Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON – MA’NAVIY ISLOHOTLAR MAMLAKATI'

YANGI O‘ZBEKISTON – MA’NAVIY ISLOHOTLAR MAMLAKATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

23
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
siyosiy inqiroz / iqtisodiy bo'hron / “mafkuraviy vahima” / mafkuraviy poligon / yashirin maqsad (manipulyatsiya) / negativ (destruktiv) targ'ibot / mafkura.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tumaris Rustamkulovna Safarova

Ushbu maqolada O'zbekistonda yashovchi barcha millatlar o'rtasida birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash, ularni bir maqsad yo„lida jipslashtirish va shu orqali rivojlanishning yuksak pog'onalariga ko'tarish, ma'naviy va mafkuraviy xavfxatarlarning oldini olishning nazariy-amaliy asoslarini vujudga keltirish va jamiyatni ma'rifatli, intelektual, salohiyatli qilib tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratishga doir ma‟lumotlar bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON – MA’NAVIY ISLOHOTLAR MAMLAKATI»

„ , , , , , , . .. , . Ozbekiston - 2030 strategiyasi:

Toshkent davlat iqtisodiyot umversiteti . . ,. . , , , . . , . , -

inson salohiyatini ro yobga chiqarish imkoniyatlari

m ■■ .C..TJ- v • Uzbekistan - 2030 Strategy:

Tashkent State University of Economics

Opportunities to Realize Human Potential

YANGI O'ZBEKISTON - MA'NAVIY ISLOHOTLAR MAMLAKATI

Tumaris Rustamkulovna Safarova

TDIU "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi v.b.dotsenti, PhD

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekistonda yashovchi barcha millatlar o'rtasida birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash, ularni bir maqsad yo'lida jipslashtirish va shu orqali rivojlanishning yuksak pog'onalariga ko'tarish, ma'naviy va mafkuraviy xavf-xatarlarning oldini olishning nazariy-amaliy asoslarini vujudga keltirish va jamiyatni ma'rifatli, intelektual, salohiyatli qilib tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratishga doir ma'lumotlar bayon etilgan.

Kalit so'zi: siyosiy inqiroz, iqtisodiy bo'hron, "mafkuraviy vahima", mafkuraviy poligon, yashirin maqsad (manipulyatsiya), negativ (destruktiv) targ'ibot, mafkura.

Hozirgi zamon globallashuv davrida jahon siyosati to'xtovsiz o'zgarishlarga moyil bo'lib kelmoqda. Dunyoning siyosiy manzarasiga nazar tashlar ekanmiz, biz unda turli xildagi katta va kichik siyosiy inqirozlar, iqtisodiy bo'hronlar va qurolli mojarolar ko'payib borayotganini kuzatish mumkin.

Xalqaro xavfsizlikni ta'minlash tizimi yangidan-yangi noan'anaviy tahdidlar bilan to'qnash kelmoqda. Ba'zi holatlarda eski muammolar yangicha shaklda namoyon bo'layotganini kuzatish mumkin. Dunyoning turli mintaqalarida sodir bo'layotgan noxush voqealar har qanday sog'lom fikrli insonni chuqur tashvishga solayotgani bu borada jiddiy fikrlashni taqozo etmoqda. Turli xil ko'rinishda vujudga kelayotgan tahdidlar milliy - diniy va konfessiyalararo adovatlar tufayli qarama-qarshiliklar, nizolar tufayli qon to'kilishlar insoniyatni jiddiy tashvishga solmoqda. Bu kabi voqelikning bizdan uzoqda, deb loqaydlikka berilish ham jamiyat, ham millat kelajagi uchun zarardir.

Shu sabali dunyoda sodir bo'layotgan voqea va hodisalardan - xoh u bunyodkor bo'lsin, xoh vayronkor - hamisha ogoh bo'lish el-yurt taqdiri, kelajagi uchun daxldorlik tuyg'usi bilan yondashuvni talab etadi. Zero, bunday ko'rinishdagi bunyodkor bo'lgan "ayrim" mafkuralar zamirida aslida tuban vayronkor g'oyalar yashiringanligini anglash lozim.

Globallashuv sharoitida dunyo miqyosida yuz berayotgan voqea-hodisalar har bir insonda nafaqat qo'rquv, balki butun jamiyatda "mafkuraviy vahima"ni vujudga

17-aprel, 2024

543

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

keltirishi afsuski, hech kimga sir emas. Binobarin, "mafkuraviy vahima" -jamiyatdagi mavjud tinchlik holatiga rahna solish xavfi bilan aholini qo'rqitish maqsadida muammolarni taqdim etishdir. Bunda bo'layotgan voqea-hodisalardan foydalanib xalqlarni, jamiyatlarni, davlatlarni urush domiga tortish, ularni o'z yo'lidan adashtirish uchun keskin harakatlar amalga oshiriladi. O'zaro munosabatlarni taklif qilish jarayonida bir tarafning yonini olib, ikkinchi tarafga adovat uyg'otiladi. Ular haqida kishilarni junbushga keltiruvchi har xil uydirmalar ishlab chiqiladi va omma e'tiboriga havola etiladi. Ana shunday holatda o'zining mafkuraviy qarashlariga ega bo'lmagan jamiyatlar, davlatlar ularning domiga tushib qolishi hech gap emas [3].

Bunday g'arazli maqsadlarni ko'zlovchi kuchlarning da'vatlari pinhona yoki ochiqdan-ochiq bo'lishini nazarda tutadigan bo'lsak, har qanday e'tiborsizlik bizga qimmatga tushishini unutmaslik muhim ahamiyat kasb etadi. E'tiborsizlik tufayli g'arazli mafkuralarning domiga tushib qolish "mafkuraviy bo'shliq" mavjud jamiyatlarda, ayniqsa ko'proq uchraydi. Shukrki, bizning davlatimiz tomonidan qabul qilingan hech qanday harbiy bloklarga qo'shilmaslik hamda faqat tinchlik va do'stona aloqalar yo'lidan borish qat'iy tamoyili yurtimizni va xalqimizni urush xavfini keltirib chiqaruvchi buzg'unchi mafkuralardan holi bo'lishga undaydi.

Globallashuv sharoitida mafkura poligonlarida g'oyaviy - mafkuraviy kurashning tobora avj olishi yoshlar ongi va qalbini ekspansiya etishga qulay zamin yaratmoqda. Ayniqsa, axborot xurujlarining oqibatlari muayyan mintaqa va mamlakat aholisi ongi va qalbini zabt etishda asosiy va eng katta rentabelli ekspansiya sifatida namoyon bo'lmoqda. Mana shunday murakkab vaziyatda jamiyatni milliy g'oya atrofida birlashtirish, Yangi O'zbekistonni barpo qilishning taraqqiyot strategiyasi talablariga mos bunyodkor ishlarga safarbar qilish, dunyoda kechayotgan murakkab mafkuraviy jarayonlardan ogohligini kuchaytirish doimiy zaruratdir [2].

Umuman, bugungi dunyo manzarasiga nazar tashlasak, notinchliklar turli xil mafkuraviy tahdidlardan kelib chiqayotgan urushlar va ziddiyatlar tufayli qanchadan-qancha insonlar aziyat chekayotganini ko'rish, oddiy kundalik yumushlar, turmush tarzimizdagi muammolardan bosh ko'tarib o'zimizga xulosa chiqarish vaqti kelganini ko'rsatadi.

Biz dunyodagi bo'layotgan mafkuraviy jarayonlarni to'g'ri tashkil etmaganligi yoki mafkurada bo'shliq paydo bo'lgani uchun o'zini o'nglab ololmayotgan notinch mamlakatlarning holatini tahlil qilishimiz va o'zimizni to'g'ri xulosamizga ega bo'lishimiz shart.

544

17-aprel, 2024

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

XXI asrda insonning axborotni qabul qilish va qayta ishlash jarayoni oson kechmaydi. Chunki inson miyasi axborot hajmining ko'pligidan qiynaladi va o'zini himoya tizimini ishga tushiradi. G.Pochepsovning fikricha, oxirgi 30 yilda ungacha bo'lgan besh ming yillikdan ko'proq axborot ishlab chiqarilgan. Birgina "Nyu York Times"dan olinadigan axborotni XVII asrda yashagan angliyalik umri davomida olganligi aniqlangan [4].

XXI asrning birinchi choragiga kelib targ'ibotning bir qancha an'anaviy va zamonaviy turlari paydo bo'ldi. Sotsiolog A.Suladze targ'ibotning his-tuyg'ularga ta'sir etishiga qarab ijobiy va salbiy targ'ibot turlariga ajratadi. Bu yondashuv mavzuimiz uchun muhimligi tufayli alohida to'xtalamiz. Ijobiy (konstruktiv) targ'ibot iste'molchiga u yoki bu dallilarni qabul qiluvchi uchun foydali shaklda bayon etadi. Ijobiy targ'ibotning maqsadi ijtimoiy uyg'unlikni, murosani yuzaga keltirish, odamlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat. Ijobiy targ'ibot tarbiyaviy, axborot beruvchi va tushuntirish vazifalarini bajaradi. Bunday targ'ibot axborot qabul qiluvchilarning xohish-istaklarini inobatga oladi, unda yashirin maqsad (manipulyatsiya) va yolg'on bo'lmaydi.

Negativ (destruktiv) targ'ibot odamlarga u yoki bu g'oya, fikrni singdirishga urinish hisoblanadi. Bunday targ'ibotning maqsadi ijtimoiy adovatni uyg'otish, ijtimoiy nizolarni keltirib chiqarish, jamiyatdagi ziddiyatlarni keskinlashtirishdan iborat. Bu targ'ibot orqali odamlarni bir-biridan uzoqlashtirishga erishish mumkin. Maqsad esa, sarob reallikni paydo qilish, targ'ibotchi manfaatlarini ko'zlagan holda odamlarga yolg'on maslaklar va qarashlarni singdirishdan iborat bo'ladi.

Milliy g'oya targ'iboti uzluksiz jarayon bo'lib, u davlat va nodavlat tashkilotlarining Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi rahbarligida olib boriladigan, bir-biriga bog'liq ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, g'oyaviy-mafkuraviy, tarbiyaviy, madaniy-ma'rifiy tadbirlar majmuasidan iborat.

Bunda asosiy e'tibor qaratilishi zarur deb hisoblangan masalalar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

• mafkuralar transformatsiyasining jahonshumul jarayonini o'rganish, monitoring qilish, uning umumbashariy va mintaqaviy muammolarini aniqlash;

• mafkuraviy tahdidlarni aniqlash va ularga qarshi kurashning samarali yo'llari bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Bunda targ'ibot-tashviqot ishlarini tubdan, ijtimoiy-pedagogik asosda isloh qilish;

• mafkuraviy taktika, milliy strategiya asosida amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

• milliy istiqlol g'oyasining mohiyatini, istiqbolini oddiy xalq tilida aks ettirish;

17-aprel, 2024

545

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

• mafkuraviy tarbiyaning zamonaviy, samarali mexanizmlarini ishlab chiqish;

• mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash taktikasini ilmiy asoslash;

• mafkuraviy muxoliflarning ish uslublarini ta'sirsizlantirishga qaratilgan ilmiy -amaliy choralar ko'rish;

• mintaqalarning mafkuraviy jarayonlarini tezkor va ilmiy asosda o'rganib

turish;

• olib borilayotgan targ'ibot-tashviqot natijasi monitoringini olib borish, yutuqlarni yanada oshirib, kamchiliklarni bartaraf etish[1].

Ilmiy-amaliy asosga qurilgan milliy mafkura mafkuraviy transformatsiya jarayonida mavjud har qanday tahdidlarni ham yenga oladi. Bunda - xalqimizning milliy, mafkuraviy immunitetini kuchaytirish orqali, natijador ijtimoiy-pedagogik vositalardan unumli foydalanish asosida amalga oshirish mumkin va bu juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu haqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: "Bugungi shiddatli zamon, dunyodagi ayovsiz raqobat muhiti bizdan juda katta mas'uliyat va safarbarlik bilan ishlashni, hamma sohada yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Mana shunday keskin sharoitda biz yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, fuqarolar va millatlar o'rtasida hamjihatlik muhitini ko'z qorachig'idek asrashimiz zarur. Ayniqsa, farzandlarimizning qalbi va ongini yovuz xavf-xatarlardan himoya qilishga eng dolzarb vazifa, deb qarashimiz kerak" [1]. Bugunning eng dolzarb vazifalardan biri O'zbekistonda yashovchi barcha millatlar o'rtasida birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash, ularni bir maqsad yo'lida jipslashtirish va shu orqali rivojlanishning yuksak pog'onalariga ko'tarish, ma'naviy va mafkuraviy xavf-xatarlarning oldini olishning nazariy-amaliy asoslarini vujudga keltirish va jamiyatni ma'rifatli, intelektual, salohiyatli qilib tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.

Xulosa qiladigan bo'lsak, yurtimizda amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy sohadagi islohotlarning samaradorligi, ta'bir joiz bo'lsa, kelajak avlodning ongi va shuuriga ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot va tashviqot ishlari, tarixan boy ma'naviy merosimizni o'rganish va albatta, bu kabi islohotlar zamirida Oila insititutining rolini oshirish orqali singdiriladi. Millatning ezgu niyatlari va maqsadlarini o'zida ifodalaydigan mafkura barchani vatan taraqqiyoti yo'lida birgalikda, bir maqsad yo'lida safarbar qila olish qudratini o'zida jamlagan bo'lishi hamda o'z ortidan xalqni ergashtira olishi lozimligi ana shu fanlar orqali yetkaziladi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. -Toshkent.: O'zbekiston, 2017,1-jild. -B.349.

17-aprel, 2024

546

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

2. Musayev M. Yangi O'zbekistonning insonparvar siyosati. Demokratlashtirish va inson huquqlari jurnali. -Toshkent: 2022. №1 son. -B.16.

3. Suvonov I. Targ'ibot-tashviqot ishlarini islohotlarning mazmun-mohiyatini qiyosiy ko'rsatgan holda amalga oshirish lozim. https://yuz.uz/news/targibot-tashviqot-isMarini-islohotlaming-mazmun-mohiyatini-qiyosiy-korsatgan-holda-amalga-oshirish-lozim.

4. Почепсов Г. Г. Психологические войны. -Москва: Refl-buk, 2000. -С. 12.

5. Сафарова, Тумарис Рустамкуловна (2022). ЗАМОНАВИЙ ОЛИЙ ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА ФАЛСАФАНИ У^ИТИШНИНГ ВАЗИФАЛАРИ ВА МУАММОЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 657-664.

6. Сафарова, Тумарис Рустамкуловна (2022). ЗАМОНАВИЙ ОЛИЙ ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА ФАЛСАФАНИ У^ИТИШНИНГ ВАЗИФАЛАРИ ВА МУАММОЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 657-664.

7. Safarova, T. R. (2022). Main Directions for Improving International Tourism Statistics. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities, 13, 20-22.

8. Rustamkulovna, S. T. (2024). AMALIYOTGA ETIKA TAMOYILLARI VA ME'YORLARINI JORIY ETISH. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(3), 37-40.

9. Rustamkulovna,S.T. (2023). O'ZBEKISTONDA TO'SIQSIZ TURIZMNI RIVOJLANTIRISH. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(12), 110-112.

547

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.