„ , ,  . .  . Â. ..  . . Â. O'zbekiston - 2030 strategiyasi:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti . . ,. . , , , . . , . , -
inson salohiyatini ro yobga chiqarish imkoniyatlari
m ■■ .C..TJ- v «t • Uzbekistan - 2030 Strategy:
Tashkent State University of Economics
Opportunities to Realize Human Potential
"UCHINCHI RENESSANS" POYDEVORINI YARATISHDA MAFKURAVIY
ISLOHOTLARNING AHAMIYATI
Aziza Rixsivoyevna Sultanova
TDIU "Ijtimoiy fanlar" kaedrasi dotsenti
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy siyosatning asosiy tamoyil va ustuvor yo'nalishlariga mos bo'lib, hozirgi globallashuv va ma'naviy tahdidlar tobora kuchayib borayotgan davrda aholi, ayniqsa yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash bilan bog'liq dolzarb vazifalar bayon etilgan.
Kalit so'zi: "Uchinchi Renessans", mafkuraviy immunitet, milliy mafkura, globallashuv, "Mehr" operatsiyalari, terrorizm, radikalizm, ekstremizm.
Tarixiga nazar tashlar ekanmiz, Yurtimiz naqadar boy tarixga ega ekanligini, bu boy merosga va ilmiy taraqqiyotga erishishda xalqimiz mashaqqatli bosqichlarni bosib o'tganini ko'rishimiz mumkin. Bu taraqqiyot yo'lida davlatchiligimizning shakllanishi, jamiyatda ilmu fan, san'at va madaniyatning yuksalishi, buyuk siymolarning o'z ijodida erishgan yutuqlari jahon tamaddunining rivojiga hissa qo'shishdek iftixorli jarayonlar gavdalanadi.
Davlatimizning ilk Renessans davrida buyuk ajdodlarimizning yaratgan ilmiy-falsafiy asarlari va olamshumul kashfiyotlari islom sivilizatsiyasiga tamal toshi bo'ldi.
Ikkinchi Renessans - Amir Temur va Temuriylar davriga to'g'ri kelib, butun Markaziy Osiyo xalqlari o'z ilmiy rivojining yangi bosqichiga o'tdi. Shuningdek, davlatchilik asoslari takomillashib, shaharsozlik va me'morchilik avj oldi, xalqaro savdo va diplomatik aloqalar jadallashdi.
"Uchinchi Renessans poydevorini yaratish"ga qaratilgan keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish uchun turli soha va tarmoqlar bo'yicha zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan, salohiyatli fidoyi va izlanuvchan mutaxassis kadrlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Shunga ko'ra, davlatimiz rahbari tomonidan jamiyatimizning bilimli va iste'dodli kadrlarga bo'lgan ehtiyojini uzoq muddatga qondirish, iqtisodiyotni raqobatbardosh mutaxassislar bilan ta'minlash maqsadida ta'sirchan va izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
560
17-aprel, 2024
O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim [5].
2021-yilning 19-yanvarida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi raisi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan o'tkazilgan yig'ilishdagi "Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir" mavzusidagi ma'ruzasi Ma'naviyat va ma'rifat sohasi uchun yana bir katta ijobiy burilishga zamin yaratdi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2021-yilda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markaz huzurida tashkil etilgan Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur institut "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" degan g'oya asosida mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yangi bosqichga ko'tarish, aholi, ayniqsa, yoshlarni Vatanga muhabbat, ma'naviy merosimiz, milliy adabiyotimizga hurmat ruhida tarbiyalash g'oyasini hayotga tatbiq etish ishlarini ilmiy-metodik va axborot-tahliliy jihatdan ta'minlash kabi vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilgan. Shu bilan birga, dunyoning mafkuraviy manzarasini o'rganish, tahlil qilish, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga mos xorijiy tajribani amaliyotga joriy etish ishlarini tizimli yo'lga qo'yish nazarda tutilmoqda.
Mafkuraviy targ'ibot-tashviqot ishlarini islohotlarning mazmun-mohiyatini qiyosiy ko'rsatgan holda amalga oshirish lozim. Jahon tajribasidan ma'lumki, har bir mamlakat o'z taraqqiyotini yuksaltirish hamda rivojlanish omillarini kengaytirish uchun inson kapitalini, xususan, yosh avlodning ilmiy, ijodiy va ma'naviy salohiyatini takomillashtirish orqali amalga oshirib kelgan.
Bugungi kunda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yoshlar tarbiyasi, ularning ma'naviyatini yuksaltirish sohasidagi islohotlar hayotimizning boshqa sohalari bilan o'zaro chambarchas bog'langan hamda tizimli ravishda alamga oshirilmoqda [6].
Hozirgi globallashuv sharoitida yoshlar tarbiyasiga bunday yondashuv o'zining ijobiy natijalarini berishi shubhasiz. Chunki, oila, maktab, mahalla yoshlarning o'zaro yaqinlashishi va jipslashishi uchun qulay sharoit yaratib beradi. Ushbu qadriyat va an'analarni davom ettirish maqsadida bugungi kunda joylarda ma'naviyat, ma'rifat
17-aprel, 2024
561
Tashkent State University of Economics
O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:
va milliy mafkura asoslarini ochib beruvchi jonli misollar bilan targ'ibot tashviqot ishlari ham olib borilmoqda.
Globallashuv sharoitda dunyo miqyosida vujudga kelayotgan keskin tahlikali vaziyatlar tufayli mafkuraviy taxdidlar tobora kuchayib borayotganligini kuzatish mumkin. Dunyo miqyosida paydo bo'layotgan turli mafkuraviy tahdidlarga nisbatan yoshlarda sog'lom dunyoqarash, g'oyaviy mafkuraviy immunitetni shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylanib bormoqda. Bu haqda davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev qayd etganidek: "Yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatdan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda" [1] deb ta'kidlagani ayni haqiqatdir.
Yurtimizda yoshlarning noan'anaviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish va ularning faolligini oshirish bo'yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi:
- yoshlarni qiziqish va ehtiyojlarini aniqlashda sog'lom dunyoqarashni shakllantirish orqali ularni iste'dodini namuna sifatida rag'batlantirish;
- mamlakatimiz yoshlarini teran fikr yuritishga o'rgatish orqali istiqbolli qarorlar qabul qilishga tayyorlab borish;
- o'quvchi va talabalarning o'zlarini fikrlarini erkin ifoda etadigan shaxs etib tarbiyalash;
-yoshlarda tashabbuskorlik, shijoatlilik, xushyorlik, zukkolik, sezgirlik, bilimdonlik, fidoyilik kabi fazilatlarini ro'yobga chiqarishni o'rgatish;
- yoshlarni oilada, mahallada va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida nutuq madaniyatini oshirishni o'rgatish;
- yoshlarni bo'sh vaqtlarini unumli va mazmunli o'tkazish uchun yoshlarga internet tarmog'idan to'g'ri foydalanishni o'rgatish va tushuntirish;
- yoshlarga OAV, internet ijtimoiy tarmoqlar va matbuotda chop etilgan ma'lumotlarni xolisona taxlil qilishni o'rgatish;
- yoshlarga o'zbek xalqining ma'naviyati madaniyati, urf-odati, an'ana va qadriyatlariga yuksak hurmat tuyg'usini shakllantirish;
- yoshlarga o'zbek xalqining buyuk mutafakkirlarini ma'naviy merosi ko'rsatgan jasoratlarini namuna sifatida targ'ibot va tashviqot qilish;
- yoshlarda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish orqali ularda sog'lom dunyoqarashni shakllantirish kabi vazifalarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
562
17-aprel, 2024
O'zbekiston - 2Q3Q strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2Q3Q Strategy:
opporiunitiesjoRealizeHumnPoientiaL
Turli mintaqa va davlatlarda sodir bo'layotgan ayanchli voqealar tahlili ommaviy axborot vositalari, zamonaviy axborot texnologiyalari, internet tizimi, ijtimoiy tarmoqlar va elektron nashrlar ba'zi hollarda buzg'unchi kuchlar qo'lida zararli g'oya va mafkuralarni targ'ib etishning qulay, tezkor vositasiga aylanib qolayotganligini ko'rsatyapti. Bu kabi tahdidlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarning yemirilishiga, zo'ravonlik, inson taqdiri, jamiyat hayotiga bepisandlik, mas'uliyatsizlik, loqaydlik, andishasizlik, behayolik kabi illatlarning ildiz otishiga zamin yaratmoqda.
Dunyo miqyosida xalqaro terrorizm, radikalizm, ekstremizm kabi chegara bilmas tahdidlarning xavfi ortib borayotgan bugungi kunda ham ma'rifat jaholatga qarshi kurashishning eng samarali vositasi sifatida tan olinmoqda. Bugungi kunda O'zbekiston inson huquqlari va diniy erkinlar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar dunyo miqyosida e'tirofga sazovar bo'lmoqda. Ayniqsa, mamlakatimizda keyingi yillarda jinoyat sodir etgan shaxslarni afv etish bo'yicha 8 ta farmon qabul qilinib, 4 mingdan ziyod shaxs jazoni o'tash joylaridan ozod qilindi. Shu bilan birga jinoiy qilmishiga chin dildan pushaymon bo'lib, tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan mahkumlarni afv etish va ularni erkin hayotga qaytarish borasida ulkan ishlar qilinmoqda. Yurtimizda insonparvarlik tamoyili asosida mutlaqo yangi amaliyot joriy etilmoqda. Buning natijasida jinoyat yo'liga adashib kirib, qilmishiga chin dildan pushaymon bo'lgan 993 nafar fuqaro, jumladan, 456 nafar yigit-qiz hamda 113 nafar ayollar Yoshlar ittifoqi, mahallalar va xotin-qizlar qo'mitalarining kafilligi bilan jazodan ozod qilindi. Mazkur ishlarning ijobiy davomi sifatida o'tgan 2019-yilda Jasliq qo'rg'onidagi jazoni ijro etish koloniyasini yopilishi davlatimizning ana shunday insonparvar siyosatning amaliy namunasi ekanligini ta'kidlash o'rinlidir.
Bu boradagi ishlarning ijobiy natijasi sifatida xorijdagi mojaroli hududlardan, urush o'choqlaridan mamlakatimiz fuqarolarini yurtimizga qaytarib olib kelish bo'yicha "Mehr" operatsiyalari o'tkazilganini ham ta'kidlash joiz. Jumladan, 2019 -yilda "Mehr-1" va "Mehr-2" insonparvarlik tadbirlari muvaffaqiyatli amalga oshirilib, Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar maydonidan fuqarolarimiz, asosan ayollar va bolalar yurtimizga qaytarib olib kelindi. 2020 yilning dekabr oyida o'tkazilgan "Mehr-3" tadbiri orqali Suriyadan 25 nafar ayol va 73 nafar bola yurtimizga qaytarildi. 2021-yilda amalga oshirilgan "Mehr-4" operatsiyasi orqali 24 nafar fuqaro Afg'onistondan O'zbekistonga qaytarilgan bo'lsa, "Mehr-5" operatsiyasi natijasida Suriyadagi urush ketayotgan "qaynoq nuqtalarga" borib qolib, "Al-Hol" lagerida 3 yildan ortiq vaqt davomida ushlab turilgan 24 nafar ayol va 69 nafar bola O'zbekistonga olib kelindi. "Mehr" insonparvarlik tadbirlari doirasida jami 531 nafar
17-aprel, 2024
563
Tashkent State University of Economics
O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:
fuqarolarimiz Vatanimizga qaytarib olib kelinib, ularga zarur bo'lgan tibbiy va moddiy yordam ko'rsatildi[3].
Mana shunday ezgu ishlarni ro'yobga chiqarish maqsadida mamlakatimizda Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi ishlab chiqildi. Ushbu strategiyada yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari eng oliy qadriyat etib belgilandi. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi mamlakatimiz milliy rivojlanishining yangi bosqichini boshlab bermoqda. Shu o'rinda, O'zbekiston o'zini milliy taraqqiyotning yangi davridagi faoliyatini "inson - jamiyat - davlat" degan yangi tamoyil asosida tashkil etish davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berildi. Muxtasar qilib aytganda, amaliy natija, inson manfaati, uning qadr-qimmati mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning bosh maqsadiga aylandi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, globallashuv shiddati bugungi kunda g'oyalari aniq va sog'lom, yetuk va insonparvar, e'tiqodi butun, o'ta tezkor zamonda har qanday yot g'oyalarga qarshi kurashuvchan mafkuraviy immuniteti mustahkam shaxslarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh. Jismoniy va ma'naviy yetuk yoshlar ezgu maqsadlarimizga etishda tayanchimiz va suyanchimizdir. Xalq so'zi, 2017 yil 1 iyul.
2. Mirziyoyev Sh.M. 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. -Toshkent: O'zbekiston, 2022.
3. Musayev M. Yangi O'zbekistonning insonparvar siyosati. Demokratlashtirish va inson huquqlari jurnali. -Toshkent: 2022. №1 son. -B.16.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. (2017 yil 22 dekabr). -Toshkent. O'zbekiston, 2018. -B.20.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-Mirziyoyevning-oliy-mazhlisga-murozhaatnomasi _198650.
6. Suvonov I. Targ'ibot-tashviqot ishlarini islohotlarning mazmun-mohiyatini qiyosiy ko'rsatgan holda amalga oshirish lozim. https://yuz.uz/news/targibot-tashviqot-ishlarini-islohotlarning-mazmun-mohiyatini-qiyosiy-korsatgan-holda-amalga-oshirish-lozim.
564
17-aprel, 2024