Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTONNING ZAMONAVIY TA’LIMIDA SUN’IY INTELLEKTNING O’RNI'

YANGI O’ZBEKISTONNING ZAMONAVIY TA’LIMIDA SUN’IY INTELLEKTNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Право»

13
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTONNING ZAMONAVIY TA’LIMIDA SUN’IY INTELLEKTNING O’RNI»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

YANGI O'ZBEKISTONNING ZAMONAVIY TA'LIMIDA SUN'IY

INTELLEKTNING O'RNI

Inagamova Mafura Muxtarxanovna

Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, (PhD), dotsent

Botirov Nurbek Nodirbek o'g'li

Toshkent Davlat transport universiteti, 2-kurs talabasi

Sun'iy intellekt- informatikaning alohida sohasi bo'lib, odatda inson ongi bilan bog'liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o'rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug'ullanadi. [1] "Sun'iy intellekt" atamasi 1956 yilga kelib paydo bo'ldi. Shu yilning yozida AQSHning Dartmut universitetida sun'iy tafakkur masalalari bo'yicha anjuman bo'lib o'tdi. Unda Klod Shennon (Bell Laboratories), Nataniel Rochester (IBM), Gerbert Saymon (Karnegi universiteti, Trenchard Mur (Prinston universiteti), Jon Makkarti (Dartmut universiteti), Marvin Minski (Garvard universiteti) kabi olimlar ishtirok etgan. Ushbu anjumanda ma'ruza qilgan amerikalik informatika sohasidagi olim Jon Makkarti (1927-2011) "Artificial Intelligence" ("Sun'iy tafakkur") atamasi muallifi sifatida tarixga nom qoldirdi. Sun'iy ongning kelajagi "super ong bo'lishi aytib o'tilgan. Super ong, giperong yoki super-inson ongi — bu eng iqtidorli insonnikidan ancha yuqori idrokka ega bo'lgan gipotetik agentdir. XX asrning 80-yillari sun'iy intellekt - kashfiyot deya e'tirof etila boshladi. Olimlar ushbu yo'nalishda darsliklar ishlab chiqa boshladilar. Shuningdek, 1997 yilda shaxmat bo'yicha Jahon chempioni Garri Kasparovni mag'lubiyatga uchratgan mashhur shaxmat dasturi - "Deep Blue" yaratildi. Shu yillarda Yaponiyada neyron tarmoqlari asosida 6-avlod kompyuter loyihasi ishlab chiqilayotgan edi. [2] Endi sun'iy intellektning O'zbekistondagi o'rniga to'xtalib o'tsak. Bugungi kunga qadar jahon mamlakatlari tomonidan sun'iy intellektni rivojlantirish bo'yicha yettita xalqaro, ellikdan ortiq milliy strategiya qabul qilingan. Bu yo'nalishda O'zbekistonda ham katta qadam tashlandi va sun'iy intellekt sohasida qonunchilikdagi bo'shliq to'ldirildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan O'zbekiston innovatsion rivojlanish strategiyasi va Ilm-fanni rivojlantirish konsepsiyasi doirasida mamlakatda sun'iy intellektni rivojlantirishga qaratilgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. [3] Xususan, 2021 yil 26 avgustdagi PQ 5234-sonli Prezident qarori "Sun'iy intellekt texnologiyalarini

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

qo'llash bo'yicha maxsus rejimni joriy qilish chora tadbirlari to'g'risida" [4] va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 noyabrdagi "Sun'iy intellekt g'oyalarini qo'llab quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo'lga qo'yish tartibi to'g'risida nizomni tasdiqlash haqida" 717-sonli qarori [5] yaqqol misol bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 iyuldagi 475-sonli "Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to'g'risida" qaroriga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot institutida "Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt ixtisosligi" bo'yicha oliy ta'limdan keyingi ta'lim instituti ochildi. Institut ilmiy tashkilot sifatida davlat buyurtmalari va dasturlarini amalga oshirishda hamda fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borishda ishtirok etadi. [6]

Bundan tashqari oliy va o'rta maxsus ta'limida sun'iy intellektga alohida o'rin ajratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996-sonli qaroriga asosan quyidagi oliy ta'lim muassasalarida davlat grantlari asosida 2021-2022 ,2022-2023 va 2023-2024-oquv yilidan boshlab o'qish jarayonlarini tashkil etish yo'lga qo'yildi. [7] Bular: birinchi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti; ikkinchi, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti; uchinchi, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, to 'rtinchi, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, beshinchi, Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida jami bakalavr ta'limi uchun 100 ta va 2021-2022 vq 2022-2023-o'quv yillari uchun jami 40 ta o'rin ajratildi. Bundan tashqari sun'iy intellekt sohasida tayanch doktorantura va tadqiqotchi-stajorlikka o'qitish uchun har yili 5 nafardan maqsadli kvota ajratilishi belgilab o'tilgan. [8] Sun'iy intellekt va uni qo'llash texnologiyalari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish asosan quyidagilarda namoyon bo'ladi: birinchidan, sun'iy intellektni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish; ikkinchidan, Hukumatning sun'iy intellektga tayyorlik indeksida (Government Artificial Intelligence Readiness Index) respublika pozitsiyasini yaxshilash choralarini ko'rish; uchinchidan, sun'iy intellekt sohasida milliy va xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining hamkorlikdagi tadqiqot loyihalari faolligini oshirish, to 'rtinchidan, Sun'iy intellekt sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

olib borayotgan yosh olimlarni qisqa muddatli xorijiy ilmiy stajirovkalarga yuborish; beshinchidan, sun'iy intellekt sohasida xususiy sektorni keng jalb qilgan holda muntazam tarzda xalqaro ilmiy konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish; oltinchidan, sun'iy intellekt sohasidagi yetakchi ilmiy tashkilotlar va oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olish hamda ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo'llab-quvvatlash. [9]

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, tobora rivojlanib borayotgan davlatlarning kundalik hayotiy tizimiga aylanib qolgan sun'iy intellekt davlat va jamiyat hayotida katta rol o'ynab bormoqda. Sun'iy intellekt davlatning iqtisodi, ijtimoiy hayoti bilan birgalikda ta'lim sohasida ham hozirgi kun talabiga aylanib qolmoqda. Xususan, Yaponiya davlatini oladigan bo'lsak, o'sib borayotgan har bir yosh avlod davlat va jamiyat hayotida muhim bo'lgan biror bir ixtiro qilib beradi[10]. O'ylaymanki shuning hisobiga tabiiy resurslarga ega bo'lmagan Yaponiya rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi. Yoqorida ta'kidlab o'tilgan sun'iy intellektni rivojlantirishga hissa qo'shuvchi oliy va o'rta maxsus ta'limlarini kopaytirish bilan birgalikda " Axborot texnologiyalari va innovatsiya maktab"[11]larini tashkil qilish maqsadga muvofiq bo'lardi.

REFERENCES

1. https://www.researchgate.net/publication/348817864 SUN'IY INTELEKT VA E KSPERT TIZIMLAR

2. Sun'iy intellektning paydo bo'lishi tarixi https://vidabytes.com/uz/sun%27iy-intellekt-tarixi

3. Inagamova M.M. Toshmurodova M. A. O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari. Journal of New Century Innovations. Volume-36_Issue-2_September_2023 .B.-76-81.

4. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 07/21/5234/0826-son;

23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son

5. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.11.2021-y., 09/21/717/1107-son;

22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son

6. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son

7. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 07/21/4996/0127-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi

8. Qonunchilik hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi 9.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son; 15.04.2022-y., 07/22/208/0311-son,

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

163

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

31.08.2022-y., 06/22/214/0791 -son; 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son

9. Инагамова М.М., Рузиева Н.Н. Янги Узбекистонда ёшларга оид давлат сиёсатининг хукукий асослари, Journal of New Century Innovations. Volume-36_Issue-1_September_2023 .B.-182-186.

10. Kasimova A.A Рол женщины в современной науке. Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234

11. Egamberdieva N.X, Egamberdieva X.E O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YeRLARNI XUSUSIYLAShTIRISh ASOSLARI VA TARTIBI. Academic research in educational sciences 3 (TSTU Conference 2), 65-71 2022.

12. Dadasheva A.A Davlat xizmatini isloh qilish sharoitida hokimlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari - Academic research in educational sciences, 2022

13. Inagamova M.M, N. Joraboev. Formation and description of the women rights in islam. American Journal of Research in Humanities and Social Sciences . Volume 11, | April, 2023. P. 71-75.

14. Dadasheva A.A. O'zbekiston respublikasi-konstitutsiyaviy islohotlar davr talabi - Academic research in educational sciences, 2022

15. Dadasheva A.A O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI-KONSTITUTSIYaVIY ISLOHOTLAR DAVR TALABI. Uzbek Scholar Journal 15, 10-12

16. Dadasheva A.A Emergence and development of local state representative bodies in the Republic of Uzbekistan (theory and practice) autoreferat of the dissertation for the candidate of legal ...T.: Publishing house of the National university of Uzbekstan

17. Dadasheva A.A MAIN DIRECTIONS OF IMPLEMENTATION OF PUBLIC CONTROL OVER THE ACTIVITY OF GOVERNORS IN THE CONDITIONS OF CIVIL SERVICE REFORM. Academic research in educational sciences, 117-122

18. Inagamova M.M. O'zbekistonda ayollar huquqlari himoya qilish islohotlarimizning bosh mezoni. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 3(1/2), Jan., 2023. B. 632-637

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

164

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.