UDK 677.051
PAXTANI DASTLABKI QURITISH VA TOZALASH KOMPLEKSINI YARATISH
Aliyev Botirjon Toxirjonovich NamMTI. t.f.f.d., dotsent. alievbotirl [email protected]
Mamadjonov Jasurbek Baxtiyor o'g'li NamMTI, tayanch doktorant. mamadj [email protected]
Annotatsiya: Paxta tozalash korxonalarida paxtani qurutish va tozalashni tahlil qilish, jarayondagi muammolar, texnik-texnologik yutuqlar hamda kamchiliklar, paxtani qurutish va tozalashda dastlabki texnologiyani ishlab chiqish, konstruksiyasini yaratish kabi takliflar ushbu maqolada berilmoqda. Taklif etilayotgan yangi texnologik sxema ishlab chiqarish ehtiyojiga ko'ra tayyorlanmoqda, ya'ni texnik-texnologik mashinalarni chet el mamlakatlaridan ko'plab olib kelish holatlari kuzatilmoqda. Respublikamizda ishlab chiqarilgan УХК-rusumli paxtani tozalovchi agregat yoniga qo'shimcha, paxtani dastlabki quritish va tozalash uskunsini yaratish zaruriyati bo'lmoqda.
Asosiy va yagona maqsad, import nomenklaturasini qisqartirib, milliy texnologiyalar ishlab chiqarishni kuchaytirishdan iborat.
Аннотация: В статье приведены проблемы процесса анализа сушки и очистки хлопока-сырца на хлопкоочистительных предприятиях, технико-технологические достижения и недостатки, а также предложения по созданию структуры для разработки исходной технологии сушки и хлопкоочистки. Предлогаемая новая технологическая схема разрабативается с учетом производственных потребностей. Сегодня на хлопокоочистительных предприятиях увеличивается импортная номенклатура. То есть наблюдаются случаи привозов технико-технологических машин из зарубежных стран. Помимо выпускаемой в нашей Республике хлопкоочистительной установки типа УХК, сушествует потребность в создании оборудования для предварительной сушки и очистки хлопка.
Главная и единственная цель увеличениое производства национальной технологии за счет сокращения импортной номенклатуры.
Annotation: The article presents the problems of the process of analyzing the drying and cleaning of raw cotton at cotton ginning enterprises, technical and technological achievements and shortcomings, as well as proposals for creating a structure for the development of the initial technology for drying and ginning cotton. The proposed new technological scheme is being developed taking into account production needs. Today, the number of imported items at cotton ginning enterprises is increasing. That is, there are cases of import of technical and technological machines from foreign countries. In addition to the УХК-type cotton ginning unit produced in our Republic, there is a need to create equipment for pre-drying and cleaning cotton.
The main and only goal is to increase the production of national technologies by reducing the imported range.
Kalit so'zlar: paxta, tola, chigit, qurutish, tozalash, mashina, agregat, foiz, nav, yaratish, konstruksiya, sifat, baraban, mayda, yirik.
Ключевые слова: хлопок-сырица, волокно, семена, сушка, очистка, машина, агрегат, процент, сорт, изобретения, конструкция, качество, барабан, мелький, крупный.
Key words: raw cotton, fiber, seeds, drying, cleaning, machine, unit, percentage, grade,
inventions, design, quality, drum, small, large.
Ma'lumki, paxta namligi 10-17% bo'lganda yoki amalda namlik 18-25% bo'lganda uzoq saqlashga mo'ljallangan bundan paxtalar 3-4 kun o'tgach o'z-o'zidan qizib, paxta tolalari va chigiti sifati buzuladi, ya'ni tolalarning Yellowness(+b) sarg'ishlik darajasi keskin ko'tarilib ketadi. Paxtani qurutish uchun paxta tozalash korxonalarida asosan 2CEC, 2CE-10 rusumli paxta qurutish uskunalari (barabanlari) ishlatiladi. Sentabr oyida yomg'ir suvi tegmagan paxtalar terganda uning namligi 8.0 - 8.5 % ni tashkil etadi. Urug'lik paxtalarning ham namligi xuddi shunday me'yoriy ko'rsatgichda bo'lsa, bunday paxtalarni quritish barabanlarida quritish shart emas.
Amalda paxta namligi W undagi nam massaning absolyut quruq massaga nisbati bilan foiz hisobida aniqlanadi:
W=100 Gh / Ga*q .,
bunda, Gh - paxtaning nam massasi; Ga*q - paxtaning absolyut quruq massasi.
Atmosferadagi havo harorati 200 C bo'lganda tolali materiallar namligi quyidagicha bo'ladi:
1- Jadval
Tolali materiallar namligi, %.
№ Tolali materiallar Atrof muhitning nisbiy namligi, %
10 20 40 50 80 90
1. Ip gazlama 2.6 3.7 5.2 6.8 10.0 14.1
2. Paxta tolasi 2.4 4.5 6.1 7.4 10.5 14.2
3. Paxta 2.0 3.4 5.3 8.2 9.3 10.7
4. Gigroskopik paxta 4.6 9.1 15.5 20.2 24.0 25.9
Paxtani tashkil qiluvchi ayrim komponentlarning namligi paxtaning umumiy namligiga bog'liq bo'ladi, bu quyidagi empirik formula bilan aniqlanadi:
Wt = 0.7 W;
Wm = 0.46 W1275;
Wn = W - Pt Wt - Pm Wm / Pn; bunda W - paxta namligi, %; WT - tolaning namligi, %; WM - mag'izning namligi, %; PT -chigitli paxtadagi tola miqdori, g; Pn - paxtadagi chigit po'chog'i, g; PM - paxtadagi mag'iz miqdori, g. Hozirda nam paxtani quritishni ikki usuli mavjud:
tabiiy quritish - paxtazordan qo'lda terilgan paxtani dala sharoitida (oftobda) quyosh nuri yordamida quritish yo'lga qo'yilgan.
sun'iy quritish - har xil konstruksiyadagi maxsus paxta quritish barabanlarida quritiladi. Paxta tozalash korxonalarida paxtani uskunalarda CTAM-K-2 rusumli o'txona yordamida uzunligi L = 10.0 m, diametri D = 3.2 m o'lchamdagi barabanlardaquritilganda bir qator muammolar mavjud bo'lib, ularni bosqichma - bosqich yechimini topish zarur bo'lmoqda. Ushbu muammolar quyidagilar:
• Suyuq yonilg'ilar, masalan mozut yonilg'isini ko'p ishlatilishi, uni narxini qimmatligi.
Shuningdek, gazni olishda ham shunday muammolar bor.
• Paxtani quritilishida elektr energiyani ko'plab ishlatilishi. Bu esa ishlab chiqarilayotgan tolaning tannarxiga negativ ta'sirini ko'rsatmoqda.
• Paxtani uskunalarda quritilishida quritish samarasi yuqori ko'rsatgichni ta'minlab bera olmayapti.
• Quritish barabanlarida paxtani quritilishida paxtani yaxshilab titilmasligi ham quritish samarasiga salbiy ta'sir qiladi. Bunday holatlar amalda kuzatilmoqda.
Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida, bir qator innovatsion loyihalar ustida olimlar ish olib borishmoqda.
Paxtada tolani sifatli ajratilishidan avval iflos aralashmalarni paxtadan tozalash jarayoni amalga oshiriladi. Bu jarayonda bugungi kunda UXK - rusumli paxta tozalash agregati ishlatilmoqda. Iflos aralashmalar mayda va yirik aralashmalarga bo'linadi. Mayda aralashmalar guruhiga teshiklari 10 mm li to'rli yuzadan o'tadigan va yirik aralashmalar guruhiga bunday to'rli yuzadan o'tmaydiga iflos aralshmalar kiradi.
Qoziqchali tozalagichlarning ish unumi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Qo = üo'r * F * Px
bunda Qo - tozalagichdan bir sekundda o'tkaziladigan paxta miqdori, kg/s; F - paxta o'tadigan qirqimning maydoni, m2; ü0'r - barabanning o'rtacha chiziqli aylanish tezligi, m/s., px _ chigitli paxtaning zichligi, kg/m3.
Paxtaning tozalagich ichida turish vaqti T(s) quyidagicha topiladi:
T = L/Üo'r
bunda L - paxta yo'lini uzunligi, m.
Paxtani tozalash uskunasining nazariy ish unumi (kg/s) quyidagicha topiladi:
Qh = LFpx/T Uskunaning haqiqiy ish unumi (kg/soat): Q =3.6 LFpx q^/T
bunda q = 0.25-0.30 to'rli yuzadan foydalanish koeffitsiyenti; ^ = 0.30-0.35 tozalagichdan foydalanish koeffisiyenti;
Bugungi kunda paxta tozalash korxonalarida ishlab turgan UXK rusumli tozalagichning bir qator afzalliklari bo'lishi bilan birga, bu uskunaning texnik muammolari mavjud, ular quyidagilar:
• yXK - paxta tozalash uskunasi juda katta quvvatda elektr energiya iste'mol qiladi.
• Ushbu tozalagich paxtadan mayda va yirik iflos aralashmalarni tozalashga mo'ljallangan bo'lishiga qaramay, qo'lda terilgan 4 - 4.5 % ifloslikdagi paxtani tozalashga mo'ljallanganday bo'lib qolmoqda. Mashinada terilgan 10 - 18 % ifloslikdagi paxtalarni me'yoriy ko'rsatgichda tozalay olmaydi. Bu esa katta muammo.
Yuqoridagi muammolarni ijobiy hal etilishi maqsadida, zamonaviy innovatsion paxta tozalagich qurilmasini konstruksiyasini tayyorlash zarur bo'lmoqda.
O'tgan asrning 80 - yillarida paxtani tozalashda HX-3M-2 va 6A-12M rusumli mashinalar hamda 10 barabanli OXE-10 rusumli mashinalardan foydalanilgan. Ish jarayonlarida ushbu mashinalar paxtani tozalash jarayonida bir-birini paxta tozalashda qoplaydi. Ayniqsa, mashinada terilgan paxtalar ham muammolarsiz me'yoriy ko'rsatgichlarda tozalangan.
Paxtalar seleksiya navlariga ko'ra oson va qiyin tozalanadigan guruhlarga bo'linadi. Aytaylik, IV - tipga mansub bo'lgan C 65-24 navli seleksiya navidagi paxta qiyin tozalanadigan, V - tipdagi Namangan-77 va Andijon-35 seleksiya navidagi paxtalar esa oson tozalanadiga paxtalar sirasiga kiradi.
Chet el mamlakatlaridan keltiriladigan paxta tozalagichlarini hisobga olmaganda, bugungi kunda
ishlab turgan УХK rusumli paxta paxta tozalagichiga yordamchi yana bir tozalash tozalash uskunasiga ehtiyoj bo'lmoqda.
Namangan muhandislik-texnologiya instituti olimlari tomonidan paxtani g'aramlashdan avval va g'aramlashdan keyin dastlabki quritish va tozalash uskunasi ustida ish olib borilmoqda. Ushbu quritish va tozalash uskunasi konstruksiyasi ehtiyojga ko'ra (zaruriyatga ko'ra) tayyorlanmoqda.
Quyidagi komplekt agregati quvvatni quyosh panelidan oladi. Shuningdek, qurilmada paxta ham quritiladi, hamda mayda iflos aralashmalardan dastlabki tozalanadi, uning texnologik sxemasi quyidagicha:
1-paxta, 2-qabul qilish barabani, 3-rezina qoplamali baraban, 4-to'rli yuza, 5-quyosh paneli, 6-ustum-karkas, 7-kalorifr, 8-iflos aralashmalar bunkeri, 9-iflos aralshmalar, 10-tozalangan paxta quvuri, 11-tozalangan paxta, 12-rezina qoplamali qoziqchali barabanlar (yuqoridan ko'rinish), 13 -rezina qoplamali qoziqchali barabanning qirqimli ko'rinishi, 14-korpus podshipnik. 1 - Rasm. Paxtani dastlabki quritish va tozalash mashinasi. (Quyosh panellari jami 18 ta va har biri 0.5 kVt dan umumiy 9 kVt)
1- qoziqcha-rezina qoplamali baraban, 2- rezina qoplama, 3- 100mm li metal quvur.
2 - Rasm. Qoziqchali baraban
Yangi qurilma kompleksi quyidagicha ishlaydi: paxta qurilma bunkeriga kelib tushadi va ta'minlagich orqali bir-biriga qarab aylanuvchi rezina qoplamali qoziqchali barabanga yo'naltiriladi. Qoziqchali baraban 150 qiyalikda joylashtirilgan bo'lib, paxta yuqoridan pastga tomon yo'naltirilishi davomida yaxshilab titkilanadi va tozalash samarasi yuqori bo'ladi. Paxtadan ajragan mayda iflos aralashmalar to'rli yuzadan tashqariga chiqarib yuboriladi. Qurilmaning yuqori qismiga quyosh panellari o'rnatilgan bo'lib, muqobil elektr energiya kalorifrlarni qizitib qurilmaning ichki qismiga issiq havo berib turadi. Qurilma ichidagi paxta qizishi hamda yaxshilab titilishi natijasida yuqori samara bilan tozalanadi. Qoziqchali baraban qoziqchalari rezina qoplama bilan qoplangan bo'lib, paxtani qoziqchalar ish jarayonida urib ishlashida paxtaga mexanik shikastlanish keltirilmaydi. Qurilmaning uzunligi L = 10 metr bo'lib, tozalash samarasi 40 - 45 % ni tashkil qilishi bilan uning nam paxta bo'yicha ish unumi 8.0 tonna/soatni tashkil qiladi.
Qurilmaning qo'llanish joyi: yangi taklif etilayotgan qurilma, paxtani g'aramlashdan avval va g'aramlashdan keyin ishlatiladi. Eng asosiy muhim tomoni shundaki, paxtadagi iflos aralashmalar g'aramda aktivlashib tolaga yopishib ketmasdan, ular yangi qurilmada sifatli tozalaniladi.
Xulosalar:
1. Milliy va chet el mamlakatlarida ishlab chiqarilgan paxtani quritish va tozalash mashinalarini afzallik hamda kamchilik jihatlarini yanada ko'proq o'rganish.
2. Taklif etilayotgan qurilma kompleksini kichik eksperimental nusxasini tayyorlash va sinovdan o'tkazish.
3. Eksperimental qurilmada quritilgan va tozalangan paxtalarni namligi hamda tozalik foizlarini aniqlash, tahlil qilish zarur bo'ladi.
4. Ushbu paxtalarni jinlash, tolasini tozalashdan so'ng HVI - laboratoriya tizimida test sinovlarini o'tkazib, tahlil qilish, taqqoslash jadvallarini tayyorlash.
ADABIYOTLAR
1. Jabborov G.J., Otametov T.U., Hamidov A. Chigitli paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi. Toshkent "O'qituvchi" 1987 yil. 82-112 betlar.
2. T.f.d., prof Parpiyev Azimjon Parpiyevich, tayanch doktorant Saidbekova Saida Alisherovna.
Paxtani iflosliklardan tozalash bo'yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar tarixi. "Science and innovation" international scientific journal volume 1 issue 8 UIF 2022: 8.2 ISSN: 2181 -3337. 1149-1152 pages.
3. A. Parpiyev, M. Axmatov, A. Usmonqulov, M. Mo'minov. Paxta xomashyosini quritish. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik, Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2009 yil.
4. N.SH. Abduqodirov, K.R. Oqyo'lov, G.H. Jalilova. Paxta xom ashyosini quritish va tozalash. Scientific progress. Volume 2, Issue 1, 2021. ISSN: 2181-1601. 857-861 pages.
5. N.SH. Abduqodirov, K.R. Oqyo'lov, A.A. Omonov, Q.R. Raimjonov. Xom paxtani quritish va tozalash uchun regressiya modelini qurish. Scientific progress. Volume 2, Issue 1, 2021. ISSN: 21811601. 687-693 pages.
6. Р.К. Абдуллаев, Б.Т.Алиев, Ж.Б. Мамаджонов. Анализ результатов исследований по международным стандартам. Universum: технические науки №4 (109), апрель, 2023 г Стр 40 -44.
7. Р.К. Абдуллаев, Б.Т.Алиев, Ж.Б. Мамаджонов. Влияние эффективности сушки, очистки и джинорования хлопка сырца на качество волокна.
8. R.K.Abdullayev, R.M.Muradov, B.T.Aliyev. Paxta chiqindilari tarkibidagi yigiruvga yaroqli tolalarni ajratish qurilmasi. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti. "Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash tizimida innovatsion hamkorlikni rivojlantirishning muammolari va istiqbollari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Buxoro, 24-25 noyabr 2017 yil, 102-105 bet.
9. R.K.Abdullayev, A.A.Obidov, R.M.Muradov. Paxtani qayta ishlash innovatsion texnologiyalarini yaratilishida sanoat va ilm-fan o'rtasidagi kooperatsiyani yo'lga qo'yish istiqbollari. "Innovatsion rivojlanish davrida intensiv yondashuv istiqbollari" xalqaro anjumani. Namangan, 10 -11 iyul 394-398 bet.
10. B.T.Aliyev, R.K.Abdullayev, R.M.Muradov. Paxta tolasini chigitdan ajratishda yangi pnevmomexanik jin mashinasining yaratilishi va tadqiqotlar tahlili. O'zbyekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti, xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman. "To'qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishda ilm-fan integratsiyalashuvini o'rni va dolzarb muammolar yechimi" (O'zTTITI-80) materiallar to'plami. To'qimachilik materiallari texnologiyasi 2-qism. Marg'ilon, 27-28 iyul 2017 yil 106-111 bet.
11. X.T.Axmedxodjayev, A.A.Obidov, R.K. Abdullayev, M.I.Oxunjonova. Paxta tolasi tarkibidagi kalta tolalar foizini kamaytirish borasidagi olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar va natijalar taxlili. Namangan muhandislik-texnologiya instituti ilmiy-texnika jurnali. "Ishlab chiqarish texnologiyasi mummolari" Tom 4 №1 2019 3-7 bet.
12. R.K.Abdullayev, X.T.Axmedxodjayev, M.I.Oxunova, M.M.Sultonov. Paxtani jinlash jarayonida jin mashinasining seleksiya navlar bo'yicha tola sifatiga ta'sirini tahlil qilish. Namangan muhandislik-texnologiya instituti ilmiy-texnika jurnali. "Ishlab chiqarish texnologiyasi mummolari" Tom 4 №2 2019 21 -27 bet.
13. M.M.Sultonov, R.K.Abdullayev. To'qimachilik klasteri komplekslari texnologik jarayonlarida tola yo'qotilishi keskin kamaytirish chora-tadbirlari. Namangan muhandislik-texnologiya instituti ilmiy-texnika jurnali. "Ishlab chiqarish texnologiyasi mummolari" Tom 4 №3 2019 66-73 bet.
14. R.K.Abdullayev, X.T.Axmedxodjayev, O.Sh.Sarimsoqov, M.I.Oxunjonova. Paxta tolasi sifat ko'rsatkichlarini xalqaro universal standart bo'yicha aniqlanishida "sifat" sertifikatlash markazi bilan hamkorlik integratsiyasini mustahkamlash istiqbollari. Namangan muhandislik-texnologiya instituti ilmiy-texnika jurnali. NamMTI, 2018 y. 4-son 25-31 bet.
15. Mamasoliyeva, S. X., & Abduvahobov, D. A. (2021, March). Analysis Of Reduced Vibration In Geared Mechanisms. In Science in modern society: regularities and development trends: Collection of
articles following the results of the International Scientific and Practical Conference (p. 49).
16. Кучкоров, С., Косимов, А., & Мадрахимова, М. Кутариш-ташиш машиналари фанини укитишда янги педагогик технология усулларидан фойдаланиш. In Сборник материалов Международной научно-технической конференции на тему:" Современные материалы, техника и технологии в машиностроении (Vol. 2, pp. 687-690).
17.Меликулов Нормат, & кучкоров Собиржон Каримжонович (2022). ОДНОВРЕМЕННОЕ ДЕЙСТВИЕ ИЗГИБА И СЖАТИЯ В ПЛАСТИНАХ, ПОДКРЕПЛЕННЫХ ПО КОНТУРУ УПРУГИМИ ТОНКОСТЕННЫМИ СТЕРЖНЯМИ. Механика и технология, 3 (8), 64-69.
18. Кучкоров, С. К., Эксанова, С. Ш., & Туйчиева, М. В. (2022). ТЕКИСЛАГИЧГА БЕРИЛАДИГАН ТИК БОСИМ КУЧИНИ ВА УНИНГ ИШ КУРСАТКИЧЛАРИГА ТАЪСИРИНИ АНЩЛАШ. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 488-494.
19. Турдалиев Вохиджон Махсудович, кучкоров Собиржон Каримжонович, Шералиев Икромжон Иброхимович, & Эксанова Санталатхон Шаробидиновна (2023). ГАЛТАКЛИ ЭКИШ АППААТИНИ УГИТ СОЛИШГА МОСЛАШТИРИШНИ НАЗАРИЙ ТАДКЩ ЭТИШ. Механика и технология, 3 (12), 120