Научная статья на тему '“YANGI O'ZBEKISTON – 2030” DA MA'NAVIY TARAQQIYOT VA MADANIYAT SOHASINI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH BO'YICHA ISLOHOTLAR'

“YANGI O'ZBEKISTON – 2030” DA MA'NAVIY TARAQQIYOT VA MADANIYAT SOHASINI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH BO'YICHA ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1695
131
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Azamat Muxtarov

Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha xohish-irodasini ro'yobga chiqarish, har bir fuqaroga o'z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog'lom, bilimli va ma'naviy barkamol va madaniyatli avlodni tarbiyalashdir. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 11 sentyabrdagi "O'zbekiston – 2030 strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni hamda "O"zbekiston – 2030" strategiyasini 2023 yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida ham ma'naviyat va ma'rifat sohasiga alohida e'tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“YANGI O'ZBEKISTON – 2030” DA MA'NAVIY TARAQQIYOT VA MADANIYAT SOHASINI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH BO'YICHA ISLOHOTLAR»

Tashkent State University of Economics

"YANGI O'ZBEKISTON - 2030" DA MA'NAVIY TARAQQIYOT VA MADANIYAT SOHASINI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH BO„YICHA

ISLOHOTLAR

Azamat Muxtarov

TDIU "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi mudiri, falsafa fanlari

doktori, professor

Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha xohish-irodasini ro'yobga chiqarish, har bir fuqaroga o'z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog'lom, bilimli va ma'naviy barkamol va madaniyatli avlodni tarbiyalashdir. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 11 sentyabrdagi "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni hamda "O'zbekiston - 2030" strategiyasini 2023 yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida ham ma'naviyat va ma'rifat sohasiga alohida e'tibor qaratilgan.

Hozirgi jadal rivojlanish davrida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlar bilan bir qatorda ma'naviy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar hal qiluvchi ahamiyat ega.

Chunki, iqtisodiyot tana bo'lsa, ma'naviyat jon va ruhdir. Yangi O'zbekistonni barpo etishdek ulug' maqsadni amalga oshirishda shu ikki ustunga, ya'ni kuchli iqtisodiyot hamda milliy ma'naviyatimizga suyanamiz.

"Ma'naviyat, avvalo, ajdodlarimizning boy merosidan oziqlanadi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi, insonlar orasidagi o'zaro ishonch va hurmatda namoyon bo'ladi. Ma'naviyat-bu xalq taqdiriga befarq emaslik, uning kelajagini birga qurish yo'lida jonbozlik ko'rsatishdir. Ma'naviyat har qanday davlat va jamiyatning mustahkam poydevori bo'la oladi. Bu poydevorning mustahkam bo'lishi davlatning kuchli bo'lishiga kafolat beradi"1

Biz inson huquq va erkinliklari kafolatlangan, farovon hayot sari, ma'naviy yuksalish, ma'rifatli jamiyat qurish yo'lida harakatdamiz. Shu maqsadda har qanday sinov va qiyinchiliklarni chetlab o'tib, ma'naviy sohadagi islohotlarimizni davom ettiramiz.

1 Бекмурадов М, Бегматов А Миллий менталитет ва маънавият. -Т.: Адолат, 2002. Жураев Н. Узбекистоннинг маънавият стратегияси. Т.: Маънавият, 2016. - 32 бет

Маънавият: асосий тушунчалар изошли лугати / Тузувчи ва масъул му^аррир ^.Назаров. -Т.: F.Fулом номидаги НМИУ, 2009. - Б. 678

17-aprel, 2024

495

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

Ammo, barcha sohalarda bo'lganidek, ma'naviy-ma'rifiy ishlarda ham yechimini kutib turgan masalalar yo'q emas. Misol uchun, ulkan o'zgarishlar, yangi jamiyatning nazariy asosini belgilab beradigan milliy g'oyani shakllantirish birinchi galdagi masala hisoblanadi. Chunki, jahon tarixidan ham ma'lumki, qaysiki xalq yoki millat bir maqsad, yagona g'oya atrofida birlashsa, o'sha davlat taraqqiyotda erishgan. Lekin oramizda hamon ma'naviyatning mohiyatini tushunmagan, uning kerak yoki kerakmasligini bilolmay, milliy g'oya haqida mutlaqo tushunchasi yo'q insonlar ham bor. Ba'zilar esa milliy g'oya deganda, eski tuzumlardagi mafkuralarni ko'z oldiga keltiradi.

Ma'lumki, jamiyatning ajralmas qismi hisoblangan yoshlar masalasi hamisha faylasuf, siyosatshunos, huquqshunos, tarixshunos, pedagog, psixolog, yozuvchi, shoirlar kabi turli soha sohiblarini qiziqtirib kelgan. Faylasuflar yoshlarning ijtimoiy hayotdagi o'rnini o'rgansa, huquqshunoslar ularning huquqlari va huquqiy kafolotlarini, tarixchilar jamiyat tarixidagi o'rnini, psixologlar esa bularning ahvoli -ruhiy xarakterlarini, pedagoglar esa yoshlarga ta'lim-tarbiya berish masalalarini, siyosatshunoslar yoshlarning siyosiy hayotdagi rolini va o'rnini o'rganib kelishgan. Yoshlar masalasiga bunchalik e'tibor berib kelinayotganining sababi shundaki, ular o'z g'ayrati, shijoati, istiqboli, bilim-ma'rifatga intiluvchanligi, izlanuvchanligi va boshqa fazilatlari bilan kattalardan farqlanib turadi. Yoshlar o'zlaridan avvalgi ajdodlar qoldirgan ma'rifat, madaniyat, ma'naviyatni, an'ana, urf-odatlarni boyitib boradi, yangi-yangi tashabbuslar, islohotlar bilan ijtimoiy hayot tarixidan muayyan o'rinlar oladi. Shuning uchun jamiyat yoshlarining bilim olishlari, ma'lum bir kasbi-korni egallashlari, o'z dunyo qarashlarini shakllantirishlari, jismoniy yetukligini, ma'naviy jihatdan boyligini rivojlantira borib o'zining kelajagiga asos soladi. "O'tmishdagilar, - deb yozgan edi Abu Nasr Forobiy, - o'zlarida bo'lgan zavq-na'sha, lazzatni o'zlaridan keyingi keladigan avlod orqali nasldan-naslga qoldirib keladilar. Shu tartibda vaqt va zamon o'tishi bilan kishilarda zavq ustiga zavq, na'sha ustiga na'sha qo'shilib, ulardagi lazzatlanish, zavqlanish ob'ekti orta boradi. Mana bu holni biz farovonlik, haqiqiy baxt-saodat deb tasvirlaymiz". Ushbu satrlardan ham ko'rinib turibdiki, o'tmish avlod o'zidan keyingi avlodga eng yaxshi boyliklarni meros qilib qoldiradi va keyinchalik bu merosni yoshlar o'z navbatida asrab-avaylab davom ettiradi.O'tmish tarixni varaqlar ekanmiz, yoshlar ma'naviyatiga, dunyoqarashiga, axloq-odobiga bag'ishlab o'lmas asarlar qoldirgan donishmandlarni alohida eslatib o'tishimiz lozim. Jumladan, Nizom ul-mulkning «Siyosatnoma»,

A6y Hacp ®opoÖHH. ogaM^ap maxpu - TomKeHT, A6gy^a KpgnpHH HOMHgara xam; Mepocu HampnëTH,

1993, 190-6eT.

17-aprel, 2024

496

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

«Rushnoinoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig», Mahmud Qoshg'ariyning «Devonu lug'atit turk», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq», Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub», «Vaqfiya» kabi ma'nosi qimmatli, sermazmun asarlari bu o'rinda haligacha o'z qimmatini yo'qotmagan. Markaziy Osiyo mumtoz shoirlari Abdulqosim Firdavsiy, Abdullo Rudakiy, Nosir Xisrav, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Sakkokiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Zahiriddin Bobur, Mahtumquli, Ogaxiy va boshqalar o'zlarining bebaho badiiy asarlarida jamiyat hayotiga, yoshlar ma'naviyati va dunyoqarashiga, tarbiyasiga oid qimmatbaho g'oyalarini olg'a surganlar, Vatan mehri, milliy g'urur, ma'naviyatni tarannum etganlar. Yoshlar ma'naviyati, istiqboli haqida fikr yuritar ekanmiz, buyuk qadriyatlardan hisoblanmish qadimgi zardushtiylik dini, buddizm, xristian va islom kabi jahon dinlarida yoshlarga bo'lgan juda ko'p dasturlarni ham sira unutmasligimiz darkor. Bulardan tashqari har bir jamiyat o'z sharoiti, xususiyati, ijtimoiy mazmuniga tayanib yoshlarni tarbiyalaydi, ma'naviyatini boyitadi, dunyoqarashini shakllantiradi. O'z navbatida yoshlar kattalardan orttirgan tajribalarini amaliyotda qo'llab, o'zlariga ma'qul bo'lgan ta'limotlarga asoslanib ish yuritadilar.Ular o'zlariga ma'qul an'ana, qadriyatlarni saqlab qolib, jamiyat taraqqiyoti uchun halaqit beradigan tomonlarini uloqtirib yoki o'zgartirib, tegishli ishda qatnashadilar. Mumtoz falsafa namoyondalari tarixning avlodlar almashinuvi ekanligini va bunda har bir avlod o'zidan avval yashagan ajdodlarning boyligidan, ishlab chiqaruvchi kuchlaridan, materiallaridan foydalanishini, shu bilan birga eski sharoitlarni o'z faoliyatlari vositasida o'zgartirib o'z manfaatlariga moslashtirib borishini ta'kidlagan edilar. Aynan ana shu hayot haqiqati mamlakatimizning istiqlolga erishgan dastlabki o'n yilliklarda ham, bugungi kunda ham o'z isbotini topmoqda. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon 31 yildan ortiqroq vaqt o'tdi. Bu qisqa davrda barcha sohalarda amalga oshirilgan tub islohotlar, demokratik o'zgarishlar o'z samarasini bermoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan Yangi O'zbekiston strategiyasi va unda ilgari surilgan "Harakatlar strategiyasidan -Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyili ijtimoiy rivojlanishning muhim g'oyasi sifatida tan olinmoqda. Bu tamoyil xalqqa xizmat qilishning samarali vositasi sifatida xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilmoqda. Xullas, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta'biri bilan aytganda, "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab berdi. Biz bundan buyon faoliyatimizni "inson-jamiyat-davlat" degan tamoyil asosida tashkil etamiz. Bu boradagi vazifalarini amalga oshirishda ma'naviyat va ma'rifat sohasini yanada rivojlantirish bo'yicha amalga oshiriladigan ishlarning ommaviyligi va ochiqligiga

17-aprel, 2024

497

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

erishish hamda ijtimoiy-ma'naviy, ilmiy-ma'rifiy hamda ta'lim-tarbiya sohalarida tizimlilik, ilmiylik va izchillikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratish nazarda tutilgan. Ayni paytda fuqarolar ma'naviy barkamolligini ta'minlash, ular orasida teng va o 'zaro manfaatli munosabatlarni ta'minlash, erkin tafakkur tarzi, inson huquqlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarni hurmat qilish va qarashlar xilma-xilligini rivojlantirish, inson ruhiyati va kamolotiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi g'oya va ta'limotlarga murosasiz kayfiyatni tarbiyalash ham bu boradagi dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Ma'lumki, "insoniyatning ko'p ming yillik tajribasiga ko'ra, har qanday tub yangilanish, inqilobiy o'zgarish ilm-ma'rifatsiz, ma'naviyat, madaniyatsiz sodir bo'lishi mumkin emas. Buni barcha Renessans davrlarining voqea-hodisotlari tasdiqlaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda mustaqillik qo'lga kiritilishi bilan mazkur masalaga alohida e'tibor qaratildi. Bugungi kunda esa unga e'tibor yanada kuchaydi. Bu jihatdan, Taraqqiyot strategiyasining beshinchi yo'nalishi, ya'ni ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish sohasidagi ustuvor maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan

"5

ishlar alohida ahamiyatga molikdir".

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 2023 yil 22 dekabr' kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda davlat rahbarimiz "O'zbekiston — 2030" strategiyasi da o'z oldimizga aniq maqsadlar qo'yib, marrani baland olganimizni ta'kidlab o'tdi. Ushbu strategiyaga muvofiq, 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmini 2 barobar oshirib, 160 milliard dollarga, aholi jon boshiga daromad miqdorini esa o'rtacha 4 ming dollarga yetkazishni reja qilingani ta'kidlandi.

Poytaxtimizda o'tkazilgan "Jadidlar: milliy o'zlik, istiqlol va davlatchilik g'oyalari" mavzusidagi konferensiya jahon ilm-fan va madaniy jamoatchiligi o'rtasida katta qiziqish va e'tibor uyg'otganidan barchangiz xabardorsiz.

Ma'naviyat va ijodni qo'llab-quvvatlash uchun har yili 45 milliard so'mdan mablag' ajratyapti. "Ma'rifat ulashib" va "Kitob karvoni" aksiyalari doirasida 200 mingga yaqin nomdagi kitoblar aholiga bepul tarqatildi. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, uning hududiy bo'linmalari tomonidan 11 mingdan ortiq media mahsulotlari tayyorlandi. Sohaga 2024 yildan boshlab har yili 100 milliard so'mdan mablag' ajratilishi ta'kidlandi.

Yangi O'zbekiston taraqqiyotining ijtimoiy-ma'naviy va ilmiy-ma'rifiy sohalarini yanada takomillashtirish, jamiyatdagi ma'naviy barqarorlik va hamjihatlik,

Y36eKHCTOH Pecny6^HKacH npe3HgeHTHHHHr OapMOHH. _3HTH Y36eKHCTOHHHHr 2022-2026 HH^apra My^araamaH Taparç^HëT cipaTerHHCH Tyrpucuga (YsöeKUcmon Pecnyömrncu hpnyu yymMamnapu mynnaMU, 2022 ü, 6-coh). www.lex.uz

17-aprel, 2024

498

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

qonun ustuvorligi va xavfsizlik kafolatlarini mustahkamlash, Uchinchi Renessansni barpo etuvchilarning yaksak ma'rifatli avlodini tarbiyalash, barkamol shaxsni shakllantirish mamlakatimizda ma'rifatli jamiyat barpo etish mazkur yo'nalishdagi faoliyatning asosiy mazmuniini belgilaydi. Bu jihatdan, tarix fanlari doktori, professor A. Mavrulov ta'kidlaganidek: "Boy o'zbek madaniyati bugun o'zining milliyligini saqlab qolgan holda, barkamol shaxsni tarbiyalash, barqaror ijtimoiy-madaniy muhitni barpo etish, jamiyatda sog'lom ma'naviy ehtiyojni shakllantirish, odamlarda tafakkur o'zgarishlarini sodir etsagina o'zining asosiy vazifalarini bajargan bo'ladi. Ana shundagina bugun yurtimizda keng jaranglayotgan "Yangi O'zbekiston - Uchinchi Renessans sari" shiorini real harakatga keltira olamiz"4

Ushbu yo'nalishda yoshlarga alohida ahamiyat qaratilayotgani aslo bejiz emas, zero O'zbekiston - yoshlar mamlakati. Yurtimiz aholisining 60 foizidan ko'pini yoshlar tashkil etadi. Shunday ekan, yoshlar masalasi har doim e'tiborda bo'ladi. Ularning har tomonlama barkamol avlod bo'lib yetishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ayniqsa, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalari bo'yicha savodxonligini oshirish, kitobxonlikni targ'ib qilish ham mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini qurish yo'lidagi muhim qadamlardan biri bo'ladi. Buni biz mamlakatimiz mustaqillikni qo'lga kiritgan paytidayoq belgilangan tadbirlardan bilsak bo'ladi. Mamlakatimiz yangi jamiyat qurish borasida eskidan meros bo'lib o'tgan hamma tuzilmalar, yo'nalishlar, muassasalardan voz kechdi va mutlaqo yangi istiqlol yo'lini tanlab, yangi boshqaruv tuzilmalarini tashkil qilishni lozim topdi. Shunday ekan, o'tish davrida barcha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy masalalar bilan bir qatorda yoshlar siyosati masalasi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Biz ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, madaniyat va san'at muassasalari, ijodiy uyushmalar hamda ommaviy axborot vositalari faoliyatini rivojlantirish yo'lida harakat qilmoqdamiz. Madaniyat va ma'naviyat sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar mehnatini munosib qadrlash choralari ko'rilyapti. Shuni unutmaslik kerakki, amalga oshiriladigan islohotlarda yuksak natijalarga erishish, sohaning maqsad-mohiyatini belgilaydigan tizimli tadbirlarni amalga oshirishga bog'liq. Bu tadbirlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

Birinchidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Respublika Ma'naviyat kengashi raisi hisoblanadi. Sobiq Ma'naviyat va ma'rifat markazi Respublika ma'naviyat kengashi sifatida qayta tashkil etildi va uning maqsad- vazifalari, faoliyat

Маврулов А. "Маданият ва Учинчи Ренессанс ёхуд бе^иёс ирода кучи ва виждон амри билан..." Узбекистан" газетаси 2021 йил 10 декабрь

- "Янги

17-aprel, 2024

499

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

mezonlari belgilab olindi. Ma'naviyat sohasidagi ishlarning natijadorligini ko'tarish, yoshlarning bilim va dunyoqarashini boyitish, jamiyat a'zolarida sog'lom mafkuraviy immunitetni tarbiyalash bo'yicha olib boriladigan ishlar dasturi qabul qilindi va amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Ikkinchidan, olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy islohotlarni butun mamlakat miqyosida amalga oshishi, aholining barcha qatlamini qamrab olishiga erishish va bunda yangi usul va vositalardan foydalanish, bu sohada faoliyat yuritadigan tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish va samaradorligini ta'minlashga doir choralar tizimi ishlab chiqildi.

Uchinchidanjamiyat rivoji, davlat taraqqiyoti uchun to'siq bo'ladigan ayrim illatlar - mahalliychilik, urug'-aymoqchilik, poraxo'rlik va eng achinarlisi, yurt taqdiriga, millat ma'naviyatiga befarqlik kabilarga qarshi tura oladigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Xuddi shunday amaliy tadbirlardan biri, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyatining tuzilganidir. Jamiyat a'zolari yetakchi mutaxassislar, olimlar va ijodkorlardan iborat bo'lib, ular tizimli ravishda faoliyat yuritadilar.

To'rtinchidan, Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzurida Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti tashkil etildi. Ushbu ilmiy-tadqiqot institutida "Ma'naviyat tarixi va nazariyasi", "Ma'naviy tarbiya", "Ma'naviy jarayonlar va texnologiyalar" kabi yo'nalishlarda izlanish olib borayotgan bo'lajak fan doktorlari uchun ixtisoslashgan kengash tuzilib, dissertasiyalar himoyasi yo'lga qo'yildi.

Ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot ishlari samaradorligini ilmiy asoslash, sohaga doir ijtimoiy so'rovnoma va tadqiqotlar o'tkazish, olingan natijalar asosida amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish jarayoni takomillashtirilmoqda.

Beshinchidan, 2021-2022 o'quv yilidan boshlab oliy ta'lim o'quv rejasiga bakalavriat bosqichida "Ma'naviyatshunoslik", magistraturada "Kasbiy ma'naviyat" fanlari kiritildi, "PR-menejer" mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlanadigan bo'ldi.

Bu o'zgarishlar O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy va moliya vazirligi, taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi hamkorligida amalga oshirilib, "Ma'naviyat tarixi va nazariyasi", "Ma'naviy tarbiya", "Ma'naviy jarayonlar va texnologiyalar" kabi fanlar ilm-fan ixtisosliklari qatoriga kiritildi.

Oltinchidan, sohaga doir yangiliklarni ommaga tezkor yetkazish, ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-huquqiy mavzudagi maqolalar, jamiyatning ilg'or vakillari tomonidan o'rtaga tashlangan taklif, tashabbus va g'oyalar, mutaxassislarning

17-aprel, 2024

500

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

mafkuraviy jarayonlar yuzasidan tahlillarini to'plash va tarqatish maqsadida "oyina.uz" portal ishga tushirildi.

Mamalakatimiz aholisining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni hosil qilish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda yosh avlodda vatanparvarlik tuyg'usini tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari bilan mustahkam hamkorlik o'rnatildi. Jumladan, "Madaniyat va ma'rifat" telekanali hamda Xalqaro press-klubda ma'rifiy mavzudagi chiqishlar, tok-shoular, ijtimoiy rolik va boshqalar tayyorlanmoqda.

Yettinchidan, barcha umumta'lim muassasalarida yoshlar bilan ma'naviy-ma'rifiy sohada shug'ullanadigan Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchi lavozimi tashkil qilindi. Ularning oylik maoshi davlat byudjetidan oliy ma'lumotli o'qituvchiga teng stavkada to'lab beriladi.

Bunday o'zgarish davlat oliy ta'lim muassasalariga ham tegishli bo'lib, ularda talabalar sonidan qat'i nazar yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor lavozimi joriy qilindi.

Sakkizinchidan, jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaratish, oilalar, mahallalarda totuvlik, hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularni ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarga faol jalb qilish maqsadida shahar va tumanlarda Ma'naviyat va ma'rifat maskanlari faoliyati yo'lga qo'yilmoqda.

Respublika bo'yicha barcha davlat organlarining rahbarlari o'z hududi va qo'l ostidagi tashkilotning ma'naviyat kengashi raisi sifatida tasdiqlanib, ular o'z faoliyatini qilinadigan ishlar bo'yicha chora-tadbirlar dasturlari hamda "Yo'l xaritasi"ga asosan davom ettiradilar.

To'qqizinchidan, hamma sohada bo'lganidek, ma'naviyat sohasida ham bir-biriga zid tushunchalar, qarama-qarshiliklar mavjud va bu tabiiy holat. Jamiyat ma'naviyati faqat yaxshiliklar, ijobiy yangiliklardan iborat emas, ya'ni unda ham salbiy tomonlar, ziddiyatli masalalar mavjud bo'ladi.

Ana shunday qarama-qarshi hamda bir-biriga uyg'un tushunchalarni qamrab olish va ta'riflash maqsadida "Ma'naviyat" lug'ati chop etildi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tubdan yaxshilash borasida amalga oshiriladigan ishlar qatorida bu lug'at ham xalqimizni ma'naviyatning mazmun-mohiyati, unga xos jihatlar va tushunchalardan xabardor qilishga xizmat qiladi.

O'ninchidan, sohaning ilmiy asoslarini yaratish, milliy g'oya targ'iboti bo'yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida, ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishdagi ilmiy-tadqiqotlarlarga davlat buyurtmasini berish, innovasion, fundamental loyihalarni maqsadli moliyalashtirish tartibi ishlab chiqildi.

17-aprel, 2024

501

Tashkent State University of Economics

Ma'naviy-ma'rifiy ishlardagi faollik, hududdagi ijtimoiy-ma'naviy muhitning sog'lomligiga hissa qo'shganligi, shaxsiy tashabbus va ibrati uchun soha xodimlariga topshiriladigan "Ma'naviyat fidoyisi" ko'krak nishoni ta'sis etildi.

Aytilganlardan xulosa qilinsa, davlat va jamiyatimizda sog'lom ma'naviy muhitni yaratish va taraqqiy ettirish borasida, shuningdek sohaga doir muammo va kamchiliklarni bartaraf etish borasida izchil faoliyat olib borilmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi to'g'risida (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2022 y, 6-son) www.lex,uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi to'g'risida(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2022 y, 6-son). www.lex,uz.

3. Mirziyoev Sh. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. - T.: O'zbekiston, 2021. - 461 bet; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi to'g'risida(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2022 y, 6-son).www.lex,uz.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. "Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy ma'naviy tadqiqotlar instituti faoliyatini samarali yo'lga qo'yishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida". www.lex,uz.

5. O'zbekiston Respublikasining qonuni "Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida". https://lex.uz/docs/5230682

6. Бекмурадов М, Бегматов А Миллий менталитет ва маънавият. -Т.: Адолат, 2002.

7. Жураев Н. Узбекистоннинг маънавият стратегияси. Т.: Маънавият, 2016. - 32 бет

8. Маънавият: асосий тушунчалар изошли лугати / Тузувчи ва масъул мухаррир К.Назаров. -Т.: Г.Гулом номидаги НМИУ, 2009. - Б. 678

9. Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шахри. - Тошкент, Абдулла Кодирий номидаги халк мероси нашриёти, 1993, 190-бет.

10. Маврулов А. "Маданият ва Учинчи Ренессанс ёхуд бекиёс ирода кучи ва виждон амри билан..." - "Янги Узбекистон" газетаси 2021 йил 10 декабрь

11. Бобожонов Й. Маънавият тараккиёт омили. Каранг:«Халк таълими» журнали. 1997 йил, 2-сон, 20, 22-бетлар

502

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.