Научная статья на тему 'ZAMONAVIY YUKSALISH JARAYONIDA MA’NAVIY QADRIYATLARNING AHAMIYATI'

ZAMONAVIY YUKSALISH JARAYONIDA MA’NAVIY QADRIYATLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
33
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ma’naviy qadriyatlar / milliy va umuminsoniy qadriyatlar / insonning axloqiy qiyofasi / madaniy taraqqiyot / ma’naviy-axloqiy qadriyat / ma’naviyat kodeksi / ijtimoiy faollik / ijtimoiylashuv / innovatsiya / innovatsion faoliyat / Духовные ценности / национальные и общечеловеческие ценности / нравственный образ человека / культурное развитие / духовно-нравственные ценности / нравственный кодекс / социальная активность / социализация / инновации / инновационная деятельность

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Xakim Primovich

Maqolada, ma’naviy qadriyatlar sohasidagi yangilanishlar jarayonining mazmun-mohiyati, buyuk ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy qadriyatlar zamonaviy yuksalishning qudratli manbai ekanligi, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotini jadallashtirishga yo‘naltirilgan masalalarga e’tibor qaratilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ZAMONAVIY YUKSALISH JARAYONIDA MA’NAVIY QADRIYATLARNING AHAMIYATI

В статье акцентируется внимание на сущности процесса обновления в сфере духовных ценностей, а также на том, что духовные ценности, созданные нашими великими предками, являются мощным источником современного прогресса, и на вопросах, направленных на ускорение социального развития общества

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY YUKSALISH JARAYONIDA MA’NAVIY QADRIYATLARNING AHAMIYATI»

ZAMONAVIY YUKSALISH JARAYONIDA MA'NAVIY QADRIYATLARNING AHAMIYATI

H.P. To'xtayev -

O'zMUprofessor v.b.

d https://doi.org/10.24412/2181-7294-2023-2-62-65

Ma'naviy qadriyatlar sohasidagi yangilanishlar jarayonining mazmun-mohiyati, o'ziga xos xususiyatlarini aniq dalillar asosida o'rganish, ijtimoiy hayotning boshqa jabhalarida yuz beradigan islohotlarning madaniy-ma'rifiy mohiyatini anglash muhim.

Mamlakatimiz mustaqilligining rivojlanish konsepsiyalari, davlat dasturlarida iqtisodiyot, ijtimoiy sohalar ichki va tashqi siyosat masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi -ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishda ana shu ikkita mustahkam ustunga, yani, bozor tamoyillariga asoslangan, kuchli iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlariga asoslangan kuchli ma'naviyatga tayanamiz".[1]

Buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan qadriyatlar xalqimiz ma'naviy yuksalishining qudratli manbai ekanligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarimizning yangi O'zbekistonda shakllanayotgan demokratik jamiyatning negizini tashkil etadigan, ma'naviy qadriyatlarni his etish, ular haqida chuqur bilimga ega bo'lishni shakllantiradi.

"Ma'naviy qadriyatlar" insonning axloqiy qiyofasi, ijtimoiy hayot, ong va munosabatlar bilan bog'liq bo'lgan, jamiyat taraqqiyoti va turmushi ta'sirida shakllangan ma'naviy xususiyat va xislatlarining umuminsoniy hamda milliy fel'-atvor ko'rinishlarini ifodalovchi tushunchadir.[2,107] Ma'naviy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy, madaniy taraqqiyot natijasida shakllanadi, takomillashib, boyib boradi. Shu tariqa milliy madaniyat rivojlanadi. Bu jarayonda ma'naviyat ahli: allomalar, adib va ziyolilarning milliy ong, milliy ruh, milliy o'ziga xoslikni ta'minlash va rivojlantirishda tutgan o'rni muhim ahamiyatga ega. Ulug' ajdodlarimiz Imom Buxoriy, At-Termiziy, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, G'ijduvoniy, Naqshband, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy kabi buyuk zotlarning bizga qoldirgan bebaho ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon madaniyati xazinasidan munosib o'rin olib, insoniyatni ezgulik sari yetaklab, har tomonlama barkamol insonlarni tarbiyalab voyaga yetkazishga xizmat qilib kelmoqda. Binobarin, yuksak ma'naviy qiyofani o'zida mujassamlashtirgan bu ulug' zotlarning o'zi ham biz uchun abadul-abad kamolot va yetuklik timsoli bo'lib qolgan.

Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yy.) qomusiy olim sifatida qadriyatlarning tabiatini juda yaxshi o'rgangan. Beruniy fikricha, ma'naviy qadriyatlarning vujudga kelishi ijtimoiy munosabatlar, kishilarning yashash tarzi, moddiy ehtiyojlari, qiziqishlari, manfaatlari, talablari va maqsadlari bilan uzviy bog'langan. Masalan, kishilar o'rtasidagi hamkorlik odamlarni birlashish ehtiyojlari ko'pligi, himoya qilish qurollari kamligi va dushmanlardan o'zini himoya qilish zarurati tufayli vujudga kelgan.[3]

Beruniy inson eng asosiy qadriyatlardan biridir, tafakkur esa uni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan ma'naviy omildir, deb hisoblagan. U ma'naviy qadriyatlar tizimini o'ziga xos tarzda ifodalaydi, ya'ni yaxshi va yomon xulqlarga ajratadi. Uning fikricha, yaxshi xulqlarga - rostgo'ylik, odillik, oqillik, mardlik, botirlik va muruvvatlilik kabi qadrli xususiyatlar, yomon xulqlarga esa yolg'onchilik, zolimlik, qalloblik, o'g'rilik, hiylagarlik, nomardlik kabi jihatlar mansubdir.

Qadriyatlar muammosi Abu Ali ibn Sinoning (980-1037 yy.) ham diqqat markazida turgan. Olim inson, uni ma'naviy-axloqiy qadriyatlarning ahamiyatiga ham katta e'tibor bergan.[2,31] Uningcha odamzod qadri boshqalar bilan hamkorligi, yaxshi axloqiy fazilatlarga ega bo'lish uchun intilishi, donoligi, boshqalarga yaxshilik qila olishidadir. Faylasuf nazarida, yaxshilik, rohat-farog'atga va lazzatlanishga olib kelishi, yomonlik esa azoblanish va uqubatga olib borishi bilan

tavsiflanadi. Ibn Sino "Ahloq ilmi haqida risola"sida "iffat", "shijoat", "hikmat", "adolat", "sahiylik" kabi insoniy-ma'naviy qadriyatlarni ta'riflaydi.

Insoniyat tarixida katta ahamiyat kasb etgan ma'naviy qadriyatlardan biri Markaziy Osiyoda XI - XVII asrlarda keng rivojlangan tasavvuv falsafasidir. Tasavvuf falsafasi ko'rinishlarida inson ruhiy olamini tahlil etuvchi, uning ma'naviy kamoloti yangi yo'llarini ko'rsatib beruvchi g'oyalar ustunlik qiladi. Tasavvuf tariqatining har bir shakli, o'z davrining maxsuli, muayyan sharoitlardagi talab, ehtiyoj va imkoniyatlarning ifodasidir.

Ahmad Yassaviy (1105-1166 yy.) ma'naviy-axloqiy qadriyatlarning o'sha zamonga mos keladigan tizimini yaratgan, ularning namoyon bo'lishi va amal qilish shartlarini islom dini nuqtai nazaridan ta'riflab bergan.[4] "Devoni hikmat" majmuasida Ahmad Yassaviy ma'naviy qadriyatlarning asosiy shakllari poklik, hayo, bardosh va sabr-qanoat, chidam, xushxulqlik, beozorlik, hokisorlik kabi hislatlarga ta'rif bergan. Yassaviy tariqati Sharq xalqlari orasida keng tarqalganligi, madaniy merosimizga juda katta ta'sir ko'rsatganligini e'tirof etmaslikni ko'rish mumkin.

Bizningcha, Yassaviy ta'limoti va o'z davrining ma'naviy qadriyatlari, mustaqil davlat o'rnatish, unda siyosat yuritishdagi asosiy va yetakchi g'oyalardan biri vositasini o'tagan. Bundan tashqari bu ta'limot mo'g'ullar istilosidan oldingi davr qadriyatlarini, undan keyingi davr bilan bog'laydigan ma'naviy xalqalardan biri bo'lgan.

Demak, bu ta'limotlar o'z davrining ruhini ifoda etgani, hozir ham ma'naviy kamolotga ijobiy ta'sir etish mumkinligi sababli milliy chegaralar bilan cheklanmagan, ma'naviy qadriyatlar hisoblanadi.

Ma'naviy sohadagi jarayonlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, bunda Yangi O'zbekistonning ma'naviy ehtiyojlarini ko'zda tutish zarurati paydo bo'ldi. Shu zaruratdan kelib chiqib, vatanimizning yaqin kelajagi uchun mo'ljallangan tamoyil dasturlarida ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi islohotlarga alohida e'tibor qaratilishi maqsadga muvofiq bo'ldi.

Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining 5-yo'nalishida ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshiriladigan keng qamrovli faoliyatimizning mazmun-mohiyati, ustuvor yo'nalishlari va asosiy vazifalari aks etgan va bu biz uchun me'yoriy asos vazifasini o'taydi.

Shundan kelib chiqib, hukumat tomonidan "O'zbekiston Respublikasining ma'naviyat sohasidagi davlat siyosati to'g'risida"gi qonunni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish jarayonini tezlashtirish zarur. Bu qonun yangi O'zbekistonni barpo etishda davlat siyosatining ma'naviyat borasidagi faoliyatini kengaytirish, yangilanishlar, intilish va harakatlarning huquqiy asoslarini mustahkamlaydi, jamiyat ma'naviy hayoti va undagi o'zgarishlar dinamikasini tasavvur qilish imkonini beradi.

Shuningdek, kelajak tamoyillarimizning barcha sohalarida o'tkaziladigan islohotlar natijasini, u bilan bog'liq huquqiy masalalarni tahlil qilish vazifasini amalga oshirishda ham ushbu qonun o'z o'rniga ega.

Shu bilan birga, ma'naviy-ma'rifiy sohada keyingi ish faoliyatining salmog'i, ahamiyati va yo'nalishlari, natijalar samaradorligini oshirish zarurati tezlik bilan "O'zbekistonning 2025-2035 yillarga mo'ljallangan ma'naviy taraqqiyot strategiyasi"ni ishlab chiqishni va davlat siyosatining bir qismiga aylantirish vazifasini kun tartibiga qo'yadi.

Strategiya ishlab chiqilsa, shu asosda davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, fuqarolik institutlari va boshqalar o'z "Yo'l xarita"lari hamda kelajakka mo'ljallangan rejalar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

Yuqorida aytilganlar o'z navbatida kelgusida mamlakatimizning ma'naviy-ma'rifiy hayoti, turmush tarzini ifodalaydigan hujjatlar majmui -"O'zbekiston jamiyatining ma'naviyat kodeksi"ni ishlab chiqishni taqozo etadi. Bu vazifani tez fursatda amalga oshirib, amaliy hayotga tatbiq etish hayotiy zaruriyat hisoblanadi.

Chunki bunday axloq kodeksi yurtimizda BMT tomonidan 2022 yilda qabul qilingan huddi shu mazmundagi hujjat mohiyatiga asoslangan holda ish yuritilayotganini ko'rsatadi. Shuningdek, "Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy ma'naviy tadqiqotlar instituti

faoliyatini samarali yo'lga qo'yishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaror ijrosida samaradorlikka erishish lozim.[5] Yuqorida aytilgan me'yoriy hujjatlar va dasturlarning samaradorligi, ularning xalqimiz orzu-intilishlariga mosligi, uni ta'minlashga mas'ul bo'lgan rahbarlar va boshqaruv xodimlarining o'z majburiyatlarini sidqidil bajarishlariga ham bog'liqdir. Jamiyatimizda ro'y berayotgan sohaga doir islohotlarning yuqori natijalar berishi uchun shart-sharoitlar mavjud. Chunki, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalarda bo'lganidek, xalqimizning ma'naviy-ma'rifiy hayotida ham jadal yangilanish, ulkan o'zgarishlar kuzatilmoqda. Lekin, insonlarning shakllanib ulgurgan tafakkur tarzi va qarashlari bir kunda o'zgarib qolmaydi, ma'naviy-axloqiy tushunchalarni o'zlashtirish va o'zgartirish murakkab jarayon hisoblanadi.

Hozirgi davrning talabchan ijtimoiy-siyosiy ehtiyojlariga javob bera oladigan yangicha dunyoqarash va tafakkur tarzining jamiyat hayotidan chuqur joy olishi, mamlakat hayoti va o'zgalar faoliyatidan domiy xabardor, jamoatchilik fikrini biladigan va u bilan hisoblashadigan shaxslarni tarbiyalash uchun milliy qadriyatlar sohasiga doir faoliyatni tobora takomillashtirish, miqyosini oshirish lozim.

Buning sababi shuki, XXI asr insoniyat tarixida misli ko'rilmagan kashfiyot va ixtirolar asri bo'lmoqda. Agar dastlab ixtiro va kashfiyotlarni amaliyotga joriy qilish uchun 50-100 yil sarflangan bo'lsa, axborotlashgan davrda 10 - 20 va hatto 2 - 3 yilda ulardan foydalanish imkoniyati paydo bo'ldi. Mavjud bilimlar doirasi shu darajada kengaydiki, bu axborot oqimi jarayonini "tezlashuvi"ga sabab bo'lib, bu jarayon "axborotlashgan jamiyat" iborasida o'z ifodasini topmoqda. Albatta, bu ijtimoiy turmushning barcha sohalarida keng imkoniyatlarni taqdim qilishi bilan birga ayni paytda, bugungi kun kishisini "axborot xujumi"dan himoyalanishni taqozo etishi bilan birgalikda, zamonaviy yoshlardan yuksak intellektual salohiyatni talab etmoqda. Zero, O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo'lsak, uni aynan innovatsion g'oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak". [6]

Zamonaviy jamiyatimizning ijtimoiy sohalarining turli jabhalarida yuz berayotgan o'zgarishlar, islohotlar, yangilanishlar avvalo ijtimoiy taraqqiyotni jadallashtirishga yo'naltirilgan. Mazkur ijtimoiy voqeliklar, hodisalar ro'yobga chiqishining negizida, jumladan, yoshlarda ijtimoiy faollik xususiyatlarini shakllanishi muammosi ham yotadi.

Ijtimoiy faollik yoshlarni nafaqat ijtimoiylashuvining muhim bo'g'ini, balki shaxsning mustahkam irodasini shakllantirish, o'z-o'zini anglash va baholash kabi shaxs kamolotining omillari bilan tavsiflanadi. Yoshlar kelajak egalari ekanliklarini, ularni kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash taraqqiyot uchun muhim ahamiyat kasb etishini hisobga olgan holda, bugungi kunda inson texnika yutuqlaridan oqilona foydalanishining alohida madaniy qolipini yaratishi lozim. Taraqqiyotga xizmat qiluvchi bu manbalardan oqilona foydalanishni barchaga singdirish bugungi kun talabidir.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, "Zamonaviy sharoitlarda jahon fani va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirishning, mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili bo'lib bormoqda".[7]

Ayni paytda, mazkur jarayonning xalqimiz ezgu maqsadlariga mosligini ta'minlashga mas'ul bo'lgan boshqaruv tizimining o'z majburiyatlarini aniq bajarishi, nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu jihatdan, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy islohotlarni aholining hayot darajasini yuksaltirishni ta'minlaydigan, binobarin qadriyatlar sohasi rivojini optimallashtiradigan omillar sifatidagi ta'sirini yanada kuchaytirish bugungi kunning muhim va dolzarb vazifasiga aylandi.

Xulosa qilganda, jamiyatning kelajagi yorqin va buyuk bo'lishi uchun aholining, ayniqsa yoshlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik tuyg'usini kuchaytirish va ular ma'naviyatini yuksaltirish katta ahamiyatga ega ekanligi shubhasiz. Buning uchun ushbu sohada taraqqiyot tamoyillariga asos bo'ladigan tayanch shart-sharoitlar bo'lishi, ularni yaratish masalalariga alohida e'tibor qaratish talab etiladi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda mazkur yo'nalishdagi yuksalish uchun tegishli moddiy-texnik baza yaratildi va bu jabhaga e'tibor kuchaydi.

Bu jihatdan, Vatanimiz tarixida tub burilish yasalayotgan hozirgi davrda har bir yurtdoshimiz yuragida milliy qadriyatlarga sodiqlik tuyg'usi yaqqol namoyon bo'lishiga erishish nihoyatda muhim. Ayni paytda u hammamizni ezgu niyatlar va amallarga undab, qalbimizda el-yurt va xalq taqdiri uchun mas'uliyat hissini mustahkamlashi uchun harakat qilish lozimligi davr talabiga aylandi.

ADABIYOTLAR:

1. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2022. -B.261.

2. Nazarov Q., To'xtayev X. Aksiologiya: qadriyatlar falsafasi. - Toshkent: Universitet, 2022.

3. Mo'minov I.M. O'zbekistondagi tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixidan lavhalar (IX-XX asrning boshlarigacha). - T.: Fan, 1999.

4. Ahmad Yassaviy Hikmatlar. - Toshkent, 1991. - B. 51.

5. Муминов А.Г. «Leading tendencies in the development of cultural and spiritual identity of the peoples of Uzbekistan» Журнал: Scienceweb academic papers collection, 2020, №1, Р. 55255538

6. "Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy ma'naviy tadqiqotlar instituti faoliyatini samarali yo'lga qo'yishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. www.lex,uz.

7. Mirziyoyev Sh. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. -Toshkent, 2018. - B. 9-20.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to'g'risida"gi Farmoni. https://lex.uz/acts/-3431985

REZYUME

Maqolada, ma'naviy qadriyatlar sohasidagi yangilanishlar jarayonining mazmun-mohiyati, buyuk ajdodlarimiz yaratgan ma'naviy qadriyatlar zamonaviy yuksalishning qudratli manbai ekanligi, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotini jadallashtirishga yo'naltirilgan masalalarga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: Ma'naviy qadriyatlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonning axloqiy qiyofasi, madaniy taraqqiyot, ma'naviy-axloqiy qadriyat, ma'naviyat kodeksi, ijtimoiy faollik, ijtimoiylashuv, innovatsiya, innovatsion faoliyat.

РЕЗЮМЕ

В статье акцентируется внимание на сущности процесса обновления в сфере духовных ценностей, а также на том, что духовные ценности, созданные нашими великими предками, являются мощным источником современного прогресса, и на вопросах, направленных на ускорение социального развития общества.

Ключевые слова: Духовные ценности, национальные и общечеловеческие ценности, нравственный образ человека, культурное развитие, духовно-нравственные ценности, нравственный кодекс, социальная активность, социализация, инновации, инновационная деятельность.

RESUME:

The article focuses on the essence of the renewal process in the field of spiritual values, on the fact that the spiritual values created by our great ancestors are a powerful source of modern progress, and on issues aimed at accelerating the social development of society.

Keywords: Spiritual values, national and universal values, moral image of a person, cultural development, spiritual and moral values, moral code, social activity, socialization, innovation, innovative activity.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.