Научная статья на тему 'PAXTANI IFLOSLIKLARDAN TOZALASH BO’YICHA AMALGA OSHIRILGAN ILMIY TADQIQOTLAR TARIXI'

PAXTANI IFLOSLIKLARDAN TOZALASH BO’YICHA AMALGA OSHIRILGAN ILMIY TADQIQOTLAR TARIXI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
343
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
paxtani tozalash texnologiyalari / tozalash jarayoni / paxta tarkibidagi iflos aralashmalar / nazariy tadqiqotlar. / cotton cleaning technologies / cleaning process / impurities in cotton / theoretical studies.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — A. Parpiyev, S. Saidbekova

Maqola paxta tarkibidagi iflosliklardan tozalash bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarni o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, bir qator olimlarning ilmiy ishlaridagi muvaffaqiyatlariga to‘xtalib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF RESEARCH ON COTTON CLEANING FROM CONTAMINATION

The article is devoted to the study of the conducted scientific research on cleaning cotton from impurities, the successes of a number of scientists in their scientific activities are discussed.

Текст научной работы на тему «PAXTANI IFLOSLIKLARDAN TOZALASH BO’YICHA AMALGA OSHIRILGAN ILMIY TADQIQOTLAR TARIXI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

PAXTANI IFLOSLIKLARDAN TOZALASH BO'YICHA AMALGA OSHIRILGAN

ILMIY TADQIQOTLAR TARIXI Parpiyev Azimjon Parpiyevich

Proffessor Saidbekova Saida Alisherovna

Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institute Tayanch doktorant https://doi.org/10.5281/zenodo.7446296

Annotatsiya. Maqola paxta tarkibidagi iflosliklardan tozalash bo'yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarni o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, bir qator olimlarning ilmiy ishlaridagi muvaffaqiyatlariga to'xtalib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: paxtani tozalash texnologiyalari, tozalash jarayoni, paxta tarkibidagi iflos aralashmalar, nazariy tadqiqotlar.

ИСТОРИЯ НАУЧНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ ПО ОЧИСТКЕ ХЛОПКА ОТ

ЗАГРЯЗНЕНИЙ

Аннотация. Статья посвящена изучению проведенных научных исследований по очистке хлопка от примесей, обсуждены успехи ряда ученых в их научной деятельности.

Ключевые слова: технологии очистки хлопка, процесс очистки, примеси в хлопке, теоретические исследования.

HISTORY OF RESEARCH ON COTTON CLEANING FROM CONTAMINATION

Abstract. The article is devoted to the study of the conducted scientific research on cleaning cotton from impurities, the successes of a number of scientists in their scientific activities are discussed.

Keywords: cotton cleaning technologies, cleaning process, impurities in cotton, theoretical studies.

"Tarixsiz kelajak yo'q" deydi dono xalqimiz, maqolamni bunday boshlashim bejiz emas, ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarini takomillashtirish uchun undagi mavjud muammolarni o'rganish, taxlil qilish lozim. Taxlil qila olish uchun esa ustozlarimiz biz uchun yozib qoldirgan ilmlar bilan chuqur tanishib chiqishimiz va ularning muoammolarga qanday nazariyalar bilan yondoshgani, uni yechish uchun amalga oshirgan ishlarini o'rganishimiz biz uchun katta maktab. Paxtani tozalash samaradorligini oshirish uchun juda ko'p olimlarimiz o'z xissalarini qo'shganlar, bularga biz bir qator ilmiy tadqiqotlarini misol qilib keltirishimiz mumkin.

Paxtani iflos aralashmalardan tozalash texnika va texnologiyalarini o'rganish uchun dissertatsiyalarni o'qirkanman bugungi kunda xam XX asrning 30-40 yillarida yozilgan dissertatsiyalar o'z axamiyatini yoqotmagani taqsinga sazovor.

Dissertatsiyalarni qo'limga olib varoqlarkanman 1930-1970 yillar oralig'ida paxta tozalash korxonalarining texnologik xolati qanday bo'lgani xaqida aniq tassavurga yega bo'ldim. Xatto Amerika texnologiyalarining ayrim namunalarini xam ko'rish mumkin bu esa Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti olimlari o'sha davrda xam dunyo bilan xamnafas ishlar olib borishganiga yaqqol misol bo'la oladi.

Yana bir fikrni takidlashim darkor, ustozlar amalga oshirgan ilmiy izlanishlar bilan tanisharkanman ilm ummonida o'zim xam zarra miqdorida bo'lsa xam bir iz qoldirishga juda chuqur ruxlantirish oldim.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalash texnologiyalari va uskunalari ularni asosiy ishchi organlarini texnik, geometrik va texnologik parametrlari, ishchi organlarini paxta bilan o'zaro ta'siri qonuniyatlari, texnologik oraliq, to'rli yuzalarni geometrik o'lchamlari va tozalash jarayoniga oid boshqa bir qator masalalar o'rganilgan va asoslangan.

S.D.Boltaboyev[1] paxta terish mashinalarining o'zida tozalash jarayonini joriy qilish orqali 80-90 % tozalashga yerish mumkinligini ilmi farazini keltirgan. 1949-yil uchun muxim yangilik quritish-tozalash sexlari uchun texnologik jarayon sxemasiga o'zgartirishlar kiriti shni, shuningdek uskunalarni takomillishtirish g'oyalarini bergan.

V.N.Guseynov[2] tomonidan paxtani mayda iflosliklardan tozalovchi qoziqchali barabanlar tadqiqoti o'tkazilib to'rli yuzaning tozalash samaradorligiga tabsirini o'rgangan. To'rli yuzaning ishlovchi tarafi 180 ° burilib barabanni qamrab olishi, setkani rotsional joylashuvini taminlash kerakligini takidlagan. Mayda iflosliklarni tozalovchi barabanlarda optimal tozalash soni 6 martadan oshmasligini tavsiya etgan.

Ye.F. Budin[3] arrali barabanli tozalagichlarning diametrini 80, 200, 300, 480 va 700 mm o'lchamlarda o'rnatib tadqiqotlar o'tkazgan va xar bir barabanda aylanish tezligi 5,7,9 va 11 m/sek da turli xil nav paxtalarda tajriba sinovlarini amalga oshirgan. Nazariy jihatdan ifloslik tarkibiga chigitli paxta tushib ketmasligi uchun barabanni aylanish tezligini 5-7 m/sek qilib olishni tavsiya qilgan. O'lchamlari turli xil bo'lgan diametrdagi barabanlarning xar biriga individual yondoshgan va ulardagi avzallik va kamchiliklari to'g'risida aloxida xulosalar bildirgan.1960-70 yillardagi AQSh paxta tozalash zavodlarida ishlatilgan tozalagichlarni chuqur o'rgangan.

A.A. Murodov[4] ilmiy ishida paxtani tozalash qaytaligi va ketma-ketligini tolani texnologik ko'rsatkichlariga ta'sirini aniqlagan. Paxta xomashyosining ko'pgina qismi arrali baraban sirtidan ularga parraklarning to'g'ridan markaziy yo'nalgan elastik urilishi natijasida ajralishi nazariy asosda o'rgangan. Dissertatsiyada paxtani dalada tozalash mashinalari samaradorligi xam o'rganilgan.

Z.M. Musoxodjayev[5] 1970-yil uchun mutloq yangi mayda va yirik iflosliklarni birlashtirishni nazariy va amaliy jihatdan, aksial harakatga asoslangan kombinatsiyalashgan tozalagichni o'rganib chiqqan. Izlanishlari asosida kombinatsiyalashgan tozalagichning sxemasini va tajriba uskunasini yaratishga muvvaffaq bo'lgan.

V.A. Bogomolov[6] ilmi ishida ikki davlat O'zbekiston va Ozorbayjonda yetishtiriladigan paxtalar tarkibidagi iflosliklarning o'lchamlari hamda paxtadan ajralishi o'rtasidagi farqlarni o'rganib, paxtani dastlab yirik iflosliklardan tozalash kerakligini xulosa qilgan.

A.D.Sapon[7] ilmiy ishida 1930-1977 yillar oralig'ida paxtani tozalash texnologik jarayonlarida amalga oshirilgan o'zgarishlarni to'liq bayon etgan. Paxta xomashyosini tozalashning oqim texnologiyasi o'rganib chiqilgan. Paxta xomashyosini tozalashda uning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolishga, oraliq yordamchi uskunalarni jarayondan chiqarishga erishish mumkinligi o'rganilgan. Ilmiy tadqiqot natijasida PLPX oqim texnologiyasi yaratilgan.

A.E.Lugachev [8] ilashtiruvchi cho'tka oldidan ikkita qo'zg'almas qoziqli taroq o'rnatilib, uning paxta xomashyosini tozalash sifat ko'rsatkichlariga ta'siri o'rganilgan.

M.Agzamov [9] o'z ilmiy tadqiqotida metall cho'tkali ildiruvchi moslamani si nab ko'rgan. Sinov natijalaridan bu moslama samarali ekanligi aniqlangan. Bundan tashqari tajriba

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qurilmasiga aylanuvchi kolosnik o'rnatish orqali tozalagichni tozalash samaradorligini oshirishga yerishgan, ammo bu ishlab chiqazishga joriy qilinmagan.

M.K.Aleksandrov[10] ilmiy ishida turli xil usulda tayyorlangan to'rli yuzalarning "jonli yuzasi"ni xisoblab chiqqan va paxtani tozalashda foydalanish uchun taxminiy rejim ishlab chiqqan va besh barabanli tajriba uskunasini yaratgan.

M.M.DJamalova[11] tomonidan shnekli tozalagichni takomillashtirish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilgan bo'lib, paxtani tozalagichdagi harakati, qoziqchali shnekni aylanish tezligi, diametri, qoziqchalarni joylashuvi to'rli yuza shakli va o'lchamlarini hamda ish unumdorligini uskunani samaradorligiga ta'siri o'rganilgan. Natijada shnekli tozalagichni qoziqchali shnek diametri 400 mm, aylanish tezligi 9 m/sek. tavsiya etilib tozalash samaradorligi (K) bilan qoziqchali shnekli aylanish tezligi (V ) o'rtasidagi quyidagi bog'lanish olingan.

K=6,4V - 0,26 V2

G.I.Miroshnichenko[12] tomonidan paxtani tozalash ob'ekti sifatida fizik-mexanik xossalari o'rganilgan bo'lib, paxtani turli xil yuzalarda ishqalanish koyeffitsiyentini o'zgarishini tajriba o'tkazish yo'li bilan o'rgangan.

Xulosa o'rnida shu fikrga keldimki bu borada chuqoroq o'rganib ilmiy faoliyat uchun kerakli xulosalarni olish uchun bunday ilmiy asarlarni o'qishni yana davom ettirish kerak. Maqolani yakunida shuni aytolamanki ilmiy asarlarni o'qish ularni tahlil qilish yangi innovats ion g'oyalar, yangi ixtirolar yaralishiga turtki bo'la oladigan eng yaxshi ruxlantirish bo'la oladi. Shuningdek yosh olimlar uchun ilmiy faoliyatida to'g'ri yo'nalishni tanlashda katta maktab sifatida hizmat qiladi.

REFERENCES

1. Балтабоев С.Д. Предварительная очистка хлопка-сырца машинного сбора от сорных примесей. Дисс. К.т.н. Тошкент 1949 б.

2. Гусейнов В.Н. Исследование процесса очистки хлопка-сырца от мелкого сора. Дисс. К.т.н. Тошкент 1973г.

3. Будин Е.Ф. Исследование колосниковой-пильчатых рабочих органов очистителей хлопка-сырца машинного сбора средневолокнистых сортов. Дисс.канд.техн.наук. Тошкент. 1968

4. Муратов А.А. Исследование технологических процессов очистки хлопка-сырца машинного сбора средневолокнистых сортов. Дисс. К.т.н. Тошкент 1970 г.

5. Мусахаджаев З.М. К вопросу создания комбинированного очистителя хлопка-сырца машинного сбора. Дисс.канд.тех.наук. Тошкент. 1979 г.

6. Богомолов В.А. Исследования и выбор технологического процесса очистки хлопка-сырца машинного сбора в Азербайджанской ССР. Дисс.канд.тех.наук. Кировабад 1974 г.

7. Сапон А.Д. Исследование и разработка технологического процесса первичной обработки хлопка-сырца машинного сбора на основе полно процессной поточной линий. Дисс.канд.техн.наук. Ташкент.1978.

8. Лугачев А.Е. Исследования основых элементов очистителей хлопка-сырца. Дисс. канд.тех.нук. Кострома.1981, б. 110-125.

9. Агзамов М. Повышения эффективности очистки хлопка -сырца машинного сбора в пильчатых секциях очистителей. Дисс.канд.техн.наук. Тошкент 1985 г.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

10. Александров М.К. Установления возможности и режима предварительной очистки хлопка-сырца египетских сортов. Дисс.канд.техн.наук. Тошкент 1940 г.

11. Джамалова М.М. К вопросу очистки хлопка-сырца от мелкого сора. Дисс.канд.техн.наук. Тошкент. 1961. б. 70-81.

12. Мирошниченко С.И. О некоторых физико-механических свойствах хлопка-сырца. Дисс.канд.техн.наук. Тошкент. 1966 г.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.