Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
MILLATLARARO TOTUVLIKNI TA'MINLASh TIZIMIDA MILLIY-MADANIY MARKAZLARNING O'RNI VA AHAMIYATI
N.Yu. Jo'raboev
TDTrU dotsenti E-mail: juraboyevnosir4@gmail .com
Z. E. Boltaeva, D. B. Januzakova
TDTrU talabasi
Millataro totuvlikni ta'minlash tizimida milliy-madaniy markazlarning o'rni beqiyos ekanligi va uning ahamiyati haqida fikr yuritishdan avval, bu atamaning mazmun-mohiyati va huquqiy asoslarini qayd etib o'tish o'rinli deb hisoblaymiz. Ana shu ma'noda, milliy-madaniy markazlar, eng avvalo, O'zbekistonda yashovchi muayyan bir millat vakillarining milliy-madaniy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi jamoat tashkilotlaridir. Milliy-madaniy markazlar "O'zbekiston Respublikasining jamoat tashkilotlari to'g'risida"gi (1991 yil, 15 fevral, № 223-XII.) qonuni [1] hamda o'z Nizomiga asoslangan holda faoliyat ko'rsatadi. Inson huquqlari to'g'risidagi Umumiy deklaratsiyaga [2] O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asoslanib [3], ushbu Qonunda fuqarolarning jamoat birlashmalarini tuzish erkinligi ularning ajralmas huquqi sifatida mustahkamlab qo'yilgan.
Shuningdek, milliy-madaniy markazlar muayyan millatga xos bo'lgan milliy madaniyat, til, urf-odat, an'ana va taomillarni o'rganish, saqlab qolish va rivojlantirishdan manfaatdor bo'lgan O'zbekiston fuqarolarini ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ular O'zbekiston Respublikasining «Nodavlat va notijorat tashkilotlar to'g'risida»gi qonuni (1999 yil, 14 aprel)ga asoslangan holda tuziladi [4]. Nizomi tegishli adliya tashkilotlari (Adliya vazirligi yoki viloyat va shahar adliya idoralari) tomonidan ro'yxatga olinadi. O'z faoliyatini bevosita yoki jamoalardagi bo'limlari orqali O'zbekiston Respublikasi qududida amalga oshiradi.
Ma'lumki, ko'pmillatli O'zbekiston hududida dastlabki Milliy-madaniy markazlarlar koreyslar, qozoqlar, yahudiylar, armanlar tomonidan respublika viloyatlarida 1989 yilda tuzila boshlangan edi. Ammo bu markazlarning chinakam rivojlanishi va ravnaq topishi O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin boshlandi. O'zbekiston mustaqilligi munosabati bilan ularning samarali faoliyat kursatishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Natijada Milliy-madaniy markazlar soni yil sayin ortib bordi.
December 1-7, 2023 https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
Agar 1992 yilda ularning soni 10 tani tashkil etgan bo'lsa, 1995 yilda 72 tani, 2003 yilda 135 tani tashkil etdi.
Dastlabki milliy-madaniy markazlarlar koreyslar, qozoqlar, yahudiylar, armanlar tomonidan respublika viloyatlarida 1989 y. da tuzildi. Bu markazlarning chinakam rivojlanishi va ravnaq topishi O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin boshlandi. O'zbekiston mustaqilligi munosabati bilan ularning samarali faoliyat kursatishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Natijada Milliy-madaniy markazlar soni yil sayin ortib bordi. Agar 1992 y. 10 ta Milliy-madaniy markazlar ish olib borgan bo'lsa, 1995 y. da ularning soni 72 taga, 2003 y. ga kelib esa 135 taga yetdi.
Milliy-madaniy markazlar faoliyatining muhim yo'nalishlaridan biri - bu O'zbekiston Respublikasida yashovchi turli millat vakillarining respublika ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy hayotida faol ishtirok etishini ta'minlashdan iboratdir Shuningdek, xorijiy mamlakatlardagi turdosh tashkilotlar hamda tarixiy vatanlari bilan do'stlik, hamkorlik, madaniy-ma'rifiy aloqalar o'rnatish va hamdo'stlik aloqalarini rivojlantirish, Respublika baynalmilal madaniyat markazi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari hamda ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda mamlakatimizda fuqarolar hamjihatligi va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga ko'maklashish markazning asosiy vazifalari bo'lib hisoblanadi. Belgilangan maqsad va vazifalarga erishish uchun markazlar quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi: musiqa va teatr studiyalarini, ona tili, tarix, yozuv, adabiyot, xalq og'zaki ijodi, teatr va rassomchilik san'ati, milliy urf-odatlar va hunarmandchilik, milliy sport va o'yinlar turlarini o'rganish bo'yicha o'quv guruhlari va yakshanba maktablarini amaldagi qonunchilikka muvofiq tuzadi; milliy madaniyat, milliy til; milliy san'at turlari va milliy urf-odatlarni o'rganish va targ'ib qilish maqsadlarida seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, festivallar va uchrashuvlarni; xor va badiiy jamoalarni tashkil etadi. Milliy-madaniy markazlar faoliyatini Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 13 yanvardagi qarori bilan tashkil etilgan Respublika Baynalmilal madaniyat markazi muvofiqlashtib boradi.
O'zbekiston rahbariyati mavjud milliy-madaniy markazlarning mamlakatimizda millatlararo do'stlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatimizda turli millat va elat vakillari o'rtasida hukm surayotgan o'zaro hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini asrash, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yurtimizda bag'rikenglik, tinchliksevarlik va insonparvarlik muhitini qaror toptirish, milliy madaniyatlar, urf-odat va an'analarning o'ziga xosligini saqlash
|2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent State Technical University
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
va rivojlantirish, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo'shib kelayotgan hissasini munosib qadrlab kelmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 24 -yanvardagi Respublika Baynalmilal madaniyat markazining 25-yilligi munosabati bilan imzolagan farmoniga muvofiq Milliy madaniy markazlarning bir guruh faollari tegishli orden va medallar bilan mukofotlandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida» 2018 yil 28 noyabrdagi PQ-4038-son qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, madaniyat markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan "Madaniyat markazlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi (30.03.2019 yil, 264-son) qarorida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish choralarini ko'rsish nazarda tutilgan [5].
O'zbekistonda yaratilgan qulay millatlararo muhit tufayli tojik, turk va qozoq millatiga mansub aholi vakillari tomonidan 2020 yilda 7 ta yangi milliy madaniy markaz va 2 ta do'stlik jamiyati tashkil etildi. Qo'mitaning davlat ijtimoiy buyurtmasiga asosan 2020 yilda Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan milliy madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlarini qo'llab-quvvatlash uchun 600 mln so'm mablag', shuningdek 1,45 mlrd. so'mlik grant ajratildi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasining bergan ma'lumotiga ko'ra, bugungi kunda (2021 y.) mazkur Qo'mita mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 147 ta milliy madaniy markaz va 38 ta do'stlik jamiyati hamda xorijdagi vatandoshlarning 38 ta jamiyati bilan hamkorlik qilmoqda
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan ko'psonli milliy-madaniy markazlari millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglik sohasida O'zbekistonning o'z maqsadlariga sodiqligining yorqin ifodasi sifatida xizmat qilishi bilan birga, millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, tinchlik va barqarorlikni ta'minlash, xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik va madaniy-ma'rifiy aloqalarini yanada rivojlantirish hamda "xalq diplomatiyasi" vositasida chet eldagi vatandoshlar bilan munosabatlarni kengaytirishga beminnat xizmat qilmoqda.
Civil Society and a People-Friendly State
ty
etishning huquqiy kafolati
[6].
https://tstu.uz/
Republican Scientific and Practical Conference
December 1-7, 2023
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasining jamoat tashkilotlari to'g'risida"gi (1991 yil, 15 fevral, № 223-XII.) qonuni.
2. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Rezolyusiya 217 A (III) bilan 1948 yil 10 dekabrda qabul va e'lon qilingan.
3. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T., 2023 y.
4. O'zbekiston Respublikasining «Nodavlat va notijorat tashkilotlar to'g'risida»gi ( 1999 yil, 14-aprel) qonuni.
5. O'zbekiston Rempublikasi Vazirlar Mahkamasining "Madaniyat markazlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi (30.03.2019 yil, 264-son) qaror.
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi (2018 yil 28 noyabrdagi PQ-4038-son) qarori.
7. Маликов, Б. К (2021). ШАРК МУТАФАККИРЛАРИНИНГ ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИГА ДОИР СИЁСИЙ КАРАШЛАРИ. Scientific progress, 7(4), 207-212.
8. Н. Ш. Юнусова (2022). ЁШ МУТАХАССИСЛАРНИ ТАРБИЯЛАШДА КАДРИЯТЛАРНИНГ УРНИ. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 339-341.
9. Sharifovna, Y. N. (2021). Theoretical Fundamentals of Spiritual Culture Research. American Journal of Social and Humanitarian Research, 2(9), 111-115
10. Nosirov Rashod Adilovich1, Yunusova Nasiba Sharifovna2, Akbarova Laylo Upashevna3, Temirova Svetlana Vladimirovna4, Nazarova Nilufar Juraevna5. THE PHENOMENON OF FRIENDSHIP IN THE SOCIAL VIEWS OF EASTERN THINKERS. JOURNAL o f CRITICAL REVIEWS. - 4695-4698, 2020-yil.
11. Yunusova Nasiba Sharifovna. (2021). Mass Cultureand Informational-Psychological Security in The Modern Process. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 9, 68-72.
https://tstu.uz/
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
204