Научная статья на тему 'PАXTА VА KIMYОVIY TОLАLАRNI YIGIRISHNING О`ZIGА XОSLIGI'

PАXTА VА KIMYОVIY TОLАLАRNI YIGIRISHNING О`ZIGА XОSLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
132
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tоlа / pаxtа / yigirish / ip / kаlаvа. / fiber / cotton / spinning / thread / kalava.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — O. Ibragimov

Mаzkur mаqоlаdа tо`qimаchilikdа muhim sаnаlgаn pаxtа vа kimyоviy tоlаlаrni yigirish mаsаlаlаri muhоkаmа etilаdi. Bundа pаxtаni yigirish, uning sistemаlаri, texnоlоgiyаlаri kаbilаr kо`rib chiqilаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF SPINNING COTTON AND CHEMICAL FIBERS

This article discusses the issues of spinning cotton and chemical fibers, which are important in textile industry. Cotton spinning, its systems and technologies are considered.

Текст научной работы на тему «PАXTА VА KIMYОVIY TОLАLАRNI YIGIRISHNING О`ZIGА XОSLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

PAXTA VA KIMYOVIY TOLALARNI YIGIRISHNING OZIGA XOSLIGI Ibragimov Otabek Ergashboy o'g'li

Guliston Davlat Universiteti Ishlab chiqarish fakulteti Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo'yicha) 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7231577

Annotatsiya. Mazkur maqolada to'qimachilikda muhim sanalgan paxta va kimyoviy tolalarni yigirish masalalari muhokama etiladi. Bunda paxtani yigirish, uning sistemalari, texnologiyalari kabilar ko rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: tola, paxta, yigirish, ip, kalava.

ХАРАКТЕРИСТИКИ ПРЯДИЛЬНОГО ХЛОПКА И ХИМИЧЕСКИХ ВОЛОКН

Аннотация. В dannou cmambe рaссмaтривaются eonpocbi прядения xnonKa и химических eonoKoH, имеющие вaжнoe 3HaueHue в текстиль^й npoMbimieHHocmu. PaccMompeHu xлoпкoпрядeниe, ezo системы и тexнoлoгии.

Ключевые слова: вoлoкнo, xлoпoк, прядение, нить, кaлaвa.

CHARACTERISTICS OF SPINNING COTTON AND CHEMICAL FIBERS

Abstract. This article discusses the issues of spinning cotton and chemical fibers, which are important in textile industry. Cotton spinning, its systems and technologies are considered.

Keywords: fiber, cotton, spinning, thread, kalava.

KIRISH

Paxtani yigirish. Paxta tozalash zavodlarida dastlabki ishlov berilgandan so'ng paxta to'qimachilik korxonalariga yuboriladi. Bu yerda oldin yigiruv fabrikasiga yuborilib, u yerda tartibsiz tolalardan kalava ip tayyorlanadi. Kalava ipdan ko'pgina to'qimachilik buyumlari: gazlamalar, trikotaj, noto'qima buyumlar, iplar olinadi.

Yigirish sistemalari. Tolalar massasidan kalava ip olish uchun paxta bir necha ishlov operatsiyalaridan o'tishi lozim. Yigiruv fabrikalariga paxtapresslangan holda keltiriladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Dastlabki ishlash zavodlarida dastlabki ishlov berilgandan so'ng paxta yirik, iflos aralashmalar va chigitlardan tozalanadi. Biroq unda anchagina mayda aralashmalar, shuningdek shikastlangan (kalta) tolalar qoladi. Bu massadagi ayrim tolalar chigallashgan, bir-biriga yopishib qolgan yoki ularga iflos aralashmalar ilashgan bo'ladi. Shuning uchun paxtani yigirishdagi barcha operatsiyalardan maqsad tolalarni tozalash, tolalarni titish va aralashtirishdan, so'ngra ularni parallellash maqsadida tarashdan, so'ng tarash mashinasida o'tadigan navbatdagi operatsiya tarash deb ataladi.

Mashinaga paxta xolst yoki titilgan massa tarzida beriladi (xolstsiz ta'minlash). Tarash mashinasida tolalar massasiga oldin arrali lenta va valiklar tishlari, so'ngra mashina ish organlar garniturasining ingichka ignalari ta'sir etadi. Buning natijasidapaxta bo'laklari ayrim tolalarga taraladi va ayni vaqtda yopishqoq aralashmalarhamda kalta tolalardan

tozalanadi taralgandan so ng, qisman parallellashgan ingichka tolalardan diametri 1-3 sm li uzun bosh yumaloq yarim fabrikat — piltahosil bo'ladi. Piltadagi tolalar taralgan, deyarli bir-biri bilan bog'lanmagan, lekin to'g'rilanmagan bo'ladi. Piltaning o'zi yo'gonligi bo' yicha bir teki s bo' lmaydi.

Tolalarni to'g'rilash va piltani tekislash uchun bir necha pilta qo'shiladi, so'ngra dastlabki piltalar yo'g'onligiga kelguncha ingichkalashtiriladi. Qo'shish natijasida piltalar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tekislanadi, chunki bir piltaning yo'gon joylari ikkinchi piltaning ingichka joylarini toldiradi. Pilta yanada ingichkalashtirilganda tolalar tekislanadi va piltaoqiga nisbatan yonaladi. Piltani ingichkalashtirish uchun bir-biriga qisilgan silindrlar jufti (cho'zish juftlari) orasidan otkaziladi va old juftning tezligi ketingisinikidan pasaytiriladi.

Navbatdagi operatsiya (o'tish) piltani kalava ip tayyorlash uchun yaroqlio'lchamgacha ingichkalashtirishdan iborat. Bu operatsiya pilik mashinasida bajariladi. Uning chozish pribori piltani ingichkalashtiradi. Bu otishda olingan mahsulot pilik deb ataladi. U ingichka pilta bolib, minimal pishiqlik berish uchun u bir oz pishitiladi.

TADQIQOT NETIJALARI

Kalava ip tayorlashdagi oxirgi yakunlovchi operatsiya yigiruv mashinalarida bajariladi. Bu yerda pilik kalava ip yo'gonligiga kelguncha choziladi, pishitiladi va ingichka hamda pishiq kalava ia hosil boladi. Yigirish jarayoni urchuq va begunokli halkali yigiruv mashinalarida yoki urchuqsiz pnevmomexanik mashinalarda bajariladi.

Yigiruv fabrikasida paxtani qayta ishlashning bayon qilingan izchilligi karda (oddiy) izchilligi deb ataladi. Paxtani karda sistemasida qayta ishlash tartibi 1-jadvalda ko'rsatilgan.

1-jadval

Paxtani karda sistemasida qayta ishlash tartibi

Qayta ishlash bosqichi Jihozlar va ishlab chiqariladigan mahsulot

Halqali usul Pnevmo mexanik usul

Titish, savash, tozalash Tarash Bir tekis pilta tayyorlash Pilik tayyorlash (ingichkalashtirish) Kalava ip tayyorlash Titish-savash agregati,xolst Tarash mashinasi, pilta Pilta mashinasi (2o'tish), pilta Pili kmashinasi, pilikhosil boladi Xalqali yigiruvmashinasi, kalava ip Titish-savash agregati,xolst Tarash mashinasi, pilta Pilta mashinasi (2o'tish), pilta Pnevmomexanik yigiruv mashinasi, kalava ip

MUHOKAMA

Paxta kalava ipning kop qismi shu sistemada ishlab chiqariladi. Bundantashqari, qayta tarash, apparat va melanj sistemalari ham mavjud. Karda va qayta tarash sistemalarida yigirishning ikki usuli: halkali va pnevmomexanik usullari boladi.

Hozirgi vaqtda apparat sistemasi orniga karda sistemasi qollanilmoqda. Unda rotorli pnevmomexanik yoki aerodinamik yigiruv mashinalaridan foydalaniladi.

Melanj sistemasi umuman karda sistemasini takrorlaydi, lekin unda paxtanibo'yash bilan bogliq bo'lgan qo' shimcha o'tishlar boladi.

XULOSA

Apparat sistemasida uncha pishiq bolmagan g'ovak mayin kalava ip ishlab chiqariladi. Bunday kalava ipning sifatiga yuqori talablar qo'yilmaydi. Xomashyo sifatida har xil uzunlikdagi tolalar, ko p miqdorda chiqindilar (kuyindilar), shuningdek har xil tolalar aralashmalari ishlatiladi. Har xil tolalar aralashmalarini titish va savash operatsiyalari alohida bajariladi, keyin tolalar aralashtirilib, ayni vaqtda moyl anadi. Apparat sistemasining oziga xos xususiyati shundaki, tarashdan keyin mahsulotni ingichkalashtirish chozish jarayonida emas, balki paxtani tarab ayrim piltalarga ajratish va piltalarni bo'shginao'rib ulardan piliklar hosil

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qilish yo'li bilan bajariladi. Bu sistemada tarash operatsiyasi 2—3 karda tarash o'tishini va pilik karetkasini oz ichiga oladigan tarash apparatlarida bajariladi. Olingan pilik yigiruv mashinasiga uzatiladi. Tarash apparatida olingan pilikda tolalar uncha togrilanmagan bo'ladi, shuning uchun kalava ipning strukturasi g'ovak chiqadi.

REFERENCES

1. Мурыгин В.Е., Чaленкo Е.А. Oснoвы функциoнирoвaния технoлoгических прoцессoв швейных прoизвoдствa. - М.: Кoмпaния Спутник, 2011.

2. Arindam Basu. Advances in Silk Science and Technology// England 2015.

3. Grace I. Kunz. Apparel Manufacturing: Sewn Product Analysis//Amerika 2014. PrenticeHall, english.

4. Julie Cole, Sharon Czachor. Professional Sewing Techniques for Designers//Angliya, 2014.

5. Жaббoрoвa М.Ш. -Тикувчилик тeхнoлoгиясиll -Т.: -Укитувчи11, 2014.

6. CepoBa Т.М., Aфaнaсьевa A.И., Иллaриoнoвa Т.И., Делль P.A. ^временные фoрмы и мeтoды пpoeктиpoвaния швeйнoгo пpoизвoдствa: Учeбнoe пoсoбиe. - М.: МГУДТ, 2014. -283с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.