UO'T 677.21.021
TAYYORLANGAN TARKIBLI KOLOSNIKLARNING PAXTANI JINLASH JARAYONIGA TA'SIRINI TAHLILI
Shokirov, Hasanboy To'ychiboy o'g'li, Namangan muhandislik-qurilish instituti, tayanch doktorant, [email protected]
Annotatsiya: Tola ajratkich mashinasida paxta tolasini chigitdan ajratib berish jarayonida xomashyo valigi hosil bo'lishi bir qancha faktorlarga bog'liq bo'ladi. Shulardan eng asosiylari xomashyo valigini aylanish tezligi, toladorligi, zichligi, tolasidan ajragan chigitlar miqdori va boshqalardir. Bundan tashqari xomashyo valigida hosil bo'lgan bosim ta'sirida ishchi kamera devorlari bilan hosil qilgan ishqalanish kuchini ham inobatga olish kerak bo'ladi. Mana shu faktorlar tola ajratkich mashinasining ish unumdorligi va olinadigan tola sifatiga ta'siri bor. Tola ajratkich mashinasining ishchi kamerasiga ligerlangan yuzali tarkibli kolosnik yordamida tajriba o'tkazilgandan so'ng yaxshilangan, ya'ni ishchi yuzani materialini rangli metalllar qotishmasidan tashkil topganligi tolani bir necha xususiyatlarini ijobiylashtirishga yordam beradi. Buning natijalari ilmiy tadqiqot ishlarimizda batafsil ma'lumot berib o'tilgan.
Tadqiqotning asosiy maqsadi amaldagi va tavsiya etilayotgan kolosniklardan chiqqan tolaning sifat ko'rsatkichlarini aniqlash, ishlab chiqarishga taklif etishdan iboratdir. Ushbu tadqiqot ishida jin mashinasining ishchi qismlaridan biri kolosnikning DL-10 jin mashinasiga amaldagi va tavsiya qilinayotgan tarkibli kolosniklar o'rnatilgandan so'ng olingan natijalar tahlili keltirilgan. Yangi konstruksiyani joriy qilishdan asosiy maqsad, jamiyatning DL-10 jin mashinasining ish samaradorligini oshirish va yangi texnologiyalar bilan to'ldirish orqali rivojlantirishdan va sifatli tola va chigit olishdan iboratdir.
Аннотация: В процессе отделения хлопкового волокна от семян в волокноразделительной машине формирование сырья зависит от нескольких факторов. Важнейшими из них являются скорость вращения сырья, волокна, плотность, количество отделившихся от волокна семян и т. д. Кроме того, необходимо учитывать силу трения, создаваемую стенками рабочей камеры за счет давления, создаваемого в сырье. Эти факторы влияют на производительность сепаратора волокон и качество получаемого волокна. Он был усовершенствован после экспериментов с составом поверхности колосника, лигированного к рабочей камере волокноразделительной машины, т.е. материал рабочей поверхности состоит из сплава цветных металлов, что способствует улучшению ряда свойств волокна. Результаты этого подробно описаны в наших научных исследованиях.
Основная цель исследований - определить качественные показатели волокна из существующего и рекомендованного молозива и предложить его для производства. В данной научной работе представлен анализ результатов, полученных после установки джин-машины ДЛ-10, одного из рабочих органов джин-машины. Основная цель внедрения новой конструкции - повышение эффективности хлопкоочистительной машины общества ДЛ-10, ее развитие путем наполнения новыми технологиями, получение качественного волокна и семян.
Abstract: In the process of separating cotton fiber from seeds in a fiber separating machine, the formation of raw materials depends on several factors. The most important of them are the speed of rotation of the raw material, fiber, density, the number of seeds separated from the fiber, etc. In addition, it is necessary to take into account the friction force created by the walls of the working chamber due to the pressure created in the raw material. These factors
affect the performance of the fiber separator and the quality of the resulting fiber. It was improved after experiments with the composition of the surface of the grate ligated to the working chamber of the fiber separating machine, i.e. The working surface material consists of an alloy of non-ferrous metals, which helps improve a number of fiber properties. The results of this are described in detail in our scientific research.
The main goal of the research is to determine the quality indicators of fiber from existing and recommended colostrum and offer it for production. This scientific work presents an analysis of the results obtained after installing the gin machine DL-10, one of the working parts of the gin machine. The main goal of introducing a new design is to increase the efficiency of the company's DL-10 cotton gin machine, its development by filling it with new technologies, and obtaining high-quality fiber and seeds.
Kalit so'zlar: mikroneyr, shtapel uzunlik, tola, HVI, tarkibli kolosnik, jinlash, namangan 34, nav, paxta, agratkich, kalta tolalar, sarg'ishlik, sifat, texnika, texnologiya.
Ключевые слова: микронейр, штапельная длина, волокно, ХВИ, композитный колосник, Хлопко очистка, Наманган 34, сорт, хлопок, оградки, короткие волокна, желтизна, качество, техника, технология.
Key words: micronaire, staple length, fiber, CVI, composite grate, Cotton cleaning, Namangan 34, grade, cotton, fences, short fibers, yellowness, quality, technique, technology.
Kirish. Paxta va paxta mahsulotlarining sifat ko'rsatgichlarini hozirgi bozor iqtisodiyotining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Keyingi paytlarda ist'molchilarning paxta mahsulotlariga bo'lgan talabi kundan kunga ortib bormoqda. Chunki, hozirgi paytda Respublikamizning ichki bozorlari xorijdan keltirilayotgan sifatli mahsulotlarga bo'lgan talabi katta. Bizning asosiy maqsadimiz ichki bozorlarimizni o'zimizda ishlab chiqarilayotgan sifatli mahsulotlarni ko'paytirish va to'ldirish, hamda respublikamiz eksport salohiyatini oshirishdan iboratdir. Paxta mahsulotlarini tashqi va ichki bozorlarda raqobatlasha oladigan bo'lishi kerak. Mahsulot sifatini yaxshilash va uning raqobatbardoshligini oshirish va ta'minlash masalasi respublikamiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish uchun katta ahamiyatga egadir. Yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish, ta'minlash va rejalashtirishda zamonaviy baholash uslublari va sifat ko'rsatkichlarining standartlarini yaxshi bilishlari lozim. Paxta mahsulotlarini sifatini yaxshilash uchun qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xalqaro ISO tashkilotiga 1992 yilda a'zo bo'lgan O'zbekiston Respublikasida metrologiya va standartlashtirish bo'yicha asosiy talablami bajarish borasida «Sifat» tizimi joriy etildi. Mahsulot sifatini yaxshilash va uni oshirish muhim ahamiyatga egadir. [2, 5]
Dunyoda paxtaga dastlabki ishlov berish texnologiyasi, jumladan paxta tolasini chigitdan ajratish jarayoni, texnika va texnologiyasini takomillashtirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu yo'nalishda, jumladan, paxtani jinlash jarayoni samaradorligini oshirishning ilmiy asoslari ishlab chiqilmoqda, ilmiy hajmdor, shuningdek zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etishni jadallashtirish orqali mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirishga e'tibor kuchaytirilmoqda.
TADQIQOT METODI.
Amaldagi va tarkibli kolosniklar o'rnatilgandan so'ng, ya'ni namangan 34 selleksion, III sanoat navili ajralgan tola natijalari solishtirish usuli orqali tajriba sinovlari o'tkazilgan.
HVI (Eych Vi Ay) - paxta tolasining uzunlik, uzunlik bo'yicha bir xillik aniqlik uzulishidagi uzayish, mikroneyr rang va ifloslanish ko'rsatkichlari bo'yicha yuqori samarador High Volume Instruments sinovlari o'lchash tizimining qisqartirilgan nomlanishi (1-rasm). Tashqi ko'rinish namunalari paxta tolasining aniq bir navi va sinfiga xos bo'lgan rang, tuzilishi hamda iflos- langanlik jihatidan sifat ta'riflari majmuini ifodalovchi, belgilangan tartibda
tasdiqlangan paxta tolasi namunalari. Namunalar uzun tolali va o'rta tolali paxta tolasi uchun alohida tayyorlanadi. [2, 74]
1-rasm. HVI qurilmasi.
Mikroneyr ko'rsatkichi - Mikroare (Mic) paxta tolasi namunasining havo o'tkazuvchanligiga qarab tolaning ingichkaligi va pishib etilganligini ta'riflash.
Yuqori o'rtacha uzunlik - Upper Half Mean Length (UHM) - tekshirilayotgan namuna massasining yarmini tashkil qiluvchi eng uzun tolalarning o'rtacha uzunligi bo'lib, duymda yoki mm da ifodalanadi. Bu atama mazmuni "Yuqori yarim o'rtacha uzunlik" deb qilingan noto'g'ri tarjimasidan ham ma'lum.
1/32 dyumdan iborat shtapel uzunlik - Staple Length 32nds (Staple) - tolaning uzunligi bo'lib, u klassifikator tomonidan qo'lda tortilgan parallel tolalar shtapelini vizual, ya'ni ko'z bilan ko'rib aniqlanadi va 1/32 duymda (masalan, 1/32), yoki kodda 1/32 oralig'iga barobar miqdordagi kodda aniqlanadi, ushbu misolda -33 ga barobar. [2, 75]
O'rtacha uzunlik - Mean Leng th (ML) - namunadagi barcha tolalarning o'rtacha uzunligi. 75 Uzunlik bo'yicha bir xillik indeksi - Uniformity Index (Unf) - tolalar o'rtacha uzunligining yuqori o'rtacha uzunlikka nisbati bilan belgilanuvchi ta'rif bo'lib, foiz hisobida ifodalanadi.
Kalta tolalar indeksi - Short Fiber Index (SFI) - namunadagi uzunligi 0,5 dyumdan (12,7 mm) kalta bo'gan tolalar ulushi bo'lib, foiz hisobida ifodalanadi.
Nur qaytarish koeffitsienti - Reflectance (Rd) - sinalayotgan paxta tolasi namunasi yuzasidan qaytgan yorug'lik miqdori, foiz hisobida ifodalanadi.
Sarg'ishlik darajasi - Yellowness (+b) - sinalayotgan namuna tarkibida sarg'ishlik darajasi.
Tresh kod - Nrash Code (T) - notolaviy aralashmalar bilan ifloslanganlik ko'rsatkichi, iflos aralashmalar maydonini 10 ga ko'paytirish yo'li bilan aniqlanadi. Masalan, agar iflos aralashmalar maydonining ulushi 0,4 % ni tashkil etsa, Tresh kod 4 ga teng bo'ladi.
Iflos aralashmalar maydoni - Trash Area (Area) - HVI tizimi-da o'lchov asboblari yordamida aniqlanadigan iflos zarrachalaming umumiy maydoni, bu namuna yuzasini skanerlash yo'li bilan aniqlanadi hamda tekshirilayotgan namuna yuzasi maydoniga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi.
Iflos aralashmalar soni - Trash Count (Cnt) - namunadagi diametri 0,01 dyum (0,25 mm) va undan katta bo'lgan alohida iflos zarrachalar soni. Solishtirma uzilish kuchi - Strength (Str) -paxta tolasining pishiqligi bo'lib, kalibrlanuvchi paxtaning HVI gradiuirovkasida (HVI Calibration Cotton), gs/teksda (cH/teks) ifodalanadi.
Uzilishdagi uzayish - Elongation (Elg) - HVI tizimidagi dinamometrda tolaning uzilishidagi uzayishi, foizlarda ifodalandi. . [2, 76]
TADQIQOT NATIJALARI.
Tajribalar xalqaro universal paxta tolasi standartlar bo'yicha tola sifat ko'rsatkichlarini aniqlash uchun mo'ljallangan HVI 900 SA instrumental laboratoriya tizimida Namangan-34 seleksiya navidagi tolalarda o'tkazilgan tadqiqot natijalarini quyidagi 1-jadvalda ko'rsatilmoqda. HVI 900 SA instrumental laboratoriya tizimidagi atama va sifat ko'rsatkichlari xalqaro universal paxta standart asosida berilmoqda. Tola ajratkich mashinasining ishchi kamerasiga ligerlangan yuzali tarkibli kolosnik yordamida tajriba o'tkazilgandan so'ng, tola namunalari Namangan «Sifat» laboratoriya markazidaga HVI-900SA laboratoriya tizimida sinovdan o'tkazish natijalaridan kelib chiqib ijobiy natijalar olingani, ya'ni tolada Unf.-uzunlik bo'yicha bir xillik tezlatgich ishlatilganda 1 % ga ortganligi, tolalar tarkibidagi kalta tolalar indeksi 0,1 % ga kamaygani kuzatildi. Undan tashqari, xomashyo valigini aylanish tezligini oshirish bilan Str.-solishtirma uzilish kuchi 2,1 gs/teks yaxshilandi. HVI-900SA laboratoriya tizimida ushbu tola holati bo'yicha Len.-yuqori o'rtacha uzunlik 0.4 % ga oshgan. Mic-mikroneyr ko'rsatkichi, ya'ni tolaning pishib etilganligi va chiziqli zichligi baza ko'rsatkichiga yaqin ko'rsatkichdaligi aniqlandi.
1-jadval
Amaldagi va taklif etilayotgan kolosniklar o'rnatilgan jin mashinasida ajralgan Namangan - 34 III navi paxta tolasining HVI tizimidagi sifat ko'rsatkichlari
№ Tolaning sifat ko'rsatkichlari Amaldagi kolosnik o'rnatilgandan keyin olingan namuna Tarkibli kolosnik o'rnatilgandan keyin olingan namuna
1 Mikroneyr (Mic) 4.0 3.9
2 Solishtirma uzilish kuchi (STRENGTH) 35.0 37.1
3 Yuqori o'rtacha uzunlik (LENGTH) 1.21 1.25
4 Uzunlik bo'yicha bir xillik indeksi (UNIFORM) 86.6 86.6
5 Kalta tolalar indeksi (SFI) 3.5 3.4
6 Uzilishdagi uzayish (ELONG) 7.7 7.7
7 Shtapel uzunligi (dyum) 39 39
8 Maydon (AREA) 2.3 0.9
9 Rang turgunligi sarg'ishlik darajasi (C.GRADE) 51-3 51-1
10 Nur qaytarish koeffitsienti (Rd) 64.4 65.3
11 Sarg'ishlilik darajasi (+b) 7.3 7.3
1-diagramma
XULOSA
1. Amaldagi va tavsiya qilinayotgan tarkibli kolosniklar DL-10 jin mashinasiga o'rnatilib, tolaning o'n bitta xususiyatlari aniqlanib ijobiy natijalar olishga erishilgan.
2. Yuqori o'rtacha uzunlik amaldagi kolosnik o'rnatilgandan so'ng olingan tolaning qiymati 1.21 % ni, tavsiya qilinayotgan tarkibli kolosnik o'rnatilgandan so'ng olingan tolaning qiymati esa 1.25 % ni ko'rsatgan.
3. Solishtirma uzilish kuchi mavjudda 35rs/tekst, tavsiya qilinayotgan kolosnikda esa 37,1 rs/tekst qiymatlarniko'rsatgan.
4. Tarkibli kolosnik o'rnatilgandan so'ng tolaning sifati bir qator ijobiy xususiyatlarga ega bo'lganini yuqoridagi jadvalda keltirilganiga xulosa qilish mumkinki, tavsiya qilinayotgan kolosnik orqali jinlash jarayonini ish unumdorligini yaxshilashga erishish mumkin.
ADABIYOTLAR
1. "O'zpaxtasanoat" uyushmasi "Paxtani qayta ishlashning muvofiqlashtirilgan texnologiyasi", (PDQI 41-2002; PDI-2007) T. "Mehnat". 2012. - 58 b.
2. A.Salimov. Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash. -T. «Fan va texnologiva», 2019, 216 bet.
3. Tola ajratish jarayonini takomillashtirish: monografiya / X.T. Axmedxodjaev, M.A. Tojiboev, X.N. Sharipov - "Navro'z" nashriyoti, 2021 140 bet.
4. Shokirov Kh. Arrali tola ajratkich kolosnigi ishchi yuzasini tayyorlash uchun materiallar tahlili. Namangan "Texnika va texnologiyalar rivojining istiqbollari: muammolar va echimlar" mavzusidagi Xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferentsiya, NamMQI.18-oktyabr 2023yil.
7. Patent UZ № FAP 02331. Sh.T.Ergashev, O.Sh. Sarimsakov, Kh.T. Shokirov, AO. Sharifjanov. 31.08.2023 y.
Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali
https://jurnal.qurilishtalim.uz