Yangi konstruksiya tola ajratgichida qiya kolosnikning roli
Abdunabi Abdumajitovich Mamasharipov [email protected] Shalola Anafiyaeva Andijon mashinasozlik instituti
Saidakbar Abdunabi o'g'li Mamasharipov
"Asakatekstil" MChJ
Annotatsiya: Maqolada yangi konstruksiyali tola ajratgich uskunasidagi qiya kolosnik yuzasi bo'ylab paxta to'zg'og'ini xarakati o'rganilgan va paxta tolasining sifat ko'rsatgichlariga ta'siri bayon etilgan.
Kalit so'zlar: tola ajratgich, ishchi kamera, chigit tarog'i, xom ashyo valigi, kolosnik, qiya kolosnik, paxta to'zg'og'i
The role of the inclined grate in the new design of the fiber
separator
Abdunabi Abdumajitovich Mamasharipov [email protected] Shalola Anafiyaeva Andijan Institute of Mechanical Engineering Saidakbar Abdunabi oglu Mamasharipov
"Asakatextil" LLC
Abstract: The article considers the movement of cotton flakes on the surface of the grate and improving the quality of cotton fiber using a new design of a fiber separator having a grate.
Keywords: fiber separator, working chamber, seed comb, raw roller, grate, oblique grate, volatile cotton
Kirish. Dunyo miqyosida paxta tolasini ishlab chiqarish samaradorligini ta'minlash, mahsulot sifatini oshirish va tannarxini kamaytirish, paxta mahsulotlarini ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida mahsulot sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf qilish, mahsulot tannarxini kamaytiruvchi resurstejamkor texnologiyalarni yaratish soxadagi muhim vazifalardan bo'lib qolmokda. Shunga ko'ra, paxta xomashyosiga dastlabki ishlov berishning barcha bosqilaridagi texnologik jaoayon o'rganib chiqilib, mahsulotlarning sifat
ko'rsatgichlariga ta'sir qiluvchi salbiy omillar paxta tolasini chigitdan ajratish, ya'ni jinlash mashinasining aynan ishchi kamerasida yuz berishi kuzatilgan. Ishchi kamerasi texnologik jarayon arra silindri va kolosnikli panjaralar tomonidan mexanik kuchlar ta'sirida amalga oshiriladi. O'z navbatida ishchi kamerada chigitning tolalardan ajratib olinishi 72 sekundda amalga oshadi. Ammo tolasi to'liq ajratib olingan chigitlarning kameradan chiqishi 5-6 minutgacha cho'zilib ketadi. Bunga sabab tolasi to'liq ajratilgan chigitlarni kameradan chiqarib yuborish tirqishining o'lchami 18-21 mmligi, bu kattalik yetarli darajada emasligidr.
Demak sifat ko'rsatgichlarini oshirish yoki saqlab qolish uchun paxtaga ta'sir etayotgan kucharni kamaytirish orqali, buning uchun esa ishchi kameradvgi texnologik jarayonni tezlatish, paxtaga ta'sir etayotgan mexanik zarblarni kamaytirish yoki yumshatish, uskunalar konstruksiyasidagi detallar shakli va tuzilishini qayta ko'rib chiqib, takomillashtirish orqali tola va chigitni dastlabki sifat ko'rsatgichlarini saqlab qolish mumkin bo'ladi. [31 2,4]
Ushbu yo'llardan biri jinlash uskunasini zichlangan xomashyo valigidan qochib jinlash uskunasini yangi konstruksiyasini yaratishga qaratildi. Buning uchun ishchi kameradagi toasi to'liq ajratilgan chigitlarni kameradan chiqishini ta'minlovchi qiya kolosnikka ega bo'lgan tolaajratgich yaratildi.
Usullar
Arrali barabanga jinlash uchun berilayotgan paxta to'zg'og'i qiya kolosnik ta'sirida chigit to'xtatilib qolishi hisobiga arra tishlariga ilingan tolalar majburan mexanik kuch ta'sirida uziladi. Paxta to'zg'og'ini geometrik o'lchami bo'yicha diametri 20 mmli shar holda deb ta'savur qilsak, qiya kolosnikni esa qiya tekislik deb olsak va ushbu holat uchun uni dinamikasini tekshirib chiqamiz. [3, 5,7]
3.1. Rasm. Paxta to'zg'og'ining qiya tekislik bo'yicha xarakat sxemasi. Qiya tekislik bo'ylab xarakatlanayotgan paxta to'zg'og'ining yo'l va vaqtini yetarlicha aniqlik bilan o'lchash mumkin. Shu sababli jismlarning tushish qonunlarini o'rganishda Galiley usulidan foydalanamiz.
ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 78 [Ml^^^H
Ushbu holda bog'langan reaksiya kuchi jism xarakatlanayotganda o'zgarmay u faqat jismga ta'sir qilayotgan tortishish kuchiga va jismning qiyalik burchagiga bog'liqdir.
Sxema bo'yicha ta'sir qilayotgan kuchlar: G - og'irlik kuchi, G' - qiya kolosnik yuzasiga ta'sir etayotgan kuch.
G' > G bo'lishi kerak, shunda paxta to'zg'og'i qiya tekislikka yopishib, pastga tushib ketmay, tekislik bo'ylab xarakatni davom ettiradi. U holda qiya tekislikka G' kuch ta'sir qilmoqda deb olib, uning reaksiya kuchini hisobga olamiz.
G' - kuchning kattaligi 200 ayl/min chastota bilan aylanayotgan baraban tomonidan sodir bo'ladi. Baraban paxta to'zg'og'ini bir qism tolalaridan ilib olib, unga quyidagicha tezlik beradi.
T/ ndn 3.14*320*200 __
vtn<7 =-=-= 201m/min = 3.33m/sek (1)
10 z 1000 1000 ' ' v '
Agar qiya tekislikni ideal deb olsak, u holda G'ishq kuchi 0ga teng bo'ladi. Bunda faqatgina G' kuch va N normal kuch, shuningdek G' kuchning tashkil etuvchilari kuchlar paxta to'zg'og'oga ta'sir qiladi. G' sina va G' cos a paxta to'zg'og'iga qo'yilgan, faqat shu ikkala kuch ta'siridagina paxta to'zg'og'i qiya tekislik bo'yicha xarakat qiladi. Shu sababli barcha kuchlarni sirpanish tekisligiga tik yo'nalishdagi ta'sir etuvchilari yig'indisi nolga teng bo'lishi lozim.
G' -kuchni ikkita tashkil etuvchisi G' cos a -normal tashkil etuvchi va G' sina -paralel tashkil etuvchisi sirpanish tezligiga paralel bo'lgani uchun
N = G' cos a (2)
Demak, N - reaksiya tekisligida xarakatlanayotgan to'zg'oq tezlanishi ta'sir qilmay, balki u tekislik bo'yicha xarakatni ta'minlaydi.
Natijalar
Paxta to'zg'og'oni qiya tekislik bo'ylab tortishish kuchining tekislikka paralel va pastga yo'nalgan tashkil ztuvchi kuchlar belgilaydi. Haqiqatdan ham,
Bundan
= G' sina = mgsina (3)
dV . ...
— = gsina (4)
Bu yerda ^=9.81 - erkin tushish tezligi, m - paxta to'zg'og'i massasi. Bitta ko'sakda o'rta tolali paxta uchun 5-7 gramm chigitli paxta bo'lishini inobatga olib, quyidagilarni topamiz. Bitta ko'sakda 40-50 ta chigit bo'ladi deb olsak, o'rtacha holatda:
mch/p 6 n1QQ
m = ——:— ^ — = 0.133 qramm 45 45
Demak, paxta to'zg'og'ining qiya tekislik bo'ylab siljish tezligi
dV = g sinadt (5)
Bundan:
v = Jo 9 sin a (6)
Yuqoridagi to'zg'oq tezligidan tolani chigitdan uzilishi kolosnikdan o'tgandan so'ng 15 mm masofada uziladi deb olsak, tolani uzilish vaqti (1) formulaga binoan taxminan sekundning 1/220 sodir bo'ladi.
Shu vaqt ichida qiya tekislik bo'ylab sirpanib siljiyotgan chigitli paxta S masofaga siljir ekan. Bundan ko'rinib turibdiki paxta to'zg'og'ini keyingi arra tishlari bilan uchrashishini formuladan foydalanib, MatLab programmasi bo'yicha hisoblab topamiz.
3.2. rasm. Matlab hisoblash sxemasi
Hulosa
Yuqoridagi natijadan kelib chiqib siljish kattaligini taxminan 7-8 mm masofada bo'lar ekan, ammo to'zg'oqdagi tolalar har-xil uzunlikka ega bo'lishligini inobatga olib, amalda arra disklarini ketma-ketligini o'rnatish 3-4 mm masofadan keyin qo'yilishi maqsadga muofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. G.J.Jabborov. «Chigitli paxtani kayta ishlash» Toshkent «Ukituvchi» 1987
yil.
2. E.Zikriyoev. «Paxtani dastlabki kayta ishlash» Toshkent «Mexnat» 2002 yil.
3. G.I.Miroshnichenko. «Osnovti proektirovaniya xlopkoochistitelnLix mashin» Moskva «Mashinostroenie» 1972 god.
4. Tillaev M.T. «Protsess pilnogo djinirovaniya xlopka-stirsa». Tashkent, FAN, 2000, 144 str.
5. Gulidov, Boldinskiy G.I., "Proizvoditelnost djina" sbornik rabot T.T.I.№18, Tashkent -1964
6. Boldinskiy G.I. «Teoreticheskie osnovti optimalnogo protsessa pilnogo djinirovaniya i voprosti porokoobrazovaniya v nem». Diss. d.t.n.-M.,
7. Yunusov R.F. «Sovershenstvovanie texnologii pilnogo djinirovaniya». diss. k.t.n., Tashkent, 2007