Научная статья на тему 'MODA SANOATIDA “ZERO WASTE” NING O‘RNI VA UNING O‘ZIGA XOS KONSEPSIYASI'

MODA SANOATIDA “ZERO WASTE” NING O‘RNI VA UNING O‘ZIGA XOS KONSEPSIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
228
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zero waste / nol chiqindilar / moda / dizayn / qayta ishlash / ikkilamchi mahsulot / chiqindi. / Zero waste / zero waste / fashion / design / recycling / secondary product / waste.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Usmanova, Nargiza

Zero waste nol chiqindilar tushunchasi tobora ommalashib bormoqda. Bu chiqindilarni maksimal kamaytirishga asoslangan sanoat. Bundan tashqari, ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan chiqindini emas, balki inson faoliyati natijasida paydo bo‘ladigan chiqindilarni kamaytirish haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF ZERO WASTE IN THE FASHION INDUSTRY AND ITS UNIQUE CONCEPT

The concept of Zero waste is becoming increasingly popular. It is an industry based on maximum waste reduction. In addition, there is talk of reducing waste generated by human activities, rather than waste generated during the production process.

Текст научной работы на тему «MODA SANOATIDA “ZERO WASTE” NING O‘RNI VA UNING O‘ZIGA XOS KONSEPSIYASI»

Scientific Journal Impact Factor

О

MODA SANOATIDA "ZERO WASTE" NING O'RNI VA UNING O'ZIGA XOS KONSEPSIYASI

Nargiza Usmanova

MRDI libos dizayni kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Zero waste - nol chiqindilar tushunchasi tobora ommalashib bormoqda. Bu chiqindilarni maksimal kamaytirishga asoslangan sanoat. Bundan tashqari, ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan chiqindini emas, balki inson faoliyati natijasida paydo bo 'ladigan chiqindilarni kamaytirish haqida so Z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Zero waste, nol chiqindilar, moda, dizayn, qayta ishlash, ikkilamchi mahsulot, chiqindi.

The concept of Zero waste is becoming increasingly popular. It is an industry based on maximum waste reduction. In addition, there is talk of reducing waste generated by human activities, rather than waste generated during the production process.

Keywords: Zero waste, zero waste, fashion, design, recycling, secondary product, waste.

Концепция Zero waste становится все более популярной. Это отрасль, основанная на максимальном сокращении отходов. Кроме того, речь идет о сокращении отходов, образующихся в результате деятельности человека, а не отходов, образующихся в процессе производства.

Ключевые слова: Zero waste, ноль отходов, мода, дизайн, переработка, вторичный продукт, отходы.

Har kuni millionlab odamlar tonnalab chiqindilarni tashlashadi. Dam olish paytida uning soni bir necha martaga ortadi. Bunday vaziyatni bugungi kunda deyarli har qanday shaharda ko'rish mumkin va har yili tobora dahshatli miqyosda tus olib borayapti. Chiqindilarni kamaytirish muammosi - bu yangi muammo emas.

Chiqindilarga qarshi kurashning dastlabki harakatlari o'tgan asrning 70-yillariga to'g'ri keladi. Bu borada Zero waste atamasini Amerikalik Pol Palmer amaliyotga taklif etdi va bu nol chiqindilar ma'nosini anglata boshladi.

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Pol Palmer tomonidan taklif etilgan g'oya, elektronika ishlab chiqarishga tegishli edi, bu sohada chiqindilardan kimyoviy moddalar, erituvchi suyuqliklar ajratib olinar edi. Mashina va uskunalarda ishlatiladigan moylar neftni qayta ishlash zavodlariga yetkazib berila boshladi.

Keyinchalik nol chiqindi tushunchasini haqiqatda amalga oshirishga intilgan tashkilotlar pay do bo'la boshladi. Butun dunyoda "nol chiqindilar" mavzusida konferensiya va seminarlar o'tkazilishi mavzuning naqadar dolzarb ekanligini ko'rsatib turar edi. Aqshning Kolorado shtatida chiqindilarni qayta ishlash markazi paydo bo'ldi va San-Fransiskoda alohida chiqindi yig'ish joriy etildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Nol chiqindilar konsepsiyasi qanday vazifalarni hal qiladi?

"Nol chiqindi" tushunchasi vaqt o'tishi bilan dolzarbligini yo'qotmadi, aksincha, tobora keng tarqaldi. 2010 yilning oxirida Bea Djonson o'zining "chiqindisiz uy" nomli kitobida dunyoga qanday qilib hayotni osonlashtirish va chiqindilarni sotib olmaslik haqida, Zero Waste nol chiqindilar qoidalarini o'z hayotiga tadbiq etish va hayotni barqarorlik tomonga o'zgartirdigan g'oyalarni berdi. Bu kitob Zero Waste konsepsiyasini aholi orasida ommalashtirishga turtki bo'ldi.

M • ri ■ - - + jSj' "f-t": ""¿Sä.

Asta-sekin xalqaro hamjamiyat ham moda sanoatining salbiy jihatlari haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lib, o'z mahsulotlarini xarid qilish orqali qo'llab-quvvatlashga tayyor bo'lgan korxonalarni tanlashga yanada ongli yondasha boshladi. Shunga ko'ra, ko'plab kompaniyalar o'z ishlab chiqarish quvvatlarini o'zgartira boshladilar, barqaror rivojlanish asosida yo'lga qo'yadilar va bu jarayonda ekologik yangiliklarga katta ahamiyat bera boshladilar.

Yevropa Ittifoqi Barqaror rivojlanish konsepsiyasiga o'zgartirish kiritish kerak degan tamoyil bilan iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy uchlikni nazarda tutadigan tarkibiy qismlarga afzallik berishni tanlaydi va ular orqali qayta ishlash va nol chiqindilar mexanizmlarini keng tadbiq eta boshladilar.

Scientific Journal Impact Factor

0

Ijtimoiy o'zgarishlarning ahamiyatini ta'kidlamaslik ayniqsa mumkin emas. Shu munosabat bilan korxonalar amalga oshirayotgan ko'plab yangiliklar shaffoflikni oshirishga qaratilgan ta'minot zanjirlarining natijasi sanaladi. Shunday qilib, ushbu tadqiqot faqat ekologik yangiliklarni tahlil qilishiga qaratilmagan bo'lib, albatta barqaror rivojlanish korxonalari ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishlari kerak edi. To'qimachilik sanoatining atrof-muhitga salbiy ta'siri tobora kuchayib bormoqda. Birinchidan, u asosan qayta tiklanadigan resurslarga asoslangan yiliga o'rtacha 98 mln. tonna sintetik tolalar ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan katta miqdordagi neft zaxiralarini iste'mol qiladi.

Paxta yetishtirish uchun o'g'itlar, matolarni bo'yash va qayta ishlash uchun kimyoviy moddalar sarfi juda qimmatga tushadi. To'qimachilik sanoati, jumladan, paxta yetishtirish ham yiliga 93 mlr tonnaga yaqin suv sarflaydi. Dunyo aholisining soni ortib borayotgani bilan bu raqamlar faqat ortib boradi, shu bilan birga paxta eksport qiluvchi davlatlar (Xitoy, Hindiston, Aqsh, Pokiston, Turkiya) hozirdanoq suv resurslarini cheklash va kamaytirish muammolariga duch kelmoqdalar. Shunday qilib, Xitoy hududlari to'qimachiligida, tolalarning 80-90%ga toza suv yetishmasligi tufayli sintetik ip ishlab chiqariladi. [yangi to'qimachilik iqtisodiyoti: modaning kelajagini qayta ishlash, 2017; 38].

Sanoatning atrof-muhitga yana bir salbiy ta'siri ifloslanishdir. Yuqorida aytib o'tilganidek, ekotizimlar ifloslanishi kimyoviy ishlab chiqarish ifloslanishlari bilan bevosita bog'liq. To'qimachilik sanoatida ishlatiladigan kimyoviy bo'yoqlarda kuchli toksin bo'lib, bioakkumulyatsiyaga (tanada to'planishga qodir) va "gormonal buzuvchilar" sanaladi. [Perry, 2018]. Bundan tashqari, yiliga million tonna kiyim-kechak ishlab chiqariladi, uning 73% keraksiz va utilizatsiya qilingan tovarlar singari yoqib yuboriladi. To'qimachilik mahsulotlarining ko'pchiligi qayta ishlanmaydi. Shuni ham ta'kidlash joizki, sintetik tolalardan tayyorlangan kiyimlarni yuvishda, ularni yemirilishi va keyinchalik dunyo okeanining mikroplastika bilan ifloslanishi jarayonida mavjud.

Yevropa Ittifoqi atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlari va jamiyat farovonligini ta'minlash borasida iqtisodiy o'sishning muvaffaqiyatli kombinatsiyasida yetakchi hisoblanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Yevropa Ittifoqi institutlarining rasmiy hujjatlari va bayonotlari uning barqaror rivojlanish tamoyillariga sodiqligini bildiradi. Ekologik innovatsiyalarga, ularni moliyaviy qo'llab-quvvatlashga va ushbu sohaga investisiya kiritish bilan bog'liq risklarni kamaytirishga katta e'tibor qaratmoqda. Ayniqsa, ishlab chiqarish mas'ullar va iste'mol g'oyasini targ'ib qilish chora-tadbirlarini o'z ichiga oladi, kiyim-kechakning tarqalish, qayta ishlash harakat rejasi va moliyaviy usullardan barqaror rivojlanish maqsadida foydalanishni rag'batlantirishadi.

ZERO WASTE chiqindilarni kamaytirishda ilg'or surilayotgan loyihalardan bo'lib, ko'plab mashxur brendlar tabiatga keltirilayotgan zararni kamaytirishga, qayta ishlab chiqarishga o'tmoqdalar. "Yashil obraz"ga aylanishga ulgurgan yirik ishlab chiqarish fabrika va zavodlari ko'paymoqda. Bularga misol tariqasida kiyim-kechak sanoatida H&M brendini misol keltirish mumkin.

Chiqindilarga qarshi kurashda ishtirok etish va chiqindilar miqdorini sezilarli darajada kamaytiradigan yo'lni tanlash muhim. Chiqindilarni qayta ishlash zarurati paydo bo'la boshlagandan buyon bu strategiya o'zining tamoyillariga ega bo'ldi.

Prinsipning asosiy ma'nosi shundaki, keraksiz narsalar to'planishi, qayta ishlanishi va yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun material sifatida xizmat qilishi kerak.

Shisha, plastik sumkalar, shippak, shinalarni bir idishga tashlab bo'lmaydi, bularning barchasi asrlar davomida parchalanib yo'qolishi dargumon. Axlatni qayta ishlatish ekologik jihatdan ancha qulay: eski shishadan - yangi shishalar, vazalar, idishlar yasash; poyafzaldan - sport maydonchalari uchun sirt ishlab chiqarish; plastik - krossovkalar, mebel elementlari, zargarlik buyumlarini yaratish Yer sayyorasini chiqindilardan kamaytirishning eng ishonchli yo'llaridan sanaladi.

Organik chiqindilar alohida e'tiborga loyiqdir. Ular kompost qilish uchun ishlatiladi va keyinchalik o'sayotgan gullar, sabzavot, ziravorlar uchun o'g'it sifatida foydalanish mumkin. Maydalangan organik chiqindilar kanalizatsiyaga kirganda va tegishli texnologiya mavjud bo'lganda undan biogaz ishlab chiqariladi.

Scientific Journal Impact Factor

O

Kompyuterlar va maishiy texnikada ishlatiladigan komponentlar ham qayta ishlanadi. Ulardan yangi qismlar yaratilgan.

Tabiiy resurslar iste'molini kamaytirish.

Plastik sintetik materialdir. Biroq, tabiiy resurslardan olingan xom ashyo ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bular mis, po'lat, shisha, alyuminiy. Bu xom ashyolardan tayyorlangan mahsulotlarni qayta ishlash yangilarini ishlab chiqarishni kamaytirishga yordam beradi. Ishlab chiqarish va paydo bo'lish jarayonida elektr energiyasi va suv sarfini tejash texnologiyalaridan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Ko'pgina mamlakatlarda tabiiy suv resurslaridan odamlar o'z yehtiyojlari uchun suvni jo'mrakdan emas, balki tabiiy manbalardan olish orqali foydalanadilar.

Nol chiqindilar tushunchasi plastik, batareyalar, kimyoviy moddalar chiqindilarini kamaytirishga yordam beradi, bu esa o'z navbatida atrofimizdagi dunyoga salbiy ta'sirni kamaytiradi, atrof-muhitni himoya qiladi.

Nol chiqindilar strategiyasining besh tamoyili:

Refuse -ingliz tilidan tarjima qilingan "rad yetish" degan ma'noni anglatadi.

Reduce — "kamaytirish".

Reuse — "qayta ishlatish".

Recycle - "qayta ishlash" deb tarjima qilinadi;

Rot - asosiy tamoyillaridan biri kompost ishlab chiqarish bilan bog'liq.

Qoida № 1. Refuse - Rad etish

Hayotimizda biz voz kechishimiz mumkin bo'lgan ko'p narsalar mavjud.

Polietilen sumkalar. Supermarketga xarid uchun kirish, har safar turli o'lchamdagi yangi paketlarni sotib olish bilan tugaydi. Ular bizning uyni keraksiz jihoz bilan to'ldiradi va axlatga chiqadi. Ko'p odamlar paketlarni qayta - qayta ishlatishadi. Mahsulotni qadoqlash va saqlash uchun qaytadan foydalanadilar. Lekin ularni butunlay tark etish mumkin. Mato yoki to'rdan tayyorlangan sumkalarni do'konga olib borish yaxshidir. Bir mato sumka 22 ming paketdan foydalanishdan asraydi.

Bir martalik idishlar. Bir martalik qoshiq va vilkalar o'rniga bambukli yoki metalldan ishlangan anjomlardan foydalanishingiz mumkin.

Kiyim, poyabzal. Yangi bluzka, shim, sport poyabzali sotib olishdan avval o'ylang? Balki siz bu kiyimni kiymassiz? Bu esa faqat javonda ortiqcha joy egallaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

fj ^^^ »

1 PARER GLASS M PLASTIC n METAL

1 1 1 L~ 1 1 [ 1

I J 1 1 1 1 \ jf

Suvenirlar. Ulardan ko'pini sotib olmang. Ba'zan chiroyli joylarni faqat xotirada saqlab qolishning o'zi ham yetarli bo'ladi. Qog'oz mahsulotlari, vizitkalar, broshyuralar.

Kerakli ma'lumotlarni tasvirga oling va shu bilan telefoningizda o'zingiz uchun

Gigiena mahsulotlari. Plastik tish cho'tkalari o'rniga bambuk tutqichli cho'tkalardan foydalaning. Salfetkalar va oshxona qog'ozini mato sochiq bilan almashtiring. Shampunlar, idishlarni yuvish vositalari, ko'zoynak va sirtlarni maxsus qayta ishlatiladigan dispenserlarga quyish kerak va har safar yangi plastik idishlar sotib olmang.

Arzon mahsulotlar. Ko'pincha past narxlardagi tovarlar faqat bir marta ishlatilishi mumkin, shundan so'ng ularning yaroqlilik sifati buziladi va tashlanadi. Qayta-qayta ishlatilishi mumkin bo'lgan sifatli narsalarni sotib olish yaxshiroqdir.

Qoida №2. Reduce - Kamayish

Keyingi tamoyil kamaytirishdir. Ehtimol, siz sotib olgan mahsulotlarning aksariyati sizga kerak bo'lmaydi. Siz bir yoki ikki marta kiyim kiyasiz, yangi shampunlar yarim bo'sh shishalar bilan bir qatorda saqlanadi. Agar siz xolatni batafsilroq ko'rib chiqsangiz, har bir odamning uyidagi narsalarning yarmidan ko'pi hech qachon ishlatilmaydi.

Ortiqcha buyumlarni quyidagicha kamaytirish mumki:

Scientific Journal Impact Factor

O

Kiyim va poyabzal sonini qisqartirish. Barcha ortiqcha kiyimlarni muhtojlarga yoki ikkinchi qo'l xaridiga berish mumkin. Hamda e'lon taxtalari yoki internet magazin orqali olx.uz orqali sotish mumkin. Eskirgan kiyimlar chang artish uchun ishlatiladi va zerikarli jinsilardan kalta shimlar tikishingiz mumkin.

Kosmetika miqdori. O'nlab boshqa turdagi vositalar ichidan eng samaralisini tanlab qolidiring. Ba'zi kosmetikalar esa o'zingiz tomondan tayyorlangan bo'lishi ham mumkin. O'simliklar, mevalarni ishlatadigan ko'plab reseptlar mavjud. Ular kam kimyoviy moddalarni o'z ichiga oladi, ko'plab foydali xususiyatlarga ega.

Mahsulotlar soni. Och qorinda do'konga borish ma'qul emas, balki to'q xolatda borishga harakat qilib ko'ring. Agar inson och bo'lsa, katta miqdorda o'ziga kerak emas oziq-ovqat sotib olishga sababchi bo'ladi. Bu sotib olingan mahsulotlarni ayrimlarini, siz tanovul ham qilmasdan tashlab yuborishingigz mumkin.

Keraksiz narsalar soni. Biz tez-tez uyga "yaltiroq" va ko'pincha keraksiz bo'lgan va ayrim hollarda kerak bo'lishi mumkin bo'lgan narsalarni sotib olamiz.

Xaridlar sonini kamaytirish nafaqat iste'molni kamaytiradi, balki byudjetingizga ham ijobiy ta'sir ko'rsatib, tabiatni ortiqcha chiqindilardan asralishiga sabab bo'ladi.

Qoida№ 3. Reuse - Qayta ishlatish

Reuse - ko'p insonlar amal qilmaydigan tamoyillaridan biri hisoblanadi. Ba'zilar uchun bu qashshoqlik sanalsa, boshqalar uchun bu nogigienik ko'rinadi. U takroriy, takroriy foydalanishga asoslangan.

Oziq-ovqat uchun plastik mahsulotlarni qayta ishlatmaslik yaxshiroqdir. Ularni ortiqcha sotib olish kerak emas, balki shisha idishlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Yirtiq yoki singan buyumni tashlashga shoshilmang. O'zingiz tuzatishga harakat qiling yoki uni ta'mirlash uchun topshiring. Odatda yangi narsa sotib olishdan ko'ra eski jihoz uchun kamroq xarajat qilinadi. Bu poyabzal, telefonlar, maishiy texnika, kiyim - kechak uchun amal qiladi.

Qoida №. 4. Recycle - Qayta ishlash

Keyingi qoida qayta ishlash hisoblanadi. Chiqindi mahsulotlar qayta ishlangan sanoat sanaladi. Har bir inson bu jarayonga hissa qo'shishi mumkin. Siz axlat tashlashni saralash jarayonidan boshlashingiz muhim.

Scientific Journal Impact Factor

0

Plastik deyarli parchalanmaydi. Agar u umumiy axlatga kirsa, u asrlar davomida Yerni, suvni va atmosferani zaharlaydi. Plastik qayta ishlanishi murakkab, qimmat jarayon. Agar siz uni yo'q qilishning aniq tartibiga rioya qilmasangiz, bu inson tanasiga va hayvonlar organizmiga salbiy ta'sir ko'rsatib, davolanmaydigan kasalliklarga olib kelib, zararli mikropartikullar hosil qiladigan chiqindilariga aylanadi. Ekologlarning fikricha ular biz ichadigan suvda ham bor deb hisoblaydilar.

Qog'oz va karton. Chiqindi qog'oz zavodlarga yuboriladi va yangi qog'oz mahsulotlari ishlab chiqarish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Borgan sari siz do'konlarda ikkilamchi ishlab chiqarish mahsuloti deb yozilgan daftarlarni, tualet qog'ozini ko'rishingiz mumkin.

Aralash axlat. Chiqindilar Yerda uzoq yil davomida saqlanadi, atrof-muhitga salbiy ta'sir etib, zararli moddalar chiqaradi.

Oddiy axlatni ajratish choralari nol chiqindilar konsepsiyasining samarali qismidir, uni amalga oshirish har bir kishi uchun mavjud.

Qoida №. 5. Kompost ishlab chiqarish

Strategiyaning keyingi tamoyili Rot hisoblanadi. Organik chiqindilarni alohida saqlash tavsiya etiladi. Siz ulardan gumus qilishingiz va mahalliy o'simliklarni yetishtirish uchun foydalanishingiz mumkin. Maxsus texnologiyalar mavjud bo'lganda ulardan biogaz ishlab chiqariladi.

XXI asrda chiqindilarsiz qanday yashash mumkin?

Zamonaviy insonning hayoti doimiy iste'molga asoslangan. Elektronika, maishiy texnika, avtomobil ishlab chiqaruvchilari o'z mahsulotlarini qisqa vaqt ichida ishlatishimiz va keyin yangi modellarni sotib olishimiz uchun reklama biznesini yo'lga qo'yishgan.

Agar insonlar quyidagi qoidalarga rioya qilsalar Zero Waste konsepsiyasi ishlay boshlaydi:

- o'zingizni axlatni ajratishga o'rgating. Shvesiya oilalarining katta qismining xonadonida bir necha alohida idishlar bor, ularda chiqindilar ajratiladi;

- qayta ishlangan materiallardan tayyorlanganligini qayd etgan holda tovarlar sotib olish;

- qayta ishlatiladigan sumkalar va idishlardan foydalaning;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- o'z turmush tarzingizni qayta ko'rib chiqing. O'zining foydalilik xususiyatini tezda yo'qotadigan, chiqindilarga aylanadigan narsalardan voz kechish mumkin. Ko'p hollarda batareyalar o'rniga akumulyatorlardan foydalanish mumkin;

Scientific Journal Impact Factor

О

- boshqalarga o'rnak bo'lish, bolalarni, yaqinlaringizni "chiqindilarni" ajratishga o'rgatish. Hatto umidsizlik ham asta-sekin "nol chiqindilar" tamoyilining ishlashiga yordam beradi.

Xulosa sifatida shuni aytishimiz kerakki, o'zbek xalqida azaliy ortiqcha buyumlar va mahsulotlami isrof qilish uvol, uning javobi bor degan tamoyilda sharqona tarbiya berilib kelinadi. Zamonaviy dunyoda Yer sayyorasini ortiqcha buyumlardan asrash, chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalarini rivojlantirish, insonlarni zaruratsiz buyum va jixozlarni sotib olishdan qaytarish Zero Waste strategiyasining asosi hisoblaniladi. Vaziyatni o'zgartirish uchun imkoniyatlar har bir inson uchun ochiq, ularni hayotingizda amalga oshirish kifoya.

REFERENCES

1. Дедю, И. И. Экологический энциклопедический словарь / И. И. Дедю. -Кишинев : Гл. ред. Молд. сов. энцикл. - 1990. - 406 с

2. Greta Eagan, Wear No Evil: How to Change the World with Your a. Wardrobe (Philadelphia, 2014).

3. Frontline Fashion (документальный фильм), 2016.

4. Safia Minney, Slow Fashion (Northampton, UK, 2016).

5. Lucy Siegle, To Die For: Is Fashion Wearing Out the World? (London, 2011).

6. Qizi, Y. S. M., & Muratovna, X. U. (2021). LIBOS DIZAYNI TA'LIMIDA EKOLOGIK-INNOVATSION MATOLARNING AHAMIYATI VA ZAMONAVIY MODA-KOSTYUM DIZAYN SANOATIGA TADBIQ ETISHNING ISTIQBOLLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(4), 240-251.

7. «Забери» zaberi.market

8. «Гопсвоп» instagram.com/gopswap/

9. Global Fashion Exchange, globalfashionexchange.org

10. Ненужные вещи olx.uz

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.