Научная статья на тему 'MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR – MODERNIZATSIYALASHUV SHAROITIDA YOSHLARNI KASBIY-AXLOQIY VA MA’NAVIY TARBIYALASH VOSITASI SIFATIDA'

MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR – MODERNIZATSIYALASHUV SHAROITIDA YOSHLARNI KASBIY-AXLOQIY VA MA’NAVIY TARBIYALASH VOSITASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
561
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
milliy qadriyatlar / umuminsoniy qadriyatlar / milliy ruhiyat / o‘zlikni anglash / ma’naviyat / ta’lim konsepsiyalari / barkamol avlod.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Z.Xayitov, D.Axatova

Ushbu maqolada modernizatsiyalashuv sharoitida yoshlarni kasbiy-axloqiy va ma’naviy tarbiyalash vositasi sifatida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni va ahamiyati, shuningdek yoshlarda umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhiyatini shakllantirishning pedagogik vazifalari haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR – MODERNIZATSIYALASHUV SHAROITIDA YOSHLARNI KASBIY-AXLOQIY VA MA’NAVIY TARBIYALASH VOSITASI SIFATIDA»

MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR - MODERNIZATSIYALASHUV SHAROITIDA YOSHLARNI KASBIY-AXLOQIY VA MA'NAVIY TARBIYALASH

VOSITASI SIFATIDA 1Z.Xayitov, 2 D.Axatova

1,2NavDPI dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.10885513

Annotatsiya. Ushbu maqolada modernizatsiyalashuv sharoitida yoshlarni kasbiy-axloqiy va ma'naviy tarbiyalash vositasi sifatida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o'rni va ahamiyati, shuningdek yoshlarda umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhiyatini shakllantirishning pedagogik vazifalari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, milliy ruhiyat, o'zlikni anglash, ma'naviyat, ta'lim konsepsiyalari, barkamolavlod.

Mustaqil Respublikamizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatlariga qaratilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta'kidlaganidek: "Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo'lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga gurur va iftixor bag'ishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta'lim-tarbiya bo'yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur".

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining: "Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o'zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz... Bu vazifani amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an'analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz", degan so'zlari ham o'tmish merosimizdan foydalanish zarurligini ko'rsatadi. Yoshlar qalbi va ongiga milliylikni singdirish, ularni qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida belgilab qo'yildi. Chunki hech bir mamlakatda xalqning milliy ruhini uyg'otmay, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirmay, ularni shu ruhda tarbiyalamay turib, taraqqiyotning yuksak darajasiga ko'tarilish mumkin emas.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo'lga kiritgach samarali tashqi siyosat olib borayotgan xalqaro munosabatlar sub'ektiga aylandi. Shu yo'l bilan u o'zining milliy manfaatlarini himoya qilibgina qolmasdan, ularni yangi yuqori darajaga ko'tardi. O'zbekistonning jahon arenasida munosib o'rin egallashiga nafaqat uning boy madaniy tarixi, qulay geografik joylashuvi, jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi, yoki boy tabiiy resurslari balki uning barkamol avlodni tarbiyalashdagi harakatlari, ularga milliy ma'naviy va madaniy qadriyatlarni singdirish va bu sohada erishayotgan yutuqlari sabab bo'lmoqda. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, milliy urf-odatlarni, ajdodlarimiz merosini qadrlash ruhida tarbiyalash, tarixiy-milliy xususiyatlarimizga mos keladigan ta'lim tizimini yaratish orqali erishiladi.

Yoshlarni o'z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o'tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog'lom dunyoqarashga, mustaqil irodali, boy ma'naviyatga ega insonlar qilib, har qanday mafkuraviy tazyiq va ma'naviy tahdidlarga zarba berishda tayyor etib tarbiyalash dolzarb vazifa bo'lib hisoblanadi. Yoshlarda jamiyatning ma'naviy hayotini kelajak avlod ruhi bilan bog'lab shakllantirish, ularning ma'naviy olamida bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va

ongida sog'lim hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur. Yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni shakllantirish uchun, eng avvalo, ularni o'z xalqining milliy-madaniy merosiga, tiliga, an'ana va urf-odatlariga, shuningdek boyliklariga bo'lgan qiziqishni tarbiyalashimiz lozim.

Xalqimizning ko'p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur tuyg'usini qaror toptirish mumkin emas. Har bir millatning ma'naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning birligidan tashkil topadi. Milliy o'zlikni anglamasdan turib esa, umuminsoniy qadriyatlarni tushunish, ularni hurmat qilish mumkin emas. Shuning uchun biz yoshlarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni va ularga bo'lgan hurmatni birdek shakllantirib borishimiz lozim.

Uzoq va boy tarixga ega bo'lgan Markaziy Osiyo xalqlari o'zining ta'lim - tarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, insoniyatning yuzlab avlodlarini insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr - oqibat, mehnatsevarlik, do'stlik, saxiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelgan. Xalqimiz yaratgan ma'rifiy fikr sarchashmalari qadim - qadimlarga borib taqaladi. Istiqlolimiz sharofati bilan milliy - madaniy merosimiz, qadriyatlarimiz, ma'naviyatimizni o'rganish va uni yanada yuksaltirish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi.

Bu esa qadimiy boy ma'rifiy merosimizning qimmatli manbalarini, bebaho xazinamizni yuzaga olib chiqish, uni hozirgi ilmiy - pedagogik tafakkur iste'moliga kiritishni taqoza etadi. Shunday ekan umuminsoniy qadriyatlar g'oyalari bilan yo'g'rilgan yangi demokratik ta'lim konsepsiyalari ta'lim-tarbiya tizimimizga uzviy ravishda kiritilishi zarur. Umuminsoniy qadriyatlar asosida tashkil etilgan demokratik ta'lim konsepsiyasi ta'lim-tarbiya mazmunini, ta'lim-tarbiya shakllari, usul va vositalarini jahon andozasi talablariga mos holda rivojlantirishni ko'zda tutadi. Xuddi shuningdek oliy ta'lim tizimidagi tarbiyaviy jarayonda ham qadriyatlarni o'rganishga e'tibor qaratishimiz lozim.

Qadriyatlar jamiyatimizning boyligi, bizning milliy iftixorimiz. Ularni avaylab-asrash va muhofaza qilish - barchamizning burchimizdir.

Qadriyatlar deyilganda faqat o'tmish davrlar uchun muhim ahamiyat kasb etib qolmasdan, hozirgi kun va kelajakdagi taraqqiyotga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadigan, kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy, ma'naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va boshqa boyliklar majmui tushuniladi. Kishilik jamiyati taraqqiyoti va istiqloli uchun ahamiyatli bo'lgan ijtimoiy, ma'naviy hodisalar qadriyatlar jumlasiga kiradi. Qadriyat degan tushuncha qadr-qimmat, degan ma'noni bildiradi.

Umuman olganda:

• Qadriyatlar jamiyatimizning boyligi, poydevori. Uni avaylab-asrash har bir insonning muqaddas burchidir.

• Qadriyatlar o'tmish bilan bugungi kun va kelajakni bog'laydigan vosita.

• Qadriyatlar ma'naviy yetuk, barkamol insonni tarbiyalaydigan qudratli kuch.

• Qadriyatlar j amiyatimizni j ahon hamj amiyatiga qo'shuvchi ishonchli vosita.

Qadriyatlarga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yondashib, ularni mazmunan boyitib, ijodiy

rivojlantirish - davr taqozasidir.

Qadriyatlar moddiy va ma'naviy qadriyatlarga ham bo'linadi.

Moddiy qadriyatlarga kishilarning moddiy ehtiyojlarini bevosita qondiruvchi narsa (ishlab chiqarish vositalari, mehnat predmetlari, moddiy ne'matlar) lar kirsa, ma'naviy qadriyatlar siyosiy, huquqiy, badiiy, diniy,estetik, falsafiy, axloqiy qadriyatlardlan iboratdir. Yashash va rivojlanish

uchun moddiy ne'matlar qanchalik zarur bo'lsa, ma'naviy qadriyatlar ham muhimdir.

Odob-axloq, urf-odatlar, marosimlar shaklida namoyon bo'ladigan qadriyatlar ham bo'lib, bu xalqimizning eng qimmatli boyligidir.

Yaxshilik, halollik, poklik, xayrixohlik, hamkorlik, sodiqlik udumlariga asoslangan munosabatlarda namoyon bo'ladigan muhim qadriyatlarimiz ham bor. Estetik qadriyatlarga birinchi navbatda, barcha tabiiy va ijtimoiy go'zalliklar kiradi.

Barcha davlatlarda inson eng oliy qadriyat hisoblanadi. Bizda inson ulug'lanadi, u hamma narsadan ustun turadi, hamma narsa inson uchun xizmat qilishi lozim.

Insoniyatning madaniy taraqqiyoti darajasini o'zida aks ettirib, inson faoliyati qadriyatlari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga bo'linadi

Umuminsoniy qadriyatlar butun insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy madaniyat, ilmiy, falsafiy, axloqiy, estetik, huquqiy, siyosiy, badiiy, ekologik qarashlar, butun insoniyatning mulki bo'lgan boshqa qadriyatlardan iboratdir. Insoniyatning kelajagi masalasi umuminsoniy qadriyatlardagi dolzarb masaladir.

Milliy qadriyatlar alohida olingan xalq, millat va ellatlarning o'z tarixiy taraqqiyoti davomida yaratadigan barcha moddiy va ma'naviy boyliklari, urf-odatlari, marosimlari, bayramlari va millatning o'zligini belgilaydigan boshqa o'ziga xos tomonlari yig'indisidan iboratdir.

Bundan tashqari, xalq amaliy san'ati, xalq o'yinlari, rasm-rusmlari, urf-odatlari, marosimlari milliy qadriyatlarga kiradi. Milliy qadriyatlarning shakllanishiga kuchli ta'sir ko'rsatadigan omillardan biri, bu - diniy qadriyatlardir.

Milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash - millatning o'ziga hurmat bilan qarashining asosiy bo'g'inidir. Ming yillar mobaynida shakllangan milliy qadriyatlarimiz hozirgi davrda yaratilgan madaniy-ma'naviy boyliklar bilan qo'shilib taraqqiyotimizni tezlatadi, g'oyaviy va ma'naviy poklanishni ta'minlashga ko'maklashadi. Qadriyatlarning barcha turlari insonning farovon hayot kechirishi, erkin yashashi, ma'naviy-axloqiy kamol topishi uchun xizmat qiladigan vositalar bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun ham qadriyatlarni avaylab-asrash, ularni qo'riqlash, yuksaltirish inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham katta ahamiyat kasb etadi. Xuddi shuningdek, yoshlar ongida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish hozirgi kunning muhim talablaridan biridir.

Yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash quyidagi pedagogik vazifalar amalga oshirilganda ijobiy kechadi:

- Yoshlarda bilimga chanqoqlik, ma'rifatprvarlik hissi yuksaltirilganda;

- Yoshlarning siyosiy ongi va huquqiy madaniyati o'stirilganda;

- Bo'lg'usi mutaxassislar (ayniqsa, pedagoglar)da insoniylik va insonparvarlik xislatlari yanada yuksaltirilganda;

- Tarbiyaviy tadbirlar (siyosiy axborotlar, ma'naviyat soatlari, tarbiyaviy soatlar, turli bayram tadbirlari, kechalar, uchrashuvlar va boshq.) muntazam ravishda tashkil etilib, bunda guruh rahbarlarining mas'uliyati yanada oshirilganda;

- Tarbiyaviy tadbirlar jarayonida umuminsoniy va milliy qadriyatlarimiz, boy madaniy-ma'naviy merosimiz manbalaridan to'laqonli foydalanilganda;

- Yoshlarni kasbiy, malakaviy tayyorlash sifati oshirilganda.

Xulosa qilib aytganda, oliy ta'lim muassasalarida ma'naviy-tarbiyaviy ishlarni yanada jonlantirish, ularni amalga oshirishning maqbul tizimini yaratish, metodik majmualar, axborot-

ko'rgazmali materiallar yaratish; fanlar mazmuniga qadriyatlarni singdirish, tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishning ilg'or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy metod va usullarini izlab topish, bo'lg'usi mutaxassislarni yuksak g'oyalar og'ushida mehnat qilishlari, iste'dod va imkoniyatlarini ishga solishlari uchun sharoit yaratishimiz lozim.

REFERENCES

1. Isroilov B. Ma'naviy integratsiya jarayonida globallashuv asalalari//O,zMU xabarlari. 2010. №2.

2. Musaev M. Missionerlik va prozelitizm harakati: qiyosiy tahlil//Ijtimoiy fikr. 2012 №2. 118122.

3. Otamuratov S. Milliy-ma'naviy xavfsizlik/Jamiyat va boshqaruv. 2009. №4;

4. Rahmon Qochqor. Milliy mafkura, ma'rifat va buyuk kelajak//Tafakkur. 1998. №4.

5. Tursunov A., Paxrutdinov Sh. Zamonaviy tahdidlarni bartaraf etish bo'yicha Ozbekistonning tashabbusi// Jamiyat va boshqaruv. 2010. №3.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.