Научная статья на тему 'MA’NAVIY TARAQQIYOTNI TA’MINLASH VA MADANIYAT SOHASINI ISLOH QILISH'

MA’NAVIY TARAQQIYOTNI TA’MINLASH VA MADANIYAT SOHASINI ISLOH QILISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

229
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
603-607

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Maqsudali Safarov

Ushbu maqolada Yangi O'zbekistonni barpo etish borasidagi “O'zbekiston – 2030” strategiyasi va undagi mamlakatning eng asosiy ustunlaridan bo'lgan ma'naviyat sohasi haqida fikr mulohazalar keltirilgan. Bu boradagi fikrlarimizni o'rta asrlar sharq falsafasi bilan bog'lagan holda takliflar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIY TARAQQIYOTNI TA’MINLASH VA MADANIYAT SOHASINI ISLOH QILISH»

Tashkent State University of Economics

MA'NAVIY TARAQQIYOTNI TA'MINLASH VA MADANIYAT SOHASINI

ISLOH QILISH

Maqsudali Safarov

TDIU katta o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Yangi O'zbekistonni barpo etish borasidagi "O'zbekiston -2030" strategiyasi va undagi mamlakatning eng asosiy ustunlaridan bo'lgan ma'naviyat sohasi haqida fikr mulohazalar keltirilgan. Bu boradagi fikrlarimizni o'rta asrlar sharq falsafasi bilan bog'lagan holda takliflar berildi.

Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha xohish-irodasini ro'yobga chiqarish, har bir fuqaroga o'z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog'lom, bilimli va ma'naviy barkamol va madaniyatli avlodni tarbiyalashdir. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 11 sentyabrdagi "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni hamda "O'zbekiston - 2030" strategiyasini 2023 yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida ham ma'naviyat va ma'rifat sohasiga alohida e'tibor qaratilgan.

Hozirgi jadal rivojlanish davrida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlar bilan bir qatorda ma'naviy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar hal qiluvchi ahamiyat ega.

Chunki, iqtisodiyot tana bo'lsa, ma'naviyat jon va ruhdir. Yangi O'zbekistonni barpo etishdek ulug' maqsadni amalga oshirishda shu ikki ustunga, ya'ni kuchli iqtisodiyot hamda milliy ma'naviyatimizga suyanamiz.

"Ma'naviyat, avvalo, ajdodlarimizning boy merosidan oziqlanadi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi, insonlar orasidagi o'zaro ishonch va hurmatda namoyon bo'ladi. Ma'naviyat-bu xalq taqdiriga befarq emaslik, uning kelajagini birga qurish yo'lida jonbozlik ko'rsatishdir. Ma'naviyat har qanday davlat va jamiyatning mustahkam poydevori bo'la oladi. Bu poydevorning mustahkam bo'lishi davlatning kuchli bo'lishiga kafolat beradi"[1;32].

Biz inson huquq va erkinliklari kafolatlangan, farovon hayot sari, ma'naviy yuksalish, ma'rifatli jamiyat qurish yo'lida harakatdamiz. Shu maqsadda har qanday sinov va qiyinchiliklarni chetlab o'tib, ma'naviy sohadagi islohotlarimizni davom ettiramiz.

603

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Ammo, barcha sohalarda bo'lganidek, ma'naviy-ma'rifiy ishlarda ham yechimini kutib turgan masalalar yo'q emas. Misol uchun, ulkan o'zgarishlar, yangi jamiyatning nazariy asosini belgilab beradigan milliy g'oyani shakllantirish birinchi galdagi masala hisoblanadi. Chunki, jahon tarixidan ham ma'lumki, qaysiki xalq yoki millat bir maqsad, yagona g'oya atrofida birlashsa, o'sha davlat taraqqiyotda erishgan. Lekin oramizda hamon ma'naviyatning mohiyatini tushunmagan, uning kerak yoki kerakmasligini bilolmay, milliy g'oya haqida mutlaqo tushunchasi yo'q insonlar ham bor. Ba'zilar esa milliy g'oya deganda, eski tuzumlardagi mafkuralarni ko'z oldiga keltiradi.

Ma'lumki, jamiyatning ajralmas qismi hisoblangan yoshlar masalasi hamisha faylasuf, siyosatshunos, huquqshunos, tarixshunos, pedagog, psixolog, yozuvchi, shoirlar kabi turli soha sohiblarini qiziqtirib kelgan. Faylasuflar yoshlarning ijtimoiy hayotdagi o'rnini o'rgansa, huquqshunoslar ularning huquqlari va huquqiy kafolotlarini, tarixchilar jamiyat tarixidagi o'rnini, psixologlar esa bularning ahvoli - ruhiy xarakterlarini, pedagoglar esa yoshlarga ta'lim-tarbiya berish masalalarini, siyosatshunoslar yoshlarning siyosiy hayotdagi rolini va o'rnini o'rganib kelishgan. Yoshlar masalasiga bunchalik e'tibor berib kelinayotganining sababi shundaki, ular o'z g'ayrati, shijoati, istiqboli, bilim-ma'rifatga intiluvchanligi, izlanuvchanligi va boshqa fazilatlari bilan kattalardan farqlanib turadi. Yoshlar o'zlaridan avvalgi ajdodlar qoldirgan ma'rifat, madaniyat, ma'naviyatni, an'ana, urf-odatlarni boyitib boradi, yangi-yangi tashabbuslar, islohotlar bilan ijtimoiy hayot tarixidan muayyan o'rinlar oladi. Shuning uchun jamiyat yoshlarining bilim olishlari, ma'lum bir kasbi-korni egallashlari, o'z dunyo qarashlarini shakllantirishlari, jismoniy yetukligini, ma'naviy jihatdan boyligini rivojlantira borib o'zining kelajagiga asos soladi. "O'tmishdagilar, - deb yozgan edi Abu Nasr Forobiy, - o'zlarida bo'lgan zavq-na'sha, lazzatni o'zlaridan keyingi keladigan avlod orqali nasldan-naslga qoldirib keladilar. Shu tartibda vaqt va zamon o'tishi bilan kishilarda zavq ustiga zavq, na'sha ustiga na'sha qo'shilib, ulardagi lazzatlanish, zavqlanish obekti orta boradi. Mana bu holni biz farovonlik, haqiqiy baxt-saodat deb tasvirlaymiz"[2;190]. Ushbu satrlardan ham ko'rinib turibdiki, o'tmish avlod o'zidan keyingi avlodga eng yaxshi boyliklarni meros qilib qoldiradi va keyinchalik bu merosni yoshlar o'z navbatida asrab-avaylab davom ettiradi.O'tmish tarixni varaqlar ekanmiz, yoshlar ma'naviyatiga, dunyoqarashiga, axloq-odobiga bag'ishlab o'lmas asarlar qoldirgan donishmandlarni alohida eslatib o'tishimiz lozim. Jumladan, Nizom ul-mulkning «Siyosatnoma», «Rushnoinoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig», Mahmud Qoshg'ariyning «Devonu lug'atit turk», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq», Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub», «Vaqfiya» kabi ma'nosi qimmatli, sermazmun asarlari bu o'rinda haligacha o'z qimmatini yo'qotmagan. Markaziy Osiyo mumtoz shoirlari Abdulqosim Firdavsiy, Abdullo

604

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Rudakiy, Nosir Xisrav, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Sakkokiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Zahiriddin Bobur, Mahtumquli, Ogaxiy va boshqalar o'zlarining bebaho badiiy asarlarida jamiyat hayotiga, yoshlar ma'naviyati va dunyoqarashiga, tarbiyasiga oid qimmatbaho g'oyalarini olg'a surganlar, Vatan mehri, milliy g'urur, ma'naviyatni tarannum etganlar. Yoshlar ma'naviyati, istiqboli haqida fikr yuritar ekanmiz, buyuk qadriyatlardan hisoblanmish qadimgi zardushtiylik dini, buddizm, xristian va islom kabi jahon dinlarida yoshlarga bo'lgan juda ko'p dasturlarni ham sira unutmasligimiz darkor. Bulardan tashqari har bir jamiyat o'z sharoiti, xususiyati, ijtimoiy mazmuniga tayanib yoshlarni tarbiyalaydi, ma'naviyatini boyitadi, dunyoqarashini shakllantiradi. O'z navbatida yoshlar kattalardan orttirgan tajribalarini amaliyotda qo'llab, o'zlariga ma'qul bo'lgan ta'limotlarga asoslanib ish yuritadilar.Ular o'zlariga ma'qul an'ana, qadriyatlarni saqlab qolib, jamiyat taraqqiyoti uchun halaqit beradigan tomonlarini uloqtirib yoki o'zgartirib, tegishli ishda qatnashadilar. Mumtoz falsafa namoyondalari tarixning avlodlar almashinuvi ekanligini va bunda har bir avlod o'zidan avval yashagan ajdodlarning boyligidan, ishlab chiqaruvchi kuchlaridan, materiallaridan foydalanishini, shu bilan birga eski sharoitlarni o'z faoliyatlari vositasida o'zgartirib o'z manfaatlariga moslashtirib borishini ta'kidlagan edilar. Aynan ana shu hayot haqiqati mamlakatimizning istiqlolga erishgan dastlabki o'n yilliklarda ham, bugungi kunda ham o'z isbotini topmoqda. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon 31 yildan ortiqroq vaqt o'tdi. Bu qisqa davrda barcha sohalarda amalga oshirilgan tub islohotlar, demokratik o'zgarishlar o'z samarasini bermoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan Yangi O'zbekiston strategiyasi va unda ilgari surilgan "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyili ijtimoiy rivojlanishning muhim g'oyasi sifatida tan olinmoqda. Bu tamoyil xalqqa xizmat qilishning samarali vositasi sifatida xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilmoqda. Xullas, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta'biri bilan aytganda, "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab berdi. Biz bundan buyon faoliyatimizni "inson-jamiyat-davlat" degan tamoyil asosida tashkil etamiz. Bu boradagi vazifalarini amalga oshirishda ma'naviyat va ma'rifat sohasini yanada rivojlantirish bo'yicha amalga oshiriladigan ishlarning ommaviyligi va ochiqligiga erishish hamda ijtimoiy-ma'naviy, ilmiy-ma'rifiy hamda ta'lim-tarbiya sohalarida tizimlilik, ilmiylik va izchillikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratish nazarda tutilgan. Ayni paytda fuqarolar ma'naviy barkamolligini ta'minlash, ular orasida teng va o'zaro manfaatli munosabatlarni ta'minlash, erkin tafakkur tarzi, inson huquqlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarni hurmat qilish va qarashlar xilma-xilligini rivojlantirish, inson ruhiyati va kamolotiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi g'oya va ta'limotlarga murosasiz kayfiyatni tarbiyalash ham bu boradagi dolzarb vazifalar sirasiga

605

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

kiradi. Ma'lumki, "insoniyatning ko'p ming yillik tajribasiga ko'ra, har qanday tub yangilanish, inqilobiy o'zgarish ilm-ma'rifatsiz, ma'naviyat, madaniyatsiz sodir bo'lishi mumkin emas. Buni barcha Renessans davrlarining voqea-hodisotlari tasdiqlaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda mustaqillik qo'lga kiritilishi bilan mazkur masalaga alohida e'tibor qaratildi. Bugungi kunda esa unga e'tibor yanada kuchaydi. Bu jihatdan, Taraqqiyot strategiyasining beshinchi yo'nalishi, ya'ni ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish sohasidagi ustuvor maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlar alohida ahamiyatga molikdir"[3;].

Yangi O'zbekiston taraqqiyotining ijtimoiy-ma'naviy va ilmiy-ma'rifiy sohalarini yanada takomillashtirish, jamiyatdagi ma'naviy barqarorlik va hamjihatlik, qonun ustuvorligi va xavfsizlik kafolatlarini mustahkamlash, Uchinchi Renessansni barpo etuvchilarning yaksak ma'rifatli avlodini tarbiyalash, barkamol shaxsni shakllantirish mamlakatimizda ma'rifatli jamiyat barpo etish mazkur yo'nalishdagi faoliyatning asosiy mazmuniini belgilaydi. Bu jihatdan, tarix fanlari doktori, professor A. Mavrulov ta'kidlaganidek: "Boy o'zbek madaniyati bugun o'zining milliyligini saqlab qolgan holda, barkamol shaxsni tarbiyalash, barqaror ijtimoiy-madaniy muhitni barpo etish, jamiyatda sog'lom ma'naviy ehtiyojni shakllantirish, odamlarda tafakkur o'zgarishlarini sodir etsagina o'zining asosiy vazifalarini bajargan bo'ladi. Ana shundagina bugun yurtimizda keng jaranglayotgan "Yangi O'zbekiston - Uchinchi Renessans sari" shiorini real harakatga keltira olamiz"[4;].

Ushbu yo'nalishda yoshlarga alohida ahamiyat qaratilayotgani aslo bejiz emas, zero O'zbekiston - yoshlar mamlakati. Yurtimiz aholisining 60 foizidan ko'pini yoshlar tashkil etadi. Shunday ekan, yoshlar masalasi har doim e'tiborda bo'ladi. Ularning har tomonlama barkamol avlod bo'lib yetishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ayniqsa, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalari bo'yicha savodxonligini oshirish, kitobxonlikni targ'ib qilish ham mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini qurish yo'lidagi muhim qadamlardan biri bo'ladi. Buni biz mamlakatimiz mustaqillikni qo'lga kiritgan paytidayoq belgilangan tadbirlardan bilsak bo'ladi. Mamlakatimiz yangi jamiyat qurish borasida eskidan meros bo'lib o'tgan hamma tuzilmalar, yo'nalishlar, muassasalardan voz kechdi va mutlaqo yangi istiqlol yo'lini tanlab, yangi boshqaruv tuzilmalarini tashkil qilishni lozim topdi. Shunday ekan, o'tish davrida barcha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy masalalar bilan bir qatorda yoshlar siyosati masalasi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Biz ma'naviy -ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, madaniyat va san'at muassasalari, ijodiy uyushmalar hamda ommaviy axborot vositalari faoliyatini rivojlantirish yo'lida harakat

606

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

qilmoqdamiz. Madaniyat va ma'naviyat sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar mehnatini munosib qadrlash choralari ko'rilyapti.

Hozirgi kunda olg'a surilayotgan Yangi O'zbekiston g'oyasini ko'p millatli elimizning qalbiga singdirish, ularni ushbu ezgu g'oya atrofida birlashtirib, kelajakka ishoch ruhini, bunyodkorlik, tashabbuskorlik fazilatlarini kuchaytirish ma'naviy sohadagi faoliyatimizning bosh mezonidir.

Shunday ekan, aholimizning hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda targ'ibot-tashviqot ishlarini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chorasini ko'rish kerak.

Yuqorida aytilganidek, biz globallashuv davrida, turli xil mafkuraviy tahdidlar qurshovida yashayapmiz. Shunday sharoitda yurtimiz ma'naviy hayotida namoyon bo'layotgan o'zgarishlar dinamikasining rivojlanish darajasi va uning xalqimiz milliy xususiyatlariga ta'siri masalasiga e'tibor berishimiz lozim. Ushbu fikrlarga hamohang ravishda xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi bugungi kunning dolzarb masalasi sifatida qayd etish lozimdir. "Sog'lom onadan sog'lom bola tug'iladi" deganlaridek, jamiyatimizda farzand kamolotida onalarning ahamiyati beqiyosdir.

Jahonda hukm surayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar hamda yuzaga kelgan tarixiy zarurat yurtimizning ma'naviy-ma'rifiy sohadagi buguni va ertasini belgilaydigan amaliy faoliyat dasturlarini yaratish va hayotga tatbiq etish uchun zaruriy asoslar yaratmoqda.

REFERENCES

1.Бекмурадов М, Бегматов А Миллий менталитет ва маънавият. -Т.: Адолат, 2002.

2.Жураев Н. Узбекистоннинг маънавият стратегияси. Т.: Маънавият, 2016. - 32 бет

3. Маънавият: асосий тушунчалар изошли .^ати / Тузувчи ва масъул мухаррир К.Назаров. -Т.: F.Fулом номидаги НМИУ, 2009. - Б. 678

Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шахри. - Тошкент, Абдулла Кодирий номидаги халк мероси нашриёти, 1993, 190-бет.

4. Узбекистан Республикаси Президентининг Фармони. Янги Узбекистоннинг 20222026 йилларга мулжалланган тараккиёт стратегияси тугрисида (Узбекистон Республикаси крнун уужжатлари туплами, 2022 й, 6-сон). www.lex,uz

5.Mavrulov A. "Madaniyat va Uchinchi Renessans yohud beqiyos iroda kuchi va vijdon amri bilan..." - "Yangi O'zbekiston" gazetasi 2021 yil 10 dekabr

607

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.