Научная статья на тему 'MAFKURAVIY FAOLIYAT MILLIY G‘OYANI AMALGA OSHIRISH VOSITASI'

MAFKURAVIY FAOLIYAT MILLIY G‘OYANI AMALGA OSHIRISH VOSITASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
660
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy g‘oya targ‘iboti / sohalari / milliy g‘oya yo‘nalishlari / milliy g‘oya tamoyillari / keng qamrovlilik me`yoriylik uzliksizlik bosqichmabosqichlik / propaganda of national idea / spheres / directions of national idea / principles of national idea / comprehensive normative continuity step by step.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Hafizov Olimjon Odiljon O‘g‘li

Maqolada mafkuraviy faoliyat milliy g‘oyani amalga oshirish vositasi ekanligi haqida so‘z yuritilgan. Mafkuraviy faoliyatni tashkil etishda tashkiliy tamoyillarga amal qilinish tahlilga tortilgan. Asosan, yoshlarning informatsion-psixologik immunitetini shakllantirish jarayonini texnologiyalar asosida tizimlashtirish, o‘z navbatida bir qancha ishlarni ixchamlashtirish, umumlashtirish va muvofiqlashtirish kabi vazifalar uyg‘unlashuviga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IDEOLOGICAL ACTIVITY IS A MEANS OF REALIZING THE NATIONAL IDEA

The article argues that ideological activity is a means of implementing the national idea. Adherence to organizational principles in the organization of ideological activity is analyzed. The main focus is on the systematization of the process of formation of information and psychological immunity of young people on the basis of technology, which in turn combines the tasks of narrowing, generalizing and coordinating a number of tasks

Текст научной работы на тему «MAFKURAVIY FAOLIYAT MILLIY G‘OYANI AMALGA OSHIRISH VOSITASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

MAFKURAVIY FAOLIYAT - MILLIY G'OYANI AMALGA OSHIRISH VOSITASI

Hafizov Olimjon Odiljon o'g'li

TerPI magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6772625

Anotatsiya. Maqolada mafkuraviy faoliyat milliy g'oyani amalga oshirish vositasi ekanligi haqida so'z yuritilgan. Mafkuraviy faoliyatni tashkil etishda tashkiliy tamoyillarga amal qilinish tahlilga tortilgan. Asosan, yoshlarning informatsion-psixologik immunitetini shakllantirish jarayonini texnologiyalar asosida tizimlashtirish, o'z navbatida bir qancha ishlarni ixchamlashtirish, umumlashtirish va muvofiqlashtirish kabi vazifalar uyg'unlashuviga e 'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: milliy g'oya targ'iboti, sohalari, milliy g'oya yo'nalishlari, milliy g'oya tamoyillari, keng qamrovlilik me yoriylik uzliksizlik bosqichma- bosqichlik

ИДЕОЛОГИЧЕСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ КАК СРЕДСТВО РЕАЛИЗАЦИИ

НАЦИОНАЛЬНОЙ ИДЕИ

Аннотация. В статье утверждается, что идеологическая деятельность является средством реализации национальной идеи. Анализируется соблюдение организационных принципов в организации идеологической деятельности. Основное внимание уделяется систематизации процесса формирования информационно-психологического иммунитета молодежи на основе технологии, которая, в свою очередь, объединяет задачи сужения, обобщения и согласования ряда задач.

Ключевые слова: пропаганда национальной идеи, сферы, направления национальной идеи, принципы национальной идеи, комплексная нормативная преемственность шаг за шагом.

IDEOLOGICAL ACTIVITY IS A MEANS OF REALIZING THE NATIONAL IDEA

Abstract. The article argues that ideological activity is a means of implementing the national idea. Adherence to organizational principles in the organization of ideological activity is analyzed. The main focus is on the systematization of the process of formation of information and psychological immunity of young people on the basis of technology, which in turn combines the tasks of narrowing, generalizing and coordinating a number of tasks.

Keywords: propaganda of national idea, spheres, directions of national idea, principles of national idea, comprehensive normative continuity step by step.

KIRISH

Har qanday jamiyat muayyan ijtimoiy tarkibga ega bo'lib, u turli ijtimoiy qatlamlarni, sinflarni, guruhlarni, ijtimoiy institutlarni o'z ichiga oladi. Ijtimoiy tarkibning xilma-xilligi uni tashkil qilgan unsurlar manfaatlarining, intilishlarining rang-barangligiga asos bo'ladi. G'oyaviy-mafkuraviy qarashlar bu manfaatlar va intilishlarning o'ziga xos ifodasi bo'lib, turli kuchlarning maqsadlari, faoliyat yo'nalishlarini ko'rsatuvchi mantiqiy asoslangan qarashlar tizimiga aylana boradi. Shunga ko'ra, har qanday davlatda bunyodkor g'oyalar, mafkuraviy faoliyat ustuvor bo'lganda, milliy taraqqiyot imkoniyatlari kengayadi. «yer planetasi» deb atalgan ijtimoiy-siyosiy makonda: huquqiy tenglik, iroda erkinligi, xalqaro miqyosda tinchlik qaror topadi, millatlararo, dinlararo do'stona munosabatlar mustahkamlanadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Milliy taraqqiyot g'oyalari muayyan davlatning istiqbolini ta'minlash uchun jamiyatning obyektiv rivojlanish qonuniyatlarini, ularning amal qilinishida subyektiv omillarning rolini, konkret tarixiy shart-sharoitlarni inobatga olib, o'z potentsial imkoniyatlarini safarbar qilishdir. Boshqacha aytganda, mamlakat ichidagi ijtimoiy-siyosiy kuchlarning g'oyaviy-mafkuraviy murosasi - barqaror milliy taraqqiyotning asosiy shartidir.

TADQIQOT NATIJALARI

Mafkuraviy faoliyatni tashkil etishda quyidagi tashkiliy tamoyillarga amal qilinishi maqsadga muvofiq:

- keng qamrovlilik, bunda jamiyatning barcha a'zolariga g'oyalar xilma-xilligi asosida mafkurani singdirish, bu jarayonda aholining barcha qatlamlarini qamrab olish nazarda tutiladi. Natijada, jamiyatning barcha bo'g'inlari mafkuraviy ta'sir doirasida qamrab olinadi;

- umumiy maqsadga yo'naltirilganlik;

- faol insonni tarbiyalash va inson salohiyatini yuzaga chiqarish mafkuraning bosh maqsadi qilib olinadi;

- uzluksizlik - milliy istiqlol g'oyasi targ'ibotining makonda va zamonda doimiyligini, uning yaxlit tizim shakliga keltirilishini anglatadi. Uzluksizlik tamoyili milliy g'oyani xalq ongiga singdirish uchun mamlakatda muayyan mafkuraviy maydon yaratishni taqozo qiladi. Bu maydondagi har bir holat va harakat, jumladan, ta'lim tizimidagi o'quv rejalari, dasturlar, darsliklar, o'quv qo'llanmalari, sinf va auditoriyalar, ko'rgazmali qurollar milliy g'oyaga uyg'un bo'lishini taqozo etadi.

- ketma-ketlik - har bir bosqich uchun istalgan qadriyatlarni singdirish maqsadida mafkuraviy tashviqot rejalashtiriladi;

- bosqichma-bosqichlik - milliy mafkurani targ'ib qilishning ruhiy jihatlari bilan bog'liq bo'lib, ham targ'ib qiluvchi, ham qabul qiluvchining muayyan tayyorgarlik bosqichlaridan o'tishini taqozo qiladi. Aytaylik, boshlang'ich sinf o'quvchisiga milliy mafkuraning falsafiy va etnik ildizlari to'g'risida gapirish noo'rin bo'lishdan tashqari mutlaqo samarasiz hamdir. Shuning uchun bog'chada, boshlang'ich sinflarda, to'liqsiz o'rta maktabda, yuqori sinflar, litsey va kollejlar, oliy o'quv yurtlari va mehnat jamoalarida mafkuraviy ish tinglovchi va o'quvchilarning yoshi, bilimi, ma'lumoti kabi jihatlarini hisobga olib aniq belgilangan reja asosida olib borilishi kerak;

- me^yoriylik - aksiltarg'ibotni keltirib chiqaradigan, hayotdan uzilib qolishga olib keladigan balandparvozlik, rasmiyatchilik va takrorlanishlarga yo'l qo'ymaydi;

- shaxsiy ibrat - mafkuramizni targ'ib qilishda muvaffaqiyatni ta'minlaydigan muhim omillardan biri. Maktab muallimi darsda o'quvchilarga millat manfaatlari, orzu-umidlari, intilishlari to'g'risida balandparvoz gaplarni gapirsa-yu, o'zi hayotda shu manfaatlarga zid ishlarni qilsa, bu targ'ibotning samarasi nol'ga teng bo'ladi. Mamlakat va millat ravnaqi to'g'risida og'iz ko'pirtirib gapiradigan boshliq bo'shab qolgan lavozimga layoqatli va munosib xodim qolib, o'ziga qarashli, Lekin, bu o'ringa nomunosib odamni tiqishtirsa, u millatning yuziga oyoq qo'ygan bo'ladi va uning milliy mafkurani aksiltarg'ibot qilgan bo'ladi. Shuning uchun, milliy g'oyani aholi ongiga singdirishda targ'ibotchilar faoliyatida ish bilan so'z birligini ta'minlash, ayniqsa, rahbar xodimlarning shaxsiy ibrat ko'rsatish tamoyiliga amal qilishi muvaffaqiyatni ta'minlaydigan eng muhim omillardan biridir. Korxona, tashkilot, muassasa

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

rahbari, ular davlat sektori yoki xususiy sektorga tegishli bo'lishidan qafiy nazar o'z jamoasidagi ma'naviy-mafkuraviy jarayonlarga mas'ul bo'lishi kerak;

- ilg'or targ'ibot-tashviqot texnologiyalaridan foydalanish - bunda mafkuraviy targ'ibotga insonlarni mohirona boshqarish usuli sifatida qaraladi. Milliy g'oyaning targ'iboti qotib qolgan narsa emas, faol jarayondir. Shuning uchun uni qadimdan qolgan va'z aytish va ma'ruza o'qish kabi targ'ibot shakllari yordami bilangina keng xalq ommasi ongiga singdirib bo'lmaydi. Maqsadga erishish uchun targ'ibotning faol shakllaridan, zamonaviy texnologiyalardan ham foydalanish maqsadga muvofiq. Yoshlar orasida targ'ibot olib borilganda munozara, bahs, davra suhbati kabi shakllardan oqilona foydalanilsa maqsadga tezroq va to'laroq erishish mumkin. Yoshlarning fiziologik va ruxiy xususiyatlari va'z va ma'ruzalarni emas, ko'proq interfaol usullar va sanab o'tilgan targ'ibot shakllaridan foydalanishni taqozo qiladi.

G'oyaviy-mafkuraviy ishlarga sistemali yondoshish, birinchidan, shu sohadagi muammolarni ilmiy tahlil qilishning zaruriy sharti bo'lsa, ikkinchidan, bu - milliy mafkuraning nazariy-metodologik xarakteriga mos keladi. Boshqacha aytganda, milliy mafkuraning o'zi, jamiyatimiz taraqqiyoti va manfaatlarini ifoda qiluvchi yaxlit sistemalashgan g'oyalar, nazariyalar tizimidan iborat bo'lib, uni ro'yobga chiqarish bilan bog'liq amaliy ishlar ham shunga muvofiq bo'lishi lozim. Mafkuraviy ishlarni milliy taraqqiyot tamoyillari va manfaatlari asosida (g'oyaviy-nazariy darajada) sistemali tashkil qilish deganda, jamiyatdagi hayotiy talab, ehtiyoj, maqsad-intilishlarga muvofiq rivojlanib boruvchi g'oyaviy-mafkuraviy jarayonlardan iborat o'ziga xos ijtimoiy-ma'naviy tartib - tizim yaratish tushuniladi. Zero, voqelikdagi o'z shakl-ko'rinish va mazmuniga, ma'lum o'zgarishlar xarakteriga, aniq makon va zamonda alohida o'rniga ega bo'lgan har qanday narsa, hodisa, jarayonlarni muayyan sistemaga solish mumkin. Bu sistemaning mohiyati shundaki, uning makrostrukturasini tashkil qilgan asosiy qism-elementlar (milliy taraqqiyot qonunlari, "O'zbek modeli", milliy istiqlol mafkurasi asosiy kontseptsiyasi, milliy mafkura va uning asosiy g'oyalari) va ular o'rtasidagi bog'lanishlar hamda o'zgarishlar xarakteri turlicha va ko'p tomonlama bo'lib (jamiyatdagi turli kishilar, guruhlar, toifalar, etnik va diniy birliklarning g'oyalari), mazkur sistemadagi barcha jarayonlarning qanday kechishini shu sistemani sistema sifatida rivojlanishini ta'minlovchi omillar (milliy taraqqiyot manfaatlari va shart-sharoitlari) belgilab beradi. Ushu sistemaning mavjudlik sharti, shakllanib, rivojlanish manbai, undagi jarayonlarni harakatlantiruvchi kuch -milliy taraqqiyot qonunlariga muvofiq amalga oshiriladigan g'oyaviy-mafkuraviy faoliyatlardir. Bu faoliyatlar nazariy va amaliy yo'nalishlarga bo'linadi. Jamiyatdagi g'oyaviy ta'lim-tarbiya tizimi, tasvirlanayotgan makrosistemadagi muhim yo'nalish bo'lib, butun sistema faoliyatida katta o'rin tutadi. Milliy g'oya va mafkurani yoshlar ongiga singdirib, xalqchillashtirish va ishonch-e'tiqodga aylantirishda asosiy o'rin tutuvchi bu tizimning o'zi va undagi mikrosistemalar faoliyati ta'lim-tarbiya uzluksizligi bilan milliy g'oyani shakllantirishning izchilligi (doimiyligi) o'rtasida uzviy bog'lanishni vujudga keltiradi. Demak, g'oya va mafkuraning mazmuni davlat va jamiyat qurilishiga doir sistemali bilimlar (nazariya va metodologiya) bilan bog'liq: madaniy-ma'rifiy, g'oyaviy-mafkuraviy saviya; ong, tafakkur, dunyoqarash tamoyili; ruhiy-ma'naviy ishonch-e'tiqod; ijtimoiy norma, me'yor, mezon va ayni paytda, inson hamda jamiyat hayotini harakatlantiruvchi mexanizm - usul-vositalardan iborat tizim sifatida tushunilsa, milliy g'oya va mafkuraning xalqchilligi ta'minlanadi.

MUHOKAMA

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

O'zbekiston hayotidagi o'zgarishlar insonlar ongida ham katta o'zgarishlar qilishni talab etadi. O'tish davrida har qanday davlat yangi zamon kishisini tarbiyalash haqida jiddiy qayg'urishi tabiiy. Demak, O'zbekistonda ham «komil inson» g'oyasida e'tirof etilgan shaxs mos sifatlarini fuqarolarda qaror toptirish vazifasi ko'ndalang turibdi. «Fuqarolik axloqi»ni bunday tarbiyalash mafkuraviy siyosatning negizini tashkil etadi. O'zbekistonda yosh avlodni yangicha fikrlashga va tafakkurini rivojlantirishga, siyosiy faolligini yo'naltirishga, ularni mustaqillik g'oyalariga sodiq qilib tarbiyalash vazifalari bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilmoqda. Globallashuv jarayonida siyosiy va psixologik ko'rsatmalarning butunlay o'zgarishi yoshlarning axborot xavfsizligini ta'minlashning dolzarbligini ko'rsatadi. Xavfni sezish va unga qarshi kurashish tuzilmalari - shaxsning o'zini-o'zi anglash jarayonida shakllanadi. Yoshlarda shaxsiy fikr, mulohaza, dunyoqarash tarkib topganidan keyingina tahliliy va tanqidiy fikrlash paydo bo'ladi. Yoshlar o'ziiing siyosiy kontseptsiyasini mustaqil ravishda to'g'ri shakllantirishda, siyosiy jarayonlarni aniq qamray olishida va tahlil qila olishida, mohiyatini tushunishida - harakatlanish kontseptsiyasi shakllanadi. XULOSA

Yoshlarning informatsion-psixologik immunitetini shakllantirish jarayonni texnologiyalar asosida tizimlashtirish, o'z navbatida bir qancha ishlarni ixchamlashtirish, umumlashtirish va muvofiqlashtirish kabi qo'yida keltirilgan tashkiliy ishlarni bajarishni talab qiladi:

• Mavjud siyosiy jarayonlarning mohiyatini anglash, immunitetni shakllantirishda foydalanish;

• Immunitetni shakllantirishga xizmat qiluvchi ma'lumotlarni qidirish, yig'ish va qayta ishlash;

• Informatsion-psixologik immunitetni shakllantirishga tegishli ma'lumotlar bazasini shakllantirish;

• Muammolarni sezish, aniqlash, dolzarbligi bo'yicha differentsiallash;

• Immunitetning rivojlanish tamoyillarini anglash, qabul qilish;

• Tashqi va ichki vaziyatni strategik ko'p faktorli analiz qilish;

• Axborot, moliyaviy, tashkiliy-texnik resurslarning chegaralanishini aniqlash, resurslarni boyitish ishlarini amalga oshirish;

• Xalqaro maydondagi voqealarning rivojlanishini kuzatish, tahlil va siyosiy bashorat qilish;

• Geopolitik manfaatga erishishning strategiya va taktikasini shakllanti-rish, tashqaridan kirib kelayotgan xavf-xatarlarni klassifikatsiyalash, ularni neytrallashtirish hamda dezinfektsiyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish;

• Ichki axborot muhitining informatsion-psixologik immunitetni shakllantirishniig texnologiyalarini, metodlari va usullarini ishlab chiqish, amaliyotga tadbiq etish;

• Immunitetni ta'minlash ishlarini amalga oshirishning al'ternativ variantlarini ishlab chiqish;

• U yoki bu al'ternativ variantlarni tadbiq etishda yuzaga keladigan holatlar hamda vaziyatlarni bashorat qilish;

• Amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorlik mezonlarini ishlab chiqish, bajarilayotgan har bir ishni baholash;

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

• Davlatning ichki axborot muhitini kuchaytirish, tashqi xavflarga qarshi kurashish qobiliyatini oshirish, axborot tahdidlari va xavf-xatarlariga qarshi kurashuvchanlikni ta'minlash;

• Immunitetni shakllantirishning eng maqbul variantlarini ishlab chiqish va tadbiq etish;

• Yoshlarda qaror qabul qilishga ko'rsatiladigan ta'sirni tahlil qilish;

• Yoshlarning o'zi qabul qilgan qarorlarini o'zi korrektsiya qilish ko'nikmalarini shakllantirish;

• Yoshlarniig o'zini-o'zi nazorat va tahlil qilishlarini shakllantirish.

Shuningdek, yoshlarga ta'sir ko'rsatuvchi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik omillarni to'liq ishlab chiqish ham zarurdir. Bu esa yuzaga keladigan kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish imkonini berishi lozim.

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T. , 2008.

2. Otamurodov S., Mamashokirov S., Xolbekov A. Markaziy Osiyo: g'oyaviy jarayonlar va mafkuraviy tahdidlar.- T.: Yangi asr avlodi, 2001.

3. Ochildiev A. Milliy g'oya va millatlararo munosabatlar.-T.: O'zbekiston, 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.