Научная статья на тему 'TO‘QIMACHILIK SANOATIDA YUZAGA KELADIGAN CHIQINDI TURLARI'

TO‘QIMACHILIK SANOATIDA YUZAGA KELADIGAN CHIQINDI TURLARI Текст научной статьи по специальности «Химические технологии»

CC BY
120
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Chiqindi / ikkilamchi xom ashyo / qaytim / tolali chiqindi / kalta tola / laxtak / qiyqim / qaytmas chiqindi / ko‘rinmas chiqindi / tola / tarandi / mahsulot / qayta ishlash / tasniflanish / tarkib / yigirish / noto‘qima. / Waste / secondary raw material / recovery / fiber waste / short fiber / slush / scrap / non-recyclable waste / invisible waste / fiber / spun / product / processing / classification / composition / spinning / non-woven.

Аннотация научной статьи по химическим технологиям, автор научной работы — Urozov Mustafokul Kulturaevich, Rustamova Kamola To‘ychi Qizi

To‘qimachilik sanoati chiqindilarining eng katta qismi ip-gazlama ishlab chiqarish sohasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Ip gazlama ishlab chiqarish chiqindilari tarkibi, tolalarning miqdori va xususiyatlariga ko‘ra juda xilma xil bo‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TYPES OF WASTE OCCURRING IN THE TEXTILE INDUSTRY

The largest part of the textile industry's waste is accounted for by the spinning industry. Yarn production wastes are very diverse in terms of composition, amount and properties of fibers.

Текст научной работы на тему «TO‘QIMACHILIK SANOATIDA YUZAGA KELADIGAN CHIQINDI TURLARI»

UDK 677.052.48.3/5

TO'QIMACHILIK SANOATIDA YUZAGA KELADIGAN CHIQINDI TURLARI

Urozov, Mustafokul Kulturaevich.

Termiz muhandislik texnologiya instituti t.f.n., dotsent Е-mail: [email protected]

Rustamova, Kamola To'ychi qizi Termiz muhandislik-tenologiya instituti mustaqil tadqiqotchisi.

E-mail: [email protected]

Annotatsiya. To'qimachilik sanoati chiqindilarining eng katta qismi ip-gazlama ishlab chiqarish sohasi hissasiga to'g'ri keladi. Ip gazlama ishlab chiqarish chiqindilari tarkibi, tolalarning miqdori va xususiyatlariga ko'ra juda xilma xil bo'ladi.

Линошация. Наибольшая часть отходов текстильной промышленности приходится на прядильную промышленность. Отходы пряжного производства весьма разнообразны по составу, количеству и свойствам волокон.

Abstract: The largest part of the textile industry's waste is accounted for by the spinning industry. Yarn production wastes are very diverse in terms of composition, amount and properties of fibers.

Kalit so'zlar. Chiqindi, ikkilamchi xom ashyo, qaytim, tolali chiqindi, kalta tola, laxtak, qiyqim, qaytmas chiqindi, ko'rinmas chiqindi, tola, tarandi, mahsulot, qayta ishlash, tasniflanish, tarkib, yigirish, noto'qima.

Ключевые слова: Отходы, вторичное сырье, восстановление, отходы волокна, короткое волокно, слякоть, лом, неперерабатываемые отходы, невидимые отходы, волокно, прядение, продукт, обработка, классификация, состав, прядение, нетканый материал.

Keywords: Waste, secondary raw material, recovery, fiber waste, short fiber, slush, scrap, non-recyclable waste, invisible waste, fiber, spun, product, processing, classification, composition, spinning, non-woven.

Kirish. To'qimachilik sanoati yengil sanoatning tabbiy va sun'iy tolalardan turli gazlama, ip va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan yirik tarmoqdir. Ip yigirish korxonasidagi paxta tolasini qayta ishlash jarayonida chiqindilar hosil bo'ladi. Yigirish korxonasida yuzaga keladigan chiqindilarning tashqi ko'rinishi fizik-mexanik xususiyatlari va tarkibidagi iflosliklar (rangi, tarkibidagi nuqsonlar va qo'shimcha iflosliklar) o'rnatilgan tardibda tasdiqlangan me'yoriy xujjatlarga muvofiq ravishda bo'lishi kerak.

To'qimachilik sanoatining chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlar jaxon amaliyotida ishlatiladigan xom ashyoning qariyib chorak qismini tashkil etadi. Sanoatda xom ashyoga bo'lgan extiyojni qondirishdagi tanqislik, ayrim turdagi to'qimachilik mahsulotlari tayyorlash uchun dastlabki xom ashyoni qiymati yuqoriligi nisbatan ancha arzon bo'ladigan chiqindilar va ikkilamchi xom ashyodan foydalanish masalasiga jiddiy e'tibor berishni talab etadi.

Ikkilamchi xom ashyo tushunchasi V.E.Gusev ta'biri bo'yicha to'qimachilik sanoatining tolali chiqindi tushunchasidan ajratilgan holda berilishi lozim. Ushbu tasniflashda ikkilamchi to'qimachilik xom ashyosi deganda foydalanish jarayonida to'g'ridan-to'g'ri belgilangan maqsad yo'lida qo'llash uchun yaroqsiz bo'lib qolgan to'qimachilik mahsulotlari va buyumlariga aytiladi. Ular maxus ishlov berilgandan so'ng tolali massaga aylantiriladi va yana xom ashyo sifatida biron turdagigi mahsulot ishlab chiqarishga yo'naltiriladi. Shu bilan birga ikkilamchi

xom ashyo toifasiga tikuvchilik buyumlari tayyorlash jarayonida matodan bichim olish natijasida hosil bo'lgan qirqimlar va laxtaklar ham kiradi. Shunday qilib ikkilamchi to'qimachilik xom ashyosi aholi extiyojidan qaytgan va sanoat chiqindilaridan iborat bo'ladi.

To'qimachilikdagi sanoat chiqindilari jumlasiga barcha turdagi tabiiy va kimyoviy tolalardan ip yigirish, matolar tayyorlash jarayonlarida hosil bo'ladigan chiqindilar kiradi. Ularni qayta ishlash imkoniyatlariga qarab qaytimlar, tolali chiqindilar va qaytmas chiqindilarga bo'linadi.

Qaytimlar yarim tayyor mahsulotlarning uzuqlari bo'lib, ularni bir oz ishlov berish, asosan titishdan so'ng bevosita ip yigirish uchun qabul qilingan asosiy aralashma tarkibiga qo'shib ishlatish mumkin.

Tolali chiqindilar tolalar aralashmasi va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlash jarayonlarida ajralib chiqadigan chiqindilar bo'lib, ularni tarkibida ko'p miqdorda kalta tolalar, xor xas va nuqsonlar bilan bir qatorda yaroqli tolalar ham bo'ladi. Qaytmas chiqindilar esa tolalarni va chiqindilarni tozalash jarayonida ajralib chiqqan xor-xasdan iborat bo'ladi. Chiqindilarning fizik-mexanik xususiyatiga hamda hosil bo'ladigan joylariga qarab saralanadi va nomerlanadi, foydalanish sohasi bo'yicha esa guruhlarga ajratiladi. Korxonalarda o'rnatilgan uskunalar bo'yicha 7 dan to 30% gacha paxtali chiqindilar yuzaga keladi. Chiziqli zichliga kichkina bo'lgan tarash mashinasidan olingan chiqindilar eng ko'p miqdori tashkil etadi. Hozirgi kunda mahalliy xomashyoni ayniqsa paxta tolali chiqindini qayta ishlash va ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqarish nafaqat O'zbekistonda qolaversa jahondagi to'qimachilik korxonalarning eng muhum masalaridan biridir.

To'qimachilik sanoatida qayta tiklanadigan tolalar miqdorini oshirish bo'yicha bir qancha olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, ishlab chiqarishga bevosita joriy qilmoqda. Bu borada mamlakatimizda samarali ishlar tashkil etilib imkoniyatlar kengaytirilmoqda. To'qimachilik sanoatida yuzaga keladigan chiqindilaridan samarali foydalanishda asosiy yo'nalishlar belgilab olingan. Jumladan

-qayta tiklangan tolalarni olish;

-qayta tiklangan paxta, jun, zig'ir va kimyoviy tolalar ishlab chiqarish;

-chiqindi tola asosida to'qilmagan matolarni ishlab chiqarish;

Korxonalardan chiqayotgan chiqindi miqdori davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari bilan ham tasdiqlanadi va toifalarga bo'linida. Chiqindilar sanoat korxonalari uchun muhim xom ashyo zahirasini hisoblanadi hamda o'rta chiziqli zichlikdagi ip va noto'qima materiallar olishdan keng foydalaniladi. So'nggi yillarda erishilgan naijalarga qaramasdan, chiqindilardan yuqori darajada foydalanish bo'yicha muammolar mavjud.

To'qimachlik sanoati chiqindilarning barchasi qayta ishlash va undan mahsulot ishlab chiqarish buning uchun tozalash texnologiyasini takomillashtirish zarur.

Bundan tashqari chiqindi miqdorini kamaytiradigan zamonaviy texnologiyalar va uskunalarga talab ortib bormoqda.

Past navli paxta tolasini qayta ishlaydigan korxonalarda ko'pincha ip ishlab chiqarish uchun yaroqsiz va qaytmaydigan chiqindilar (35-55%) yuzaga keladi. O'zbekistonda 2023-yil 1-iyul holatiga ko'ra mamlakatimizda ro'yxatdan o'tgan sanoat sohasidagi korxonalar soni 108080 tani tashkil qiladi. Bu esa 2022- yilga nisbatan 7,2 foizga oshgan.

Surxondaryoda Surxonteks MChJ korxonasi mavjud bo'lib kalava ip, to'qima mahsulotlari satin, bo'z ishlab chiqariladi. Korxonaning yillik quvvati 1.404.000 kg ni tashkil qiladi.

Ip yigirish jarayonida CT-19, CT-7-11, CT-3 turdagi chiqindilar to'qimada ishlab chiqarish jarayonida esa CT-36 chiqindi chiqadi. Korxonda Riter firmasining mashinalari bilan jihozlangan bo'lib ip kalava mahsulotlari ishlab chiqariladi. Korxonaning o'rtacha 1 sutkada

14.000 kg kalava ip, 1 oyda esa ko'rsatkichlar 420.000 kg, kalava ip ishlab chiqariladi hamda Rossiya, Pokiston, Turkiya davlatlariga eksport qilmoqda.

To'qima ishlab chiqarish sexida eni 230-265 smgacha bo'lgan matolarni to'qishga moslashtirilgan 1 sutkada 3 ta smenada 25.000 pog/metr to'qima mato, 1 oyda 775.000 pog/metr mato, mato ishlab chiqarilada.

1-rasm To'qimachilik mahsulotlari chiqindilari ko'rinishi

Qayta ishlash jarayonida CT-7-11chiqindi asosan tibbiyot sohasi uchun yuza zichligi kichkina bo'lgan to'qimalar va noto'qima matolar ishlab ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. CT-3 turdagi chiqindilarga kimyoviy ishlov berish orqali turli xil singtifonlar va boshqa matolar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari izolyasiyalovchi material, poyabzal qistirmalari, mebel sanoati materiallari, to'liq qayta ishlashni ta'minlashni ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning asosiy vazifasi deb hisoblanishi kerak. Sanoat korxonalarida hosil bo'ladigan chiqindilar atrof-muhitga salbiy ta'sirini bartaraf etish va yuqori samarada foydlanish orqali birlamchi xom ashyoni tejashga yordam beradi.

To'qimachilik chiqindilari amaldagi me'yoriy-texnik hujjatlarga muvofiq 90 dan ortiq navlarga ajratiladi va guruhlarga bo'linadi: Jun, yarim jun matolar, kigiz mahsulotlari, paxta, zig'ir, yarim zig'ir va aralash matolar, qop, to'qilgan mahsulotlar, o'ralgan mahsulotlar, sintetik tolalardan tayyorlangan matolar, sun'iy tolalardan tayyorlangan matolar hamda past darajadagi matolardir.

Chiqindlarni qayta ishlash uchun asosiy sifat ko'rsatkichlari: namlik, changning massa ulushi, to'qimachilik bo'lmagan aralashmalarning massa ulushi, to'qimachilik aralashmalarining massa ulushi, mineral aralashmalarning massa ulushi, yog'ning massa ulushi,nozik xom ashyoning massa ulushi hisoblanadi.

To'qimachilik chiqindilarini qayta ishlash dolzarb muammo bo'lib, yaqin kelajakda foydalanilmaydigan chiqindilari ulushini kamaytirish iste'mol chiqindilari miqdori esa, aksincha, o'sishda davom etishi bilan bog'liq.

Xulosa. To'qimachilik korxonasidan chiqadigan chiqindi turlari va ularning ishlatilish sohalari o'rganildi. Olib borilgan analitik va amaliy tadqiqotlar to'qimachilik sanoati tolalai chiqindilari va ikkilamchi to'qimachilik mahsulotlari sanoat uchun katta xom ashyo ba'zasi bo'lib xizmat qilishi mumkinligini ko'rsatdi.

Jaxon to'qimachilik amaliyotida tolalai chiqindilardan foydalanishda amaliy tajribalar va texnologiyalar mavjudligini inobatga olib mamlakatimizdagi to'qimachilik korxonalarining tolali chiqindilardan tayyor mahsulot ishlab chiqarish talab darajasida yo'lga qo'yilmaganlini aniqlandi. Buning uchun to'qimachilik korxonalarida tolali chiqindilarni dastlabki tozalash texnologiyasi takomillashtirishni talab etadi.

ADABIYOTLAR

1. M.K.Urozov, K.T.Rustamova Sholi poyasini fraksiyalash natijasida hosil bo'lgan mahsulotlar tadqiqi Agro ilm maxsus con 2023 y.

2. D.Juraev, M.Urozov, N.Urakov, "Junni titish-tozalash uskunasini ta'minlash mexanizmini takomillashtirish orqali uning ish unumdorligini oshirish" // Namangan MQI jurnali // №2-son. 2023 y.

3. Rustamova K.T To'qimachilik chiqindilarini qayta ishlash uskunalari "Paxta tozalash, to'qimachilik va yengil sanoat sohalarining texnologiyasini takomillashtirish" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 2023-yil 20-21-oktabr.

4. M.K.Urozov, D.A.Jo'rayev. "Mahalliy dag'al jun tarkibidagi mayda va yirik iflosliklarni tozalash texnologiyasini takomillashtirish" // TMTI, "Transport tizimlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etish istiqbollari" mavzusidagi Respublika miqyosida ilmiy-texnik anjuman (2023-yil 9-iyun), 94-97 bet.

5. M.K.Urozov., D.A.Jo'raev, Xurramov G'.B. "Jun tolasini titish va iflosliklardan tozalash uskunasining ishchi qismlarini takomillashtirish" // TMTI, "Transport tizimlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etish istiqbollari" mavzusidagi Respublika miqyosida ilmiy-texnik anjuman (2023-yil 9-iyun), 110-113 bet.

6. D.Juraev, M.Urozov. "Анализ предотвращения заборки волокна и повышения эффективности очистки путем установки бункера для сыря в механизме подачи шерсточистителного оборудования'7/Models and methods for increasing the efficiency of innovative research: a collection scientific works of the International scientific conference /Germaniy, Berlin-2023. 27-31b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.