Научная статья на тему 'MILLATLARARO MUNOSABATLAR MUVOZANATINI TA’MINLASh – BARQARORLIK GAROVI'

MILLATLARARO MUNOSABATLAR MUVOZANATINI TA’MINLASh – BARQARORLIK GAROVI Текст научной статьи по специальности «Право»

14
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLATLARARO MUNOSABATLAR MUVOZANATINI TA’MINLASh – BARQARORLIK GAROVI»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

MILLATLARARO MUNOSABATLAR MUVOZANATINI TA'MINLASh -

BARQARORLIK GAROVI

N.Yu. Jo'raboev

TDTrU dotsenti E-mail: juraboyevnosir4@gmail .com

K. U. Ismoilova, S. K. Kalbaev

TDTrU talabalari

Millatlararo totuvlik g'oyasi cayyoramizda yashayotgan 1600 dan ziyod etnik guruhlarning teng huquqlilik, o'zaro hurmat va hamkorlik asosida tinch-totuv yashash g'oyasidir.. U barcha millat va elatlarni tili, urf-odati, an'analari, bayramlari rivojlanishini talab etadi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq milliy siyosatning o'ziga xos yo'li ishlab chiqildiki, ayni shu siyosat milliy bag'rikenglikning barqaror rivojlanishiga zamin yaratdi.

O'zbekistonda yashovchi turli millat vakillarining madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy madaniy markazlari faoliyat yurita boshladi. Dastlabki milliy madaniy markazlar koreyslar, qozoqlar, yahudiylar, armanlar tomonidan respublika viloyatlarida 1989 yilda tashkil etilgan edi. Bu markazlarning chinakam rivojlanishi va ravnaq topishi O'zbekistonning mustaqillikka erishgandan keyin boshlandi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 13 yanvardagi qarori bilan tashkil etilgan Respublika Baynalmilal markazlar markazi esa ushbu milliy madaniyat markazlar faoliyatini muvofiqlashtirib, ularga yordam ko'rsatadi

Bugungi kunda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 150 ta milliy madaniy markaz, 38 ta do'stlik jamiyati va xorijdagi vatandoshlarning 38 ta jamiyati bilan hamkorlik qilib kelayotganligini ta'kidlash kerak. Bugungi kunda Respublika baynalmilal madaniyat markazi mamlakatda yashayotgan turli millat vakillarining ma'naviy-ma'rifiy muloqot maskaniga, ziga xos do'stlik uyiga aylangan.

O'zbekistonda mamlakat Prezidenti rahbarligida O'zbekiston Respublikasi davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini mustahkamlash, jamiyatda millatlararo totuvlik va bag'rikenglikni yanada kuchaytirish, yurtimizda istiqomat qilayotgan xalqlarning etnik-madaniy o'ziga xosligini saqlab qolish, jinsi, irqi, millati, tili yoki diniy mansubligi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

196

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

nazar kamsitishlarga yo'l qo'ymaslikka qaratilgan samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri - jamiyatda yuzaga kelish ehtimoli bo'lgan kelishmovchiliklar va nizoli vaziyatlardan erta ogoh qilish va ularning oldini olish bo'yicha faoliyatni tashkil etish uchun asos sifatida millatlararo munosabatlarning holatini muntazam monitoring qilish hisoblanadi. Xusuan,"Ijtimoiy fikr" respublika jamoatchilik fikrini o'rganish Markazi mamlakatda bag'rikenglikka asoslangan millatlararo munosabatlar madaniyati, millatlararo munosabatlarning holati va rivojlanish tendensiyalarini aniqlash hamda O'zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari teng huquq va erkinliklarining ta'minlanishi darajasi to'g'risida o'zbekistonliklarning fikrini o'rganish maqsadida va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning "Millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq, "O'zbekistonda millatlararo munosabatlar jamoatchilik fikri ko'zgusida" mavzusidagi kompleks sotsiologik tadqiqotlarni har yili monitoring tartibida o'tkazib keladi. Tadqiqotlar natijalari davlatning milliy siyosati, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorligi, mamlakat fuqarolarining xayrixohligi, etnik va diniy bag'rikenglik fuqarolarning millatlararo va fuqarolik totuvligining asosiy omillari ekanligidan dalolat bermoqda.

2019 yilning 15-noyabrida qabul qilingan "Millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasida davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining farmonida (PF-5876-son) sohaga doir quyidagi muhim jihatlar alohida ta'kiblab o'tilgan:"So'nggi yillarda davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri — jamiyatda millatlararo totuvlik va bag'rikenglikni ta'minlash, do'stlik muhitini va ko'p millatli katta yagona oila tuyg'usini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma'rifiy aloqalarni kengaytirishga yo'naltirilgan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi [1].

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoidalari turmushga faol tatbiq etilmoqda, bu qoidalar O'zbekiston Respublikasining fuqarolari millatidan qat'i nazar O'zbekiston xalqini tashkil etishini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi o'zining hududida yashovchi millat va elatlarning tili, urf-odati va an'analariga hurmat bilan munosabatda bo'lishni, ularni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini e'lon qiladi va kafolatlaydi" Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida shunday

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

deyilgan:"O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi". Yoki, Konstitutsiyamizning 19 -moddasida:" O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar" - deb qayd etilgan [2].

Fuqarolarning ushbu huquqlarini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi tashkil etilgan bo'lib, u o'z faoliyatini yuritmoqda hamda jamiyatda millatlararo totuvlik va bag'rikenglikni ta'minlash bo'yicha davlat siyosatini izchil amalga oshirib kelmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan 130 dan ziyod millat va elatlarning vakillari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari taqdim etgan teng huquq va imkoniyatlardan foydalanib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va ijtimoiy sohada, ilm-fan va madaniyat sohalarida samarali mehnat qilib, Vatanimizning gullab-yashnashiga va uning mustaqilligini mustahkamlashga, respublikaning xalqaro maydondagi obro'-e'tibori va imijini oshirishga munosib hissa qo'shib kelmoqdalar.

Amalga oshirilayotgan ustuvor yo'nalishlar sur'atini, keng ko'lamli demokratik islohotlarni, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy jihatdan erkinlashtirish va jamiyat hayotining boshqa jabhalarida erishilgan salmoqli muvaffaqiyatlar tahlili O'zbekiston xalqi yagona g'oya — O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha oliyjanob maqsadlar va g'oyat muhim vazifalarga erishishdan iborat yagona maqsad atrofida birlashganligini ta'kidlash uchun barcha asoslarni beradi.

Shu bilan birga, xalqaro va mintaqaviy munosabatlarda davom etayotgan

globallashuv va transformatsiya, dunyoda iqtisodiy, siyosiy, milliy, diniy va boshqa

ziddiyatlar kuchayib, axborot va kibermakonlarida qarama-qarshi kurash ortib

borayotgan bir sharoitda millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan

do'stlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida o'z yechimini taqozo etayotgan bir

qator dolzarb masalalar saqlanib qolmoqda, quyidagilar shular jumlasidan:

millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada

rivojlantirish sohasida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi

hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o'zaro

hamkorlik darajasini yanada oshirish; jamiyatda yuzaga kelishi

mumkin bo'lgan mojaroli vaziyatlar va ixtiloflarning barvaqt

B^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^M^ecember 1-7, 2023 https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

oldini olish va ularni profilaktika qilish bo'yicha faoliyatni tashkil etish asosi sifatida joylarda millatlararo munosabatlar holatini monitoring qilish tizimi va mexanizmlarini yo'lga qo'yish; millatlararo muomala madaniyatini tarbiyalash, O'zbekiston xalqining tarixi va an'analarini o'rganish bo'yicha ta'lim, axborot va madaniy-ma'rifiy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish; millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat organlari mutaxassislarini, shuningdek, boshqa tashkilotlar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi ishlarni takomillashtirish.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatini izchil amalga oshirish va yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq quyidagilar millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari etib belgilangan: millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida O'zbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan, shu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish; millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada rivojlantirish, respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, an'analari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish sohasida O'zbekiston Respublikasining davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun qo'shimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish; jamiyatda ko'p millatli katta oila his-tuyg'usini, respublikamizda yashayotgan turli millat va elat vakillari o'rtasida do'stlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, fuqarolarning teng huquqliligini ta'minlash, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik; millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida xalqaro hamkorlikni va chet mamlakatlar bilan do'stona aloqalarni rivojlantirish, vatandoshlarni qo'llab-quvvatlash va xorijdagi o'zbek diasporalari bilan yaqin hamkorlik qilish, O'zbekistonning jahon maydonidagi obro'-e'tibori va imijini oshirish; O'zbekiston Respublikasining davlat va jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor maqsadlarni, ilg'or xorijiy tajribani

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

e'tiborga olgan holda millatlararo munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish [3].

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy siyosat umume'tirof etilgan xalqaro huquq me'yorlariga hamohang holda O'zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat vakillarining o'zaro totuvligini ta'minlab kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev

ta'kidlaganidek:"Bag'rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O'zbekistonda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biridir» [4].

REFERENCES

1. "Millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasida davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida". - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (15.11. 2019 y., PF-5876-son).

2. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Yangi tahriri). -T., 2023 y.

3. "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida". - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (07.02.2017 y., PF-4947-son).

4. Mirziyoev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T., 2021 y.

5. Маликов, Б. К. (2021). ШАРК МУТАФАККИРЛАРИНИНГ ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИГА ДОИР СИЁСИЙ КАРАШЛАРИ. Scientific progress, 7(4), 207-212.

6. Н. Ш. Юнусова (2022). ЁШ МУТАХАССИСЛАРНИ ТАРБИЯЛАШДА КАДРИЯТЛАРНИНГ УРНИ. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 339-341.

7. Sharifovna, Y. N. (2021). Theoretical Fundamentals of Spiritual Culture Research. American Journal of Social and Humanitarian Research, 2(9), 111-115

8. Nosirov Rashod Adilovich1, Yunusova Nasiba Sharifovna2, Akbarova Laylo Upashevna3, Temirova Svetlana Vladimirovna4, Nazarova Nilufar Juraevna5. THE PHENOMENON OF FRIENDSHIP IN THE SOCIAL VIEWS OF EASTERN THINKERS. JOURNAL o f CRITICAL REVIEWS. - 4695-4698, 2020-yil.

9. Yunusova Nasiba Sharifovna. (2021). Mass Cultureand Informational-Psychological Security in The Modern Process. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 9, 68-72.

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

200

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.