Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
MA'NAVIYATGA E'TIBOR - JAMIYAT TARAQQIYOTINING ASOSI
Gulrux Umar qizi Sirliboyeva
Toshkent iqtisodiyot universiteti "Ijtimoiy fanlar"kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu tezis ma'naviyat va madaniyatning o'ziga xos xususiyatlari, uning tarkibiy qismlari,shuningdek, ma'naviyatning yoshlar tarbiyasida tutgan o'rni haqida yoritilgan. Bugungi kunda davlatimizda bu sohada olib borilayotgan islohotlar va uning mohiyatiga to'xtalib o'tilgan.
Kalit so'zlar: ma'naviyat, yoshlar, ma'naviyatning tarkibiy qismlari, O'zbekiston strategiyasi 2030.
Jamiyat ma'naviyati davlat taraqqiyotining muhim sharti va kafolati bo'lib xizmat qiladi. Hamma davrlarda ma'naviyat va madaniyatni yuksalturishga e'tibor berilishi bejiz emas. Ma'naviyat jamiyatni harakatga keltiruvchi asosiy kuchdir. Ma'naviyat - inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafíy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o'z ichiga oladi. Ma'naviyat atamasining asosida „ma'no" so'zi yotadi. Ma'naviyat insonlarda umri davomida shakllanib boradi. Ma'naviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. Ma'naviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli o'tkazish yo'lini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtayi nazaridan yondashadi. Vijdon nima, yolg'on va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima - bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi, ma'naviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. „Ma'naviyat - insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo'q joyda hech qachon baxt-saodat bo'lmaydi", degan edi O'zbekiston prezidenti Islom Karimov [1]. Shu sababli O'zbekistonda ma'naviyatni yuksaltirish, xalqni ma'naviyatli qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab ma'naviyat sohasini yuksaltirish bo'yicha ko'plab islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, 1990-yil 24-mart Oliy Kengashning sessiyasida O'zbekistonda birinchi marta president lavozimi joriy etilib, Islom Abdug'aniyevich Karimov ushbu lavozimni egallagach, birinchi nutqidayoq shu masalaga to'xtalib, - "xalqni ma'naviy yuksaltirish, insonni
17-aprel, 2024
618
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
axloqiy-ma'naviy yuksaltirish" davlat rahbarining enh muhim vazifalaridan biri ekanligi ta'kidlandi [2]. Shuningdek, ma'naviyatning jamiyat uchun zaruratini I.A. Karimovning quyidagi so'zlari ham tasdiqlaydi. " Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar - o'z yo'liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta'minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, ma'naviy islohotlar - qullik va mutelikiskanjasidan ozod bolish, qadni baland tutish,ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo'lish - bundan og'irroq bundan sharafliroq vazifa yo'q bu dunyoda [3].
O'zbekiston uzoq yillar davomida sobiq sovet mafkurasi ostida yashadi. Bu yillar mobaynida milliy qadryatlarimiz, tilimiz, dinimiz, tariximizga nisbatan turli taqiqlar mavjud bo'lgan. Bu o'z navbatoda, milliy ma'naviyatimizning yo'qolib borishiga olib kelgan. Xalqimiz ongidagi bu bo'shliqni to'ldirish uchun ma'naviyat sohasida amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar belgilab olindi. Xususan, 1994-yil 23-apreldagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Respublika "Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazini tashkil etildi. Bu qonun doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilangan:
Madaniyat ishlari vazirligi Markaz huzurida shahar kutubxonasining bo'limini tashkil etish; Davlat matbuot qo'mitasi Respublika "Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazini nashr nusxalari majburiy yuboriladigan tashkilotlar ro'yxatiga kiritish; O'zbekiston teleradiokompaniyasi belgilangan ko'rsatuvlar va eshittirishlar soatlari doirasida Markaz uchun alohida efir vaqti ajratish [4]. Ushbu markaz faoliyati natijasida ma'naviy va moddiy boyliklarimiz, haqqoniy tariximiz tiklandi. Keying yillarda ham bu sohadagi ishlar davom ettirildi. Xususan, 2017-yil 28-iyulda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni oshirishni va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish to'g'risida"gi PQ-3160-son qarori qabul qilingach, Respublika Ma'naviyati targ'iboti va Milliy g'oya va mafkura ilmiy-amaliy markazlari faoliyati umumlashtirilib, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tashkil etildi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar to'g'risida"gi PQ-5040-son qarori soha faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida ma'naviy-marifiy islohotlarga alohida e'tibor qaratiladi. Buning yorqin misoli sifatida quyidagi islohotlarni amalga oshirish muhim vazifa sifatida belgilandi: turli ma'naviy buzg'unchilik, vayronkorlik harakatlari va xurujlarining oldini olish, aholi, ayniqsa, unib-o'sib kelayotgan yoshlarimizda ularga nisbatan ma'naviy immunitetni shakllantirish, ezgu g'oyalarni targ'ib qilishga alohida e'tibor qaratish; jaholat, umumiy saviyaning pastligi buzg'unchi g'oyalarga ishonuvchanlik va ularning ta'siriga berilish holatlarini
17-aprel, 2024
619
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
bartaraf etish uchun puxta ishlangan va zamonaviy ijtimoiy fan yutuqlariga tayanadigan ma'naviy ta'lim-tarbiyaning izchil amalga oshirilishiga erishish; bu borada ta'lim bosqichlari, ma'naviyat va ma'rifat tizimi uchun zarur o'quv va amaliy dasturlar tuzish va ularni joriy etish; aholining ma'naviy-ma'rifiy savodxonligini yangi bosqichga ko'tarish, ushbu yo'nalishdagi ta'lim-tarbiya ishlarini aniqlash, bu boradagi samarali faoliyat mexanizmini yaratish; axborot xavfsizligini ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan faoliyatni takomillashtirish; [ taraqqiyot strategiyasi [5].
Aynan mana shu vazifa bugungi axborotlashgan zamonda ma'naviyatni saqlab qolishda juda muhimdir. Negaki, bugungi globallashgan dunyoda axborot oqimi cheksiz bo'lib, shu axborotlar bilan boshqa davlatlarning madaniyati va mafkuralari kirib kelmoqda. Misol uchun birgina "ommaviy madaniyat"ni oladigan bo'lsak, bu madaniyat juda ko'p jamiyatlarga kirib bordi va yoshlar ongini egalladi. Avvalari turli hududlar, moddiy boyliklar uchun jang bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda insonlarni ongini egallash bo'yicha kurash ketmoqda. Chunki, bu yo'l har qanday davlatni,moddiy dunyoni egallashni oson yo'lidir. Hozirda atom qurollari o'rnini axborot hujumlari egallamoqda. "Mafkura poligonlari atom poligonlaridan kuchliroq" bu so'zlarning qanchalik to'g'riligini zamonning o'zi ko'rsatib turibdi. Internetda tarqalgan to'g'riligi tasdiqlanmagan oddiy xabar dunyo davlatlari orasiga nizolarni vujudga keltirmoqda. Mafkuraviy bo'shliq bor jamiyatlar bunday mafkura poligonlarida mag'lub bo'lishmoqda. Bugungi kunda jamiyatimiz oldidagi eng muhim vazifa shunday mafkuraviy bo'shliqlarni ma'naviyat bilan to'ldirish, bunday axborot maydonlarida tura oladigan, axborotdan foydalanish madaniyati yuqori bo'lgan yoshlarni tarbiyalash. Keyingi muhim vazifa sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish; "Bir ziyoli - bir mahallaga ma'naviy homiy" tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o'qituvchilar va taniqli ziyolilarning jalb etish. Bu tashabbus doirasida professor va ziyolilar bilan mahalla a'zolari o'rtasida davra suhbatlari tashkil etiladi."Har bir nuroniy - besh nafar yoshga murabbiy" tamoyili bo'yicha muhtaram oqsoqollarimiz, kayvoni onaxonlarimizni tarbiyasi og'ir, ma'naviy ko'makka muhtoj, uyushmagan, ishsiz yoshlarga biriktirib qoyishga qaratilgan ibratli tashabbusni amalga oshirish belgilangan. Shuningdek, uyushmagan yoshlar orasida ma'naviy ishlarni amalga oshirish bo'yicha vazifalar belgilangan."Ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturi", "Buyuk sarkardalarimizning jasorati va harbiy merosi" turkumida tarixiy-badiiy risolalarni tezroq tayyorlab, ko'proq adadda nashr etishni yo'lga qo'yishi lozim; O'zbekistonda tarix fanini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini samarali amalga oshirish. Ma'naviyat sohasidagi
17-aprel, 2024
620
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^
islohotlar O'zbekiston strategiyasi - 2030 dasturida ham davom etirilmoqda. Xususan, Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha islohotlar bandi bo'yicha quyidagi vazifalar belgilab olingan:
Mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g'oya asosida birgalikda kurashish, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda ma'naviy tarbiyaning uzviyligini ta'minlash;. Bugungi glaballashuv jarayonida ma'naviy tarbiya har qachongidan ham muhim. Bu ayniqsa, jamiyatning muhim bo'lagi sanalgan oilaviy munosabatlarga ham o'z ta'sirini ko'rsatib kelmoqda. Oilaviy munosabatlarda ham noadatiy holatlar vujudga kelmoqda. Yoshlarning oila haqidagi qarashlari mutlaqo ga'rbga xos xususiyatlar ko'zga tashlanmoqda[6].
Maktablarni chinakam ma'naviyat va ma'rifat, madaniyat o'chog'iga aylantirish uchun ta'lim-tarbiyaning interaktiv usullarini joriy qilish; O'zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma'naviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirish bo'yicha yangi yondashuvlarni joriy qilish. Ilmiy va sotsiologik tadqiqotlar bilan jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashning barcha asosiy masalalarini qamrab olishga erishish
Xulosa qilib shuni aytish joizki, ma'naviyat sohasini rivojlantirish bo'yicha juda ko'p ishlar belgilab olingan. Bu vazifalarni tadrijiy ravishda amalga oshirilsa, jamiyat ma'naviyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
REFERENCES
[1]. Karimov I. A. Istiqlol va ma'naviyat, Toshkent, 1994-yil. b-14.
[2]. Muhammadjon Imomnazarov Milliy ma'naviyatimiz asoslari.O'zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashryoti.Toshkent-2006.b-11.
[3].O'zbekiston tarixi darslik. Q.Usmonov,M. Sodiqov, S. burxonova - Toshkent: "IQTISOD-MOLIYA", 2016.b- 399.
[4]. Respublika "ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazining faoliyatini tshkil etish to'g'risida. 08.06.1994
[5]. Mirziyoyev Sh. M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi.To'ldirilgan ikkinchi nashr. - Toshkent "O'zbekiston" nashryoti,2022. B-267.
[6]. Sirliboyeva G .YOUNG PEOPLE'S OPINIONS REGARDING THE IMAGE OF THE "IDEAL FAMILY"//JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HUMANITIES RESEARCH FUNDAMENTALS
[7]. O'zbekistonRespublikasining farmoni. 11.09.2023. PF-58 sonli O'zbekiston strategiyasi - 2030 to'g'risida
17-aprel, 2024
621