Научная статья на тему 'MA’NAVIY-MA’RIFIY ISLOHOTLAR INSON BEGONALASHUVINI OLDINI OLISHNING MUHIM OMILI'

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISLOHOTLAR INSON BEGONALASHUVINI OLDINI OLISHNING MUHIM OMILI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

447
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
islohot / shaxs kamoloti / tafakkur / mafkuraviy immunitet / jamiyatning axborotlashuvi / erkinlik / ma‘naviy meros. / reform / personal maturity / thinking / ideological immunity / public information / freedom / spiritual heritage

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы —

Maqolada mustaqillik ne‘mati o‗laroq yurtimizda amalga oshirilgan ma‘naviy islohotlar, shaxs begonalashuvini oldini olishda hamda jamiyat taraqqiyotida bu islohotlarning ahamiyati tahlil qilingan. Ma‘naviy sohadagi islohotlar targ‗ibotining barcha zamonda dolzarb ekanligi ochib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article analyzes the spiritual reforms carried out in our country as a blessing of independence, the importance of these reforms in the prevention of alienation and the development of society. It is clear that the promotion of spiritual reform is relevant at all times.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIY-MA’RIFIY ISLOHOTLAR INSON BEGONALASHUVINI OLDINI OLISHNING MUHIM OMILI»

MA' NAVIY-MA' RIFIY ISLOHOTLAR - INSON BEGONALASHUVINI OLDINI OLISHNING MUHIM OMILI

Maqolada mustaqillik ne'mati o'laroq yurtimizda amalga oshirilgan ma'naviy islohotlar, shaxs begonalashuvini oldini olishda hamda jamiyat taraqqiyotida bu islohotlarning ahamiyati tahlil qilingan. Ma'naviy sohadagi islohotlar targ'ibotining barcha zamonda dolzarb ekanligi ochib berilgan.

Kalit so'zlar: islohot, shaxs kamoloti, tafakkur, mafkuraviy immunitet, jamiyatning axborotlashuvi, erkinlik, ma'naviy meros.

The article analyzes the spiritual reforms carried out in our country as a blessing of independence, the importance of these reforms in the prevention of alienation and the development of society. It is clear that the promotion of spiritual reform is relevant at all times.

Keywords: reform, personal maturity, thinking, ideological immunity, public information, freedom, spiritual heritage.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng oz oldimizga asosiy maqsad sifatida "Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish" g'oyasini belgilab oldik. Bu xalqni davlatdan va oz-ozidan begonalashuvini bartaraf etishdagi birinchi qadam bo'ldi. Insonlarda yangicha tafakkurni shakllantirish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirish vazifasi belgilab olindi. Islohot samarasi uni anglagan jamiyat va insonlar uchun bo'ladi albatta.

Inson borki, jamiyat bilan, yaqinlari bilan, oila davrasida baxtiyor bo'ladi. Hayotidan ko'ngli to'q, ertangi kuniga ishonchi kuchli inson begonalashuv muammosiga nafaqat yo'liqmaydi, yaqinlarini ham himoya qilib yashaydi. Insonlarga bunday imkoniyat ijtimoiy muhit orqali yetkaziladi. Qulay ijtimoiy muhit yaratish va uni doim,

Farxodjon Anvarjon o'g'li Ibroximov

TVCHDPI Katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

zamon ruhiga mos tarzda o'stirib borish jarayoni

May, 2022

ma'naviy-marifiy islohotlar tizimini qamrab oladi. Bu hayotning eng dolzarb masalasi ekanligi barchamizga ayon, albatta. Birinchi Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, "Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar oz yo'liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, ma'naviy islohotlar — qullik va mutelik iskanjasidan ozod boyish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo'lish — bundan og'irroq va bundan sharafliroq vazifa yoq bu dunyoda"[1].

Mustaqillik yillarida boy ma'naviy merosimiz, milliy ananalarimiz, rasm-rusumlarimiz, diniy qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Ona tilimiz — xalq va davlat turmushidagi oz o'rni va ahamiyatiga ega bo'ldi.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar, ta 'lim, madaniyat, sog'liqni saqlash sohalari yuksaldi. Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o'zgardi, aholining turmush saviyasi o'sdi. Ma'naviy hayotimizda uyg'onish yuz berdi, odamlarning tafakkuri va hayotga munosabati o'zgardi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mamlakatni har tomonlama rivojlantirish davlatning funksiyasi hisoblanib, bu albatta maxsus islohotlar yordamida amalga oshiriladi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar markazida bosh omil sifatida inson turadi.

Inson begonalashuvi - tola ravishda kishining atrof voqeliklardan uzilib qolishi, ularga qiziqish bildirmasligi va o'zini dahldor emas, jamiyat uchun keraksiz deb hisoblashida namoyon bo'ladi. Bugungi kun jamiyatimizda ayrim insonlar u yoki bu sohaga qattiq berilib ketganliklaridan turli sohalardagi begonalashuvni ko'rishimiz mumkin. Ayniqsa, yoshlar orasida axborot kommunikatsiya vositalariga qattiq bog'lanib qolish, shu orqali axborot tarqatuvchilar "ko'rsatmasi" bilan harakatlanuvchi individ (manipulyatsiya qurboni) ga aylanib qolish holatlariga duch kelmoqdamiz. Bu esa taraqqqiyotning "harakatlantiruvchi o'qi" hisoblangan yoshlarni kelajak rejalaridan chalg'itishga urinishdan boshqa narsa emas, albatta. Bu yot oqim va goyalarga qarshi kurashishda, mafkuraviy markazlar xatti-harakatlariga munosib javob qaytarish va ularning xurujiga qarshi keng jamoatchilikda, ayniqsa yoshlar qatlamida tushuncha hosil qilish va ularni milliy qadriyatlarimiz bilan "qurollantirish" ma'naviy-ma'rifiy sohadagi islohotlarimizning bosh maqsadi hisoblanadi. Axborotlashgan jamiyatda ruhiy tasir etish vositalari shu qadar rivojlanmoqdaki, ularga tun-u kun munosib javob bera oladigan jamiyatgina oz yo'lidan og'ishmay harakatlanishi mumkin.

May, 2022

Jamiyatimizning barcha jabhalarida, xususan ijtimoiy sohalarida yuz berayotgan o'zgarishlar, islohotlar, yangilanishlar avvalo ijtimoiy taraqqiyotni jadallashtirishga yo'naltirilgan. Mazkur ijtimoiy voqeliklar, hodisalar ro'yobga chiqishining negizida, aholida, ayniqsa, yoshlarda ijtimoiy faollikni takomillashtirish muammosi ham yotadi. Ijtimoiy faollik nafaqat yoshlar ijtimoiylashuvining muhim bo'g'ini, balki shaxsiy va hissiy irodaviy xususiyatlarni tarkib topishi, o'z-o'zini anglashi va baholash kabi shaxs taraqqiyoti omillarini shakllanganligi bilan tavsiflanadi. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda ham bevosita shu sohadagi islohotlar tayanch bo'lib xizmat qiladi. Zero, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el-yurt taqdiriga dahldorlik tuyg'usi bilan yashaydigan yoshlarimiz bizning faxrimizdir[2]"

Bugungi global axborotlashuv asrida ijtimoiy hayotni zamonaviy ommaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, radiotelevideniya, internetsiz tasavvur qilish qiyin. Internetning imkoniyatlari, ayniqsa keng va cheksiz bo'lib, u gazeta, radio va hatto televideniyadan ko'ra ham kuchliroq ta'sirga ega. Axborot uzatish, almashinish va qabul qilish jarayonida tezkorlik, aniqlik, sifat va ta'sirchanlikni ta'minlash, axborotni global miqyosda keng yoyilish imkoniyatlarini ochib berishi "butun jahon o'rgimchak to'ri" ning ahamiyatini, undan foydalanish ehtiyojini har qachongidanda orttirmoqda. Oxirgi 15 yilda internet foydalanuvchilar soni 7 barobarga oshganligi fakti ham buni isbotlab turibdi[3]. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ta'kidlaganlaridek, "Xalqaro hayot, kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirganki, endi unda harbiy qudrat emas, balki intelektual salohiyat, aql-idrok, fikr, ilg'or texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi[4]".

Ma'naviy-ma'rifiy islohotlar o'ziga xos bir tarbiya vositasi bo'lib ham xizmat qiladi. Ma'lumki, tarbiya jarayoni ham uzluksiz jarayon bo'lib, insonni har tomonlama yuksalishiga xizmat qiladi. Shaxs tarbiyasining muhim yo'nalishi - bu g'oyaviy tarbiyadir. Bu - inson ongi va tushunchalar tizimida hayot haqidagi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy, estetik, axloqiy, badiiy qarashlarni maqsadli shakllantirish jarayonidar. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga tobora chuqur integratsiyalashib borayotgani, xalqimizning jahondagi rivojlangan millatlar qatoridan joy olishga intilishi moddiy - iqtisodiy omillar, yuksak texnologiyalar bilan bir qatorda, ma'naviy omillarni rivojlantirishni, shu bilan birga milliy qadriyatlarimizni munosib himoya qila olishimizni ham taqozo

etadi. Bugungi kunda yurtimizda ma'naviy-ma'rifiy muhitni

May, 2022

yanada yaxshilash, ming yillar mobaynida sayqallanib kelayotgan ibratli an 'ana va qadriyatlarni targ'ib etish borasida ko'plab tadbirlar tashkil etilmoqda. Xalqimiz jahon svilizatsiyasiga ulkan hissa qo'shgan xalqdir. Uning ma'naviyat, fan, madaniyat sohasidagi erishgan yutuqlari jahon xalqlariga asrlar osha xizmat qilib kelmoqda. Ammo sho'rolar tuzumi davrida ajdodlari tomonidan yaratilgan ana shu yutuqlarni o'zbek xalqining ongi va qalbidan "chiqarish" borasida ham katta ishlar amalga oshirilgan edi. Mustaqillik sharoitida esa uni qayta tiklash, jahon sivilizatsiyasidagi munosib va adolatli o'rnini tiklash zarur edi. Bunga esa faqat ma'naviyatni rivojlantirish orqali erishish mumkin. Ana shu sabablar va ehtiyojlar mustaqillikni qo4ga kiritganimizdan keyin ma'naviyatni rivojlantirish va milliy merosni qayta tiklashni davlatimiz hayotida ustuvor siyosat darajasiga ko'tarilishiga olib keldi. Shu sababli Respublikamiz Birinchi Prezidenti I. Karimov 1994-yil 23-aprelda "Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazini tashkil qilish to^risida", 1996-yil 9-sentyabráa "Ma'naviyat va ma'rifat" markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida", 1999-yil 3-sentyabrda "Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashini qo'llab-quvvatlash to'g'risida" farmonlarini chiqardi. 1996-yil 9-sentyabrdagi farnonda, "...ma'naviy-ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo'nalishi, deb hisoblansin", deb belgilandi.

1998-yilning 24-iyulida Vazirlar Mahkamasi "Ma'naviy-ma'rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" qaror qabul qildi. Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. Karimovning 2006-yil 25-avgustdagi bu boradagi eng muhim qarorlaridan biri "Milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish to^^sida'^ PQ 451-sonli qarori qabul qilindi.

Ana shu muhim hujjatlar mamlakatimizda ma'naviyatni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega bo4di. Ma'naviyatni rivojlantirishdagi davlat siyosati Birinchi Prezidentimizning "Fidokor" gazetasi muxbiri savollariga javoblarida "Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman" va "Tafakkur" jurnali bosh muharriri bilan bo'lgan muloqotida "Kuch - bilim va tafakkurda", degan konseptual ahamiyatga ega bo'lgan fikrlariga monand ravishda amalga oshirildi va bu jarayon Sh.Mirziyoyev yetakchiligida munosib davom ettirilmoqda.

Mamlakatimizning qariyb 64 % aholisini tashkil etadigan yosh avlodning g'oyaviy-mafkuraviy dunyoqarashi qanchalik

yuksak bolsa, milliy g'oya yoshlar dunyoqarashida qanchalik

May, 2022

keng o'rin egallab borsa, jamiyatimizda ma'naviy muhit shunchalik musaffo bo'ladi. Buyuk alloma Abu Nasr Forobiy ta'kidlab o'tganidek: "Insonlik mohiyati haqiqiy baxt-saodatga erishuv ekan, inson bu maqsadni o'zining oliy g'oyasi va istagiga aylantirib, bu yo'lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u baxt-saodatga erishadi"[5]. Demak jamiyatda ma'naviy islohatlarni jadal ravishda amalga oshirish uchun yosh avlod ongi va tafakkurini shunga monand rivojlantirish, eng avvalo ularni milliy g' oya ruhida tarbiyalash zarur.

Respublika "Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi islohotlarga va tadbirlarga yetakchilik qilib kelmoqda. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi bugungi kunda o'z atrofiga "Tafakkur" va "Jahon adabiyoti" jurnallari, "Ma'naviyat" nashriyoti kabi 60 ga yaqin tashkilotni birlashtirib, ularning ma'naviy-ma'rifiy va mafkuraviy targ'ibot yo'nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirib kelmoqda.

Hayotning o'zi, taraqqiyot qonuniyatlari, erishilgan marralar, istiqboldagi maqsad va vazifalar demokratik islohotlarni qat'iyat bilan davom ettirishni taqozo etmoqda. Zero, Birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganidek: "Ma'naviyat haqida har qancha da'vatlar, muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi faoliyatimizni har tomonlama puxta o'ylangan tizimli ravishda tashkil etmasak, tabiiyki, biz ko'zlangan maqsadga erisholmaymiz, ya'ni, inson qalbiga yo'l topolmaymiz[6]"

Yoshlarni milliy g'urur va iftixor tuyg'usi baland, mustaqil fikrli, istiqlol va tarqqiyot g'oyalariga sadoqatli, o'z oilasi - Vataniga cheksiz muhabbat ruhida tarbiyalash begonallashuv muammosining oldini olishdagi eng samarali usul hisoblanadi. Mustaqillikning ilk kunlaridayoq "Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to,g,risida"gi Qonun qabul qilinishining o'zi bu sohaning nechog'lik ahamiyatli ekanligini anglatib turibdi. Ushbu qonun 2016-yil 14-sentabrda Yangi tahrirda qabul qilinib yangi mohiyat kasb etdi. 2016-yilda "Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo' shimcha chora-tadbirlar Davlat dasturi" ning qabul qilinishi ma'naviy-ma'rifiy sohadagi islohotlarning izchilligi va uzluksizligini ta'minlashga xizmat qildi.

Ta'lim tizimida 2 bosqichli islohotlar amalga oshirildi. Biroq 25 yillik tajribada natijalar tahlili bu jarayonni yangi bosqichga ko'tarishni taqozo qildi. Shu bois Sh. Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 7-fevralda "2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha

harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmon qabul qilindi. Bu

May, 2022

xalqning begonalashuvini oldini olishga yo'nalgan maxsus dastur bo'lib, unda jamiyatning barcha sohalaridagi bo'shliqlarga to'la barham berish va O'zbekistonning dunyo hamjamiyatida munosib o'rin egallashi maqsadi yotadi.

Hozirgi kunda begonalashuv muammosini boshlang'ich nuqtada -mahallalarda bartaraf etish boshlandi. Mahalla faollari kengashining tashkil etilishi, unda aholi barcha qatlamlari bilan muloqot qilinishi muhim ahamiyat kasb etib, xalqning dardini eshitish harakati boshlandi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2016-yil 22-noyabrdagi "2017-2020-yillarda shaharlarda arzon ko'p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori ijrosi yuzasidan bapo etilayotgan uy-joylar aholining keng qatlami uchun zamonaviy va shinam uylardan foydalanish darajasini tubdan oshirish, yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta'minlashga xizmat qilmoqda. Bund ay zamonaviy uylar yurtimiz ko'rkiga kork qo'shish va aholi turmush farovonligini yuksaltirish bilan birga, odamlarda davlatga, ertangi kunga ishonch tuyg'usini yanada mustahkamlab, begonalashuv muammosiga jarayoniga qarshi "immunitef'ni mustahkamlamoqda.

Ta'lim sifati faqat shaklda namoyon bo'lib, uning mazmuni talabga javob bermaganligi aniqlanganidan keyin ta'lim sohasida islohotlar bo'yicha 2017-yilning 20-aprelda "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tog'risida" birinchi qaror, 2018-yil 5-iyunda esa "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" ikkinchi qaror qabul qilingan. Bu qarorlarda iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash, faol mehnat qilayotgan professor-o'qituvchilarni munosib rag'batlantirish nazarda tutilgan bo'lib, shu orqali ular qalbidagi begonalashuvni oldini olish va bartaraf etish masalasi qo'yildi. Bunda eng asosiy g'oya xalqning dardu istaklarini his qilish, ularga yordam berish va asrlar davomidagi xalq va davlat o'rtasidagi "jarlikka" barham berish hisoblanadi. Bu ulug'vor maqsad davlat va xalq - keng jamoatchilik birdamligi bilan bajariladi. Zero, O'zbekistonning barcha sohalarida keng qamrovda kadrlar korrupsiyasiga barham berilmas ekan, xalq muammolari hal bo'lmaydi. Shu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida 2017-yil 3-yanvarda O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurash to'g'risida"gi Qonuni qabul qilindi. [7]

Bugun yurtimizda katta islohotlarni amalga oshirish jarayoni boshlandi. Jamiyatimiz hayotidagi bu islohotlar begonalashuvni oldini olishga qaratilgan. Bularning eng asosiylari ta'lim, sog'liqni

saqlash va xavfsizlikni ta'minlash sohasidagi islohotlardir.

May, 2022

Siyosiy sohada hududiy yaqinlikni saqlagan holda teng huquqli iqtisodiy hamkorlikni shakllantirish va yanada rivojlantirish, mustahkamlash masalasi qo'shni davlatlar bilan begonalashuvning oldini olishga harakat bo'lib hisoblanadi.

"O'zbekiston o'z tanlab olgan mustaqil taraqqiyot yo'lidan — ijtimoiy adolat va qonuniylik tamoyillariga asoslangan, inson huquq va erkinliklarini ta'minlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida belgilangan demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurish yo'lidan qat'iyat bilan bormoqda.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so'ng O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan birinchi xalqaro-huquqiy hujjat — Inson huquqlarining umumjahon deklaratsiyasida har bir inson fuqarolik huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qo'yilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 20-dekabr kuni "O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to'g'risida"gi farmonga imzo chekdi. Ko'p yillardan buyon birinchi marta farmon matni ochiq e'lon qilindi. Unga ko'ra 179 kishi O'zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi[8]. Shu munosabat bilan, bugungi kunda fuqarolik berish to'g'risidagi murojaatlarni ko'rib chiqish va bunday yuksak unvonga munosib shaxslarni, eng avvalo "O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida"gi Qonun kuchga kirgan vaqtda turli obyektiv va boshqa hayotiy vaziyatlarga ko'ra chet elda bo'lgan respublikaning mahalliy aholisi orasidan O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to'g'risida asosli qarorlar qabul qilish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur choralarning amalga oshirilishi xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplariga to'la mos keladi va o'zbek zaminida tug'ilib, o'sib-ulg'aygan hamda Vatanimizning taraqqiyoti va ravnaqiga o'zining munosib hissasini qo'shib kelayotgan shaxslarning manfaatlarini nazarda tutadi va ularda begonalashuv illati paydo bo'lishining oldini oladi.

Oilaviy munosabatlarni mustahkamlash haqidagi g'oyalar "Avesto" davriga borib taqaladi. Bugungi kunda ajrimlar soninng ortayotgani va ularga asossiz sabablar ro'kach qilinayotgani jamiyat uchun katta fojea.

Hozirgi kunda nafaqat 1-2 yillik yangi oilalar, balki 20-30 yillik oilalalar ham ajralmoqda. Bu, tomonlar bir-biridan begonalashayotganidan, bir-birini tushunishga intilishning yo'qligidan dalolatdir. XX asr boshlarida Abdurauf Fitrat o'zining "Oila" nomli asarida to'y-hashamlarga sarflangan mablag'larni illat sifatida baholaydi. Qariyb 1 asr davomida bu o'zgarganio yo'q. aksincha, yanada hashamliroq, dabdabaliroq shakllanmoqda. Bu quda-andalar

o'rtasidagi begonalashuvni kuchaytirmoqda.

May, 2022

"Oila" Respublika ilmiy-amaliy markazi oilalarga amaliy yordam ko'rsatishdan tashqari, doimiy ravishda monitoring va ijtimoiy tadqiqotlar o'tkazadi. Ushbu markaz faoliyati doirasida aniqlanishicha, mamlakatimizda 2000-dan 2012-yillargacha bo'lgan davrda oilalarning soni salkam ikki martaga ko'paygan, ajralish jarayonlari esa 1,1 martaga kamaygan. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, har yili respublikamizda 250-300 ming nikoh qayd etiladi[9]. Mazkur masalalaning dolzarbligini inobatga olgan holda, mamlakatda ayni damda oilaning jamiyat instituti sifatida shakllanishiga ko'maklashuvchi maxsus muassasa va tashkilotlar tashkil etilgan.

1998-yil 28-oktyabrda "To'y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlar xotiralariga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazilishini tartibga solish to'g'risida"gi PF-2100-sonli Farmoni e'lon qilingan edi. Bu masalaga ayni kunlarda yana qaytildi. Negaki, ortiqcha dabdababozliklar oqibatida oilalar mustahkamligi va muqaddas nikohdan begonalashish tug'usi shakllanmoqda. Bu harakatlar ham albatta oilalarning farovon va tinch bo'lishiga, xalqimiz azaldan alohida e'tibor berib kelgan isrofgarchilikka yo'l qo'ymaslikka, oiladagi begonalashuvni oldini olishga xizmat qiladi.

Islohotlarning samarasi mazkur islohotlarda xalq manfaatlarining qay darajada aks etishi va unda xalq ishtirokining ta'minlanish darajasiga ko'p jihatdan bo'g'liq, albatta. Shu bois, xalq tafakkurini o'zgartirish, uning qalbida begonalashuvga moyillik tuyg'usi nish urmasligiga erishish muhim masala hisoblanadi.

Istiqlol yillarida yurtimizda amalga oshirilgan ma'naviy islohotlarning butun qamrovini ko'rsatish, ma'naviy sohadagi o'zgarishlar samaralarining mustaqil taraqqiyotimizda tutgan o'rni va ahamiyatini, qolaversa, istiqboldagi vazifalarimizning mazmun-mohiyatini to'liq ochib berish bilan cheklanib qolmasdan, bu islohotlarni munosib davom ettirish oldimizda turgan vazifalardan biridir. Zero, "Ma'naviyat - uzluksiz harakatdagi jarayondir. Fikr, tafakkur, his-tuyg'u tinim bilmaganidek, ularning mahsuli o'laroq ma'naviyat ham doim o'zgarish va yangilanishda bo'ladi"[10].

REFERENCES

1. Karimov I.A.O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura". Asarlar, 1-jild, 202-bet.

XULOSA

May, 2022

2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent.: O'zbekiston. 2017. 14-bet

3. www.zamin.uz

4. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin. 7-jild. - Toshkent.: O'zbekiston, 1999, 98-bet

5. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. Toshkent.: Abdulla Qodiriy, 1993, 188-bet

6. Karimov I.A. O'zbekistion XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. O'zbekiston.1997. 226-bet

7. O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurash to'g'risida"gi 2017-yil 3-yanvardagi Qonuni "Xalq so'zi" gazetasi.

8. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. O'zbekiston.1997. 212-bet

9. Farhodjon Anvarjon Ogli Ibrohimov. Ta'lim muassasalarida huquqiy ta'lim-tarbiyaning zarurati. Academic Research in Educational Sciences, 362-367

10. FA Ibrohimov, IS Fayziyev. SHAXS MA'NAVIY-RUHIY BEGONALASHUVINING SHAKLLARI. Scientific progress 1 (5)

11. Ibrohimov Farodjon Anvarjon o'g'li. Yevropa faylasuflari ijodida begonalashuv muammosi. Falsafa va huquq 2 (2), 150-153-betlar

12. L Akhatov, T Madalimov, R Xaytmetov, F Ibrohimov. A Symbol of Tolerance and Friendship in Jamiy's Work" Bahoriston. International Journal of Current Science Research and Review 1 (3), 29-32.

May, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.