UDK 677.21.021
PAXTA TOLASINI SIFATLI AJRATIB OLISH JARAYONI BO'YICHA OLINGAN
NATIJALAR TAXLILI
Muradov Rustam Muradovich NamMTI, professor, E-mail: rmuradov [email protected]
Komilov Shuxratjon Raximjon o'g'li NamMTI,tayanch doktorant, E-mail: [email protected]
Mamadaliyev Nodirbek Vali o'g'li NamMTI, tayanch doktorant, E-mail: [email protected]
Jo'rayeva Gulhayo Ravshanbekovna NamMTI,tayanch doktorant, E-mail: [email protected]
Annotatsiya. Yurtimizda paxta va undan olinadigan mahsulotlarni sifatini oshirishga katta e'tibor berilmoqda. Bu bilan dunyoga raqobatbard osh mahsulot etkazib berishga bo'lgan sayi-harakatlar tobora ortib bormoqda. Shunday ekan, eng avvalo paxtani dastlabki ishlash jarayoni ustida ko'plab ilmiy izlanishlar olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki paxtani dastlabki ishlash jarayoni, undan keyingi jarayonlarga katta ta'sir etadi.
Аннотация. В нашей стране большое внимание уделяется повышению качества хлопка и изделий из него. При этом усилия по поставке конкурентоспособной продукции в мир возрастают. Поэтому в первую очередь целесообразно провести много научных исследований по первичной обработке хлопка. Потому что первоначальная обработка хлопка оказывает большое влияние на последующие процессы.
Abstract. In our country, great attention is paid to improving the quality of cotton and cotton products. With this, efforts to supply competitive products to the world are increasing. Therefore, first of all, it is advisable to carry out a lot of scientific research on the initial processing of cotton. Because the initial processing of cotton has a great influence on subsequent processes.
Kalit so'zlar: tola, momiq, ishchi kamera, kolosnik, arra, jin mashinasi, xom ashyo valigi, val, chigit.
Ключевые слова: волокно, пух, рабочая камера, колосник, пила, хлопкоочистительная машина, сырцавой валик, вал, семена.
Key words: fiber, lint, working chamber, ribs, saw, gin machine, raw material roller, shaft, seed.
Kirish
Respublikamizda paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo'shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish, mamlakat paxta tozalash sanoati tuzilmasini takomillashtirish, texnik va texnologik qayta qurish asosida paxta mahsulotlari tannarxini kamaytirish va sifat ko'rsatkichlarini yaxshilash orqali uning raqobatbardoshligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ushbu vazifani bajarishda paxta xomashyosi chigitini ajratishda jin mashinasi ishchi kamerasini takomillashtirish hisobiga jinlash jarayoni
samaradorligini oshirish muhim masalalardan hisoblanadi.
Paxta, quritish va tozalash sexlarida quritilib, iflos aralashmalardan tozalangandan keyin paxta tozalash korxonasining bosh korpusiga jinlash (paxta tolasini chigitidan ajratish) uchun yuboriladi. Jinlash paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonining asosi hisoblanib, bunda paxta tolasi chigitdan ajratiladi. Jinlash jarayoni paxtaning tolasini chigitidan mexanik kuch bilan ajratib olinadi. Arrali jinlarning asosiy ish organi sifatida arrali disklardan terilgan silindr xizmat qiladi. Bu jinlarda tolani chigitdan ajratish uchun arrali disklar bilan kolosnikli panjara birgalikda ishlaydi.
Asosiy qism
Jinning ishchi kamerasiga kelib tushgan paxtani chigit tarog'i yonida aylanayotgan arra tishlari ilib olib kolosnikka olib keladi. Ishchi kamerada tishlarga ilashgan paxta bo'lakchalari boshqa paxta bo'lakchalariga ilashib, ularni ham tortadi va xomashyo valigini hosil qiladi. Bu valik arra aylanishiga qarshi tomonga aylanadi va u arra tishlarini paxta tolasi bilan uzliksiz ta'minlab turadi.[1]
Arra tishlariga ilingan tolalar kolosniklarning orasidan olib o'tiladi, chigitlar esa o'ta olmay to'xtab qoladi, shunda tolalar chigitdan ajraladi. Ma'lumki, jinlash jarayonida 25% tola va tolasidan ajralgan chigitlar xomashyo valigida ko'p turib qolishi sababli mexanik shikastlanadi. Tolasi ajratilgan chigitlar xomashyo valigining markaziy qismiga yig'ila boshlaydi. Natijada xomashyo valigining zichligi ortib, chigit va tolaning shikastlanishi ko'payishiga olib keladi.
1-kolosnikning yuqorigi brusi; 2-kolosnikning pastki brusi;
3-kolosniklar; 4-arrali silindr arralari; 5-po'lat prutok; 6-chigit tarog'i.
1-rasm. Yangi kolosnikli jin ishchi kamerasi va kolosnik ko'ndalang kesim yuzlarining
sxemalari
Tola ajratgich (jin) ning ishchi kamerasida hosil bo'lgan xomashyo valigining 50 foizini tolalardan ajralgan chigitlar tashkil qiladi. Shuning uchun ishchi kamerada mana shu toladan ajralgan chigitlarni tezroq chiqarib yuborilsa, unda tola ajratgichning ish unumdorligi oshadi. Ilmiy tadqiqot ishining maqsadi kolosniklarning ishchi yuzasida ariqchalar, ya'ni botiqlik hosil qilish va xomashyo valigining zichligini bir tekisda ta'minlaydigan moslamani yaratish yo'li bilan toladan ajralgan chigitlarning arrali tolajratgich ish kamerasidan o'z vaqtida chiqib ketishi uchun imkoniyat yaratib berishdan iborat. Toladan ajralgan chigit arra orasidagi kolosnik yuzasi bo'ylab o'z og'irligi ta'sirida pastga qarab harakatlana boshlaydi. Kolosnik yuzasi xomashyo valigiga tegib turganligi sababli toladan ajralgan chigit pastga tushmasdan xomashyo valigiga aralashib ketadi. Taklif qilinayotgan kolosnik yuzasi botiq bo'lganligi sababli toladan ajralgan chigitlar shu botiqlikdan o'z og'irligi ta'sirida pastga tushib ketadi.
2-rasm. Jin mashinasi uchun botiq yuzali kolosnik tashqi ko'rinishi
Ushbu qurilma ishlaganda jin ishchi kamerasida hosil bo'lgan xomashyo valigidan arralar 4 yordamida paxta bo'laklari kolosniklar 3 tomon olib kelinadi. Ishchi qismda toladan ajralgan chigitlar botiq yuzali kolosnikka tushadi va arralar tishi bilan ta'sirlashmaydi hamda o'z og'irligi bilan pastga tushib ketadi. Chigitdan yulib olingan tolalar esa kolosniklar orasida tirqishdan o'tib ketadi
Har xil abraziv materiallar yordamida jilvirlangan arralardan foydalanishda o'tuvchi yuzalarning qirra radiuslari kichrayishi natijasida (r=0,1 mm) tolalar shikastlanishi o'sib borishi kuzatilgan.
Tolalarning ishchi yuzalar bilan o'zaro ta'sirlashuvi akademik R.G.Maxkamov va boshqalar tomonidan o'rganib chiqilgan va tolaga ta'sir qiluvchi kontaktli bosim kuchini aniqlash uchun quyidagi tenglik keltirilgan:
Р,
Bunda,
Пр ■ -ж
Пр
Ек
■ Р
1
Па ■ Пв
5 = n ■ -■ 3 9 .r,2 ■ E ■ k ■ P2
5 2 V4
R - ikkita qisiluvchi jism orasidagi kuchlanish.
Izlanishlar natijalariga nazar tashlaydigan bo'lsak o'rta tolali paxta navlarining o'tuvchi yuzalar bilan o'zaro bog'lanishida aynan tola bilan o'tuvchi qirra orasidagi kontakt zonasida rm=0,1 mm radiusli qirrada R0=40-50 N/m2 kontaktli bosim sharoitida tolalarning shikastlanishi kuzatiladi.
Ingichka tolali paxtalar uchun ruxsat etilgan kontakt bosimi 70-90 N/m2 oralig'ida o'zgarishi kuzatilgan.
Yuqoridagi kattaliklarni va yuza silliqliklarini baholashda tola va ishchi organlari o'zaro bog'lanishlarining muhim tomonlarini hisobga olgan holda aynan ikki komponentning ishqalanishini inobatga olish lozim.
Tolalarning qattiq jismlarga (ishchi organlarga) nisbatan past mexanik xossalari uning shikastlanishiga olib keladi.
2
3
r
Tolalarni chigitdan ajratish jarayoni murakkab mexanik jarayon bo'lib, arralar xomashyo valigi va kolosnikli panjara hamda chigit taroqlarining mutanosibligini ta'minlagan holatda yuz beradi. Tolalar chigitdan ajralishi uchun esa xomashyo valigi ma'lum bir zichlikka ega bo'lishi kerak, bu esa o'z navbatida ishchi organlarni tez emirilishiga sabab bo'ladi, shu sababli arralar har 48-50 soatda, kolosnikli panjaralar esa har 3-4 oy ichida qayta ta'mirlanadi yoki to'liq almashtiriladi.
Ishchi kameradagi jinlash jarayoni ancha murakkab, tajriba yo'li bilan massali valik zichligini o'zgarish qonuniyati etarlicha o'rganilmagan. Jin arralarining aylanish tezligi Va = 12m /c bo'lib, massali valikni aylanish tezligi esa taxminan V = 1.5m/cbo'lishi
adabiyotlarda ko'rsatilib o'tilgan.
Jinlash jarayonini qanchalik to'liq quvvat bilan ishlashi ishchi kameradagi massali valikni zichligining o'zgarishiga bog'liqdir.
3 a-rasm. Jin ishchi kamerasining 3 b-rasm. Jin ishchi kamerasida xom ashyo geometrik tuzilishi valigining qatlamlarini joylashishi.
Institutimiz izlanuvchilari tomonidan jin ishchi kamerasining hajmini kompyuter dasturi orqali hisoblaganda Vo =0,25m3 ekanligi aniqlangan. Bu ko'rsatkichning aniqlik darajasi yuqori bo'lganligi sababli keyingi hisoblashlarimizda ishchi kamera hajmi Vo=0,25m3 deb hisoblaymiz [2].
Paxta xom ashyosini o'rtacha zichligi ekanini hisobga olib, ishchi kameradagi xomashyo valigining o'rtacha massasini hisoblaymiz:
m =P0-V0 = 325-0,25 = 81,25 * 81 kg (1)
Demak, ishchi kameradagi xom ashyo valigining og'irligi m0 =81 kg ekan. SHu holatdan kelib chiqib xomashyo valigining 1 minutdagi aylanishlar sonini hisoblaymiz.
Jin mashinasi ishchi kamerasini ma'lum vaqtga to'xtatilganda xomashyo valigining ko'ndalang kesimida tolali chigitlar va chigitlarning joylashuvi 3.2b-rasmdagi kabi ekanligi ma'lum bo'ldi va xomashyo valigining ko'ndalang qirqimi bo'yicha tolali chigitlar h = 70 ^ 100 mm qalinlikda joylashishi, chigitli xomashyo valik diametri
d4 = d3 -2h = 380-2- 70 = 380-140 = 240 mm = 0,24 m ga teng ekanligi
aniqlandi.
Agar chigitni silindr shaklida deb oladigan bo'lsak, bir dona C-6524 seleksion navli chigitning balandligi 9,9 mm va diametri 5,4 mm ekanligini hisobga olib uning hajmini hisoblaymiz:
V 2 • H = 3,14 • 2,72 • 9,9 = 2,27 • 10 1 m3
Bundan chigitli valik ichida joylashgan chigitlar soni N deb olinsa, u quyidagicha
topiladi:
V 0 09
N = — =-,-= 396476 дона
V 2,27 • 10 7
4-rasm. Xomashyo valigini harakatlantirish sxemasi
Shuning uchun, miqdorda chigit kolosnik orqali chiqib ketadi, xomashyo valigi ichida to'planadigan chigitlar miqdori ga teng. Ma'lumki, arralarni aylanish tezligi va chiziqli tezligi esa 12 m/s, arralar soni , Jinning ish unumdorligi chigitli paxta uchun 1 soatda 6000 kg deb olinsa, 1 minutda 100 kgni tashkil etadi. Ya'ni 730 aylanishda 100 kg paxta jinlanadi. [3]
Xulosa
Paxta tolasini chigitdan ajratib olishning turli xil variantlari olimlar tomonidan tajriba sinovlar natijasida keltirib o'tilgan va o'zlari uchun kerakli bo'lgan xulosalarni berib kelishgan. Mualliflar tomonidan o'rganishlar natijasida jin ishchi kamerasidagi xom ashyoni tiqilib zichlik oshishini kamaytirish ma'qul deb e'tirof etildi.
ADABIYOTLAR
l.Sharipov X. Paxta tolasini chigitdan ajratish jarayonini takomillashtirish. Dissertatsiya. Namangan-2020 y.
2.Muradov R., Karimov A., Sarimsakov A. Jin mashinasi konstruksiyasini takomillashtirish yo'llari // Monografiya. «Namangan» nashriyoti. -2016, 124 b.
3. A.Umarov. Tola sifatini yaxshilash maqsadida arrali jinni ta'minlash jarayonini takomillashtirish. Dissertatsiya. Namangan-2018 y.
4. Меликулов, Н., & Каримжонович, С. (2022). Одновременное действие изгиба и сжатия в пластинах, подкрепленных по контуру упругими тонкостенными стержнями. Механика и технология, 3(8), 64-69.