Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT TILI TO’G’RISIDAGI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSI'

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT TILI TO’G’RISIDAGI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSI Текст научной статьи по специальности «Право»

15
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT TILI TO’G’RISIDAGI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSI»

Tashkent State Technical University Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo Civil Society and a People-Friendly State_etishning huquqiy kafolati

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT TILI TO'G'RISIDAGI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSI

Inagamova Mafura Muxtarxanovna

(PhD), dotsent

Malika Bekmurod qizi Dilmurodova

Toshkent davlat transport universiteti, 2-kurs talabasi

Har bir mamlakatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarida ish yuritish uchun rasmiy belgilangan til - davlat tili hisoblanadi. Aytish joizki, ko'p millatli davlatlar konstitutsiyalarida qaysi davlat tili rasmiy til ekanligi belgilab qo'yiladi. Dunyo bo'ylab ko'plab davlatlarning rasmiy tili va davlat tili birxildir. Ammo ba'zi bir mamlakatlarning rasmiy tili davlat tilidan farqlanadi. Masalan, Shveysariya konstitutsiyasiga binoan nemis, fransuz, italyan tillari - rasmiy til, nemis, fransuz, italyan va retoroman tillari - davlat tili sanaladi. Xuddi shuningdek, malakatimizning Bosh Qomusida ham O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir deb belgilab qo'yilgan. [1]

Davlat tiliga bo'lgan e'tibor va uning ahamiyatlilik darajasi xorijiy davlatlar misolida o'rganib chiqadigan bo'lsak, Germaniya davlati qonunchiligiga ko'ra rasmiy til sifatida nemis tili belgilangan. Agar davlat idoralariga fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan davlat tilidan boshqa tilda murojaat kelib tushadigan bo'lsa, mas'ul davlat organi ushbu murojaatni nemis tiliga tarjima qilinishini talab qiladi. Chunki, har qanday murojaatlar nemis tilidan boshqa tilda ko'rib chiqilmaydi.

Xuddi shuningdek, Fransiyada ham rasmiy til sifatida fransuz tili davlatning asosiy qonunchiligida belgilab qo'yilgan. Davlat tashkilotlari tomonidan ish yuritish fransuz tilida olib boriladi. Atamalarning fransuz tilidagi ma'nosi turganda, ingliz tili yoki boshqa tillardan foydalanish taqiqlanadi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, fransuz xalqining yarmidan ko'p qismi boshqa tillarda so'zlashadi. Qonun talablariga rioya qilmagan boshqa til peshlavhasi yoki yorlig'i yozilgan mulk musodara qilinishi mumkin.

Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, Sobiq Sho'rolar davridagi Konstitutsiyada barcha millat va elatlarning teng huquqliligi aytilgan bo'lsa ham, ammo davlatning rasmiy tili - rus tili hisoblangan. Barcha turdagi ish qog'ozlari, gazetalar, telegramma va pochtalar rus tilida olib borilgan. Bunday holatlar rus tilini bilmaydigan xalqimiz uchun bir qancha

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

290

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State_

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

muammolarni keltirib chiqargan. Xuddi shunday davrlarda ma'rifatparvarlarimizning jonkuyarliklari bilan, o'zbek tiliga davlat tili maqomini berish g'oyasi ilgari surila boshlanadi va keng jamoatchilikka e'lon qilinadi. Nihoyat, 1989-yil 21-oktabrda o'zbek tili O'zbekiston Respublikasining rasmiy tili deb e'lon qilindi. Shundan so'ng, barcha ish qog'ozlari, davlatning rasmiy hujjatlari o'zbek tilida yuritiladigan bo'ldi. Mazkur qonun o'zbek xalqi milliy ongining rivojlanishida, mustaqillikni yanada mustahkamlashda, milliy qadriyat va an'analarimizni tiklanishida muhim rol o'ynadi. [2]

"Davlat tili to'g'risida" gi qonun qabul qilgandan ikki yil o'tib, davlatimiz tarixida muhim voqea sodir bo'ldi. Dunyoning bir yuz yigirmadan ortiq davlati tomonidan tan ollingan kun - O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini qo'lga kiritdi. Qisqa vaqt ichida respublikamizning jahon hamjamiyati oldidagi obro'si oshdi. Jumladan, 1992-yil 2-mart kuni O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'ldi.

Mustaqillikka erishgandan so'ng mamlakatda yuz berayotgan jarayonlar Sobiq Ittifoq tarkibida bo'lgan va har qanday ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlarga qarshi bo'lingan bir davrda qabul qilingan Davlat tili to'g'risidagi qonunning bir qancha moddalariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishni taqozo qildi. [3] Buning natijasida 1995-yil 21-dekabrdagi 167-I-sonli "O'zbekiston Respublikasining Davlat tiliga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida" gi yangi tahrirdagi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunga ko'ra o'zbek tilining davlat tili sifatida amal qilinishining huquqiy asoslari ushbu qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilandi. O'zbekiston Respublikasi hududida yashovchi barcha millat va elatlarga o'zbek tilini o'rganishi uchun shart-sharoit yaratish hamda boshqa millatlarning ona tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo'lish ta'minlandi.[4] Davlat tilini o'qitish esa bepul bo'lib, boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash huquqiy javobgarlikni keltirib chiqarishi mustahkamlandi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 42 -moddasiga muvofiq, Fuqarolarning tarbiya va ta'lim berishda tilni erkin tanlashdan iborat huquqini buzish, tildan foydalanishda to'sqinlik qilish va cheklash, davlat tilini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasida yashovchi boshqa millatlar va elatlarning tillarini mensimaslik ma'muriy huquqbuzarlikni keltirib chiqarishi belgilab qo'yilgan.

Ta'lim tarbiya ishlari o'zbek tilidan tashqari tojik, qozoq, rus, ingliz, koreys, turkman va qirg'iz tillarida ham amalga oshiriladi. Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi hududida yashovchi fuqarolar, qaysi til ularning ona tilisi bo'lishidan qat'iy nazar ular qonun

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

oldida tengdirlar. O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi davlatimizda yashovchi fuqarolarning, millat va elatlarning o'z ona tillarida so'zlashishlariga monelik qilmaydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'zbek ti liga davlat tili maqomi berilganining o'ttiz yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida "Globallashuv sharoitida milliy tilimizning sofligini saqlash, uning lug'at boyligini oshirish, turli sohalarda zamonaviy atamalarning o'zbekcha muqobilini yaratish, ularning bir xil qo'llanishini ta'minlash dolzarb vazifa bo'lib turibdi. Yana bir muhim vazifa fundamental tadqiqotlar, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, tibbiyot va boshqa tarmoqlarda davlat tilini to'laqonli qo'llash bilan bog'liq" [5] deb ta'kidlab o'tgan edi.

Bundan uch yil oldin Adliya vazirligi tomonidan davlat tilida ish yuritishni to'la ta'minlash maqsadida mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgan bo'lib, unga ko'ra O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 42-moddasi "Davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritishda davlat tili haqidagi qonun talablariga rioya etmaslik, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi" deb belgilab qo'yilgan. [6]

Xulosa o'rnida aytish joizki, davlat o'zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta'minlaydi. Shu asosda yurtimizda o'zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishiga doir ko'plab ilmiy izlanishlar, loyihalar olib borilmoqda. Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha nashriyot matbaa-ijodiy uyalari tomonidan ona tilimizning jozibasini namoyon etishga doir nashrlar chop etilib, kitobxonlar e'tiboriga havola etilayotganini alohida qayd etish lozim.

REFERENCES

1. til.gov.uz Isroilova Hurriyat Axrorovna Sharof Rashidov tumani hokimining maslahatchisi.

2. Konstitutsiyaviy islohotlar - ayol huquqlari himoyasining garovi // Konstitutsiya - tinchlik va taraqqiyot kafolati: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 27 yilligi bayramini nishonlash maqsadida o'tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (2019 yil 5 dekabr). -T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2020. -B.121-125.

3. M.M.Inagamova. Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyada qonun ustuvorligini ta'minlash va mahalla instituti

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

292

Tashkent State Technical University

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

faoliyatining samaradorligini oshirishning tashkiliy-huquqiy masalalari (tahliliy-statistik ma'lumotlar asosida). Multidisciplinary Scientific Journal.

4. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 257-modda; O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2004 -y., 51-son, 514-modda; 2010-y., 37-son, 313-modda; 2011-y., 41-son, 449-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 -y., 03/21/683/0375-son.

5. O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning nutqi. 21.10.2022

6. O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks. 22.09.1994.

Civil Society and a People-Friendly State

etishning huquqiy kafolati

https://tstu.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

December 1-7, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.