Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI ERKINLIGI'

YANGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI ERKINLIGI Текст научной статьи по специальности «Право»

46
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI ERKINLIGI»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

YANGI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY AXBOROT

VOSITALARI ERKINLIGI

Mafura Muxtarxanovna Inagamova

Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, (PhD), dotsent

Farangiz Sayfiddin qizi Yo'ldosheva

Toshkent Davlat transport universiteti, 2-kurs talabasi.

Axborotlashgan jamiyatda bugungi kunda dunyo shiddat bilan rivojlanmoqda. Insonlar axborot olishining asosiy manbai bu internet bo'lib qolmoqda. Mafkura olamining eng kuchli quroliga aylangan axborot tizimi dolzarb muammolarni muhokama qilishning eng ta'sirchan tizimiga aylanib ulgurdi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmog'i, kosmik aloqa yo'ldoshlari, radiosignal, kabel televideniyasi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda 2 milliarddan ortiqroq kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning to'g'riligini tasdiqlaydi. [1]

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining aynan ommaviy axborot vositalarining huquqiy asoslari (81-82-moddalar) belgilab qo'yilgan . Unga ko'ra ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar. Shuningdek, davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo'lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaganligi hamda ommaviy axborot vositalari o'zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgar ekanligi belgilab qo'yilgan. Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4151-son qaroriga asosan 2019-yil 1-oktabrdan e'tiboran shunday tartib o'rnatilsinki, unga muvofiq bolalar adabiyotlari, shuningdek, nogironligi bo'lgan shaxslar uchun mo'ljallangan mahsulotlar chop etishga ixtisoslashgan nashriyotlar noshirlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berganlik uchun davlat boji to'lashdan ozod qilinadi kabi imkoniyatlar belgilab qo'yilgan. [2] O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 27-iyun matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida "So'z va matbuot erkinligini, axborot olish va uni tarqatish huquqini ta'minlash masalasini inson qadrini

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

ulug'lash, demokratik jamiyat va xalqparvar davlat qurishga qaratilgan taraqqiyot strategiyasining muhim va ajralmas qismi" deb bilishini ta'kidladi. Birinchi marta o'tgan yil yakunlariga ko'ra davlat organlari va tashkilotlarida amalga oshirilgan ishlarni baholash bo'yicha ochiqlik indeksi natijalari e'lon qilingani so'z erkinligi yo'lidagi "muhim qadam" deb ataldi. [3]

Ma'lum qilinishicha, hozirgi kunda O'zbekistonda 2140 ta yoki 2016-yilga nisbatan 626 taga ko'p ommaviy axborot vositasi faoliyat yuritmoqda, ularning 65 foizi nodavlat media vositalaridir. An'anaviy nashrlar bilan birga internet nashrlar ham jadal rivojlanib, ularning soni 745 taga yetdi. So'nggi yillarda respublika nashriyotlari tomonidan 132 million nusxa badiiy kitob va boshqa adabiyotlar chop etildi. [4]

"Hozirgi vaqtda yer yuzining turli burchaklarida yuz berayotgan, barchamizni tashvish va xavotirga solayotgan voqealarni hisobga oladigan bo'lsak, global dunyoda axborotlashuv jarayonlarining tahdidli jihatlari ham borligi va ular tobora kuchayib borayotganidan ko'z yumolmaymiz.

Dunyoning ayrim mintaqa va hududlarida ommaviy axborot vositalari muayyan siyosiy kuchlar qo'lida informatsion urushni avj oldirishga, jamoatchilik fikrini chalg'itishga, oqni - qora, qorani - oq deb ko'rsatishga xizmat qilayotganini afsus bilan qayd etishga to'g'ri keladi.

Axborot makonidagi ustunlik ko'p narsani hal etadigan bugungi murakkab vaziyatda xalqimiz siz, azizlarni demokratik matbuotning asosiy sharti va talabi bo'lgan xolislik, haqqoniylik, milliy manfaatlarimizga sodiqlik kabi prinsiplarga amal qilib, o'z bilim va salohiyati, o'tkir qalami va haroratli so'zi bilan jamoatchilikka ijtimoiy jarayonlar mohiyatini anglab yetishga ko'maklashadigan, ularni buzg'unchi axborot xurujlaridan himoya qiladigan fidoyi insonlar deb biladi.

Biz jamiyat hayotida uchrayotgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, byurokratiya va korrupsiya kabi illatlarga qarshi kurashishda, avvalo, siz hurmatli jurnalist va blogerlar, ayniqsa, milliy media makonimizga yangi g'oya va tashabbuslar bilan kirib kelayotgan iste'dodli yoshlarimizga tayanamiz", [5] — dedi Shavkat Mirziyoyev o'z nutqida.

O'zbekistonda jamoatchilik bilan aloqalar, xalq bilan muloqot muhim ijtimoiy institutga aylanmoqda. Jamoatchilik fikri- fuqarolik jamiyatini o'zida aks ettiradigan bamisli bir ko'zgu ekanligi hayotda o'z isbotini topmoqda.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, hayot ko'zgusi hisoblanmish matbuot "to'rtinchi hokimiyat" darajasiga ko'tarilmog'i lozimligi ko'p bor ta'kidlangan. Bu borada hali

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

oldimizda turgan vazifalar juda ko'p. Shunday ekan mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ommaviy axborot vositalari beqiyos o'ringa ega.

Ma'lumki, fuqarolarimizning axborot sohasidagi huquq va manfaatlarini ta'minlash, davlat va jamoatchilik o'rtasida ochiq va samarali muloqot olib borish bo'yicha ommaviy axborot vositalarining roli va ta'sirini oshirish maqsadida 2014 yil 5 mayda «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida»gi qonun qabul qilingan.

Mazkur Qonun ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining yanada shaffof, ochiq bo'lishini, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardan, respublikamizda va undan tashqarida yuz berayotgan voqea-hodisalar haqidagi fikrlar xilma-xilligi va siyosiy plyuralizmni hisobga olgan holda amalga oshirilayotgan davlatning ichki va tashqi siyosatidan aholining to'liq xabardorligini ta'minlash yo'lida muhim huquqiy asos vazifasini bajarmoqda.

REFERECES

1. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan yo'llagan tabrigidan

2. M.M.Inagamova. Konstitutsiyaviy islohotlarda inson-jamiyat- davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. T.: 2023. E. 59-64.

3. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 02.02.2019-y., 07/19/4151/2569-son; 28.06.2019-y., 07/19/4366/3343-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 26.04.2022-y., 07/22/221/0357-son)

4. M.M. Inagamova. R.I.Rahmatullayev. Konstitutsiya kelajagimizning huquqiy kafolatidir / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1

5. M.Nurmetova.O'zDJTU magistri. Ommaviy Axborot Vositalari-jamiyat ma'naviy taraqqiyotining muhim elementi sifatida.

6. Dadasheva A.A.. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro institutlar (2023) InnovatsionnLie issledovaniya v sovremennom mire: teoriya i praktika 2 (17), 87-90

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

175

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

7. Kasimova A.A Роль женщины в современной науке Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234

8. Egamberdieva N.X.. Delikt majburiyatlarning xuquqiy tabiyati O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasming Oliy o'quv kurslari AXBORATNOMASI

9. Inagamova M.M Ayol huquqlarini himoya ilishda ichchki ishlar organlari ishtirokining huquqiy mexanizlarini takomillashtirish (Scienceweb academic papers collection)

10. Dadasheva A. A THE ROLE OF MASS MEDIA IN THE DEVELOPMENT OF CIVIL SOCIETY IN NEW UZBEKISTANE ducational Research in Universal Sciences 2 (4), 203-207

11. Malikov, B. Q. (2021). ShARQ MUTAFAKKIRLARINING DAVLAT XIZMATLARIGA DOIR SIYOSIY QARAShLARI. Scientific progress, 7(4), 207212.

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

176

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.