Научная статья на тему 'YOSHLARDA MA’NAVIY TAHDIDLARGA QARSHI KURASHNI SHAKLLANTIRISHDA QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI'

YOSHLARDA MA’NAVIY TAHDIDLARGA QARSHI KURASHNI SHAKLLANTIRISHDA QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

40
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma‟naviy tahdid / ijtimoiy / siyosiy / faollik / nodavlat tashkilotlar / konsepsiya / ilmiy-madaniy meros / milliy-diniy qadriyatlar / axborot-kommunikatsiya texnologiyalari / milliy g'oya / mafkuraviy xuruj / Uchinchi Renessans.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdurauf Muxammedovich Raxmanov

Maqolada Yangi O'zbekistonni barpo etish jarayonida Respublikamizda yoshlar siyosatiga berilayotgan e'tibor, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar hamda bugungi globallashuv jarayonida yoshlarimizni buzg'unchi, yot g'oyalardan asrashda qadriyatlar uyg'unligi masalasiga e‟tibor qaratildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARDA MA’NAVIY TAHDIDLARGA QARSHI KURASHNI SHAKLLANTIRISHDA QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

YOSHLARDA MA'NAVIY TAHDIDLARGA QARSHI KURASHNI SHAKLLANTIRISHDA QADRIYATLAR UYG'UNLIGI

Abdurauf Muxammedovich Raxmanov

TDIU dots v.b. Falsafa fanlari bo'yicha, falsafa doktori (PhD)

ANNOTATSIYA

Maqolada Yangi O'zbekistonni barpo etish jarayonida Respublikamizda yoshlar siyosatiga berilayotgan e'tibor, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar hamda bugungi globallashuv jarayonida yoshlarimizni buzg'unchi, yot g'oyalardan asrashda qadriyatlar uyg'unligi masalasiga e'tibor qaratildi.

АННОТАЦИЯ

В статье уделено внимание молодежной политике в нашей республике в процессе становления Нового Узбекистана, созданным для них условиям и возможностям, а также вопросу гармонии ценностей в защите нашей молодежи от деструктивных, чуждых идей в сегодняшних условиях. процесс глобализации.

Kalit so'zlar: ma'naviy tahdid, ijtimoiy, siyosiy, faollik, nodavlat tashkilotlar, konsepsiya, ilmiy-madaniy meros, milliy-diniy qadriyatlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, milliy g'oya, mafkuraviy xuruj, Uchinchi Renessans.

Yangi O'zbekistonni barpo etar ekanmiz davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda yoshlar masalasiga mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'tibor berib kelinmoqda.

Yurtimizda mamlakat aholisining qariyb 65 foizini yoshlar, ya'ni 30 yoshgacha bo'lganlar tashkil etadi. Bu, bir tomondan, davlatimiz zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklasa, ikkinchi tomondan yoshlarga oid maqbul siyosat yuritish natijasida ulkan imkoniyatlar ham beradi. Davlat tomonidan yoshlarning mamlakat manfaatlari yo'lida erkin ijtimoiylashuvi va o'zini samarali namoyon etishi uchun maqbul sharoit va imkoniyat yaratish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tizimi yoshlarga oid davlat siyosatini anglatadi. 2016 yil 14 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonunga imzo chekdi. Ushbu qonunning maqsadi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mazkur qonun 4 bob, 33 moddadan iborat bo'lib, ana shu yo'nalishdagi ishlarni tartibga soladi. Qonunda yoshlarning ijtimoiy-

17-aprel, 2024

538

Tashkent State University of Economics

siyosiy faolligini oshirish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, bu borada davlat organlari, jamoat va nodavlat tashkilotlari, jamoatchilik institutlari vazifalari belgilab berilgan.

"Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama qo'llab-quwatlashning huquqiy mehanizmlarini yaratish sohasida tub burilish bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo'lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi.

❖ Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmonining 71-maqsadida

❖ "Yangi O'zbekiston - ma'rifatli jamiyat" konsepsiyasini amalga oshirish.

❖ Aholi o'rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo'yicha huquqiy-ma'rifiy tadbirlarni xalqimizning boy tarixi, ilmiy-madaniy merosi, milliy-diniy qadriyatlarini o'rgatish bilan uyg'un holda tashkil etish.

❖ Targ'ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning ta'sirchan, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab chiqish hamda ularni o'z vaqtida amalga oshirish choralarini ko'rish.

❖ O'zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma'naviy merosini asrab avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash.

❖ Oila, ta'lim tashkilotlari va mahallalarda ma'naviy tarbiyaning uzviyligini ta'minlash.

❖ Ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda xolis axborotlarni o'z vaqtida berib borish orqali yolg'on ma'lumotlar tarqalishining oldini olish.

❖ "Mahalla-tuman-viloyat-respublika" prinsipi asosida hududlar kesimida ijtimoiy-ma'naviy muhitni optimallashtirish xaritasini shakllantirish, bu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish.

❖ Ma'naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish.

❖ Maktablarni chinakam ma'naviyat va ma'rifat, madaniyat o'chog'iga aylantirish uchun ta'lim-tarbiyaning interaktiv usullarini qo'llash.

539

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

❖ Mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g'oya asosida birgalikda kurashish, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda ma'naviy tarbiyaning uzviyligini ta'minlash ko'nikmasini shakllantirish.

❖ "Yoshlar - Yangi O'zbekiston bunyodkorlari" shiori ostida "Yangi -O'zbekiston - Uchinchi Renessans" g'oyasining ro'yobga chiqarilishini ta'minlash.[1]

Bugungi globallashuv jarayonida dunyoda g'oyaviy, mafkuraviy kurash ketmoqda. YA'ni dunyoni g'oyaviy jihatdan bo'lib olishga bo'lgan urinish kuchayib bormoqda. Albatta, bunday vaziyatda mustaqilligimizni mustahkamlash, uning barqarorligini, farovonligini, tinchligini va kelajagini ta'minlash, yoshlarimizni yuksak ma'naviyatli va ma'rifatli bo'lishlariga e'tiborni kuchaytirish har birimizning yuksak burchimizdir. Ayniqsa, yoshlarimizning bu jarayonda faol ishtirok etishlari katta ahamiyatga egadir. Prezident Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Dunyo shiddat bilan o'zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo'layotgan bugungi kunda ma'naviyat va ma'rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e'tibor qaratish har qachongidan hpm muhimdir. Aynan ta'lim va ma'rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan biri hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da'vat etadi, saxovatli, sabr qanoatli bo'lishga undaydi.[2] Shunday ekan, bugungi globallashuv jarayonida yoshlarimizni turli xil buzg'unchi, yot g'oyalardan asrash, ularni ma'naviy barkamol, jismoniy sog'lom qilib voyaga yetkazish davr talabidir. Xalqimizga xos bo'lgan mehr - oqibat, mehr-shafqat, qadr-qimmat, odamgarchilik, mehmondo'stlik, o'zaro hurmat kabi tushunchalar bilan birga yoshlarimiz ongida umuminsoniy qadriyatlar va ularga hurmat ruhini tarbiyalash ham muhim ahamiyatga egadir. Avvalo qadriyat tushunchasiga to'xtalib o'tsak. Qadriyatlar muammosi ko'pdan beri faylasuflar, tarixchilar, sotsiologlar, pedagoglar, madaniyatshunoslar diqqatini tortib keladi. Qadriyatlarga nazariy-falsafiy, ijtimoiy-amaliy, ma'naviy-axloqiy, madaniy-ma'rifiy, antropologik yondashuvlar mavjud. Bu qadriyatlarning inson va jamiyat hayotining barcha sohalariga taalluqli keng qamrovli ijtimoiy hodisaligidan dalolat beradi.

Falsafa qomusiy lug'atda qadriyat tushunchasiga quyidagi ta'rif keltirilgan. Qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy - axloqiy, madaniy-ma'naviy ahamiyatini ko'rsatish uchun qo'llaniladigan falsafiy - sotsiologik va akseologik tushuncha. Jamiyat, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan barcha narsa, hodisa va voqealar: erkinlik, ezgulik, tenglik, tinchlik, haqiqat, ma'rifat,

https://lex.uz/docs/5841063 https://tsue.uz/

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

madaniyat, moddiy va ma'naviy boyliklar, obida-yodgorlik, go'zallik axloqiy xislat hamda fazilatlar, an'ana, urf-odat, udum va boshqalar hisoblandi[3].

Qadriyat tushunchasining ijtimoiy falsafa nuqtai nazaridan ta'riflari kupgina ilmiy adabiyotlarda turli xil yondashuvlarning mavjudligini, ba'zan esa ularning butunlay bir-birini inkor etish xollari ham uchraydi.

Q.Nazarov o'zining bir qator ishlarida, ushbu muammoning o'ta dolzarbligini ta'kidlash bilan birga, uning mazmuni, tuzilishi, asosiy shakllari, namoyon bulish xususiyatlari va umuminsoniy qadriyatlar tizimidagi o'rni va ahamiyatini ilmiy tahlil kilish bilan bir qatorda mazkur masalalarga e'tibor kam ekanligini ko'rsatib o'tgan, qadriyat tushunchasini - voqelikdagi muayyan hodisalarning umumbashariy, umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma'naviy ahamiyatini ko'rsatish uchun qo'llanadigan falsafiy-sotsiologik va aksiologik tushuncha[4], deb tushuntiradi. I.Saifnazarov, F.Saifnazarovalar fikricha, "milliy-ma'naviy qadriyatlar - murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa bulib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, udumlari, jamiki ma'naviy boyliklarini qamrab oladi[5]. A.Samadov qadriyat deyilganda, inson, millat jamiyat uchun ahamiyatli bulgan, ayrim shaxs, millat, elat yoki ijtimoiy guruhlarning ma'naviy-madaniy ehtiyojlari evolyutsiyasi davomida vujudga kelgan, o'z manfaatlari va maqsadlari uchun xizmat qiladigan barcha moddiy va ma'naviy boyliklar majmuini tushunamiz[6]-deb, ta'kidlab o'tgan.

Yangi O'zbekistonning kuch qudrati manbai- xalqimizning milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sodiqligidir. Qadriyat inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladi. Ular halollik, poklik, o'zaro yordam, adolatlilik, haqiqatgo'ylik, ezgulik, tinchlik, shaxs erkinligi, mehr- muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar, burch, vijdon, or-nomus, masuliyat kabi axloqiy tushunchalar shaklida namoyon bo'ladi. Qadriyat o'z tabiatiga ko'ra ijtimoiy tarixiy xarakterga ega. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida u o'zgaradi va takomillashadi. Shuning uchun qadriyat tug'risidagi ta'limotlar ham takomillashib, rivojlanib boradi.

Qadriyatlarning xilma-xil shakllari bor: moddiy va ma'naviy, milliy, mintaqaviy, umumbashariy, jamiyat hayotining sohalari bo'yicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy; ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy va boshqalar.

Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, Yangi O'zbekistonni barpo etish jarayonida qadriyatlarga e'tibor kuchaydi. Mamlakatimizda umuminsoniy kadriyatlarning ustuvorligi e'tirof etildi, milliy qadriyatlar hamda shaxs manfaatlarini umumbashariy talablarga moslashtirish asosiy vazifaga aylandi. Bugungi kunda globallashuv

17-aprel, 2024

541

Tashkent State University of Economics

jarayonida yoshlarimizda ma'naviy tahdidlarga qarshi kurashda milliy, umuminsoniy, diniy va axloqiy qadriyatlarning o'zaro uyg'unligi muhim ahamiyatga egadir.

Ijtimoiy hayotda yoshlar tafakkurida Vatan taraqqiyoti va ravnqiga daxldorlik hissini yanada shakllantirish, ular ongida erkin va sog'lom dunyoqarashni shakllantirish, ularni ijtimoiy hayotdagi yangilanish va o'zgarishlar jarayonida faol ishtirokini ta'minlash muhim ahamiyatga egadir.

Xulosa sifatida aytib o'tish lozimki, bugungi ijtimoiy tarmoqlar, internet keng tarqalgan texnologiyalar asrida yoshlarimiz qalbida vatanga muhabbat, ota-onaga, ustozlarga hurmat, ilmga intilish, jamiyatda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda faolligini ta'minlash, dunyoqarash va tafakkurini ezgulik g'oyalari asoida shakllantirish, kasbga muhabbat, yurt ravnaqiga daxldorlik va boshqa insoniy sifatlarni shakllantirishda qadriyatlar uyg'unligining o'rni va ahamiyatini chuqur tushuntirib borish va yoshlar qalbiga singdirish eng dolzarb masalalardan biridir. Shuningdek, milliy, diniy, axloqiy va umuminsoniy qadriyatlarga zid bo'lgan buzunchi g'oyalarning salbiy oqibatlarini keng targ'ib qilish muhim ahamiyatga egadir.

References / Adabiyotlar ro'yxati

1. https://lex.uz/docs/5841063

2. Узбекистан Республикасининг "Ёшларга оид давлат сиёсати тугрисида"ги Конун. Тошкент 2016 йил 14 сентябр

3. Ш.Мирзиёев Ислом хдмкорлик ташкилоти Ташки ишлар Вазирлари Кенгашининг 43-сессиясидаги нутки. Халк сузи 2016 йил 19 октябр.

4. Фалсафа. Комусий лугат. 2004.

5. Назаров К. Кадрият тизими: баркарорлик ва узгарувчанлик диалектикаси.

6. Саифназаров И., Саифназарова Ф. Маънавиятимизнинг умрбокий сарчашмалари.-Т.:Мехдат, 1997.-Б. 10

7. А.Самадов Кадрият. http://istiqlol.samdu.uz/

542

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.