Tashkent State University of Economics
"O'ZBEKISTON - 2030" STRATEGIYASIDA MA'NAVIY SOHANI YANGI BOSQICHGA KO'TARISH MASALALARI.
Farxod Abduvalievich Adilov
Toshkent davlat iqtisodiyot Universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD, dotsent
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada, mamlakatimizda xozirgi kunda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ma'naviy-ma'rifiy islohotlar, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni, halqimiz farovonligini ta'minlash, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari yoritilgan.
Kalit so„zlar: "O'zbekiston - 2030", strategiya, ma'naviyat, ma'rifat, qadriyat, chora-tadbir, qaror, ilmiy-ma'rifiy.
Mamlakatimizda xozirgi kunda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ma'naviy-ma'rifiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlardan ko'zlangan asosiy maqsad - yurtimizda tinchlik va barqarorlikni, halqimiz farovonligini ta'minlash, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalamoqdamiz.
So'nggi yillarda ma'naviyat, ma'rifat masalasiga davlat siyosatining ustivor yo'nalishi sifatida katta e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2019 yil 3 maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi hamda 2021 yil 26 martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari bu boradigi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan o'zgarishlar va amalga oshirilayotgan keng ko'lamli isloxotlarning natijasida Yangi O'zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma'rifiy asoslari yaratildi.
Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risidagi farmoni qabul qilinganligi jamiyatimizning barcha sohalaridagi islohotlarning yangi bosqichga olib chiqishning huquqiy asoslarini tashkil etadi. Mazkur huquqiy xujjat 2023-2030 yillarga mo'ljallangan bo'lib, ushbu "O'zbekiston - 2030" strategiyasi 5 ta yo'nalish va 100 ta maqsad kilib belgilab qo'yilgan. Ushbu yo'nalish va maqsadlarning har biri mamlakatimizni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma'naviy sohalarini yanada taraqqiy etishga xizmat qiladi. "O'zbekiston - 2030" strategiyasining "har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun munosib sharoitlarni yaratish" nomli birinchi
535
17-aprel, 2024
Tashkent State University of Economics
ustuvor yo'nalishda 44 ta maqsad, ya'ni 1-maqsaddan - 44-maqsadgacha ushbu ustuvor yo'nalish tarkibiga kiradi. Bunda ta'lim, tibbiyot, ijtimoiy himoya, yoshlar siyosati, ma'naviyat masalalariga taalluqli 156 ta amaliy chora-tadbir va 70 ta vazifa qamrab olingan bo 'lib, 130 ta maqsadli ko 'rsatkichni ishlab chiqish belgilangan. Shuningdek, 38 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash va qabul qilish ko'zda tutilgan1. Ushbu ustuvor yo'nalishdagi ma'naviyat sohasida amalga oshirilishi kerak bo'lgan masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki o'zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma'naviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biri ekanligi ta'kidlangan. Aholi o'rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo'yicha huquqiy ma'rifiy tadbirlarni xalqimizning boy tarixi, ilmiy-madaniy merosi, milliy-diniy qadriyatlarni o'rgatish bilan uyg'un holda tashkil qilish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratilganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PQ-300-sonli qarorida «O'zbekiston — 2030» strategiyasini 2023 yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorida har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo'nalishi doirasida ma'naviy taraqqiyotni va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qiluvchi 38-44 maqsadlarida ma'naviy masalalarga alohida e'tibor qaratilgan.
Shu o'rinda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2021 yil 19 yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishida "Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir" deb, Yangi O'zbekistonni barpo etishda ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot bo'lsa, ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat2 ekanligini alohida ta'kidladilar. Ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarini o'rganish va tiklash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Chunki, O'zbekiston tarixini o'rganish va targ'ib qilish orqaligina bu maqsadlarga erishishimiz mumkin. Tarix fanini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida "O'zbekiston tarixi" fanining ilmiy-nazariy asoslarini yoritish, milliy tariximizning falsafiy-metodologik asoslarni xalqimiz, jumladan yoshlarga o'rgatishning siyosiy jixatlarni tashkil etsa, ikkinchidan, oliy ta'lim muassalarida o'qitilayotgan ijtimoiy-gumanitar fanlarning o'rni
1 "Y36eKHCTOH - 2030" crpaTerHHCH Ba hhcoh xyKyK-^apn, http://insonhuquqlari.uz/uz/news
2 WaMMAT x,aeTMHMHr TaHacu MK,TMCog,MeT 6y^ca, yHMHr wohm Ba pyx,u MatHaBMATflup. https://yuz.uz/
536
17-aprel, 2024
Tashkent State University of Economics
va mavqeini oshirishga xizmat qiladi. Ma'naviy va milliy qadriyatlarni tiklashda biz o'z tariximizni to'la va mukammal bilishimiz zarur.
Ma'naviy taraqqiyotni va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqishda strategiyadagi rejalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Chunki, o'zbek xalqi ma'naviy sarchashmalarini targ'ib qilish, ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, targ'ibot-tashviqot ishlarining zamonaviy va ta'sirchan usullarini ishlab chiqish hamda hududlarning o'ziga xosligidan kelib chiqib, yangi mafkuraviy texnologiyalarni keng joriy etish, turli yoshdagi aholining tarixga qiziqishini oshirish maqsadida «Buyuk ajdodlar izidan», «Tarixingdir ming asrlar» va «O'zbekiston — Vatanim manim» ko'rik-tanlovlarini o'tkazish, madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o'rganish va ommalashtirish bilan bog'liq faoliyatni yanada takomillashtirish kabi masalalarning rejaga asosida amalga oshirilayotganligi bugungi kundagi O'zbekiston fuqarolarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xulosa sifatida shuni ta'kidlash mumkinki, Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi va «O'zbekiston — 2030» strategiyalarida, halqimizning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy sohalarini yangi bosqichga ko'tarish va halqimizning orzu istaklarini ro'yobga chiqarishda, milliy manfaatlardan kelib chikkan holda inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
REFERENCES
1. "O'zbekiston - 2030" strategiyasi va inson huquqlari, http://insonhuquqlari.uz.
2. Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. https://yuz.uz.
3. Adilov, F. (2023). O'ZBEK SAN'ATINING RIVOJIDA ARMAN IJODKORLARINING O'RNI. Talqin Va Tadqiqotlar, 7(24). izvlecheno ot https://talqinvatadqiqotlar.uz
4. Adilov F. O'ZBEKISTON VA OZARBAYJON XALQLARI O'RTASIDAGI MADANIY HAMKORLIK ALOQALARI (KINO VA TEATR SOHASI MISOLIDA) // Scientific journal of the Fergana State University. - 2019. - №. 6. - S. 29-29.
5. Adilov F. O'rta Osiyo xonliklarining savdo aloqalarida Bokuning tutgan o'rni //Journal of Universal Science Research. - 2024. - T. 2. - №. 1. - S. 203-207.
537
17-aprel, 2024