Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA AKSIOLOGIK TARBIYA MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA'

UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA AKSIOLOGIK TARBIYA MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
255
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qadriyat / aksiologik / aksiologik kompetensiya / milliy qadriyat. / value / axiological / axiological competence / national value.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Siddiqov, Baxtiyor Saidkulovich

Ushbu maqolada qadriyat, eksplikatsiya, aksiologik kompetensiya tushunchalarining mazmuni va mohiyati yoritib berilgan. Shuningdek, umumiy o‘rta ta'limda aksiologik tarbiya mexanizmlarini takomillashtirish pedagogik muammo ekanligi haqida batafsil so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF AXIOLOGICAL EDUCATIONAL MECHANISMS IN GENERAL SECONDARY EDUCATION AS A PEDAGOGICAL PROBLEM

This article describes the content and essence of the concepts of value, explanation, and axiological competence. It is also mentioned in detail that the improvement of axiological education mechanisms in general secondary education is a pedagogical problem.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA AKSIOLOGIK TARBIYA MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA AKSIOLOGIK TARBIYA MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO

SIFATIDA

Siddiqov Baxtiyor Saidkulovich

Farg‘ona davlat universiteti dotsenti, p.f.n.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada qadriyat, eksplikatsiya, aksiologik kompetensiya tushunchalarining mazmuni va mohiyati yoritib berilgan. Shuningdek, umumiy o ‘rta ta'limda aksiologik tarbiya mexanizmlarini takomillashtirish pedagogik muammo ekanligi haqida batafsil so ‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar: qadriyat, aksiologik, aksiologik kompetensiya, milliy qadriyat.

ABSTRACT

This article describes the content and essence of the concepts of value, explanation, and axiological competence. It is also mentioned in detail that the improvement of axiological education mechanisms in general secondary education is a pedagogical problem.

Keywords: value, axiological, axiological competence, national value.

KIRISH

Dunyoda so‘nggi yillarda insonning qadr-qimmatini yuksaltirishga qaratilgan shaxsning ichki salohiyatini o‘rganish muammosi pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi va tarbiya mexanizmlarining asosiy komponentlari:shaxsiy salomatlik, o‘z faoliyatini tashkil etish, o‘zini o‘zi rivojlantirish, o‘zini o‘zi jamoadagi nufuzini belgilash va jamiyat infrastrukturalarida o‘zini o‘zi realizatsiya qilish kabi tushunchalar shaxsning umuminsoniy qadriyatlar pozitsiyasida ekanligidan dalolat bermoqda. Inson uchun qadriyatli bo‘lgan hodisalar, jarayonlar, voqealar mohiyatini anglash aksiologiya jarayonida sodir bo‘lar ekan, ijtimoiy infrastrukturalarda yoshlarda aksiologik qadriyatlar tizimini rivojlantirish, ularni yuksak ma’naviy axloqli, insonparvarlik fazilatlariga ega, o‘z kasbini chuqur biladigan mutaxassis sifatida tarbiyalash muammolarini ilmiy-pedagogik jihatdan tadqiq qilish masalalari yetakchilik qilmoqda.

Mamlakatimizda yoshlar bizning kelajagimiz, ular ota-ona va ajdodlarimiz ishining davomchilari hisoblanadi. Bizning asosiy maqsadimiz - milliy va ma'naviy qadriyatlar asosida komil insonni tarbiyalashdir. Komil inson deganda, eng avvalo, dunyoqarashi keng, vatanparvar, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan, mas'uliyatli va sog‘lom kishilarni tushunamiz. Inson

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

faqat tarbiya orqaligina komillikka erishadi. Uning ma'naviy darajasi atrofida yuz berayotgan voqyea-hodisalarni qanday qabul qilishi va mustaqil baholay olishiga ham bog‘liq” Shunday ekan, uzluksiz ta'lim tizimida yoshlaming aksiologik kompetensiyalarini rivojlantirish, ma'naviy dunyoqarashini mustahkamlashda milliy qadriyatlarga oid boy ma'naviy merosimizdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Har bir davr, har bir millat yoki alohida shaxsning o‘ziga xos qadriyatlari bor. Zamonaviy sharoitda aksiologiya mustaqil ijtimoiy pedagogik xususiyat sifatida baholanmoqda va bugungi kunda aksiologiyaning asosiy tushunchalari - “qadriyat”, «qadriyatlarga yo‘naltirilganlik», «qadriyatlarni belgilash», «baholash», «baholash munosabati», «qadriyatlarga asoslangan qiymatli mulohazalar» kabi kategoriyalar zamonaviy nuqtai nazardan tavsiflanishi lozim. Bugungi kunda mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston-xalqchil va insonparvar davlat” g‘oyasi amalda. Ushbu g‘oyani amalga oshirish yo‘lida konstitutsiyaviy islohotlarga kirishish ostonasida turibmiz. Bu katta islohotlarimizning mohiyatan yuksalishiga, mantiqiy ta'sirchanligini oshirishga xizmat qilishi tabiiy.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining juda ko‘p moddalarida tarixiy qadriyatlar o‘z o‘rnini topganining shohidi bo‘lamiz. Masalan, diniy bag‘rikenglik doimo o‘zbek xalqining tarixiy qadriyati bo‘lib kelgan. Konstitutsiyamizning 31-moddasida hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanishi, har bir insonga xohlagan diniga e'tiqod qilish yoki hyech qanday dinga e'tiqod qilmaslik huquqining berilganligi Bosh Qomusimizning xalqimiz tarixiy an'analari, qadriyatlariga asoslanganidan dalolat beradi.

Tarixga nazar tashlasak, Amir Temurning xizmatida musulmonlar bilan bir qatorda buddaviylar, nasroniylar va boshqa din vakillari ham bo‘lgan, lekin ularning birortasi kamsitilmagan.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar har bir inson uchun qadriyatli mental tafakkurni mustahkamlash, huquqiy demokratik davlatni mustahkamlash va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish negizida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va ma’naviy-axloqiy tarbiyaning o‘zaro aloqadorligi, yaxlitligi, uning barkamol avlod tarbiyasi tizimida tutgan o‘rni, tarixiy ildizlari, qadimgi Sharq ma’naviy-axloqiy tarbiya taraqqiyotini rivojlantirishga qaratilmoqda.

Qadriyat - bu obyekt yoki hodisaning madaniy, ijtimoiy yoki shaxsiy munosabatlardagi odamlar uchun ma'noga ega bo‘lgan oliy ne'matidir. Aksiologiya atamasi 1902 yilda fransuz olimi P.Lapi tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan bo‘lib,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

qadriyatlarning tabiati, ulaming voqelikdagi o‘rni va qadriyatlar dunyosining tuzilishi, ya'ni turli qadriyatlarnmg o‘zaro, ijtimoiy va madaniy omillar va shaxs tuzilishi bilan bog‘liqligini o‘rganadi.

Pedagogik fikrning butun tarixi to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholash munosabatlari bilan, inson uchun eng muhimini aniqlash istagi bilan bog‘liq. Eng umumiy shaklda aksiologik mavzu har bir davr, har bir millat uchun alohida dolzarblik kasb etadi.

Antik davrda bu qarashlar: ezgulikni inson uchun mantiqiy hodisa sifatida umumiy tushunish bilan turli xil yondashuvlar sifatida belgilandi.

Demokrit hayotning qadriyati va maqsadi baxt, deb hisoblagan. Yuqori darajadagi baxt-yaxshilik bo‘lib, u quyidagi shakllarda mavjud: xotirjamlik, yaxshi kayfiyat, ichki barqarorlik; uyg‘unlik va xotirjamlik.

Suqrot donishmandlikni bilimning birligi, ezgulikni tanlash va ezgulikni amalda tatbiq etishni oliy ne’mat deb bilgan. So‘qrot insonni o‘z-o‘zini bilishga chaqirgan va eng yuqori yaxshilikka erishish sifatida qadriyatlar tizimini shakllantirish zarurligini e'tirof etgan. Boshqa yunon faylasufi Epikur esa eng oliy baxt- zavq deb hisoblagan, azob-uqubatlarning yo‘qligi deb tushunilgan.

O‘rta asrda: Sharqda zardo‘shtiylarning muqaddas kitobi - “Avesto”da hamda buyuk ajdodlarimiz - Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy asarlarida insonda yuksak axloqiy fazilatlarni kamol toptirishda milliy qadriyatlar masalasi asosiy o‘rinni egallagan. Ma'lumki, o‘zbek xalqi o‘zida millatimizga xos ko‘p asrlik ma'naviy qadriyat va an'analarimizni, udum va rasm-rusumlarimizni, ma'naviy-ma'rifiy, madaniy merosimizni saqlab keladi. O‘zbek millatiga xos bo‘lgan muomala madaniyati, mehr-oqibat, muruvvat, andisha va or-nomus kabi odob-axloqqa oid his-tuyg‘ular nafaqat tarbiya vazifasini o‘taydi, balki insoniy qadriyatlar va fazilatlarning namoyon bo‘lishida, komil insonni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbek xalqining oliy qadriyati- oila, uning a'zolarining tinch-totuvligi va o‘zaro mehr-muhabbati, dunyoqarashi, ma'naviy saviyasi, qiziqishi, e'tiqodi, jamiyatdagi mavqyei, husn-latofati farzand tarbiyasiga ma'lum ma'noda ta'sir o‘tkazadi. Bunday oilada tarbiyalangan farzandlar go‘zallikka ishtiyoqmand, ruhiy tetik, bag‘ri butun, hayotga qiziquvchan, xotirjam, tinch-totuv oilaviy hayot kechirishga tayyor bo‘lib o‘sadilar. Sharqda milliy qadriyatlarni farzandlar ongi va qalbiga singdirish oiladan boshlanadi. Jumladan, yoshlar kattalardan: suvga tuflama, non ustiga narsa qo ‘yma, nonning uvog'i ham non, yoshi ulug'larning yo'lini kesib o'tma, ota-onangning gapini ikkita qilma, ustozingni hurmat qil, atrofingga befarq bo ‘lma kabi nasihatlarni eshitib, turli rivoyat, maqol, hikmatlarni tinglab, xotiralarida saqlab voyaga yetadilar. Jumladan, “Avesto”dagi “Ezgu fikr - ezgu so‘z - ezgu amal” g‘oyasi bo‘yicha fikr

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

yuritish; Qur'oni karim, hadisi sharif kabi muqaddas manbalarda keltirilgan ma'naviy-ma'rifiy o‘gitlar orqali yoshlar ongida ruhiy poklikni shakllantirish muhim bo‘lib hisoblanadi.

Yevropada o‘rta asrlarda: eng oliy qadriyat atrofdagilarga yaxshilik qilish deb hisoblangan.

F.Bekon fikricha, inson uchun qadriyat-bu insonning boshqa odamlarga nisbatan burch va majburiyatlari sifatida jamoat manfaatining eng oliy ko‘rinishi deb hisoblagan.

B.Spinoza qadriyatni aql va erkinlik bilan belgiladi. Erkinlik, uning tushunchasiga ko‘ra, ehtiroslardan epikuriy zavqlanish emas, balki ehtiroslarning aqlga bo‘ysunishidir. Spinoza ham hayotni eng muhim qadriyat deb hisoblab, uni o‘limdan yuqoriroq darajaga qo‘ygan.

Zamonaviy yondashuvlarda: qadriyatlar madaniyatning ko‘rinishi sifatida baholandi (M.Veber) yoki ijtimoiy institutlar (T.Parsons), jamoalar va sivilizatsiyalar (P.A.Sorokin), axloqiy (shuning uchun qimmatli) ekanligi va faoliyat ko‘rsatish vositasi sifatida tahlil etildi. Odamlarning go‘zallik, baxt va boshqalar haqidagi tasavvurlari ham o‘zgargan.

Aksiologiyaning pedagogikada ta’limot sifatida rivojlanishida I.Kant katta rol o‘ynadi, u Insonni o‘z falsafasining markaziga qo‘ydi, bu esa, aslida, aksiologik bilimlar taraqqiyotida yangi bosqichni ochdi. Kant an'ana va qiymatni mahsulot deb hisoblash davrini tugatadi va Kant bilan inson uchun qadriyatni tushunish bosqichi boshlanadi. Kant aksiologiyasi, Bekon singari, burch kategoriyasiga asoslanadi. Bu burch tuyg‘usi, deb hisoblagan Kant, odamlarni hayvonlardan ajratib turadi va yaxshilikka yo‘l ochadi.

Eng oliy qadriyat sifatida Vindelband haqiqat, ezgulik, go‘zallik va muqaddaslikni insonni boshqaradigan azaliy va tarixiy bo‘lmagan tamoyillarb deb hisoblagan, ularni so‘zsiz majburiyat me’yori sifatida amalga oshirgan. Vindelband oliy qadriyatlardan tashqari, insoniyat mavjudligi uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni: fan, qonun va tartib, san'at va dinni ajratib ko‘rsatdi.

Har bir xalqning milliy qadriyatlarini uning tarixi, ma'naviyati, madaniyati, o‘ziga xos urf-odatlari, an'analarisiz tasavvur qilish qiyin.

Mamlakatimizda yoshlarni milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlar mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo‘lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli mutaxassis kadrlarni yetishtirish uchun zamin yaratmoqda. Shu bilan birga, ta’lim muassasalarida tahsil

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

olayotgan, aholining keng qatlamini tashkil etuvchi o‘quvchilarning aksiologik, ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish va milliy g‘urur tuyg‘usini yangi bosqichga ko‘tarishni ob’yektiv ehtiyojga aylantirdi. Ushbu ob’yektiv ehtiyoj insonning jamiyatda mavjud bo‘lgan ko‘p qirrali munosabatlar, ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy shart-sharoitlar asosida, turli insoniyatlar ta’sirida shakllanadigan insonning aksiologik qadriyatlar tizimidagi o‘rnini mafkuraviy mental eksplikatsiyada tadqiq etishga undaydi.

Eksplikatsiya - (lot.: explicatio-tushuntirish, joylashtirish) - pedagogik ob’yekt, yoki, aksiologik hodisalar mohiyatini turli xil boshqa jarayonlar va hodisalar orqali targ‘ib qilish (oshkor qilish) usuli. Eksplikatsiya usulini ketma-ket qo‘llash quyidagi bosqichlardan (algoritmlardan) iborat:

-xususiyatlar, parametrlar va belgilar majmuini dastlabki tanlash (selektsiya), ular orqali xossalarni tushuntirish ob’yektidan (hodisalar) ifodalovchilarga o‘tkazish va almashtirish;

-ob’yektlarni (hodisalar) qidirish va tanlash - tanlangan xususiyatlarni targ‘ib qilish;

-aniqlangan ob’yekt (hodisalar)ning tanlangan xususiyatlarini tanlangan ob’yektlar (hodisalar) orqali ifodalash (tarqatish), ya’ni bilish orqali tushuntirish;

-an’anaviy qo‘llash qoidalari tariqasida tushuntirish usuli (tartibi yoki texnikasi) ilgari noma’lum (noaniq, noaniq, g‘ayrioddiy) tushunchaning (terminning) ichki mazmunini unga tashqi ob’yektlar (hodisalar) orqali ochish ma’lum xususiyatlarni aniqlash yoki tushuntirish uchun ishlatiladi. Binobarin, eksplikatsiya tushuntirilgan tushunchalarga chuqur kirib borish usuli sifatida ishlatiladi va quyidagi qoidalar bilan cheklanadi:

-izohlanayotgan tushunchani izohlovchi ob’yektlar (hodisalar) mustaqilligi (aks holda ularning xilma-xilligi bevosita qiymatini yo‘qotadi);

-xususiyatlar, parametrlar va jihatlarni almashtirish chegaralarini (ramkasini) qat’iy belgilashni ta’minlaydigan ularning farqlanishini ajrata olish;

Ilmiy metodologiya kontekstida eksplikatsiya (tushuntirish) ilmiy bilimlar doirasida ko‘p turli funktsiyalarni bajaradi. Shunday qilib, eksplikatsiya pedagogikada quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:

-noaniq va noma’lum intuitiv tasvirlarni (eksplikanlar) qat’iy kategorik va mantiqiy tushunchalar (eksplikanlar) shakliga tarjima qilish;

-muayyan bilim sohasini kontseptuallashtirish, uni yaxlit tizimga keltirish;

-turli obyektlar (hodisalar) yoki tushunchalar (terminlar) o‘rtasidagi ilgari aniq bo‘lmagan (yoki yashirin) bog‘liqliklarni aniqlash va boshqalar. Shu bilan birga, mental eksplikatsiyada kontsepttsyaning intuitiv mazmunini uniqadriyatli ifodalovchi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

tushunchalar bilan rasmiylashtirilgan mazmunining asl ob’yekt (hodisalar) va bilim rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan aloqani bildiradi. Shu ma’noda, mafkuraviy mental eksplikatsiya muayyan mafkuraviy qarashlar yaxlitligining mazmunini yoritishga xizmat qilib, uning qismlari, masalan, inson ma’naviyati, mustaqil ravishda o‘rganiladigan pedagogik hodisa sifatida namoyon bo‘la boshlaydi vajamiyat a’zolarining o‘zaro munosabatlarida aks etadi.

Tahlillardan ayon bo‘lishicha, qadriyatlar, ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida olimlarimiz turli ta'riflarni keltirganligiga qaramasdan, ularning leytmotivida (o‘zagida) ma'naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar hayotiy qadriyatlarning eng muhim omillari sifatida keltirilgan. Xususan, M.Farmonova fikricha, “milliy qadriyatlar - millat uchun ahamiyatga ega bo‘lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog‘liq xoslik shaklidir.

Dunyoda o‘ziga xos qadriyatlari bo‘lmagan millat yo‘q. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma'naviyati, madaniyati bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi” Binobaring, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda milliy qadriyatlarga e'tibor kuchaydi. Bu ona yurtga ehtirom, avlod-ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, hayo, andisha kabi xususiyatlarning ustuvorligi bilan tavsiflanadi. Qadriyatlarni faqat moddiy va ma'naviy boyliklar sifatida tushunish, izohlash ilmiy jihatdan to‘g‘ri emas.

Ma'lumki, qadriyatlar o‘z mohiyatiga ko‘ra xilma-xildir. Ular orasida tabiiy, moddiy, ma'naviy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy qadriyatlar alohida ajralib turadi. Qadriyatlar-jamiyatimiz poklanishi va ravnaqining muhim omilidir.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Taraqqiyot strategiyasi” -islohotlarning yangi bosqichi bo‘lib, unda aholini, yoshlarni ma'naviy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yetakchi o‘rinni egallaydi. Shu o‘rinda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar asosida davlat idoralari xodimlarining uyma-uy yurib, xalq dardini tinglash, og‘irini yengil qilish, moddiy va ma'naviy jihatdan qo‘llab -quvvatlash ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Abdurauf Fitrat o‘zining “Oila” nomli asarida bolalarni “diqqatlari va zehnlari chuqur va jiddiy bo‘lishiga o‘rgating.... Ko‘rganlari ustidan tez xulosa chiqarmasinlar”, - deya ta'kidlab, farzand tarbiyasiga e'tibor berish lozimligini uqtiradi.

G‘.G‘ofurovning milliy an'analarga bag‘ish!angan maqolasida “milliy qadriyatlarning quyidagi ko‘rinishlari tilga olgan: 1) tabiiy qadriyatlar; 2) iqtisodiy qadriyatlar; 3) ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar; 4) ma'naviy qadriyatlar; 5) axloqiy qadriyatlar. Jumladan, “ota-bobolarimiz ilm o‘rgatish bilan birga farzandlarimizga avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy-ma'naviy, axloqiy qadriyatlarni

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

singdirganlar. “Iqtisodiy qadriyat - iqtisodiy munosabatlar jarayonida shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatlarni hisobga olish, halollik, poklik, bag‘rikenglik, ishonchlilik kabi fazilatlarning amal qilinishini anglatadigan tushuncha”. Shu o‘rinda qo‘ni-qo‘shnichilik qadriyatini misol qilib keltirsak, unda qo‘shnilar o‘rtasida o‘zaro ishonch, xabar olish va moddiy yordam berish milliy qadriyat sifatida birinchi o‘ringa qo‘yilgan.

Keyingi vaqtlarda tarbiya masalasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarimiz qatori oilada, maktab va jamoat tashkilotlarida milliy, umuminsoniy qadriyatlarning, an'analarning ustuvorligiga erishildi.

Aksiologik qadriyatlar tizimi Konstitutsiyamizda ham o‘z ifodasini topdi. Endilikda yangilanayotgan ma’naviyat asosidagi yangi qadriyatlar tizimini yaratish kun tartibidagi dolzarb masala bo‘lib qoldi. Mafkura jamiyatning turli sohalari ijtimoiy, siyosiy, falsafiy, axloqiy, huquqiy, diniy qarashlarning majmuidan iboratdir. Aksiologik tizim yangi ma’naviyatning yutuqlarini ifodalovchi nazariy bilimlar, qarashlar majmui sifatida jamiyat rivoji uchun muhim reja strategik ahamiyatga egadir.

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi [2023y, 30 aprel] davlatimizning qomusiy hujjati bo‘lib, bu hujjat tahlil qilinganida unda yoshlar tarbiyasi, axloq-odobi, ijtimoiy himoyalangani, konstitutsiyaviy haq-huquqlariga oid yetmishga yaqin atama va so‘z birlikmalari mavjud ekani ma'lum bo‘ldi. Jumladan, bunyodkorlik g‘oyalariga sodiqlik, yuksak mas'uliyat, ijtimoiy adolatparvarlik, insonparvarlik, demokratik-huquqiy davlat, fuqarolarning tinchligi, milliy totuvlik, xalqimizning urf-odatlari va an'analari, qadriyatlari, ijtimoiy hayotda mafkuralar xilma-xilligi va erkinligi, inson va jamiyat munosabatlaridagi ijtimoiy adolat, dunyo hamjamiyatida xalqlar va millatlarning suveren tengligi, fuqarolarning e'tiqodi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqyeidan qat'i nazar qonun oldidagi tengligi, sha'ni va obro‘sining daxlsizligi, fuqarolarning vijdon erkinligi, adolatli mehnat, ijod erkinligi va har bir shaxsning madaniy yutuqlardan foydalanish erkinligi, yosh avlodni tarbiyalash va bepul ta'lim olishi kabi fikrlar keltirilgan bo‘lib, ular Bosh Qomusimizda huquqiy jihatdan kafolatlangan.

Odob-axloq milliy qadriyatlarimizning tarkibiy qismidir. “Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi”-deyilgan. Darhaqiqat, yosh avlodni qonuniylik prinsiplari asosida o‘z xalqiga, uning qadriyatlariga, an'analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash orqali o‘z xalqini millatlarning butun jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, o‘z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash dolzarbdir.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

N.Sh.Erkaboyevaning “Yoshlarni yangi O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy faolligini oshirish zamonaviy pedagogika va psixologiyaning dolzarb muammosi sifatida” nomli maqolasida “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida yoshlarni zamon talablari darajasida tarbiyalash ularda zamonaviy ijtimoiy kompetentsiyalarini shakllantirishda pedagogika va psixologiya tizimidagi fanlarni o‘rni hamda turli xil yondashuvlar asosida o‘qitishga ustuvorlik berish yo‘llari ochib berilgan” Demak, insonning aksiologik kompetensiyalarga ega bo‘lishi, uning ijtimoiy faol bo‘lishida ifodalanib, ma'naviy rivojlanganligidan dalolat beradi.

Ilmiy manbalarda keltirilishicha, inson ma’naviyati - insonga xos bo‘lgan ichki ruhiy holat va uning ijtimoiylashgan shakllari: millat, davlat va jamiyat ma’naviyatining tarkibiy qismi; insonning ruhiy va aqliy olamini ifoda etadigan atama sifatida shaxsning axloqiy, madaniy, falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, diniy tasavvurlarini o‘z ichiga oladi. Shunday ekan, ma’naviyat hayotiy tajribalar davomida sayqallanib, rivojlanayotgan qadriyatlar tizimi sifatida yoshlarda aksiologik kompetensiyalarni rivojlantirish kundalik hayotimizda muhim o‘rin tutadi va mazkur ijtimoiy - pedagogik hodisani tadqiq etish hamisha dolzarbligini yo‘qotmaydi.

Aksiologik kompetensiya- shaxsning qadriyat ongini, qadriyatlar tizimidagi munosabatini va xulq-atvorini shakllantirishda muhim o‘rin egallab, ta’limning tarbiyaviy funksiyasi bilan bog‘liq holda qaraladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi PF- 5106- son, 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son[1], 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son [2] farmoni, 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3907-son qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda yoshlarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish uchun milliy qadriyat va an’analarimizga asoslangan yangicha tamoyillarga, ilg‘or jahon tajribasiga tayanib, ma’naviy-ma’rifiy qarashlarimizni tubdan yangilab, uzoq va davomli intilish va maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarish, ta’lim va tarbiya sohasiga ustuvor ahamiyat qaratish zarurligi ta’kidlangan.

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini tashkil etishning xuquqiy bazasi yaratilgan. “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillash-tirish chora-tadbirlari

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

to‘g‘risida”gi qarori[3], “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi qarori[4] ma’naviy aхloqiy sifatlarni chuqur anglashga xizmat qilib kelmoqda. Keyingi paytlarda pedagoglarning у^вчи^тинг aксиoлoгик кoмпeтeнциялaрини rivojlantirish muammosiga chuqur qiziqish namoyon qilayotganliklari tasodifan emas, chunki yoshlarda ushbu kompetensiyalarni rivojlantirish mamlakat ilmu fani oldidagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Shundan kelib chiqib, bugungi kunda aksiologik jarayonlar dialektikasi, aksiologik profilaktika, aksiologik prognoz, aksiologik baholash, aksiologik ekspertiza kabi ilmiy muammolar bilan bog‘liq tadqiqotlarga ehtiyoj mavjud. Shu jihatdan biz tadqiqotimizda umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilarida aksiologik kompetensiyani rivojlantirishda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalarning uzluksiz ta'lim tizimidagi o‘rniga alohida urg‘u berdik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022 yil 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo‘ladi. Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Yoshlarda aksiologik kompetensiyani rivojlantirish uchun mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash; adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish; milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish; mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish muhim bo‘lib hisoblanadi.

Taraqqiyot strategiyasida inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

- ijtimoiy himoya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

- ijtimoiy sug‘urta tizimini yaratish, jumladan ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish;

- kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam va xizmatlarni ijtimoiy shartnoma asosida taqdim etish;

- «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘yicha alohida ma’lumotlar bazasini yaratish, jumladan «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari»ni «Ijtimoiy himoya yagona reestri» bilan integratsiya qilish kabilarga alohida e’tibor qaratilgan.

Insonning aksiologik kompetensiyalari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlari, uning faoliyati va kechinmalari, munosabatlar sohasida ma’naviy madaniyatini tashkil etadi. Ularning xususiyatlari va vazifalari insonparvarlikni, bag‘ri kenglikni, ijtimoiy adolatlilikni, ma’naviyatning asosiy kriteriyasi sifatida tan olish asosiga qurilgan. Boshqa tadbirlardan farqli ravishda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, insonni shaxs sifatida shakllantirishda kengroq potentsialga ega. Shu sababli, ta’lim yo‘nalishi insonning ma’naviy-axloqiy sifatlarini o‘zgartirishni ta’lim maqsadi bilan bog‘laydi.

O‘quvchilarda aksiologik kompetensiyani rivojlantirish uchun, jamoatchilik va bir vaqtning o‘zida sog‘lom muhitni, ularda do‘stlik kechinmalarini rivojlantirishni va mustahkamlashni, ularning har birida insoniylik g‘ururini tan olishini, ularning ongi rivojlanishiga olib keluvchi tarbiyaviy xususiyatga ega vositalar va kompleks usullarni nazarda tutuvchi, barcha sharoitlar tashkil etilishi zarur.

O‘quvchilarda aksiologik kompetensiyani rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davomida ta’lim jarayonining sub’yekti bilan birgalikdagi, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatiga asoslangan pedagogik tizimda o‘ta samarali natija beradi. Shu bilan birga, ushbu tizim ochiq bo‘lishi kerak, ya’ni ta’lim oluvchilar faoliyatini tartibga solish maqsadida, uning natijalari o‘lchov tizimi bilan ta’minlanishi zarur.

Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida xam rivojlanishning mohiyati, uning sur’ati insonlarning ma’naviy kamoloti darajasiga bog‘liq bo‘lgan. Yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish uchun ta’lim-tarbiyaning barcha sohalarida, ularning omillari va vositalarini ishga solishni taqozo etmoqda. Mazkur dissertatsiya ishi ana shu dolzarb muammoni to‘la hal qilmasa-da, uni hal qilishga intilishdan iborat.

Respublikamizning etakchi pedagog olimlari: R.H.Jo‘rayev, R.G‘.Safarova, X.I.Ibragimov, U.Q.Musayevlar tomonidan yaratilgan «Pedagogika fani Kontseptsiyasi»da pedagogika fani ta’lim-tarbiya darajasi hamda shaxsning ma’naviy qiyofasi, uni sotsiokorrektsiya qilish yo‘llari va qonuniyatlari, insonning aqliy-intellektual salohiyati orasidagi aloqadorlikni har tomonlama o‘rganib, ilmiy jihatdan asoslab berishi kerakligi alohida ta’kidlangan. “Shu ma’noda ta’lim tizimining barcha

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

bosqichlarida, ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini axloqli va ma’rifatli qilib tarbiyalash, ularda aksiologik kompetensiyani rivojlantirishga alohida ahamiyat berilishi qonuniy va zaruriy bo‘lib, uning dolzarbligi quyidagilar bilan izohlanadi:

- birinchidan, mamlakatimizda yangi mazmundagi ta’lim paradigmasi buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish hamda uni barcha fuqarolarga, eng avvalo, yoshlarga singdirish davlatimiz siyosatida ustuvor yo‘nalish qilib belgilanishi, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalaridagi singari ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, ayniqsa, umumiy o‘rta ta'limda ham buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish muammolarining yechimini davr taqozo etishi;

-ikkinchidan, davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri- ma’naviy jihatdan barkamol insonni tarbiyalash, ta’lim va maorif tizimini takomillashtirish, milliy istiqlol g‘oyasi asosida ma’naviy va ruhiy jihatdan yosh avlodni voyaga yetkazishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol yondashuv asosida talqin qilinishiga ijtimoiy zarurat tug‘ilishi;

-uchinchidan, milliy ma’naviyatimizni tiklash borasida davom etayotgan ishlar, xalq ta’limining tubdan isloh qilinayotgani O‘zbekistonda ijtimoiy faol, ma’naviyati yetuk shaxslarni tarbiyalash, xalq xo‘jaligi, boshqaruv idoralari, fan-texnika va madaniyatning barcha sohalari uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash imkoniyatining vujudga kelishi;

-to ‘rtinchidan, universal texnologiyalar bilan bog‘liq globallashuv jarayonida yoshlarda aksiologik kompetensiyalarini rivojlantirish, ularni yuksak ma’naviy axloqli qilib tarbiyalash shiddatli mafkuraviy kurashlar jarayonida amalga oshirilayotganligi. Shu jihatdan olganda mafkuraviy tizimning o‘zgarishi, ijtimoiy yangilanish ma’naviy meroslarga yangicha yondashish, qarashni taqozo etishi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘quvchilarida aksiologik kompetentlikni rivojlantirish uchun, avvalambor, tarbiya mexanizmlarini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqaradi va bu ijtimoiy ehtiyoj va pedagogik muammo sifatida, uning milliy va umumbashariy zaminini mustahkamlash asosida o‘quvchi-yoshlarga zamon talablari va jahon andozalari asosida bilim va ma’lumot berish bilan birga, ularda yuksak ma’naviy madaniyat, axloq va ma’rifat fazilatlarini singdirish va tarbiyalashda mujassamlashadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7______3(10), October, 2023

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentming 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish to‘g’risida”gi PF- 5106- son, 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g’risida”gi PF-5847-son Farmoni.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. 2021 yil 29 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi kontseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari t o‘g’risida”gi PF-27 son Farmoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga moTjallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot sta^giyasi to‘g’risida”gi PF-60-son Farmoni/ https://drive

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 2021 yil 26 martdagi PQ-5040 son qarori.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907 son qarori.

5. Гуманитарные науки, 2023, №6.-C.-23-25. //

https://cyberleninka.ru/article/n/yoshl

6. Saidkulovich, S. B. (2023). AXIOLOGICAL APPROACH IN

PROFESSIONAL EDUCATION OF STUDENTS. British View, 8(3).

7. Saidkulovich, S. B. (2023). CONCEPT AND STRUCTURE OF WORLD VIEW IN MODERN SOCIETY. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD), 8(4), 35-37.

8. Siddiqov, B. S. (2023). AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA O

‘QUVCHILAR DUNYOQARASHINING SHAKLLANTIRISH

MAZMUNI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 2(8), 104-107.

9. Siddiqov, B. S. (2023). O ‘ QUV CHILARDA UMUMINSONIY

QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH DOLZARB MUAMMO SIFATIDA. Молодые ученые, 1(4), 154-158.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.