Научная статья на тему 'Paxta tozalash mashinalari uchun takomillashtirilgan tasmali uzatmaning nazariy hisobi va tajribada sinash'

Paxta tozalash mashinalari uchun takomillashtirilgan tasmali uzatmaning nazariy hisobi va tajribada sinash Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
75
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
takomillashtirilgan tasmali uzatma / shkiv / ekssentrik / resurstejamkor uskunalar / UXK paxta tozalagich / qayishqoq element / optimal qiymatlar / tajriba-sinov / mashina / agregat. / improved belt transmission / pulley / eccentric / resource-saving equipment / USK cotton cleaning machine / belt element / optimum values / experimental testing / machine / unit.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Djurayev Anvar Djurayevich, Kasimov Abror Aliyorovich

Maqolada paxta tozalash korxonalarining tozalash sexida eng ko‘p qo‘llaniladigan UXK paxta tozalash mashina agregatining barcha barabanlarini aylanma harakatlarga keltiruvchi tasmali uzatmalari obyekti – ikkita shkiv va tasmadan iborat bo‘lgan tasmali uzatmaning takomillashtirilgan konstruksiyasi nazariy hisob-kitob qilingan. Tasma va tasmali uzatma qo‘zg‘alishning tortish quvvati tasmaning nisbiy sirpanishi va samaradorlikning uzatish tortish koeffitsiyentiga bog‘liqligi eksperimental usullar bilan tavsiflangan. Tasmaning tortish qobiliyati va elastik sirpanish zonasida ratsional ish rejimini nazariy jihatdan baholashga imkon beradigan tasmali uzatmaning matematik modeli va yangi konstruksiyasi ishlab chiqilib, “REAL AGRO СOTTON” unitar korxonasiga qarashli paxta tozalash korxonasi, tozalash tsexida joylashgan UXK agregatiga o‘rnatilib, tajriba-sinov o‘tkazilgan. Tajriba-sinov natijalari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Theoretical calculation and experimental testing of improved belt transmission for cotton cleaning machines

The article considers the object of belt transmission driving all the drums of the USK cotton[1]cleaning unit, most commonly used in the cleaning shop of cotton-cleaning plants, and theoretically calculates the improved design of belt transmission consisting of two pulleys and a belt. The traction power of belt and belt transmission according to experimental methods is characterized by the dependence of belt relative slip and efficiency on transmission resistance coefficient. A mathematical model of new belt transmission design has been developed, which allows theoretical estimating of belt tensile strength and rational operating mode in elastic slipping zone; the design has been installed at the machinery of the cotton-cleaning plant, a part of unitary enterprise “Real Agro Cotton”. The results of the experiment were analyzed.

Текст научной работы на тему «Paxta tozalash mashinalari uchun takomillashtirilgan tasmali uzatmaning nazariy hisobi va tajribada sinash»

S

d ) https://dx.doi.org/10.36522/2181-9637-2023-3-5 UDC: 677.21.03(045)(575.1)

PAXTA TOZALASH MASHINALARI UCHUN TAKOMILLASHTIRILGAN TASMALI UZATMANING NAZARIY HISOBI VA TAJRIBADA SINASH

Djurayev Anvar Djurayevich,

texnika fanlari doktori, professor, ORCID: 0000-0002-3372-8976, e-mail: anvardjuraev1948@mail.ru;

Kasimov Abror Aliyorovich,

assistent, e-mail: abrorkasimov8905@mail.ru

Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti

Kirish

Paxta tolasi jahon bozorida to'qimachilik sanoatining asosiy mahsulotlaridan biri hi-soblanadi. Dunyo mamlakatlarida paxta to-lasining import salohiyati yildan-yilga oshib bormoqda. Xalqaro konsultativ qo'mitaning (ICAC) ma'lumotiga ko'ra, 2015-2016-yil mavsumi bo'yicha Bangladesh, Vetnam, Xitoy, Turkiya, Indoneziya, Pokiston kabi davlatlar paxta tolasini import qilish bo'yicha yetakchi o'rinlarni egallamoqda (Djurayev & Kasimov, 2023).

Ma'lumki, bugungi kunda respublikamiz-da ishlab chiqarish hajmining asosiy qismini paxta tozalash sanoati tashkil etadi. Hozirgi kunda paxta tozalash sanoati korxonalari ol-dida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini jahon andozalariga mos keladigan me'yorda ishlab chiqarish vazifasi turibdi. Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan 2021-yil 3-fevraldagi "Qishloq xo'jaligida bilim va in-novatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmat-lar ko'rsatishni yanada rivojlantirish to'g'-risida"gi PF-6159-sonli farmon, 2023-yil 26-yanvardagi "Paxta xomashyosi yetishti-ruvchilar faoliyatini yanada qo'llab-quv-vatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari

Annotatsiya. Maqolada paxta tozalash korxona-larining tozalash sexida eng ko'p qo'llaniladigan UXK paxta tozalash mashina agregatining barcha barabanlarini aylanma harakatlarga keltiruvchi tasmali uzatmalari obyekti - ikkita shkiv va tasmadan iborat bo'lgan tasmali uzatmaning takomillashtirilgan konstruksiyasi nazariy hisob-kitob qilingan. Tasma va tasmali uzatma qo'zg'alishning tortish quvvati tasmaning nisbiy sirpanishi va samaradorlikning uza-tish tortish koeffitsiyentiga bog'liqligi eksperimental usullar bilan tavsiflangan. Tasmaning tortish qobiliyati va elastik sirpanish zonasida ratsional ish rejimini nazariy jihatdan baholashga imkon beradigan tasmali uzatmaning matematik modeli va yangi konstruksiyasi ishlab chiqilib, "REAL AGRO COTTON" unitar korxonasiga qarashli paxta tozalash korxonasi, tozalash sexida joylashgan UXK agregatiga o'rna-tilib, tajriba-sinov o'tkazilgan. Tajriba-sinov natijalari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: takomillashtirilgan tasmali uzatma, shkiv, ekssentrik, resurstejamkor uskunalar, UXK paxta tozalagich, qayishqoq element, optimal qiymatlar, tajriba-sinov, mashina, agregat.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ РАСЧЕТ И ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНЫЕ ИСПЫТАНИЯ УСОВЕРШЕНСТВОВАННОЙ РЕМЕННОЙ ПЕРЕДАЧИ ДЛЯ ХЛОПКООЧИСТИТЕЛЬНЫХ МАШИН

Джураев Анвар Джураевич,

доктор технических наук, профессор;

Касимов Аброр Алиёрович,

а^иогент

Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности

Аннотация. В статье рассмотрен объект ременной передачи, приводящей в движение все барабаны хлопкоочистительного агрегата УСК, наиболее часто используемого в очистительном цехе хлопкоочистительных предприятий, и теоретически рассчитана усовершенствованная конструкция ременной передачи, состоящая из двух шкивов и ремня. Тяговая мощность ремня и ременной передачи по экспериментальным методам характеризуется зависимостью относительного скольжения ремня и КПД от коэффициента сопротивления передачи. Разработана математическая модель новой конструкции ременной передачи, позволяющая теоретически оценить прочность ремня на растяжение и рациональный режим работы в зоне упругого скольжения, конструкция установлена на оборудовании УСК, расположенном в хлопкоочистительном цехе хлопкоочистительного предприятия, входящего в состав унитарного предприятия «Реал Агро Коттон». Результаты эксперимента были проанализированы.

Ключевые слова: усовершенствованная ременная передача, шкив, эксцентрик, ресурсосберегающее оборудование, хлопкоочистительная машина УСК, ременный элемент, оптимальные значения, экспериментальная проверка, машина, агрегат.

THEORETICAL CALCULATION AND EXPERIMENTAL TESTING OF IMPROVED BELT

TRANSMISSION FOR COTTON CLEANING MACHINES

Dzhuraev Anvar Dzhuraevich,

Doctor of Technical Sciences, Professor;

Kasimov Abror Aliyorovich,

Assistant

Tashkent Institute of Textile and Light Industry

Abstract. The article considers the object of belt transmission driving all the drums of the USK cotton-cleaning unit, most commonly used in the cleaning shop of cotton-cleaning plants, and theoretically calculates the improved design of belt transmission consisting of two pulleys and a belt. Traction power of belt and belt transmission according to experimental methods is characterized by dependence of belt relative slip and efficiency on transmission resistance

to'g'risida"gi PQ-23-sonli qaror va loyihalar shular jumlasidandir.

Paxta tozalash korxonalarida tozalash sexida paxta xomashyosi eng ko'p UXK mashi-na agregatida mayda va yirik iflosliklardan tozalanadi. Jinlarning optimal ravishda ish-lashi va tola tarkibidagi iflos aralashmalarni kamaytirish uchun paxta xomashyosi toshlar, metall bo'laklari, organik iflos aralashmalar va ulyuklardan tozalanadi. Paxta xomashyosi-ni mayda iflosliklar, ulyukdan tozalash uchun tarkibida qoziqchali barabanlar, to'rli yu-zalardan tashkil topgan tozalash mashinalari; yirik iflosliklardan tozalash uchun esa arra-li va cho'tkali barabanlar, ildiruvchi cho'tka, kolosnikli panjaralar bilan jihozlangan paxta tozalash mashinalari qo'llaniladi (Djurayev & Kasimov, Paxtani tozalash texnologik mashi-nalarining tasmali uzatmalarini tasma taran-gligining uning tarmoqlari uzayishiga ta'siri [The effect of belt tension on the elongation of the belts of cotton ginning machines], 2023).

Paxtani dastlabki ishlashda tozalash mashinalarining yuritmalarini takomillash-tirish, harakatga keltiruvchi uzatmalarining yangi samarali konstruksiyalarini ishlab chiqish, ishchi organlarining kerakli harakat rejimlarini aniqlash masalalari bo'yicha bir qator olimlar, jumladan, V.L. Veitz, N.I. Kol-chin, A.M. Martinenko, L. Gladinewiez, P. Bernard, Y.P. Adler, M.V. Feridman, B.A. Pronin, B.S. Papanov, U.M. Gutyar, V.K. Martinov, N.P. Petrov va N.E. Jukovskiy ilmiy izlanish-lar olib borganlar. Respublikamiz olimlari-dan I. Fayziyev, A. Djurayev, M. Ergashov, J. Mirxamidov, V. Turdaliyev, A. Mamaxonov, S. Yunusov, I.G. Shin, N. Muxitov, Y. Mirza-xonov, A. Lugachev, X. Tursunov, R. Maksu-dov, A. Parpiyev, B. Mardonov, D. Muxam-madiyev, I. Madumarov, X. Axmedxodja-yev, A. Mamatov, R. Murodov, Q. Jumayev va boshqalarning ishlari paxtani dastlabki ishlash texnikasi va texnologiyasini tako-millashtirish, shuningdek, mashina ishchi organlarini takomillashtirish, texnologik o'lchamlarini asoslashga qaratilgan. Lekin paxtani chiqindidan tozalash mashinalarida qoziqli barabanlar kerakli chastota va am-

56

ИЛМ-ФАН ВА ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШ PRINT ISSN 2181-9637

НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ ONLINE ISSN 2181-4317

SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT 3 / 2023

05.02.03 - ТЕХНОЛОГИК МАШИНАЛАР. РОБОТЛАР, МЕХАТРОНИКА ВА РОБОТОТЕХНИКА ТИЗИМЛАРИ

plitudada aylanishini ta'minlaydigan tasmali uzatma qo'llanilmagan. Ularning kinematik va dinamik tahlili to'liq amalga oshirilmagan. Shuningdek, paxtani chiqindilardan tozalash texnologik mashinalarining qoziqli bara-ban burchak tezliklarini tozalash jarayoniga ta'sirini o'rganish bo'yicha ilmiy izlanishlar hozirgi kungacha yetarli darajada olib boril-magan (Murodov, 2019), (Kasimov, 2019), (Murodov, 2021), (Murodov, Development of an effective design and justification of the parameters of the separation and cleaning section of raw cotton, 2021), (Djurayev, Miraxmedov, Murodov, Mamadaliyeva, & Nurullayeva, 2006), (Djurayevich & Juma-yevich, 2017), (Dzhuraev & Murodov, 2018), (Murodov, 2021).

Tasma uzatilishining kinematik va kuchi-ni hisoblash N.P. Petrov va N.E. Jukovskiy to-monidan ishlab chiqilgan tasmaning shkivlar bo'ylab elastik sirpanish nazariyasiga asos-lanadi (Belov, 2017). Ushbu nazariyaga mu-vofiq, shkivlarda tasmaning elastik sirpanish joylari mavjud. Shu bilan birga, elastik sir-panish tufayli tasmaning harakatlanadigan va qo'zg'atuvchi shkivlari nuqtalarining tez-ligi nisbati tasmaning nisbiy cho'zilishi bilan chiziqli bog'liq bo'ladi, bu esa tasmaning nisbiy cho'zilishlari farqiga tengdir. Mazkur amaliy tadqiqotlardan kelib chiqib, tasma-ning yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlari nuqtalarining tezliklari hamda tasmaning harakat tenglamasi o'rtasidagi yangi olingan bog'lanish tenglamasiga asoslangan takomil-lashtirilgan tasmali uzatmaning matematik modeli ishlab chiqildi.

Yirik va mayda chiqindilarning UXK agre-gatida o'zaro aralashib ketishi, keyinchalik re-generatorlar orqali qayta tozalashga tushiril-gan paxta bo'lakchalaridan mayda chiqindi-larni tozalash qiyinlashadi. Shuning uchun chiqindilar alohida ajratilib, mashinadan ham alohida chiqariladi va boshqa agregatda qay-ta tozalash amalga oshiriladi. Bu, albatta, o'z navbatida, ortiqcha xarajatga olib keladi (Murodov, Industry machine repair, 2019).

Umuman olganda, hozirda paxtani may-da va yirik chiqindilardan tozalash o'zaro al-

coefficient. A mathematical model of new belt transmission design has been developed, which allows theoretical estimating of belt tensile strength and rational operating mode in elastic slipping zone; the design has been installed at the machinery of the cotton-cleaning plant, a part of unitary enterprise "Real Agro Cotton". The results of the experiment were analyzed.

Keywords: improved belt transmission, pulley, eccentric, resource-saving equipment, USK cotton cleaning machine, belt element, optimum values, experimental testing, machine, unit.

mashtirilib, bir necha takrorlanishda amalga oshirilmoqda, jumladan, UXK agregatlarida. Chigitli paxta qoziqli barabandan yirik iflos-liklardan tozalash bloki ta'minlash kamera-sidagi cho'tkali barabanlarga uzatiladi (1-rasm).

Л1

5-

-B-l

-m

Br

. -B-c

У 0

-Id

]- 1

и ®

1,3, 4,14 - podshipnik; 2 - tishlig'ildirak;

5 - variator; 6, 8,10, 12,13 - shkiv; 7,12 - tasma;

11 - yuritgich 1-rasm. UXK paxta tozalash mashinasi ta'minlovchi valik va qoziqli barabanli bo'limining kinematik sxemasi

Paxta yirik chiqindilardan arrali silindr-larga harakat tasmali uzatmalar orqali toza-langanda, eng ko'p uchraydigan muammo paxta xomashyosining tozalash jarayonida-gi tiqilishlardir (UZB Patent No. IAP 06793 APIS, F 16 H 7 02, 2018). Tiqilishlarga quyidagilarni misol keltirish mumkin: paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalash mashinasida tozalash jarayoni ko'p takrorla-nish orqali amalga oshiriladi; tozalash sama-

S

rasi yuqori emas; tola va chigit shikastlani-shi yuqori; ishchi organlar harakat tezliklari o'zaro moslashtirilmagan; yuritish dvigatel-lari alohida o'zgaruvchan tezlikdan deyarli foydalanilmaydi; sarf quvvati yuqori, resursi yuqori emas; tasmali uzatmalar konstruksi-yalari ularga moslashtirilmagan.

Tasma va tasmali yuritmaning tor-tish qobiliyati tasmaning nisbiy sirpanishi hamda samaradorlikning uzatish-tortish koeffitsiyentiga bog'liqligining eksperi-mental grafiklari bilan tavsiflanadi (Mama-tova, Djuraev, & Nematov, 2022), (Muro-dov, Rudovskiy, & Korabelnikov, Substantiation of parameters and finite element modeling of hie movement of a cotton-air mixture in a cotton separator). Tasmaning vazifasi tortish va elastik siljish zonasida yaxshi ishlash rejimini nazariy jihatdan baholashga imkon beradigan tasmali uzat-maning matematik modelini ishlab chiqish-dir.

Material va metodlar

O'rganish obyekti va asosiy belgilari, albatta, paxta tozalash korxonalarida amalda mavjud UXK markali paxta tozalash mashinasi tasmali uzatmalar kompleksi bo'lib, "tasmali uzatma" - bu qo'zg'aluvchan, yetaklaydigan shkiv va ularni bog'laydigan tasmadan iborat mexanik tizimdir. 2-rasmda biz tomondan tavsiya qilinayotgan qayishqoq elementli eks-sentrikli tasmali uzatmaning hisobi keltiril-gan.

2-rasm. Qayishqoq elementli ekssentrikli tasmali uzatma hisobi

Bu yerda: R^ R2 - 1-shkiv va 2-shkivning radiusi, m;

L - 1- va 2-shkivlar o'qlari orasidagi ma-sofa, m;

s - tekis tasmaning ko'ndalang kesimi maydoni, m2;

д - tasma qalinligining yarmi, m; oq, a2 - harakatlantiruvchi va boshqarila-digan shkivlar tasma qoplamasining radial burchagi, rad;

rf r2 - harakatlanuvchi va harakatlantiruvchi shkivning o'qi trubkasi radiusi, m;

£u, £d - tasmaning yetakchi va yetaklanuv-chi shkivlari o'rtasidagi nisbiy cho'zilishi;

wf ш2 - 1-shkiv va 2-shkivning burchak tezligi, rad/s;

ru, - yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlarda tasma nuqtasining tezligi, m/s; u - uzatmani bog'lash; r - tasma zichligi, kg/m3; Fu, Fd - tasmaning yetakchi va yetaklanuvchi shkivlarining tortish kuchi qiyma-ti, N;

F0 - vaznni hisobga olmagan holda, tas-maning dastlabki kuchlanish kuchi, N; E - tasmaning elastiklik moduli, Pa; ст0 - tasma kesimidagi dastlabki normal kuchlanish, N;

стц - tasma egiluvchanligi chegarasi, Pa; f - shkiv bilan tasmaning sirpanish ishqa-lanish koeffitsiyenti;

H - "shkiv nuqtasi - tayanch" aylanish juft-ligida toymasligi ishqalanish koeffitsiyenti;

Mx, M2 - harakatlanuvchi shkivni 1 harakatlantiruvchi kuchlar juftligi momentining qiymati va mos ravishda harakatlantiradi-gan shkiv 2 ga ta'sir qiluvchi foydali qarshilik kuchlari juftligi (ish yuki), N m;

M, M02 - mos keladigan g'altakning aylanish o'qiga nisbatan harakatlanuvchi va harakatlantiradigan shkivning "val - tayanch" aylanish juftligidagi ishqalanish kuchi mo-mentining qiymati, N m;

Px, P2 - juft kuchlarning M^ M2 momenti kuchi, Vt;

ц - tasma qo'zg'alish samaradorligi; e - ekssentrik.

Ekssentriksiz tasmali uzatma kinemati-kasi 3-rasmda keltirilgan bo'lib, harakatla-nuvchi shkiv 1 va shkivlarning doimiy kuchi hamda bir xil aylanishga ega bo'lgan 2 tasma-li uzatmani ko'rib chiqaylik.

05.02.03 - ТЕХНОЛОГИК МАШИНАЛАР. РОБОТЛАР, МЕХАТРОНИКА ВА РОБОТОТЕХНИКА ТИЗИМЛАРИ

1 -yetaklovchi va 2 -yetaklanuvchi shkiv 3-rasm. Ekssentriksiz tasmali uzatma A, C va K, E nuqtalari yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlar tasmali qoplama yoyi-ning oxirgi nuqtalari bo'lsin (3-rasm). Yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlar ustidan o'tuvchi tasmaning AB va KD bo'limlarida tasma shkiv bo'ylab sirg'alib ketmaydi. De-mak, tasmaning yetakchi shkivi AB kesma nuqtalarining tezligi bir tekis yetaklovchi shkivning A nuqtasi tezligiga teng. Shu bilan birga, tasmaning harakatlantiruvchi shkiv-ga tegib turgan qismining nuqtalari tezligi C bo'lgan nuqtada gacha kamayadi, ya'ni tasmaning harakat qismi qisqarishi tufayli shkiv bo'ylab siljiydi. Xuddi shunday holatlar yetaklanuvchi shkivning KE nuqtasida ham kuzati-lishi kerak. Tasmaning yetaklanuvchi shkiv K nuqtasining shkivda yurgandagi tezligi shkivning K nuqtasi tezligiga teng. Shu bilan birga, DE tasmasi shkivga tegib turgan nuqtalarining tezliklari E bo'lish nuqtasida ga oshadi, ya'ni DE tasma qismi cho'zilish hiso-biga shkivni harakatlantiradi (Belov, 2017):

(vu = R1ù)1 \vd = R2(ü2

(1)

v t; L.

(2)

AA1 va CC1 bo'limlari turli vaqtlarda tasmaning bir xil AC kesimini ifodalaydi va deformat-siyalanmagan holatda uzunligi l ga ega. Demak,

Lu = l(1 + £u); Ld = l(1 + ^

(3)

Lu, Ld iboralarini (3) tenglikdan (2) teng-likka almashtirib, t vaqtini hisobga olmagan-da, quyidagi tenglikka erishamiz:

Vu _ 1 + Ец Vd 1+Ed

(4)

Aniqlanishi bo'yicha, u = ——1 yoki teng-

liklarni hisobga olgan holda (1), (4) ya'ni:

R2 l+eu и - — —-

1 + E1

(5)

Tasmani siljitishdagi tenglik (1). Yetaklovchi shkivni qamrab olgan tasmaning AC nuqtasini ko'rib chiqing. t vaqtida uning o'rnini yetakchi shkivning Lu uzunlikdagi AA1 segmenti va AC segmenti yetaklanuvchi shkivning Ld uzunlikdagi CC1 pozitsiyasini amalga oshiradi:

Formula (5) tasmaning sirpanishi bo'l-maganda amal qiladi. Bu tasmali uzatmaning tishli nisbati yetaklanuvchi va yetaklovchi shkivlar radiuslarining nisbatiga teng ekan-ligi, birga teng bo'lmagan proporsionallik koeffitsiyentiga ko'paytirilishi hamda uning yetaklanuvchi va yetaklovchi shkivlarining nisbiy cho'zilishlariga bog'liqligini isbotlay-di.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Nazariy izlanishlar orqali quyidagi metod-lar yordamida yuqorida keltirilgan material-larning shkiv va tasma dinamikasini hisob-laymiz.

Mx, M2 momentlarining qiymatlari o'rta-sidagi aylanishni ko'ramiz. Biz tasmaning og'irligini hisobga olmaymiz. Bu yetaklovchi kuchlarning ishiga ta'sir qilmasligini isbot-lash mumkin. O'zgarmas yukda 1-shkivlar-ning aylanishi bir xil bo'ladi, deb faraz qila-miz; 2-tasmaning harakati barqaror; 3-tasma elastik taranglik holatida.

Uzluksiz vosita sifatida tasmaning yetaklovchi shkivni qoplaydigan qismini ajratib olaylik (4-rasm). Bu qism o'qlarning silindrsi-mon ichki va tashqi yuzalardan, shkivlarning aylanish o'qiga perpendikulyar bo'lgan ikkita yon sirtdan hamda tasmaning oldinga silji-shi va konvergensiyasining ikkita tekis radial kesimidan iborat bo'lgan nazorat yuzasi bilan cheklangan (Murodov, Development of an effective design and justification of the parameters of the separation and cleaning section of raw cotton, 2021). Boshqaruv yuzasiga quyidagi kuchlar ta'sir qiladi: 1-yetaklovchi va 2-yetaklanuvchi shkivlar taranglik kuchlari-

05.02.03 - ТЕХНОЛОГИК МАШИНАЛАР. РОБОТЛАР, МЕХАТРОНИКА ВА РОБОТОТЕХНИКА ТИЗИМЛАРИ

ning mos ravishda hosil bo'lgan Fu, Fd; yetak-lovchi shkivning natijaviy Í reaksiyalari.

4-rasm. Tasma va unga ta'sir qiluvchi kuchlar maydoni

Doimiy qarshilik bilan tasmaning uzluk-siz vosita sifatidagi harakati barqaror bo'ladi. Qo'zg'atilgan shkivda hamda tasmaning zich-ligi va tasavvurlar maydoni unchalik katta bo'lmagan holda farq qiladi, deb faraz qilsak, biz massani saqlash tenglamasini integral shaklda yozamiz (Murodov, Djuraev, Narma-tov, Yormamatov, & Olimjonov, 2021):

psv = psf

r a 'u u u

Bu yerda: pu, su - tasmaning yetakchi shkivdagi qarshiligi va qarshiliklar may-doni.

Agar rasmga qaraganda, kuch yoki impuls shkivni o'qi atrofida soatga qarshi aylanti-rishga moyil bo'lsa, tasmaning o'qiga nis-batan nuqtaning kuch momenti yoki impulsi ijobiy hisoblanadi. Ruxsat etilgan harakat-da tasma shkivning aylanish o'qiga O ga nis-batan impuls momentlari tenglamasini integral ko'rinishda yozish mumkin (Murodov & Rajabov, The results of an experimental study of the loading and nature of vibrations of a multifaceted mesh on elastic supports of a cotton purifier, 2021):

ps(«1+S)yd2-pusu(«1+S)yu2=M0(/?1)+(«1+S)

(V^J

yoki massa saqlanish tenglamasini hisobga olgan holda,

ВД ) -MVSXV^J

(6)

Bu yerda MO(FJ - shkiv o'qiga nisbatan

kuch momentining F1 kattaligi.

1-shkivning bir tekis aylanish tenglamasini aylanish o'qiga nisbatan kuchlar moment-larining muvozanati uchun tenglama ko'ri-nishida ifodalaymiz:

Ml-M0(FJ-M0l=°

Shuning uchun (7) tenglamani quyidagi-cha yozish mumkin:

Ml=ps(^l+5)(yd2-ydyu)+(^l+5)(Fu-Fd)+M0l

yoki

M^ps^l+SX^-VAh + (VS)Fs(su-sJ+M0l

(7)

Yetaklaydigan shkivni qoplaydigan tasma qismini hisobga olsak, biz shunga o'xshash tenglamaga kelamiz:

M2 = pS(R + 5)(v2 - vdvu_) + + (R + S)F (su - sd) - M02 (8)

Tasmaning umumiy uzunligi o'zgarmagan holda, yetakchi shkivning cho'zilishi yetak-lanadigan shkivning siqilishi bilan "qoplana-di", ya'ni siqish kuchining pasayishi cho'zish kuchining ortishi bilan kompensatsiyalanadi (Murodov, Abdugaffarov, & Safoev, Improving the quality of lint by strengthening the cleaning of cotton seeds from waste, 2020):

F +F=2F0

и a 0

yoki

(9)

(10)

Yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlarning aylanish juftligidagi ishqalanish kuchlari mo-mentlarining M01, M02 qiymatlarini topamiz. Elementar normal kuch dN1 va ishqalanishi-ning elementar kuchi dT1 tasma elementi ab tomonidan harakatlantiruvchi shkiv va mos

60

ИЛМ-ФАН ВА ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШ PRINT ISSN 2181-9637

НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ ONLINE ISSN 2181-4317

SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT 3 / 2023

05.02.03 - ТЕХНОЛОГИК MАШИНАЛАР. РОБОТЛАР, MЕXАТРОНИКА ВА РОБОТОТЕХНИКА ТИЗИMЛАРИ

ravishda dN2 va dT2 harakatlanuvchi g'altak-ga ta'sir qiladi. Elementar kuch qo'zg'aluvchi shkiv miliga tayanch tomondan ta'sir etib, dN1 kuch va elementar ishqalanish kuchi dQ1, boshqariladigan shkiv miliga esa dN2, dQ2 kuchlari ta'sir qiladi (5-rasm).

Aniqlanishi bo'yicha:

[Moi = C^Qi [m02 = Cr2dQ2

(11)

Tasmaning ishqalanish kuchlari bosim kuchlari bilan quyidagi tenglik bilan bog'liq:

dQ1 = N dQ2 = vn2

Shuning uchun (11) formulalarni quyi-dagicha qayta yozish mumkin:

Moi = pf¡f1r1dN1

M02 = ßfo2r2dN2

(12)

6-rasm. a, b tasma elementi va unga ta'sir qiluvchi kuchlar

Hisob-kitoblar shuni ko'rsatdiki, tasma nuqtalarining tangensial tezlashishi uning deformatsiyasi tufayli tasma kuchlanish kuchlarining 1 % dan kamroq o'zgarishiga olib keladi va uni e'tiborsiz qoldirish mumkin. Tasmaning og'irligi harakatlantiruvchi kuchlarning ishlashiga ta'sir qilmaydi va biz ham buni hisobga olmaymiz. Tasma elementi nuqtasining tezligi eng yuqori bo'lgan va shkivdagi tasmaning bosimi eng past bo'lgan cheklov holatini ko'rib chiqamiz. Yetaklovchi shkivdagi dm massa tasmaning ab elementi massa markazining harakat tenglamalarini tabiiy shaklda (Muradov, Tashpulatov, Ju-raev, Gafurov, & Vassiliadis, 2018) quyidagi-cha yozamiz:

dT-dF = 0

2 Vt

5-rasm. Yetaklovchi (chap) va yetaklanuvchi (o'ng) shkivlardagi a, b tasma elementi

Tasmaning taranglik kuchlari va shkivdagi tasma bosim kuchlari o'rtasidagi muvozanat-ni o'rnatamiz.

Elementar radial burchakka (6-rasm) ega bo'lgan yetaklovchi shkivdagi ab tasma elementini ko'rib chiqaylik. Unga tortilish kuchlari F va -F +dF, shkiv reaksiyasining og'irlik, normal va tangensial komponentlari ta'sir qiladi. Ularning elementar natijalari dN va dT ga teng. F vektorining dF o'sishi shkiv aylanasiga teguvchi o'qda dF va shkiv doirasi-ga normal o'qda dFn proyeksiyasiga ega:

(dFn — Fda [ dFT = dF

„ 0 dm = Fd„ — dN. [R± +S a

Biz tenglamalarning ikkala qismini 1-shkivning aylanasi va tasma yoyi bo'ylab tasmaning barcha elementlari bo'yicha bir-lashtiramiz:

CdT-(Fu-Fd) = 0

Fu+Fd

ri

«i-Jo

a-i

dN.

(13)

va

Tengliklarni (9), shuningdek (13) yetaklanuvchi shkiv uchun shunga o'xshash shkivni hisobga olgan holda (12), formulalar quyidagi shaklni oladi:

M0l = VForlal - ^rlPsalVl M02 = VF0r2al - W^l

(14)

61

05.02.03 - ТЕХНОЛОГИК МАШИНАЛАР. РОБОТЛАР, МЕХАТРОНИКА ВА РОБОТОТЕХНИКА ТИЗИМЛАРИ

Ta'rifga ko'ra, yetaklovchi shkivda tasma sirpanishining sharti quyidagicha yozilishi mumkin:

JrCC-L /■<*!

dT < I fdN о Jo

yoki tenglikni hisobga olgan holda (13):

(15)

Yetaklanuvchi shkiv uchun sirpanishning yo'qligi sharti shunga o'xshash tarzda olinadi:

Fu-Fd</a2(Fn-Psv^)

(16)

qilinadigan sxemasining o'ziga xos xususiyati asosiy ishchi organlar, arrali silindrlar, qoziq-li va cho'tkali barabanlar, iflosliklarni chiqa-ruvchi shnek orasidagi kinematik bog'lanish hisoblanadi. Bunda ishchi organlar ishlashi-ning o'zaro bog'liqligi, ya'ni bitta oqim zanji-ridek ta'minlanadi. Bu esa tiqilishlarni ka-maytiradi, tozalash samaradorligini oshiradi va paxta shikastlanishining oldini oladi.

Tasmaning ishlashi pasayishi bilan qo'shimcha cho'zish xavfsizlik omilini kamay-tirish va uzatish samaradorligini oshirishga imkon beradi.

Tadqiqot natijalari

Yuqoridagi nazariy izlanishlardan foy-dalanib, texnologik mashinalarda, jum-ladan, UXK agregatlarida shkiv va tasma-ning ishchi yuzalari orasida zarur bo'lgan ishqalanishni ta'minlash uchun tasmaning dastlabki taranglashishi amalga oshiriladi. Bunda ishlash jarayonida tasma materiali-ning fizik-mexanik xususiyatlari va ularning ekspluatatsiya sharoitiga bog'liq tasmaning tarmoqlari cho'ziladi (deformatsiyalanadi). Tasmali uzatmada yetaklanuvchi shkivning burchak tezligi notekisligi, asosan, tasma tar-moqlari cho'zilishlari va tashqi ta'sir kuchla-riga bog'liq. 7-rasmda UXK paxta tozalash mashinasiga 1-tozalash zonasida o'rnatilgan uzatmalarning kinematik sxemasi va tas-malarni o'rnatish jarayoni keltirilgan.

Tavsiya etilgan paxtani tozalash agregati yuritmalari sxemasi takomillashtirilib, ishchi organlarning o'zaro kinematik bog'lanishlari ta'minlangan. Elektr yuritgichlar soni va quv-vati sarfi kamaytirilgan. Paxta tozalash agre-gatining tajriba nusxasi Toshkent viloyatida joylashgan «REAL AGRO COTTON» UK paxta tozalash tizimi 1-oqimiga o'rnatildi. Bunda tavsiya qilingan variantda iste'mol qilinadi-gan quvvat seriyali yuritmasiga nisbatan 3,7kVt ga kam. Agregat yuritmasining taklif

шШ mh /

vv » —

7-rasm. UXK paxta tozalash mashinasining 1-tozalash zonasi uchun kinematik sxemasi va tasmalarni o'rnatish jarayoni

Ishlab chiqarish sinovlari UXK paxta xo-mashyosini tozalovchining 1- va 2-oqim liniyalarida 01.09.2022-y.dan hozirgi kun-gacha amalga oshirib kelinmoqda. Tajri-balar "Namangan-77" 1-sortli 5-toifali qo'lda terilgan paxta xomashyosida o'tka-zildi. Paxta xomashyosining berilgan iflos-ligi tozalash samaradorligiga katta ta'sir ko'rsatdi. Sinovlar davomida oqim liniyasi-ning taqqoslanadigan seksiyalaridagi nam-lik va berilgan ifloslik bir xil diapazonda ushlab turildi. Tahlillar zavod laboratori-yasida o'tkazilib (8-rasm), UXK agregatini tozalash seksiyalarining seriyali va tajriba-viy konstruksiyalaridagi taqqoslash tex-nologik sinovlari natijalari tozalash sama-radorligining dvigatel aylanishlar soniga bog'liqlik grafiklari keltirilgan (9-rasm).

Tajriba-sinov natijalari

Tahlillar natijalariga ko'ra, tozalash sa-maradorligi dvigatelning har xil aylanish-lar soniga qarab o'zgarib borishini 9-rasmda ko'rish mumkin. Nazariy izlanishlar orqali hi-sob-kitoblar qilinib, biz tavsiya qiladigan ta-komillashtirilgan tasmali uzatmani UXK paxta tozalash agregatiga o'rnatib, shuni ta'kidlash

8-rasm. Tozalangan paxtani zavod laboratoriyasida tahlil qilish jarayoni

9-rasm. Takomillashtirilgan va mavjud UXK paxta tozalash mashinasi tozalash samaradorligining dvigatel aylanishlar soniga nisbatan o'zgarishi

joizki, tozalash samaradorligi amaldagi mavjud tozalash samaradorligidan (8^10)% gacha oshganini ayta olamiz. Bu, o'z navbatida, dast-labki amaliy izlanishlarimiz va tadqiqotlarimiz uchun yaxshi natija va ko'rsatkich hisoblanadi. Tadqiqot natijalarining kengaytirilgan hisobot-lari keyingi ilmiy ishlarimizda yoritib boriladi.

Xulosalar

1. Respublikamizda mavjud paxta zavod-lari tozalash sexida eng ko'p qo'llanib ke-linayotgan UXK markali paxta tozalash ma-shinasi tasmali uzatmalar va tozalash sama-radorliklari amaliy tadqiqotlarda o'rganilib, chuqur tahlil qilindi.

2. Amaliy izlanishlar paytida aniqlangan tasmali uzatmalar kamchiliklarini bartaraf etish uchun yangi takomillashtirilgan qayish-qoq elementga ega, ekssentrikli va ekssen-triksiz tasmali uzatmalar kompyuter dasturi yordamida loyihalanib, nazariy hisob-kitob-lar olib borildi.

3. Tasma uzatmasining kompyuter modeli tasmaning tortish xususiyatlarini baholash imkonini berdi.

4. Siljishsiz rejimda, shkiv xavfsizlik koeffitsiyentining pasayishi bilan tasma qo'zg'alishi samaradorligi oshadi. Bunday yukda samaradorlik koeffitsiyenti maksimal darajaga yetadi, shkivlardan birida yopishish koeffitsiyenti ruxsat etilgan minimal darajaga tushadi.

5. Tasmaning berilgan zaxira koeffitsi-yentini saqlab turish uchun yuk o'zgarganda, tasmaning kuchlanish kuchini sozlash tavsiya etiladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6. Paxtani tozalash mashinasi ishchi or-ganlari yuritmalaridagi tasmali uzatma shkivlari erkin tebranishlarini ifodalovchi differensial tenglamalar yechimi asosida tas-maning yetaklovchi va yetaklanuvchi tar-moqlarining uzayishlarini aniqlash ifodalari, bog'lanish grafiklari olindi.

7. Tasma tarmoqlarining tasmaning turli ta-rangliklaridagi uzayishining bog'lanishlari olin-di. Texnologik mashinalar yuritmalari uchun uzatmani uzatish nisbati va tasma xarakteristi-kasini tanlash metodi ishlab chiqildi.

8. Tasmaning taranglash roligi bilan ta'sir-lashishi inobatga olinib, qayishqoq vtulka-ning bikirlik koeffisiyentini hisoblash formu-lasi olindi. Taranglovchi rolikning qayishqoq vtulkasi bikirlik koeffisiyentining tasma qa-yishqoq vtulka yuzasini qamrash burchagi va rolik radiusiga bog'liqligi formulalari ishlab chiqildi.

9. Yangi takomillashtirilgan UXK agregati-da qo'llashda, paxtani mayda va yirik iflos-liklardan tozalagich ishchi organlari - arrali, qoziqli va tashuvchi barabanlarning harakat qonunlari o'rganilib, ulardagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun nazariy va amaliy tahlil-lar olib borildi.

05.02.03 - ТЕХНОЛОГИК МАШИНАЛАР. РОБОТЛАР, МЕХАТРОНИКА ВА РОБОТОТЕХНИКА ТИЗИМЛАРИ

10. UXK tozalagich elektr yuritgichining talab qilingan quvvati o'zgarishi, ya'ni dviga-tel aylanishlar soni o'zgarishi va tasmali uzat-malar kinematik sxemalari tahlil qilinib, yangi takomillashtirilgan ekssentrikli va ekssentrik-siz tasmali uzutma sxemasi ishlab chiqildi.

11. Ishlab chiqilgan sxemalar orqali shkivlar qayta takomillashtirilib, tasmani ta-ranglovchi ekssentrikli va ekssentriksiz tas-mali uzatmalar ishlab chiqildi va ular UXK paxta tozalash agregatiga o'rnatilib, tajribalar o'tkazildi.

12. Tajriba-sinov paytida UXK tozalagich elektr yuritgichining talab qilingan quvva-

ti o'zgarishi, ya'ni dvigatel aylanishlar soni o'zgarishi tozalash samaradorligi o'zgarishiga olib kelishi amalda o'rganildi.

13. Tajriba natijalariga ko'ra, tavsiya qilingan tasmali uzatmalar UXK agregatida qo'llanilganda, mashinaning tozalash sama-rasi (8^10)% ga ortishi, chigit shikastla-nishi 1,3 martaga kamayishi kuzatildi. Pax-ta tiqilishlari umuman kuzatilmadi. Demak, ishchi organlar aylanish chastotalari tozala-nayotgan paxta harakati yo'nalishlarida-gi ishchi organlarda ortib borishi 275 ayl/ min dan 320 ayl/min gacha bo'lishi tavsiya qilindi.

REFERENCES

1. Belov, M. (2017). Protsessi i mashiny agroinzhenernykh sistem k raschetu remennoy peredachi [The calculation of the belt transmission]. Universum: Engineering Sciences, 5(38). Retrieved from http://7universum.eom/ru/tech/archive/item/4

2. Djurayev, A., & Kasimov, A. (2023). Influence of Eccentric Pulleys on Increasing the Efficiency of Cleaning Cotton from Small Garbage. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(1), 99-102. Retrieved from https://univerpubl.com/index.php/synergy/article/view/166/105

3. Djurayev, A., & Kasimov, A. (Januar 2023). Paxtani tozalash texnologik mashinalarining tasmali uzatmalarini tasma tarangligining uning tarmoqlari uzayishiga ta'siri [The effect of belt tension on the elongation of the belts of cotton ginning machines]. Journal of Advanced Research and Stability, 3(1), 236-239. Retrieved from https://sciencebox.uz/index.php/jars/article/ view/5467/4942

4. Djurayev, A., Mamatova, D., & Kasimov, A. (2018). UZB Патент № IAP 06793 APIS, F16 H 7 02.

5. Djurayev, A., Miraxmedov, J., Murodov, O., Mamadaliyeva, S., & Nurullayeva, X. (2006). Kolosnikovaya reshetka ochistitelya khlopka s mnogogrannymi kolosnikami [Cotton cleaner grate with multifaceted grates]. mechanical engineering, 221-223. Retrieved from http://rep.vstu.by/ bitstream/handle/123456789/7307/Ml_pr06_221-223.pdf?sequence=1&isAllowed=y

6. Djurayevich, D., & Jumayevich, M. (2017). Groundation of the parameters of grate bar on elastic support with non-linear hardness. European Science Review(7-8), 109-111. Retrieved from https:// cyberleninka.ru/article/n/groundation-of-the-parameters-of-grate-bar-on-elastic-support-with-non-linear-hardness

7. Dzhuraev, A., & Murodov, O. (2018). Improving the design and methods for calculating the parameters of plastic grates on rubber supports of cotton cleaners from large litter. Tashkent: Fan va tekhnologiya Publ.

8. Kasimov, A. (2019). New string transmission for technological machine actuators. Proceedings of the Republican scientific-online conference on the development prospects of scientific development in the XXI century and the role of innovations, (pp. 103-104). Tashkent.

9. Mamatova, D., Djuraev, A., & Nematov, A. (2022). Scientific basis of improving cotton grinding machines, transmission mechanisms constructions and calculation of parameters. Tashkent.

10. Muradov, A., Tashpulatov, D., Juraev, A., Gafurov, J., & Vassiliadis, S. (2018). Design development and parameters calculation methods of plastic diamond pattern bars on resilient supports in ginning machines. IOP Conf. Ser.: Mater. Sci. Eng., 459, pp. 1-10. doi:10.1088/1757-899X/459/1/012068

S

11. Murodov, O. (2019). Remont mashin otrasli [Industry machine repair]. Tashkent.

12. Murodov, O. (October 2019 r.). Perfection of designs and rationale of parameters of plastic koloski cleaning cleaners. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering, 8(12), 2640-2646. Retrieved from https://www.ijitee.org/wp-content/uploads/papers/v8i12/ K22040981119.pdf

13. Murodov, O. (Apr 2021). Development of an effective design and justification of the parameters of the separation and cleaning section of raw cotton. Journal of Physics: Conference Series, 1889(4), 042012. doi:10.1088/1742-6596/1889/4/042012

14. Murodov, O. (2021). Novaya konstruktsiya pylnogo tsilindra khlopka na uprugikh podshipnikovykh oporakh [New design of a full cylinder of cotton on elastic bearings]. Future of Science, 212-214.

15. Murodov, O. (2021). Vliyaniye formy setki ochistitelya melkogo sora dlya khlopka-syrtsa na ochistitelnyy effekt [Influence of the mesh shape of the fine litter cleaner for raw cotton on the cleaning effect]. (2), 52-55.

16. Murodov, O. J., & Rajabov, O. I. (2021). Rezul'taty eksperimental'nogo issledovaniya nagruzhennosti i kharaktera kolebaniy mnogogrannoy setki na uprugikh oporakh ochistitelya khlopka. Proceedings of Higher Educational Institutions, Series Technology of the Textile Industry, 395(5), 191-197.

17. Murodov, O. J., & Rudovskiy, P. N. (2022). Obosnovaniye parametrov i konechno-elementnoye modelirovaniye dvizheniya khlopkovozdushnoy smesi v separatore khlopka. Proceedings of Higher Educational Institutions, Series Technology of the Textile Industry, 1(397), 266-271. doi:10.47367/0021-3497_2022_1_266

18. Murodov, O. J., Djuraev, A., Narmatov, E. A., Yormamatov, T., & Olimjonov, B. K. (2021). Analysis of the vibrations of a console column made on a base with non-line protection in gin. Journal of Physics: Conference Series, 1889(4).

19. Murodov, O., Abdugaffarov, K., & Safoev, A. (2020). Improving the quality of lint by strengthening the cleaning of cotton seeds from waste. IOP Conf. Ser.: Mater. Sci. Eng (pp. 1-6). IOP Publishing Ltd. doi:10.1088/1757-899X/862/3/032026

20. Murodov, O., Rudovskiy, P., & Korabelnikov, A. Obosnovaniye parametrov i konechno-elementnoye modelirovaniye dvizheniya khlopko-vozdushnoy smesi v khlopko-separatore [Substantiation of parameters and finite element modeling of hie movement of a cotton-air mixture in a cotton separator]. Technology of the Textile Industry: Proceedings of higher educational institutions, 6(397), 266-271.

21. Murodov, O. J., Juraev, A. D., Plekhanov, A. F., Tashpulatov, D.S. (2022). Influence of parameters of a plastic multi-face grate on elastic supports in a cotton cleaner on the frequency of system vibrations and the effect of cleaning fiber mass from weed and hardimpurities. Proceedings of Higher Educational Institutions, Series Technology of the Textile Industry, 171-176.

22. Murodov, O. J. (2018). Razrabotka konstruktsii i obosnovaniye parametrov vibratsionnogo plastmassovogo kolosnika ochistitelya khlopka ot krupnogo sora [Development of the design and justification of the parameters of the vibrating plastic grate of the cotton cleaner from large litter]. Tashkent: Tashkent Institute of Textile and Light Industry, 125.

Taqrizchi: Muxammadiyev D.M., t.f.d, professor, bosh ilmiy xodim, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T.O'rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.