Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA YAGONA OILA TUYG‘USINI MUSTAHKAMLAShDA DO‘STLIK JAMIYATLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI'

O‘ZBEKISTONDA YAGONA OILA TUYG‘USINI MUSTAHKAMLAShDA DO‘STLIK JAMIYATLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Право»

11
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA YAGONA OILA TUYG‘USINI MUSTAHKAMLAShDA DO‘STLIK JAMIYATLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI»

Tashkent State Technical University Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

O'ZBEKISTONDA YAGONA OILA TUYG'USINI MUSTAHKAMLAShDA DO'STLIK JAMIYATLARINING O'RNI VA AHAMIYATI

N. Yu. Jo'raboev

TDTrU dotsenti E-mail: juraboyevnosir4@gmail .com

N. O. Toshimova, G. B. Ro'zimurodova

TDTrU talabalari

Yaqin tariximizdan ma'lumki, O'zbekistonning xorijiy davlatlar bilan o'rnatgan do'stlik va madaniy-ma'rifiy aloqalari XX-asrning 20-yillari oxirida boshlangan edi. O'shanda Toshkent shahrida Chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar jamiyatining O'rta Osiyo bo'limi tashkil topgan. U 1947 yildan «O'zbekiston bo'limi», 1953 yildan esa «O'zbekiston jamiyati» deb atala boshladi. 1997 yil 15-mayda O'zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik va madaniy-mrifiy aloqalar jamiyatlari kengashi ta'sis etildi.Chet mamlakatlar bilan do'stlik va madaniy-ma'rifiy aloqalarni zamon talablari asosida rivojlantirish, O'zbekiston hayotining turli jabhalarida erishilayotgan yutuqlarni chet ellarda keng targib qilish, xorijiy mamlakatlar jamoatchiligini xalqimizning boy tarixi, madaniyati, adabiyoti va san'ati bilan muntazam tanishtirib borish, xalq diplomatiyasi imkoniyatlaridan kengroq foydalanish Kengashning asosiy vazifasidir.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bag'rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e'tiqodidan qat'i nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O'zbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor yo'nalishlaridan biri etib belgilangan.

Bugungi kunda respublikamizda faol «xalq diplomatiyasi» asosida chet eldagi vatandoshlarimiz bilan muntazam va o'zaro foydali munosabatlarni yo'lga qo'yish, xorijiy mamlakatlar bilan do'stona munosabatlarni va madaniy-ma'rifiy aloqalarni mustahkamlash orqali o'z faoliyatini O'zbekistonda yashab kelayotgan barcha millat va etnik diasporalarning tarixi, madaniyati, ma'naviy qadriyatlari, milliy an'analari va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish tamoyillariga asosan olib borayotgan Respublika

December 1-7, 2023 https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo etishning huquqiy kafolati

baynalmilal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniy markazlar, O'zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik va madaniy-ma'rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 ta do'stlik jamiyatlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.

Fuqarolar totuvligi barqarorligini, turli millatlar vakillari o'rtasidagi tinchlik va hamjihatlikni ta'minlashga, vatandoshlarimiz ongida ko'p millatli yagona oila tuyg'usini mustahkamlashga, milliy madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishga, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma'rifiy aloqalarni kengaytirishga, mamlakatimizning jamiyat turli sohalaridagi yutuqlari mazmun va mohiyati targ'ibotiga, shuningdek, ushbu yo'nalishda bajarilayotgan ishlarni va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali muvofiqlashtirishga yo'naltirilgan davlat siyosati bosqichma-bosqich ro'yobga chiqarib kelinmoqda.

Jamiyatda bag'rikenglik va insonparvarlik madaniyatini yuksaltirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, fuqarolar totuvligini ta'minlash, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan do'stona, teng huquqli va o'zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash O'zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bular Konstitutsiyamizda mustahkamlangan fuqarolarning irqi, millati, tili, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar, qonun oldida tengligi tamoyillari hamda turli millat va elatlar vakillarining tili, urf-odatlari va an'analarini hurmat qilish, ularni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga asoslanadi [1]. Zero, jamiyatda do'stlik va ahillik, tinchlik va barqarorlik muhitini mustahkamlash ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, gumanitar va ma'naviy sohalarda islohotlarni izchil amalga oshirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishning muhim omili va zarur sharti hisoblanadi.

Bugun O'zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila bo'lib yashamoqda. Ular barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilib, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurishga va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga katta hissa qo'shmoqdalar. Mustaqillik yillarida milliy madaniy markazlarning 120 dan ortiq faoli davlat mukofotlariga sazovor bo'ldi, orden va medallar bilan taqdirlandi, jumladan, 14 nafariga «O'zbekiston Qahramoni» yuksak unvoni berildi.

Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 milliy madaniy markaz, O'zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik va madaniy-ma'rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 do'stlik jamiyati faoliyati O'zbekistondagi barcha millatlar va elatlarning tarixi, madaniyati, ma'naviy qadriyatlari, an'ana hamda urf-odatlarini asrash va har

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

tomonlama rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish, jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirishda muhim o'rin tutadi.

Ular «xalq diplomatiyasi» mexanizmidan faol foydalangan holda tinch va farovon hayotni asrash, xorijiy mamlakatlar bilan do'stona munosabatlar va madaniy-ma'rifiy aloqalarni rivojlantirish, chet eldagi hamyurtlar bilan yaqin va o'zaro manfaatli munosabatlarni yo'lga qo'yishga salmoqli hissa qo'shmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz ta'lim muassasalarida o'qish 7 tilda olib borilmoqda. Teleradioko'rsatuv va eshittirishlar 12 tilda efirga uzatilmoqda, gazeta va jurnallar 10 dan ortiq tilda chop etilmoqda.

2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi va amalga oshirilishi, biz yashayotgan bugungi davrning o'zi davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakat atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo'shnichilik muhitini yaratishga qaratilgan puxta o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy siyosatni yuritish, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millat vakillari o'rtasida o'zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishni taqozo etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni jamiyatda barqarorlik, tinchlik va totuvlikni ta'minlash, fuqarolar ongida katta, ko'p millatli yagona oilaga mansublik tuyg'usini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma'rifiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan [2].

Millatlararo totuvlik, o'zaro do'stlik rishtalarini yanada rivojlantirish haqida 2020 yil 29 dekabr kuni Prezidentimizning Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatida ham ta'kidlandi. Parlamentga Murojaatnomada Prezidentimiz tomonidan ko'tarilgan masalalar orasida hududimizda yashab kelayotgan ko'pmillatli xalqimizning azaliy do'stona munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslari shu sohada davlatimiz rahbari olib borayotgan oqilona siyosatining namunasi ekanligini yana bir karra isbotlaydi.

O'tgan yilgi Murojaatnomada 30 iyul - Xalqaro do'stlik kuni munosabati bilan "Do'stlik" haftaligini tashkil etish hamda ushbu haftalik doirasida "Do'stlik" xalqaro forum-festivalini o'tkazish taklifi ilgari surilgan edi. Shuningdek "Xalqlar do'stligi" ko'krak nishonini

| 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

ta'sis etish haqidagi tashabbus ham qo'llab-quvvatlandi. Bu yil esa, ushbu sanani O'zbekistonda "Xalqlar do'stligi kuni" deb belgilash taklifi, ilgari surilgan tashabbuslarning mantiqiy davomi bo'ldi

Shuningdek, Respublika baynalmilal madaniyat markazi va O'zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik va madaniy-ma'rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi negizida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasining tashkil etilganligi ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Mazkur Qo'mita zimmasiga jamiyatda millatlararo totuvlik va bag'rikenglikni ta'minlash, tinchliksevar siyosatni, mamlakat hayotining barcha sohalarida erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlarni keng targ'ib qilish, xalqaro hamjamiyat, shu jumladan, chet eldagi hamyurtlarimiz diasporasi bilan do'stlikni mustahkamlashga doir davlat siyosatini izchil amalga oshirish vazifasi yuklanadi.

Qo'mita millatlararo totuvlik, do'stlik va hamjihatlik tamoyillarini qaror toptirish, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash, muvofiqlashtirish va rag'batlantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, milliy madaniy markazlarga amaliy va metodik yordam ko'rsatmoqda, ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlab, millati, irqi va diniy e'tiqodidan qat'i nazar, fuqarolar ongida ko'p millatli yagona oila tuyg'usini mustahkamlash, «O'zbekiston — umumiy uyimiz» tamoyilini amalga oshirish choralarini ko'rmoqda [3].

Xulosa qilib aytganda, bu borada olib borilayotgan ishlar yoshlarni bag'rikenglik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, tarix, madaniyat, milliy an'ana va urf-odatlarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashga, millatchilik va ekstremizm aqidalariga qarshi mafkuraviy immunitetga ega, mustaqillik g'oyala riga sodiq, O'zbekiston milliy manfaatlarini himoya qiladigan va ilgari suradigan ma'naviy barkamol avlodni shakllantirishga xizmat qilishi shubhasizdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Yangi tahriri). -T., 2023 y.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni (19.05.2017 y., PF-5046-son). - https://lex.uz/docs/3210345

3. Mirziyoev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T., 2021 y.

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

208

Tashkent State Technical University Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo Civil Society and a People-Friendly State_etishning huquqiy kafolati

4. Маликов, Б. К (2021). ШАРК МУТАФАККИРЛАРИНИНГ ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИГА ДОИР СИЁСИЙ КАРАШЛАРИ. Scientific progress, 7(4), 207-212.

5. Н. Ш. Юнусова (2022). ЁШ МУТАХАССИСЛАРНИ ТАРБИЯЛАШДА КАДРИЯТЛАРНИНГ УРНИ. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 339-341.

6. Sharifovna, Y. N. (2021). Theoretical Fundamentals of Spiritual Culture Research. American Journal of Social and Humanitarian Research, 2(9), 111-115

7. Nosirov Rashod Adilovich1, Yunusova Nasiba Sharifovna2, Akbarova Laylo Upashevna3, Temirova Svetlana Vladimirovna4, Nazarova Nilufar Juraevna5. THE PHENOMENON OF FRIENDSHIP IN THE SOCIAL VIEWS OF EASTERN THINKERS. JOURNAL o f CRITICAL REVIEWS. - 4695-4698, 2020-yil.

8. Yunusova Nasiba Sharifovna. (2021). Mass Cultureand Informational-Psychological Security in The Modern Process. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 9, 68-72.

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

209

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.