Научная статья на тему 'Paxtani mayda iflosliklardan tozalash uskunalari uchun yoysimon qoziqchalarning nazariy hisobi va tajribada sinash'

Paxtani mayda iflosliklardan tozalash uskunalari uchun yoysimon qoziqchalarning nazariy hisobi va tajribada sinash Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
391
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
paxta / mayda ifl oslik / qoziqli / to‘rli / ifl oslik / yoysimon qoziqcha / to‘rli yuza / rezinali qistirma / 1XK paxta tozalagich. / сotton / fine dirt / lint / mesh / dirt / arc lint / mesh surface / rubber seal / 1HK cotton cleaner

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Egamberdiyev Fazliddin Otaqulovich, Xolmuratov Oybek Yarkinovich

Ushbu maqolada paxtani tozalash korxonalarida ishlatiladigan chigitli paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalash uskunalari tahlili hamda yechimlari keltirilgan. Uskunalarning konstruksion tahlillari asosida kamchilik va afzalliklari asoslangan. Bundan tashqari, chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash uskunalari tozalash samaradorligi ko‘rsatkichlarining terim turiga ta’siri o‘rganilgan. Tahlillar asosida chigitli paxtaning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish zarurligi ta’kidlangan. Rezinali qistirma hamda yoysimon qoziqchalarning takomillashtirilgan konstruksiyasi nazariy hisobkitob qilingan. Yoysimon qoziqcha hamda rezinali qistirmaning matematik modeli va yangi kontruksiyasi ishlab chiqilib, Jizzax viloyati Zarbdor tumani paxta tozalash korxonasining tozalash sexida joylashgan 1XK mashinasiga o‘rnatildi va tajriba-sinov o‘tkazildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Theoretical calculation and experimental testing of arcuate piles for equipment cleaning cotton from minor impurities

This article provides information on the review and solutions for a piece of equipment destined for cleaning seed cotton from minor and major impurities used in cotton ginning enterprises. The advantages and disadvantages of the equipment are being based on a structural analysis. Moreover, the study covers issues of the effects of the cleaning efficiency indicators of the seed cotton cleaning equipment on cotton harvesting strategies. According to the review, scientific research on improving the quality indicators of seed cotton is considered very relevant. A better design of rubber gaskets and arched piles has been theoretically developed. The research has resulted in the development of a mathematical model and a new design for an arc-shaped hook and a rubber seal, a 1XK machine installed in the cleaning workshop of a cotton ginning enterprise in Zarbdar district, Jizzakh region, and experimental testing.

Текст научной работы на тему «Paxtani mayda iflosliklardan tozalash uskunalari uchun yoysimon qoziqchalarning nazariy hisobi va tajribada sinash»

S

d ) https://dx.doi.org/10.36522/2181-9637-2023-6-7 UDC: 677.051.164.9(045)(575.1)

PAXTANI MAYDA IFLOSLIKLARDAN TOZALASH USKUNALARI UCHUN YOYSIMON QOZIQCHALARNING NAZARIY HISOBI VA

TAJRIBADA SINASH

Egamberdiyev Fazliddin Otaqulovich,

fizika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, ORCID: 0000-0003-0970-2423, e-mail: [email protected];

Xolmuratov Oybek Yarkinovich,

assistent, e-mail: [email protected];

Jizzax politexnika instituti

Kirish

Hozirgi vaqtga kelib, barcha sohalarda bo'lgani kabi paxtani dastlabki qayta ishlash sohasida ham bir qancha ijobiy o'zgarishlar yuz bermoqda. Paxta tozalash korxonalarida resurstejamkor texnologiyalar joriy etilib, paxtadan dunyo bozori talablariga javob beradigan raqobatbardosh mahsulot olish bo'yicha bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Chigitli paxtani iflosliklardan toza-lash chigitli paxtani dastlabki qayta ishlash texnologik jarayonining muhim bosqichlari-dan biri bo'lib, bu mahsulotning sifat ko'r-satkichlariga ko'p jihatdan bog'liqdir. Hozirgi kunga kelib, paxta qo'l terimining qis-qarishi va mashina terimining ortib bori-shi qo'l mehnati kamayishi, terimning sama-radorligi oshishiga olib kelmoqda, ammo terilgan paxta sifat ko'rsatkichlarining qo'l terimiga nisbatan birmuncha yomonla-shishiga sabab bo'lmoqda. Bu esa, o'z nav-batida, paxta tarkibidagi ifloslik va nuqson-lar oshishiga olib keladi. Paxta tarkibidagi ifloslik va nuqsonlar miqdorini kamay-tirishning yo'llaridan biri - bu paxta toza-lash jarayonining tozalash samaradorligini

Annotatsiya. Ushbu maqolada paxtani tozalash korxonalarida ishlatiladigan chigitli paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalash uskunalari tahlili hamda yechimlari keltirilgan. Uskunalarning konstruksion tahlillari asosida kamchilik va afzalliklari asoslangan. Bundan tashqari, chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash uskunalari tozalash samaradorligi ko'rsatkichlarining terim turiga ta'siri o'rganilgan. Tahlillar asosida chigitli paxtaning sifat ko'rsatkichlarini yaxshilash bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish zarurligi ta'kidlangan. Rezinali qistirma hamda yoysimon qoziqchalarning takomillashtirilgan konstruksiyasi nazariy hisob-kitob qilingan. Yoysimon qoziqcha hamda rezinali qistirmaning matematik modeli va yangi kontruksiyasi ishlab chiqilib, Jizzax viloyati Zarbdor tumani paxta tozalash korxonasining tozalash sexida joylashgan 1XK mashinasiga o'rnatildi va tajriba-sinov o'tkazildi.

Kalit so'zlar: paxta, mayda ifloslik, qoziqli, to'rli, ifloslik, yoysimon qoziqcha, to'rli yuza, rezinali qistirma, 1XK paxta tozalagich.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ РАСЧЕТ И ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНОЕ ИСПЫТАНИЕ ДУГОВЫХ СВАЙ ДЛЯ ОБОРУДОВАНИЯ ПО ОЧИСТКЕ ХЛОПКА-СЫРЦА ОТ МЕЛКИХ ПРИМЕСЕЙ

Эгамбердиев Фазлиддин Отакулович,

доктор философии по физическим наукам (PhD), доцент;

Холмуратов Ойбек Яркинович,

ассистент

Джизакский политехнический институт

05.06.02 - TO'QIMACHILIK MATERIALLARI TEXNOLOGIYASI VA XOMASHYOGA

DASTLABKI ISHLOV BERISH

Аннотация. В данной статье представлена информация по анализу оборудования для очистки семенного хлопка от мелких и крупных примесей, используемого на хлопкоочистительных предприятиях, и разработке решений по его совершенствованию. Достоинства и недостатки оборудования выявлены на основе структурного анализа. Кроме того, было изучено влияние показателей эффективности очистки хлопкоочистительного оборудования на тип уборки. На основании анализа необходимо провести научные исследования по улучшению качественных показателей хлопка-сырца. Теоретически рассчитана усовершенствованная конструкция резиновых прокладок и арочных свай. Разработана математическая модель и новая конструкция дугообразного крючка и резинового уплотнителя, установленных на машине 1ХК, расположенной в очистительном цехе хлопкоочистительного предприятия Зарбдарского района Джизакской области, и проведены экспериментальные испытания.

Ключевые слова: хлопок, мелкий сор, ворс, сетка, грязь, дуговой ворс, сетчатая поверхность, резиновое уплотнение, хлопкоочиститель 1ХК.

THEORETICAL CALCULATION AND EXPERIMENTAL TESTING OF ARCUATE PILES FOR EQUIPMENT CLEANING COTTON FROM MINOR IMPURITIES

Egamberdiev Fazliddin Otaqulovich,

Doctor of Philosophy in Physical Sciences (PhD), Associate Professor;

Kholmuratov Oybek Yarkinovich,

Assistant

Jizzakh Polytechnic Institute

Abstract. This article provides information on the review and solutions for a piece of equipment destined for cleaning seed cotton from minor and major impurities used in cotton ginning enterprises. The advantages and disadvantages of the equipment are being based on a structural analysis. Moreover, the study covers issues of the effects of the cleaning efficiency indicators of the seed cotton cleaning equipment on cotton harvesting strategies. According to the review, the scientific research on improving the quality indicators of seed cotton is being considered very relevant. A better design of rubber gaskets and arched piles has been theoretically developed. The research has resulted in the development of a mathematical model and a new design for an arc-shaped hook and a rubber seal, a 1XK machine installed in the cleaning workshop of a cotton ginning enterprise in Zarbdar district, Jizzakh region, and experimental testing.

Keywords: rntton, fine dirt, lint, mesh, dirt, arc lint, mesh surface, rubber seal, 1HK cotton cleaner.

oshirishdir (Sirojiddinov, 2020), (Ulug'mura-dov, Abbazov, & Muradov, 2020).

Hozirgi vaqtda chigitli paxtani dastlab-ki ishlash texnologiyasida ishlab turgan chigitli paxtani tozalash mashinalarini takomil-lashtirish orqali yuqori sifatli paxta chiqishini ta'minlash, sifatini yaxshilash, samaradorlik va unumdorlikni oshirish dolzarb masalalar-dan sanaladi. Shularni inobatga olgan holda, chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash uskunasini konstruksion tahlil qilish va sama-rali konstruksiyasini ishlab chiqishga zarurat tug'ilmoqda.

Paxta xomashyosini tozalovchi uskunalar mayda va yirik organik iflosliklardan tozalash turlariga bo'linadi. Paxtani mayda iflosliklardan tozalash barabanli va shnekli tozalagichlarda amalga oshiriladi. Paxta xomashyosini mayda iflosliklardan tozalash muhim jarayon bo'lib, bu keyingi bosqichlarda qayta ishlash, ya'ni jinlash va tolani tozalash jarayonlariga katta ta'sir qiladi. Agar mayda iflosliklar yetarli darajada tozalanmasa, u passiv ifloslikdan aktiv ifloslikka o'tadi va keyingi jarayonlarda, ya'ni jinlash va tola tozalagichda ajratilishi qiyinlashadi. Natijada tola va chigit shikastlanib, elektr energiya sarfi oshadi. Paxta xomashyosidan mayda iflosliklarni ajratuvchi barcha tozalagichlar bir xil usulda ishlaydi. Ya'ni paxta xomashyosi qoziqli barabanlarda titkilanib, to'rli yuza sirtlari orqali harakatlantiriladi. Bu jarayon bir necha marotaba takrorlanadi va chigitli paxta xomashyosi mayda iflosliklardan tozalanadi.

Material va metodlar

Tozalanish samaradorligi qoziqli bara-banlar aylanishlar soni, to'rli yuzasi va paxta xomashyosining sifat ko'rsatkichlariga bog'liq.

6A-12M rusumli shnekli tozalash uskunasi (1-rasm) ikkita parallel joylashgan bir xil seksiyalardan iborat bo'lib, har bir seksiya mustaqil alohida yuqori (1) va pastki (2) tozalovchi qoziqli shneklar hamda to'rli yuza (3)dan tashkil topgan (Zikriyoyev, 2019).

6A-12M rusumli chigitli paxtani tozalash uskunasiga uzatilayotgan xomashyo har bir seksiya uchun ikkiga ajratilib etkazib beriladi. Avval yuqori kamerada joylashgan qoziqchali

ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH PRINT ISSN 2181-9637

НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ ONLINE ISSN 2181-4317

SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT 6 / 2023

05.06.02 - TO'QIMACHILIK MATERIALLARI TEXNOLOGIYASI VA XOMASHYOGA

DASTLABKI ISHLOV BERISH

shneklarda tozalangan chigitli paxta shnek oxiridan shaxta orqali pastki kameraga o'tadi. Qoziqchali shneklar paxtani titib, zarba berish yordamida uning tarkibidagi mayda iflos aralashmalardan tozalaydi. Shuningdek,

qoziqchali shneklar aylanasi o'qi paxta to'rli yuza uzunasi bo'yicha harakatlanadi. Har bir seksiyadan ajratib olingan mayda iflos aralashmalar ifloslik shnegiga tushadi va uskunadan tashqariga chiqariladi.

1) yuqori qoziqli shnek; 2) pastki qoziqli shnek; 3) kolosnikli panjara; 4) qoziq; 5) chiqindi shnegi; 6) uzatuvchi shaxta 1-rasm. 6A-12M rusumli shnekli tozalash uskunasi sxemasi

Bugungi kunda chigitli paxtani mayda iflos aralashmalardan tozalash uskunalarini yig'ishni osonlashtirish maqsadida tarkibida bir juft qoziqli-plankali baraban bo'lgan EN.178 rusumli bo'linma ishlatiladi (2-rasm).

Bu bo'linmalardan to'rttasi yig'ilib, 1XK rusumdagi (3-rasm) sakkizta qoziqli-

plankali barabanli tozalash uskunasi ishlab chiqarildi. EN.178 bo'linmalarning qulayligi kerakli sondagi qoziqli-plankali barabanlarga ega mayda iflos aralashmalardan tozalash uskunasini hosil qilish imkonini beradi. Bu bo'linmalardan UXK agregatida ham foydalaniladi (Jabborov, & et al., 1987).

J [ p^4 \t-\ Jl * \ \1

/ f\ ^ ^ ч J Г \\ ™ / > / -

1) rama; 2) qoziqli-plankali baraban; 3) to'rli yuza 2-rasm. EN.178 rusumli tozalagich bo'linmasi

05.06.02 - TO'QIMÄCHILIK MÄTERIÄLLÄRI TEXNOLOGIYASI VA XOMASHYOGA

DASTLABKI ISHLOV BERISH

1) boshlang'ich me'yorlashtirilgan qoziqli bo'lim - EN. 178.01 (ta'minlovchi valiklar bilan); 2-, 4) ustun; 3) me'yorlashtirilgan qoziqchali-plankali bo'lim - EN. 178.02; 5) chiqindi bunkeri 3-rasm. 1XK rusumli tozalash uskunasining sxemasi

Tadqiqot natijalari

1XK paxta tozalagichida tiqilishlar kuzatiladi. Buning sababi oldindan titilmagan paxta xomashyosida yetarlicha zieh bo'lgan bo'lakchalar mavjud bo'lib, ularning o'lchami to'rli yuzalar o'lchamidan katta bo'lganligi bois to'rli yuza teshiklari berkilib qoladi. Agar bir necha bo'laklar teshikka tiqilib qoladigan bo'lsa, ayniqsa, namligi yuqori bo'lgan chiqindilar yuzalarda qavatlar hosil qiladi va barabanning sekinlashishi, ba'zan to'xtab qolishiga olib kelishi mumkin.

Paxta xomashyosini mayda iflosliklardan tozalash uchun asosan, 1XK, SCH-2 (4-rasm) tozalagichlari va yirik iflosliklardan tozalash uchun UXK tipidagi paxta tozalash agregat-laridan amalga oshiriladi. 4-rasmda tarkibli qoziqchalari bo'lgan baraban sxemasi keltiril-gan. Ishlash jarayonida rezinali vtulka [5)ning deformatsiyalanishi hisobiga qoziqcha [2)lar tebranib, paxtaga intensiv ta'sir qiladi. Natijada mayda chiqindilarning ajralishi intensivlashadi (Safayev, et al., 1982). Ammo konstruksiya murakkabligi tufayli qo'llanilishi chegaralangan.

1) EN-178 qoziqli bloklari; 2) ustun; 3) bunkerlar 4-rasm. 1XK markali paxta xomashyosi tozalagichi

1) baraban; 2) qoziqcha; 3) sterjen;

4) qobiq; 5) rezinali vtulka Tarkibli qoziqchalari bo'lgan baraban sxemasi

70

ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT

a) qayishqoq asosli qoziqcha b) to'g'ri tekis yuzali qoziqcha sxemasi

5-rasm. Qoziqchalarning konstruktiv sxemalari

5-rasmda baraban qoziqchasining qayishqoq asosga o'rnatilgan sxemasi (a) va to'g'ri tekis yuzasi qoziqcha sxemasi (b) keltirilgan. Bu konstruksiyalar ham murak-kabligi tufayli ishlab chiqarishda keng qo'llanilmagan.

Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, chigit-li paxtani mayda iflosliklardan tozalash usku-nasining tozalash samaradorligini oshirish hamda chigitli paxta tarkibidagi chigit va to-laning mexanik shikastlanishini kamaytirish maqsadida qoziqli baraban konstruksiyasini takomillashtirish bo'yicha texnik yechim ishlab chiqildi (6-rasm).

Taklif etilayotgan yoysimon qoziqchali-re-zinali qistirmaga ega bo'lgan plankali qoziqli barabanning amaldagi paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasidan farqi shundaki, mav-jud va taklif etilayotgan mashinalarga o'rnatilgan qoziqchalar uzunligi 50 mm 12 diametr bo'lib, qoziqchalar va to'rli yuza orasidagi masofa 14 mm. Mavjud tekis uchli qoziqchalar (b-rasm) takomillashtirilib yoysimon holga keltirilib (a-rasm) bu qoziqlar tozalanayotgan paxtani ichiga oson kirib-chiqishi ta'minlandi va tozala-nayotgan paxtaga zarba qoziqlarning yoysimon uchlari orqali beriladi. Natijada paxta tarkibidagi chigit va tolalar shikastlanishi kamayadi.

J InflnflnflnflnflnflnMn A

1 1- V 1 * _. L iL ~1 t \

f 1 — _j-li—J

S

ill (Л 1 1 ^ 1 1

/ 1 l\

i 1 —1—

8

/

ъ

a) rasm b) rasm

1) qoziqlar; 2) rezinali qistirma 6-rasm. Taklif etilayotgan yoysimon qoziqchali-rezinali qistirmaga ega bo'lgan

plankali qoziqli baraban sxemasi

ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT

71

05.06.02 - TO'QIMACHILIK MATERIALLARI TEXNOLOGIYASI VA XOMASHYOGA

DASTLABKI ISHLOV BERISH

Mavjud chigitli paxtani mayda iflos aralashmalardan tozalash uskunalarida bir juft qoziqli-plankali baraban bo'lgan EN.178 rusumli bo'linma ishlatiladi (2-rasm). Taklif etilayotgan qoziqli baraban bo'g'inlariga o'rtacha qattiqlikka ega bo'lgan rezina qistirma (2)ning qoziqchalardan 12^13 mm ga uzunroq qilib o'rnatilishi esa rezinali qistirmalarning to'rli yuza bilan orasidagi

masofa 1^2 mm ni tashkil qilishi hisobiga to'rli yuzada paxta bo'lakchalari va iflosliklar bo'lmaydi va natijada tozalash samaradorligi oshadi.

Tadqiqot natijalari tahlili

Bundan tashqari, paxta bo'lakchalariga ta'sir qiluvchi yoysimon qoziqchalar natijasidagi setka bo'ylab harakati o'rganildi (6-rasm. a, b va d rasmlar).

1) to'rli yuza; 2) baraban bo'g'indagi rezina; 3) yoysimon uchli qoziqcha; 4) paxta bo'lakchasi 7-rasm. Yoysimon qoziqcha bilan to'r yuza orasidagi paxta bo'lakchasining harakat sxemasi

AB = 5X bo'yicha differensial tenglamasini ifodalaymiz. Yoysimon qoziqchaning paxta oqi-miga ta'sir qiluvchi tashqi kuchlar natijasidagi harakat tenglamasini aniqlaymiz. Paxta oqi-

miga ta'sir qiluvchi tashqi kuchlar keltirilgan: Fuu - ishqalanish kuchi, F3ji - baraban bo'g'inidagi paxta oqimiga ta'sir qiluvchi elastiklik kuchi;

05.06.02 - TO'QIMACHILIK MATERIALLARI TEXNOLOGIYASI VA XOMASHYOGA

DASTLABKI ISHLOV BERISH

m • ш2 • R - markazdan qochma kuch; m • g - paxtaning og'irlik kuchi.

\ mS = mg sin p-F^

[mo}2R = N-F3n- mgcos<p

\mS = -mgcosifx + y)~ fN I mm2R = N -F311 -mgsm(a + y)

(1)

(2)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Boshlang'ich sharoitdan foydalanib, chang-li mahsulotning dastlabki harakatini t=0 S = v05 = 0 ^ c = v0 tahlil qilamiz:

f-s

S = e *■ -v0

Bu ifodani integrallab, quyidagi ko'rinishga keltiramiz:

(2) tenglamadan qoziqcha sirtiga ta'sir qiluvchi normal bosim kuchini aniqlaymiz:

N = mw2R + mg sin(a + у) + к • Ax (3)

(3) tenglamani (2) tenglamadagi N normal bosim kuchiga qo'yamiz:

mS = -mgcos(a+y)-f(mti>2R+mgsin(a+y)+kAx) (4)

(4) tenglamani sodda ko'rinishga kelti-

dS dt

-e

f-s f-s

vn => e R ■dS - vndt

R

— I /

R =v0 •t + c2

(8)

Boshlang'ich shartdan foydalanib, s2 o'z-

garmasni aniqlaymiz: t=0 S = 0

c„ =

ramiz:

/•«e2

m-S + --S = —m • g ■ cos(a + /) —

R (5)

— f-m-g- sin(<z + y) — f • k • Ax

(5) tenglama ikkinchi tartibli bir jinsli bo'lmagan differensial tenglamani bir jinsli va xususiy ko'rinishda aniqlaymiz:

/ о 2 ✓ W Л

2dS R (6)

-g-cos(pc + y)-f-к-Ax

(6) differensial tenglamasining umumiy yechimini aniqlash uchun dastlab bir jinsli qismini hisoblaymiz:

T = T1 + T2

Bu yerda T1 - bir jinsli qismi; T2 - xususiy ishi.

+ S2=T, belgilash kiri-

2 dL, R 10

tamiz.

2 •/

.q (7) T1 = S2 ni (12) tenglikka qo'yamiz:

2 fs f-S

S2=e R -Cl^>S = e R -c,

R

'2 = - "

Aniqlangan s2 o'zgarmas qiymatini (8) tenglikka qo'yamiz:

R -is R

— eR = vn - t л—

f ° /

/ R

S = In

/ R

Л

vn • t +1

■S = - In /

v0-/ + l

S = - In /

v0-/ + l

(9)

(6) differensial tenglamaning umumiy yechimini aniqlash uchun bir jinsli bo'lmagan qismini hisoblaymiz va:

T2 = M sina + N cosa

(10)

ko'rinishida ifodalaymiz

T2 = M cosa + N sina T2 = M sina + N cosa

Bu ifodani (6) tenglamaga qo'yamiz:

M ■ N fx* f xr ■ --sina--cosa + --M cos a — — • N sm a =

2 2 R R

= —fgsm a - g cosa

Bu ifodadan A va V o'zgarmas qiymatlarni aniqlaymiz:

M = 2RMR-2) N=2Rg(2f+R)

>2 , Л fl » d2 . л

R + 4/

R2+ 4f2

T,=

2-R-f-g-{R-2).„ 2-R-g-(2-f2 + R)

R2 +4- f2

R2 +4- f2

(11)

73

PRINT ISSN 2181-9637 ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH

ONLINE ISSN 2181-4317 НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ

6 / 2023 SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT

05.06.02 - TO'QIMACHILIK MATERIALLARI TEXNOLOGIYASI VA XOMASHYOGA

DASTLABKI ISHLOV BERISH

AV sirtidagi paxta oqimi harakatini ifodalovchi tenglamaning umumiy ko'rinishini hosil qilamiz:

S = ^ In /

Vn-i + l

2-R-f-g-(R-2) .

+-, ,—-smar-

R +4-/

2-R-g-(2-f+R) f-k-to

--, ,—- cos a ---

R2+4-f2 m

(12)

(12) tenglama paxta oqimining iflosliklarni ajratishda markazdan qochma kuchi, qamrash burchagiga ishqalanish koeffitsiyenti va oraliq masofalariga bog'liqlik tenglamasi keltirib chiqarildi. Bu tenglamaning harakat traektoriyasi Maple dasturidan foydalanib, grafiklarda tahlil qilingan va ratsional qiymatlari aniqlangan.

8-rasm. Paxta oqimi harakatini 1-yoysimon qoziqcha ta'siridagi turli xil tezlikdagi = 6,5 м/с, B2 = 7 м/с, ö3 = 7,5 м/с, iflosliklardan ajratishda yoy uzunlikdagi vaqtga bog'liqlik grafiklari

9-rasm. Paxta oqimi harakatini turli xil 1-yoysimon qoziqcha ta'siridagi turli xil = 6,5 м/с, Q2 = 7 м/с, ö3 = 7,5 м/с, tezlikdagi iflosliklardan ajratishda uzatishda markaziy

burchakka bog'liqlik grafiklari

Ushbu ilmiy tadqiqot ishining yo'nalishi chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash 1XK taribli UXK agregati texnologiyasidagi mayda iflosliklardan tozalagichidagi qoziqli barabanlar konstruksiyasini takomillashtirish bilan uning tozalash samarasini oshirishdan iboratdir.

Xulosalar

O'tkazilgan tahlillar asosida quyidagi xulo-salar olindi:

Mahalliy va xorijiy paxta tozalash tex-nologiyalarida ishlatiladigan tozalagichlar-

ning tahlili asosida chigitli paxtadan mayda iflosliklarni tozalash jarayonida ish unumdor-ligini oshirish yo'llari va tozalash uskunasi sa-marali ishlashini ta'minlash maqsadida paxta tolalariga shikast yetkazmasdan tozalash samaradorligini oshirish texnologiyasini qo'llash zarurligi aniqlandi.

Nazariy va amaliy tadqiqotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, mavjud uskunalarda o'rnatilgan qoziqchali-plankali barabanni takomillashti-rish borasida izlanishlar yetarli darajada olib borilmagan.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

S

Mavjud chigitli paxtani mayda iflos aralashmalardan tozalash uskunalaridagi EN.178 rusumli bo'linmaning bir juft qoziq-li-plankali baraban qoziqchalarining tekis uchlari bilan berilgan zarba chigit va tolalar-ni shikastlashi asoslanib, qoziqli baraban plankalarning to'rli yuza sirti bilan orasida-gi masofa uzoq bo'lganligi sababli to'rli yu-zalar sirtlarini tozalashda samara bermasligi aniqlandi.

Shu sababli qattiqligi o'rtacha bo'lgan, to'rli yuza sirti bilan orasidagi masofa 1^2 mm.ni tashkil qilgan rezinali qistirmalarni

qo'llash to'rli yuzadagi tiqilishlarning oldini olishi nazariy va amaliy isbotlangan.

Ilmiy tadqiqotlar ko'p o'tkazilganligiga qaramasdan, xorijiy va mahalliy uskunalarda o'rnatilgan mavjud qoziqchalar zarbasi ta'siri-da tolalarga yetkazilayotgan shikastlanishlar hamda to'rli yuzada tiqilishlar bartaraf etil-magan. Yuqoridagilarni inobatga olib, mavjud qoziqchalar shakliga o'zgartirish kiritish ham-da to'rli yuzadagi tiqilishlarning oldini olish maqsadida yangi konstruksiyadagi qoziqcha-li-plankali barabanni ishlab chiqish zarur deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. Budin, E., & et al. (1989). The influence of raw cotton moisture content on the intensity of release of small weeds. Cotton Industry.

2. Burnashev, R. (1984). Theoretical foundations of raw cotton cleaning. Dissertation of DSc. Kostroma.

3. Cocke, J., & Garner, W. (1972). Effect on ginning and spinning efficiency and cotton quality of fiber moisture, seed cotton cleaning and lint cleaning. USDA-ARS Production Res. Rep., 143.

4. Jabborov, G., & et al. (1987). Chigitli paxtani ishlash texnologiyasi [Seed cotton processing technology]. Tashkent: O'qituvchi.

5. Juraev, A. (2020). Optimization of parameters of a fibrous material cleaner from small debris.

6. Lugachev, A. (1981). Study of the main elements of raw cotton purifiers in order to improve the quality indicators of the process. PhD thesis. Tashkent.

7. Miroshnichenko, G., Tyutin, P., & Lugachev, A. (1977). Calculation and design of raw cotton purifiers from small debris. Cotton Industry(2).

8. Ochilov, M., & Kholmuratov, O. Experimental Determination of Cotton Raw Materials Separation in Improved Delivery Structure. Proceedings of the International Scientific Conference on Agricultural Machinery Industry "Interagromash".

9. Ochilov, M., Xolmuratov, O., & Raxmonov, X. (2023) Experimental determination of the efficiency of the new design of the UXK, 1XK seed cotton cleaners from small and large impurities. Proceedings of the Conference: Current problems and development trends of modern research, innovations, techniques and technologies. Jizzakh.

10. Paxtani dastlabki qayta ishlash [Primary processing of cotton]. (2019). Tashkent: Scientific Center of Cotton Industry JSC.

11. Safaev, A., & et al. (1982). Study of the interaction of fine litter pegs with raw cotton. Cotton Industry(6), 18-19.

12. Sirojiddinov, F. (2020). Paxta xomashyosini tozalash texnologik jarayonlarini modellashtirish asosida takomillashtirish [Improvement of technological processes of cleaning cotton raw materials based on modeling]. PhD thesis. Tashkent.

13. Tashpulatov, D. (2020). Paxtani yirik iflosliklardan tozalash agregati ishchi elementini takomillashtirish asosida tozalash samaradorligini oshirish [Improving the cleaning efficiency based on the improvement of the working element of the unit for cleaning cotton from large impu. PhD thesis, p. 121. Tashkent.

05.06.02 - TO'QIMACHILIK MATERIALLARI TEXNOLOGIYASI VA XOMASHYOGA

DASTLABKI ISHLOV BERISH

14. Ulug'muradov, X., Abbazov, I., & Muradov, R. (2020). Paxta tarkibidan mayda iflosliklarni ajratib oluvchi yangi uskuna konstruksiyasi tahlili [Analysis of a new equipment design for removing small impurities from cotton]. Journal of Technical Sciences, 60-66.

15. Xakimov, S. (2016). Paxtani iflosliklapdan tozalash japayoni samapali texnologiyasini va tozalagichlap ishchi qismlapining pasional konstpuksiyasini yapatish [Complete the cotton cleaning machine's advanced technology and the professional construction]. PhD thesis, p. 163. Tashkent.

16. Zikriyoyev, E. (ed.) (2019). Paxtani dastlabki ishlash bo'yicha qo'llanma [A guide to cotton preprocessing]. Tashkent: Mehnat

Taqrizchi: Rosulov R.X., t.f.d., dotsent, "Texnologik mashinalar va jihozlar" kafedrasi, Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti.

ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH PRINT ISSN 2181-9637

НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ ONLINE ISSN 2181-4317

SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT 6 / 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.