Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA JUN XOMASHYOSINI KONSTRUKSIYALASH VA TAYYORLASH'

O‘ZBEKISTONDA JUN XOMASHYOSINI KONSTRUKSIYALASH VA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
197
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jun homashyosi / tola / qorako‘l qo‘yi / ifloslik / tozalash / saqlash / saralash. / raw wool / fiber / Karakol sheep / dirt / cleaning / storage / sorting.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Ibragimov, Otabek, To‘rayev, Azizbek

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida tayyorlanayotgan jun homashyosining xossalari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Junning tabiiy xususiyatlaridan, qalinligi hamda uzunligi taxlil qilingan. Tayyorlov maskanlaridan junni dastlabki ishlash korxonalariga jo‘natishda jun homashyosini sinflarga va navlarga ajratish jarayoni bayon qilingan. Jun homashyosining sinflari va navlari bo‘yicha tasnifi keltirilgan. Jun sanoati uchun asosiy homashyo yetkazib beruvchi tarmoq chorvachilik hisoblanadi. O‘zbekistonda bu sanoatni rivojlantirishning qator imkoniyatlari, geografik va iqtisodiy omillari mavjud. Jun tolasini qayta ishlashni tashkil qilish asosida yangi ishchi o‘rinlar yaratish imkoni paydo bo‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONSTRUCTION AND PREPARATION OF RAW WOOL IN UZBEKISTAN

This article contains information about the properties of raw wool produced in the Republic of Uzbekistan. From the natural properties of wool, thickness and length were analyzed. The process of separating wool raw materials into classes and varieties is described when sending wool from processing facilities to primary processing enterprises. The classification of wool raw materials by classes and varieties is presented. Livestock is the main supplier of raw materials for the wool industry. There are a number of opportunities, geographical and economic factors for the development of this industry in Uzbekistan. It will be possible to create new jobs based on the organization of wool fiber processing.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA JUN XOMASHYOSINI KONSTRUKSIYALASH VA TAYYORLASH»

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

O'ZBEKISTONDA JUN XOMASHYOSINI KONSTRUKSIYALASH VA

TAYYORLASH

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida tayyorlanayotgan jun homashyosining xossalari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Junning tabiiy xususiyatlaridan, qalinligi hamda uzunligi taxlil qilingan. Tayyorlov maskanlaridan junni dastlabki ishlash korxonalariga jo'natishda jun homashyosini sinflarga va navlarga ajratish jarayoni bayon qilingan. Jun homashyosining sinflari va navlari bo 'yicha tasnifi keltirilgan. Jun sanoati uchun asosiy homashyo yetkazib beruvchi tarmoq chorvachilik hisoblanadi. O'zbekistonda bu sanoatni rivojlantirishning qator imkoniyatlari, geografik va iqtisodiy omillari mavjud. Jun tolasini qayta ishlashni tashkil qilish asosida yangi ishchi o'rinlar yaratish imkoni paydo bo 'ladi.

Kalit so'zlar: jun homashyosi, tola, qorako'l qo'yi, ifloslik, tozalash, saqlash, saralash.

This article contains information about the properties of raw wool produced in the Republic of Uzbekistan. From the natural properties of wool, thickness and length were analyzed. The process of separating wool raw materials into classes and varieties is described when sending wool from processing facilities to primary processing enterprises. The classification of wool raw materials by classes and varieties is presented. Livestock is the main supplier of raw materials for the wool industry. There are a number of opportunities, geographical and economic factors for the development of this industry in Uzbekistan. It will be possible to create new jobs based on the organization of wool fiber processing.

Key words: raw wool, fiber, Karakol sheep, dirt, cleaning, storage, sorting.

Ibragimov Otabek

Guliston davlati universiteti Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti 36.21-guruh 2-bosqich talabasi [email protected] To'rayev Azizbek Guliston davlati universiteti Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti 36.21-guruh 2-bosqich talabasi [email protected]

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

KIRISH

Jundan yoki uning boshqa tolalar bilan aralashmasidan har xil chiziqli zichlikdagi iplar, texnik va kiyimbop gazlamalar, gilam mahsulotlari, noto'qima materiallar ishlab chiqariladi. Dag'al jun ko'p qavatli uy qurilishida issiqlik saqlovchi material sifatida qo'llanilmoqda.

Jun sanoati uchun asosiy homashyo yetkazib beruvchi tarmoq chorvachilik hisoblanadi. O'zbekistonda bu sanoatni rivojlantirishning qator imkoniyatlari, geografik va iqtisodiy omillari mavjud. Mamlakatimizning qulay tabiiy va iqlimiy sharoitlari hamda hosildortuprog'i chorvachilikni rivojlantirishga asos bo'ladi.

Chorvachilik tarmog'ini jadal rivojlantirish, zamonaviy va innovatsion uslublarni joriy etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Chorvachilikning bir yo'nalishi qo'ychilikdir. Qo'ychilik korxonalarida go'sht maxsulotlaridan tashqari to'qimachilik sanoati uchun jun homashyosi tayyorlanadi.

ADABIYOTLAR SHARHI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 sentabrdagi 4817-son qarori bilan "O'zbekiston Respublikasi pillachilik va qorako'lchilikni rivojlantirish qo'mitasi" tashkil etildi. 2021 yil 9 fevral kunidagi "Qorako'lchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4984-son qarori qabul qilindi.

Qishloq xo'jalik yerlarining 2/3 qismidan chorvachilikda foydalaniladi. Mamlakatimiz dasht va cho'l tumanlaridagi o'tloq va butazorlar qorako'l qo'ylari, mayin junli echki va tuya boqish uchun qulay. Chorvachilikdan keladigan daromad doimiy ravishda o'sib bormoqda. Mamlakatimizda qo'y va echkilarning umumiy soni 22 mln. dan ortiq, uning asosiyqismi qorako'l qo'ylardir.

Qo'ylar junining ingichkaligiga qarab mayin junli, o'rtacha mayin, dag'al va yarim dag'al junlilarga bo'linadi [1].

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Qorako'l qo'y zoti O'zbekiston Respublikasi qo'ychiligining asosi hisoblanib, u chorvachilik tarmog'ida alohida o'rin tutadi. Mamlakatimizda qorako'l qo'ylari boqiladigan asosiy yaylovlar - Qizilqum, Qarshi va Ustyurt cho'llari hamda qisman tog' oldi mintaqalaridir. Umuman olganda, O'zbekistonda Toshkent va Farg'ona vodiysidan tashqari barcha mintaqalarda qorako'l qo'ylari boqiladi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Hisor qo'y zoti asosan O'zbekiston, Tojikiston, va Qozog'iston davlatlarida ko'paytiriladi. Bu zot go'shtdor-ceryog' zot qo'ylar ichida eng yirigi hisoblanadi. Junining rangi to'q sariq, qora va jigarrang dag'al jun.

O'zbekistonda boqiladigan qorako'l va hisori qo'y zotlari juni qora, malla, qo'ng'ir, jigarrang, ola va oq. Juni tivit, qiltiq, oraliq jun tolalari va o'lik jun aralashgan yog'li jun birikmasidan iborat. Dag'al junli qo'ylar juni yiliga ikki marta-bahor va kuzda qirqiladi. Bahorgisida tivit ko'proq, qiltig'i kamroq, tolasi uzun, sifati kuzgi jundan yaxshiroq bo'ladi. Yiliga 1,0 - 2,5 kg. jun qirqib olinadi, sof jun chiqishi 60-80% ni tashkil etadi [2,3,4].

Xalqaro miqyosda junni sinflarga ajratishda Bralford tizimi joriy etilgan bo'lib, u faqat bir tekisdagi junlar uchun qo'llaniladi. Ushbu tizim bo'yicha junning 14 ta sinfi mavjud: 90k, 80k, 70k, 64k, 60k, 58k, 56k, 50k, 46k, 44k, 40k, 36k, 32k, 28k

Ko'rsatilgan son qancha kichik bo'lsa, jun tolasi shuncha yo'g'on bo'ladi, agar ikki sinf orasida bo'lsa, unda kasr ko'rinishida bo'ladi, ya'ni 58/56k

Sinflanishi bo'yicha junning nafaqat qalinligi, balki uning uzunligi, yigirilish xususiyati va ilashuvchanligi ham hisobga olinadi.

Tayyorlov maskanlaridan junni dastlabki ishlash korxonalariga jo'natishda jun sinflarga va navlarga ajratiladi. Dag'al jun asosan uch sinfga ajratiladi. Junning tashqi ko'rinishi orqali me'yorli, sarg'aygan, tikanak bilan ifloslangan, sarg'ayib tikanak bilan ifloslangan guruhlarga bo'linadi.

Jun tolasi to'shamasi vazni tortib bo'linganidan so'ng, undan past navli junlar ajratiladi. Past navli junlar tarkibiga quyidagilar kiradi: mayda, ifloslangan, qo'yning dum, peshona, yuz va oyoq qismidan qirqilgan jun. Qo'yning oyoq, dum va qorin qismidan olingan o'ta iflos junlar alohida, vazni 100—150 grammdan kam bo'lmagan holda topshiriladi. Yuvilmagan jun sifati to'laligicha, qismlarga ajratilmagan holda baholanadi.

XULOSA VA MUNOZARA

Junga dastlabki ishlov berish orqali undan yarim tayyor mahsulot olish mumkin.

Chorvachilik va naslchilik sohasini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning yagona mexanizmlarini amalga oshirish orqali to'qimachilik sanoati tarmoqlariga sifatli jun homashyosini yetkazib berish jarayoni jadal rivojlanib bormoqda.

Bozor iqtisodiy sharoitiga o'tish bilan transport, energiya va boshqa xarajatlarning qimmatlashishi oqibatida markazlashgan holda junni ishlash samarasiz bo'lib qoldi. Shu sababli, tayyorlanayotgan junni mintaqalar bo'yicha minitexnologiyalarda yuvishni yo'lga qo'yish maqsadga muvofiq. Bunda, junni dastlabki ishlash transport xarajatlari kamayib, joylarda yangi ish o'rinlarini yaratishga sharoit yaratiladi [7] .

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Yuqoridagi ko'rsatgichlarni inobatga olib junni qayta ishlash texnologiyasini samarali tarzda bajariladigan bo'lsa, O'zbekiston sharoitida sifatli jun homashyosini olib,qishloq xo'jaligida katta daromad manbaini yaratish mumkin.

REFERENCES

1. M.T.Xodjiev, M.I.Hikmatova "Tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish" Turon-Iqbol, Toshkent-2016 y.

2. Q.I.Xolmirzaev "Tolali materiallarga birlamchi ishlov berish" Toshkent. Ilm-ziyo- 2017 y.

3. S. M Elmonov. "Junni o'simlik aralashmalaridan tozalash mashinasining samarali konstruksiyasini ishlab chiqish va ishchi parametrlarini asoslash" PhD dissertatsiya. 2018 y.

4. Sh. Rizaev, M. Zokirov va boshqalar "Junshunoslik va jun tovarshunosligi" Toshkent «Mehnat» 2015 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.