Научная статья на тему 'JUN TOLASINI MAYDA VA YIRIK IFLOSLIKLARDAN TOZALASHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI'

JUN TOLASINI MAYDA VA YIRIK IFLOSLIKLARDAN TOZALASHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
99
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jun tolasi / iflosliklar / kimyoviy moddalar / eritmalar yuvish / mineral aralashmalar / шерстяное волокно / примеси / химикаты / моющие растворы / минеральные смеси

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Jumaniyazov Kadam Jumaniyazovich, Urozov Mustafokul Kulturayevich

Jun tolasiga yopishgan ifloslik aralashmalarini samarali ajratishda tolaga sezilarli darajada zarar yetkazadi, bu esa jun tolasi umumiy uzunligining qisqarishi, tola sifatining yomonlashishi va vazn yo‘qolishining oshishiga olib keladi. Jun tolasining sifatini saqlab, uning massa yo‘qolishini kamaytirgan holda ifloslik bilan ifloslangan junni tozalash va yumshatish samaradorligini oshirishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Theoretical and practical principles of cleaning wool fiber from small and large impurities

Чтобы эффективно отделить примеси, прикрепленные к шерстяному волокну, оно существенно повреждает волокно, что приводит к уменьшению общей длины шерстяного волокна, ухудшению качества волокна и увеличению потери веса. Он заключается в повышении эффективности очистки и смягчении загрязненной грязи шерсти при сохранении качества шерстяного волокна и уменьшению поитери его массы.

Текст научной работы на тему «JUN TOLASINI MAYDA VA YIRIK IFLOSLIKLARDAN TOZALASHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI»

УДК: 677.026: 677.31

JUN TOLASINI MAYDA VA YIRIK IFLOSLIKLARDAN TOZALASHNING NAZARIY

VA AMALIY ASOSLARI

Jumaniyazov Kadam Jumaniyazovich.

Paxtasanoat ilmiy markazi, t.f.d., professor. +998 90 993 72 60

Urozov Mustafokul Kulturayevich. Termiz muhandislik texnologiya instituti, t.f.n., dotsent +998 94 460-20-44

Annotatsiya Jun tolasiga yopishgan ifloslik aralashmalarini samarali ajratishda tolaga sezilarli darajada zarar yetkazadi, bu esa jun tolasi umumiy uzunligining qisqarishi, tola sifatining yomonlashishi va vazn yo'qolishining oshishiga olib keladi. Jun tolasining sifatini saqlab, uning massa yo'qolishini kamaytirgan holda ifloslik bilan ifloslangan junni tozalash va yumshatish samaradorligini oshirishdan iborat.

Аннотация Чтобы эффективно отделить примеси, прикрепленные к шерстяному волокну, оно существенно повреждает волокно, что приводит к уменьшению общей длины шерстяного волокна, ухудшению качества волокна и увеличению потери веса. Он заключается в повышении эффективности очистки и смягчении загрязненной грязи шерсти при сохранении качества шерстяного волокна и уменьшению поитери его массы.

Annotation In order to effectively separate the impurities attached to the wool fiber, it significantly damages the fiber, resulting in a decrease in the overall length of the wool fiber, a deterioration in fiber quality, and an increase in weight loss. It is to increase cleaning efficiency and soften contaminated wool dirt while maintaining the quality of the wool fiber and reducing its weight loss.

Kalit so'zlar: jun tolasi, iflosliklar, kimyoviy moddalar, eritmalar yuvish, mineral aralashmalar.

Ключевая слова: шерстяное волокно, примеси, химикаты, моющие растворы, минеральные смеси.

Key words: wool fiber, impurities, chemicals, washing solutions, mineral mixtures.

Kirish. Hozirgi vaqtda to'qimachilik mahsulotlarining asosiy qismini tabiiy va kimyoviy tolalardan ishlab chiqarishga moslashtirilgan. Biroq jahon bozorida xomashyo va energiya sarfining yuqoriligi tufayli tannarxi ortishiga olib kelmoqda bu esa mahalliy xomashyosidan keng foydalanish kuchaytiradi. Tannarxi arzon hisoblangan mahalliy xomashyolardan biri jun tolasidir.Jahon to'qimachilik sanoatining junning ulushi 5%, paxta - 46%, sintetika - 46%, zig'ir - 2% tashkil qiladi. Shu bilan birga jundan tayyorlangan tayyor mahsulotlarni yalpi daromad 15 baravar yuqori bo'lib, deyarli barcha tarmoqlar faoliyatini ta'minlab aholining zarur kiyim-kechaklarga bo'lgan ehtiyojini ta'minlaydi.

Hayvonlardan qirqib, tarab yoki to'lash natijasida olinadigan tola - umumiy yetishtiriladigan jun tolasining 97-98 % qo'ylardan, 2 % echkidan, 1 % tuyalar va boshqa hayvonlardan olinadi.

Jun tolasi o'zining kimyoviy tuzilishiga ko'ra boshqa tolalardan tubdan farq qilib, kimyoviy tuzilish uning mustahkamligiga, egiluvchanligiga, shtapelligiga hamda kirishuvchanlik xususiyatlariga ta'sir qiladi. Shuningdek, jun tolasi tarkibida oz miqdorda yog', kalsiy va natriy mavjuddir. Jun tolasini tarkibidagi ifloslik 40-70 % ni tashkil etadi, junni qayta ishlashda yuqoridagi omillarga alohida e'tibor berish lozim. Jun xomashyosi

asosan 2 xil usulda tozalanadi: mexanik va kimyoviy usullarda. Mexanik usul titish-tozalash agregatlari yordamida amalga oshiriladi.

Tadqiqot materiallari va uslubi. Jun tolasiga yopishgan ifloslik aralashmalarini samarali maydalash va ajratish tolaga sezilarli darajada zarar yetkazadi, bu esa jun tolasi umumiy uzunligining qisqarishi, tola sifatining yomonlashishi va vazn yo'qolishining oshishiga olib keladi. Texnik muammo jun tolasining sifatini saqlab, uning massa yo'qolishini kamaytirgan holda ifloslik bilan ifloslangan junni tozalash va yumshatish samaradorligini oshirishdan iborat. Jun tolasini mexanik qayta ishlash uchun mo'ljallangan qurilma yon yuzasi panjaradan iborat texnologik jarayon davomida ketma-ket o'rnatilgan har bir keyingi barabanda tola kirish joyi mavjud. Bu uskunaning kamchilligi, tola kirish novi kichkina, tola chiqish novi noqulay o'rnatilgan.

1 5 2 o

1,2,3-barabanlar; 4-korpus; 5-tola bunkeri; 6-rotor; 7- urgichlar; 8-panjara; 9-tola chiqish novi; 10-tola o'tish novi; 11-chiqindi bunkeri.

1-rasm. Jun tolasini mexanik tozalash moslamasi

Jun tolasini titish va savash agregatini titish barabanlarini ma'lum qiyalik burchak ostida bir nechta qilib o'rnatish orqali jun tolasini titish, ifloslik va changdan tozalash samaradorligiga erishilgan. Ushbu uskuna to'qimachilik sohasiga tegishli bo'lib, taroqli va yigirish mashinasi uchun jun tolasini titilgan va savalgan changsiz tola xolatda yetkazib berishdan iborat. Qurilma quyidagicha ishlaydi: ta'minlagich 1 yordamida jun tola bo'laklarini o'qlari qiya joylashgan titish barabaniga 2 uzatadi, bu yerda jun tolasini titadi va undan ifloslik va changlarni tozalaydi. Toladan ajralgan ifloslik to'rli panjara yordamida mashina tagiga tushadi, tola esa kondensor 3 orqali o'tadi. Yana tola titish barabaniga 4 tushadi va qo'shimcha titish-tozalashdan o'tadi. Ikki marta tozalashdan o'tgan tola kondensorga oxirgi changdan tozalash uchun uzatiladi.

1-ta'minlagich, 2-qiya joylashgan tozalagich, 3,5-kondensorlar, 4-titish mashinasi.

2-rasm. Titish-savash uskunasi

Jun tolasi tarkibidagi iflosliklarni kimyoviy moddalar va eritmalar yordamida yuvish orqali tozalash mumkin. Jun tolasini yuvish orqali tola tarkibidagi yog'simon, mumsimon moddalar, ifloslik, mineral aralashmalardan tozalanadi. Taklif qilingan uskunaning maqsadi jun tolasini yuvish jarayonini yaxshilaydi va sifatli tola olishga mo'ljallangan. Bu uskunada siqish valiklarinig joylashuvi (yuqori yoki pastda) tola sifatiga hamda yaxshi tozalanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Yuvilmagan junni ifloslanishdan tozalash samaradorligi va sifatini oshirish, shuningdek, jun tolasining ifloslanishiga fizik-mexanik ta'sirni kuchayishi hisobiga jun yuvish moslamasining mahsuldorligini oshirishdan iborat. Bu uskunada siqish valiklari mos qilib o'rnatilgan bo'lib, xomashyo bilan uzluksiz ta'minlanib turadi. Tolani yuvish eritmasi 60 S haroratda tolani yuvish uchun uzluksiz kelishi ta'minlaydi, bu esa yuvilmagan tola o'tib ketishini oldini oladi. Tola tarkibidagi iflos moddalar miqdoriga qarab eritma harorati tanlanadi, shu bilan birga vannadagi eritmalar haroratining o'zgarishi tufayli tolaga jiddiy zarar yetkazilmaydi.

Ifloslikdan tozalash mexanizmi jun tolasini aralashtirish uchun ishlatiladigan tituvchi qoziqchali moslamadan tuzilgan bo'lib, bu qoziqchalar ikkita o'qqa mahkamlangan, o'q esa prujina yordamida rostlanadi. titish qoziqchalari yordamida jun tutami ajratiladi va tozalanadi. Ajralgan ifloslik asos qismida joylashgan to'rli yuzadan pastga tushadi va ifloslik novidan tashqariga chiqariladi. Bu uskunaning maqsadi junni titish, titilgandan so'ng sifatli tozalash, tozalash effektini oshirish va keyingi uskuna titilgan junga qulay ishlov berish imkonini beradi.

1-qopqoq plitasi; 2-o'qni mahkamlovchi qism; 3-prujina; 4-tituvchi qoziqchalar; 5-korpus; 6-qoziqchalarni harakatlantiruvchi markaziy o'q; 7-markaziy o'q va qoziqcha o'qlarini

mahkamlovchi qism 3-rasm. Antistatik jun tolasini tozalash uskunasi Titilayotgan junga yetkaziladigan zararni kamayishi, tola uzilishi va sifatini saqlagan holda energiya sarfini kamaytirish ushbu uskuna yordamida jun tolasini titish amalga oshiriladi: Xomashyo ta'minlovchi konveyrga 1 yotkaziladi, konveyr xomashyoni bir juft ta'minlovchi valiklarga 2 o'tkazadi, Jun tolasi baraban 3 va arra pichoqlaridan tayyorlangan ishchi baraban 4 aylanib, bir juft ta'minlovchi valiklar 2 tomonidan ushlab turilgan tolaning orasiga kirib boradi "A" va "B" baraban oraliq masofasidan tolaga zarar bermasdan ifloslikni yo'q qiladi. Jun tolasini titib yumshatgandan so'ng, chiqarish konveyriga 5 tashlab beradi va uskunadan tashqariga chiqariladi.

17 1

1-planka; 2-silindr. 4-rasm. Junni titish-tozalash moslamasi

Tahlil va natijalar. Jun uskunaga ta'minlagichdan uzatilib, birinchi о^тНк

aralashmalaridan tozalanadi va uzatish rulosi orqali titish-yumshatish mexanizmiga uzatiladi, bu yerda tarash va yumshatish amalga oshiriladi. Yumshatilgan jun tolasi ikkinchi uzatish rulosi orqali ikkinchi о^тНк aralashmalaridan tozalash mexanizmiga uzatiladi va qolgan aralashmalardan tozalanadi.

1-silindr; 2-qoziq tishlar; 3-qistirma; A-tishlar joylashuvi. 5-rasm. Jun tolasini о^ппПк aralashmalaridan (таЬгэИ silindrining ko'rinishi

Bosimli konveyr va pichoqli baraban xomashyoni titishi natijasida ajralgan ifloslik har bir seksiyada joylashgan ifloslik konveyri yordamida uskunadan tashqariga chiqariladi. Natijada jun barcha mayda va yirik iflosliklar, yog' va qotishmalardan tozalanadi

1-jadval

Uskuna nomlari

Ko'rsatkichlar O'lchov birligi 2BT-150Sh (180Sh) AV-18 (Polsha) Taklif etilgan uskuna

-qoziqchali baraban; birlik 2 2 3

-pichoqli baraban; 2 3 2

Aylanishlar tezligi: m/min

-pichoqli baraban; 750 64 1225

-qoziqchali baraban 1; 860 753 380

-qoziqchali baraban 2; - 1262 427

Tozalash effekti, %

-ishlab chiqarishning o'sishi, 5 % 5 % 20 %

toza tola;

-iflosliklami olib tashlash 6 % 6 % 24 %

darajasi,

Qoziqchali barabanning har birida sakkiz qatordan qoziqcha аг o'matilgan bo'lib, unga

ilashgan tola kolosnikli ра^ага ustidan sudrab o'tilishi natijasida iflosliklardan ajraladi. Ajralgan ifloslik kolosnikli panjaradan о'йЬ, ifloslik noviga tushadi va ifloslik konveyri yordamida uskunadan tashqariga chiqariladi. Tozalangan xomashyo tola chiqish novi yordamida uskunadan chiqariladi.

2-jadval

№ Ko'rsatkichlar Mayjud uskuna Так^ etilgan uskuna

1 Tolani titish darajasi, % 65 77

2 O'tlardan tozalashda jun yo'qolishi, % 4.0 3.1

3 O'simlik aralashmalaridan tozalash, % 13 21

4 Tola uzunligining qisqarish darajasi, % 0.9 0.7

Xulosa Respublikamizda junni qayta ishlash korxonalarida O-120ShM rusumli junni o'simlik aralashmalaridan tozalash uskunasidan foydalanilmoqda. Bu uskunaning asosiy kamchiligi metall sarfi ko'pligi tashqi o'lchamlari kattaligi, murakkab konstruksiyasi, ish unumdorligi kam. Bundan tashqari ta'minlash valik vintsimon, jun xomashyosini yetarlicha harakatlantira olmaydi va u vintga o'ralib qoladi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida yangi uskuna taklif qilingan. Qo'yilgan vazifani hal qilish uchun ta'minlash valigi qoziqli qilib tayyorlangan, arrali s ilindr yo'nalishida tozalovchi kolosniklar o'rnatilgan. Arrali s ilindrni hosil qiluvchi disk va arra diametri o'lchamlari farqi 0,006 mm bo'lib uning harakatlanish yo'nalishiga qarama-qarshi aylanuvchi urib tushiruvchi valik orasidagi tirqish 0-0,002 mm qilib tayyorlangan.

ADABIYOTLAR

1. Toshbekov O.A., Urozov M.K., Boltaeva I.B., Hamraeva M.F. Use of wool fabrics, classification and coding of wool fabrics // World Bulletin of Public Health. 2022. T 11, S. 6871.

2. Urozov M.K., Toshbekov O.A., Raximova K., Bobomurodov E. Jun tolasi diametri va notekisligi aniqlash. Eurasian Journal Of Academic Research. 2022. Vol 2, № 13. R. 789-791.

3. Toshbekov O.A., Urozov M.K., Baymurova N.R., Hamraeva M.F. Processes of bleaching and discolouring of wool fibers // International journal of social science & Interdisciplinary research issn. 2022. T 11, № 6. S. 231-235.

4. Urozov M.K., Toshbekov O.A., Raximova K. Junni qalinligini sinovdan o'tkazish usullari. Eurasian Journal Of Academic Research. 2022. Vol 2, № 13. R. 784-788.

5. Toshbekov O.A., Urozov M.K., Qulmuminov O. Noto'qima matolarning shovqunni kamaytirish va yuqori moslashuvchanlik xossalarini aniqlash // Eurasian Journal Of Academic Research. 2022. Vol 2, №13 R 772-777.

6. Toshbekov O.A., Urozov M.K., Juraqulov E.N., Raximqulova S.A. Mechanical and Chemical Processing Chemical Processing of Wool Fiber // Technology. International Journal on Integrated Education. 2021. Vol 4, № 9, S. 145-146.

7. Toshbekov O.A., Urozov M.K. Noto'qima matolarning defarmatsion tavsifini bashorat qilish, bvholash va aniqlash uslubiyati // Yevraziyskiy jurnal akademicheskix issledovaniy. 2023. Vol 3, № 4 R. 7-9.

8. Toshbekov O.A., Urozov M.K. Chorvachilikda yetishtiriladigan dag'al junlarni kimyoviy va mexanik usulda qayta ishlash orqali mayin jun olish texnologiyasini yaratish // Intelektual mulk agentligi. 2021. № DGU 12949.

9. Toshbekov O.A., Urozov M.K., Radjapova D.A. Mahalliy dag'al jun tolasidan to'qimachilik sanoatida foydalanish imkoniyatlarini o'rganish // TerDUnashr- matbaa markazi nashriyoti. (Monogirafiya)Termiz. 2021. 48-56 b.

10. Imomqulov, U. B., Imomov, M. H., & Akbaraliyev, X. X. (2020). Theoretical Justification of Some Parameters of the Metering Device. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 7(11), 15879-15884.

11. Айдаров, Ш. Г., Йулдашев, О., Имомкулов, У., Аликулова, Г., & Вахобова, С. (2020). К ОПРЕДЕЛЕНИЮ ПРЕДЕЛА КОНКРЕТИЗИРУЮЩИХ ПАРАМЕТРОВ СЕМЯН ПО ВЫДЕЛЯЕМОСТИ ПОСЕВНЫХ СЕМЯН ИЗ ИСХОДНОГО МАТЕРИАЛА. In

ИННОВАЦИОННЫЙ ПОТЕНЦИАЛ РАЗВИТИЯ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ТЕХНОЛОГИИ, ИННОВАЦИИ, ДОСТИЖЕНИЯ (pp. 30-39).

12. Имомкулов, У. Б. (2017). УСОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ДРАЖИРУЮЩЕГО УСТРОЙСТВА ДЛЯ СЕМЯН СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ КУЛЬТУР. In Научно-практические пути повышения экологической устойчивости и социально-экономическое обеспечение сельскохозяйственного производства (pp. 1221-1224).

13. Xusniddin o'g'li, K. D., & Hikmatillo o'g'li, H. D. (2022). YO'L-TRANSPORT EKSPERTIZASINI O'TKAZISHDA TRANSPORT VOSITALARI TEZLIGINI BAHOLASH. Uzbek Scholar Journal, 5, 1-4.

14. Джураев, А. Д., Мухамедов, Ж. М., Абдувахобов, Д. А., Махсудов, А. П., & Хабибуллаев, Д. Х. У. (2022). Тишли борона тиши изларининг кенглигини аниклаш. Механика и технология, 3(8), 82-86.

15. Турдалиев, В. М., Акрамович, X,. У., Уктамов, С. М., & Рахимбердиев, Д. Т. У. (2022). МикроГЭСнинг тажрибавий усулда таджик; этиш ва сув гилдирагининг фойдали иш коэффициентини аниклаш. Механика и технология, 3(8), 38-46.

16.Акрамович, X. У., & Набижонов, У. А. У. (2023). ПАСТ БОСИМЛИ ОКИМЛАРГА МУЛЖАЛЛАНГАН МИКРОГЭСНИНГ ЩТИСОДИЙ САМАРАДОРЛИГИНИ ХИСОБЛАШ. Научный Фокус, 1(1), 666-668.

17. Мухамедов, Д., Умурзаков, А. Х., & Абдувахобов, Д. А. (2019). РЕЗУЛЬТАТЫ ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ ПО ОБОСНОВАНИЮ ПАРАМЕТРОВ ШАРНИРНО-ЗУБОВОЙ БОРОНЫ. In ВКЛАД УНИВЕРСИТЕТСКОЙ АГРАРНОЙ НАУКИ В ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ АГРОПРОМЫШЛЕННОГО КОМПЛЕКСА (pp. 291-295).

18. Abduvahidovich, A. D., Jobirhon, M., & Hakimovich, U. A. (2016). Layout diagram of the hinged oscillatory spike-tooth harrow and determination of its row-spacing width. European science review, (5-6), 175-176.

19. Турдалиев, В. М., Комилов, С. Р., Саидюсупов, М. Б. У., Акбаралиев, Х. Х. У., & Рахимбердиев, Д. Т. У. (2022). Уклараро масофаси узгарувчан занжирли узатма етакланувчи юлдузчасининг вертикал тебранишини тадкик этиш. Механика и технология, 3(8), 25-31.

20. Турдалиев, В. М., Косимов, А. А., Комилов, С. Р., & Абдухалилова, М. Г. (2022). Структурный и геометрический анализы цепной передачи с переменным межосевым расстоянием. Весник машиностроения, (4), 20-24.

21. Djuraevich, D. A., Maxsudovich, T. V., & Adixamjonovich, Q. A. (2016). Definition of movement laws of winging and milling drums of the unit for processing of soil and crops of seeds. European science review, (5-6), 197-200.

22. Турдалиев, В. М., Аскаров, Н. Н., Косимов, А. А., & Махкамов, Г. У. (2018). КИНЕМАТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ РЕМЕННЫХ ПЕРЕДАЧ С ЭКСЦЕНТРИЧНЫМ НАТЯЖНЫМ РОЛИКОМ. Научное знание современности, (6), 85-90.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.