Научная статья на тему 'MAFKURAVIY OMILLAR DAVLAT VA JAMIYAT BARQARORLIGINI MUSTAHKAMLASHNING KAFOLATI'

MAFKURAVIY OMILLAR DAVLAT VA JAMIYAT BARQARORLIGINI MUSTAHKAMLASHNING KAFOLATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
238
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamiyat / mafkura / mafkuraviy immunitet / fuqarolar / erkinlik / islohotlar / yosh avlod / siyosiy ong / milliy va umuminsoniy qadriyatlar. / общество / идеология / идеологический иммунитет / граждане / свобода / реформы / молодое поколение / политическое сознание / национальные и общечеловеческие ценности.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Umurzakov, Uyg‘Un Abdutalipovich

Ushbu maqolada jamiyat, mafkura, mafkuraviy immunitet, xalqimizning “Inson manfaati hamma narsadan ustun” degan g‘oya atrofida birlashishi, bugun jamiyatimizda fuqarolarning to‘liq erkinligini ta’minlash, amalga oshirayotgan islohotlar, yosh avlodda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, fuqarolarning yetuk siyosiy ongi hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IDEOLOGICAL FACTORS A GUARANTEE OF STRENGTHENING THE STABILITY OF THE STATE AND SOCIETY

В данной статье общество, идеология, идеологический иммунитет, сплочение нашего народа вокруг идеи «интересы человека превыше всего», обеспечение полной свободы граждан в нашем обществе сегодня, проводимые реформы, формирование идеологического иммунитет у подрастающего поколения, сознание и национальные и общечеловеческие ценности.

Текст научной работы на тему «MAFKURAVIY OMILLAR DAVLAT VA JAMIYAT BARQARORLIGINI MUSTAHKAMLASHNING KAFOLATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MAFKURAVIY OMILLAR - DAVLAT VA JAMIYAT BARQARORLIGINI

MUSTAHKAMLASHNING KAFOLATI

Umurzakov Uyg'un Abdutalipovich

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi o'qituvchisi,

O'zMU mustaqil izlanuvchisi

Ushbu maqolada jamiyat, mafkura, mafkuraviy immunitet, xalqimizning "Inson manfaati hamma narsadan ustun" degan g'oya atrofida birlashishi, bugun jamiyatimizda fuqarolarning to'liq erkinligini ta'minlash, amalga oshirayotgan islohotlar, yosh avlodda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, fuqarolarning yetuk siyosiy ongi hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: jamiyat, mafkura, mafkuraviy immunitet, fuqarolar, erkinlik, islohotlar, yosh avlod, siyosiy ong, milliy va umuminsoniy qadriyatlar.

В данной статье общество, идеология, идеологический иммунитет, сплочение нашего народа вокруг идеи «интересы человека превыше всего», обеспечение полной свободы граждан в нашем обществе сегодня, проводимые реформы, формирование идеологического иммунитет у подрастающего поколения, сознание и национальные и общечеловеческие ценности.

Ключевые слова: общество, идеология, идеологический иммунитет, граждане, свобода, реформы, молодое поколение, политическое сознание, национальные и общечеловеческие ценности.

Bugun Yangi O'zbekiston o'z taraqqiyot yo'lining yangi bosqichlariga ko'tarilib bormoqda. Xalqimizning "Inson manfaati hamma narsadan ustun" degan g'oya atrofida birlashishi jamiyatda salomat ma'naviy muhitni shakillanishida yetakchilik qiladi. Chunki adolatga, tenglikga va insoniylik prinsiplariga asoslangan bu g'oya yurt manfaatini ifodalaydi.

Jamiyat mavjud ekan, unda yashovchi turli ijtimoiy guruhlar, diniy e'tiqod, millat va kasb-kor vakillarining o'zaro farq qiluvchi manfaatlari ham mavjud bo'ladi. Ular o'z manfaatlarini, maqsadlarini amalga oshirish uchun ongli ravishda harakat

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

qiladilar va faoliyat yuritadilar. Ularning o'zaro farq qiluvchi manfaatlarini yagona bayroq atrofida, g'oya atrofida birlashtirish esa mamlakat ravnaqining garovidir1.

Mafkura - bu muayyan bir maqsadga yo'naltirilgan, o'zida xalq manfaatini aks ettirgan g'oyalar tizimi ekan, u jamiyatning ham ijtimoiy-siyosiy, ham iqtisodiy, ham huquqiy, ham madaniy hayotiga asosiy tayanch va kuch sifatida xizmat qiluvchi omildir. U ijtimoiy borliqning ya'ni, keng ma'noda jamiyat hayotining ma'naviy siyosiy in'ikosidir. Uning shaxs ongida aks etishi va shaxs tomonidan anglanib, bir butun tizim holiga keltirilishi (masalan, milliy mafkuraning) bilan jamiyat hayotida ruxiy tayanch bulib xizmat qiladi. Chunki mafkura jamiyat hayotida inson ongi orqali uning amaliy hatti-harakatiga ta'sir ko'rsatadi.

Muhtaram Prezidentimiz "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" degan ezgu g'oyaning bugungi taraqqiyot davrining ustivor shiori ekanini alohida ta'kidlab, ushbu g'oyani hayotga to'liq tadbiq qilinishida xalq birligi va umumiy manffat yo'lida ishonch bilan fidoiylik ko'rsata olishlari uchun barcha imkoniyatlarni va sharoitlarni yaratishimiz zarur ekanligini uqtiradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugun jamiyatimizda fuqarolarning to'liq erkinligini ta'minlash -mamlakatimizda fuqarolarga o'z iqtidorini ko'rsata olish va orzularini ro'yobga chiqarish imkon beradigan tizim shakllanmoqda. Amaliyotga tatbiq etilgan qonun ustuvorligi tamoyili fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish, tashabbuskorlik va tadbirkorlik xususiyatlarini jonlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Amalga oshirayotgan islohotlarimiz, xalq bilan muloqot davlat siyosati darajasiga ko'tarilgani tufayli jamiyatimizda ochiqlik va erkinlik muhiti tobora kuchayib bormoqda. Fuqarolarimizning tashabbus ko'rsatib, insonlarning dardu tashvishlarini hal qilish uchun davlat idoralari bilan hamkorlikda ishlashining takomillashuvchi fuqarolik jamiyatini taraqqiy ettirishda juda muhim ahamiyatga egadir.

Tarix shundan dalolat beradiki, har qanday jamiyatni yuksalishi muayyan bir g'oya, umumxalq mafkuraga asoslanadi. Bu mafkura jamiyat orzu-istaklarini o'zida mujassamlashtirganligi tufayli xalqni birlashtirish kuchiga ega bo'ladi. Demak, har qanday muammoni oqilona hal qilish uchun, avvalo, birlik, hamjihatlik zarurdir.

Jamiyat ijtimoiy-siyosiy barqarorligini mustahkamlashning mavkuraviy omillaridan biri - mafkuraviy immunitetdir.

1 MHJJHH HCTHR^O^ FOSCH: acocun TymyH^a Ba TaMOHH^ap. T.: 2003H., 5-6.

982

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Mafkuraviy immunitet - (lot.immunitas - ozod bo'lish, qutilish) shaxs, ijtimoiy gurux, millat jamiyatni turli zararli g'oyaviy ta'sirlardan himoya qilishga xizmat qiladigan g'oyaviy qarashlar va qadiriyatlar tizimi. Insonda mafkuraviy immunitetni shakillantirib borish zarur. U har bir avlod uchun o'ziga xos hususiyatga ega. Immunitet tizimi shakillangandagina jamiyatda mafkuraviy daxlsizlikni ta'minlash mumkin. Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi elementi bu - bilim. Mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob'ektiv bo'lishi, vaqelikni to'g'ri va to'liq aks ettirishi, inson ma'naviyatini boyitish va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilish lozim. Ular o'z mohiyat e'tiboriga ko'ra, Vatan va millat manfaatlari bilan uzviy bog'liq bo'lmag'i kerak.2 Mafkuraviy immunitet tizimining ikkinchi asosiy elementi ana shunday ilg'or bilimlar zamirida shakillanadigan baholar, qadiriyatlar tizimidir. Zero, bilimlar qanchalik ob'ektiv va chuqur bo'lsa, uning zamirida yuzaga kelgan qadiriyatlar ham shunchalik mustahkam bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda qadiriyatlar tizimi mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va zararli g'oyalar yo'lida mustahkam qalqon bo'lib xizmat qiladi. Ammo bilimlar va qadiriyatlar tizimi mavjudligining o'zi mafkuraviy immunitetning mohiyatini to'liq ifoda eta olmaydi. Zero, bu ikki element mafkuraviy immunitetning uchinshi muhim elementi, yani ijtimoy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma'rifiy sohalardagi maqsadlar tizimi bilan bog'liq. Ana shunday aniq maqsadlar tizimi bo'lmas ekan, inson, millat yoki jamiyat -goh oshkora, goh pinhona mafkuraviy tazyqlarga duchor bo'laveradi3.

Yosh avlodda mafkuraviy immunitetni shakllantirish va taraqqiy ettirish orqali ma'naviy yetuk, sog'lom va mustaqil fikirlaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, har qanday buzg'unchi xarakterdagi g'oyaviy tashabbuslarga nisbatan o'z pozisiyasida turib hujim qilishga qurbi yetadigan, irodali avlodni vujudga keltirish mumkin. Inson ma'naviyatiga tahdid soladigan xavflar va ulardan o'zini ongli himoya qilish ko'nikmalari ta'lim-tarbiya, ota-onalar o'gitlari, yaxshilik va yomonliklarni ko'rishi va bilishi jarayonida shakllana boradi. Bolaga ilk yoshidan boshlab nima yaxshi, nima yomon, ularga qanday munosabat bildirish kerak, degan savollarga asoslangan bog'cha, maktab tarbiyasi, undan keyin ijtimoiy tarbiya yo'lga qo'yilsagina har bir millat sog'lom, ishonchli, mustahkam immunitetga ega bo'ladi. Immunitet esa, o'z navbatida, odamni to'g'ri yo'ldan "ozish"dan, turli yo'llarga adashib, keyin pushaymon bo'lishlardan, baxtsizlikdan, millatni esa parokandaliklardan, parchalanishlardan, sinfiy, mahalliy yoki boshqa bo'linishlardan

2 MaMamoKHpoB C, ToraeB ffl. Эpкнн Ba $ap0B0H ^aëT Kypn^HmHHHHr roaBHH-Ma^KypaBHH Macamiapn -T.: Ma-bHaBHOT, 2007.

3 MabHaBHHT. ACOCHH Tymymarap roo^^H ^yrara ,T.: Fo$yp Fy^OM, 2013H. 146-14766.

983

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

asrab turadi. Demak, mafkuraviy immunitet -davlat va millatning ma'naviy birligi, ma'naviy sog'lomligini himoya qiluvchi g'oyaviy qalqon vazifasini bajaradi4.

Jamiyat ijtimoiy-siyosiy barqarorligini mustahkamlashda eng muhim mafkuraviy omil - fuqarolarning yetuk siyosiy ongidir. Chunki siyosiy ong voqelikni idrok etish asosida, xamda uning tomonidan ishlab chiqilgan siyosiy g'oyalar me'yorlar tasavvurlar va e'tiqodlar negizida kishilarning ijtimoiy xulqatvorlarini tartibga soladi. Siyosiy mafkura esa - turli xil ijtimoiy guruh, qatlamlarning siyosiy hokimiyat, unga ega bo'lish, himoya qilish va foydalanish bilan bog'liq manfaatlarining ifodasi asosida siyosiy munosabatlarni amalga oshirishda tegishli institutlar, tashkilotlar va korxonalarning faoliyat ko'rsatishi bilan bog'liq siyosiy ongning, yadrosi, g'oyaviy qarashlarning tizimlashgan majmuidir. Siyosiy ong jamiyat yangilanishiga beqiyos ta'sir etgani bois, milliy o'zlikni anglash bilan chambarchas bog'lanadi. Ijtimoiy hayot o'z-o'zidan transformatsiyaga uchramaydi, hatto siyosiy ong ham mazkur jarayonga befarq qolishi mumkin. Ammo u ijtimoiy ong va ijtimoiy hayotdagi o'zgarishlarga nazariy - konseptual va amaliy-strategik yo'nalish berishda davom etadi5.

Fikrimizcha, siyosiy ong strategik maqsadni belgilab berish, sotsial boshqaruvni yo'lga qo'yish orqali ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta'sir etadi. Lekin inson faqat moddiy hayotini yaxshilash, farovonlikka erishish bilangina qanoatlanib qolmaydi, uni yon-atrofida bo'layotgan siyosiy voqealar, davlat va jamiyat ishlari, insoniyatning taraqqiyot yo'llari, modellari, bu boradagi turli yondashuvlar ham qiziqtiradi. Demak, siyosiy ong davlat va jamiyat hayoti taraqqiyotidagi nazariy-konseptual va amaliy-strategik maqsadlarni belgilab berish orqali barcha sohalarni o'zida mujassamlashtiradi. Shu ma'noda, u ijtimoiy ongning o'zagidir.

Siyosiy ong jamiyat yangilanishiga beqiyos ta'sir etgani bois, milliy o'zlikni anglash bilan chambarchas bog'lanadi. Ijtimoiy hayot o'z-o'zidan transformatsiyaga uchramaydi, hatto siyosiy ong ham mazkur jarayonga befarq qolishi mumkin. Ammo u ijtimoiy ong va ijtimoiy hayotdagi o'zgarishlarga nazariy - konseptual va amaliy-strategik yo'nalish berishda davom etadi.

Fikrimizcha, siyosiy ong strategik maqsadni belgilab berish, sotsial boshqaruvni yo'lga qo'yish orqali ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta'sir etadi. Lekin inson faqat moddiy hayotini yaxshilash, farovonlikka erishish bilangina qanoatlanib qolmaydi, uni yon-atrofida bo'layotgan siyosiy voqealar, davlat va jamiyat ishlari, insoniyatning taraqqiyot yo'llari, modellari, bu boradagi turli yondashuvlar ham qiziqtiradi. Demak,

4 Назаров Миллий истиклол гоясининг асосий максад ва вазифалари. - Т.: Янги аср авлоди, 2001.

5 Назаров Fоялар фалсафаси .- Т.: Академия, 2011.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

siyosiy ong davlat va jamiyat hayoti taraqqiyotidagi nazariy-konseptual va amaliy-strategik maqsadlarni belgilab berish orqali barcha sohalarni o'zida mujassamlashtiradi. Shu ma'noda, u ijtimoiy ongning o'zagidir6.

Mafkuraviy kurashda eng mustahkam va tarixiy sinalgan qurollar - bu milliy va umuminsoniy qadriyatlardir. Qadriyatlar asosida mustahkamlangan ma'naviy kuch -jamiyatning hal qiluvchi tayanchidir. Shu bois jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta'minlashda buyuk bobolarimizning hayot tajribalarini darslik sifatida qo'llab, ularni davr talablariga moslashtirish alohida katta ahamiyatga egadir. Bu esa, o'z navbatida o'zlikni anglashni takomillashib borishiga xizmat qiladi. O'zlikni talab darajasida anglay olish bir necha bosqichlarni o'z ichiga oladi. Ushbu bosqichlarning eng birinchisi milliy tili va milliy qadriyatlarni mukammal egallashdir.

Shuningdek, shaxsning o'zligini anglashi uning qaysi yurtning farzandi ekanligi, ya'ni nasl-nasabi kimligi, yashashdan maqsadi, o'z sha'ni, qadr-qimmatini tushunib yetishidan boshlanadi.

Mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda har bir vatandoshimiz "Vatanimga men nima uchun kerakman?", "Kelajak avlodimga qaysi ibratlarim bilan namuna bo'laman", "Farzandim mening nimam bilan g'ururlanishi kerak?" fikrlashiga, fuqarolarimizning Vatan manfaati va ravnaqi uchun fidoyi bo'lishiga erishish asosiy maqsadimizdir.

Shu boisdan har bir inson uchun Vatan, insoniylik tushunchasi, avvalo, oiladan boshlanadi. Xalqimizning "Qush uyasida ko'rganini qiladi", degan maqoli zamirida ulkan ma'no yashiringanligini ko'rishimiz mumkin. Bu borada oilaning tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab yetmasdan, oilaga millat manfaati nuqtai nazaridan yondashmasdan turib, mafkuraviy immunitetni shakllantirish oson kechmaydi7.

XULOSA

Hozirgi axborot va texnologiya asrida yoshlarni tarbiyasi yanada muhim bo'lib bormoqda. Yoshlar har qadamda e'tiqodi, ong shu'uriga zid ma'lumotlar, hodisalarga guvoh bo'lmoqdalarki, buni mas'ul shaxslar - ota-ona, ustoz hamda mahalla ko'y nazorat qilishlari darkor. Chunki dunyoda analogi yo'q mahalla instituti - g'oyaviy, mafkuraviy, ma'naviy tarbiya zamini hisoblanadi. Bu zamin muhiti jamiyatning ma'naviy qiyofasini ifodalaydi.

6 https://oyina.uz/kiril/article/13 9

7 YpaeB Ma^KypaBHH HMMyHmeT. - T.: «MatHaBHOT», 2001.

985

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Xulosa qilib aytganda, muayyan bir maqsadga yo'naltirilgan g'oyalar tizimi -mafkura buladigan bulsa, barcha mafkuraviy omillar jamiyatning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini ta'minlashni maqsad qilib olishini ta'minlash davrimizning ustuvor vazifasi bo'lizi darkordir.

REFERENCES

1. Ma'naviyat. Asosiy tushunchalar izohli lug'ati ,T.: G'ofur G'ulom, 2013y. 146-

2. Nazarov Q. G'oyalar falsafasi .- T.: Akademiya, 2011.

3. Mamashokirov S, Tog'aev Sh. Erkin va farovon hayot qurilishining g'oyaviy-mafkuraviy masalalari -T.: Ma'naviyat, 2007.

4. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: 2003y., 5-b.

5. Nazarov Q. Milliy istiqlol g'oyasining asosiy maqsad va vazifalari. -T.: Yangi asr avlodi, 2001.

6. O'raev J.N. Mafkuraviy immunitet. - T.: «Ma'naviyat», 2001.

147bb.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.