Научная статья на тему 'JANUBIY SURXON VOHASIDA MILLATLARARO MUNOSABATLAR, HAMDA MILLIY MADANIY MARKAZLAR FAOLIYATIDA QONUN HUJJATLARINING O`RNI'

JANUBIY SURXON VOHASIDA MILLATLARARO MUNOSABATLAR, HAMDA MILLIY MADANIY MARKAZLAR FAOLIYATIDA QONUN HUJJATLARINING O`RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
268
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy markazlar / millat / diniy bag`rikenglik / qonun hujjatlari / yaxshi qo`shnichilik / tojik milliy markazi / rus milliy markazi / national centers / nation / religious tolerance / legislation / good neighborliness / Tajik national center / Russian national center.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Usanov, Shuhrat Musurmonovich

Ushbu maqolada Janubiy O`zbekiston hududlari xususan Surxon vohasida millatlararo munosabatlar, diniy bag`rikenglik, tarixiy jarayonlar tushunchalaring hamda milliy madaniy markazlar faoliyatida qonun hujjatlaring o`rni haqida malumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF LEGAL DOCUMENTS IN THE ACTIVITIES OF INTERNATIONAL RELATIONS AND NATIONAL CULTURAL CENTERS IN THE SOUTH SURKHAN OAKH

The article provides information on interethnic relations, religious tolerance, the concept of historical processes and the role of legislation in the activities of national cultural centers in the regions of southern Uzbekistan, especially in the Surkhandarya oasis.

Текст научной работы на тему «JANUBIY SURXON VOHASIDA MILLATLARARO MUNOSABATLAR, HAMDA MILLIY MADANIY MARKAZLAR FAOLIYATIDA QONUN HUJJATLARINING O`RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

JANUBIY SURXON VOHASIDA MILLATLARARO MUNOSABATLAR, HAMDA MILLIY MADANIY MARKAZLAR FAOLIYATIDA QONUN

HUJJATLARINING O RNI

Usanov Shuhrat Musurmonovich

TTA Termiz filiali Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Janubiy O^zbekiston hududlari xususan Surxon vohasida millatlararo munosabatlar, diniy bag^rikenglik, tarixiy jarayonlar tushunchalaring hamda milliy madaniy markazlar faoliyatida qonun hujjatlaring o^rni haqida malumotlar berilgan.

Kalit so zlar: milliy markazlar, millat, diniy bag^rikenglik, qonun hujjatlari, yaxshi qo^shnichilik, tojik milliy markazi, rus milliy markazi.

ABSTRACT

The article provides information on interethnic relations, religious tolerance, the concept of historical processes and the role of legislation in the activities of national cultural centers in the regions of southern Uzbekistan, especially in the Surkhandarya oasis.

Keywords: national centers, nation, religious tolerance, legislation, good neighborliness, Tajik national center, Russian national center.

АННОТАЦИЯ

В статье представлена информация о межнациональных отношениях, религиозной толерантности, концепции исторических процессов и роли законодательства в деятельности национальных культурных центров в регионах Южного Узбекистана, особенно в Сурхандарьинском оазисе.

Ключевые слова: национальные центры, нация, религиозная толерантность, законодательство, добрососедство, таджикский национальный центр, русский национальный центр.

KIRISH

Mamlakatimizda 130 dan ortiq turli millatga mansub fuqorolar hamjihatlikda, tinch-totuv, o'zaro yaxshi qo'shnichilik tamoillari asosida istiqomat qilib kelmoqda. Bizga malumki turli mamlakatlar tarixidan boshqa millatlarga nisbatan kamsitish, ularning huquqlarini poymon qilish qatiyan xalqaro huquqiy hujjatlarda qonun doirasida cheklab qo'yilgan. Xalqaro huquqiy hujjatlardan biri hisoblangan Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasiga nazar solsak inson qadr qimmati bilan bog'liq bo'lgan quyidagi moddalarni ko'rishimiz mumkun;

1025

Scientific Journal Impact Factor

0

"Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega; bu huquq o'z dini yoki e'tiqodini o'zgartirish erkinligini va ta'limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusm hamda marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish, o'z dini yoki e'tiqodiga yakka o'zi, shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish erkinligini o'z ichiga oladi." (18-modda),

"Har bir inson e'tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq hech bir to'siqsiz o'z e'tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g'oyalarni har qanday vosita bilan davlat chegaralaridan qat'iy nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligiga ega"(19-modda),

"Ta'lim barcha xalqlar, irqiy va diniy guruhlar o'rtasida bir-birini tushunish, o'zaro xarixohlik va do'stlikka xizmat qilishi kerak"(26-modda)[1].

Demak ko'rinib turibdiki millatlararo munosabatlar butun jahon davlatlari orasida davlat siyosati darajasidagi muhum masalalardan biri hisoblanadi.

ADABIYOTLAR VA METODLAR

O'zbekiston respublikasida ham bu masala bo'yicha qator qonun loyihalari qolaversa president qaror va farmonlari ishlab chiqilib tadbiq e'tilgan.

Masalan Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-ma'rifiy aloqalar milliy uyushmasini tashkil etish to'g'risida" 1992-yil 25-martdagi, "O'zbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-ma'rifiy aloqalar milliy uyushmasini tashkil etish masalalari"ga oid 1992-yil 16-iyundagi 291-son, "Respublika baynalmilal madaniyat markazi to'g'rsida" 1992-yil 13-yanvarda 10-son qarorlari(ushbu qonun hujjatlari 2017-yil 23-maydagi PQ-2993-sonli qarori bilan o'z kuchini yo'qotgan), O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil 19-maydagi PF-5046-son, "Millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi" 2019-yil 15-noyabrdagi PF-5876-son ushbu qonun va farmonlar kabi hujjatlarda mamlkatimizda bu sohaga qaratilgan masalalar aks ettirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi faoliyat olib borayotgan bo'lib ulardan biri Milliy madaniy markazlar faoliyatini muofiqlashtirish bo'limi hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzurida millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stona munosabatlar bo'yicha qo'mita tuzildi. Yangi idora

Scientific Journal Impact Factor

o

Shavkat Mirziyoyevning Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi farmoniga ko'ra, Respublika baynalmilal markazi hamda do'stlik jamiyatlari va xorijiy davlatlar bilan madaniy-ma'rifiy aloqalar kengashi negizida tashkil etildi.

Farmon jamiyatda barqarorlik, tinchlik va hamjihatlikni ta'minlash, fuqarolar ongida yagona ko'p millatli katta oilaga mansublik hissini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma'rifiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.

Qo'mitaga jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag'rikenglikni ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish, dunyo hamjamiyati bilan do'stlik aloqalarini mustahkamlash kabi vazifalar yuklatildi.

Bugun O'zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila bo'lib yashamoqda. Ular barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilib, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurishga va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga katta hissa qo'shmoqdalar. Mustaqillik yillarida milliy madaniy markazlarning 120 dan ortiq faoli davlat mukofotlariga sazovor bo'ldi, orden va medallar bilan taqdirlandi, jumladan, 14 nafariga «O'zbekiston Qahramoni» yuksak unvoni berildi.

Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 milliy madaniy markaz, O'zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik va madaniy-ma'rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 do'stlik jamiyati faoliyati O'zbekistondagi barcha millatlar va elatlarning tarixi, madaniyati, ma'naviy qadriyatlari, an'ana hamda urf-odatlarini asrash va har tomonlama rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish, jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirishda muhim o'rin tutadi.

Ular «xalq diplomatiyasi» mexanizmidan faol foydalangan holda tinch va farovon hayotni asrash, xorijiy mamlakatlar bilan do'stona munosabatlar va madaniy-ma'rifiy aloqalarni rivojlantirish, chet eldagi hamyurtlar bilan yaqin va o'zaro manfaatli munosabatlarni yo'lga qo'yishga salmoqli hissa qo'shmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz ta'lim muassasalarida o'qish 7 tilda olib borilmoqda. Tele -radio ko'rsatuv va eshittirishlar 12 tilda efirga uzatilmoqda, gazeta va jurnallar 10 dan ortiq tilda chop etilmoqda.

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi va amalga oshirilishi, biz yashayotgan bugungi davrning o'zi davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakat atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo'shnichilik

Scientific Journal Impact Factor

0

muhitini yaratishga qaratilgan puxta o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy siyosatni yuritish, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millat vakillari o'rtasida o'zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishni taqozo etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni jamiyatda barqarorlik, tinchlik va totuvlikni ta'minlash, fuqarolar ongida katta, ko'p millatli yagona oilaga mansublik tuyg'usini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma'rifiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.

Xususan, Respublika baynalmilal madaniyat markazi va O'zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik va madaniy-ma'rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi negizida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasining tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur Qo'mita zimmasiga jamiyatda millatlararo totuvlik va bag'rikenglikni ta'minlash, tinchliksevar siyosatni, mamlakat hayotining barcha sohalarida erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlarni keng targ'ib qilish, xalqaro hamjamiyat, shu jumladan, chet eldagi hamyurtlarimiz diasporasi bilan do'stlikni mustahkamlashga doir davlat siyosatini izchil amalga oshirish vazifasi yuklanadi.

Qo'mita millatlararo totuvlik, do'stlik va hamjihatlik tamoyillarini qaror toptirish, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash, muvofiqlashtirish va rag'batlantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Shuningdek, milliy madaniy markazlarga amaliy va metodik yordam ko'rsatadi, ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlaydi, millati, irqi va diniy e'tiqodidan qat'i nazar, fuqarolar ongida ko'p millatli yagona oila tuyg'usini mustahkamlash, «O'zbekiston - umumiy uyimiz» tamoyilini amalga oshirish choralarini ko ' radi.

Yoshlarni bag'rikenglik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, tarix, madaniyat, milliy ana'ana va urf-odatlarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratiladi. Bu millatchilik va ekstremizm aqidalariga qarshi mafkuraviy immunitetga ega, mustaqillik g'oyalariga sodiq, O'zbekiston milliy manfaatlarini himoya qiladigan va ilgari suradigan ma'naviy barkamol avlodni shakllantirish imkonini beradi.

Scientific Journal Impact Factor

О

Bugungi kunda mamlakatimizda 138 ta milliy madaniy markaz faoliyat olib borayotgan bolsa Surxondaryo viloyatida uchta milliy madaniy markaz Turkman, Tojik, Rus milliy markazi faoliyat olib bormoqda. Milliy madaniy markazlar mamlakatimizda yashovchi muayyan bir millat vakillarining ehtiyojlarini qondirishga hizmat qiluvchi jamoat tashkiloti hisoblanadi.[2 Milliy insklopediya 5-tom 663-bet]. Mamlakatimizda 1994 yilda Ozbekiston rus milliy madaniy markazi va uning joylardagi bo'linmalari rus xalqining madaniyati, tili, ananalari, urf odatlarini avaylab asrashda, shu asosda o'zbek rus xalqlari o'rtasidagi do'stlik va hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Mamlakatimiz viloyatlarida va shaharlarida bugungi kunda 20 dan ortiq milliy markazning bo'limlari faoliyat olib boryabdi.

Surxondaryo viloyatidagi Rus milliy markazi tarixiga nazar tashlasak u 1995-yil 31-mart kuni milliy markazlar tashkil etish masalasi ko'rib chiqilib unda Surxondaryo viloyatida ham milliy markaz tashkil etish masalasi ko'rib chiqilib, 1995-yil 25-may kuni Rus milliy markazi tashkil etildi. Markaz bugungi kunga qadar viloyatda istiqomat qilib kelayotgan rus millatiga mansub fuqorolarning qiziqishlari, ularning madaniy ananlari, urf odatlarini "Ozbekiston umum uyimiz" tamoili asosida keng targ'ib etib hamjihatlikda istiqomat qilib kelmoqdalar. Vohadagi milliy markazlar faoliyati davlat qonunlari bilan mustahkamlangan bo lib barcha sohada milliy markazlar faoliyati davlat taminotida hisoblanadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - T.: O'zbekiston , 2017.

2. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.:O'zbekiston.1999. 19 b.

3. Xonazarov Q. Mustaqillik va milliy munosabatlarning rivojlanishi. - Toshkent,

4. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi .Toshkent: O'zbekiston, 2018. - 6 Ь

5. Сулаймонов, Ж. Б. (2020). Взгляды Абдуррахмана ибн Халдуна о развития общества и цивилизации. Международный научно-практический журнал" Экономика и социум, 12, 79.

XULOSA

2001. -6 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.