Научная статья на тему 'TOLA AJRATISH MASHINASIDA CHIGITLARNING FRAKSIYALARINI TADQIQ ETISH'

TOLA AJRATISH MASHINASIDA CHIGITLARNING FRAKSIYALARINI TADQIQ ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
150
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Burxonova Sitora Baxodir Qizi, Madumarov Ilxomjon Dedaxanovich, Tuychiyev Timur Ortikovich

Maqolada paxtani jinlashdan sо‘ng tolasi tо‘liq ajratilgan chigitlar fraksiyasi о‘rganilgan. О‘rganish natijasida jin ishchi kamerasida I navda о‘rtacha 52% ikki marta linterlash kerak bо‘lgan chigitlar, 40% bir marta linterlash kerak bо‘lgan chigitlar, 7% yaxshi jinlanmagan chigitlar va 1% toza chigitlar mavjud ekanligi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOLA AJRATISH MASHINASIDA CHIGITLARNING FRAKSIYALARINI TADQIQ ETISH»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 2, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

TOLA AJRATISH MASHINASIDA CHIGITLARNING FRAKSIYALARINI TADQIQ ETISH

Burxonova Sitora Baxodir qizi

magistratura talabasi Madumarov Ilxomjon Dedaxanovich, t.f.d., professor Tuychiyev Timur Ortikovich

PhD, dotsent

Annotatsiy. Maqolada paxtani jinlashdan so'ng tolasi to'liq ajratilgan chigitlar fraksiyasi o 'rganilgan. O'rganish natijasida jin ishchi kamerasida I navda o'rtacha 52% ikki marta linterlash kerak bo'lgan chigitlar, 40% bir marta linterlash kerak bo'lgan chigitlar, 7% yaxshi jinlanmagan chigitlar va 1% toza chigitlar mavjud ekanligi aniqlandi.

Kalit so'zlar: paxta, chigit, jinlash, linterlash, tola, momiq, tozalash, saralash

https://doi.ors/10.5281/zenodo.7308416

Kirish. Paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat ko'rsatkichlari har doim ham davlat standartlari talablariga mos kelmaydi. Bunga asosiy sabab texnologik jarayonlarda o'rnatilgan uskunalarning to'g'ri ishlashi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat ko'rsatkichlarini nazorati past yoki yetarli darajada e'tibor qaratilmaydi. Oqibatda texnologik rejimlar noto'g'ri o'rnatilishiga va mahsulotlarning sifat ko'rsatkichlarini pasayishi hamda ortiqcha sarf harajatlarni yuzaga keltiradi. Ushbu omillarning texnologik jarayonlarda salbiy ta'sir etishini aniqlash va bartaraf etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Jinlash jarayonidan chiqqan chigitlarni tozalash va saralash bo'yicha ko'plab nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilgan, lekin hozirgi kunda zamon talablariga to'liq javob bera oladigan texnika va texnologiyalar dolzarbligicha qolmoqda. Chunki chigitlarni saralashda ularni shikastlanishiga yo'l qo'ymaslik, tarkibidagi iflosliklarni to'liq tozalab olish, yigirishga yaroqli bo'lgan tolaga ega chigitlarni saralab olib, qayta jinlash orqali tola chiqishini oshirish imkoniyatini yaratuvchi universal texnologiya ishlab chiqilmagan.

Masalani qo'yilishi. Tolasi to'liq ajratilgan chigitlarni tozalash texnologik jarayondagi uskunalarning ish unumdorligi, mahsulot sifatini oshirish masalasi bo'yicha tadqiqotchilar tomonidan tahlillar olib borilgan bo'lsada, lekin bu masala to'laligicha o'z yechimini topmagan. Ma'lumki linterlash jarayonidan keyin momiq tarkibida iflos aralashmalar miqdori ko'p bo'lib, undan olinadigan mahsulotlarning sifatini pasaytirishga olib keladi. Momiq tozalash jarayonini amalga oshirish murakkab va tozalash samaradorligi past ekanligini hisobga olib, linterlash jarayonidan oldin chigitni tozalash orqali ishlab chiqarilayotgan momiq tarkibidagi iflos aralashmalar miqdorini kamaytirish mumkin. Jinlash jarayonidan keyin chigitni tozalash bo'yicha yetarlicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmagan yoki e'tiborga olinmagan jihatlar mavjud.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 2, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Shuning uchun bugungi kunda chigit tozalash texnika va texnologiyasini takomillashtirish, tola, momiq, chigitni unumli hamda sifatli chiqishini ta'minlash borasida ilmiy izlanishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Tajribaviy qism. Paxta tarkibidagi yot aralashmalarning bir qismi jinlash jarayonida tolaga qo'shilib ketadi, bir qismi esa chigitlar tarkibiga qo'shilib, ularni ifloslantiradi.

Jinlashdan keyingi chigitlar tarkibida qum, mayda iflosliklar, barglar, metall jismlar bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, chigitli massada chigitlarning yaxshi rivojlanmagan, pishib yetilmagan maydalari xam uchraydi. Bular turli jarayonlar vaqtida ezilib, maydalanadi hamda momiq va chigit iflosligining oshishiga olib keladi. Bundan tashqari chigitlar tarkibida tolasi to'liq ajratib olinmagan chigitlar xam mavjud bo'lib, ularni saralab olish orqali tola chiqishini oshirish imkoniyati yaratiladi.

Jinlangan tukdor chigitlarni qayta ishlash uchun keyingi texnologik jarayonga o'tkazishda sifat ko'rsatkichlarining muhimligini hisobga olgan holda, bundan tashqari oxirgi yillarda ishlab chiqarishga yangi spetsifik fizik-mexanik xossalarga ega paxta navlarining joriy qilinayotganligi e'tiborga olib ishlab chiqarish sharoitida tukdor chigitlarni fraksion tarkibini o'rganish maqsadida tadqiqotlar o'tkazildi [1].

Bulardan jinlangan fraksiyalar tarkibida to'liq tozalangan chigitlar bo'lishini ko'rish mumkin. Ular ishlab chiqarish navi va jinning unumdorligiga bog'liq holda chigitlarning umumiy massasidan 2-5 % ni tashkil qilishi mumkin. Bundan tashqari 12 % toladorlik darjasiga ega chigitlar 45-50%, chigitli massadagi ifloslik mikdori esa 1-3 % ni tashkil qiladi.

50

I HaB

50

40

30

20

10 6 6

0

1.

60 50 40 30 20 10 0

52

1. 2. 3. 4.

1

1. 2. 3. 4. o'rtacha

max

5

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 2, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

60 50 40 30 20 10

52 II HaB

1. 2. 3. 4.

o'rtacha max

0

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 2, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

1-rasm. O'rta tolali paxta uchun jinlangan chigitlarning fraksion tarkib diagrammasi (S-6524). ^ - yaxshi jinlanmagan chigitlar va letuchkalar; | - ikki marta linterlash kerak bo'lgan chigitlar; | - bir marta linterlash kerak bo'lgan chigitlar; | - toza chigitlar.

Paxtaning ingichka tolali navlarda fraksion tarkib bir muncha boshqacha bo'ladi [2]. Ya'ni valikli jinlashdan keyingi turli navdagi tozalangan chigitlar 45-56 %, linterlashga moyil chigitlar 33-43,5 % ni va yaxshi jinlanmagan chigitlar 10,2-13,0 % ni tashkil etar ekan. 1-rasmda chigit fraksiyalari va ularning naviga bog'liq o'zgarishi tasvirlangan.

Hozirda ko'plab paxta tozalash korxonalarida chigitni saralash qurilmalarining ish unumdorligi hamda saralash samaradorligining pastligi tufayli texnologik jarayonlardan olib tashlangan. Buning oqibatida tolaning momiqqa va boshqa turli chiqindilarga qo'shilib ketib qolishi oqibatida qimmatbaho xomashyoning isrof bo'lishi kuzatilmoqda [3]. Bundan tashqari chigit turli iflosliklardan tozalanmasdan linter mashinalariga yuborilmokda va bu orqali momiq sifati ham sezilarli darajada buzilmoqda.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 2, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Xulosa. Paxtani jinlashdan so'ng tolasi to'liq ajratilgan chigitlar fraksiyasi tadqiqoti natijasida jin ishchi kamerasida I navda o'rtacha 52% ikki marta linterlash kerak bo'lgan chigitlar, 40% bir marta linterlash kerak bo'lgan chigitlar, 7% yaxshi jinlanmagan chigitlar va 1% toza chigitlar mavjud ekanligi aniqlandi. II navda o'rtacha 52% ikki marta linterlash kerak bo'lgan chigitlar, 32% bir marta linterlash kerak bo'lgan chigitlar, 12% yaxshi jinlanmagan chigitlar va 4% toza chigitlar mavjud ekanligi aniqlandi. III navda o'rtacha 48% ikki marta linterlash kerak bo'lgan chigitlar, 39% bir marta linterlash kerak bo'lgan chigitlar, 9% yaxshi jinlanmagan chigitlar va 4% toza chigitlar mavjud ekanligi aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Salimov, A., Hua, W., & Tuychiyev, T. (2019). Technology and equipment for primari cotton processing. O 'quv qo 'llanma. Dounghua, China, 174.

2. Tuychiyev T.O. Paxtani tozalash texnologik jarayoniga tayyorlash va ta'minlagichni takomillashtirgan holda tozalash mashinasi samaradorligini oshirish // Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya, Toshkent, 2018 y. 120-b.

3. Ahmedov M., Shoraxmedova M., Tuychiev T., Tashpulatov, D., & Cherunova, I. (2021, December). Physical and mathematical modeling of the moving the raw cotton between directing wall and area ginning seeds. In Journal of Physics Conference Series (Vol. 2131, No. 3, p. 032056).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.