Научная статья на тему 'DISKRET-UZLIKSIZ ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARIDAGI HOM ASHYO VA TOVAR MAHSULOTLARINI PARAMETRLARINING BELGILARINI IYERARHIK TUZILMASINI LOYIHALASH'

DISKRET-UZLIKSIZ ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARIDAGI HOM ASHYO VA TOVAR MAHSULOTLARINI PARAMETRLARINING BELGILARINI IYERARHIK TUZILMASINI LOYIHALASH Текст научной статьи по специальности «Прочие технологии»

CC BY
207
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
DISKRЕT-UZLIKSIZ ISHLAB CHIQARISH JARAYONI / PAХTAGA DASTLABKI ISHLОV BЕRISH / ХОM ASHYONI BЕLGILARI BO'YICHA KLASSIFIKATSIYALASH / IЕRARХIYA / GRAF SХЕMA / TЕХNОLОGIK JARAYON

Аннотация научной статьи по прочим технологиям, автор научной работы — Yusupov F., Аliyev О. А.

Bоshqaruv nuqtai nazaridan paхtaga dastlabki ishlоv bеrish jarayonini avtоmatlashtirish masalasining zamоnaviy hоlati tahlil qilingan. Tехnоlоgik jarayonning qisqacha tavsifi bеrilgan. Paхtaga dastlabki ishlоv bеrish kоrхоnasidagi хоm ashyo va tayyor mahsulоtlarning bеlgilari bo’yicha klassifikatsiyasi rasmiylashtirilgan, graf-strukturasi qurilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DISKRET-UZLIKSIZ ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARIDAGI HOM ASHYO VA TOVAR MAHSULOTLARINI PARAMETRLARINING BELGILARINI IYERARHIK TUZILMASINI LOYIHALASH»

Технические науки

УДК 510.532:677.21

DISKRET-UZLIKSIZ ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARIDAGI HOM ASHYO VA TOVAR MAHSULOTLARINI PARAMETRLARINING BELGILARINI

IYERARHIK TUZILMASINI LOYIHALASH

F. Yusupov1, О.А. Aliyev2

Annotatsiya

Boshqaruv nuqtai nazaridan paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonini avtomatlashtirish masalasining zamonaviy holati tahlil qilingan. Texnologik jarayonning qisqacha tavsifi berilgan. Paxtaga dastlabki ishlov berish korxonasidagi xom ashyo va tayyor mahsulotlarning belgilari bo'yicha klassifikatsiyasi rasmiylashtirilgan, graf-strukturasi qurilgan.

Kalit so'zlar: diskret-uzliksiz ishlab chiqarish jarayoni, paxtaga dastlabki ishlov berish, xom ashyoni belgilari bo'yicha klassifikatsiyalash, ierarxiya, graf sxema, texnologik jarayon.

Diskret-uzliksiz xarakterdagi korxonalarni (paxta zavodi) optimal boshqarishning ko'p pog'onali shajarasini yaratish uchun, boshqaruv obyektining matematik modelini qurish zarur bo'ladi.

Obyektning oldindan berilgan sifatli tavsifi, obyekt modelini analitik ifodalashga imkon beradi.

Boshqariluvchi korxona, paxta xomashyosiga birlamchi ishlov beruvchi, bir qancha texnologik o'rnatmalar (qurilmalar) dan, xomashyoni va yakuniy mahsulotni saqlovchi turli xil omborlardan, yarim tayyor mahsulotlarni oraliq to'plovchilardan tuzilgan, murakkab kompleks sifatida ko'rib chiqilishi mumkin.

Boshqaruv obyektining kiruvchisi sifatida, har xil turdagi va navdagi, dastlabki paxta xomashyosi olinadi. Boshqaruv obyekti - paxta zavodining kiruvchisi sifatida esa, yakuniy mahsulotlar to'plami - paxta tolasi, momiq, texnik urug'lar va h.k. Diskret-uzluksiz texnologik jarayonli, tekshirilayotgan korxonlardagi materiallarning oqimi, dastlabki xomashyo (paxta xomashyosi) hamda qayta ishlangan paxta xomashyosining oraliq, yakuniy mahsulotlari hisoblanadi.

1.1 rasmda, paxta tozalash korxonasining texnologik sxemasi keltirilgan bo'lib, ushbu sxema kompleksning tuzilmasini va material oqimlarini harakatini aks ettiradi.

Ushbu sinfdagi korxonaning asosiy ishlab chiqarishi quritish, tozalash, tolalash, momiqlash hamda zichlash uchastkalaridan tashkil topgan. Bu uchastkalar, paxta xomashyosiga birlamchi ishlov berishning texnologik jarayonini amalga oshiradi [1, 2].

Dastlabki xomashyolar (paxta xomashyosi) to'lib-toshganidan (P amali) so'ng, pnevmo tashish qurilmasi (PTQ) yordami bilan individual quritish to'plovchisi (S)ga tashlanadi. To'plovchidan, xomashyoni ta'minot roliki 2СБ - 10 turdagi quritgich (Q) yo'naltiradi.

Quritgichda, paxta xomashyosi talab qilingan namlikkacha quritiladi, qisman kichik bir iflos chiqindilardan tozalanadi va 6А12М turdagi, kichik chiqindilarni tozalash (T) qurilmasiga tashiladi.

Paxta xomashyosi quritilganidan so'ng, PTQ yordamida taqsimlovchi burgulash (TB) qurilmasiga yo'naltiriladi. Burgulash qurilmasi, xomashyoni individual to'plovchi (IT) tomon ketma-ket taqsimlaydi. Dastlab, birinchi to'plovchi mashina to'lishi bilanoq, ikkinchi to'plovchiga o'tadi va h.k.

Paxta xomashyosining qoldiqlari, batareykali to'plovchilarga (BT) qayta tashlanadi, bunda xomashyo qayta ishlanadi. ITdagi paxta xomashyosini ta'minot

1Юсупов Фирнафас - кандидат технических наук, доцент кафедры «Программный инжиниринг», Ургенчскогий филиал Ташкентского университета информационных технологий, Узбекистан.

2Алиев ОйбекАзадович - ассистент кафедры «Программный инжиниринг», Ургенчскогий филиал Ташкентского университета информационных технологий, Узбекистан.

roligi ЧХ-3М-2 turidagi barabansimon tayoqli tozalovchi (T)ga tashlaydi. Katta chiqindidan tozlanganidan so'ng, yig'ma burgalash (YB) qurilmasiga tashlanadi. So'ngra, paxta xomashyosining ifloslanishiga qarab, goh kichik chiqindini tozalash (Tkich), goh katta chiqindidan ikkinchi bor tozalashga tashlanishi mumkin.

PB Q TKat Tkich DJ T omb

PB - paxta xom-ashyosi bunti Q - Quritgich

Tkat - katta chiqindini tozalash Tkich - kichik chiqindini tozalash DJ - djinlash T - Tola L -Linterlash T omb - Tola ombori M omb - Momiq (lint) ombori PCH omb - Paxta chigiti ombori

1

M omb

PCH omb

1. Rasm. Paxta tozalash korxonasining asosiy ishlab chiqarishning texnologik sxemasi

Quritilgan hamda tozalangan paxta xomashyosi PTQ yordamida burmalash qurilmasi (BQ)ga yo'naltiriladi, bunda u individual ХДД - 2М (3ХДД, ДП - 130) turdagi tolalash to'plovchisiga (TT) taqsimlanadi. Tolalashda tolani chigitdan ajratib olish amalga oshiriladi.

Tola, tolani 3ОВП turdagi tozalovchi (TTOZ)ga o'tadi hamda PTQ yordamida zichlashtirish (Z) uchun yo'naltiriladi.

Paxta chigiti djindan ajratilgach, burmalash qurilmasiga yig'iladi (BQY) hamda УС turdagi chigitni tozalagich (ChT)ga pnevmo tashish qurilmasi bo'yicha yo'naltiriladi. Chigitdan tozalangandan so'ng, ПМП - 160 turdagi lintlarni (L) alohida saqlash joyi bo'yicha burmalash qurilmasiga taqsimlanadi (BQT).

Chigit lintdan ajratilgach, PTQ yordamida lintni zichlashtirishga yo'naltiriladi (LZY). O'z navbatida, chigit ikkinchi linterlashga o'tadi (urug'lik chigitni olish uchun) hamda uchinchi linterlashga o'tadi (texnik urug'ni olish uchun).

Ekish uchun ishlatiladigan urug'lar, urug'lik chigitini tayyorlash uchastkalariga tashlanadi. Bunda, ular tartiblanadi, dezinfeksiya qilinadi hamda saqlanadi. Texnik chigitlar esa, bevosita omborlarga tashlanadi.

Paxta tozalash korxonasidagi yakuniy mahsulotlarning turlari, yakuniy mahsulotlarning umumiy klassifikatsion grafi ko'rinishida tasvirlanadi (1.2 rasm).

Berilgan nN mahsulot, N ta Ye belgi bo'yicha klassifikatsiyalansin, bunda har bir e-belgi ne qiymatni qabul qiladi.

Ye (K= l, n ) belgining k-e qiymatlari Ye,k berilgan bo'lsin. Agar, Ye,k (e=

l, N, к = l, n ) qiymatlar, yo'nalishsiz grafning tugunlari bo'lsa, ular orasidagi

bog'lanish - qovurg'alar esa, paxta xomashyosi yakuniy mahsulotlarining klassifikatsion belgilari shajaraviy tuzilmasining ildiziga mos keladi [15].

Tekshirilayotgan graf, ikkita Y,V to'plam orqali aniqlanadi, bu yerda Y -graf tugunlarining to'plami, V esa, Y to'plamning juft elementlari. (Y,V) grafni berish uchun,

qo'shnilik M={mij} (i= l, r; j = l, r ) matritsalaridan foydalaniladi, bu yerda r-grafning tugunlari soni;

11, agar ij tugunlari orasida bog ' liqlik bo ' lsa

0, agar ij tugunlari orasida bog ' liqlik bo ' lmasa

m=

y

' ning qiymati quyidagi formula bo'yicha topiladi: r = l + ^^n

L

L

L

e= 2

Тexничeскиe науки

Oxirgi mahsulotning birorta aniqlangan modifikatciyasiga oddiy zanjir mos keladi, yani (Y,V) grafning ketma-ket almashib keladigan turli qirralari va tugunlari (bunda zanjir daraxtning barcha N ta qatlamini bosib o'tish sharti bilan). (Y,V) grafning amaliy o'lchamligini tasavvur etish uchun 1 jadvalda natijaviy mahsulotning 4 ta modifiqatciyasi uchun (tola, chigit, lint, momiq) ma'lumotlar keltirilgan [3].

№ Rekvizit Tola Chigit Lint Momiq

1. Pahtani selektciya tipi (sort) 3 3 3 3

2. Pahtani terish uslubi 2 2 2 2

3. Pahtani sanoat sorti 4 4 4 4

4. Tolani sortlari 7 - - -

5. Chifitni sortlari - 4 - -

6. Chigitni unib chiqish sinfi - 3 - -

7. Lintni sorti - - 4 -

8. Lintni tipi - - 4 -

9. Momiq chiqindisini turlari - - - 3

10 Momiq chiqindisini sorti - - - 3

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Юсупoв Ф. Дeтeрминирoванная мoдeль oптимальнoгo тeкущeгo планирoвания ocHoBHoro прoизвoдствo пeрвичнoй пeрeрабoтки xлoпка-сырца / Труды V1 меж-дунарoднoй кoнфeрeнции «идентификация систем и задачи управлeния» Mora-ва 29 января - 1 февраля 2007 г. Институт прoблeм управления им. В.А. Трапезника РАН. SICPRO'07. М.: ИПУ РАН, 2007. - 865-871 с.

2.Каcимoв С.М. Мoдeлирoваниe прoцeccoв планирoвания xлoпкoвoй прoмышлeн-нocти. - Ташкент: Узбекистан, 1983. - 239 с.

3.Паxтани дастлабки ишлаш мувoфиклаштирилган тexнoлoгияcи (ПДИ 01-2007). -^шкент: Узбекистан, 2007.

© F. Yusupov, О.А. Aliyev, 2016

UDC 510.532:677.21

DESIGNING A HIERARCHICAL STRUCTURE PARAMETRIC SIGNS RAW MATERIALS AND END PRODUCTS IN A DISCRETE-CONTINUOUS PRODUCTION

F. Yusupov, O.A. Aliyev

Abstract: In this article, actual and modern challenges of the automated recycling process of cotton raw materials are discussed from the management viewpoint. Hence, the initial technological recycling process of cotton raw materials is briefly explained. Classification of the preliminary and ultimate product's quality parameters of cotton being recycled is formalized and their graph-like structures are established.

Keywords: discrete-continuous production process, preliminary recycling of cotton, parameter classification of preliminary raw materials, hierarchy, graph-like schema, technological process.

© F. Yusupov, O.A. Aliyev, 2016

УДК 510.532:677.21

ПРОЕКТИРОВАНИЕ ИЕРАРХИЧЕСКОЙ СТРУКТУРЫ ПАРАМЕТРИЧЕСКИХ ПРИЗНАКОВ СЫРЬЯ И КОНЕЧНЫХ ПРОДУКТОВ В ДИСКРЕТНО-НЕПРЕРЫВНОМ ПРОИЗВОДСТВЕ

Ф. Юсупов, О.А. Алиев

Аннотация. Проанализировано современное состояние задачи автоматизации производства первичной обработки хлопка с точки зрения управления. Вкратце описана технологический процесс первичной обработки хлопка. Построен граф-структура, формализующая классификационные признаки исходной и конечной продукции производства первичной обработки хлопка.

Ключевые слова: дискретно-непрерывный производственный процесс, первичная обработка хлопка, классификация признаков исходного сырья, иерархия, граф схема, технологический процесс.

© Ф. Юсупов, О.А. Алиев, 2016

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.