. А., & Ураков, Н. А. (2020). Дискретизирующий барабанчик для пневмомеханических прядильных машин. Патент на изобретение, № IAP06301, 30
9. Toshbekov O.A., Urozov M.K. Noto'qima matolarning defarmatsion tavsifini bashorat qilish, bvholash va aniqlash uslubiyati // Yevraziyskiy jurnal akademicheskix issledovaniy. 2023. Vol 3, № 4 R. 7-9.