Научная статья на тему 'PAXTA TOLALI TO’QUVCHILIK IPLARINING TEXNOLOGIK XOSSALARINI TADQIQ QILISH'

PAXTA TOLALI TO’QUVCHILIK IPLARINING TEXNOLOGIK XOSSALARINI TADQIQ QILISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
319
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TO'QIMACHILIK SANOATI / YIGIRILGAN IP / IP GAZLAMA / TAYYOR MAHSULOT / CHIZIQLI ZICHLIK / MUSTAHKAMLIK / SIFAT KO'RSATKICHLAR

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Doniyorova M.A., Shamiyev D.B., Doniyorov B.B.

Mazkur maqolada O’zbekistonda to’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xajmining ortishi respublikada yetishtirilgan paxta tolasini qayta ishlash xajmini ko’payganligi bilan izohlanishi masalasi keltirilgan. Shuningdek, to’quvchilik uchun mo’ljallangan paxta tolali iplarni texnologik ko’rsatkichlari tadqiq qilindi va Uster Statistics 2018 jahon standartiga qiyosiy tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF TECHNOLOGICAL PROPERTIES OF COTTON YARN FOR FABRIC

This article explains that an increase in the volume of textile production in Uzbekistan can be explained by an increase in the volume of processing of cotton fiber grown in the republic. The technological parameters of cotton yarn for weaving were also studied and a comparative analysis of the world standard Uster Statistics 2018 was carried out.

Текст научной работы на тему «PAXTA TOLALI TO’QUVCHILIK IPLARINING TEXNOLOGIK XOSSALARINI TADQIQ QILISH»

Doniyorova M.A. t.f.n., Jizzax Politexnika instituti dotsenti

Shamiyev D.B.

Jizzax Politexnika instituti assistenti

Doniyorov B.B. t.f.f.d., Jizzax Politexnika instituti dosenti

PAXTA TOLALI TO'QUVCHILIK IPLARINING TEXNOLOGIK XOSSALARINI TADQIQ QILISH

Annotasiya. Mazkur maqolada O'zbekistonda to'qimachili k mahsulotlarini ishlab chiqarish xajmining ortishi respublikada yetishtirilgan paxta tolasini qayta ishlash xajmini ko 'payganligi bilan izohlanishi masalasi keltirilgan. Shuningdek, to'quvchilik uchun mo'ljallangan paxta tolali iplarni texnologik ko'rsatkichlari tadqiq qilindi va Uster Statistics 2018 jahon standartiga qiyosiy tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: to'qimachilik sanoati, yigirilgan ip, ip gazlama, tayyor mahsulot, chiziqli zichlik, mustahkamlik, sifat ko'rsatkichlar.

Doniyorova M.A., Ph.D. associate professor Jizzakh Polytechnic Institute Shamiyev D.B. assistant

Jizzakh Polytechnic Institute Doniyorov B.B., Ph.D. associate professor Jizzakh Polytechnic Institute

STUDY OF TECHNOLOGICAL PROPERTIES OF COTTON YARN

FOR FABRIC

Abstract. This article explains that an increase in the volume of textile production in Uzbekistan can be explained by an increase in the volume of processing of cotton fiber grown in the republic. The technological parameters of cotton yarn for weaving were also studied and a comparative analysis of the world standard Uster Statistics 2018 was carried out.

Key words: textile industry, yarn, cotton fabric, finished product, linear density, strength, quality indicators.

Hukumatimiz tomonidan to'qimachilik sanoatini yuqori samarador tarmoq sifatida O'zbekiston Milliy iqtisodiyotidagi ulushini ko'paytirish,

mahsulot ishlab chiqarish zanjirini Klaster tizimiga o'tkazish borasida qator Qaror va Farmoyishlar qabul qilinmoqda. [1-3]

Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga qilingan Murojaatnomada ham barcha sohalar qatori toqimachilik sohasiga ham alohida e'tibor qaratilib, "...iqtisodiy o sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investisiyalarni kopaytirish orqali erishiladi...", [4] endigi vazifa qilib kelgusi yillarda Respublikamizda toqimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat va ko plab sohalarda yuzlab yangi ishlab chiqarish quvvatlari barpo etilishi belgilandi. Respublika toqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida yuqori va barqaror o'sish suratlarini taminlash, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ozlashtirish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish, modernizasiya qilishning strategik muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyihalarini amalga oshirish hisobiga yuqori texnologiyali yangi ish orinlarini yaratish, korxonalarni texnik va texnologik yangilash, ilg'or "Klaster modeli"ni joriy etishga qaratilgan tarkibiy qayta tashkil etishni yanada chuqurlashtirish boyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekistonda iqtisodiy mustaqillikka erishish, iqtisodiyotni isloh qilishda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ta'minlaydigan chuqur strukturaviy o'zgarishlar qilish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo'shilib borish, iqtisodiy islohotlarning asosiy yo'nalishlaridandir.

2016-2020 yillar mobaynida O'zbekiston respublikasida to'qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari, jumladan, yigirilgan ip ishlab chiqarish 1,7 barobarga, to'qima matolari ishlab chiqarish 2,0 barobarga, trikotaj matolar ishlab chiqarish 1,9 barobarga, tikuv buyumlari ishlab chiqarish 2,7 barobarga, paypoq mahsulotlari ishlab chiqarish 5,4 barobarga oshgan. (1-jadval) [5]

1 -j a_d"val

O'zbekistonda. to7qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xajmi

JV- Mahsulot turi O'lchov birligi 2016 yil 2020 yil O'sish sur'ati, barobar

1. Yigirilgan ip tonna 348,6 590,0

2. Ip gazlama mln.l^.m 198,7 394,2 2

3. Trikotaj mato tonna 62,8 117,0

4. Tayyor tiku-v mahsulotlari mln. dona. 219,4 596,0

5. Paypoq mahsulotlari mln. juft 46,1 250,0 5,4

Yuqoridagi 1-jadvaldan yillar davomida yigirilgan ip mahsulotlari, ip gazlama, paypoq mahsulotlari, trikotaj mato va tayyor tikuv mahsulotlari ishlab

chiqarish xajmining ortishi respublikada yetishtirilgan paxta tolasini qayta ishlash xajmini ko'payganligini izohlaydi.

a

X

M

'G

S

o

•s

600 500 400 300 200 100 0

a 2016 yil 2020 yil

Yigirilgan ip

348.6 590

Ip gazlama

198.7 394.2

Trikotaj mato

62.8 117

Tayyor tikuv mahsulotlar i

219.4 596

Paypoq mahsulotlar i

46.1 250

1-rasm. O'zbekistonda 2016-2020 yillarda to'qimachilik mahsulotlarini ishlab

chiqarish xajmining o'zgarishi.

Paxta tolasidan yigirilgan iplar ichki bozorni ta'minlash bilan birga ko'plab xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda. Shuningdek, turli tolali iplardan matolar ishlab chiqarish talab darajasida emasligini ta'kidlash zarur.

To'qimachilik tayyor mahsulotlari (gazlama, trikotaj, eshilgan iplar va h.k.) asosan to'qimachilik iplaridan ishlab chiqariladi. Tolalarni yigirish usuliga qarab yigirilgan iplarning nomi ham har xil bo'ladi. Paxta tolasi uzunligiga nisbatan uch xil usul bilan yigiriladi.

a) Uzun tolali paxta (Lsht = 35 ^ 50mm) qayta tarash usuli bilan yigiriladi. Bu iplarning chiziqli zichligi kichik (5 ^15,4teks), ipi teks, mayin bo'ladi. Nafis gazlamalarni va tikuv sanoatida ishlatiladigan g'altak iplarni olish uchun ishlatiladi.

b) O'rta tolali paxta (Lsht = 26 ^34mm) karda usuli bilan yigirib olinsa, karda ipi deb ataladi. Karda ipining chiziqli zichligi o'rtacha (11,8-71,4 teks) bo'ladi. Bu iplar asosiy gazlama turlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

v) Sifati past bo'lgan va kalta tolalardan (Lsht = 18 -30mm) apparat usuli bilan yigirilgan ipni apparat ipi deb ataladi. Olingan ipdan issiqlikni yaxshi saqlaydigan yumshoq gazlamalarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

O'zbekistonda paxta tolasidan ip yigirish korxonalarida asosan qayta tarash va karda tizimida ip ishlab chiqarilmoqda. Buyurtmachining talabiga qarab yoki trikotaj matosi uchun, yoki gazlama uchun, yoki tikuvchilik iplari uchun mo'ljallab ishlab chiqariladi. Tayyorlanadigan matoning turiga qarab buyurtmachi halqali yoki urchuqsiz (pnevmomexanik) usulda yigiriladigan iplarga buyurtma berishi mumkin.

Quyida turli belgi asosida ishlab chiqarilayotgan yigirilgan paxta iplari to'g'risida ma'lumotlar keltirildi:

Iplarning chiziqli zichligi Ne -ingliz nomerida berilgan. KCM 40/1 Ne -nomeri 40, yakka, trikotaj uchun mo'ljallangan qayta tarash (K-Knitting CM-combed) ipi

KCD 30/1 Ne -nomeri 30, yakka, trikotaj uchun mo'ljallangan karda (K-Knitting CD-carded) ipi

CM 30/1 Ne - nomeri 30, yakka, to'quvchilik uchun mo'ljallangan qayta tarash (CM-combed) ipi

CD 30/1 Ne - nomeri 30, yakka, to'quvchilik uchun mo'ljallangan karda (CD-carded) ipi

CW 40/1 Ne - nomeri 40, yakka, to'quvchilik uchun mo'ljallangan karda (W-Weaving C-cared) ipi

OE 30/1 Ne (W) - nomeri 30, yakka, to'quvchilik uchun mo'ljallangan karda ipi (OE-Open end -pnevmomexanik usulda yigirilgan)

OE 30/1 Ne (K) - nomeri 30, yakka, trikotaj uchun mo'ljallangan karda ipi (OE-Open end -pnevmomexanik usulda yigirilgan)

Yigirilgan paxta iplarining asosiy xossalaridan biri uning yo'g'onligi, ya'ni chiziqli zichligi hisoblanadi.

To'qimachilik materialshunosligiga oid aksariyat adabiyotlarda [6,7] iplarning chiziqli zichligi uzunlik birligiga to'g'ri keladigan o'g'irlik sifatida ifodalanadi, birligi "teks" tushunchasi bilan beriladi, ya'ni 1km uzunlikdagi ipning grammdagi og'irligi bilan tushuntiriladi. O'zbekistonda o'lchov birliklari SI sistemasi bo'yicha uzunlik birligi - metr, o'g'irlik birligi - grammda ifodalanganligi uchun fanda ipning chiziqli zichligini o'lchov birligi sifatida "teks" qo'llaniladi.

teks = — km

Aksariyat ishlab chiqarish korxonalarida iplarning chiziqli zichligi asosan ingliz nomerida beriladi va shu asosda haridorga yetkaziladi. Paxta iplarining chiziqli zichligini Ingliz nomerida aniqlash 840 yard uzunlikdagi ipning funtlardagi og'irligi bilan bog'liq. (1yard=0,9144 m, 1 funt=0,4535 kg). Ingliz nomeri Ne bilan teks o'rtasidagi bog'liqlik quyidagicha:

, 590,4 590,4

teks=NT yoki NeC = -tek7

To'quvchilik korxonalarida ishlab chiqariladigan matolarning ekspluatasion xossalari birinchi navnbatda xom ashyoning turi va sifat ko'rsatkichlari bilan bevosita bog'liq. Shu nuqtai nazardan "Jizzax Textile MCHJ"da ishlab chiqarilayotgan paxta tolali to'quv iplari va ularning texnologik xossalarini aniqlashda eng zamonaviy USTER savdo belgisi asosida ishlab chiqaralayotgan laboratoriya uskunalaridan foydalanildi. Tajriba natijalari Uster Statistics 2018 [8] standarti bilan taqqoslandi.

2-jadval

Turli assortimendagi paxta tolali to'quv iplari va ularning texnologik

xossalari

*

Ip OLD E btlgilanisbi CM JU St Lstu: Statist in 201S CM 20/1 St Lstu: Statist in 201S CD 30/1 St Lster Statist in 201B CW 40/1 St Lstu: Statist in 2013

C LLLI L14H lichliei. uJ» 19,6 29,5 19,6 14,7

EiWialMiKtwaiiiadj iS^iUJi^iEj iS^JUJi^iEj te^sujj^iEi

1 ie irish fenn i SSX& tata. s h SSX& tata s h karda Js&sda

COUNT Ip A£MO£Jci CNe) 30,1 S 20.02 30,07 40,15

COUNT CY -Vottlfr in^icta vioatsriLi kceffiic^oti 0,66 1,0 0,33 1,0 0,74 1,0 0,774 1,0

U^fc I'siar QiiUtftkishk) 9.7 6 7,71 E,74 ll:2B 11.92 9,37 12,39

HaLcLtie-ss TiikdorLLk darajasL 6.22 M 6, S2 6,52 5,4 5,71 5,0

Iidst TFM Bnramla r moi EE1.6 7 827.03 741 667.42 902,5 2 933 1051 1064,3

EJfiBsajtHi 11 U1i.Li.5b.da el msbiy majisb 5,53 6,22 6,25 5,94 5:35 5,99 4.33 5,76

TanatLiyC RKMj VisbL>- uiisb kiicbL. cN teks 17.22 1 9:74 17,38 13,77 16,31 16,11 16, T a 6/1 h 14a Aai

X&ial CUT) QLsbacaii LpttLQE asosiy aifa t ktrrsackicbLarL jjg/indisi 32 59 7 33 34 5 345.41 573 677

(U

m

15 10 5 0

^^ 11.22 , * 12.39

9.87

CM 30/1 CM 20/1 CD 30/1 CW 40/1

Ne Ne Ne Ne

9.76 8.74 11.92 12.39

9.11 7.71 11.28 9.87

Uster Statistics 2018 •Tajriba

2-rasm. Tajriba paxta iplarining notekislik ko'rsatkichining Uster Statistics 2018 standarti bilan qiyosiy tahlili.

Tajriba namunalarining Uster, % - notekisligi Uster Statistics 2018 standarti ko'rsatkichlariga solishtirilsa, ruxsat etilgan notekislik ko'rsatkichidan yuqori emasligi kuzatildi.

,ih 25

cku 20

biy uzish cN/teks 505

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ni 0 CM 30/1 CM 20/1 CD 30/1 CW 40/1

Ne Ne Ne Ne

— — Tajriba 17.22 17.38 16.31 16.23

--Uster Statistics 2018 19.74 18.77 16.11 16

3-rasm. Tajriba paxta iplarining nisbiy uzish kuchi ko'rsatkichining Uster Statistics 2018 standarti bilan qiyosiy tahlili.

Tajriba namunalarining nisbiy uzish kuchi bo'yicha Uster Statistics 2018 standarti ko'rsatkichlariga solishtirilsa, qayta tarash tizimida yigirilgan iplarning nisbiy uzish kuchi standartga nisbatan 7-12 %gacha kam ekanligi, karda tizimida yigirilgan iplar standartdan deyarli farq qilmaganligini kuzatish mumkin.

Xulosa sifatida, O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan ip yigiruv korxonalarida talab asosida to'quvchilik uchun mo'ljallangan iplar ishlab chiqarilmoqda. "Jizzax Textile MCHJ"da ishlab chiqarilayotgan paxta tolali to'quv iplari va ularning texnologik xossalari o'rganildi va standart ko'rsatkichlari bilan qiyosiy tahlil qilindi. Ishlab chiqarishdan olingan tajriba to'quv iplari eng zamonaviy Uster Statistics 2018 standarti talablariga javob berishi aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2019-yil 12-fevraldagi PQ-4186 Qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 sentabrdagi PQ-4453-sonli "Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirish chora tadbirlari to'g'risida"gi Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 maydagi PF-5989-sonli "To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo'llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo'lmaydigan chora tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

5. https://uzts.uz/uz/6950

6. Кукин Г.Н., Соловьев А.Н. «Текстильное материаловедение» M., 1987, 1989 (I, II части).

7. Очилов Т.А., Матмусаев У.М., Кулметов М.К,. Тукимачилик материалларини синаш. Тошкент: «Узбекистон», 2004.

8. https ://www.uster.com/en/service/uster-statistics/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.